Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT BO’YICHA HISOBLASHUV MUOMALALARI HISOBINI TASHKIL ETISHNING ME’YORIY XUQUQIY ASOSLARI TIZIMI'

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT BO’YICHA HISOBLASHUV MUOMALALARI HISOBINI TASHKIL ETISHNING ME’YORIY XUQUQIY ASOSLARI TIZIMI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

7
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
eksport / import / globallashuv / ijtimoiy-iqtisodiy / taraqqiyot / savdo-sotiq / investitsiya / moliyaviy qo‘yilma / xizmatlar ko‘rsatish / litsenziya / savdo markazi / dastur / patent / bojxona / tarif / iqtisod / tashqi / savdo-sotiq / investitsiya / sub‘ekt / bank / tovar-pul vositalari / hisob-kitob / xalqaro / hujjat / shartnoma / sarmoya.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — A. Misirov

Maqolada еksport-import operatsiyalari Xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlarda eksport-import operatsiyalari bo‘yicha hisoblashuv muomalalari hisobini tashkil etishning me‘yoriy xuquqiy asoslari, muammo yechimlari, mamlakatimizda bugungi kunda eksport-import soxasidagi o‘zgarishlar va isloxotlari ochib berilagan va mavzu doirasida xulosa va takliflar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT BO’YICHA HISOBLASHUV MUOMALALARI HISOBINI TASHKIL ETISHNING ME’YORIY XUQUQIY ASOSLARI TIZIMI»

Tashkent State University of Economics

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT BO'YICHA HISOBLASHUV MUOMALALARI HISOBINI TASHKIL ETISHNING ME'YORIY XUQUQIY ASOSLARI TIZIMI

A. Misirov

SamlSI «Buxgalteriya hisobi» kafedra assistenti ANNOTATSIYA

Maqolada eksport-import operatsiyalari Xo'jalik yurituvchi sub'ektlarda eksport-import operatsiyalari bo'yicha hisoblashuv muomalalari hisobini tashkil etishning me'yoriy xuquqiy asoslari, muammo yechimlari, mamlakatimizda bugungi kunda eksport-import soxasidagi o'zgarishlar va isloxotlari ochib berilagan va mavzu doirasida xulosa va takliflar berilgan.

Kalit so'zlar: eksport, import, globallashuv, ijtimoiy-iqtisodiy, taraqqiyot, savdo-sotiq, investitsiya, moliyaviy qo'yilma, xizmatlar ko'rsatish, litsenziya, savdo markazi, dastur, patent, bojxona, tarif, iqtisod, tashqi, savdo-sotiq, investitsiya, sub'ekt, bank, tovar-pul vositalari, hisob-kitob, xalqaro, hujjat, shartnoma, sarmoya.

O'zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida amalga oshirilgan tadbirlar natijasida ochiq iqtisodiyotni shakllantirish va tashki iqtisodiy alokalarni erkinlashtirish uchun mustaxkam huquqiy asoslar yaratildi. Jumladan, "Eksport-import munosabatlari to'g'risida"gi, "Chet el investorlar faoliyatining kafolatlari to'g'risidagi", "Erkin iqtisodiy zonalar to'g'risidagi" qonunlar, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining karorlari va boshka me'yoriy xujjatlar tashki iqtisodiy alokalar hamda eksport-import munosabatlarini tartibga solib turadi, chet el investitsiyalarini jalb qilish va ragbatlantirish tartibini belgilab beradi. Xususan, tashki iqtisodiy alokalarni amalga oshirishning asosiy tamoyillari va tartiblari "Eksport-import munosabatlari to'g'risidagi" Qonunda belgilab berilgan. Xalkaro huquqning umume'tirof etilgan me'yorlariga muvofik, mulkchilik shakllaridan kat'iy-nazar, tashki iqtisodiy alokalar ishtirokchilarining huquqlari, manfaatlari va mol-mulklari ximoya kilinadi. "Chet el investitsiyalari va chet ellik investorlar faoliyatining kafolatlari to'g'risidagi" qonunda xujalik jamoalari va shirkatlarida, banklar va sug'urta tashkilotlarida xissadorlik asosida ishtirok etish, ya'ni mulklarni aktsiyalar va boshqa qimmatli qog'ozlarni sotib olish, shuningdek, erga (jumladan, ijaraga olingan erga) va tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqi ham chet el investitsiyalarini amalga oshirish shakllari bo'lib

348

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

xizmat qilishi mumkinligi kayd etilgan. Bu qonunning chet ellik sarmoyador huquqlarini kafolatlovchi muxim jixatlaridan yana biri shuki, agar O'zbekiston Respublikasining keyingi qonunlari investitsiya sharoitini yomonlashtirib ko'yadigan bo'lsa, u xolda chet ellik investorlarga nisbatan o'n yilgacha bo'lgan muddatga investitsiyalar amalga oshirilib turgan paytda amalda bo'lgan qonunlar tatbiq etiladi. Shu bilan birga, qonunda chet el investitsiyalari milliylashtirish amalga oshirilmasligi kafolatlanadi, shuningdek, ularni majburan sotib olish ham mumkin emas, lekin tabiiy ofatlar, avariyalar, epidemiyalar, epizootiyalar (xayvonlar o'lati) yuz bergan hollar bundan mustasno. Bunday hollarda chet ellik investorlarga tulanadigan kompensatsiyani keltirilgan zararga barobar bo'lishi nazarda tutiladi. Chet ellik sarmoyadorlarning o'z investitsiyalarini ixtiyoriy ravishda sug'urta qilish huquqi investorlarni uz mulklarining ekspropriatsiya kilinishidan, mamlakat ma'murlarining sug'urta tashkiloti bilan investor o'rtasidagi shartnomaviy munosabatlari aralashuvidan, milliy va boshka valyutalar almashtirishni hamda ularni mamlakat tashkarisiga chiqarishni cheklashlardan va boshka xatarlardan muxofaza qilishni ta'minlaydi.

1-jadval

Tashqi iqtisodiy faoliyat bo'yicha hisoblashuv muomalalari hisobini tashkil etishning

me'yoriy xuquqiy asoslari tizimi1 1 - POG'ONA

Tashqi iqtisodiy faoliyat bo'yicha hisoblashuv muomalalari hisobini bevosita va bilvosita tashkil etishni tartibga soluvchi qonunlar va qonuniy xujjatlar (O'zbekiston Respublikasi qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi qarorlari).

2 - POG'ONA

Tashqi iqtisodiy faoliyat bo'yicha hisoblashuv muomalalari hisobini tashkil etishini bazaviy tamoyillarini umumlashtiruvchi me'yoriy xujjatlar (yo'riqnomalar, nizomlar, buxgalteriya hisobi milliy standartlari va boshqalar).

3 - POG'ONA

Korxonalarda tashqi iqtisodiy faoliyat bo'yicha hisoblashuv muomalalari hisobini yuritish mexanizmi, xususiyatlarini aks ettiruvchi ishlab chiqarish hisobini tashkiliy, texnik va uslubiy jixatlarini mujassamlashtirgan hisob siyosati.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportini rag'batlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi

1 G'ulomova F.G'. "Buxgalteriya hisobini mustaqil o'rganish uchun qo'llanma". Toshkent: NORMA, 2009 yil

349^ 17-aprel, 2024 https://tsue.uz/ Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

349

Tashkent State University of Economics

farmoniga ko'ra, o'tgan yilning 1 noyabridan boshlab, tovarlarning (ishlar, xizmatlarning) barcha turiga eksport bojxona bojlari hamda tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportini litsenziyalash bekor qilindi. Faqat mahsus mahsulot turlarigagina bu qoidadan mustasno qilib qo'yildi. Ushbu Farmonda belgilangan chora-tadbirlar — birinchi navbatda, tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirishga, eksport-import operatsiyalarida tarif va notarif boshqarish usullarini tartibga solishga va takomillashtirishga qaratilgan. Farmonda ko'rsatilgan muddatdan boshlab, raqobat-bardoshli mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida erkin muomaladagi valyutaga eksport qiladigan korxonalar uchun bir qator qo'shimcha imtiyozlar berish joriy etilgan, masalan:

- bu korxonalarga o'z mahsulotini oldindan pul olmasdan va akkreditiv ochmasdan eksport qilish huquqi beriladi;

- eksport qilinayotgan tovar ulushi mahsulotni sotishning umumiy xajmi 30 yoki undan ko'proq foizini tashkil etsa, u xolda korxonalarning daromad solig'i stavkasi amaldagi stavkaga qaraganda ikki barobar kamaytiriladi;

- korxonalar o'z mahsulotlarini ichki bozor narxlaridan arzon narxlarda eksport qilgan sharoitda ulardan olinadigan soliq baza eksport mahsulotini sotishdan tushgan amaldagi narx bilan hisob-kitob qilinadi. Farmonning muxim xususiyatlaridan yana biri shundan iboratki, unda ko'rsatilgan imtiyozlar faqat eksportga tayyor mahsulot ishlab chiqarishga astoydil intilgan korxonalarni rag'batlantirishga qaratilgan. Keyingi besh yil ichida respublikada eksport-import munosabatlarini rivojlantirish bo'yicha muhim ishlar qilindi, uning me'yoriy-huquqiy bazasi yaratildi, tegishli institutsional uzgarishlar amalga oshirildi, iqtisodiyotimizni tashki dunyoga yanada kengroq ochish va erkinlashtirishga qaratilgan jiddiy qadamlar qo'yildi.

Eksport-import munosabatlarining huquqiy asoslari xakida so'z yuritganda, bu erda albatta xalqaro bitimlar to'g'risida ham biroz to'xtalib o'tish maqsadga muvofiqdir. Chunki, ikkita yoki bir nechta xalqaro munosabatlar qatnashchilarining xar qanday birgalikdagi faoliyati, kelishilgan, huquqiy kuchga ega bo'lgan xujjatlar asosida amalga oshiriladi.

Ikki va o'ndan ortiq davlatlar o'rtasida xalqaro bitimlar tuziladi va ular quyidagi turlarga bo'linadi:

• umumiy tusdagi bitimlar. Ushbu bitim ikki davlat o'rtasida tuzilgan xalqaro bitim bo'lib, uz ichiga munosabatlar asosi, diplomatik munosabatlarni o'rnatish xaqida bitimdir. Unda iqtisodiy munosabatlar aloxida bo'lim sifatida ajratilib ko'rsatiladi.

350

Tashkent State University of Economics

• mahsus bitimlar. Bu bitimlar asosan, iqtisodiy masalalar bo'yicha ikki yoki ko'p tomonlama tuziladigan quyidagi bitimlardir:

a) bitimlar va shartnomalar. Bu bitimlar mahsulotlar va xizmatlar eksport-importining umumiy shartlari va tartibini aniqlovchi xujjatlardir. Ular qatorida aloxida ahamiyatga ega mahsulotlar va xizmatlarga taalluqli mahsus bitimlar ajratiladi. Masalan, o'simlik va xayvonot dunyosiniig yo'qolib borayotgan turlarining xalqaro savdosi bo'yicha Konventsiya, shuningdek, ishlab chiqaruvchi va iste'molchilaг manfaatlarini ko'zlagan xolda keskin narx tebranishining oldini olish yoki yumshatish maqsadida xom-ashyo resurslari savdosida qo'llaniladigan ko'p tomonlama shartnomalar.

Bu bitim^ kontгogentlaг yoki xorijiy sheгiklaг o'гtasida xalqaro tijorat shartnomalari shartnoma tuzish uchun asos bo'lib xizmat qiladi.

b) bojxona bitimlari;

v) soliq bitimlari. Masalan, ikki marta soliq olishning oldini olish maqsadida. Xalqaro munosabat qatnashchilarining soliq solish umumiy qoidalari, sharoitlari va tartibi to'g'risidagi soliq bitimlari;

g) investitsiyalarni himoyalash xaqidagi davlatlarara bitimlar ya'ni iqtisodiy munosabat o'matilayotgan ikki mamlakat o'rtasida tuziladigan kapital qo'yilmalarning o'zaro kafolati va rag'batlantirish xaqidagi shartnomalardir.

O'zbekiston Respublikasi tabiati Tang-barang bo'lib, agrar soxani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar mavjuddir. Bunga jahon bozorlarida talab yuqori va bahosi qimmat bo'lgan qishloq xo'jaligi va chorvachilik mahsulotlari etishtirilishi kiradi. Bular paxta tolasi, qorako'l teri va boshqa mahsulotlar hisoblanadi. Asosan, O'zbekistonning eksportida paxta tolasi, qorako'l teri, mashinalar, kabel mahsulotlari va boshqalar etakchi o'rinda turadi.

REFERENCES

1. PQ-4611-son «Moliyaviy hisobotning xalqaгo standartlariga o'tish bo'yicha qo'shimcha choгa-tadbiгlaгi to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori. 2020 yil 24 fevral;

2. O'zbekiston Respublikasi "Buxgalteriya hisobi to'g'risida" gi Qonuni, Yangi taxriri. 2016 yil 13 aprel;

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 07.05.2020 yildagi PQ-4707-son «Eksport faoliaytini yanada qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida»;

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.08.2022 y. PF-198-son «Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz

351

https://tsue.uz/

^_17-aprel,_2024_

Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

Tashkent State University of Economics

aralashuvga yo'l qo'ymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Farmoni;

5. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 30.01.2020 yildagi 46-son «"O'ZBEKINVEST" eksport-import milliy sug'urta kompaniyasining faoliyatini yanada takomillashnirish chora-tadbirlari to'g'risida»;

6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 28.01.2022 yildagi PF-60-son 2022 — 2026-yillarda mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqiyot strategiyasi to'g'risida»;

7. Mirziyoev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag'ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo'shma majlisidagi nutq /Sh.M. Mirziyoev.-Toshkent: O'zbekiston, 2017. - 56 b;

8. Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash - yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruza. 2016 yil 7 dekabr /Sh.M.Mirziyoev. - Toshkent: "O'zbekiston", 2017. - 48 b;

9. Baratovna E. Z. Other comrehensive income, accounting structure and their improvement //Thematics Journal of Economics. - 2021. - Т. 7. - №. 2.

10. http://www. gov.uz. (O'zbekiston Respublikasi hukumat portali)

11. http : //www.mf.uz(O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi).

12. http://www. ziyonet.uz (Axborot ta'lim tarmog'i)

13. http://www. lex.uz (O'z. Resp. qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi).

352

https://tsue.uz/

^_17-aprel,_2024_

Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.