APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz
/1
: * W
AémËM
1 f 1 M
ùW.FINÂCEAND ÎSWJED SCIENCES
^ ...I ,.„.!»»►■»"■
ARTICLE INFO
GREEN BUDGETING AS A NEW INSTRUMENT OF SUSTAINABLE DEVELOPMENT AND THE PRACTICE OF ITS APPLICATION IN UZBEKISTAN Ismailova Nasiba Komildjanovna
Tashkent State University of Economics "Finance and financial technologies" department. E-mail:[email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.11612014
ABSTRACT
In this article, the transition to a green economy in order to ensure the stability of the economy, prevention of climate change, inclusive economic growth, the use of budget and fiscal policy tools to achieve environmental goals and the transition to green budgeting practice in Uzbekistan, the advantages of green budgeting, and the issues that exist during the transition to this practice are highlighted. given.
Received: 05th June 2024 Accepted: 11th June 2024 Online: 12th June 2024 KEYWORDS
Economic stability, inclusive growth, renewable energy, public finance, budget policy, environmental
budget, public sector entities, public budget funds, green economy, green budgeting, green bonds.
YASHIL BUDJETLASHTIRISH - BARQAROR RIVOJLANISHNING YANGI VOSITASI SIFATIDA VA UNI O'ZBEKISTONDA QO'LLASH AMALIYOTI
Ismailova Nasiba Komildjanovna
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti "Moliya va moliyaviy texnologiyalar" kafedrasi.
Elektron pochta: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.11612014
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 05th June 2024 Accepted: 11th June 2024 Online: 12th June 2024 KEYWORDS
Iqtisodiy barqarorlik,
inklyuziv o'sish, qayta tiklanadigan energiya, davlat moliyasi, budjet siyosati, ekologik budjet, davlat sektori sub'ektlari, davlat budjeti mablag'lari, yashil iqtisodiyot, yashil budjetlashtirish, yashil obligatsiyalar.
Mazkur maqolada iqtisodiyotni barqarorligini ta'minlash, iqlim o'zgahshini oldini olish, inklyuziv iqtisodiy o'sishni ta'minlash maqsadida yashil iqtisodiyotga o'tish, ekologik maqsadlarga erishish uchun budjet va fiskal siyosati vositalaridan foydalanish va O'zbekistonda yashil budjetlashtirish amaliyotiga o'tish masalalari, yashil budjetlashtirishning afzalliklari, ushbu amaliyotga o'tish davrida mavjud bo'lgan masalalaryoritib berilgan..
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz
Kirish.
Yashil budjetlashtirish - ekologik maqsadlarga erishish uchun budjet va fiskal siyosati vositalaridan foydalanish, ushbu siyosatni atrof-muhitga ta'sirini baholash va ularning milliy va xalqaro majburiyatlarni bajarish bilan muvofiqligini baholashni o'z ichiga oladi. "Yashil budjetlashtirish" lavlat moliyasini boshqarishga qaratilgan innovatsion yondashuv bo'lib, fiskal mas'uliyatni atrof-muhit masalalari bilan birlashtiradi. Yashil budjetlashtirish yashil iqtisodiyotga o'tishdagi asosiy instrument ekanligi, insonlarning yashash farovonligi atrof-muhitni muhofaza qilish, iqlim o'zgarishini yumshatish, iqlim o'zgarishiga moslashish chora-tadbirlariga to'g'ri proporsional bo'lib, yashil innovatsiyalarga imtiyozlar berish nuqtai nazaridan davlat xarajatlari va soliq siyosati jamoatchilik tomonidan qo'llab-quvvatlanishi aniqlangan.
2015 yil 12 dekabrda Parijda bo'lib o'tgan yashil budjetlashtirish bo'yicha IHTT Parij hamkorligi, milliy xarajatlar va daromadlar jarayonlarini iqlim va boshqa ekologik maqsadlarga moslashtirishda takomillashtirishni baholash va rivojlantirish uchun yangi, innovatsion vositalarni ishlab chiqishga qaratilgan edi.
Jahon bankining tadqiqotlariga ko'ra, 2050-yilga borib, iqlim o'zgarishi 216 million odamni o'zi yashab turgan davlatlarni tark qilishiga olib kelishi mumkin. JSST ma'lumotlariga ko'ra, har yili 2 milliard odam toza ichimlik suvi yetishmasligi va 600 million kishi oziq-ovqat bilan bog'liq kasalliklardan aziyat chekmoqda, 5 yoshgacha bo'lgan bolalar o'limining 30 foizi oziq-ovqat bilan bog'liq.
"Yashil budjetlashtirish" atamasi birinchi marta 1987 yilda Brundtland (Brundtland) komissiyasining hisobotida paydo bo'lgan bo'lib, unda "hukumatlarning markaziy iqtisodiy va tarmoq idoralari endi o'zlarining siyosatlari, dasturlari va budjetlari rivojlanishni qo'llab-quvvatlashini ta'minlash uchun to'g'ridan-to'g'ri va to'liq javobgar bo'lishi kerak" degan tavsiyanomada paydo bo'lgan. Bu ekologik va iqtisodiy jihatdan barqarorlikni anglatardi. Ushbu hisobotdan keyin, 1989 yilda davlat budjetining ekologik profilini joriy etgan Norvegiya va Fransiya kabi mamlakatlarda atrof-muhitni muhofaza qilish masalalarini davlat moliyaviy boshqaruviga eksperimental integratsiya qilish bo'lib o'tdi. Italiya ham bu sohada etakchi edi, 1999 yilda Italiya parlamenti milliy hukumatga budjet loyihasi bilan bir qatorda "Ekologik budjet" (ecoBilancio) ishlab chiqarish uchun yillik budjetda atrof-muhit bilan bog'liq barcha resurslarni ajratishni ko'rsatib berdi. Amaliyot 2022 yilda chiqarilgan so'nggi "ekologik budjet" bilan davom etmoqda.
Adabiyotlar sharhi.
Rivojlanishning dastlabki bosqichida yashil budjetlashtirish tushunchasiga aniq belgilangan ta'riflar va metodologiya mavjud emas. Bu O'zbekiston iqtisodiyoti uchun yangi mavzu, ushbu mavzu bo'yicha tadqiqotlar juda kam o'tkazilgan, o'quv adabiyotlari umuman yo'q. Ijtimoiy yo'naltirilgan boshqaruv (ESG) kontsepsiyasini amalga oshirish doirasida dunyo mamlakatlarining moliyaviy va budjet tizimlarini "ko'kalamzorlashtirish" g'oyalariga bag'ishlangan va yashil budjetni yashil moliyalash kontekstida ko'rib chiqilgan bir qator ishlarni aytish mumkin.
Atrof-muhit va Parij kelishuvi maqsadlari nuqtai nazaridan barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga qaratilgan fiskal siyosat sohasi uchun paydo bo'lgan birinchi atama "iqlim o'zgarishi muammolarini hisobga olgan holda budjetlashtirish edi. Bunda asosiy e'tibor
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz
iqlim o'zgarishini kamaytirishga qaratildi, issiqxona gazlari chiqindilari va iqlim o'zgarishiga qarshi turishga oid g'oyalar qo'llab-quvvatlandi. Keyinchalik, ekologik masalalarni barqaror iqtisodiy o'sishning umumiy kun tartibiga kiritish zarurligini ta'kidlash uchun BMTning atrof-muhit to'g'risidagi hujjatlari (UNEP), BMTning rivojlanish dasturlari (BMTTD), Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotlari (OECD), Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg'armasi (XVJ) tomonidan yashil iqtisodiyot, yashil o'sish, yashil moliyalashtirish va yashil budjetlashtirish kabi atamalari qo'llana boshlandi.
Tadqiqot metodi.
Maqolada ilmiy mushohada, analiz va sintez usullaridan samarali foydalanilgan. Shuningdek, Xalqaro valyuta fondi (IMF), Jahon banki (The World Bank) ning me'yoriy-huquqiy hujjatlarida tavsiya etilgan yashil moliyalashtirish va budjetlashtirishga oid budjet va fiskal siyosatning atrof-muhitga ta'sirini baholash ko'rsatkichlaridan foydalanilgan.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
O'zbekistonda iqtisodiy barqarorlikni ta'minlash, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yashil iqtisodiyot mexanizmlarini izchillik bilan joriy etish, iqlim o'zgarishiga moslashish va tabiiy ofatlar xavfini boshqarish masalalarini milliy siyosatga, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni rejalashtirishga va budjet jarayonlariga kiritish — iqlim o'zgarishiga moslashish, uning oqibatlarini yumshatish va tabiiy ofatlar xavfini kamaytirishni rejalashtirish, amalga oshirish, monitoring qilish hamda baholashda jamoatchilikning faol ishtirokiga asoslangan yondashuvni yo'lga qo'yish ekanligi yashil budjetlashtirishning qanchalik dolzarbligini ko'rsatib beradi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 2 dekabrdagi PQ-436-son «2030 yilgacha O'zbekiston Respublikasining «yashil» iqtisodiyotga o'tishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risida»gi Qarori va ko'plab boshqa normativ-huqiqiy hujjatlar yashil iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan.
Yashil iqtisodiyotga o'tish davrida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan risklarni boshqarishdagi asosiy faktorlardan biri bo'lgan CO2 emissiyasining O'zbekistondagi trendi qo'yida keltirib o'tilgan. O'zbekistonning yillik CO2 emissiyasi oxirgi 7 yillikda o'sish tendensiyasiga ega. O'zbekistonning aholi boshiga o'rtacha chiqariladigan SO2 emissiyasida kamayish tendensiyasiga duch kelishimiz mumkin. Bu tendensiya aholi sonining keskin oshishi bilan izohlanadi.
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz
O'ZBEKISTONNING AHOLI BOSHIGA O'RTACHA CHIQARADIGAN CO2
EMISSIYASI (TONNADA)
6 5 4 3 2 1 0
1991 y. 1996 y. 2001 y. 2006 y. 2011 y. 2016 y. 2021 y.
1-rasm.O'zbekistonda SO2 emissiyasi1
Yashil budjetlashtirishning afzalliklari quyidagilarda namoyon bo'ladi:
Birinchidan, barqaror rivojlanish - yashil budjetlashtirish yer, suv va boshqa tabiiy resurslardan unumliroq foydalanishga imkon beradi. Bu tashkiliy ishlar nafaqat qisqa muddatli istiqbolga ega, balki uzoq muddatli istiqbollarga erishish uchun ham muhim sanaladi. Yashil buxgalteriya hisobiga ega bo'lishning asosiy g'oyasi ekologik maqsadlarga erishilgan holda, iqtisodiy o'sishning afzalliklarini tushunishga yordam berishdir.
Ikkinchidan, moliyaviy taqchillikni kamaytirish - atrof-muhit va iqlim ma'lumotlarini davlat moliyasini boshqarish bilan integratsiyalash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ortiqcha uglerod uchun soliqlar va jarimalar ko'proq davlat resurslarini tejaydi va daromadlarini oshiradi. Bu sa'y-harakatlar davlat siyosatini yaxshilashga va davlat resurslaridan oqilona foydalanishga yordam beradi.
Uchinchidan, kuchli ekologik siyosat - bu muhim siyosiy masalalarini tahlil qilish uchun mavjud bo'lgan tegishli ma'lumotdorlikni oshiradi, yaxlit va integratsiyalashgan ma'lumotlarga asoslangan kuchli ekologik siyosatga olib keladi.
To'rtinchidan, tadqiqot va izlanishlardagi o'sish - yashil buxgalteriya hisobi/budjeti biznes uchun barqaror kelajakni targ'ib qilishga yordam beradi, chunki u yashil tadqiqot va ishlanmalar va yashil davlat xaridlari haqida batafsil ma'lumotlar beradi.
Beshinchidan, integratsiyalashgan budjet - yashil budjetlashtirish barqaror rivojlanishning ko'plab yo'nalishlarini (ekologik muvozanat, ijtimoiy taraqqiyot va iqtisodiy o'sish) to'liq yagona siyosatda, ya'ni budjet hujjatida birlashtirishni o'z ichiga oladi. Hukumat tomonidan uglerod emissiyasini kamaytirishga qaratilgan maqsadlarga katta ahamiyat beriladi.
Yashil budjetlashtirish iqtisodiy, ijtimoiy, tarmoq va ekologik siyosatning uyg'unligini ta'minlaydi, shuningdek, moliyaviy chora-tadbirlar va budjetni o'z ichiga olgan vositalarni rejalashtiradi. Yashil budjetlashtirishda yashil ustuvorliklarni aniqlash va strategik rejalarga
1https://www.undp.org/sites/g/files/zskgke326/files/2024-01/cpeir Uzbekistan 2023 uzb.pdf/
4,9 4,9 4,5 4,4
3,5 3,6
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz
kiritishdan so'ng, moliyalashtirishdagi bo'shliqni baholash va yashil moliyalashtirish strategiyasini tayyorlash juda muhim hisoblanadi. Yashil budjetlashtirishdan ko'zlangan maqsadlarga erishish uchun moliyalashtirish manbalari strategik rejalarda o'z tasdig'ini topgan bo'lishi maqsadga muvofiq. «Yashil» maqsadlarga erishishdagi asosiy moliyaviy manbalar an'anaviy kreditlar, grantlar, tashqi qarzlar, milliy va xalqaro iqlim fondlari, uglerod bozorlari, yashil obligatsiyalar va sug'urta vositalarini o'z ichiga olgan barcha moliya manbalaridan tizimli ravishda foydalanishni talab qiladi.
Yashil budjetlashtirish bo'yicha dunyo mamlakatlari faol moliyaviy siyosatni amalga oshirmoqdalar. 2022 yil holatiga ko'ra, IHTT mamlakatlari orasida 19 ta suveren davlat budjetlarida yashil loyihalarni moliyalashtirish uchun yashil obligatsiyalar chiqargan, bu 130 mlrd. dollardan oshadi, ammo suveren yashil obligatsiyalar hali ham barcha davlat qimmatli qog'ozlarining atiga 0,2 foizini tashkil qiladi.
O'zbekiston ilk bor 2023 yil oktyabr oyida 4,25 trln so'm miqdoridagi yashil suveren xalqaro obligatsiyalarni London fond birjasida joylashtirdi. Shuni ta'kidlash joizki, so'mda chiqarilgan suveren xalqaro obligatsiyalar MDH davlatlari ichida ilk "yashil" suveren obligatsiyalar hisoblanadi. Yashil obligatsiyalar bo'yicha kelib tushadigan mablag'lar suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish, temir yo'l transporti va metro transportini rivojlantirish, sanitar tozalash ishlarini tashkil etish va aholi punktlarida tozalikni ta'minlash, shamol eroziyasiga va suv xo'jaligi obektlarining qum bosishiga qarshi ihota daraxtzorlari barpo etish kabi yashil loyihalarni moliyalashtirish uchun yo'naltiriladi. Bunda loyihalarni tanlab olish jarayoniga Birlashgan Millatlar Tashkilotining rivojlanish dasturi (UNDP) jalb qilingan. Yashil obligatsiyalar dasturi bo'yicha "Sustainalytics" tomonidan ikkinchi taraf ijobiy xulosasi olingan.
O'zbekiston Respublikasining milliy valyutadagi "yashil" obligatsiyalariga bo'lgan yuqori talabni inobatga olib, 3 yillik so'mdagi xalqaro obligatsiyalarning foiz stavkalarini (kupon to'lovi) kutilgan 18 foizdan 16,25 foizga tushirishga muvaffaq bo'lindi. Mazkur tranzaksiya bilan so'ndirish muddati 2023 yilning 23-noyabr kuni bo'lgan 1,9 trln. so'm miqdoridagi xalqaro obligatsiyalar muddatidan oldin so'ndirildi.
Xulosa va takliflar.
Iqlim o'zgarishiga qarshi kurashish va atrof-muhit maqsadlariga erishish uchun ajratiladigan davlat investitsiyalari yanada inklyuziv, yashil va barqaror iqtisodiyotga o'tish uchun kalit hisoblanadi. Davlat investitsiyalarini boshqarish siklining har bir bosqichida yashil maqsadlarga erishishga yordam beradigan asosiy davlat moliyasini boshqarish amaliyotlari mavjud.
Yashil budjetlashtirishga o'tish jarayonida e'tiborga olinishi kerak bo'lgan bir qator muhim bo'lgan masalalar mavjud. Quyida biz ularni keltirib o'tamiz.
1. Yashil budjetlashtirishga o'tish davrida qayta tiklanuvchan energiya infratuzilmasiga sarmoya kiritish kabi dastlabki xarajatlar fiskal xavflarni yuzaga keltirishi mumkin. Ba'zi hollarda, ayrim xarajatlar potensial foydadan ustun turadi, degan fikr paydo bo'lishi mumkin, bu esa moliyaviy qaror qabul qiluvchilarning qarshiligiga olib keladi. Bundan tashqari, budjetni qayta taqsimlash talab qilinishi mumkin, bu esa budjet barqarorligi va moliyaviy boshqaruv uchun muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz
2. Yashil budjetlashtirishni amalga oshirish davlat idoralari yoki tashkilotlarida tegishli texnik tajriba va salohiyatni talab qiladi. Atrof-muhitni hisobga olish, ta'sirni baholash metodologiyasi yoki ma'lumotlarni yig'ish bo'yicha bilim yoki ko'nikmalarning yetishmasligi atrof-muhit xarajatlari va natijalarini to'g'ri o'lchash va kuzatishda qiyinchiliklarga olib kelishi mumkin. Atrof-muhit masalalarini budjetlashtirish jarayonlariga samarali integratsiya qilish imkoniyatlarining yetarli emasligi yashil budjetlashtirish tashabbuslarini amalga oshirishga to'sqinlik qilishi mumkin.
3. Yashil budjetlashtirish amaliyoti atrof-muhitga ta'siri, xarajatlari va natijalari bo'yicha aniq va ishonchli ma'lumotlarni talab qiladi.
4. Manfaatdor tomonlarning, masalan, fuqarolik jamiyati tashkilotlari, biznes va hamjamiyatlarning ishtiroki muvaffaqiyatli yashil budjetlashtirish amaliyoti uchun juda muhimdir. Biroq, ma'lumotlarning mavjudligi va sifati cheklangan bo'lishi mumkin, ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlarda yoki atrof-muhit ma'lumotlarini to'plash odatiy amaliyot bo'lmagan sektorlarda, yetarli bo'lmagan va ishonchsiz ma'lumotlar yashil budjetlashtirish samaradorligiga putur yetkazishi mumkin, bu esa xato qarorlar qabul qilinishiga va noto'g'ri hisobotlarga olib keladi.
5. Yashil budjetlashtirishga o'tish tizimlar va tashkiliy tuzilmalardagi o'zgarishlarni o'z ichiga oladi. Amalga oshirishni noto'g'ri rejalashtirish va muvofiqlashtirish kechikishlarga, samarasizlikka yoki budjet qarorlariga, atrof-muhitga oid masalalarni yetarli darajadan kam integratsiyalashga olib kelishi mumkin.
Taklif va tavsiyalar.
O'zbekistonda ham yashil budjetlashtirishga har qanday yondashuv mamlakatning mavjud davlat moliyaviy boshqaruvi (DMB) tizimiga asoslanishi va shu bilan mavjud budjetlashtirish jarayonining kuchli tomonlari va cheklovlariga mos kelishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Mamlakatda samarali budjetlashtirishning kuchli tizimi mavjud bo'lsa, bu mamlakat milliy ekologik va iqlim maqsadlari bilan bog'liq samaradorlik maqsadlarini birlashtirishga olib keladi. Shu bilan bir qatorda, mamlakatda budjet xarajatlarni ko'rib chiqish jarayonlari yaxshi tashkil etilgan bo'lsa, bu mamlakat budjet samaradorligi bilan bir qatorda chora-tadbirlarning iqlim maqsadlariga ta'sirini ham hisobga olinishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Mamlakat darajasida yashil budjetlashtirishni amalga oshirish uchun quyidagi asosiy elementlarni o'z ichiga olish talab qilinadi:
Birinchidan, budjet mablag'lari va davlat sektori sub'ektlarining atrof-muhitni muhofaza qilish maqsadlarini qamrab olishi lozim.
Ikkinchidan, budjet siyosatining ekologik maqsadlarga muvofiqligini baholash uchun foydalaniladigan metodologiya xalqaro standartlar asosida bo'lishi lozim.
Uchinchidan, davlat nazorati organlari tomonidan davlatning har bir sektori ustidan nazorat samaradorligi yuqori bo'lishi kerak.
To'rtinchidan, ushbu jarayonning shaffofligi va hisobdorligi ta'minlanishi, jamoatchilik nazoratini to'g'ri tashkil qilish lozimdir.
References:
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot Strategiyasi to'g'risida" gi PF-60-sonli Farmoni.
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 oktyabrdagi "2019-2030 yillar davrida O'zbekiston Respublikasining «Yashil» iqtisodiyotga o'tish Strategiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PQ-4477-sonli Qarori.
3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 2 dekabrdagi «2030 yilgacha O'zbekiston Respublikasining «yashil» iqtisodiyotga o'tishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risida»gi PQ-436-sonli Qarori.
4. BMTning iqlim o'zgarishi bo'yicha dastlabki konvensiyasi doirasida qabul qilingan Parij bitimi. 2015 yil 12 dekabr.
5. N Ismailova. DEVELOPMENT OF THE NATIONAL INSTITUTIONAL SYSTEM OF THE CRYPTO MARKET IN UZBEKISTAN. Current approaches and new research in modern sciences 3 (1), 219-224.
6. N.Ismailova. PROSPECTS FOR THE DEVELOPMENT OF PARTICIPATIVE BUDGETING. E Conference Zone, 64-67.