O'ZBEKISTON SHAROITIDA MAHALLIY VA XORIJIY TAJRIBA ASOSIDA TUNELLAR QURISH ISTIQBOLLARI
Shaxzod Ixtiyor o'g'li Baxtiyorov
Toshkent davlat transport universiteti talabasi
Jaxongir Umidjon o'g'li Mamuvayev
Toshkent davlat transport universiteti talabasi
Oybek Rustamovich Achilov
Toshkent davlat transport universiteti katta o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
O'zbekiston sharoitida mahalliy va xorijiy tajriba asosida tunellar qurish istiqbollari va shuningdek, tunel qurish tarixi va hozirgi holati, mahalliy va xorijiy tajribalar, tunelarning vazifasi, yer yuzasiga nisbatan joylashishi, chuqurligi va qurish usullari bo'yicha turlarga bo'linishi ko'rib chiqilgan va shu izlanishlar , hisob kitoblar asosida istiqbolli rejalar to'g'risida fikr yuritildi.
Kalit so'zlar: tog' osti, suv osti va tekislik, metropoliten, temir yo'l, avtoyo'l, piyodalar o'tish joylari.
KIRISH
Tunel, tonnel -transport yurishi, suv o'tishi, kommunikatsiyalar joylashishi va boshqa maqsadlarga mo'ljallangan, yotiq yoki qiya joylashgan yer osti yoki suv osti sun'iy inshooti. Uzunligi ko'ndalang o'lchovlaridan birmuncha katta bo'ladi. Vazifasi, yer yuzasiga nisbatan joylashishi, chuqurligi va qurish usullari bo'yicha turlarga bo'linadi. Vazifasi bo'yicha — aloqa yo'llaridagi (metropoliten, temir yo'l, avtoyo'l, piyodalar o'tish joylari va boshqalar), gidrotexnik, kommunal, konchilik sanoati, maxsus maqsadlarda qurilgan (mudofaa inshootlari, yer osti elektr styalari va boshqalar); yer yuzasiga nisbatan joylashishi bo'yicha — tog' osti, suv osti va tekislikdagi; joylashish chuqurligi bo'yicha — sayoz va chuqur joylashgan; qurish usullari bo'yicha — ochiq, yopiq va maxsus usullarda quriladigan Tunellar mavjud. Tunellarning ko'ndalang kesimi doyra, tuxumsimon va to'g'ri to'rtburchak shaklda bo'lishi mumkin. Tunel qazish ishlari yer yoki tog' qatlamining gidrogeologik sharoitiga qarab turlicha usulda amalga oshiriladi[1,4].
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Tunel bo'shlig'i, odatda, sun'iy mustahkamlashni, ya'ni qoplama qurishni talab qiladi. Qoplamalar metall (po'lat yoki cho'yan), tabiiy va sun'iy toshlar, beton va temirbetondan qilinishi mumkin. Metall qoplamalar yig'ma elementlar — tyubinglardan yigiladi, beton va temirbeton qoplamalar maxsus qoliplarga quyilib tiklanadi. Keyingi yillarda sun'iy bo'shliqni o'rab turgan tog' massiviga ankerlar va sim
November, 2022 Multidisciplinary Scientific Journa
81
Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Special Issue 2 | 2022
ISSN: 2181-1385_Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
to'rlar yerdamida mahkamlanadigan sachratmabeton qoliplar keng qo'llanmoqda.
Tunel xavosi, odatda, ortiqcha namlangan va yuqori traga ega bo'ladi. Uning havosi tarkibini me'yoriy holatga keltirish, zararli gazlar va yuqori traning odamga ta'sirini kamaytirish va Tuneldagi ko'rinishga ta'sir qiladigan tutun bosimini yo'qotish maqsadida Tunelni shamollatish tizimi kullaniladi. Uz. 50-60 m gacha bulgan Tunellarda tabiiy shamollatish, katta uzunlikdagi Tunellarda esa markazdan qochirma va markaziy o'q bo'ylab ta'sir ko'rsatuvchi ventilyatorlardan foydalanilgan sun'iy shamollatish qo'llanadi.
Tunel qurish ishlari, bo'sh, chukuvchan gruntlar sharoitida amalga oshirilganda, muzlatish va kimyoviy biriktirish, yer osti suvlari sathini pasaytirish usullarida gruntlar sun'iy mustahkamlanishi mumkin.
Tunel qurish tarixi uzoq, o'tmishga borib taqaladi. Mil. av. Bobil, Misr, Yunoniston va boshqa mamlakatlarda foydali qazilmalar olish, suv ta'minoti maqsadida qurilgan Tunellar metin, lom yerdamida qazilgan. Keyinchalik kemalar qatnaydigan birinchi Tunel (160 m ga yaqin) Fransiyada (1679—81), birinchi temir yul Tuneli (1190 m) Buyuk Britaniyada (1826—30) qurilgan. Eng uzun Metropoliten Tunelining ichki ko'rinishi.
Tunel ("Seykon") Xonsyu va Xokkaydo o.lari oralig'idagi Sutaru bug'ozi ostidan 1988-yilda utkazilgan (uz. 53,85 km, suv ostidagi kismi 23,3 km). Portlatuvchi moddalar va o'tish qalqonlari yaratilishi munosabati bilan temir yo'l va gidrotexnik Tunellar kurildi. 20-asr urtalariga kelib avtoyo'l Tunellari va metropolitenlar, suv osti (mas., LaMansh bo'g'ozi ostidan, umumiy uz. 52,5 km) Tunellari qurildi.
Hozirgi paytda temir yo'l, avtoyo'l, gidrotexnik va metropoliten Tunellarini loyihalash va qurish ishlari katta ko'lamda olib borilmoqda. Mas., Eronning Isfahon shahrida 68 bekati bo'lgan 123 km li metropoliten loyihalanmoqda, Xitoyda umumiy uz. 2500 km bo'lgan 5300 ta temir yo'l Tunelidan foydalanilmoqda; ulardan 22 ta Tunelning uz. 5 km dan ortiq. Kelajakda Pekin va Shanxay shaharlarida umumiy uz. 408 km bulgan metropoliten va 562 km bulgan tezyurar tramvay qurish kuzda tutilgan. Katta hajmdagi Tunel qurish ishlari Yaponiyada ham olib borilmoqda (2004) [2,3,6].
O'zbekistonda mavjud to'g'onlar va GES larda gidrotexnik Tunellar qurilgan, Kamchiq va Rezak dovonlarida umumiy uz. 2,5 km bo'lgan zamonaviy Tunel qurildi .(Toshkent shahrida jami uz. 38 km bo'lgan metropoliten va transport Tunellaridan foydalanilmoqda. Toshkent metropolitenini loyihalash va qurishda, metro qurilishida birinchi marta yirik hajmli yig'ma temirbeton elementlardan yig'iladigan yo'l yurish va bekat metro Tunellarining yangi, zilzilabardosh konstruksiyalari yaratildi va amalda joriy etildi.
Xorijiy tarjribaga e'tibor qaratadigan bo'lsak, dunyoning eng chuqur va uzun 5 ta Tunelini birma bir tahlil qilib chiqamiz. 2016 yil 1 iyunda Shveytsariyada Gotard temir yo'l Tuneli ochilishi bo'lib o'tadi. Tunel Shveytsariya Alplaridagi Sen-Gotard tog' massivi (balandlik 2,1 km) ostidan ochilgan. Bu Tunelni qurish g'oyasi
November, 2022
ISSN: 2181-1385
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
1947 yildayoq paydo bo'lgan, loyihaning birinchi varianti esa 1962 yilda yaratilgan. Dastlab Tunelning uzunligi 45 km ni tashkil qilishi kerak edi. Tunelni qurish uchun 20 yil ketdi. Birinchi skvajinalarni burg'ilash 1993 yilda, tayyorgarchilik ishlari 1996 yilda, asosiy ishlar 2001 yilda, tuproqning olinishi 2003 yilda boshlangan. Tunelni qurish uchun 12 mlrd dollar sarflandi. Gotard Tuneli dunyodagi eng uzun Tunel bo'ladi, uning uzunligi 57 km ni tashkil qiladi. Hozirgacha eng uzun Tunel Yaponiyadagi Seykan Tuneli (53,85 km) hisoblanardi. 2-o'rinda Buyuk Britaniya va Fransiyani bog'lovchi Yevrotonnel (51 km) turardi, eng chuqur Tunel esa Norvegiyada Eyksunn Tuneli (287 m) hisoblanardi.
Quyidagi dunyodagi eng uzun va chuqur 5 ta Tuneli haqida qisqacha ma'lumot keltirilgan[4,5].
1. Gotard Tuneli (Shveytsariya). Tunel ichki diametri 8,2 metrli bir yo'nalishli parallel ikkita Tuneldan iborat. G'arbiy Tunelning uzunligi 56,9 km, sharqiyniki — 57 km. Tunelning xizmat va yo'lovchilar yurishi uchun mo'ljallangan yo'laklari bilan umumiy uzunligi 153,4 km ni tashkil qiladi. Trassa minimal sondagi ko'tarilishlar, tushishlar va keskin burilishlarsiz loyihalangan. Bu poyezdlarga 250 km/soat tezlik bilan yurishga imkon beradi. Tunel ichida ikkita ko'p vazifali temir yo'l stansiyasi mavjud bo'lib, ular avariya, tarkiblarni almashtirish vaqtida ishlatilishi mumkin. Tunel bo'ylab yurish vaqti 20 daqiqani tashkil qiladi. Bu Tunel chuqurlik bo'yicha ham rekord ko'rsatkichga ega. Uning ba'zi joylarini tog' yuzasidan 1,6 km lik masofa ajratib turadi. Tunel tog' daryolari va hattoki gidroelektrostansiyalar tagidan o'tadi. 1 iyunda Tunel orqali birinchi poyezdlar o'tadi, 2017 yil yanvardan esa to'liq foydalanishgakiritiladi. Tunel Alp tog'i hududida havoning ifloslanishi darajasini kamaytirishga yordam beradi va yo'llarda tirbandlik keltirib chiqaruvchi yuk transporti muammosini hal qiladi. Kuniga Tunel bo'ylab 200-250 ta yo'lovchi va yuk poyezdi o'tadi.
2. Seykan Tuneli (Yaponiya). Seykan Tuneli Yaponiyaning Xonsyu va Xokkaydo orollarini Sangar bo'g'ozi ostidan bog'laydi. Uning umumiy uzunligi 53,85 km ni, suv osti qismi esa 23,3 km ni tashkil qiladi. Yo'llar suv tubidan 100metr va dengiz sathidan 240 metr chuqurlikda o'tadi. Tunel qurilishi 1964 yildan 1988 yilgacha davom etgan va 1988 yil 13 martda ochilgan. Tunel qurilishi 5,4 mlrd dollarni tashkil qilgan.
3. La-Mansh tagidan o'tuvchi Yevrotonnel (Fransiya, Buyuk Britaniya). Yevrotonnel La-Mansh bo'g'ozi ostidan o'tuvchi va Buyuk Britaniyani Yevropaning qit'a qismi bilan bog'lovchi temir yo'l Tuneli. Uning uzunligi 51 km ni, suv osti qismi 39 kmni tashkil qiladi. Tunelning eng quyi nuqtasi dengiz sathidan 126 metr chuqurlikda joylashgan. Tunelni qurish g'oyasini 1802 yilda
fransiyalik muhandis Albert Mate-Fave bildirgan, qurilishi esa
November, 2022
ISSN: 2181-1385
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
1876 yilda boshlanib, 1883 yilda to'xtatilgan. Keyin uning qurilishi bir necha bor qayta boshlanib, qayta to'xtatilgan. 1986 yilda Fransiya va Buyuk Britaniya hukumatlari Tunel qurish haqidagi kelishuvni imzolashgan. Tunelni burg'ilash 1987 yil 1 dekabrda boshlangan. Tunel 7 yilda qurib bitkazilgan. Loyiha qiymati 15 mlrd dollarni tashkil qilgan. Tunel 1994 yil 6 mayda tantanali ravishda ochilgan. Shu yilning 22 dekabridan Tunel orqali Fransiya va Buyuk Britaniya o'rtasida muntazam temir yo'l aloqasi boshlangan. Tunel poyezdlar uchun ikkita relsli Tunel va bitta xizmat ko'rsatish va favqulodda vaziyatda odamlarni evakuatsiya qilish uchun qo'shimcha Tuneldan iborat. Tunel orqali yiliga.o'rtacha 20 mln kishi harakatlanadi.
4. Eyksunn Tuneli (Norvegiya). Norvegiyadagi Eyksunn avtomobil Tuneli Myore-o-Rumsdal viloyatida joylashgan va Xareydlandet orolini (Eyksunn shahri) mamlakatning qit'adagi qismi (Ryanes shahri) bilan bog'laydi. U Vartdals-ford tubi orqali dengiz sathidan 287 metr chuqurlikdan o'tgan va ayni vaqtda dunyodagi suv ostidan o'tuvchi eng chuqur joylashgan Tunel hisoblanadi. Uning uzunligi 7,8 km ni tashkil qiladi. Tunel qurilishi 2003 yilda boshlangan va 123 mln yevroga aylangan. Tunel bo'ylab qatnov 2008 yil fevralida ochilgan. Tuneldan 25 ming kishi foydalanadi.
5. Temza ostidan o'tuvchi Tunel (Buyuk Britaniya). Londondagi Temza daryosi ostidan o'tuvchi Tunel hozir ham foliyat yurituvchi dunyodagi eng eski Tunel hisoblanadi. U ingliz muhandisi Mark Bryunel loyihasi bo'yicha bunyod etilgan. Tunel qurilishi 1825 yilda boshlanib, 1841 yilda tugatilgan. 6 metrga 11 metrlik kesimga ega va uzunligi 396 metrlik Tunel suv yuzasidan 23 metr chuqurlikda burg'ilangan. Tunel 1843 yil 25 martda ochilgan. 1869 yilgacha yo'lovchi Tuneli sifatida qo'llangan. 1869 yilda London metrosining birinchi qismi uzaytirilgandan keyin Tunel orqali birinchi poyezdlar qatnay boshlagan. 2000-yillar oxirida metroning Tunel orqali o'tuvchi liniyasi rekonstruksiya qilingan.
Ta'kidlash joizki, Xitoyning China Railway Tunel Group kompaniyasi O'zbekistonning sharqidagi Qamchiq dovoni orqali o'tuvchi, Markaziy Osiyoda bu turdagi eng yirik inshoot, 19 km lik temir yo'l Tuneli qurilishini yakuniga yetkazdi. Tunel 124 km lik Angren-Pop temir yo'l liniyasining bir qismi hisoblanadi[1,7].
REFERENCES
1. Achilov, O. R. (2018). ISLAM ABDUGANIEVICH KARIMOV-THE FOUNDER OF CIVIL SOCIETY IN UZBEKISTAN. ИСЛОМ КАРИМОВ-ЯНГИ ДАВР УЗБЕК ДАВЛАТЧИЛИГИНИНГАСОСЧИСИ, 299.
XULOSA
November, 2022
Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Special Issue 2 | 2022
ISSN: 2181-1385_Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
2. Dilshod Q., Xamidulla R., Rustamovich A. O. BINO VA INSHOOTLAR KONSTRUKSIYASI //World scientific research journal. - 2022. - T. 9. - №. 1. - C. 54-57.
3. Zayniddin, B., & Rustamovich, A. O. (2022). KO'PRIKLARNI LOYIHALASH. World scientific research journal, 9(1), 58-62.
4. Zhao Feng. Talking about the problems that should be paid attention to in the construction of road and bridge .Science of Science and Technology, 2014 (02)
5. Tian Zhenquan. Talking about the Problems and Countermeasures in the Construction of Road and Bridge .Enterprise Science and Technology and Development, 2015 (17)
6. Mirziyod o'g'li M. M. et al. AVTOMOBIL YO'LLARI VA UNDAGI INSHOOTLARNI LOYIHALASH JARAYONLARINI AVTOMATLASHTIRISH ASOSLARI //World scientific research journal. - 2022. - T. 9. - №. 1. - C. 46-51.
7. Tolibjon M., Abror O., Rustamovich A. O. BINO VA INSHOOTLAR KONSTRUKSIYASIGA TEXNIK VA IQTISODIY TALABLAR //World scientific research journal. - 2022. - T. 9. - №. 1. - C. 41-45.
November, 2022 Multidisciplinary Scientific Journa
85