Научная статья на тему 'HOZIRGI KUNDA TILIMIZDA FAOL QO‘LLANOYATGAN O‘ZLASHMA NEOLOGIZMLAR'

HOZIRGI KUNDA TILIMIZDA FAOL QO‘LLANOYATGAN O‘ZLASHMA NEOLOGIZMLAR Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
1723
100
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
telefon / teletayp / telefaks / kompyuter / bank / subsidiya / kredit / mobil ilova. / telephone / teletype / telefax / computer / bank / subsidy / credit / mobile application.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Qo‘Ziboyeva Go‘Zal Saidrasul Qizi

Ushbu maqolada bugungi kunda tilimizga kirib kelgan va so‘zlashuvda faol ishlatilayotgan neologizmlar va ularning tasnifiga qaratilgan mulohazalar, ularning o‘zbekcha muqobiliga almashtirish masalalari atroflicha o‘rganilgan. Maqolada tilimizga kirib kelgan neologizmlarning ma’nosi tahlili berilgan. Bu neologizmlar asosan ingliz tilidan kirib kelayotgani va bu neologizmlarning turlari keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ACHIEVEMENTAL NEOLOGYS THAT ARE ACTIVELY USED IN OUR LANGUAGE TODAY

This article examines in detail the neologisms that have entered our language today and are actively used in speech, as well as comments on their classification, their replacement by the Uzbek alternative. The article analyzes the meaning of neologisms that have entered our language. It is stated that these neologisms come mainly from the English language, and the types of these neologisms are given.

Текст научной работы на тему «HOZIRGI KUNDA TILIMIZDA FAOL QO‘LLANOYATGAN O‘ZLASHMA NEOLOGIZMLAR»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

HOZIRGI KUNDA TILIMIZDA FAOL QO'LLANOYATGAN O'ZLASHMA

NEOLOGIZMLAR Qo'ziboyeva Go'zal Saidrasul qizi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O'zbek tili va Adabiyoti universiteti talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.6654115 Anotatsiya. Ushbu maqolada bugungi kunda tilimizga kirib kelgan va so'zlashuvda faol ishlatilayotgan neologizmlar va ularning tasnifiga qaratilgan mulohazalar, ularning o'zbekcha muqobiliga almashtirish masalalari atroflicha o'rganilgan. Maqolada tilimizga kirib kelgan neologizmlarning ma'nosi tahlili berilgan. Bu neologizmlar asosan ingliz tilidan kirib kelayotgani va bu neologizmlarning turlari keltirilgan.

Kalit so'zlar: telefon, teletayp, telefaks, kompyuter, bank, subsidiya, kredit, mobil ilova.

ACHIEVEMENTAL NEOLOGYS THAT ARE ACTIVELY USED IN OUR

LANGUAGE TODAY Abstract. This article examines in detail the neologisms that have entered our language today and are actively used in speech, as well as comments on their classification, their replacement by the Uzbek alternative. The article analyzes the meaning of neologisms that have entered our language. It is stated that these neologisms come mainly from the English language, and the types of these neologisms are given.

Keywords: telephone, teletype, telefax, computer, bank, subsidy, credit, mobile application.

ДОСТИЖИТЕЛЬНЫЕ НЕОЛОГИИ, АКТИВНО ИСПОЛЬЗУЕМЫЕ В НАШЕМ ЯЗЫКЕ СЕГОДНЯ Аннотация. В данной статье подробно рассматриваются неологизмы, вошедшие сегодня в наш язык и активно употребляемые в речи, а также комментарии по их классификации, замена их узбекской альтернативой. В статье анализируется значение неологизмов, вошедших в наш язык. Утверждается, что данные неологизмы произошли в основном из английского языка, и приводятся виды этих неологизмов.

Ключевые слова: телефон, телетайп, телефакс, компьютер, банк, субсидия, кредит, мобильное приложение.

KIRISH

Hozirgi texnika va texnalogiya asrida eng qimmatbaho narsa bu - axborotdir. Uning turli xil shakllarda namoyon bo'lishi mumkin: rasm, grafik, diagramma yoinki, texnikada amalga oshadigan barcha ko'rinishlarda. Axborot texnologiyasi asosiy texnik vositalari sifatida hisoblash- tashkiliy texnikadan tashqari aloqa vositalari - telefon, teletayp, telefaks va boshqalar qo'llaniladi. Axborot texnologiyasi insoniyat taraqqiyotining turli davrlarida ham mavjud bo'lgan bo'lsa-da, hozirgi zamon axborotlashgan jamiyatining o'ziga xos xususiyati shundaki, sivilizatsiya tarixida birinchi marta bilimlarga erishish va ishlab chiqarishga sarflanadigan kuch energiya, xomashyo, materiallar va moddiy iste'mol buyumlariga sarflanadigan xarajatlardan ustunlik qilmoqda, ya'ni axborot texnologiyalari mavjud yangi texnologiyalar orasida yetakchi o'rinni egallamoqda. Axborot texnologiyalari industriyasi majmuini kompyuter, aloqa tizimi, ma'lumotlar bazasi, bilimlar ombori va u bilan bog'lik faoliyat sohalari tashkil qiladi. Bugungi kunda axborot texnologiyasini shartli ravishda "saqlovchi, ratsionallashtiruvchi, yaratuvchi"

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

turlarga ajratish mumkin. Birinchi turdagi texnologiyalar mehnatni, moddiy resurslarni, vaqtni tejaydi. Ratsionallashtiruvchi axborot texnologiyalariga chiptalar buyurtma qilish, mehmonxona hisob-kitoblari tizimlari misol bo'ladi. Axborot texnologiyalarining hozirgi zamon taraqqiyoti hamda yutuqlari fan va inson faoliyatining barcha sohalarini axborotlashtirish zarurligini ko'rsatmoqda. Jamiyatni axborotlashtirish jaraenini 5 asosiy yunalishga ajratish mumkin:

1. Mehnat, texnologik va ishlab chiqarish jarayoni vositalarini kompleks avtomatlashtirish.

2. Ilmiy tadqiqotlar, loyihalash va ishlab chiqarishni axborotlashtirish.

3. Tashkiliy- iqtisodiy boshqarishni avtomatlashtirish.

4. Aholiga xizmat ko'rsatish sohasini axborotlashtirish.

5. Talim va kadrlar tayyorlash jarayonini axborotlashtirish.

Bugungi kunda zamon ham tezashmoqda va bu axborot almashinuvining ham tezlashishiga olib kelmoqda. Bugungi kunda dunyoning barcha mintaqasida bo'layotgan ma'lumotlarni sekundlar ichida bilishga egamiz. Ammo bu ma'lumotlar orqali tilimizga kirib kelayotgan neologizmlar tilning shakily ravishda o'zgarishiga olib kelmoqda. TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Hozirda barcha sohalarda mavjud bo'lgan va muomalaga hech qanday qiyinchiliklarsiz kirib kelgan neologizmlar haqida tilshunoslik nuqtai nazaridan qaraydigan bo'lsak, bu so'zlar texnika orqali tilimizga kirib keldi va biz bu so'zlarni hech qanday muammosiz talaffuz qilmoqdamiz, ma'lumot tashiyotgan ma'no doirasi ham barcha bir xil ma'noda tushunarli. Lekin savol tug'iladi. Hozirda muomaladagi neologizmlar o'rniga tilimizda mavjud bo'lgan muqobiliga almashtirish va bu kabi tilimizga keyinchalik ham kirib keladigan neologizmlarni muomala jarayoniga olib kirmasdan ilgariroq tilizdagi muqobiliga almashtirsh. Demak, hozirda tilshunoslikdagi katta muammolardan biri - neologizmlardir. Bizni oldimizda ikkita bajariladigan ish mavjud bular: hozirda muomalada bo'lgan neologizmlarni o'zbek tilidagi muqobiliga almashtirsh va bu muqobilning muomalada ijobiy qabul qilinishiga erishish. Ikkinchidan, texnika asrida tilimizning sofligini saqlash maqsadida keyinchalik kirib kelayotgan neologizmlarni muomalaga kirmasdan ilgari o'zbekcha muqobilini yaratish va bu ishni amalga oshirishda tilimizni rivojlatiradigan barcha tashkilotlarga birdek ma'suliyat yuklashdir. Avvalambor, xalqimiz o'zligini saqlashi bu tilimizga bevosita chambarchas bog'liqdir.

Tahlil va natijalar (Analysis and results).

Sayt - kompyuter tarmog'idagi elektron manzil.

Screenshot - ekranni turgan holatida rasmga olish.

Skrining ~ homilaning sog'lig'ini aniqlovchi tekshiruv.

Scopus -ma'lumotlar bazasiga kiritilgan ilmiy jurnallar, kitoblar va konferentsiyalarni o'z ichiga olgan ilmiy adabiyotlarning tezislari va maqolalarining eng yirik ma'lumotlar bazalaridan biridir.

Sello - bu O'zbekiston aholisi uchun internet xaridlarning o'z logistika tizimi va buyurtma topshirish punktlariga ega yangi formati.

Skype (skayp) internet tarmog'i uzra kompyuterda yuzma-yuz ko'rishib gaplashish imkonini beruvchi dastur

Selfi - insonning odatda qo'li yoki selfi tayoqchasi yordamida smartfoniga olingan o'z

rasmi

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Selfi tayoqchasi - uzaytirilishi mumkin bo'lgan va shu bilan qo'l uzatma vazifasini bajaradigan bir-biriga bog'langan qismlardan iborat moslama Sensor - knopkasiz, barmoq yordamida boshqarish

Server - mijoz kompyuterlari so'roviga javob berish uchun mo'ljallangan kompyuter SIM-karta - uyali telefon foydalanuvchisi sifatida egasi haqida ma'lumot saqlaydigan kichik, ko'chma xotira chipi

Smartfon - uyali telefon hamda qo'l kompyuteri vazifasini bajaruvchi moslama Smaylik - hissiyot yoki kayfiyatni ifodalovchi animatsiya

SMM (Social Media Marketing) - bu ijtimoiy media marketing bo'lib, Internet marketingning bir turi deb hisoblanadi. Uning asosiy maqsadi - ijtimoiy tarmoqlardan mijozlarni mahsulot va xizmatlaringizga jalb etish. Status- holat, vaziyat

SMART-CLASS- innovatsion texnologiyalar asosida chuqurlashtirilgan dastur bo'yicha o'qitiladigan,raqamlashtirilgan "aqlli sinf"

Snapchat-Rasmlarni yuborishdan oldin ularga matn, izohlar va emojilarni qo'shish mumkin

Startup yangi loyiha

Spam - elektron pochta chiqindilari

Super-kontrakt - o'quv yilining birinchi yili to'lab beriladigan kontrakt summasi Shlak (nem) - toshqol; hozirda kosmetologiya sohasida tirnoqqa suriladigan uzoq muddatli bo'yoqqa nisbtan ko'p qo'llaniladi

Shedever- eng oliy darajadagi fan, texnika, san'at mahsuli, yuqori mahorat natijasi, noyob iste'dod.

Shareit Simsiz ulashish

Yangi marketpleys - bu har kim o'zi uchun kerakli mahsulotlarni tanlashi va xarid qilishi, yetkazib berish xizmatidan foydalanishi mumkin bo'lgan onlayn platforma: kiyim va poyabzaldan tortib elektronika va maishiy texnikaga qadar.

Target - reklama. Targeting - ijtimoiy tarmoqlarga reklama tayyorlash va insonlarni jalb qilish. Targetolog - target reklamalar tayyorlash bilan shug'illanuvchi shaxs Trend- omma e tiboridagi mavzu

Taksofon, telefonavtomat - abonentni boshqa abonent bilan bir marta ulab beradigan ommaviy telefon apparati

Trafik - tarmoqqa yuborilgan ma'lum bir gigabaytli ma'lumot Teledebat-TVda uyushtiriladigan bahs

Telegram - tezkor xabar almashish vositasi. Foydalanuvchilar matn xabarlashuvdan tashqari bir-birlariga 2 GB gacha bo'lgan tasvir, video, audio va har xil fayllar yuborishlari hamda ovozli va video qo'ng'iroqlarni amalga oshirishlari, kanal va guruhlarda ovozli hamda video chatlarda qatnashishlari mumkin.

Telegram bot-robot yordamchisi, har qanday muntazam faoliyatni amalga oshirishga tayyor yoki maxsus foydalanuvchi kodini bajaradigan maxsus dastur kod

Treyder - savdogar - bu vositalarni, shu jumladan aksiyalar, obligatsiyalar, tovar va valyutalarni sotib oladigan va sotadigan odam.

Tiktok - qisqa videolarni yaratish va ko'rish xizmati

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Trend - urfga kirish

Turban - ayollarning bosh kiyimi

Tunel- tonnel (ingliz tilidan olingan tunnel - quvur) - transport yurishi, suv o'tishi, kommunikatsiyalar joylashishi va boshqa maqsadlarga mo'ljallangan, yotiq yoki qiya joylashgan yer osti yoki suv osti sun'iy inshooti. Uzunligi ko'ndalang o'lchovlaridan birmuncha katta bo'ladi. Vazifasi, yer yuzasiga nisbatan joylashishi, chuqurligi va qurish usullari bo'yicha turlarga bo'linadi. Vazifasi bo'yicha - aloqa yo'llaridagi (metropoliten, tunnel yo'l avtoyo'l, piyodalar o'tish joylari va boshqalar), gidrotexnik, kommunal, konchilik sanoati, maxsus maqsadlarda qurilgan (mudofaa inshootlari, yer osti elektr styalari va boshqalar); yer yuzasiga nisbatan joylashishi bo'yicha - tog' osti, suv osti va tekislikdagi; joylashish chuqurligi bo'yicha - sayoz va chuqur joylashgan; qurish usullari bo'yicha - ochiq, yopiq va maxsus usullarda quriladigan tunellar mavjud. Tunellarning ko'ndalang kesimi doyra, tuxumsimon va to'g'ri to'rtburchak shaklda bo'lishi mumkin. Tunel qazish ishlari yer yoki tog katlamining gidrogeologik sharoitiga qarab turlicha usulda amalga oshiriladi.

Turniket - binolarning kirish joylarida, vestibyullarda o'rnatiladigan, tashrif buyuruvchilarni bitta-bittadan o'tkazish uchun mo'ljallangan, aylanib turadigan krest shaklli metall to'siq.

Tyutor-bu mavzu bo'yicha bilim va ko'nikmalarni berish maqsadida har kuni har haftada yoki oyda talaba yoki bir nechta talabalar bilan qo'shimcha darslar o'tkazadigan o'qituvchi. USB-Shaxsiy kompyuterlar va iste'molchi qurilmalari uchun standart kabel aloqasi Unlim - cheksiz limit

Yandex Taxi - taksi hamkorlariga tezda va bevosita ulanish

YouTube, LLC - videomateriallar hostingini taqdim etuvchi vebsayt. YouTubedan foydalanish qulay va ko'rish osonligi tufayli juda ham mashhur va kirib ko'ruvchilari soni ko'pligi bo'yicha jahonda uchinchi o'rinda turadigan saytdir. Saytda video ko'ruvchilar soni kuniga 2 milliarddan ortiq hisoblanadi. Saytda professional videolavhalardan tortib, havaskor videolar, videobloglargacha taqdim etilgan.

Vaucher - xususiylashtirish cheki, qimmatli qog'oz Vebinar - video konferensiya Versiya - variant

Vestibyul — ma'muriy-maishiy va jamoat binolarida va ba'zida katta uylarda eshikdan kiraverishdagi keng xona bo'lib, eshikni foye bilan o'zaro bog'laydi.

VIP (Very Important Person) -o'ziga xos imtiyozlardan foydalanuvchi insonlar Virtual-aniq yoki mavjud bo'lgan narsaga, haqiqiy yoki jismoniyga qarama-qarshi bo'lgan narsa . Ushbu atama sohasida juda keng tarqalgan kompyuter fanlari va texnologiya raqamli tizimlar yoki formatlardan foydalangan holda qurilgan voqelikka murojaat qilish

Videoqo'ng'iroq-internet tarmog'i uzra telefonda yuzma-yuz ko'rishib gaplashish imkonini beruvchi dastur

Vunderkind (nem. Wunderkind, aynan - ajoyib bola) - zo'r va favqulodda noyob qobiliyatlarini, faoliyatning biror turiga layoqatini barvaqt namoyon etuvchi bola (qarang Iste'dod). Vunderkind asosan yahudiylardan chiqqan. Albert Eynshteynn o'ylab topgan.

WiFi - radiochastotalarning qisqartirilgan boshqaruv chastotalarida ishlovchi simsiz ma'lumot almashinish standartlashtirilgan texnologiyasi

SCIENCE AND INNOVATION

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

WiFi zona - WiFi ishlaydigan hudud, maydon

Webinar-bu veb-sahifani tomoshabinlarga ulash uchun internetdan foydalanadigan veb-ga asoslangan video konferentsiya - butun dunyodan webinar tomoshabinlar va tinglovchilariga. Xostlar o'zlarini ko'rsatishlari mumkin, slayd namoyishlari yoki namoyishlar uchun ularning kompyuter ekranlariga o'tishlari va hatto boshqa joylardan kelgan mehmonlarni veb-seminarning birgalikda ishtirok etishi uchun taklif qilishlari mumkin.

Web sahifa — web-resurs sifatida ishlaydigan hujjat

WhatsApp - ijtimoiy tarmoq

Wikipediya ko'p tilli, erkin, internet ensiklopediya

Xoll — yig'ilish

Zoom - masofaviy dastur

Chellenj - she'r yoki qo'shiqni bo'laklarga bo'lib aytish

Chips - qovurilgan kartoshka

TADQIQOT NATIJALARI VA MUHOKAMA

Til - millat ko'zgusidir. Uning o'zligini, ma'naviy qiyofasini ko'rsatib beruvchi bebaho boylikdir. Ona tilini muqaddas bilish o'zini, qadr-qimmatini, g'ururini anglash, tarixini, milliy qadriyatlarini hurmat qilish demakdir. O'zlashma neologizmlar davriy xususiyatga ega sanaladi. Masalan, bir paytlari yangi atamalar sifatida tilga kirib kelgan avtobus, trolleybus, metro kabi so'zlar bugungi kunda yangilik bo'yog'ini yo'qotib, zamonaviy qatlamga oid leksik birliklarga aylangan. 80-yillarning o'rtalaridan boshlangan ijtimoiy hayotdagi keskin o'zgarishlar barcha sohalarda bo'lgani singari tilshunoslik sohasida ham tub o'zgarishlarning sodir bo'lishiga olib keldi. Ayniqsa, bu holat o'zbek tili leksikasida kuchli bo'ldi. O'zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi, o'zbek xalqining o'z erkiga, ozodligiga erishishi esa bu jarayonni yanada tezlashtirdi, tilimizda yuzlab, minglab o'zlashma neologizmlar paydo bo'ldi. Xususan, iqtisodiyot, bank va kredit, diplomatiya kabi bank sohalarida yangidan yangi atamalar paydo bo'ldi. Bozor iqtisodiyoti, litsenziya, monitoring, debitor, kvota, menejer, menejment, brutto qarz, frank bozori kabi atamalar shular jumlasidandir.

XULOSA

Xulosa o'rnida shuni aytish joizki, bugungi kundagi neologizmlarning tilimiz leksikonida vaqtlar o'tib muqobil sifatida qolib ketishining oldini olish va tilimizni sofligicha saqlash uchun chet el leksikonidagi so'zlarning ishlatilishini cheklash lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati.

1. Raxmatullayev Sh. O'zbek tilining etimologik lug'ati. -T.:2000

2. Xojayev A, Nurmonov A, Zaynobitdinov S. Hozirgi o'zbek tili faol so'zlarining izohli lug'ati.

3. Z. Baratov Iqtisodiy matnlarda neologizmlarning tarjima qilinishi. Bitiruv malakaviy ishi.

4. H. Dadaboyev. O'zbek terminalogiyasi. Yoshlar nashriyoti uyi. Toshkent. 2019.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.