Научная статья на тему 'TURKISTON MATBUOTIDA MIRZACHO‘L VOHASI TARIXI (A.V. STANISHEVSKIY ASARI ASOSIDA)'

TURKISTON MATBUOTIDA MIRZACHO‘L VOHASI TARIXI (A.V. STANISHEVSKIY ASARI ASOSIDA) Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
163
24
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
«Турестанские ведомости» / Golodnaya Step / Baron Aminov N.I.Golovochov / Guliston.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Iroda Islomova

Maqolada A.V.Stanishevskiyning Golodnaya Step 1867-1917-yillardagi hujjat materiallari,gazetalarda chop etilgan maqolalar asosida Mirzacho‘l vohasining taskil topishidan Gulistonga aylangunicha bo‘lgan jarayonlar aks etgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TURKISTON MATBUOTIDA MIRZACHO‘L VOHASI TARIXI (A.V. STANISHEVSKIY ASARI ASOSIDA)»

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

TURKISTON MATBUOTIDA MIRZACHO'L VOHASI TARIXI (A.V. STANISHEVSKIY ASARI ASOSIDA) Iroda Islomova

Magistr,GulDU. https://doi.org/10.5281/zenodo.7358458

Annotatsiya. Maqolada A.V.Stanishevskiyning Golodnaya Step 1867-1917-yillardagi hujjat materiallari,gazetalarda chop etilgan maqolalar asosida Mirzacho'l vohasining taskil topishidan Gulistonga aylangunicha bo'lgan jarayonlar aks etgan.

Kalit so'zlar: «Турестанские ведомости», Golodnaya Step, Baron Aminov N.I.Golovochov, Guliston.

O'zbek toponimikasida "golodnaya step" ning ekvivalenti yo'q. "Golodnaya step" toponimining kiritilishi XIX asrning 60-yillariga to'g'ri keladi. "Mirzacho'l" ning eski nomlanishi. Bu yerda topografik tadqiqotlar o'tkazila boshlangan va birinchi marta xaritalar nashr etila boshlangan. Bu toponim tezda muomalaga kirgan, ma'muriy hujjatlarda keng qo'llanilgan. Ma'lumotnomalar, qo'llanmalar, geografik tavsiflar,gazeta maqolalari o'zbek tiliga tarjima qilinmagan., chop etilgan barcha ma'muriy ma'lumotnomalar va xaritalar biroz o'zgartirilgan shaklda "Mirzacho'l". Professor G.K.Rizenkampf "Golodnaya step sug'orilishining yangi loyihasi" asrida golodnaya step haqida to'xtalgan va u allaqachon o'z poytaxtiga Mirzacho'l shahriga ega ekanligi, asosiy savdo va sanoat markazi bo'lganligini yozadi. 1914-1916-yillarda 122 ta hunarmandchilik do'koni bo'lgan. 1961-yilga kelib Guliston deb o'zgartirilgan. Turkistonda inqilobgacha bo'lgan harbiy topograflar ichida Turkistonning ko'priklar orqali tasvirlangan xususiyatlarini mohirona aks ettirish uchun Turkistonning eski xaritalari yuqori professional darajada tayyorlangan, xususan ular uchun juda boy ma'lumotlar bor edi. Eski Tuya-Tortar kanali shov shuvli yo'nalishi orqali Zarafshon suvlarining Sangzorga quyilib, keyin Golodnaya Stepga borgan. Eski ruslarning Mirza-Rabot, Karoy, O'g'uz , O'rumboy izlari qadimiy inshootlar, xarobalar, va aholi punktlari izlari ko'rsatilgan. Aniq o'rganishlar tufayli biz bilamizki irrigatsiya inshootlari qadimgi zamonlarda shubhasiz chuqur yotqizilgan. Markaziy Osiyoning eski tadqiqotchisi Masalskiy kanallar haqida shunday yozgan:" Eski tuya-tortar, Darg'om, Shohrud: ba'zi nomlar juda ham katta odamlarga chuqur hurmat yuzasidan nomlangan, juda kam texnika bilan Turkiston quyoshli nurlarida aql bovar qilmaydigan mehnat evaziga mamlakatni arteriyalari bilan ta'minladi. Bu juda ko'p mehnat talab qiladigan ishlarning barchasi dehqonlarning bo'yniga tushdi" [1,c.186].

Tarixiy xronika hikoyasini tahlil qilish asnosida "Tohiri-Mir Said Sharif Rahim" XVI-XVII asrlarda sug'orish kanallari qurilishi haqida fikr bildirar ekan ba'zi bir hukmdorlarning zamondoshlari uchun qurdirganligini bilib olishimiz mumkin.

V.V.Bartold shunday yozgan: "Ular zo'ravonlikni, shafqatsizligini yanada aniqroq tan oldilar. Yangi kanallarni shu tarzda qurish har doim ham hukmdorning maqullab turishi uchun emas, taxtga o'tirgan kishining oddiy binolarni qurmaslik majburiyatini olishi orqali o'zini oqlagan. Topografiya bilan to'liq tanish bo'lmaganlik, qisqartirish uchun mo'ljallangan maydonlarda tekislash amalga oshirilmaganligida namoyon bo'ldi. Asosiy inshootlarda muhandislikning zaifligi va qo'llab- quvvatlovchi uchastkalarning yo'qligi, sug'orish tizimlarining daryoning sathiga to'liq bog'liqligi, sug'orish uchun suv qayerdan olinganligi,

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

qator qurg'oqchilik yillarida ba'zi joylarning butunlay qurib xarobaga aylanishiga olib kelgan" [1,c. 186.].

V.I.Masalskiy mahalliy irrigatsiya tizimlarini ko'zdan kechirish davomida quruvchilarga hurmat bajo keltirar ekan,ammo bu inshootlarning texnik jihatdan mukammal emasligini qayd etgan.

1869-yil mahalliy ma'muriyat cho'llarni sug'orish masalasini navbatga qo'ydi. Natijada K. P. Kaufmanning buyrug'i bilan zarur tekshiruvlar boshlandi. 1869-yil shtab ofitseri kapitan Baron Aminov qo'mondonligi ostida Stepga suratga olish guruhi yuborildi. Uning vazifasi Golodnaya stepning butun hududini topografik tekislash va o'rganish edi. Bu vazifani 1870-yilda baron Aminov bajargan va shu bilan birga u stepning qadimiy aholi punktlari qoldiqlari va va o'sha davrgacha saqlanib qolgan tashlandiq irrigatsiya inshootlari to'g'risida ma'lumotlar to'plagan. Podpolkovnik topograf Jukovskiy boshchiligida ushbu nivilirovka ishlari davom ettiriladi, ammo u allaqachon alohida hududlarga tegishli edi. Baron Aminovning tadqiqotlari shuni ko'rsatdiki, Qoshg'ar-Dovon tizmasidan Golodnaya Step Sirdaryo va Orol dengiziga moyil bo'lib, kattaroq edi. Shuni hisobga olib, Stepni sug'orish foydaliroq edi. K. P. Kaufman daryodan sug'orishni tadqiq qilish yo'lini ko'rsatdi va shu maqsadda 1871-yil Stepga texnolog kapitan Ulyanov yuborilib unga bu vazifa topshiriladi.[2,c.20].

1872-yil 2-iyul Sirdaryo viloyati harbiy gubernatori raisligida harbiy muhandis polkovnik Osipov Muhandis batalyonlardan, podpolkovnik Zatsepin kon muhandisi Mishenkovdan iborat komissiya Turkiston sapyorlari rotasi leytenant Lisenko texnolog shtab kapitani Ulyanovning Golodnaya Stepning kanal orqali sug'orish taklifini muhokama qildi. Ulyanovning taklifi nazariy asosda ilgari turli shaxslar tomonidan to'plangan ma'lumotnomalar, soxta hujjatlar asosida tuzilgan kanal qurilishi loyihalari ko'rib chiqiladi. Ulyanov o'zi to'plagan nazariy materillar jurnalini o'qib chiqadi. Kelajakda kanal suvining oqim tezligi va bu tezlikning asosi, kanal profili o'lchovlarini ko'rib chiqdi va komissiya Ulyanov tomonidan ilgari surilgan barcha dalillarni qabul qildi.

Ulyanov tekislashning boshlang'ich nuqtasini tashladi. Daryoning chap qirg'og'ida o'tish joyidan yuqorida yotgan daryolar Mog'oltog' tizmasi orqali uning oqimi bilan uzilgan. Bunday tekislash usulini to'g'ri deb tan olish uchun imkoniyat berilishini ochiqladi. Texnik eslatma asosida komissiyani magistral kanalnig profili yo'liga ekiladigan 40. 000 gektar maydonni sug'orish ehtiyojlarini mukammal darajada qondirishga ishontirdi. Nihoyat Ulyanov chuqur shonli bo'limga ega bo'lgan kanalni 14 verst qilish g'oyasini taqdim etdi deyiladi protokolda. [1,c.14].

1872-yil 26-prelda Sirdaryo viloyati harbiy gubernatori N. I. Golovochov K. P. Kufman tomonidan Sirdaryodan Golodnaya Stepni sug'orish uchun mo'ljallangan ariq qurish bo'yicha ko'rsatmalariga muvofiq shtab kapitani N. F. Ulyanovga Xo'jand tumanida tekislash ishlari uchun topshirilganligini hisobga olib shtab kapitani Ulyanovga quyidagi vositalarni berishini so'raydi:

1. Hamkorlikda ishlash uchun uning ixtiyoriga tekislashni yaxshi biladigan topografni tayinlashni;

2. Doimiy nuqtalarni joylashtirish uchun niverlash qaysi yo'nalishda amalga oshirilishini o'rganish uchun masshtabli topogrfni tayinlash;

3. Partiyaga hamkorlik qilih va ish uchun 2 ofitser bilan 40 kishidan iborat kazaklar jamoasini tayinlash;

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

4. Shtab kapitani N. F. Ulyanovga Stepda yashah uchun zarur bo'lgan ashyolarni sotib olish uchun 200 rubl miqdorda pul ajratishni;

5. Unga 500 rubl miqdorda avans taxminan bir yarim oy davomida jamoaning 42 kishiga 25 tiyinlik ish haqini berish uchun oldindan ajratishni;

Tarjimonlarni yollash va boshqa favqulodda holatlar uchun oldindan 300 rubl Nau qishlog'iga borish va qaytib kelish uchun maxsus pul ajratishni kunlik 4 rubl so'raydi.

6. Topografik bo'limdan chiqarishga buyutma berish kerak. Xaritasi esa Aminov tomonidan ishlab chiqiladi. Bundan tashqari Golodnaya Stepda ishlash qiyinligini hisobga olib kundalik nafaqalarni ko'paytiorishni so'rab murojaat qiladi raportda.[1,c.13].

1900-1911-yillarda magistral kanal bo'ylab 600 ming kub metrga yaqin tuproq ishlari tugallandi. 3.5 verstning yuqori qismidagi to'g'on va suvayirg'ichga tutash hududda 200 ga yaqin ekin ekildi.[3,c.16].

Ammo 1915-yil qulash yuz berdi. G.K.Rizenkampf shunday yozgan edi: "Avvaliga yer paxta ekishdan oldin, birdaniga haddan tashqari ko'p sug'orish tufayli buzildi, past o'tkazuvchanlik minerallashgan yer osti suvlari yaqinligi bilan drenaj kanallarining ahamiyatsiz chuqurligiga egaligi,eskilari yuvilib boshqa meloratsiya usullari bilan quritildi. Asta sekin aholining joylarni tark etishi boshlandi: ko'pincha halokatli bezgak kasalining tarqalishi sabab, nafaqat alohida qo'rg'onlar balki butun qishloqlarni tark etishdi. Shimoli-sharqiy qismning sug'orish tizimi qulashi noto'g'ri loyihalashtirilgan kanallar butun Malekskayani to'ldirgan, sun'iy inshootlar joriy tamirlash bilan qo'llab quvvatlanmagan va ummuman nazoratsiz qolgan, magistral kanalning tubi xiralasha boshlaydi. 1916-yil iqtisodiy sabablarga ko'ra imperialistik urush natijasida yuzaga kelgan vayronagarchilik ishchilarga beriladigan kreditlarni yopilishiga olib keldi. O'lka tarixini biladigan akademik Bartold afsus bilan shunday yozgan edi: "Turkistonda noyevropalik texnika afsuski aslida muammolarni hal qilish mumkinligini isbotlagani yo'q, o'rta asr texnikasi kuchsiz bo'lib chiqdi. Golodnaya Stepning sug'orish sxemalari Rossiya tomonidan chegaralangan edi. Loyiha muhandisi Rizenkampf 1914-1915-yillar chizilgan katta hajmdagi ishlarni nazarda tutgan edi, ammo ularni amalga oshirish uchun AQSh mashinalariga ega bo'lish, buning uchun unga qulluq qilish yoki amerikalik ishbilarmonlarga Golodnaya Stepni sug'orish uchun imtiyoz berilishi kerak edi. Iqtisodchi Professor N.Ozerov o'shanda hunday yozgan edi: "Rossiyani AQSH ga yaqinlashtirish uchun Markaziy Osiyo hukumatlarida irrigatsiya ishlarini , ishlab chiqarishni o'z zimmasiga olishi mumkin, ularning kapitali bilan paxtachilikni kengaytirish mumkin edi".[1,c.196].

O'lik yerlarni keng miqyosida sug'orishni yo'lga qo'yishga urinishlar markaziy Osiyoda qo'llab quvvatlamadi. Rossiyaning siyosiy tuzumi mamlakat ishlab chiqaruvchi kuchlarining rivojlanishiga to'sqinlik qildi. Biroq sotsialistik inqilobdan keyingina ulug'vor sug'oruvchilar qo'shini xalqning murod maqsadlarini ro'yobga chiqardi.

"Туркестанские ведомости" gazetasi 1917-yil 22 yanvar 18 sonida Golodnaya Stepning 500 ming desyatina yerni o'zlashtirish loyihasi haqida xabar beradi. Mustamlakachilik yer fondini kengaytirish maqsadida qishloq xo'jaligi vazirligi tomonidan paxtachilik tumanlarini tashkil etish uchun 7 mln desyatina sug'oriladigan yer zarurligi haqida savolni ilgari surdi.[1,c.181].

Katta hajmdagi qurilishlarni amalga oshirish uchun texnikalar olib kelish zarurati albatta temiryo'l tarmoqlarining qurilishiga olib keldi, shu bilan birgaklikda mustamlaka o'lkalardan

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

ko'p miqdorda mahsulot olib ketish ham kerak edi. Shuning uchun temiryo'l qurish loyihalari ishlab chiqildi.

Kolonizatsiya maqsadida qishloq xo'jalik boshqarmasining ogohlantirishi bo'yicha Golodnaya stepda temir yo'l liniyalari magistral yo'nalishi quriladi. Sirdaryo Jizzax: uzunligi 102.58 verstto'ri chiziq bo'ylab kesishgan va butun Golodnaya Stepni shimoli sharqdan janubi-g'arbga va asosiy chiziqdan shimoli-g'arbga cho'zilgan ikkita kirish shoxlari undan 31.89 verst uzunlikda shimoli-g'arbidan o'tish kerak, 2 metr Stepning markaziy qimini kesib o'tadi va uzunligi taxminan birinchisiga teng. Golodnaya Step temiryo'l liniyalarining ushbu yo'nalishi quyidagi asosga ega: 500 ming desyatina butun sug'oriladigan hududga to'liq xizmat qilmaydi. Sirdaryo yo'nalishini yo'naltiradi. Jizzax (Toshkent-Krasnovodsk yo'nalishi) 48.42 verst qurilish vaqtida ish ehtiyojlariga xizmat ko'rsatish, keyinchalik keng foydalanish imkoniyatini beradi. Mintaqaning mustamlakachilik davri sekin asta Golodnaya Stepni sug'orishni tashkil etish bo'yicha ishlarni yakunlash ko'zda tutilgan. Birinchi navbatda shimoli-g'arbiy magistral Sirdaryo shimoliy liniyalarining umumiy uzunligi 49.57 verst 16.15 stansiya yo'llarini tashkil etadi. Golodnaya Stepning liniyalarini mahkamlash uchun 49.58 verst 1530 ming rubl, shuningdek hamma harakat liniyalari uchun 170 verst 5330 ming rubl sarflandi. Deyiladi "Туркестанские ведмости" gazetasining 1917-yil 29 yanvar 24 sonida.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, tarixiy hujjat va materillar o'rganish asnosida o'lkada amalga oshirilgan barcha ishlar katta mehnat evaziga amalga oshganligini ko'rishimiz mumkin. Golodnaya Step Mirzacho'l Gulistonga aylandi, tarjima qilinganidek "gullab yashnayotgan yurt".

REFERENCES

1. Станишевский А.В. Голодная степъ 1867-1917. История края в документах. -Восточной Литературы, 1981.

2. Караваев В.Ф. Голодная Степъ въ ея прошломъ и настоящемъ. Статистико-экономиескш очеркъ. - Петроград: Типо-Литографiя Н.Л.Ныркина,1914.

3. Курсишъ А. Голодная Степъ. Очеркь работь. - С.- Петербургъ: Т-во Художественной Печати, 1913.

4. Bosimovich, T. В., & Jonibek, R. (2022). FROM THE HISTORY OF EARLY MEDIEVAL POTTERY CRAFT. World Bulletin of Social Sciences, 16, 86-87.

5. Bosimovich, T. B. (2022). Central Asia is the Homeland of Trained Horses. Eurasian Journal of History, Geography and Economics, 14, 8-10.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.