Научная статья на тему 'MINTAQALAR BARQAROR RIVOJLANISHINING IQTISODIY-EKOLOGIK JIHATLARI'

MINTAQALAR BARQAROR RIVOJLANISHINING IQTISODIY-EKOLOGIK JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Социальная и экономическая география»

CC BY
383
45
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Barqaror rivojlanish / barqaror iqtisodiy taraqqiyot / ijtimoiy siyosat / tabiiy resurslar / milliy iqtisodiyot / innovatsion iqlim / investitsion iqlim / moliyaviy barqarorlik / ekologik vaziyat.

Аннотация научной статьи по социальной и экономической географии, автор научной работы — Toymbayeva D.A., Mamatova D.N.

Mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik sohalar tizimini modernizatsiya qilishga alohida e’tibor qaratmoqda. O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan ekologiya sohasini rivojlantirishga, ekologik muammolarni oldini olishga va ko‘lamini qisqartirishga qaratilgan qator qonun, farmon va qaroqlar qabul qilindi, ular o‘z navbatida mamlakatda ekologiya sohasini barqaror rivojlantirishda, mavjud ekologik vaziyatni yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada mamlakatda olib borilayotgan ekologik islohatlar, mintaqa ekologiyasini rivojlantirishning iqtisodiy-ekologik jihatlari haqida so’z brogan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MINTAQALAR BARQAROR RIVOJLANISHINING IQTISODIY-EKOLOGIK JIHATLARI»

DOI 10.5281/zenodo.10601805

Toymbayeva D.A.

Guliston davlat universiteti o 'qituvchisi

Mamatova D.N.

Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti assistanti

MINTAQALAR BARQAROR RIVOJLANISHINING IQTISODIY-

EKOLOGIK JIHATLARI

Annotatsiya. Mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik sohalar tizimini modernizatsiya qilishga alohida e'tibor qaratmoqda. O'zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan ekologiya sohasini rivojlantirishga, ekologik muammolarni oldini olishga va ko'lamini qisqartirishga qaratilgan qator qonun, farmon va qaroqlar qabul qilindi, ular o'z navbatida mamlakatda ekologiya sohasini barqaror rivojlantirishda, mavjud ekologik vaziyatni yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada mamlakatda olib borilayotgan ekologik islohatlar, mintaqa ekologiyasini rivojlantirishning iqtisodiy-ekologik jihatlari haqida so'z brogan.

Kalit so'zlar: Barqaror rivojlanish, barqaror iqtisodiy taraqqiyot, ijtimoiy siyosat, tabiiy resurslar, milliy iqtisodiyot, innovatsion iqlim, investitsion iqlim, moliyaviy barqarorlik, ekologik vaziyat.

Toymbayeva D.A.

teacher

Gulistan State University Mamatova D.N. assistant

Institute of Irrigation and Agrotechnologies

ECONOMIC AND ENVIRONMENTAL ASPECTS OF SUSTAINABLE DEVELOPMENT OF REGIONS

Abstract. Our country is paying special attention to the modernization of the system of socio-economic and ecological spheres. The government of the Republic of Uzbekistan adopted a number of laws, decrees and laws aimed at developing the field of ecology, preventing and reducing the scope of environmental problems, which, in turn, are of great importance in the sustainable development of the field of ecology in the country and improvement of the current environmental situation. The article talks about the ecological reforms carried out in the country, the economic and ecological aspects of the development of the ecology of the region.

Key words: Sustainable development, sustainable economic development, social policy, natural resources, national economy, innovation climate, investment climate, financial stability, environmental situation.

Bizga ma'lumki, O'zbekiston Respublikasi 2015 yildan keyingi davrda BMT tomonidan 2030 yilga mo'ljallangan 17 ta maqsad va 169 ta vazifalardan iborat barqaror taraqqiyot dasturini qo'llab-quvvatlab, barqaror rivojlanishning uchta sohalari (iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy) bo'yicha majmuali ishlarni olib borishini ma'lum qilgan.

Ushbu doirada qaraydigan bo'lsak, barqaror rivojlanish konsepsiyasi -kelajak avlod ehtiyojlarini inobatga olgan holda hozirgi zamon kishilik jamiyatining o'zaro uzviy bog'langan ekologik xavfsiz, iqtisodiy ta'minlangan, ijtimoiy muhofazalangan va institutsional birlashgan hayot tarzini shakllantirishni o'z ichiga olgan g'oyalar tizimidir [1].

Hozirda, barqaror taraqqiyot muammosi ikki asosiy yo'nalishda rivojlanmoqda. Birinchisi - bu jamiyatni barqarorlik prinsiplari asosida rivojlantirish maqsadlarini belgilab olish va ularga erishishni ta'minlaydigan shart-sharoitlarni aniqlashdir. Ikkinchisi - barqaror iqtisodiy taraqqiyotni ta'minlovchi omillarni o'rganish: barqaror taraqqiyot parametrlari va omillari aniqlanadi, uning mutanosibligi, shart-sharoitlari, maqbulligi mezonlari aniqlanadi, o'sish imkoniyatlari o'rganiladi.

So'nggi paytlarda mintaqalarni tahlil qilishda, tizimli yondashuvdan foydalanish faollashdi, bu birinchi navbatda, ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik tizimlar sifatida o'rganishda namoyon bo'ladi. Respublika mintaqalarini iqtisodiy-ekologik jihatlarini hisobga olgan holda hududiy rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishning ahamiyati oshib bormoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoev Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga Murojaatnomasida (2023 yil) kelgusi yil uchun rivojlanishning asosiy 6 yo'nalishini belgilab berdi, unda asosiy «...to'rtinchi yo'nalish- ekologiya, ayniqsa, suv masalalari global muammoga aylanib borayotgani b ilan bog'liq» deb ta'kidlab o'tganlar.

Mamlakatimiz mintaqalar barqaror rivojlanishining iqtisodiy jihatlariga e'tibor qaratar ekanmiz, mintaqalarning iqtisodiy salohiyatidagi tafovutlar bir qator ob'ektiv sabablar-bozor islohotlarining dastlabki davridagi mintaqaviy rivojlanish darajasi, mintaqaning investitsion jozibadorligi, iqtisodiy-geografik rivojlanishi, infratuzilmaning rivojlanganlik darajasi, innovatsion salohiyati va boshqa ko'pgina omillar bilan izohlanadi.

Bugungi kunda mintaqalarning barqaror rivojlanishining asosiy yo'nalishlari sifatida quyidagilarni ajratib ko'rsatish mukin: -ijtimoiy siyosat;

-tabiiy resurslar salohiyati va ulardan oqilona foydalanish; -milliy iqtisodiyotni raqobatbardoshligini oshirish; -innovatsion iqlim;

-investitsion iqlim; -moliyaviy barqarorlik.

Mamlakatimizda yuz berayotgan iqtisodiy munosabatlarni isloh qilish va xo'jalik yuritishning yangi bozor sharoitlarining rivojlanish jarayonlari ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish - hududiy iqtisodni boshqarish tamoyil va usullariga yangicha yondashuvni talab etadi.

Respublikamizda 2021 yil atmosferaga chiqarilgan ifloslantiruvchi moddalar miqdori 924 ming tonnani tashkil etgan. Atmosferaga chiqarilgan ifloslantiruvchi moddalar miqdori eng yuqori bo'lgan hududlar sifat ida Toshkent (46,5 foiz) va Qashqadaryo viloyatlari (13,9 foiz) qayd etilgan. Eng kam ulush esa Jizzax (0,4 foiz), Surxondaryo (0,7 foiz) hamda Xorazm viloyatlarida (0,7foiz) qayd etilgan.

O'zbekiston Respublikasi hududlarini ekologik tanglik darajasiga ko'ra quyidagicha xarakterlanadigan zonalarga bo'lish mumkin:

-o'ta keskin ekologik vaziyat - Qoraqalpog'iston Respublikasini o'z ichiga

olgan;

-juda murakkab ekologik vaziyat - Qashqadaryo, Farg'ona, Navoiy va Toshkent viloyatlari;

-o'rtacha ekologik vaziyat - Buxoro, Namangan va Samarqand viloyatlari va Toshkent shahri;

-past darajadagi ekologik vaziyat - Andijon, Jizzax, Surxondaryo, Sirdaryo, Xorazm viloyatlari.

Tabiiy muhitning holatiga alohida mintaqalarning ixtisoslashuvi va respublikaning bir qator o'ziga xos xususiyatlari sezilarli darajada ta'sir qiladi. Ularga quyidagilar kiradi:

-nisbatan kichik, ammo jadal rivojlangan hududda ishlab chiqarish va aholining yuqori konsentratsiyasi (Farg'ona vodiysi);

-suv resurslarining cheklanganligi va sifatsizligi (Orolbo'yi mintaqasi); -hududning katta qismi atmosferaning ifloslanish salohiyati baland bo'lgan zonalarda (Toshkent, Navoiy va boshqa viloyatlar) joylashishi.

Bizga ma'lumki, 2023 yil 14 iyul kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo'shma majlisida SHavkat Mirziyoev qasamyod qabul qildi va O'zbekiston Prezidenti lavozimiga kirishdi. Ushbu yig'ilishda, Prezident ekologiya, atrof-muhitni asrash va suv tanqisligi muammolarining oldini olishga qaratilgan masalalarni ustuvor vazifa sifatida ko'rsatib o'tgani alohida e'tiborga molik [2].

Sababi, bugungi kunda dunyoda yuz berayotgan shiddatli jarayonlar, oziq-ovqat xavfsizligi, iqlim o'zgarishi va ekologiya bilan bog'liq muammolar hamjamiyat oldiga yangidan-yangi vazifalarni qo'ymoqda. Jahon yalpi ichki mahsuloti, aholi sonining o'sishi, insoniyatning atrof-muhitga salbiy ta'siri va global energiya resurslarining cheklanayotgani ekologik muammolarning kuchayishiga sabab bo'lmoqda.

SHuni ham aytib o'tish joizki, so'nggi yillarda mamlakatimizda qabul qilinayotgan aniq maqsad va vazifalarni o'zida jamlagan farmon va qarorlar, tasdiqlangan dasturlar ijrosi doirasida ko'rilgan chora-tadbirlar ijobiy natijalarni bermoqda. Jumladan, Orolbo'yi hududini rivojlantirish bo'yicha Davlat dasturi ishlab chiqildi, O'zbekiston Parij bitimini ratifikatsiya qildi. Orolbo'yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo'yicha ko'p tomonlama sheriklik trast jamg'armasi tashkil etildi, 2030 yilgacha bo'lgan davrda O'zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasi tasdiqlandi.

O'zbekiston "2019-2030 yillar davrida mamlakatning "yashil" iqtisodiyotga o'tish strategiyasi"ni qabul qildi, mamlakatimiz tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasining Orolbo'yi mintaqasini ekologik innovatsiya va texnologiyalar hududi, deb e'lon qilish bo'yicha maxsus rezolyusiyasi qabul qilindi.

SHu o'rinda Prezident o'z nutqida ekologiya va atrof-muhitni asrash, suv taqchilligining oldini olish bundan buyon ham dolzarb vazifa bo'lib qolishini qayd etdi. Xususan, davlat rahbari o'z nutqida "...biz dunyodagi eng katta ekologik ofat - Orol fojiasini bevosita o'z boshidan kechirayotgan xalqmiz. SHuning uchun hozirgi vaqtda respublikamizda bebaho ekologik tizimni saqlash va mustahkamlashga qaratilgan keng ko'lamli dasturlar, jumladan, "Yashil makon" umummilliy loyihasi amalga oshirilmoqda...", deya qayd etdi.

SHunday ekan, mazkur dasturlarni amalga oshirish orqali ekologik muammo va iqlim o'zgarishi sharoitida dunyo hamjamiyatining diqqat markazida bo'lgan Orol dengizining qurigan tubida qo'shimcha 500 ming gektar yashil maydonlarni barpo etish orqali 2026 yil yakuniga qadar ularning umumiy hajmi 2,5 million gektarga yoki hududning 78 foiziga etkazish bilan nafaqat O'zbekistonda, balki mintaqada ekologik barqarorlik tiklanishiga erishish ta'minlanadi.

Hududda Orolbo'yida xalqaro "Yashil iqlim" va Global ekologik jamg'armalarning bioxilma-xillik, iqlim o'zgarishi va tuproq emirilishining oldini olishga qaratilgan dasturlari asosida loyihalarni amalga oshirish ham ekologik muammolar bugungi kunning dolzarb masalasi ekanini tasdiqlab turibdi.

Xulosa qilib aytganda, Prezident nutqidagi ekologiya va atrof-muhit masalasi davlat boshqaruvi organlari, jamoat tashkilotlari va fuqarolarni tabiatni muhofaza qilish, aholining qulay tabiiy muhitda hayot kechirishi uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish, tabiiy resurslardan oqilona va samarali foydalanishga hamda ekologik xavfsizlik muammolarining oldini olishga safarbar qiladi.

Xulosa o'rnida shuni aytish lozimki, mintaqalar barqaror rivojlanishning iqtisodiy-ekologik jihatlari quyidagi maqsadlarda amalga oshirilishi lozim [3]:

-hozirgi va kelajak avlodlar uchun barqaror rivojlanishning teng imkoniyatlarini ta'minlash;

-ishlab chiqarish kuchlarining tuzilishi va joylashishi tabiat rssurslari holati bilan muvofiq kelishini o'z vaqtida ta'minlash;

-ishlab chiqarishni rivojlantirish va joylashtirishning eng samarali yo'nalishlarini belgilash;

-tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni takror ishlab chiqarish bo'yicha tadbirlar tuzilmasini, hajmini va joylashishini asoslash;

-resurslardan foydalanish, ularni asrash, yaxshilash, muhofaza qilishda ilmiy-texnika taraqqiyotining asosiy yo'nalishlarini aniqlash;

-xomashyo va chiqindilardan majmuali foydalanish tadbirlarini asoslash. Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Marg'uba Tursunaliyevna Adilova O'zbekiston mintaqalarini barqaror rivojlantirishning iqtisodiy-ekologik jihatlari. yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz>2023/06/06/...

2. Adilova M.T. Ekologik va iqtisodiy interaktiv xaritalash hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish muammolarini o'rganish vositasi sifatida// «Iqtisodiyot va ta'lim» - T.: 2022 y. №5. 418-426 betlar.

3. Avazbek Xolbekov Ekologiya va atrof-muhitni asrash - dolzarb vazifa. uza.uz>uz/posts/ekologiya-va-atrof-muhitni-asrash...

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.