Научная статья на тему 'IQTISODIY MANBAALARDAN SAMARALI FOYDALANISHDA YASHIL IQTISODIYOTNING O'RNI'

IQTISODIY MANBAALARDAN SAMARALI FOYDALANISHDA YASHIL IQTISODIYOTNING O'RNI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
21
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Yashil iqtisodiyot / tabiiy-iqtisodiy manbaalar / iqtisodiy rivojlanish / raqamli iqtisodiyot. / Green economy / natural and economic resources / economic development / digital economy.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Mavlonov Sh.Sh., Xolmo’minov А.

Ushbu maqola tabiiy iqtisodiy manbaalardan samarali foydalanishda yashil iqtisodiyotning o'rni, yashil iqtisodiyotning mazmun mohiyati, tabiat ne’matlaridan oqilona foydalanishning iqtisodiy muammolari va yechimlari haqida fikrlar bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ROLE OF GREEN ECONOMY IN EFFICIENT USE OF ECONOMIC RESOURCES

This article describes the role of and green economy in effective use of natural economic resources, the essence of green economy, economic problems and solutions of rational use of natural resources.

Текст научной работы на тему «IQTISODIY MANBAALARDAN SAMARALI FOYDALANISHDA YASHIL IQTISODIYOTNING O'RNI»

Mavlonov Sh.Sh. o'qituvchisi DPI

Xolmo'minov A.

ShDPI talabasi

IQTISODIY MANBAALARDAN SAMARALI FOYDALANISHDA YASHIL IQTISODIYOTNING O'RNI

Annotatsiya. Ushbu maqola tabiiy iqtisodiy manbaalardan samarali foydalanishda yashil iqtisodiyotning o'rni, yashil iqtisodiyotning mazmun mohiyati, tabiat ne'matlaridan oqilona foydalanishning iqtisodiy muammolari va yechimlari haqida fikrlar bayon etilgan.

Kalit so'zlar: Yashil iqtisodiyot, tabiiy-iqtisodiy manbaalar, iqtisodiy rivojlanish, raqamli iqtisodiyot.

Mavlanov Sh.Sh.

teacher ShDPI Kholmominov A.

ShDPI student

ROLE OF GREEN ECONOMY IN EFFICIENT USE OF ECONOMIC

RESOURCES

Abstract. This article describes the role of and green economy in effective use of natural economic resources, the essence of green economy, economic problems and solutions of rational use of natural resources.

Key words: Green economy, natural and economic resources, economic development, digital economy.

Mamlakat iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish yashil iqtisodiyot sharoitida tabiatdan foydalanishning holati va atrof-muhit muhofazasi ekoturizm bilan chambarchas bog'liqdir. Shu boisdan raqamli iqtisodiyot sharoitida yashillikni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning iqtisodiy mexanizmlarini yaratish katta ahamiyatga ega bo'lib, tabiatda yuz berayotgan ijobiy va salbiy o'zgarishlarni iqtisodiy jihatdan tahlil qilish natijalari orqali kishilik jamiyatining xo'jalik faoliyatiga miqdoriy ko'rsatkichlar asosida baho berish mumkin.

Bozor iqtisodiyotini rivojlantirish orqali yashil iqtisodiyotdanfoydalanishda tabiiy resurslardan

foydalanuvchilarning barchasi ham uning noz-ne'matlaridan bir xilda, bir

miqyosda iste'mol qilmaydi: ba'zilari ko'proq, ayrimlari kamroq darajada moddiy boyliklarni iste'mol muomalasiga kiritadi. Jumladan, xomashyoni qayta ishlovchi barcha korxonalar tabiatda chiqindi resurslarni yig'adi, hamda tabiiy muhitga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Darhaqiqat, tabiatga ekologik ta'sirni iqtisodiy hisoblash yo'llari bilan tahlil qilish natijasida ishlab chiqarishning daromad miqdorini oshirish masalalarining ayrim yechimlarini ham topish mumkin «Yashil iqtisodiyot» tushunchasi tabiat boyliklaridan foydalanishni me'yorlashtirishni iqtisodiy jihatdan ilmiy asoslash orqali samaradorligini baholash, atrof-muhitning ifloslanishi oqibatida ko'rilayotgan iqtisodiy-ijtimoiy zararlarni bartaraf etishga qaratilgan maqsadli dasturlarni amalga oshirish natijasida erishiladigan iqtisodiy samaradorlikni hisoblash usullarini o'rgatadi. Tabiiy resurslardan samarali foydalanish bo'yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar yaratish, tabiatni muhofaza qilishni moliyalashtirish, rejalashtirish va boshqaruvning asoslarini takomillashtirish bo'yicha yangi tadqiqot yo'nalishlarini izlash va asoslash eng asosiy vazifalardan biridir.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 04.10.2019 yildagi PQ-4477-son 2019 — 2030-yillar davrida O'zbekiston Respublikasining «yashil» iqtisodiyotga o'tish strategiyasini tasdiqlash to'g'risida qarorining asosiy maqsadlaridan birida;

«texnologik modernizatsiyalash va moliyaviy mexanizmlarni rivojlantirish orqali iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish; davlat investitsiyalari va xarajatlarining ustuvor yo'nalishlariga ilg'or xalqaro standartlarga asoslangan «yashil» mezonlarni kiritish; davlat tomonidan rag'batlantirish mexanizmlarini, davlat-xususiy sherikchilikni rivojlantirish hamda xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlikni faollashtirish orqali «yashil» iqtisodiyotga o'tish yo'nalishlari bo'yicha tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirishga ko'maklashish; ta'limga investitsiyalar kiritishni rag'batlantirish, yetakchi xorijiy ta'lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlikni rivojlantirish hisobiga «yashil» iqtisodiyotdagi mehnat bozori bilan bog'liq kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini rivojlantirish; Orolbo'yidagi ekologik inqirozning salbiy ta'sirini yumshatish choralarini ko'rish; «yashil» iqtisodiyot sohasida, shu jumladan ikki tomonlama va ko'p tomonlama shartnomalar tuzish o rqali xalqaro hamkorlikni mustahkamlash»62 kabi eng muhim masalalari ham iqtisodiy manbaalardan samarali foydalanishda yashil iqtisodiyotning o'rni ushbu sohaning ham asosiy vazifasi hisoblanadi.

Yashil iqtisod iqtisodiy o'sishga e'tibordan voz kechishni va uzoq muddatda barqaror bo'lishi mumkin bo'lgan yagona iqtisodiyot turi bo'lgan «davlat, yashil iqtisodiyotiga» o'tishni taklif qiladi. Barqaror yashil iqtisodiyotda sayyora chegarasi hurmat qilinadi va shuning uchun eng kam manba hisoblanadi. Bu bizni iloji boricha oqilona foydalanishimiz, iqtisodiyot unumdorligini oshirish

62 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 04.10.2019 yildagi PQ-4477-son2019 — 2030-yillar davrida O'zbekiston Respublikasining "yashil" iqtisodiyotga o'tish strategiyasini tasdiqlash to'g'risida

va shu bilan birga undan foydalanishimizni kamaytirishimiz kerak degan xulosaga olib keladi. Yashil iqtisodiyotning rivojlanishoida tabiiy resurs salohiyatidan foydalanishning barcha jabhalarini, hamda uni muhofaza qilishga yo'naltirilgan tadbirlarni, shuningdek, qayta tiklanadigan tabiiy resurslarni muntazam tiklab borish, miqdorini ko'paytirish, sifatini yaxshilash, tabiatning muhofazaga muhtoj obyektlarni qo'riqxonalarga aylantirish kabi faoliyatlarning iqtisodiy samarasining tahliliy natijalari hisoblanadi. Mana shu jarayonlarni amalga oshirish uchun tabiat ne'matlaridan oqilona foydalanishning bir qancha vazifalarini tahlil qilib chiqamiz:

❖ tabiiy muhitning mahsuldorligini oshirish uchun sharoit yaratish,

❖ tiklanmaydigan tabiiy resurslardan o'ta tejamkorlik bilan samarali foydalanish,

❖ atrof-muhitni ifloslanishdan saqlash;

❖ tabiiy resurslardan samarali foydalanishning iqtisodiy-ekologik tamoyillarini ishlab chiqish;

❖ tabiiy resurslarning hozirgi va kelgusi avlodlar uchun saqlash va tiklashning iqtisodiy-ekologik tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat.

Iqtisodiy manbaalardan samarali foydalanishda yashil iqtisodiyotning o'rnini aniqlashimizda tabiiy nmanbaalar orasida suv eng aosiy qayta tiklanmaydaigan manbaa hisoblanadi. Respublikamiz va qo'shni davlatlar bo'ylab suv resurslaridan samarali foydalanish va uni asrab avaylash ham bugungi kunning bosh masalasi hisoblanadi. Statistik ma'lumotlarga tayangan holda 2023-yilda Amudaryo suvidan qaysi davlat qancha miqdorda foydalangani ilmiy asoslar yordamida tahlil qilib chiqamiz. Meteojurnal xabariga ko'ra, o'tgan yili Afg'onistonni hisobga olmaganda Amudaryo suvidan uch mamlakat

Суммарный водозабор из русла Амударьи за 2023 год (млн м3)

Всего: 1195,1 2595,4 4580,Э 3840,3 4620,3 5661,9 7434,2 6881,7 4751,7 2640,6 1В14,6 1565,5

янв. фев. март апр. май июнь июль авг. сен. окт. нояб. дек.

"Экономика и социум" №5(120)-1 2024

www.iupr.ru

497

(O'zbekiston, Turkmaniston va Tojikiston) taxminan 47,58 km kub foydalangan. Daryo suvidan eng ko'p foydalangan mamlakat Turkmaniston bo'lgan. U sarflangan suvning jami 42 foizini (qariyb 20 km kub) ishlatgan. O'zbekiston o'tgan yili Amudaryoning umumiy sarflangan suvining 38,4 foizi (taxminan 18,3 km kub), Tojikiston esa 19,8 foizidan (taxminan 9,4 km kub) foydalangan. Oylar kesimida ham Turkmaniston daryodan eng ko'p foydalanuvchi bo'lgan. Faqat fevral, mart va iyul oylarida O'zbekiston Turkmanistonga nisbatan ko'proq suv olgan.63

Ushbu tahliliy jarayonni yuqoridagi diagramma orqali ko'rishimiz mumkin bo'ladi.

Yashil iqtisod, shuningdek, butun murakkab ekologiyasi va xilma-xil turlari bilan yer sayyorasining butun tizimini ko'rib chiqish uchun bizning yagona turimizdan tashqari tashvish doirasini kengaytiradi. Yashil iqtisodiyot tomonidan taklif qilingan yechim esa tabiiy jarayonlarga ehtiyotkorona bo'lishimizdir. Yashil iqtisodiyot haqida turli qarashlar mavjud. Bizning ilmiy qarashimiz esa yashil iqtisodiyotni rivojlantish uchun shundek texnologiya ishlab chiqilishi kerakki bunda tabiatga hech qanday zarar yetmasligi darkor. Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash joizki, yashil iqtisodiyotni rivojlantirish orqali mamlakat iqtisodiyotni jadal suratlar bilan o'sishiga erishamiz.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 04.10.2019 yildagi PQ-4477-son 2019 — 2030-yillar davrida O'zbekiston Respublikasining «Yashil iqtisodiyot»ga o'tish strategiyasini tasdiqlash to'g'risidagi.

2. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-maydagi 297-son qarori. O'zbekiston Respublikasi mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash davlat dasturlarini shakllantirish tartibi to'g'risida.

3. A.Vahobov, S.Xajibakirov,Sh. Xo'jayorov «Yashil iqtisodiyot» Darslik. To shkent .Unversitet

4. Sh.Sh. Mavlonov «Yashil iqtisodiyot» O'quv qo'llanma. Qarshi.Nasaf 2024

5. Internet saytlari

63 (https ://meteojurnal.ru/v-2023-godu-na-turkmenistan-vnov-prishlos bolshaya-chast-vodozabora-iz-amudari/)

мЭкономнка h соцнумм №5(120)-1 2024

www.iupr.ru

498

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.