Научная статья на тему 'O„ZBEK ETNOMADANIYATINING O„ZIGA XOS XUSUSIYATLARI'

O„ZBEK ETNOMADANIYATINING O„ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

1820
210
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
xalq / millat / etnos / etnik guruh / madaniyat / sivilizatsiya / etnomadaniyat / etnogenez / qadriyat / urf-odat. / people / nation / ethnicity / ethnic group / culture / civilization / ehtnic culture / ethnic genesis / values / customs and traditions

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Umid Mamadiyevich Mengliqulov

Maqolada o„zbek etnomadaniyatining shakllanish jarayonlari, o„ziga xos xususiyatlari hamda uni rivojlantirishning g„oyaviy, madaniy masalalari tahlil qilinadi. Shuningdek, o„zbek xalqininig kelib chiqishi, etnogenezi va etnos bo„lib shakllanishi hamda dunyo xaritasida o„z o„rniga ega bo„lishi haqida ayrim mulohazalar tahlil qilingan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The article analyzes the formation processes, peculiar features of uzbek ethnic culture and ideological, cultural issues in of its development. Also, it presents a number of speculations on the genesis, formation and emergence of uzbek people as a nation.

Текст научной работы на тему «O„ZBEK ETNOMADANIYATINING O„ZIGA XOS XUSUSIYATLARI»

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

O'ZBEK ETNOMADANIYATINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Maqolada o'zbek etnomadaniyatining shakllanish jarayonlari, o'ziga xos xususiyatlari hamda uni rivojlantirishning g'oyaviy, madaniy masalalari tahlil qilinadi. Shuningdek, o'zbek xalqininig kelib chiqishi, etnogenezi va etnos bo'lib shakllanishi hamda dunyo xaritasida o'z o'rniga ega bo'lishi haqida ayrim mulohazalar tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: xalq, millat, etnos, etnik guruh, madaniyat, sivilizatsiya, etnomadaniyat, etnogenez, qadriyat, urf-odat.

The article analyzes the formation processes, peculiar features of uzbek ethnic culture and ideological, cultural issues in of its development. Also, it presents a number of speculations on the genesis, formation and emergence of uzbek people as a nation.

Keywords: people, nation, ethnicity, ethnic group, culture, civilization, ehtnic culture, ethnic genesis, values, customs and traditions

Etnomadaniyat o'z mohiyati va xususiyatiga ko'ra inson hayoti, faoliyatining va ijtimoiy borliqning barcha tomonlari bilan bog'liq polifunksional hodisadir. Shuning uchun u bevosita yoki bilvosita falsafiy fanlar, madaniyatshunoslik, tarix, etnografiya, san'atshunoslik, pedagogika, iqtisod, ijtimoiy boshqarish, psixologiya, ma'naviyat asoslari kabi ilm sohalarida tadqiq etib kelinadi.

Ma'lumki, har qanday ijtimoiy voqelik, ayniqsa inson va xalq hayotining barcha tomonlariga taalluqli madaniyat ko'p omillilik, komplekslik, sinkretiklik, universallik, turg'unlik va o'zgaruvchanlik xususiyatlariga ega. Madaniyatning ushbu xususiyatlarini hisobga olmasdan uning ijtimoiy- tarixiy taraqqiyotdagi o'rnini ham, ichki tuzilishi va funksiyalariga oid belgilarini ham to'g'ri anglash mumkin emas. «Jamiyat va madaniyat aynan bo'lmasada, - deb yozadi S. Shermuhammedov va A. Ochildiyev, -jamiyatning hamma

Umid Mamadiyevich Mengliqulov

O'zbekiston Milliy universiteti o'qituvchisi mumid_88@mail.ru

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

sohalarida madaniyat mavjuddir. Shunday ekan jamiyatning

November, 2022

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

madaniyat rivojlanishiga ta'sirini, bu ta'sir qanday shakllarda amalga oshishini tushunib olmay turib, madaniyat deb atalmish ulkan ijtimoiy hodisaning mohiyatini oxirigacha aniqlab bo'lmaydi.»[1] Agar ushbu yondashuvni etnomadaniyatga tadbiq etsak, madaniyatni etnosning shakllanish jarayoni bilan retrospektiv bog'lashga to'g'ri keladi, chunki etnos shakllanish jarayonisiz etnomadaniyat yo'q.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

O'zbek xalqininig kelib chiqishi, etnogenezisi juda qadim zamonlarga borib taqaladi. S.P.Tolstov yozganidek «Yer yuzidagi barcha xalqlar kabi o'zbek xalqi ham tarixan qadimda va o'rta asrlarda turli nomlar bilan atalgan qabilalar va elatlardan shakllangan.»[2] M. Ermatovning ta'kidlashicha, o'zbek xalqi etnomadaniyatiga xos belgilar ibtidoiy jamoa tuzumi davridayoq ko'zga tashlanib, keyingi ijtimoiy - tarixiy taraqqiyot bosqichlarida yanada aniqroq ko'rinishda namoyon bo'ldi. Masalan, yarim ko'chmanchi, ko'chmanchi va o'troq turmush tarzi ana shunday belgilardir [3].

O'zbek xalqi etnogenezi masalalarini o'rganishga qiziqish mustaqillik yillarida avj oldi. Ommaviy axborot vositalari va maxsus nashrlarda bildirilayotgan fikrlarni umumlashtirib, K.Sh. Shoniyozov yozadi: «Etnografiya fanida elatni (millatni ham) belgilovchi bir qancha alomatlar mavjud: hudud, til, iqtisod, madaniyat, tarixiy qismatning umumiyligi, ong tizimi, etnosning uyushqoqligi, ma'lum bir davlat doirasida bo'lishi, o'z etnik nomiga (etnomiga) ega bo'lishi, din umumiyligi va bir qancha boshqa alomatlar. Albatta, bu alomatlar etnosning shakllanish jarayonida ishtirok etishi kerak bo'lgan. Ammo amalda esa bu alomatlarni barchasi elatning shakllanayotgan kezlarda muayyan bir vaqtda hozir bo'lishi yoki bir davrda muhim rol o'ynashi mumkin bo'lmagan. Etnik alomatlarning biri, balki bir nechtasi bir vaqtda hosil bo'lsa, boshqasi esa keyinroq paydo bo'lishi mumkin. Ma'lum bir etnosni tashkil topishida til bosh rol o'ynagan bo'lsa, ikkinchi bir elatning paydo bo'lishida xo'jalik, uchinchisida esa moddiy madaniyat yetakchi alomat bo'lishi ehtimoldan holi bo'lmasa kerak.» [4] Demak, etnomadaniyat etnogenezda muhim omildir, biroq uning barcha komponentlari bir vaqtda to'la namoyon bo'lavermaydi. Etnosning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotda muhim o'rin olishi bilan etnomadaniy belgilar kengroq ko'zga tashlanadigan va etnosning xususiyatlarini to'laroq ifodalaydigan bo'ladi. Xo'sh, o'zbek xalqi etnomadaniyatidagi ushbu o'ziga xos xususiyatlar nimalardan iborat? Etnomadaniyatning o'ziga xos xususiyatlarini moddiy va ma'naviy, [5] ijtimoiy, badiiy-estetik, ahloq, xulq-atvor, imo-ishora, maishiy hayot, [6] kabi ko'rinishlarga ajratib o'rganish mumkin. Etnomadaniyatni maxsus tadqiq etgan S.A. Arutyunov esa uni

insonning mikrokosmida kechadigan ma'naviy va makrokosmida

November, 2022

kechadigan moddiy madaniyatlar sistemasiga ajratib qarashni taklif etadi. [7] Shu bilan birga u ushbu ikki sistemani uyg'unlashtirib, dialektik bog'lab keluvchi jismoniy yoki insoniy «vujudiy xatti-harakatlari madaniyati» ham bor deb ko'rsatadi. [8] Ushbu sistemalar borliqni o'zlashtirish va o'zgartirish, insonni o'zini anglash va shakllantirish, iste'mol qilish (oziq-ovqatdan tortib badiiy estetik asarlardan huzur olishgacha), kishilararo aloqalarni va jamiyatdagi iyerarxik bog'liqlikni ta'minlovchi muloqot (kommunikatsiya) - normativ funksiyalarni bajaradi. [9] Albatta, etnomadaniyatni bunday podsistemalarga va funksiyalarga klassifikatsiya qilishda ma'lum bir ilmiy-nazariy konsepsiya, maqsadlardan kelib chiqiladi. Bizning fikrimizcha, etnomadaniyatlarning o'ziga xos xususiyatlarini ibtidoiy davrlarda yuzaga kelgan madaniy belgilar bilan cheklash mumkin emas. Har bir ijtimoiy-tarixiy rivojlanish bosqichlari etnomadaniyatlarning podsistemalariga ham, funksiyalariga ham ta'sir ko'rsatib, ularda umumiy (umuminsoniy) va xususiy, (milliy, etnik) belgilarni yuzaga keltirganki, ularni hisobga olmay ma'lum bir xalq madaniyati haqida so'z yuritib bo'lmaydi.

Taniqli tarixchi-etnograf va faylasuf olim I.M. Jabborovning fikricha «tarixiy merosimizni o'rganish-faqat ilmiy jihatdan katta ahamiyat kashf etibgina qolmay, ayni vaqtda buyuk ajdodlarimiz yaratgan ma'naviy xazinadan baxramand bo'lishda, ijtimoiy-siyosiy muammolarni hal qilishda va insonning har tomonlama kamol topishida muhim omil hisoblanadi» [10]. I.M. Jabborov nafaqat tarixchi-etnograf sifatida, balki etnosotsiologiya va etnomadaniyat muammolarini hal qilishda ham muayyan tadqiqotlar o'tkazgan hamda ko'plab asarlar yaratgan yetuk olim sanaladi.

Faylasuf olim U.H.Qoraboyev xalq madaniyatini tiklash va rivojlantirishga ijtimoiy-tarbiyaviy, tashkiliy-uslubiy yondashadi. Uning fikriga ko'ra, xalq madaniyati ko'pqirrali hodisa, shuning uchun kishilar xalq madaniyatini asrashlari, targ'ib etishlari, bu borada maxsus ijtimoiy-madaniy institutlar ularga uslubiy-amaliy yordam berishi zarur. [11] Boshqa bir asarida olim xalq bayramlarini o'rganishga elshunoslik, etnik madaniyat nuqtai nazaridan yondashish zarurligini qayd etib, bu «o'zbek xalq bayramlarini: a) xalq ehtiyoji asosida vujudga kelishi; b) hayotning tarkibiy qismiga aylanishi; v) avloddan-avlodga meros bo'lib o'tishi; g) zamonga mos boyib, kamol topishi jarayonlarini» o'rganishga yordam beradi, deb ko'rsatadi. [12] Umuman U.H. Qoraboyev o'zbek xalqi etnomadaniyatining ichki tizimlari va ko'rinishlarini klassifikatsiya qilib, ulardagi o'ziga xoslik va umumiylikka sotsiodinamik hodisa sifatida qaraydi. Ushbu yondashuv bizning tadqiqotimiz uchun ham muhim ahamiyatga egadir.

O.Nishonovaning fikricha, etnomadaniyatda nafaqat o'tmish tajribalari, kelajak haqidagi tasavvurlar, sotsium duch

November, 2022

92

kelayotgan vazifalami hal etishga yo'naltirilganlik, balki inson qalbini, ruhini go'zal tuyg'ular, estetik g'oyalar bilan boyitish maqsadi ham mujassam [13].

Etnomadaniyatni tadqiq qilishda, dastlab, "etnos", "etnik guruh" kabi tushunchalarga oydinlik kiritib o'tish joiz. Etnos (yunoncha - "xalq"; ingl. - ethnos; nem. - Ethnos) - tabiiy-tarixiy jarayonlar natijasida tarkib topgan kishilar guruhidir [14]. Yer sharida yashovchi turli ijtimoiy-siyosiy jamoalar orasida o'zbek tilida xalq, ilmiy adabiyotlarda - etnos deb yuritiluvchi kishilar jamoasi alohida ajralib turadi. So'zimiz avvalida aytib o'tish joizki, «etnos» termini maxsus adabiyotlarda paydo bo'lganiga garchi ancha vaqt bo'lgan bo'lsa-da, lekin alohida kishilar guruhini anglatuvchi ibora tarzida faqatgina XX asrning ikkinchi yarmidan e'tiboran etnogenez va etnik tarix, umuman etnik jarayonlarga qiziqishning kuchayishi natijasidagina yanada keng ilmiy iste'mol doirasiga kirdi [15].

Akademik A.Asqarovning fikricha, etnos - bu biologik hosila emas, balki ijtimoiy hodisadir. U kishilik taraqqiyotida ma'lum bir bosqichning hosilasidir. Etnos o'zining shakllanish jarayonida, ya'ni etnogenez bosqichida va undan keyin ham har xil tarixiy sabablarga ko'ra, uning tarkibiga yangidan-yangi etnik qatlamlar qo'shilib boradi [16]. Etnos nazariyasi borasida mashhur turkiyshunos olim L.N.Gumilev esa aksincha, etnos ijtimoiy emas, balki bio-geografik hosiladir. Etnos biosferaning tarki-biy qismi bo'lgani bois undagi qonuniyatlarga bo'ysunadi, - deb ta'kidlaydi [17].

Etnos atamasi keng va tor ma'noda ishlatiladi: dunyo xalqi, O'zbekiston xalqi, Amerika xalqi, viloyat xalqi. Boshqa kichik bir kishilar guruhiga nisbatan ham «xalq» iborasi qo'llaniladi. Etnologiya fanida etnosni belgilovchi bir qancha alomatlar mavjud: xudud, til, iqtisod, madaniyat, tarixiy qismatining umumiyligi, ong sezimi, etnosning uyushqoqligi ma'lum bir davlat doirasida bo'lishi, o'z etnik nomi (etnonimi)ga ega bo'lishi, diniy e'tiqodning umumiyligi va boshqa shu kabi alomatlar [18].

Keng ma'nodagi etnos yoki etnoijtimoiy tuzilmaga ta'rif berar ekan, Yu.V.Bromley shunday yozadi: «Etnik ko'rinishni ijtimoiy-iqtisodiy holat bilan mustahkam aloqadorligini alohida ta'kidlash kerak, chunki ular o'zaro bog'liqdir. Etnos agar yagona (umumiy) bir davlat tarkibida mavjud bo'lsa, ushbu o'zaro aloqadorlik yanada muhimdir. Bu holatda tarkib topayotgan o'ziga xos tuzilma nafaqat hududiy-siyosiy, balki ijtimoiy-iqtisodiy umumiylikka ham ega bo'ladi». Umuman olganda Bromleyning fikricha, etnos - aniq bir hudud, til, kelib chiqish, madaniyat umumiyligi, o'z-o'zini etnik anglash va o'z etnik nomi (etnonimi)ga hamda o'ziga xos turmush tarziga ega bo'lgan kishilar guruhidir» [19]. Etnik guruh (ingl. - ethnic group; nem. - ethnische Gruppe) -aniq bir xalqning (qabila, qabila ittifoqi, elatning) parchalanib,

November, 2022

93

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

alohida qismlarga bo'linib ketishi natijasida vujudga keladi. Etnografik guruhdan etnik guruhning farqini quyidagicha izohlash mumkin: o'z xalqidan (qabila, elat) ajralib chiqqan guruh boshqa xalq tarkibiga kirib, uzoq muddat yashab, shu xalqning tili, xo'jalik faoliyati, urf-odatlari, turmush-tarzini qabul qilib, unga batamom singib, o'zlarini shu xalq nomi bilan ataydigan bo'lib qoladi. [20]

O'zbekiston Respublikasi aholisining asosiy qismini o'zbeklar tashkil etadi. O'zbeklar nafaqat O'zbekistonda, balki Markaziy Osiyodagi eng ko'p sonli xalq bo'lib, Markaziy Osiyo aholisining 35% ni tashkil qiladi. Jumladan, Tojikistonda 1.2 mln. ziyod, Qirg'izistonda 550-600 ming, Qozog'istonda 332 ming, Turkmanistonda 320-330 ming o'zbek yashaydi. Bundan tashqari, o'zbeklar Afg'onistonda (2,5 mlndan 4 mln.gacha), Rossiya (123 ming kishi, 2002 y.), Saudiya Arabistonida (550600 ming kishi), Xitoy Xalq Respublikasining Sinszyan - Uyg'ur avtonom rayonida (13,7 mingdan ortiq), qolaversa, Turkiya, Germaniya, AQSh kabi uzoq xorij mamlakatlarda ham yashaydilar. Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra o'zbeklarning umumiy soni 35 mln. dan ortiq (2020 y.) [20].

TAHLIL VA NATIJALAR

Madaniyat - insonga biologik jihatdan tegishli bo'lmagan va kishilarning hayot faoliyati natijasida yaratiladigan ko'rinishdir. Madaniyatning bunday kompleks talqini ma'lum ma'noda etnomadaniyat iborasiga ham javob beradi. Etnomadaniyat -bu ma'lum etnosga xos bo'lgan xususiyatlarni saqlab qolish maqsadida o'zlashtirilgan ko'rinishlar majmuidir [20]. Milliy madaniyat jamiyat taraqqiyoti jarayonida, xalq yoki etnik jamoaning millatga aylanishi natijasida shakllanadi.

Aksariyat mamlakatlarning integratsiyaga intilishi va iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish istagi ularning milliy manfaatlarini himoya qilish va o'zlarining etnik va madaniy ildizlariga qaytish istagi bilan bog'liq bo'lgan qarshilik bilan birlashganda, etnik va milliy madaniyat o'rtasidagi munosabatlar muammosi globallashuv jarayonlari sharoitida alohida ma'no kasb etadi.

Bizning fikrimizcha, muayyan jamiyatning aksariyat a'zolari tomonidan boshqariladigan qadriyatlar, e'tiqodlar, urf-odatlar va marosimlar majmui dominant madaniyat deb nomlanadi. Hukmron madaniyat ma'lum bir jamiyatning qanchalik murakkabligi va mamlakatning qancha aholiga ega bo'lishiga qarab milliy yoki etnik bo'lishi mumkin. Shu ma'noda etnik madaniyat - bu asosan kundalik hayotga, kundalik madaniyatga tegishli bo'lgan madaniy xususiyatlar to'plami. Uning yadrosi va tashqi qismi mavjud. Etnik madaniyatga mehnat qurollari, odob-axloq, urf-odatlar, marosim va qadriyatlar, bino va

November, 2022

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

inshootlar, kiyim-kechak, oziq-ovqat, transport vositalari, uy-joy, bilim, e'tiqod, xalq ijodiyoti turlari va shu kabilar kiradi.

Mutaxassislar etnik madaniyatning ikki qatlamini ajratib ko'rsatadilar:

• o'tmishdan meros bo'lib qolgan madaniy elementlar asosida shakllangan tarixiy dastlabki (quyi) qismi;

• tarixiy jihatdan kech (yuqori), yangi shakllanishlardan, zamonaviy madaniy hodisalardan iborat qismi.

Pastki qatlam ko'p asrlik an'analarda mustahkamlangan eng barqaror elementlarni o'z ichiga oladi. Shuning uchun ular etnik madaniyatning asosini tashkil etadi, deb ishoniladi. Ushbu yondashuv asosida etnik madaniyat uzluksizlik va yangilanish birligi sifatida namoyon bo'ladi. Madaniyatning yangilanishi ekzogen (tashqi) va endogen (tashqi ta'sirsiz madaniyat ichida vujudga keladigan) bo'lishi mumkin. Endogen jarayonlar tarixan uzoq vaqt davomida mavjud bo'lgan va qadriyatlarni avloddan avlodga yetkazish mexanizmi bo'lib xizmat qiluvchi avlodlararo an'analarga tegishli hisoblanadi.

Demak etnik madaniyat - bu umumiy "kelib chiqish" (gen, nasl) bilan bog'langan va birgalikda amalga oshiriladigan ijtimoiy-iqtisodiy faoliyat, birdamlik, umumiy qilib aytganda "qon va tuproq" madaniyati bo'lib, hududga qarab o'zgarib borishi mumkin. Hududiy cheklash, qat'iy lokalizatsiya, nisbatan tor ijtimoiy makonda (qabila, jamoa, etnik guruh) izolyatsiya qilish - etnik madaniyatning asosiy xususiyatlaridan biridir. Unda oila yoki mahalla darajasida avloddan avlodga o'tib boradigan, tezda qabul qilingan urf-odatlar, an'analarning kuchi hukmronlik qiladi.

Zamonaviy sivilizatsiya sharoitida etnomadaniy qadriyatlar muammosi ko'pgina omillarga bog'liq: birinchi navbatda, etnosning dunyoda o'zgalarga taqlid qilmasdan o'z o'rnini topa olish qobiliyatiga, an'analar va yangiliklarni birlashtira olish, ochiqlik va iqtisodiy raqobat chaqirig'ini qabul qilish va shu bilan birga uning aqliy asoslarini saqlab qolish. Ushbu muammoni hal qilishning asosiy sharti global dunyoda etnomadaniy qadriyatlarning o'zaro ta'sir jarayonini, nimaga va qanday ma'naviy qarz olish, qabul qilish va o'zlashtirishni tushunishdir. Etnik madaniyat paradigmasini, uning rivojlanish shartini tahlil qilar ekanmiz, shu asosda haqiqatan nimaga moslashish mumkinligini anglash kerak. Ushbu sharoitda bizning jamiyatimiz ham o'zining ijtimoiy mohiyatini yetarli darajada anglashi, zamonaviy sivilizatsiya ijtimoiy o'zgarishlariga ta'sir tendensiyalarini aniqlashtirish zarur.

Etnosning madaniyati yaxlitlashuvi jahon sivilizatsiyasining barcha ijtimoiy-madaniy o'zgarishlari bilan o'zaro bog'liq. Etnik madaniyat an'anaviy ravishda etnogenez jarayoni bilan bog'langan va

shuning uchun ma'lum bir hududni rivojlantirish hamda

November, 2022

mavjudlikning o'ziga xos tabiiy sharoitlariga moslashish jarayonida etnos tomonidan tarixiy ravishda olingan madaniy tajriba bo'lib, u etnosning ichki va tashqi o'zaro ta'sirlarini aks ettiruvchi xulq-atvorning moddiy va ma'naviy qadriyatlari, me'yorlari va stereotiplari shaklida uning to'liq faoliyati uchun zarur holda kristallanadi.

Etnik-madaniy qadriyatlar - bu sivilizatsiyadagi etnik sub'ekt hayoti tajribasini jamlaydigan an'anaviy va innovatsion elementlarning birlashmasidir. Amaliyot shuni ko'rsatadiki, modernizatsiya qilinayotgan jamiyatda etnos madaniyati nisbatan yopiq, mahalliy madaniyatdan ochiq madaniyatga aylanadi, bu yerda global sivilizatsiya bilan birga rivojlanib, unda integratsiya elementlarining ulushi o'sib boradi.

Ayni paytda etniklik va etnomadaniyat tobora ko'proq ilmiy-texnikaviy inqilob va ommaviy madaniyatga bog'liq bo'lib bormoqda. Bunday sharoitda etnos endi asl muhitni saqlab qololmaydi va shuning uchun ilgari o'ziga xos bo'lmagan yangi an'analarni o'zlashtira boshlaydi. Yangi tarixiy sharoitlarda etnomadaniy qadriyatlarning mavjudligini saqlab qolish allaqachon muammoli bo'lib qoldi, chunki ularning yashash muhitining o'zi ham muammoli bo'lib, natijada etnik madaniyatning o'zgarishi, tizimni yaratuvchi omillarini yo'qotish yuz bera boshladi.

Zamonaviy dunyoning geosiyosiy va geoiqtisodiy holatlarini qayta qurish jarayoni bir qator asosiy tendensiyalar bilan belgilanadi. Shu bilan birga, noosferaning mavjud bo'lishining yangi shakllarini yaratishga olib keladigan dunyo moliya-iqtisodiy tizimida, xalqaro huquqiy munosabatlar, madaniyat, axborot makonida sodir bo'layotgan ob'ektiv jarayonlarni, inson hayotining barcha sohalarida sub'ektiv intilishdan ushbu o'zgarishlarni universalizatsiya va unifikatsiya qilish rejalarini amalga oshirish uchun axborot texnologiyalaridan foydalanishni ajratib ko'rsatish zarur.

Bozor iqtisodiyotini, ommaviy madaniyatni va huquqiy tamoyillarni bir xillashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish geo-iqtisodiy va tsivilizatsion-madaniy farqlanishning yangi turini, cheklangan resurslar va ekologik muammolar sharoitida geosiyosiy, tsivilizatsion va etnik ziddiyatlarning kuchayishini keltirib chiqarishi mumkin. O'sib borayotgan jahon tizimli ma'naviy inqirozi va davom etayotgan modernizatsiya jarayonlarining zamonaviy sharoitida xalqlar madaniyatining an'anaviy shakllari amalga oshirilmoqda, ular bir-biri bilan o'zaro aloqada bo'lib, madaniyat, moderniziyani qarama-qarshilik yoki sintez bilan chegaralanib bo'lmaydigan, ikkilamchi va har xil yo'nalishda kuzatilmoqda. Tarixan o'ziga xos sharoitlarda ko'p etnosli, urug'lar davlati sifatida shakllangan o'zbek jamiyati ham shu jarayonlarga tobora kuchliroq tortilmoqda.

Etniklik va millatparvarlikni o'rganish assotsiatsiyasining 4-xalqaro konferensiyasida ham integratsiya jarayoni tobora

November, 2022

96

kuchayib borayotgani va hammamiz o'zaro bog'liq dunyoda yashayotganimiz, imperiyalar va davlatlarning parchalanishi, etnik asosda ajralib chiqish va irredentizmga urinishlarning kuchayayotgani ta'kidlandi.

Bunday sharoitda, birinchi navbatda, etnik qadriyatlar va g'oyalarning muhim parametrlari ta'sirlanib, ular atrofidagi dunyoni qabul qilish va o'zlashtirishga imkon beradi. Etnik kelib chiqishning jiddiy sinovlari etnik o'ziga xoslikni singdirish va mustahkamlash mexanizmlarining samaradorligiga jiddiy talablarni qo'yadi, ularning yordami bilan shaxs va etnik guruh atrofdagi dunyoga moslashadi. Bu boradagi millatlararo taranglik, turli xil o'zgarishlar, shu jumladan ijtimoiy-psixologik o'zgarishlar tufayli, yangi sharoitda zarur bo'lgan ijtimoiy harakatchanlikni rivojlantirishga qodir emasligidan kelib chiqadi, bu esa inson, vaqt va jamiyat haqidagi ba'zi qadriyat, vaqtinchalik g'oyalarni rad etishni talab qiladi.

Yigirmanchi asrning 90-yillari boshlarida mafkuraviy va psixologik jihatdan xalqlar mamlakatda siyosiy hokimiyatning avtoritar-totalitar modelini o'z shaxsiyatining kollektivistik-avtoritar ruhi bilan bir xil deb qabul qildilar. Demokratik jarayonlar avvalgi totalitar mexanizmlar tomonidan ancha cheklangan holda milliy energiyani bo'shatdi. Millatlararo munosabatlar sifat jihatidan o'zgardi. Etnik milliy manfaatlar va intilishlar tobora faolroq namoyon bo'la boshladi. Ko'p millatli jamiyat etnik jihatdan bir xil jamiyatga qaraganda dastlab barqaror bo'lmaydi va millatlararo muammolarga ko'proq moyil bo'ladi.

Muammoning mohiyati bitta hududda yashovchi barcha millat va elatlarning manfaatlari muvozanatini qanday saqlashga bog'liq. Bunday sharoitda milliy siyosatni ishlab chiqish muammosi tobora ravshanlashib bormoqda, bunda mamlakat etnik madaniy farqlarida hukmronlik qilishi kerak bo'lgan mamlakat aholisining umumiy fuqarolik milliy ongini shakllantirishga alohida e'tibor berilishi lozim.

Shuni ta'kidlash kerakki, ma'naviy sohadagi etnomadaniy qadriyatlar ulkan intellektual boylik va umuminsoniy qadriyatlarni, xalqlarning madaniy-axloqiy an'analarini va milliy ijod jarayonlarini ko'paytirish uchun bitmas-tuganmas zaxira hisoblanadi. Va etnik, o'z navbatida, xalq hayotining konkret - tarixiy xususiyatlaridan, uning biosotsial mohiyatidan kelib chiqadi. Etnik madaniyatlarning rang-barang palitrasini hududiy o'rganish eng muhim vazifalardan biridir. An'anaviy etniklikdan sivilizatsiya darajasiga keskin o'tishni boshlagan zamonaviy etnomadaniyatlarning rivojlanishi va faoliyati muammolari dolzarb bo'lib qolmoqda.

Bizning fikrimizcha, etnomadaniyatni tizim sifatida aspektual o'rganish mavzuni analitik o'rganish tarkibida muhim yo'nalish bo'lib, madaniyatlararo o'zaro ta'sir o'tkazish jarayonlariga alohida e'tibor beriladigan va ularni madaniyatshunoslik kategoriyalari

November, 2022

9?

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

yordamida tahlil qilish etnik jarayonlarni falsafiy-madaniy tahlilini talab qiladi. Shu munosabat bilan etnomadaniyatni shaxslararo, millatlararo, madaniy-tsivilizatsion o'zaro aloqalarni o'rganish uchun maqbul model sifatida ko'rib chiqish global darajadagi nazariy va uslubiy muammo hisoblanadi.

Etnomadaniyat birinchi navbatda etnik o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lgan madaniy elementlar va tuzilmalar to'plami sifatida namoyon bo'ladi. Etnomadaniyatni o'zaro ta'sir qiluvchi kanal sifatida ko'rib chiqish, o'zaro ta'sir o'tkazish jarayonida amalga oshiriladigan etnomadaniyat funksiyalarini aniqlashga imkon beradi. Ushbu funksiyalarga instrumental (atrof-muhitni yaratish va o'zgartirish), inkulturatsiya (shaxs tomonidan ijtimoiy hayot va madaniyat normalarini o'zlashtirish jarayoni), normativ (jamoaviy hayotni tashkil etish vositalari tizimini yaratish), signifikativ (belgi), kognitiv, kommunikativ kabilar kiradi.

Har qanday etnik jamoaning ishlashi uchun zarur bo'lgan eng muhim fazilatlar bu hamkorlik, hamjihatlik, o'zaro munosabatlarni shakllantirish qobiliyatidir. Ritualning madaniy tizimi odamlarning ijtimoiy o'zaro ta'sirini nazorat qiladi, ularning xatti-harakatlaridagi stereotiplarni rivojlantiradi. An'anaviy madaniyatning bir qator sohalari urf-odatlar bilan tartibga solinadi va ular amaliy, kundalik ma'noga ega bo'lgan faoliyat bilan bog'liq o'zaro ta'sirning stereotip shakllaridir.

Etnomadaniyatning barcha elementlarini, etnik jarayonlarni va ularning natijalarini tizimli ravishda birlashtirgan holda, etnos bir vaqtning o'zida o'zaro munosabatlar tizimi sifatida o'z etnomadaniyatining ob'ekti, sub'ekti va tashuvchisi hisoblanadi. Aynan shu munosabat bilan etnomadaniyat shaxslararo va madaniyatlararo o'zaro ta'sirning ko'p kanalli tizimiga aylanadi. Bir qator tarkibiy elementlarni (an'analar, qadriyatlar, me'yorlar, urf-odatlar, marosimlar, me'yorlar) o'z ichiga olgan etnomadaniyat jamiyatda o'zaro ta'sir qiluvchi funksiyani bajaradigan tizimni tashkil etadi.

Umumiy madaniy sharoitda o'zaro ta'sirlashish jarayonlari ikki model bilan tavsiflanadi: etnik madaniyatlarning bir-biri bilan o'zaro ta'siri va etnik madaniyatlarning global sanoat-shahar madaniyati bilan o'zaro ta'siri. Madaniyatlararo muloqot jarayonining o'zi etnomadaniy muhitda etnik madaniyat rivojlanishiga bir qator o'zgarishlar kiritadigan ikki tomonlama moslashish mexanizmi sifatida namoyon bo'ladi. Bu haqiqat, etnik o'zgarishlarning etnik guruhlar o'rtasidagi ko'plab va xilma-xil madaniy aloqalar natijasida yuzaga kelishi bilan bog'liq va millatlararo munosabatlarning mazmuni ko'p jihatdan ularning ishtirokchilarining bir-birini tushunishi va kelishuvga erisha olish

qobiliyatiga bog'liq. Bu asosan o'zaro ta'sir o'tkazuvchi

November, 2022

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

tomonlarning har birining etnik madaniyati, aloqalarda ishtirok etayotgan etnik guruhlarning psixologiyasi bilan belgilanadi.

Madaniyatlarning o'zaro ta'sirini etnik darajada ko'rib chiqish ikkita tendensiyani aniqlashga olib keladi. Madaniyatning o'zaro assimilyatsiya qilinishi, bir tomondan, integratsiya jarayonlariga, o'zaro madaniy almashinuv va boyitishga yordam beradi, boshqa tomondan, bu etnik o'z-o'zini anglashning kuchayishi, etnik o'ziga xoslikni asoslash istagi bilan birga keladi. Madaniyatlararo muloqotning milliy darajasi monoetnik va ko'p millatli asosda umumiy iqtisodiy faoliyat va davlat siyosiy birlashmasi orqali vujudga keladigan milliy birlik mavjud bo'lganda mumkin.

Inson qanday etnopsixologik xususiyatlarga ega bo'lsada, o'z-o'zidan rivojlanmaydi, uning o'sishi uchun undan yuqoriga ko'tarilgan va u uchun ahamiyatli bo'lgan madaniy ideallarga tayanish zarur. O'ziga xos tarbiya madaniyatini tiklash va rivojlantirishga urinish, shubhasiz, oqilona ta'limdir va xalq tajribasidan foydali bo'lgan hamma narsani qabul qilishga imkon beradi. Etnoadaptatsiya qilishga qodir axloqiy barqaror shaxsni shakllantirish har qanday ijtimoiy hodisalar uchun to'siq bo'lishi mumkin.

Bugungi sivilizatsiya jarayoni aholining turli etnik va madaniy guruhlari, rivojlangan va rivojlanmagan xalqlar o'rtasidagi ziddiyatlarni yo'q qiladi. Hozirgi kunni madaniy anglash va kelajakni bashorat qilish o'tgan sivilizatsiya natijalariga murojaat qilmasdan mumkin emas. Aynan o'tmish bilan o'zaro bog'liqlikda jamiyat eng muhim mezonni topadi, busiz u mavjud bo'lolmaydi. Tarixga murojaat qilmaslik har bir jamiyat uchun o'zini har doim nol sikldan boshlash xavfini tug'diradi, hayotning o'tgan davrlarini qayta-qayta takrorlayveradi. O'z navbatida, sivilizatsiya jarayonida tug'iladigan zamonaviy madaniy qadriyatlarni etnik jamoalar tomonidan o'zlashtirilishi ob'ektiv va muqarrar o'zaro ta'sir o'tkazish jarayonidir. Pirovardida, bu jarayon umumiy insoniyat sivilizatsiyasiga hissa qo'shadi, milliy jihatdan maxsus va universallikni sintez qiladi.

Etnomadaniyat o'zaro ta'sir va integratsiyaning ko'p funksional tizimi hisoblanadi. Bizning fikrimizcha, o'zaro ta'sir o'tkazish jarayonida o'zaro ta'sir turlarini shaxslararo, millatlararo va etnik-sivilizatsiyali deb belgilash maqsadga muvofiqdir. Ko'p funksiyali etnomadaniy tizim mavzusini batafsil o'rganish sotsiologiya, pedagogika, psixologiya, siyosatshunoslik va boshqa fanlar bilan ham chambarchas bog'liq.

XULOSA

November, 2022

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

REFERENCES

1. Shermuhamedov S., Ochildiyev A. Madaniyat va sivilizatsiya.- Farg'ona, 2000. -26 b.

2. Tolstov S.P. Drevnyaya kultura Uzbekistana. - T.: 1943. - S.5.

3. Qarang: Ermatov M. Etnogenez i formirovaniye uzbekskogo naroda. -T.: Uzbekistan, 1968.-S.8-9.

4. Shoniyozov Sh.K. O'zbek xalqining etnogeneziga oid ba'zi nazariy masalalar. // O'zbekistonda ijtimoiy fanlar, 1998, 6-son. -33 b.

5. Filosofskaya ensiklopediya.- M.:1983.-S.292-295.

6. Sokolov.E.V. Kultura i lichnost.-L.:1972.-S.67.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

7. Arutyunov.S.A. Narod i kultura. Razvitiye i zaimodeystviye.-M.:Nauka,1989. -S,129.

8. O'sha joyda.

9. O'sha joyda.-S.130.

10. Jabborov I. Antik madaniyat va ma'naviyat xazinasi. -T.: O'zbekiston, 1999.-3 b.

11. Karabayev U.X. Traditsionnaya narodnaya kultura: tendensii vozrojdeniya i razvitiya. Avtoref. diss... dokt. filos. nauk. -T.: 1993. -S. 36-38.

12. Qoraboyev U.H. O'zbek xalqi bayramlari. -T.: Sharq, 2002. -14 b.

13. Nishonova O. O'zbek etnomadaniyatining estetik mohiyati va funksiyalari. Fals. fan. dokt. ... dis. -Toshkent: 2016. 28-bet

14. Kratkiy etnologicheskiy slovar. Moskva: fond "Sotsialnbiy monitoring", 1995.

15. Etnologiya. Uchebnik dlya vtisshix uchebntix zavedeniy. Pod red. A.P Sadoxina. - M., 2000.S.78.

16. Asqarov A. O'zbek xalqi etnogenezi va etnik tarixining ba'zi bir nazariy va ilmiy metodologik asoslari//O'zbekiston tarixi 2002.№4.54-60 betlar.

17. Gumilev L.N. Etnosfera: Istoriya lyudey i istoriya prirodb. M., 1993. S.41.

18. Ashirov A., Atajanov Sh. Etnologiya. -Toshkent, 2006. -B.

19. Bromley Yu.V. Ocherki teorii etnosa. M., 1983.

20. Ashirov A., Atajanov Sh. Etnologiya. -Toshkent, 2006. -B.

November, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.