Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MILLIY IQTISODIYOTNI YASHIL RIVOJLANTIRISHNING EKOLOGIK VA IJTIMOIY SHART-SHAROITLARI'

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MILLIY IQTISODIYOTNI YASHIL RIVOJLANTIRISHNING EKOLOGIK VA IJTIMOIY SHART-SHAROITLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
6
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
milliy iqtisodiyot / yashil iqtisodiyot / atrof-muhit omillari / tabiiy resurslar / ekologik omillar

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Murodbek Usmonov, Ruxshona Ilxomova

Mazkur maqolada yashil iqtisodiyotning ekologik va ijtimoiy shart-sharoitlarini o’rganish va uning mamlakatimiz iqtisodiyotida qanday o’rin egallashini tahlil qilishga alohida e’tibor qaratilgan. Yashil iqtisodiyot atamasi ekologik xavflarni kamaytirishga va atrof-muhitni buzmasdan barqaror rivojlanishni ta’minlashga qaratilgan iqtisodiy model sifatida ko’rsatiladi. Mamlakatimizda yashil iqtisodiyotni rivojlantirishda ekologik va ijtimoiy jihatlar, tabiiy resurslarning samarali va barqaror ishlatilishi, shuningdek, yangi iqtisodiy modelga o’tish zarurati ta’kidlanadi. Maqolada ekologik omilni iqtisodiy rivojlanish ko'rsatkichlari tizimiga kiritish zarurati, an’anaviy iqtisodiy ko’rsatkichlar bilan ekologik ta’sirning hisobga olinmasligi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan salbiy oqibatlar, shuningdek, barqaror rivojlanish va yashil iqtisodiyotga o’tishning istiqbollari yoritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MILLIY IQTISODIYOTNI YASHIL RIVOJLANTIRISHNING EKOLOGIK VA IJTIMOIY SHART-SHAROITLARI»

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES

m

HfcîR'i

M,

SIANIQUHNAI. OH CIPOÍBlHV RESEARCH AGEMENT STUDIES

mm

f it ' S ! " ,he>

OZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MILLIYIQTISODIYOTNI YASHIL RIVOJLANTIRISHNING EKOLOGIK VA IJTIMOIY SHART-SHAROITLARI

Usmonov Murodbek Dusmurot o'g'li, SamISI "Raqamli iqtisodiyot" kafedrasi assistant-stajyori Ilxomova Ruxshona Javlonovna, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti talabasi

https://doi.org/10.5281/3eHogo.14363207

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 29 th November 2024 Accepted:1st December 2024 Published:10 th December 2024 KEYWORDS

Mazkur maqolada yashil iqtisodiyotning ekologik va ijtimoiy shart-sharoitlarini o'rganish va uning mamlakatimiz iqtisodiyotida qanday o'rin

milliy iqtisodiyot, yashil iqtisodiyot, atrof-muhit omillari, tabiiy resurslar, ekologik omillar.

egallashini tahlil qilishga alohida e'tibor qaratilgan. Yashil iqtisodiyot atamasi ekologik xavflarni kamaytirishga va atrof-muhitni buzmasdan barqaror rivojlanishni ta'minlashga qaratilgan iqtisodiy model sifatida ko'rsatiladi. Mamlakatimizda yashil iqtisodiyotni

rivojlantirishda ekologik va ijtimoiy jihatlar, tabiiy resurslarning samarali va barqaror ishlatilishi, shuningdek, yangi iqtisodiy modelga o'tish zarurati ta'kidlanadi. Maqolada ekologik omilni iqtisodiy rivojlanish ko'rsatkichlari tizimiga kiritish zarurati, an'anaviy iqtisodiy ko'rsatkichlar bilan ekologik ta'sirning hisobga olinmasligi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar, shuningdek, barqaror rivojlanish va yashil iqtisodiyotga o'tishning istiqbollariyoritiladi. Ma'lumki, rivojlangan yoki rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotini baholash orqali yashil iqtisodiyotning yuqori samaradorligi aniqlangan. Mamlakatimizda ham yashil iqtisodiyotni rivojlantirishning ekologik va ijtimoiy shart-sharoitlarini o'rganishdan avval "yashi iqtisodiyot" atamasini tushunib olish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Yashil iqtisodiyot - ekologik xavflarni va ekologik tanqislikni kamaytirishga qaratilgan va atrof-muhitni buzmasdan barqaror rivojlanishni maqsad qilgan iqtisodiyot. U ekologik iqtisodiyot bilan chambarchas bog'liq, lekin asosan siyosiy termin sifatida foydalaniladi. UNEP 2011-yilgi Yashil Iqtisodiyot hisobotida ta'kidlanishicha, „iqtisodiyot yashil bo'lishi uchun nafaqat samarali, balki adolatli bo'lishi ham kerak. Adolatlilik global va mamlakat darajasidagi tenglik o'lchovlarini tan olishni, xususan, past uglerodli, resurslarni tejaydigan va ijtimoiy jihatdan qamrab oluvchi iqtisodiyotga adolatli o'tishni ta'minlashni nazarda tutadi".

Uni oldingi iqtisodiy rejimlardan ajratib turadigan xususiyat - bu tabiiy kapital va ekologik xizmatlarni iqtisodiy ahamiyatga ega sifatida bevosita baholash va xarajatlar ekotizimlar orqali jamiyatga tashqariga chiqariladigan to'liq xarajatlarni hisobga olish rejimi. aktivga zarar yetkazgan yoki e'tiborsiz qoldiradigan tashkilotga ishonchli tarzda qaytariladi va uning majburiyatlari sifatida hisobga olinadi.

Yashil stiker va ekologik belgi amaliyoti iste'molchilar oldida atrof-muhitga do'stona munosabat va barqaror rivojlanish ko'rsatkichlari sifatida paydo bo'ldi. Ko'pgina sanoat

Volume 1, Issue 17, December 2024

Page 108

tarmoqlari globallashayotgan iqtisodiyotda yashillashtirish amaliyotini targ'ib qilish usuli sifatida ushbu standartlarni qabul qila boshlaydi. Barqarorlik standartlari sifatida ham tanilgan bu standartlar sotib olingan mahsulotlar atrof-muhitga va ularni ishlab chiqaruvchi odamlarga zarar yetkazmasligini kafolatlaydigan maxsus qoidalardir. Ushbu standartlar soni yaqinda o'sib bordi va endi ular yangi, yanada yashil iqtisodiyotni qurishda yordam berishi mumkin. Ular o'rmon xo'jaligi, qishloq xo'jaligi, tog'-kon sanoati yoki baliqchilik kabi iqtisodiy sohalarga e'tibor qaratadi:

suv manbalari va biologik xilma-xillikni muhofaza qilish yoki issiqxona gazlari emissiyasini kamaytirish kabi ekologik omillarga e'tibor qaratish; xodimlarning ijtimoiy himoyasi va huquqlarini qo'llab-quvvatlash.

Mamlakatimiz iqtisodiy rivojlanish va aholi farovonligining asosini tashkil etuvchi tabiiy resurslarning sezilarli turlariga boy. Tabiiy resurslar, yani, yer, o'rmon, suv resurslari, foydali qazilmalar va boshqalarning mavjudligi, ulardan unumli foydalanishni talab qiladi. Hozirgi kunda, respublikamizda 2,7 mingdan ziyod turli foydali qazilma konlari va ma'dan namoyon bo'lgan istiqbolli joylar aniqlangan. Ular 100 ga yaqin mineral - hom ashyo turlarini o'z ichiga oladi. Shundan 60 dan ortig'i ishlab chiqarishga jalb etilgan. 900 dan ortiq kon qidirib topilgan bo'lib, ularning tasdiqlangan zaxiralari 970 milliard AQSh dollarini tashkil etadi. Shu bilan birga, umumiy mineral - xom ashyo potentsial 3,3 trillion AQSh dollaridan ortiq baholanayotganini ham qayd etish maqsadga muvofiqdir.{1} Zamonaviy iqtisodiy sharoitda korxonalarning xo'jalik faoliyatida atrof-muhit sharoitlarining ishlab chiqarish jarayonlariga, foydali qazilmalar va boshqa tabiiy resurslardan, er va suv resurslaridan, havo havosidan, tabiiy o'simlik va hayvonot dunyosidan foydalanishga ta'sirini aks ettiruvchi ekologik omil alohida ahamiyatga ega. «O'zbekiston o'z yer osti boyliklari bilan xaqli suratda faxrlanadi bu yerda mashhur Mendeleev davriy sistemasining barcha elementlari topilgan. Hozirga qadar 2,7 mingdan ziyod turli foydali qazilma konlari va ma'dan namoyon bo'lgan istiqbolli joylar aniqlangan. Ular 100 ga yaqin mineral - hom ashyo turlarini o'z ichiga oladi. Shundan 60 dan ortig'i ishlab chiqarishga jalb etilgan. 900 dan ortiq kon qidirib topilgan bo'lib, ularning tasdiqlangan zaxiralari 970 milliard AQSh dollarini tashkil etadi. Shu bilan birga, umumiy mineral - xom ashyo potentsial 3,3 trillion AQSh dollaridan ortiq baholanayotganini ham aytib o'tish kerak.{2} G'oyat muhim strategik manbalar - neft va gaz kondensanti, tabiiy gaz bo'yicha 155 ta istiqbolli kon, qimmatbaho metallar bo'yicha - 40 dan ortiq, rangli, nodir radioaktiv metallar bo'yicha 40, konchilik - kimyo xom ashyosi bo'yicha 15 ta kon qidirib topilgan». O'zbekiston quvvati katta, tabiiy manbalari xilma-xil turlarga va ulkan zahiralarga ega bo'lgan yoqilg'i energetika sanoatiga ega. Respublika yoqilg'i balansida neftning salmog'i sal kam 10 foizni, tabiiy gaz salmog'i - 85 foizdan ortiqni, ko'mirning salmog'i salkam 5 foizni tashkil etadi.

Barqaror rivojlanishga o'tish, rivojlanishning asosiy ijtimoiy-iqtisodiy ko'rsatkichlari tizimiga ekologik omilni kiritish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Qarorlarni qabul qilishda ekologik omilni etarlicha baholamaslik, asosan, tabiiy kapital va atrof-muhitning degradatsiyasini aks ettiruvchi an'anaviy rivojlanish ko'rsatkichlarining yo'qligi bilan bog'liq. Ushbu sohada mavjud bo'lgan an'anaviy makroiqtisodiy ko'rsatkichlar (yalpi ichki mahsulot, aholi jon boshiga to'g'ri keladigan daromad va boshqalar) atrofmuhitning buzilishini hisobga olmaydi. Mamlakatda ushbu ko'rsatkichlarning o'sishi texnogen xarakterli intensiv rivojlanishga asoslangan bo'lib, bu kelajakda tabiiy resurslarning tugashi va atrof-muhitning ifloslanishi sharoitida iqtisodiy ko'rsatkichlarning keskin yomonlashishi ehtimolini yaratadi. Ekologik omil iqtisodiyotni yangilash, modernizatsiya qilish va texnologik yangilashning tobora muhim ustuvor yo'nalishiga aylanib bormoqda. Yangi iqtisodiy model mutaanosib rivojlanish ko'rsatkichlarini talab qiladi. Dunyodagi zamonaviy ijtimoiy stereotiplarning asosiy kamchiligi iqtisodiy o'sish va uning an'anaviy ko'rsatkichlarini mutlaqlashtirishdir, garchi bir qator mamlakatlar allaqachon o'z rivojlanishida iqtisodiy va ekologik ustuvorliklarni muvaffaqiyatli muvozanatlashga muvaffaq bo'lishgan. Hozirgacha ko'pchilik mamlakatlar, shu jumladan,

Volume 1, Issue 17, December 2024

O'zbekiston respublikasi ham, o'zlarining muvaffaqiyatlarini hisobga oladilar. Biroq, ba'zi yirik tabiiy resurslarga ega mamlakatlarda yalpi ichki mahsulotning xom ashyo sektori hisobidan o'sishi kuzatilmoqda, chunki ijobiy o'siah dinamikasi energiya resurslari, o'rmonlar, yerlar va boshqalardan juda ko'p miqdorda foydalanish bilan ta'minlanmoqda. Shuni ham aytib o'tish joizki, so'nggi yillarda mamlakatimizda qabul qilinayotgan aniq maqsad va vazifalarni o'zida jamlagan farmon va qarorlar, tasdiqlangan dasturlar ijrosi doirasida ko'rilgan chora-tadbirlar ijobiy natijalarni bermoqda. Jumladan, Orolbo'yi hududini rivojlantirish bo'yicha Davlat dasturi ishlab chiqildi, O'zbekiston Parij bitimini ratifikatsiya qildi. Orolbo'yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo'yicha ko'p tomonlama sheriklik trast jamg'armasi tashkil etildi, 2030 yilgacha bo'lgan davrda O'zbekiston Respublikasining atrofmuhitni muhofaza qilish konsepsiyasi tasdiqlandi. O'zbekiston "2019-2030 yillar davrida mamlakatning "yashil" iqtisodiyotga o'tish strategiyasi"ni qabul qildi, mamlakatimiz tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasining Orolbo'yi mintaqasini ekologik innovatsiya va texnologiyalar hududi, deb e'lon qilish bo'yicha maxsus rezolyusiyasi qabul qilindi. Shu o'rinda Prezident o'z nutqida ekologiya va atrof-muhitni asrash, suv taqchilligining oldini olish bundan buyon ham dolzarb vazifa bo'lib qolishini qayd etdi. Xususan, davlat rahbari o'z nutqida "...biz dunyodagi eng katta ekologik ofat - Orol fojiasini bevosita o'z boshidan kechirayotgan xalqmiz. SHuning uchun hozirgi vaqtda respublikamizda bebaho ekologik tizimni saqlash va mustahkamlashga qaratilgan keng ko'lamli dasturlar, jumladan, "Yashil makon" umummilliy loyihasi amalga oshirilmoqda...", deya qayd etdi. SHunday ekan, mazkur dasturlarni amalga oshirish orqali ekologik muammo va iqlim o'zgarishi sharoitida dunyo hamjamiyatining diqqat markazida bo'lgan Orol dengizining qurigan tubida qo'shimcha 500 ming gektar yashil maydonlarni barpo etish orqali 2026 yil yakuniga qadar ularning umumiy hajmi 2,5 million gektarga yoki hududning 78 foiziga etkazish bilan nafaqat O'zbekistonda, balki mintaqada ekologik barqarorlik tiklanishiga erishish ta'minlanadi.

Xulosa qilib aytganda, yashil iqtisodiyot atamasi ekologik xavflarni kamaytirish va atrofmuhitni asrash orqali barqaror rivojlanishni ta'minlashni nazarda tutadi. Mamlakatimizning tabiiy resurslarga boyligi, shu jumladan, minerallar va energiya resurslarining katta zaxiralari, yashil iqtisodiyotga o'tishda muhim omil bo'ladi. Biroq, bu jarayonni amalga oshirish uchun, an'anaviy iqtisodiy ko'rsatkichlarga ekologik omilni kiritish, atrof-muhitning degradatsiyasini hisobga olish zarur. Xususan, yashil iqtisodiyotga o'tish mamlakatimizda ekologik barqarorlikni ta'minlash, tabiiy resurslardan unumli foydalanish va ijtimoiy adolatni qo'llab-quvvatlashda muhim ahamiyatga ega. O'zbekistonda amalga oshirilayotgan ekotizimlarni saqlash va ekologik inqirozlarni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar orqali global ekologik muammolarga qarshi samarali kurash olib borish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. „United Nations Environment Programme (UNEP)". 2016-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 11-may.

2. Lynn R. Kahle, Eda Gurel-Atay, Eds. Communicating Sustainability for the Green Economy. New York: M.E. Sharpe, 2014. ISBN 978-0-7656-3680-5.

3. UNEP, 2011, Towards a Green Economy: Pathways to Sustainable Development and Poverty Eradication, www.unep.org/greeneconomy

4. Runnals, D. (2011) „Environment and economy: joined at the hip or just strange bedfellows?". S. A. P. I.EN. S. 4 (1)

5. „About UNFSS" (en-US). UNFSS. Qaraldi: 2021 -yil 3-mart.

6. Avazbek Xolbekov Ekologiya va atrof-muhitni asrash - dolzarb vazifa. uza.uz>uz/posts/ekologiya-va-atrof-muhitni-asrash...

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.