Научная статья на тему 'OʼZBEKISTON RESPUBLIKASINING TEMIR YOʼL SOHASIDAGI XALQARO HAMKORLIK ISTIQBOLLARI (TEMIR YOʼL TRANSPORTIDAGI HARAKATLANADIGAN TARKIBI MISOLIDA)'

OʼZBEKISTON RESPUBLIKASINING TEMIR YOʼL SOHASIDAGI XALQARO HAMKORLIK ISTIQBOLLARI (TEMIR YOʼL TRANSPORTIDAGI HARAKATLANADIGAN TARKIBI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

32
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OʼZBEKISTON RESPUBLIKASINING TEMIR YOʼL SOHASIDAGI XALQARO HAMKORLIK ISTIQBOLLARI (TEMIR YOʼL TRANSPORTIDAGI HARAKATLANADIGAN TARKIBI MISOLIDA)»

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-769-772

ort

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING TEMIR YO'L SOHASIDAGI

XALQARO HAMKORLIK ISTIQBOLLARI (TEMIR YO'L TRANSPORTIDAGI HARAKATLANADIGAN TARKIBI MISOLIDA)

A. Ne'matov, M. Fahriddinov

Toshkent davlat transport universiteti talabalari

B. Ergashev

Ilmiy rahbar, Toshkent davlat transport universiteti dotsenti ahmadjonnematov0827@gmail.com

Mustaqillikka erishganimizdan so'ng barcha sohalarda bo'lgani kabi temir yo'l tizimida ham uning barqaror ishlashiga to'sqinlik qiladigan, o'z yechimini kutayotgan qator muammolar mavjud ekanligi yaqqol ko'zga tashlanib qoldi, xususan: temir yo'l transportidagi harakatlanadigan tarkibning (lokomotiv va vagonlar) "jismonan" ishdan chiqqanligi, "ma'nan" eskirganligi, zamon talablari darajasida xizmat ko'rsatish imkonini beradigan texnika va texnologiyalar bilan jihozlanmaganligi sohadagi jiddiy muammolardan biriga aylandi. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, sobiq ittifoq davrida trasport vositalarini modernizatsiya qilish va qayta jihozlash, ilg'or zamonaviy texnologiyalarni ish jarayoniga joriy etish bir maromda va tizimli amalga oshirilmadi. Asosiy e'tibor eskirgan transport vositalarni ta'mirlash ishlariga qaratilar edi [1]. Bu hol, o'z navbatida, bir tomondan ishlab chiqarishni zamonaviy tashkil etishga imkon bermasa, ikkinchi tomondan muqarrar ravishda harakat xavfsizligi va iste'molchilarga transport xizmat ko'rsatish sifatining taboro pasayishiga ta'sir ko'rsatar edi. Lokomotiv va vagonlarni ta'mirlash ustaxonalarining asosiy vositalari (mashina va uskunalar, transport vositalari va ish qurollari) texnologik jihatdan hali ham 80-yillar darajasida qolib ketgan edi. Zamonaviy diagnostik va maxsus asbob-uskunalar yetishmas, mavjudlarining esa aksariyat qismi aynan shu turdagi xorijiy asbob-uskunalardan texnik hamda iqtisodiy ko'rsatkichlariga nisbatan ancha orqada edi. Albatta bunday ahvol o'z vaqtida lokomotiv va vagonlarning texnik xizmat ko'rsatish sifatiga salbiy ta'sir ko'rsatmasdan qolmasdi. Ta'mirlash ishlarining sifatsiz amalga oshirilishi natijasida ishga yaroqsiz lokomotiv va vagonlarning miqdori yildan-yilga oshib, ish jarayonida ularning ishdan chiqish holatlari tez-tez takrorlanib, rejadan tashqari (ko'zda tutilmagan) qayta ta'mirlash ishlari ko'payib

borardi. "O'zbekiston temir yo'llari" davlat-aksionerlik

April 21-22

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-769-772

kompaniyasi raisining 1997 yil 31 dekabr 127-N sonli buyrug'i bilan qabul qilingan "O'zbekiston temir yo'llari" davlat-aksionerlik kompaniyasini rivojlantirish kontseptsiyasi"da agar ahvol shu tarzda davom etsa, 1998-2010 yillarda lokomotiv xo'jaligidagi 73 foiz magistral, 42 foiz manevr teplovozlar hamda 58 foiz elektrovozlar o'z xizmat vazifalarini o'tab bo'lgani uchun hisobdan chiqarilishi mumkin deb ta'kidlandi [2]. Xuddi shunday holat vagon xo'jaligida ham mavjud edi. Xususan, yuk vagonlari parkining inventarlari eskirib, yeyilib ketishi hisobiga hamda ularni yangilash va to'ldirish imkoni yo'qligi bois qisqarib borardi. Platforma (ochiq yuk vagon) va yarimvagonlarning keragidan ortiqcha mavjud bo'lgan vaqtda, boshqa turdagi vagonlarning yetishmasligi sezilardi. Soha mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko'ra 2000 yilga kelib 500 ta vagon sisterna va 400 ta yoniq vagonlar tanqisligi yuzaga kelishi mumkin ekan [3]. 1397 vagondan 217 tasini 1997-1998 yillarda,116 tasi undan keyingi 2 yilda o'z xizmat vazifasini o'tab bo'lganligi uchun foydalanishdan olib tashlanishi lozim bo'ladi [5]. Shu bois ham "...yo'lovchi tashish lokomotivlari parkini yangilash, yuk tashish lokomotivlari va vagonlarini modernizatsiya qilish va qayta tiklash bo'yicha loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish" muammosini hal qilish mustaqillik yillarida eng dolzarb masalalardan biriga aylandi. [4]

O'zbekiston Respublikasi xukumati mustaqilligimizning ilk yillaridan boshlab temir yo'l tarmoqlari tizimini rivojlantirish va takomillashtirish masalalariga alohida e'tibor qaratdi. Temir yo'l transportida yuk va yo'lovchilarni tashish ehtiyojlarini to'la qondirish hamda uning barqaror va xavf-xatarsiz ishlashini ta'minlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 7 noyabrdagi farmoni bilan sobiq O'rta Osiyo temir yo'lining respublika hududida joylashgan uchastkalari asosida "O'zbekiston temir yo'llari" davlat aksiyadorlik kompaniyasi tashkil etildi. Farmonda "O'zbekiston temir yo'llari" davlat-aksionerlik kompaniyasi O'zbekiston Respublikasi davlat temiryo'l transporti boshqarmasining temiryo'l transportida yuk tashish jarayonlariga rahbarlik qiladigan va xo'jalik ishlarini amalga oshiradigan vakolatli organ deb belgilandi [5]. To'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini tubdan oshirish, bo'lajak investorlar uchun ularning ochiqligi va jozibadorligini ta'minlash, zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy qilish, korxonalarni strategik boshqarishda aksiyadorlar rolini kuchaytirish uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 24 apreldagi "Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ

boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi

April 21-22

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-769-772

P

PF-4720 sonli farmoni bilan "O'zbekiston temir yo'llari" Davlat Aksionerlik temir yo'l kompaniyasi ochiq aksionerlik jamiyati yoki "O'zbekiston temir yo'llari" AJ deb o'zgartirildi. Farmon asosida tashkil etilgan "O'zbekiston temir yo'llari" AJ temir yo'l sohasidagi davlat siyosati ishlab chiqildi, unda harakatlanadigan tarkibni (lokomotiv va vagon) tiklash va modernizatsiya qilish, ustuvor yo'nalishlardan biri deb belgilandi.

"O'zbekiston temir yo'llari" aksiyadorlik jamiyati tomonidan transport sohasidagi xizmat ko'rsatish darajasi va sifatini oshirish maqsadida harakatlanadigan tarkibni eng zamonaviy, yuqori samarali lokomotivlar va qulay vagonlar bilan ta'minlash va modernizatsiya qilish ishlariga alohida e'tibor berilmoqda. So'ngi yillarda 49 ta zamonaviy elektrovoz va 10 ta yo'lovchi tashiydigan teplovoz sotib olingani, 120 ta lokomotiv modernizatsiya qilingani bu boradagi ishlar ko'lami tobora ortib borayotganini ko'rsatadi [6]. Bugungi kunda temir yo'l tarmog'ining jadal rivojlanayotgan, yuksak texnologiyalarga asoslangan Toshkent yo'lovchi vagonlarni qurish va ta'mirlash zavodi, Quyuv-mexanika zavodi, "O'ztemiryo'lmashta'mir" unitar korxonalari lokomotiv va yo'lovchi vagonlarni ta'mirlash, modernizatsiya qilish va qayta jihozlashdan tashqari, qisqa vaqt ichida vagonsozlik sanoatimizga asos solindi. Bu yerda 2,5 mingta yuk va 150 ta yangi yo'lovchi vagonlari ishlab chiqildi, 735 ta yo'lovchi vagonlari modernizatsiya qilindi [7].

Shunday qilib, ichki temir yo'l tarmoqlaridagi yo'lovchi va yuk tashish jarayonida ishtirok etadigan texnik uskunalarning eskilarini yangisiga almashtirish hamda ta'mir talab holatga kelganlarini tabmirlashning samaradorligini oshirish, shubhasiz, tizim faoliyatini yanada yaxshilashga xizmat qiladi. Bu borada Respublikamizda olib borilayotgan chora-tadbirlar va xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik munosabatlari ko'lamini yanada kengaytirish maqsadga muvofiq bo'ladi.

REFERENCES

1. 2017 yil 4 avgust. Shavkat Mirziyoev. "O'zbekiston temir yo'llari" aksiyadorlik jamiyati jamoasiga. "Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir." 2 —jild, T. "O'zbekiston", 424-433-betlar.

2. Maqsadimiz-borini asrab-avaylash, yo'g'ini yaratishdir. "O'zbektston temir yo'llari" davlat-aksionerlik kompaniyasining 1995 yil ish yakunlari va 1996 yil rejalari. // "Temiryo'lchi", 1996, 10-fevralb.

3. "Kontsepsiya о развития государственно-акционерной железнодорожной компании "O'zbekiston temir yo'llari".

April 21-22

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-769-772

p

"O'zbekiston temir yo'llari" davlat-aktsionerlik kompaniyasining 1998 yil 31 dekabrt 127-N sonli buyrug'i, 4-bet.

4. O'sha joyda.

5. O'tgan yil saboqlari."O'zbekiston temir yo'llari" DHTKning 1996 yil yakunlari va bu yilgi vazifalari to'g'risida kompaniya raisi N.E.Ermetovning Boshqaruv yig'ilishida qilgan ma'ruzasi. // "Temiryo'lchi",1997,15 fevral.

6. "O'zbekiston temir yo'llari" Davlat-aktsionerlik temir yo'l kompaniyasini tuzish to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 7 noyabrdagi farmoni. // "Temiryo'lchi", 1994, 12 noyabr.

7. "O'zbekiston temir yo'llari" aktsiyadorlik jamiyati jamoasiga // Shavkat Mirziyoev. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir. 2-jild. T., "O'zbekiston", 2018, 431-bet.

8. "O'zbekiston temir yo'llari" aktsiyadorlik jamiyati jamoasiga // "Temiryo'lchi", 2014, 13 noyabr.

April 21-22

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.