O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XALQ TEATRI VA FOLKLOR ETNOGRAFIK JAMOALAR FAOLIYATINING ZARURATI
Muyassar Xaydarovna Tojiahmedova Namangan davlat universiteti
Annotatsiya: Ushbu maqolada bugungi kunda xalq xavaskorlik ijodiy jamoalari, ularning faoliyati, ijodiy yuksalishi uchun madaniyat markazlaridagi shart-sharoitlar atroflicha tahlil etilgan.
Kalit so'zlar: madaniyat markazlari, folklor etnografik jamoalar, xavaskorlik ijodi, folklor, nomoddiy madaniy meros, repertuar, madaniyat
THE NEED FOR THE ACTIVITY OF FOLK THEATER AND FOLKLORE
ETHNOGRAPHIC GROUPS IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN
Muyassar Haydarovna Tajiahmedova Namangan State University
Abstract: In this article, today's folk amateur creative teams, their activities, the conditions in cultural centers for their creative growth are thoroughly analyzed.
Keywords: cultural centers, folklore ethnographic communities, amateur creativity, folklore, intangible cultural heritage, repertoire, culture
O'zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo'lga kiritgach, madaniyat va san'at sohasida ham tub islohotlar davri boshlandi. Sobiq mustabid tuzum davrida xalqning ma'naviy qadriyati hisoblangan milliy an'ana va qadriyatlar qayta tiklanib, xalq turmush tarzining ajralmas qismiga aylandi. Mustaqillikning o'tgan qisqa davri o'zining mazmun-mohiyati, amalga oshirilgan ishlarning ko'lami, jamiyat a'zolarining ongi, tafakkuri va turmush tarziga ko'rsatgan ta'siri nutqtai nazaridan bir necha o'n yilliklarga teng o'zgarishlar bo'ldi.
Ma'naviy madaniyatning negizini tashkil qiladigan ilm ma'rifat uning darajasiga va ta'siri har bir davrning ijtimoiy-iqtisodiy tuzumi bilan belgilanadi. Biroq ma'naviy madaniyatning mohiyatini namoyon etuvchi obyekt shaxs hisoblanishi bu masalani hal etishda mamlakatimizda joriy etilgan uzluksiz ta'lim tizimi katta ahamiyat kasb etishini ko'rsatadi.
Ma'naviyat sohasidagi bo'shliqni to'ldirish, o'quvchi-yoshlarni umumjahon fan-texnika taraqqiyoti talablariga javob beradigan, ma'naviy madaniyatli insonlar qilib tarbiyalash uchun I.Karimov aytganlaridek, "Yangi demokratik ta'lim konsepsiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish lozim bo'ladi. Bunda o'zbek xalqining va
respublika hududida yashovchi boshqa xalqlarning milliy tarixiy va madaniy an'analari, ma'naviy tajribasi ta'lim tarbiya tizimimizga uzviy ravishda kiritilishi zarur."[1.].
Jamiyat taraqqiy etgan sari ma'naviy madaniyatining shakli, qamrovi, ta'sir kuchi ham o'zgarib boradi. Bunday o'sishni jamiyat rivojlanishining tezlashishi, ijtimoiy munosabatlarning holati talab etadi. Jamiyat taraqqiyotining obyektiv talabiga binoan tarixiy jarayonda shaxs ma'naviy o'sishi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga nisbatan tezroq amalga oshishi kerak. Zotan muayyan davrning ma'naviy madaniyatda, har bir ijtimoiy xodisada bo'lgani singari, uning qoloq tomonlari va ayni vaqtda shu davrning umumiy tafakkur darajasidan o'zib ketadigan ilg'or fikrlar, qarashlar va nazariyalar ham bo'ladi. Ma'naviy madaniyatning davr talab-ehtiyojlariga bog'liqligi dialektik jarayon bo'lib , u ichki ziddiyatlariga ega bo'lgani holda, uning asosiy belgilari insonning ichki va tashqi dunyosida namoyon bo'ladi. Shaxsning ichki ma'naviy dunyosi ma'naviy ehtiyoj, ma'naviy qiziqishi, ma'naviy faoliyat va ma'naviy qadriyat kabi kabi asosiy belgilar tizimidan iborat bo'lib, ular o'zaro bog'liqdir[2.].
Shaxsning ma'naviy ehtiyoji ma'naviy qiziqishni vujudga keltiradi, u shaxs faoliyati jarayonida namoyon bo'ladi va natijada ma'naviy qadriyat yuzaga keladi. Shu o'rinda bir narsaga alohida e'tibor qaratish kerakki, o'zbek xalqining etnik xususiyatlaridan kelib chiqib har qanday ma'naviy madaniyat va qadriyatni shakllantirishda avvalo oila so'ngra boshqa ijtimoiylashuv institutlari (mahalla, ta'lim muassasalari, mehnat jamoalari)subyekt sifatida namoyon bo'ladi. Har bir xalq yoki millat dastavval tarixiy -madaniy birligi bilan aralashib, o'ziga xos xususiyatlarini saqlab kelgan. Ayrim etnoslar u yoki bu ehtiyojlarini qondirishdagi faoliyati va uslubi bilan ko'zga tashlanadi. Masalan, uzoq tarixiy davr davomida yerga to'shab yoki kursiga o'tirish, taomni qo'lda yoki qoshiq bilan is'temol qilish, har xil ichimliklarni va oziq-ovqat turlari bilan kiyim-kechak va uy ro'zg'or buyumlari, o'zaro o'zaro muloqotdagi xususiyatlari (salomlashish va mehmon kutish) bola tarbiyasi, urf-odatlari, marosimlari kabi juda ko'p milliy-madaniy xususiyatlari bilan nafaqat ayrim etnoslar hatto ba'zi etnik guruhlar ham ajralib turadi. Jahonda hech bir millat yoki etnik jarayon sof bir xilda namoyon bo'lmaydi. Chunki hozirgacha bitta ham aralashmagan sof millat yoki xalq yo'q va bo'lmagan. Shu nuqtai nazar bilan qaraydigan bo'lsak, o'zbek xalqining ma'naviy madaniyati rivojlanish jarayonida ham boshqa xalqlarga xos xususiyatlar paydo bo'ladi. Shuningdek, o'zbek xalqiga xos ijtimoiy xususiyatlar jahon sivilizatsiyasiga ulkan ta'sir ko'rsatgan. Etnogenez va etnik tarixni, ya'ni muayyan xalqlarning kelib chiqishini o'rganmay turib, uning tarixini mukammal yaratish mumkin emas, shu bilan birga etnogenez muammosini faqat yozma manbalar asosida o'rganish ham yetarli emas.
Hozirgi vaqtda ma'naviy, madaniy-ma'rifiy ishlarga e'tiborni kuchaytirish orqali turli zararli odatlarga qarshi kurash olib borish davr taqozosidir. Biroq bunday zararli odatlarni yoshlar hayotidan chiqarib tashlash uchun madaniy dam olish tadbirlarini uyushtirib borishimiz lozim. Xususan, yoshlar bo'sh vaqtida hayotdan tabiiy lazzat olishlari uchun tabiat go'zalliklaridan, xalq san'atidan, marosimlardan, qolaversa, o'z ijodiy ishi mahsullaridan bahramand bo'lsin, ruhiy lazzat olsin. EyryHra KyHga axpnn arnarn nyHKraapnga KyÖHgarn 3 tipdara zamonaviy madaniyat markazlari ^aonnaT ropmMOKga, ular:
I tipda - xizmat ko'rsatiladigan aholi soni 40 ming nafardan ortiq bo'lgan va kamida 400 o'rindiqli tomosha zaliga ega bo'lgan holda shaharlarda va tumanning ma' muriy markazlarida;
II tipda - xizmat ko'rsatiladigan aholi soni 20 ming nafardan ortiq bo'lgan va o'rindiqlar soni 250 tani tashkil etadigan tomosha zaliga ega bo'lgan holda shaharlarda va tuman markazlarida;
III tipda - xizmat ko'rsatiladigan aholi soni 7 mingdan ortiq bo'lgan va o'rindiqlar soni 150 tani tashkil etadigan tomosha zaliga ega bo'lgan holda shaharlarda va tuman markazlarida tashkil etilishi mumkin.
Madaniy dam olish insonning bo'sh vaqtdan oqilona foydalangan holda keng dunyoqarashga ega bo'lishda ma'naviy - estetik jihatdan kamol topishida, jismoniy sog'lom bo'lishida muhim omillardan hisoblanadi. Dam olish madaniyatini yuksaltirishdan asosiy maqsad - kishilarning madaniy hordiq chiqarishlarini ta'minlash bilan birga, ularni har tomonlama yetuk inson bo'lib kamolga yetishishlariga ko'maklashishdan iboratdir.Umumxalq madaniyatining tarkibiy qismi bo'lgan xalq teatr va folklor etnografik dastalarining madaniyat taraqqiyotdagi o'rni xalqning ma'naviy taraqqiyotida o'ziga xos o'rni bo'lib, unda har bir xalqning milliy madaniyati, qolaversa ijtimoiy turmushi o'z aksini topgan. Shuningdek, xalq teatr va folklor etnografik dastalarining ma'naviy taraqqiyotdagi o'rni xalqning tarixi, turmush tarzi, urf-odatlari o'ziga xos badiiy ifodalangan bo'lib, xalq milliy ruhiyatini mujassamlashtirgan. Bu esa shu xalqda xalqparvarlik, vatanparvarlik kabi hislatlarni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Shu jihatdan xalq og'zaki ijodiyoti durdonalaridan bo'lgan «Alpomish» dostoni haqidagi birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning quyidagi so'zlari fikrimiz isbotidir: «Alpomish» dostoni bizga insonparvarlik fazilatlaridan saboq beradi. Odil va haqgo'y bo'lishga, o'z yurtimizni, oilamiz qo'rg'onini qo'riqlashga, do'stu yorimizni, or-nomusimizni, ota-bobolarimizning muqaddas mozorlarini har qanday tajovuzdan himoya qilishga o'rgatadi»[4.].
Xulosa qilib aytganda aholining madaniy ehtiyojlarini qondirish maqsadida tashkil etilayotgan madaniyatning yangi tuzilmalari jamiyat taraqqiyotini ta'minlovchi omillar hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Karimov I.A. Inson, uning huquq va erkinliklari hamda manfaatlari - eng oliy qadriyat.14 jild.-Toshkent: O'zbekiston, 2006 . -B. 245.
2. Saifnazarov I. Tarbiya, odob va oqibat-Toshkent: O'zbekiston, 1991.-E. 37.
3. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 25 iyundagi "2013-2018 yillarda zamonaviy madaniyat va aholi dam olish markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 178-sonli qarori / Xalq so'zi 2013-yil 26-iyun.
4. Karimov I.A. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo'lidan. 6-jild.-Toshkent: O'zbekiston, 1998. -B.201.