Научная статья на тему 'АNGREN – POP” ELEKTRLASHTIRILGAN TEMIR YOʼL QURILISHIDA XALQARO HAMKORLIK'

АNGREN – POP” ELEKTRLASHTIRILGAN TEMIR YOʼL QURILISHIDA XALQARO HAMKORLIK Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

41
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «АNGREN – POP” ELEKTRLASHTIRILGAN TEMIR YOʼL QURILISHIDA XALQARO HAMKORLIK»

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-723-726

ANGREN - POP" ELEKTRLASHTIRILGAN TEMIR YO'L QURILISHIDA

XALQARO HAMKORLIK

Ternir yo'l transporti har bir davlat iqtisodiyotining asosiy aloqa vositasi hisoblanadi. O'zbekiston uchun u yanada muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, temir yo'l transporti respublikamizning eng olis tumanlari va aholi manzilgohlarini o'zaro puxta bog'lab turadi, xalqaro transport tizimlariga ulanishni ta'minlaydi. Shu bilan birga boy o'lkamizning asosiy tabiiy va mineral-xom ashyo zaxiralari manbalariga bemolol kirib borishini ta'minlaydi. Agarki mana shunday temir yo'llar bo'lmasa, iqtisodiyotimizni qanday rivojlantirish mumkinligini tasavvur qilishning o'zi ham qiyin bo'lardi. Hozirgi vaqtda mamlakatimiz bo'yicha yuklarning 60 foizdan ziyodi, yo'lovchilarning esa 75 foizdan ortig'i temir yo'l transporti orqali tashilmoqda. O'zbekiston temir yo'llari transmintaqaviy transport koridorlarining eng muhim bo'g'ini sifatida xalqaro temir yo'llar tashuvi tizimida munosib o'rin egallamoqda... O'zbekiston magistral temir yo'l tarmoqlari orqali Sharq va G'arb, Janub va Shimolni birlashtiradigan salmoqli transport-kommunikatsiya va tranzit salohiyatga ega.

Mustaqillik yillarida O'zbekiston temir yo'llari murakkab shakllanish va jadal rivojlanish yo'lini bosib o'tdi va bugungi kunda yurtimizning barcha mintaqalarini ishonchli bog'lash uchun bamisoli qon tomirlari kabi hayotiy zarur bo'lgan, mamlakatimizda yagona temir yo'l tizimini vujudga keltirishni ta'minlaydigan liniyalar barpo etish, transport xizmatlarining darajasi va sifatini oshirishda temir yo'l parkining harakatlanadigan tarkibini eng zamonaviy, yuksak samarali lokomotivlar va har tomonlama qulay vagonlar bilan yangilash , lokomotiv va vagon parklarini Yevropa mamlakatlari, Yaponiya va Janubiy Koreya davlatlari va boshqa yetakchi xorijiy kompaniyalarning zamonaviy asbob-uskunalar va yangi avlod texnologik tarmoqlari bilan jihozlash, yo'lovchilarga eng yuqori xalqaro standart va talablar darajasida xizmat ko'rsatish borasida salmoqli qadamlar tashlandi.

Buni chuqurroq his etish hamda anglash uchun o'tgan asrning saksoninchi yillarida respublikamizda yuzaga kelgan

D. D. Xusanova, P. E. O'rinboeva

I bosqich talabalari TDTrU "Xalqaro transport huquqi" diyoraxusanova73 @gmail .com Ilmiy rahbar: dotsent B. E. Yuldashev

iqtisodiy, ijtimoiy ahvolni xotirada tiklashga to'g'ri keladi.

April 21-22

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-723-726

Mustaqillikka erishganimizdan so'ng barcha sohalarda bo'lgani kabi temir yo'l tizimida uning barqaror ishlashiga to'sqinlik qiladigan, o'z yechimini kutayotgan qator muammolar mavjud ekanligi yaqqol ko'zga tashlanib qoldi. Ushbu muammolardan biri O'zbekistonning hudud va mintaqalarini qamrab oladigan yaxlit milliy temir yo'l transporti kommunikatsiya tizimining barpo etilmaganligi masalasidir. Darhaqiqat mamlakatimizning Farg'ona vodiysi, Surxondaryo vohasi, Qoraqalpog'iston Respublikasi hamda Xorazm viloyati temir yo'l tarmoqlariga ulanish nuqtai nazaridan O'zbekistonning boshqa hududlaridan ajralib qolgan edi. Temir yo'l transporti orqali keltirilayotgan va chetga chiqarilayotgan xalq xo'jaligi yuklari shimolda - Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatiga 360 kilometr, janubda - Surxondaryo viloyatiga Turkmaniston hududidan 194 kilometr, g'arbda - Farg'ona vodiysiga Tojikiston hududidan 100 kilometr masofani kesib o'tishga to'g'ri kelar edi [1]. Bu esa o'z vaqtida katta miqdordagi valyuta va bojxona to'lovlarini amalga oshirishni taqoza etardi. Shuning uchun ham mustaqilligimizning birinchi kunlaridanoq yangi temir yo'l magistrallarini qurish va foydalanishga topshirish yurtimiz uchun suv bilan havoday zarur hayotiy ehtiyojga aylandi.

O'zbekiston Respublikasida yagona temir yo'l tarmog'ini shakllantirishni yakunlash, yangi "Xitoy-Markaziy Osiyo-Evropa" xalqaro temir yo'l tranzit koridorini yaratish, shuningdek Farg'ona vodiysining iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan kompleks rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni ta'minlash maqsadida 2013 yilda dengiz sathidan 2 ming 200 metr balandlikda joylashgan Qamchiq dovoni bo'ylab "Angren-Pop" yo'nalishidagi yangi elektrlashtirilgan temir yo'l liniyasi qurilishiga qo'l urildi. Zero Farg'ona vodiysi o'zining ishlab chiqarish salohiyati bilan respublika iqtisodiyotida muhim rol o'ynaydi. Buni 2014 yil 1 yanvar holatiga ko'ra 8695,7 ming aholi (respublika aholisining 28,5 foizi) yashaydigan, 18,5 ming kvadrat kilometrni ( O'zbekiston umumiy hududining 4,12 foizi ) egallagan, 28,5 foizga yaqin mamlakat mehnat resurslari joylashgan ushbu iqtisodiy mintaqaga mamlakatimizda ishlab chiqilgan sanoat mahsulotlarining 22,7 foizi, xalq iste 'mol mollarining 35,2 foizi, qishloq xo'jaligi mahsulotlarining 25,2 foizi to'g'ri kelishi ham yaqqol ko'rsatib turibdi [2]

Shu bois 2013 yil 18 iyunda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PP-1985-sonli "Angren-Pop elektrlashtirilgan temir yo'l liniyasini qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori qabul qilindi. Qarorga ko'ra O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirliklari hamda "O'zbekiston temir yo'llari" davlat-aktsiyadorlik

kompaniyasining 2013 yil iyunidan 2016 yil iyuligacha 123,1

April 21-22

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-723-726

p

kilometrlik elektrlashtirilgan "Angren-Pop" temir yo'l qurish bo'yicha investitsiya loyihasini bosqichma-bosqich amalga oshirish to'g'risidagi takliflari qabul qilindi. Loyiha doirasida 19,1 kilometr tonnel, 285 ta sun'iy inshoat, 22 ta ko'prik, 6 ta puteprovod, 6 ta temir yo'l stantsiyasi va 2 ta vokzal qurilishi ko'zda tutildi [3]. Loyihani amalga oshirish maqsadida jami 1 633,7 mln. doll., xususan, soliqdan ozod qilish sifatida Davlat ulushi 172,56 mln. doll., «Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi» hisobidan 242,5 mln. doll., Davlat byudjeti hisobidan 216,2 mln. doll., «O'zbekiston temir yo'llari» kompaniyasi mablag'lari hisobidan 455,6 mln. doll., AJ «O'zbekenergo» hisobidan 1,8 mln. doll. va uzoq muddatli imtiyozli xorijiy kredi tlar hisobidan Eksimbank XXR 350,0 mln. doll., Jahon banki hisobidan 195,0 mln. doll. miqdoridagi mablag'lar ajratildi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 15 avgustdagi 547-sonli buyrug'i bilan "Angren-Pop" elektrlashtirilgan temir yo'l liniyasini qurilishining bosh buyurtmachisi etib "O'zbekiston temir yo'llari" davlat aktsiyadorlik kompaniyasi qilib tasdiqlandi. Bundan tashqari buyruqda O'zbekiston Respublikasi subpudratchi tashkilotlar va xorijiy kompaniyalar o'rtasida loyiha doirasida qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish bo'yicha tenderlar tashkil etish nazarda tutildi. O'tkazilgan tanlov asosida 2013 yilning iyunt oyida "O'zbekiston temir yo'llari" davlat aktsiyadorlik kompaniyasi bilan tender g'olibi Xitoyning "China Railway Tunnel Group Co. Ltd" kompaniyasi o'rtasida 19,1 kilometrlik tonnel qurish bo'yicha umumiy qiymati 455 million dollarlik shartnoma imzolandi.

2013 yilning ikkinchi yarim yilligida rejalashtirilgan loyihani amalga oshirishga kirishildi. Qamchiq dovoni bo'ylab qurilayotgan mazkur liniyaning Angren stantsiyasidan tonnelning g'arbiy portaligacha hamda Pop stantsiyasidan tonelning sharqiy portaligacha bo'lgan 104 kilometr masofada temir yo'l qurilishi hamda elektrlashtirish ishlari 2015 yilning mustaqillik bayrami arafasida to'liq yakunlanib, poezdlar ishchi harakati tashkil etildi. Ushbu hududda 43 mln.kub metr tuproq ishlari hamda 16,3 mln.kub metr burg'ulash-porlatish ishlari amalga oshirildi.Loyiha doirasida 285 ta sun'iy inshoat va suv o'tkazish quvurlari, u mumiy uzunligi 2,1 kilometrni tashkil etuvchi 13 ta temir yo'l ko'prigi, 6 ta yo'l o'tkazuvchi, 4 ta temir yo'l stantsiyasi, 4 ta raz'ezd va 2 ta vokzal qurib bitkazildi [4].

Yuqorida bildirilgan fikr mulohazalardan kelib chiqqan holda "Angren - Pop" elektrlashtirilgan temir yo'l liniyasining milliy iqtisodiyotidagi o'rni xususida quyidagi xulosalarni ta'kidlash joiz deb hisoblaymiz, xususan, aynan shu loyihaning joriy etilishi Farg'ona vodiysi viloyatlarini

mamlakatimiz temir yo'llari tizimi bilan ishonchli asosda bevosita

April 21-22

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-723-726

p

bog'lash imkonini yaratadi, temir yo'l qatnovining ochilishi nafaqat o'zining iqtisodiy samarasi, shu bilan bir qatorda mintaqada tegishli infratuzilmalarning, avvalombor, qurilish va sanoat, transport va aloqa, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari, xizmat ko'rsatish tizimlarining rivojlanishiga , sog'liqni saqlash, ta'lim-tarbiya, umuman, yangi-yangi madaniy o'choqlarning ochilishiga va shu orqali qo'shimcha ish o'rinlari tashkil etilishiga, hech shubhasiz, mustahkam zamin yaratdi.

REFERENCES

1. Temir yo'llar-millat kuch-qudrati // "Temiryo'lchi", 2003, 6 iyun.

2. O'zbekiston hududlarining yillik statistik to'plami. T.,2014, 14-83 betlar.

3. Yuksalish oldimlari.// "Temiryo'lchi", 2015,1 yanvar.

4. "Angren-Pop" elektrlashtirilgan temir yo'l liniyasi: Iqtisodiy barqarorlikni ta'minlashga xizmat qiladigan loyiha // Temiryo'lchi, 2015, 3 sentyabr.

April 21-22

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.