Научная статья на тему 'HOZIRGI KUNDA YASHIL IQTISODIYOTGA O‘TISH JARAYONINING ZARURLIGI'

HOZIRGI KUNDA YASHIL IQTISODIYOTGA O‘TISH JARAYONINING ZARURLIGI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
8
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yashil iqtisodiyot / yashil texnologiyalar / Lotin Amerikasi va Afrika / energiya manbalari / yashil taraqqiyot. / green economy / green technologies / Latin America and Africa / energy sources / green development

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Shumkarova Sh.P., Nurboyeva Z.Ya.

Maqolada yashil iqtisodiyotga o‘tish jarayoni hamda uning dolzarbligi haqida ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

NEED FOR TRANSITION TO GREEN ECONOMY TODAY

The article presents information about the process of transition to a green economy, as well as its relevance.

Текст научной работы на тему «HOZIRGI KUNDA YASHIL IQTISODIYOTGA O‘TISH JARAYONINING ZARURLIGI»

Shumkarova Sh.P.

Jizzaxpolitexnika instituti v.b.dotsenti

Nurboyeva Z. Ya.

Jizzax politexnika instituti talabasi

HOZIRGI KUNDA YASHIL IQTISODIYOTGA O'TISH JARAYONINING ZARURLIGI

Annotatsiya. Maqolada yashil iqtisodiyotga o 'tish jarayoni hamda uning dolzarbligi haqida ma 'lumotlar keltirilgan.

Kalit so 'zlar: yashil iqtisodiyot, yashil texnologiyalar, Lotin Amerikasi va Afrika, energiya manbalari, yashil taraqqiyot.

Shumkarova Sh.P. associate professor Jizzakh Polytechnic Institute Nurboyeva Z. Ya.

student

Jizzakh Polytechnic Institute NEED FOR TRANSITION TO GREEN ECONOMY TODAY

Annotation. The article presents information about the process of transition to a green economy, as well as its relevance.

Keywords: green economy, green technologies, Latin America and Africa, energy sources, green development.

Jahon tajribasidan bizga ma'lumki, iqtisodiyotimizning turli tarmoqlarida "yashil texnologiyalar"ni joriy etish aholining yashash sifatiga albatta ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Buning natijasi o'laroq, shaharlardagi hayot qulaylashadi, bolalar o'limi qisqaradi, o'rtacha umr ko'rish davomiyligi uzayadi. Tajribalar davomida Lotin Amerikasi va Afrikaning ayrim mintaqalarida esa hatto tashqi migratsiya oqimlari qisqarib, inson kapitalining rivojlanishi ham kuzatilgan.

Bugungi global bir qancha ekologik muammolarning keskinlashuvi sharoitida jahon iqtisodiyotida "yashil taraqqiyot" tamoyillarini joriy etish obyektiv zaruriyatga aylanib ulgurgan.

Yaqin kelajakda mamlakatda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida ekologik toza va resurs tejamkor texnologiyalarni joriy etish, qayta tiklanuvchi, samarali energiya manbalaridan keng foydalanish ham ko'zda tutilgan. "Yashil" iqtisodiyotning muhim komponenti qayta tiklanadigan energiya manbalarini yaratish hamda foydalanish hisoblanadi.

Yashil iqtisodiyot iqtisodiyot fanlarining bir yo'nalishi sifatida o'tgan asrning oxirlarida paydo bo'ldi. Mazkur iqtisodiyot tabiiy muhitning tarkibiyva

ajralmas qismi bo'lib, uning bir yo'nalishi hisoblanadi. "Yashil" iqtisodiyot tushunchasi iqtisodiy fanlar hamda falsafaning ko'plab boshqa sohalaridagi g'oyalarini o'z ichiga oladigan tabiat va jamiyat bilan bog'liq ekologik iqtisodiyot, atrof-muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyoti, resurslarga asoslangan iqtisodiyot, aholining rivojlanishi, feminizm iqtisodiyoti kabi yashil siyosat bilan bog'liq iqtisodiyotni ham o'z ichiga oladi.

Yashil iqtisodiyot bu iqtisodiy tizim hisoblanib, uning asosiy maqsadi yer yuzining ekologiyasi va uni saqlab qolish bilan birga iqtisodiyotning barcha sohalarini rivojlantirishga qaratilgandir.

"Yashil" iqtisodiyotga o'tish jarayonida Respublikamizda ham bir qator ichki va tashqi muammolar albatta yuzaga kelishi mumkin. Bu muammolarga tayyor turish va o'z vaqtida bartaraf etish choralarini ko'rish uchun ham O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-oktyabrdagi PQ-4477-sonli qarori bilan "2019-2030-yillar davrida O'zbekiston Respublikasining "Yashil" iqtisodiyotga o'tish strategiyasi" qabul qilindi. Quyidagilar O'zbekiston Respublikasining "yashil" iqtisodiyotga o'tishining asosiy vazifalaridir:

-texnologik modernizatsiyalash va moliyaviy mexanizmlarni rivojlantirish orqali iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish;

-davlat investitsiyalari va xarajatlarining ustuvor yo'nalishlariga ilg'or xalqaro standartlarga asoslangan "yashil" mezonlarni kiritish;

-davlat tomonidan rag'batlantirish mexanizmlarini, davlat-xususiy sherikchilikni rivojlantirish hamda xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlikni faollashtirish orqali "yashil" iqtisodiyotga o'tish yo'nalishlari bo'yicha tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirishga ko'maklashish;

-ta'limga investitsiyalar kiritishni rag'batlantirish, yetakchi xorijiy ta'lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlikni rivojlantirish hisobiga "yashil" iqtisodiyotdagi mehnat bozori bilan bog'liq kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini rivojlantirish;

-Orolbo'yidagi ekologik inqirozning salbiy ta'sirini yumshatish choralarini ko'rish;

-"yashil" iqtisodiyot sohasida, shu jumladan ikki tomonlama va ko'p tomonlama shartnomalar tuzish orqali xalqaro hamkorlikni mustahkamlash.

Yashil iqtisodiyotga o'tishning maqsadi barqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlash hamda investitsiyalar faolligini oshirish bilan bir jabhada atrof-muhit muhofazasi va ijtimoiy integratsiya sifatini yaxshilashdir. Yuqoridagi maqsadga erishish uchun avvalo davlat va xususiy investitsiyalarni barqaror rivojlanishning ekologik va ijtimoiy omillariga keng miqyosda yo'naltirish muhim hisoblanadi. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, "Yashil iqtisodiyot" barqaror rivojlanish o'rnini bosa olmasada, ammo barqaror rivojlanishimizga erishish uchun xizmat qiluvchi eng muhim mezonlardan biri hisoblanadi. Barqaror rivojlanishning mazmuni hozirgi avlod o'z iqtisodiy faoliyatini shunday darajada tashkil etishi kerakki, keyingi avlodlar ulardan kam bo'lmagan iqtisodiy imkoniyatlar hamda turmush

farovonligiga ega bo'lishlari lozimligida yaqqol namoyon bo'ladi. Barqaror rivojlanish iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik komponentlarni yaxlit birlashtirgan holda, o'zaro bog'liqlikda rivojlantirishni taqozo etadi.

Har bir mamlakat barqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlashga intilib boradi, chunki iqtisodiy o'sish:

1. milliy mahsulot hajmi va daromadning ko'payishiga;

2. resurslardan oqilona foydalanishga;

3. yangi-yangi ehtiyojlar hamda imkoniyatlarning paydo bo'lishiga;

4. xalqaro bozorlarda mamlakat nufuzining oshishiga olib keladi va eng asosiysi aholisining farovon yashashini ta'minlab beradi. Bir so'z bilan aytganda, barcha amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar faqat bitta maqsadga-aholi farovonligini oshirish, turmush tarzini yaxshilash hamda xalqimizni rozi qilishga yo'naltirilgandir. Keyingi yarim asr mobaynida sayyoramizda ekologik xavf-xatarlar miqdori ortib borayotgani mutaxassis-olimlarni jiddiy tashvishga solayotgani hech kimga sir emasdir. Iqtisodiy taraqqiyotning maqsadlarida energiyadan foydalanish jarayonining me'yoridan ortib ketishi eng asos iy sababi sifatida ko'rinmoqda.

"Yashil iqtisodiyot" ga o'tish jarayoni har bir davlat uchun alohida ahamiyat kasb etgan holda, tabiiy kapital, inson kapitali va mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasiga kabi xususiyatlarga uzviy bog'liq holda ro'y beradi. Shuning uchun avvalo, o'tish jarayonida qulay muhit yaratish lozim. Agar milliy darajada qo'llanilayotgan rag'batlantirishuvchi omillar, shular jumlasidan, investitsiyalar va davlat xaridlari "Yashil iqtisodiyot" ni rivojlantirishga yo'naltirilsa, iqtisodiy tizimni "yashillashtirish" jarayoni yanada faollasha boradi.

Xulosa qilib aytish mumkinki, mamlakatning "yashil energetika"ga jadallik bilan o'tishi, avvalambor, mintaqamizda ekologik muvozanatni ta'minlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda aholining energiyaga bo'lgan ehtiyojini ta'minlashda muhim ahamiyatga egadir.

Yashil iqtisodiyotda inson, tabiat hamda iqtisodiyotning bir-biri bilan bog'liq va barqaror holda rivojlanishini ta'minlash orqali harakat qilish lozim bo'ladi. Shu yo'l bilan barqaror iqtisodiy taraqqiyotga erishishimiz lozim.

O'zbekistonni «Yashil iqtisodiyot» tizimiga o'tkazishda avvalo ushbu tizimga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etgan holda turli sohalarda ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish hamda aholini muntazam ravishda "Yashil iqtisodiyot" tizimi bilan tanishtirib borish muhimdir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-oktyabrdagi PQ-4477-sonli "2019-2030-yillar davrida O'zbekiston Respublikasining "Yashil" iqtisodiyotga o'tish strategiyasi" qarori

2. M.Bekmirzayev. O'zbekistonning "Yashil iqtisodiy strategiyasi" va uni amalga oshirishning asosiy yo'nalishlari. "Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot" ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ilmiy, ommabop jurnali. 2023 yil, 10-son. 147-149 betlar.

3. Green Growth, Smart Growth- A new Approach to Economics, Environment&Innovation, 29. August 2016.

4. Gulmira, U. (2023). Theoretical basis of management of the financial stability of the banking system. International Journal of Advance Scientific Research, 3(05), 126-130.

5. Gulmira, U. (2023). The need to attract foreign investments to the national economy on a large scale. Academia Science Repository, 4(5), 314-319.

6. Umarova, Z. O. "Business opportunity for tourism development." Экономика и социум 10 (2020): 275-278.

7. Obidova, F., and Z. Umarova. "Foreign experience of small business development." Экономика и социум 5-1 (2021): 376-379.

8.https://senat.uz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.