Научная статья на тему 'MOLIYAVIY HISOBOTLARNING XALQARO STANDARTLARIGA O‘TISH BOSQICHLARI VA USLUBLARI'

MOLIYAVIY HISOBOTLARNING XALQARO STANDARTLARIGA O‘TISH BOSQICHLARI VA USLUBLARI Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
1295
307
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
MHXS / moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari / moliyaviy hisobot / xalqaro standartlar / parallel hisob / transformatsiya.

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Mamatkulov Anvar Tashbayevich

Ushbu maqolada moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlariga o‘tish bosqichlari hamda hisobotlarni xalqaro standartlar asosida yuritish uslublari yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MOLIYAVIY HISOBOTLARNING XALQARO STANDARTLARIGA O‘TISH BOSQICHLARI VA USLUBLARI»

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali __UIF-2023: 8.2 | 2181-3035 | № 18 _

MOLIYAVIY HISOBOTLARNING XALQARO STANDARTLARIGA O'TISH BOSQICHLARI VA USLUBLARI

Mamatkulov Anvar Tashbayevich

O'zbekiston Respublikasi bank moliya akademiyasi tinglovchisi mamatkulov 1 [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.7616375

Annotatsiya: Ushbu maqolada moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlariga o'tish bosqichlari hamda hisobotlarni xalqaro standartlar asosida yuritish uslublari yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: MHXS, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari, moliyaviy hisobot, xalqaro standartlar, parallel hisob, transformatsiya.

Mamlakatimiz iqtisodiyotining jahon xo'jalik tizimiga integratsiyalashuv jarayonida buxgalteriya hisobi tizimimizni moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga mos holda tashkil etish muhim masalalardan bin hisoblanadi. So'nggi yillarda respublikamizda faoliyat yuritayotgan iqtisodiy subyektlarning xorijiy hamkorlar bilan xalqaro aloqalar doirasi sezilarli darajada kengaymoqda va o'z o'zidan buxgalteriya hisobotlaridan xorijiy foydalanuvchilar hajmi ham ortib bormoqda. Shu monosabat bilan BHMS bo'yicha tuzilgan moliyaviy hisobotlarni kompaniyalarning aksiyalariga chet ellik investorlar egalik qiluvchi hamda aksiyalari xalqaro fond bozorlarida kotirovka qilinuvchi va yirik tashkilotlar ro'yxatiga kiruvchi yuridik shaxslar uchun MHXSga muvofiq o'zgartirish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 24.02.2020 yilda "Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlariga o'tish bo'yicha qo'shimcha chora tadbirlar to'g'risida"gi32 qarorining qabul qilinishi ushbu yo'nalishda amalga oshirilishi lozim bo'lgan hamda amalga oshirilayotgan ishlar nechog'lik muhim ekanligini ko'rsatib berdi

Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari - bu tashqi foydalanuvchilar tomonidan korxonaga yoki tashkilotga nisbatan iqtisodiy qarorlarni qabul qilishga ko'maklashish maqsadida e'lon qilinadigan moliyaviy hisobotlarni tuzish qoidalarini o'zida jamlagan hujjatlar to'plamidir. The IFRS Foundation ma'lumotlariga ko'ra 2023 yilda MHXSni dunyoning 167 ta mamlakatida qo'llanilmoqda va bu ro'yxat kengayib bormoqda. Bu ro'yxatdagi mamlakatlar sonining kengayishiga sabab MHXSning tadbiq etilishi tadbirkorlik faoliyatini hamda biznes loyihalarni

32 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 24.02.2020 yildagi, PQ-4611-son

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy juniali UIF-2023: 8.2 12181-3035 | № 18

soddalashtiradi, shu jumladan xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlik amalga oshirilishini soddalashtirishi bilan izohlanadi. Amaldagi qonunchilik MHXSni qo'llash majburiyatini bozorning barcha ishtirokchilariga emas, balki faqat konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni taqdim etuvchilarga yuklaydi. Gap quyidagi korxona va tashkilotlar haqida ketmoqda:

1. Aksiyadorlik jamiyatlari.

2. Tijorat banklari

3. Sug'urta tashkilotlari

4. Yirik soliq to'lovchilar toifasiga kiritilgan yuridik shaxslar.

Mamlakatimizda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o'tishning

sabablari har xil bo'lishi mumkin, ammo bunday qarorning asosiy maqsadi muayyan imtiyozlarga ega chiqishdir. Bunday imtiyozlar orasida past foizli kreditlar olish bilan bir qatorda xorijiy fond bozoriga kirish yoki xorijiy kompaniyalar bilan import-eksport munosabatlarini rivojlantirish kabilarni eslab o'tishimiz darkor. Agar bosh kompaniya xorijda joylashgan bo'lsa u ham xalqaro standartlarga muvoflq tayyorlangan hisobotlarni talab qilishi mumkin: bu qo'llaniladigan hujjatlashtirish birligini ta'minlaydi.

MHXSni tatbiq etish bosqichlari

Buxgalteriya va boshqaruv hisobini uyg'unlashtirish

Yagona hisob metodologiyasini ishlab chiqish

O'tish sanasiga dastlabki balansni shakllantirish

MHXS asosida hisobottayyorlash

1-rasm. Korxonada moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini tadbiq etish bosqichlari.

Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlariga o'tishni rejalashtirayotganda biz korxona uchun doimiy amalda bo'lgan jarayonlarni jiddiy ravishda qayta tizimlashtirishga tayyor turishimiz lozim bo'ladi. Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlariga o'tishni amalga oshirish bir necha asosiy bosqichlarni o'z ichiga oladi: 1. Kompaniyaning buxgalteriya hisobi va boshqaruv hisobining uyg'unlashuvi. Ushbu ikkala hisobotdagi maiumotlar o'rtasidagi tafovut ko'plab kompaniyalar uchun jiddiy muammo tug'diradi: hujjatlardagi bir biriga mos kelmaydigan ma'lumotlar ularning ishonchliliginin pasaytiradi va rejalashtirishni qiyinlashtiradi. Ushbu bosqich tashkilot rahbariyati tomonidan MHXSga o'tish to'g'risida qaror qabul qilish va

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali __UIF-2023: 8.2 | 2181-3035 | № 18 _

buning uchun zarur bo'lgan resurslami baholash bilan boshlanadi. Awalo korxonada xalqaro standartlarni joriy etish bo'yicha tushunchaga va malakaga ega bo'lgan mutaxassis bor yo'qligini aniqlash kerak.

2. Buxgalteriya hisobining yagona metodologiyasini ishlab chiqish. Hujjatlarni taqqoslash chastotasini oshirib, korxona vaqt va resurslami sarflaydi, ammo tafovutlarning sabablarini aniqlay olmaydi. Yagona metodologiyani ishlab chiqish uchun auditorlarga murojaat qilib, kompaniya (yoki kompaniyalar guruhi) buxgalteriya hisobining har bir turida muayyan operatsiyalarni aks ettirish talablari qayd etilgan qoidalar to'plamini oladi. Kompaniyaning barcha filiallari uchun maksimal unifikatsiyalashtirilgan hisobot shakllari kerak. Dasturiy mahsulotni tanlashda uni tadbiq etish xarajatlari va undan foydalanishning afzalliklarini hisoblash kerak. Avtomatlashtirish MHXSga o'tishni osonlashtirishi mumkin, odatda MHXS-hisobotlarni muntazam ravishda tayyorlaydigan kompaniyalar ushbu usulga murojaat qilishadi. Qoida tariqasida, buning uchun avtomatlashtirilgan buxgalteriya tizimlari qo'llaniladi, bu bizga operatsion ma'lumotlarni yoki BHMS ma'lumotlarini MHXSdagi hisoblar jadvaliga taijima qilishga imkon beradi. Bundan tashqari, avtomatik algoritmlardan ham foydalanish hamda operatsiyalarning bir qismini qo'lda ham kiritish mumkin.

3. O'tish sanasida dastlabki balansni shakllantirish. Korxona aktivlarini va uning majburiyatlarini baholash uchun mustaqil professional mutaxassislarni taklif qilish tavsiya etiladi. Xalqaro standartlarni birinchi marta qo'llashda hujjatlarni kamida uchta hisobot sanasiga tayyorlash kerak. Hisobot sanalarini aniqlash uchun aksiyadorlar, korxonani kredit bilan ta'minlayotgan moliyaviy tashkilotlar, investorlar manfaatini hisobga olish lozim. Ushbu ma'lumotlar qoidalarga muvofiq hisobotlarni tayyorlashni optimallashtiradi, auditga bo'lgan ehtiyojni aniqlaydi va korxonada xalqaro buxgalteriya bo'limini tashkil etish yoki tashqi maslahatchilarni yollash to'g'risida qaror qabul qilishga yordam beradi.

4. MHXS bo'yicha hisobotlarni tayyorlash. Yiliga bir yoki ikki marta hisobot berib, tegishli mutaxassisni shtatda saqlash maqsadga muvofiq emas. Ushbu vazifa muntazam ravishda amalga oshirilib turganda tegishli mutaxassisni yollash mantiqan to'g'ri boladi.

Xalqaro tajribalarga asoslangan holda aytishimiz mumkinki, bugungi kunda korxonada hisob yuritishni moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida olib borishda asosan ikki xil usuldan foydalaniladi. Bular: parallel hisob yuritish usuli hamda transformatsiya usuli.

Parallel hisob - bu korxonaning buxgalteriya hisobini bir vaqtning o'zida mamlakatning ichki standartlari hamda xalqaro standartlar qonun qoidalariga asosan yuritish hisoblanadi. Bunda buxgalteriya hisobini yuritishda bir marta provodka berilganda natija ikkita bazaning xotirasiga saqlanadi. Buning uchun korxona ichki

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali __UIF-2023: 8.2 | 2181-3035 | № 18 _

bo'linmalarini buyurtma asosida maxsus dasturiy ta'minot bilan ta'minlaydi. MHXS bo'yicha parallel buxgalteriya hisobi MHXS qoidalariga muvofiq operatsion asosda buxgalteriya registrlarida xo'jalik faoliyati faktlarini aks ettirishni nazarda tutadi. Shunday qilib, xo'jalik faoliyatining har bir fakti ikki marta qayd etiladi: birinchi marta BHMS bo'yicha buxgalteriya tizimida, ikkinchisi - MHXS bo'yicha. Parallel buxgalteriya hisobini tuzishda MHXS bo'yicha moliyaviy hisobot ko'rsatkichlari MHXS bo'yicha buxgalteriya ma'lumotlari asosida shakllantiriladi.

Transformatsiya - bu hisobot sanasida amalga oshiriladigan jarayon bo'lib, milliy buxgalteriya standartlari bo'yicha tayyorlangan moliyaviy hisobot ko'rsatkichlarini moliyaviy hisobotning barcha elementlarini tan olish, o'lchash va oshkor qilishning tegishli tamoyillarini hisobga oigan holda MHXS formatiga o'tkazish uchun zarur bo'lgan barcha tuzatishlarni o'z ichiga oladi. Transformatsiya imkoniyatlari foydalanilayotgan dasturiy ta'minotlarning nomukammalligi bilan bog'liq ma'lum texnik chegaralarga ega. Transformatsiyaning asosiy kamchiliklaridan biri bu parallel buxgalteriya hisobini yuritish va kompaniya rahbariyatiga va boshqa manfaatdor tomonlarga tezkor asosda zarur ma'lumotlarni taqdim etish imkoniyatining yo'qligidir. Transformatsiya soddalashtirilgan jarayon bo'lganligi sababli, MHXSga muvofiq hisobot tayyorlashda ko'plab baholovchi faktorlar qo'llaniladi. Transformatsiya faqat moliyaviy hisobot moddalariga ta'sir qiladi, parallel buxgalteriya hisobi esa butun hisobot davrida tuzilgan tegishli buxgalteriya yozuvlari asosida MHXS bo'yicha moliyaviy hisobotlarni shakllantirishni ta'minlaydi. Binobarin, transformatsiya BHMS asosida tuzilgan moliyaviy hisobotini MHXS bo'yicha moliyaviy hisobotga faqat hisobot sanasida (hisobot yilining oxiri, chorak) o'zgartirishni nazarda tutadi.

Xulosa o'rnida aytishimiz mumkinki jahon miqyosida globalizatsiya jarayoni jadallashib borayotgan hamda mamlakatimiz ushbu jarayonda ishtirok etayotgan bir vaqtda mamlakatga investitsiyalarni jalb etish asosiy masalalardan biri bo'lib hisoblanadi. Shu maqsadda korxonalar va aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan moliyaviy hisobotlarni xalqaro standart talablari asosida e'lon qilinishi ularga investitsiya jalb etish imkoniyatini oshiradi. Bu esa moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari bo'yicha hisob yuritishni yanada ommalashtirish nechog'lik muhim vazifa ekanligini ko'rsatib beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

l.Sh.Mirziyoyev. PQ-4611-son "Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlariga o'tish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" 24.02.2020

2. www.ifrs.com moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari qo'mitasi veb sahifasi

3. IFRS foundation web sites.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.