Научная статья на тему '“YASHIL IQTISODIYOT" VA UNING RIVOJLANISH BOSQICHLARI'

“YASHIL IQTISODIYOT" VA UNING RIVOJLANISH BOSQICHLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
2
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ijtimoiy taraqqiyot / daromad / kapital / iqtisodiy barqarorlik / modernizatsiya / samaradorlik / yashil iqtisodiyot / global / invetitsiya.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Mustafaqulov Yangiboy Bo’riqulovich, Qilichov Sobir Savriyevich

Barqaror rivojlanishning ijtimoiy tarkibi insonga qaratilgan bo'lib, ijtimoiy va madaniy tizimlarning barqarorligini ta’minlashga yo'naltirilgandir. Barqaror rivojlanish konsepsiyasiinson tanlovini kengaytirish asosiy g'oya ekanligiga tayangan holda insonning o'z hayot faoliyatini shakllantirish, qarorlar qabul qilish, ularni amalga oshirish va bajarilishini nazorat qilish jarayonida to'laqonli qatnashishi lozimligini nazarda tutadi.Bu “Yashil” iqtisodiyot asosida amalga oshirilishi muhim omil hisoblanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «“YASHIL IQTISODIYOT" VA UNING RIVOJLANISH BOSQICHLARI»

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

TASHKENT, e-s MAY 2024

"YASHIL IQTISODIYOT" VA UNING RIVOJLANISH BOSQICHLARI

Mustafaqulov Yangiboy Bo'riqulovich1 Qilichov Sobir Savriyevich2

1TAFU "Tarmoqlar iqtisodiyoti" kafedrasi katta o'qituvchisi, Gavhar ko'chasi 1-uy, Tashkent 100149 2TAFU "Tarmoqlar iqtisodiyoti" kafedrasi katta o'qituvchisi, Gavhar ko'chasi 1-uy, Tashkent 100149 yangiboymustafaqulov@gmail.com, qilichovsobir27@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.13341878 Annotatsiya: Barqaror rivojlanishning ijtimoiy tarkibi insonga qaratilgan bo'lib, ijtimoiy va madaniy tizimlarning barqarorligini ta'minlashga yo'naltirilgandir. Barqaror rivojlanish konsepsiyasi inson tanlovini kengaytirish asosiy g'oya ekanligiga tayangan holda insonning o'z hayot faoliyatini shakllantirish, qarorlar qabul qilish, ularni amalga oshirish va bajarilishini nazorat qilish jarayonida to'laqonli qatnashishi lozimligini nazarda tutadi. Bu "Yashil" iqtisodiyot asosida amalga oshirilishi muhim omil hisoblanadi.

Kalit so'zlar: Ijtimoiy taraqqiyot, daromad, kapital, iqtisodiy barqarorlik, modernizatsiya, samaradorlik, yashil iqtisodiyot, global, invetitsiya.

KIRISH

"Yashil" iqtisodiyotni rivojlantirish natijasida iqtisodiy va ekologik komponentlarning atrof-muhitga tashqi ta'siri qiymatini baholashning zarurligi bilan bog'liq yangi g'oyalar va yondashuvlarning shakllanishiga olib keldi. Barqaror iqtisodiy rivojlanishning ijtimoiy va ekologik komponentlari esa avlodlar ichida va avlodlar o'rtasida tenglikni ta'minlash kabi masalalarning dolzarbligini yanada oshirmoqda.

ADABIYOTLAR SHARHI

Mamlakatimizda "Yashil" iqtisodiyot asosida barqaror rivojlanishni ta'minlashda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019 yil 4-oktyabrda tasdiqlangan "2019-2030 yillarda O'zbekiston Respublikasini "yashil" iqtisodiyotga o'tish strategiyasi" muhim dasturiy amal hisoblanadi. "Yashil" iqtisodiyotga o'tishning muhim vazifalari qatoriga iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirish va tabiiy resurslarni oqilona iste'mol qilish kiradi. Ushbu belgilangan maqsadli indikatorlarga texnologiyalarni modernizatsiya qilish va moliyaviy mexanizmlarni rivojlantirish orqali erishiladi.

TADQIQOT METODOLO GIYA S I VA EMPIRIK TAHLIL

Iqtisodiy resurslarning cheklanganligi sharoitida "Yashil" iqtisodiyotga o'tish zaruriyati asoslangan. Xalqaro tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan "Yashil" iqtisodiyotga o'tish tamoyillari va amalga oshirish dastaklari qiyosiy tahlil etilgan. "Yashil" iqtisodiyotning axborot resurslari va "Yashil" iqtisodiyot uchun inson kapitalini rivojlantirishning dolzarb masalalari tadqiq qilingan.

TAHLIL VA NATIJALAR

"Yashil texnologiyalar"ni joriy etishning institutsional asoslarini rivojlantirish. Jumladan, texnologik ehtiyojlarni baholash, ustuvor vazifalarni belgilash va eng muhim texnologiyalarni tanlash, ularni ishlab chiqish transferga ko'mak berish zarur. "Yashil texnologiyalar"ni tijoratlashtirish mexanizmlarini rivojlantirish, innovatsion faoliyatni qo'llab-quvvatlash uchun tashkiliy tuzilmalar - texnologiyalarni yetkazib berish agentliklari, texnologik biznes-inkubatorlar, texnoparklar, klasterlar yaratish lozim.

2030 yilgacha bo'lgan davrda strategiyani amalga oshirish jarayonida yalpi ichki mahsulot birligiga issiqxona gazlarining solishtirma chiqindilari 2010 yil darajasidan o'n foizga kamayadi, aholi va iqtisodiyot tarmoqlarining yuz foizga qadar zamonaviy, arzon va ishonchli elektr ta'minotidan foydalanish ta'minlanadi. Ekologik jihatdan yaxshilangan motorli yoqilg'i va avtomobil ishlab chiqarish hamda ulardan foydalanish ken- gaytiriladi, elektr transporti rivojlanadi1.

Barqaror rivojlanish konsepsiyasiga nisbatan iqtisodiy yondashuvga Y.R.Lindal va J.R.Xikslar asos solishgan2. Xiks-Lindal yalpi daromadlarning maksimal oqimi nazariyasiga muvofiq daromad yalpi kapitalni saqlab qolgan holda yaratilishi zarur. Bunda cheklangan resurslar va ekologik (tabiiy resurslar, energiya va materiallarni tejovchi) texnologiyalardan oqilona foydalanish, ekologik mahsulotlar yaratish, chiqindilarni boshqarish nazarda tutiladi. Ushbu masalani hal etishdagi bosh muammo qaysi kapital (jismoniy, tabiiy yoki inson kapitali) saqlanib qolishi va turli xil kapital turlari qanchalik o'zaro o'rin almashinishi hamda ushbu aktivlar (ekologik resurslar) qiymatini baholash muammosi hisoblanadi. Natijada iqtisodiy barqarorlikning quyidagi ikki turi paydo bo'ldi:

• kuchsiz - vaqt bo'yicha kamaymaydigan tabiiy va jamg'arilgan kapital iqtisodiy barqarorlik;

• kuchli - tabiiy kapitalning kamaymasligiga (qayta tiklanmaydigan resurslarni sotishdan tushgan foy- daning bir qismi tiklanadigan tabiiy kapital qiymatini oshirishga yo'naltirilishi zarurligiga) asoslangan iqtisodiy barqarorlik.

Barqaror rivojlanishni ta'minlash borasidagi xalqaro amaliy faoliyat BMT tashabbusi bilan ilgari surilgan. 2000 yilda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan Ming yillik rivojlanish maqsadlari qabul qilindi va 2015 yil qo'yilgan maqsadlarga erishishni hisoblash yili sifatida

1 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-oktyabrdagi "2019-2030-yillar davrida O'zbekiston Respublikasining "yashil" iqtisodiyotga o'tish strategiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PQ-4477son Qarori

2

ttps://www.researchgate.net/publication/301638196_The_concept_of_ sustainable development as a methodolog ical_base_to_

form_strategy_for_enterprises_of_oil_complex

. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of THE 21ST CENTURY

TASHKENT. 0-8 MAY 2024

belgilab olindi. 2012 yilda BMTda Ming yillik rivojlanish doirasida amalga oshirilishi yakunlanmay qolgan maqsadlarga erishish uchun jahon hamjamiyatini 2015 yildan keyingi rivojlanish maqsadlarini belgilab olish zaruriyati ta'kidlandi. Shu tarzda, BMTning 2012 yili barqaror rivojlanish mavzusida o'tkazilgan "Rio+20" Konferensiyasida dunyo mamlakatlari rahbarlari Barqaror rivojlanish maqsadlarini (Sustainable Development Goals (SDGs)) ishlab chiqishga kelishib oldilar.

Barqaror rivojlanish maqsadlari har bir inson uchun farovon turmush tarzini yaratishga xizmat qiluvchi iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik ko'rsatkichlarni o'z ichiga oladi. Ushbu maqsadlar BMTga a'zo barcha davlatlar tomonidan 2015-2030 yillarda amalga oshirilishi kun tartibiga kiritilgan.

"Yashil" iqtisodiyotga o'tish konsepsiyasi o'z rivojlanish tarixiga ega va quyidagi bosqichlarga bo'linadi.

Birinchi bosqich - 1950-1960 yillar iqtisodiyotning atrof-muhit va insonga salbiy ta'sirini anglab yetish davri hisoblanadi. Bu davrda iqtisodiy rivojlanish va atrof-muhitning degradatsiyalashuvi o'rtasidagi bog'liqlik to'liq anglab yetilgan bo'lsa-da, ekologik muammolar iqtisodiy rivojlanish jarayonida tabiatni muhofaza qilish zarurligini e'tiborga olish bilan cheklanib qolgan.

Bu davrda atrof-muhitning degradatsiyalashuviga bag'ishlangan qator xalqaro anjumanlar o'tkazildi. Jumladan, 1955 yilda dunyoning yirik shaharlarida zaharli gazlardan o'lim holatlarining ko'payishi atmosfer- aning ifloslanishiga bag'ishlangan birinchi xalqaro konferensiya o'tkazildi. Xalqaro darajada muvofiqlashtirish va kelishuvning yo'qligi, biznes va atrof-muhit muhofazasi borasidagi vazifalarning bir biriga to'g'ri kelmasligi xalqaro miqyosda ekologik kuchlarni to'liq ishga solish imkonini bermas edi. BMT Bosh Assambleyasi1962-yil 18-dekabrda "Iqtisodiy rivojlanish va tabiatni muhofaza qilish" (1831(XVII) to'g'risidagi rezolyusiyasini qabul qildi3.

Ikkinchi bosqich - 1960-1970 yillarni o'z ichiga oladi. Ushbu bosqichda barqaror iqtisodiy rivojlanish tufayli tabiiy resurslardan jadal sur'atlarda intensiv foydalanish va atrof-muhitni ifloslantirish iqtisodiyotning moddiy-re- surs bazasini izdan chiqarishi va inson turmush farovonligining pasayishiga olib kelishi to'g'risidagi bahs-munozalar kuchaydi. Muhokamalardagi bosh g'oya - tabiiy resurslarni va inson uchun qulay atrof-muhitni saqlab qolish maqsadida tejamkor (ratsional) iqtisodiyotni shakllantirishdan iborat edi.

Uchinchi bosqich - 1980-1990 yillar. Ushbu davr rivojlangan mamlakatlarda "yashil" texnologiyalarni jadal sur'atlarda rivojlanish bosqichi bo'lib, ekologik modernizatsiya g'oyasi ilgari surildi. Mazkur g'oyaning asosiy mazmuni iqtisodiy o'sish va sanoatning rivojlanishi ekologik jihatdan moslashishi iqtisodiyot nuqtayi nazaridan maqsadga muvofiq ekanligi bilan

3 https://www.un.org/ru/ga/17/docs/17res.shtml

izohlanadi. Ushbu davrda mutaxassislar o'rtasida barqaror rivojlanish kon- sepsiyasi shakllana boshladi.

To'rtinchi bosqich - 2000-2010 yillar. Barqaror rivojlanish konsepsiyasining xalqaro va milliy qonun-chilikda, biznes-muhitda, ommaviy axborot vositalarida qayd etilishi va mustahkamlanishi. Global moliyaviy iqtisodiy inqiroz xalqaro iqtisodiy tizimlarning beqarorligi muammosini yangicha talqin etishga undadi.

Hozirgi vaqtda "Yashil" iqtisodiyot masalalari bilan BMT huzuridagi turli tashkilotlar va qo'mitalar shug'ullanadi. Ular jumlasiga BMT Iqtisodiy va ijtimoiy masalalari bo'yicha departament (UN DESA), "Yashil" iqtisodiyot tashabbusi (GEI), "Yashil" iqtisodiyot bo'yicha masalalarni tartibga solish guruhlarini kiritish mumkin. Jumladan, GEI o'z faoliyatini 2008 yilda boshlagan bo'lib, BMT tizimidagi yigirmaga yaqin tashkilot, muassasalarni bir lashtiradi.

"Yashil" iqtisodiyotni rivojlantirishga bag'ishlangan ilk ilmiy tadqiqotlar XX asrning 70-yillaridan boshlangan. Jumladan, 1972 yilda Stokgolmda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va ekologiya muammolariga bag'ishlangan xalqaro konferensiyada atrof-muhitni saqlab qolish va rivojlantirishga qaratilgan 20 tadan ortiq tamoyil ishlab chiqildi4.

"Yashil" iqtisodiyotga o'tishning dolzarbligi va zarurligi quyidagi omillar bilan belgilanadi:

• atrof-muhitning ifloslanishi va tabiiy resurslar tugashining salbiy oqibatlarini kamaytirish maqsadida iqtisodiyotda texnologik modernizatsiyalashni amalga oshirishni zarurligi;

• uglevodorod xom-ashyosi va uning pirovard mahsulot qiymatidagi ulushiga bog'liqligini qisqartirish asosida iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirish;

• katta multiplikativ samaraga ega bo'lgan yuqori texnologiyali tarmoqlarni yangilash imkonini beruvchi yashil innovatsiyalarni qo'llash;

• past uglerodli iqtisodiyotga o'tish jarayonida uglevodorodga bog'liqlikni qisqartirish.

Yuqorida qayd etilganidek, jahonda "Yashil" iqtisodiyotni rivojlantirish tashabbusi 2008 yilda UNEP tomonidan ilgari surilgan bo'lib, quyidagi umumiy tamoyillarga asoslanadi:

• ekologiya bilan bog'liq muammolarni milliy va xalqaro darajada baholash va birinchi kun tartibiga aylan- tirish;

• "yashil" ishchi o'rinlarni yaratish hisobidan aholi bandligini ta'minlash va tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqish;

• barqaror rivojlanishga erishish uchun bozor mexanizmidan foydalanish.

"Yashil" iqtisodiyot konsepsiyasi quyidagi aksiomalarga tayanadi5:

4 Декларация Конференции ООН по проблемам окружающей человека среды от 16.06.1972 // Консултант плюс 4012.00.32 2002-2013.

5 Ващалова Т. В. Экологические основы

природоползования. Устойчивое развитие: учебное пособие. -М.: Юрайт, 2020. С. 56.

18 Towards a Green Economy: Pathways to

Sustainable Development and Poverty Eradication // UNEP's

. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of THE 2IST CENTURY

TASHKENT. 0-8 MAY 2024

a) cheklangan muhitda ta'sir doirasini cheksiz kengaytirishning mumkin emasligi;

b) resurslar cheklanganligi sharoitida o'sib borayotgan ehtiyojlarni qondirish imkoniyatining mavjud emasligi;

d) Yer sharida barcha narsalarning o'zaro bog'liq ekanligi.

UNEP mutaxassislari "Yashil" iqtisodiyot tarmoqlarini ikki guruhga ajratishadi: a) xom-ashyo qazib chiqarish, qishloq xo'jaligi, baliqchilik, o'rmon va suv resurslarini boshqarish, ya'ni "tabiiy kapital" bilan bog'liq tarmoqlar; b) energetika, qayta ishlash sanoati, mashinasozlik, transport va qurilish, ya'ni "energiya va resurs samaradorligini oshirish" bilan bog'liq tarmoqlar6.

Iqtisodiy adabiyotda "yashil" iqtisodiyotni rivojlantirishning quyidagi yo'nalishlari ajratiladi12:

Tiklanadigan energiya manbalarini o'zlashtirish. Energetika sektori iqlim o'zgarishlariga jiddiy ta'sir ko'rsat- uvchi soha hisoblanadi va atmosferaga issiqxona gazlarini chiqarish miqdorining 60%ga yaqini ushbu sektor hissasiga to'g'ri keladi. Tahlillar ko'rsatishicha, yer sharida istiqomat qiluvchi aholining har beshtasidan biri yoki

1,2 mlrd. kishi elektr energiyadan foydalanish imkoniyatidan mahrum. 2,8 mlrd. kishi esa ovqat tayyorlash va yashash joyini isitish uchun daraxt, ko'mir va hayvonlar axlatidan foydalanishadi. Bu esa uy havosining buzilishi oqibatida har yili 4 milliondan ortiq kishining o'limiga sabab bo'lmoqda. Dunyo mamlakatlari "yashil energetika" sohasini rivojlantirish uchun zarur infratuzilmani shakllantirishga sarflanayotgan yillik investitsiyalar miqdorini 2030 yilga qadar hozirgi 400 mlrd. dollardan 1,25 trln. dollarga qadar oshirishlari zarur bo'ladi7.

Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish. Hozirgi vaqtda rivojlangan mamlakatlarda har kuni aholi jon boshiga 1 kg.dan 3 kg.gacha qattiq maishiy chiqindilar ishlab chiqarilmoqda. AQShda ushbu ko'rsatkich har 10 yilda 10 % ga ortib bormoqda. Rossiyada esa chiqindilar to'planadigan maydonlar 2 ming kv. km.dan ortiq maydonni tashkil etadi8. Shu bilan bir vaqtda chiqindilarni oqilona boshqarish tizimini yaratish jiddiy iqtisodiy dividend keltirishi mumkin. Jumladan, Buyuk Britaniyada 2005-2010

Green Economy Initiative. Website. 2011. 2 December. URL: http://

www.unep.org/greeneconomy/Portals/88/documents/ger/ger final dec 2011/Green%20 EconomyReport_Final_Dec2011 .pdf

6 Иванова Н. И., Левченко Л. В. "Зеленая" экономика: сущност, принципы и перспективы. //Вестник Омского университета. Серия "Экономика". 2017. № 2 (58) С. 2021.

7

https://www.un.org/ru/development/devagenda/pdf/Russ ian Why it matters Goal 7 Clean Energy.pdf

8 Корнилов А. М. Зарубежный опыт управления отходами // Вторичное сыре. - URL : http://www.recyclers.ru/modules/section/ item.php?itemid=56.

yillarda maxsus dasturlar doirasida 7 mln. tonna chiqindi qayta ishlangan va ulardan ikkilamchi marta foydalanilgan. Bu esa 6 mln. tonna issiqxona gazlarini atmosferaga chiqarish, 10 mln. tonna birlamchi materiallar va 10 mln. litr suvni tejash imkonini berdi. Ushbu sohada 8 700 nafar ishchi o'rinlari yaratilgan9.

Suv resurslarini boshqarish tizimlarini takomillashtirish. Yer sharida har oltinchi kishi ichimlik suvi yetish- masligidan aziyat chekmoqda10. Iqlim o'zgarishi, suvning global tabiiy aylanishining faollashuvi natijasida iqlimi nam hududlarda namgarchilik darajasi yanada oshib borayotgan bo'lsa, iqlimi quruq mintaqalarda qurg'oqchiliklar avj olmoqda. Hozirgi vaqtda 3,6 mlrd. kishi (yer shari aholisining deyarli yarmi) yiliga bir oydan kam bo'lmagan muddatda suv tanqisligi kuzatiladigan hududlarda yashaydi va 2050 yilga qadar ushbu ko'rsatkich 4,8 mlrd. kishidan 5,7 mlrd. kishigacha ortishi mumkin11.

"Sof", "barqaror" yoki "yashil transport"ni rivojlantirish. UNEP aholining umumiy harakatiga ziyon yetka- zmasdan transportga, avvalo xususiy transport vositalariga bo'lgan talabni qisqartirish ustida tadqiqotlar olib bormoqda. "Yashil transport" deganda atrof-muhitga salbiy ta'sirni kamaytiruvchi harakatlanishning har qanday usuli yoki tashkiliy shakli tushuniladi. Yashil transportga piyoda va velosipedda harakatlanish, ekologik avto- mobillar, jamoat transportga qulay o'tish zonalarini loyihalashtirish, tejamkor, sog'lom turmush tarzini targ'ib qiluvchi va yashash maydonini saqlab qolishga ko'maklashuvchi shahar transport tizimlarini kiritish mumkin.

Transport tizimlari atrof-muhitga jiddiy salbiy ta'sir ko'rsatadi, jahon energiyasi iste'moli va issiqxona gazlarining 20-25 % i bevosita to'g'ri transport hissasiga to'g'ri keladi12. 2050 yilga borib jahon avtoparkining soni uch baravarga ortishi kutilmoqda. Shu sababLI UNEP tashkiloti "Xalqaro avtomobil federatsiyasi" va IHTTning Xalqaro transport forumi hamkorligida "50 yilga qadar 50 foiz" tashabbusini ilgari surdi. Ushbu tashabbusdan maqsad 2050 yilga qadar jahon avtoparkining samaradorligini 50 % ga oshirish hisoblanadi13. Toshkent shahrida atmosferaga chiqarilayotgan issiqxona gazlarining 90 % avtotransport hissasiga to'g'ri keladi. Toshkentda avtotransport vositalari tomonidan chiqarilayotgan zaharli moddalar miqdori yiliga 395 ming tonnani tashkil etadi. Ushbu zaharli moddalar miqdori 2018

9 http ://web. unep. org/newscentre/smarter-use-resources-can-add-2-trillion-annually-global-economy

10 Кушнаренко А. Дефицит пресной воды: проблемы и способы решения // The WALL magazine. - URL : http://thewallmagazine. ru/lack-of-fresh-water/

11 Всемирный доклад Организatsiи Объединенных HatsM о состоянии водных ресурсов, 2018 г.: Природные решения проблем управления водными ресурсами. Рабочее резюме http://unesdoc.unesco.org/images/0026/002615/261594r.pdf

12 Transport Technologies and Policy Scenarios to 2050. -World Energy Council, 2007. - ISBN 0946121281.

13 http://www.unepcom.ru/unep/gei/219-grn-transport.html

. PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE

55 USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF

I Li I ™ ^ЭТ CENTURY

TASHKENT, 6-8 MAY 2004

yilda O'zbekiston bo'yicha 2 mln. 449 ming tonnani tashkil etgani holda, avtotransport ulushi 60 % ga teng bo'ldi. Bu ko'rsatkich jahonda belgilangan andozadan 3 marta yuqori hisoblanadi14.

Ekotizimlarni saqlab qolish va boshqaruv samaradorligini oshirish. Inson faoliyatining barcha turlari biomuhitning o'zgarishiga olib kelmoqda. Ushbu o'zgarishlarning yo'nalishi va miqyosini "ekologik inqiroz", deb baholash mumkin. BMT ma'lumotlariga ko'ra, yer shari quruqlik qismining 30,7 % o'rmonlar bilan qoplangan. O'rmonlar oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash bilan bir vaqtda iqlim o'zgarishining oldini olishda muhim ahamiyatga ega. Insoniyat har yili 13 mln. gektar o'rmonzorlarni yo'qotmoqda, yerlarning muntazam ravishda degra- datsiyalashuvi esa 3,6 mln. gektar yer maydonining cho'llashuviga olib keldi. Dunyoda ma'lum 8 300 turdagi hayvonlarning 8,0 % yo'q bo'lib ketgan bo'lsa, 22,0 % yo'qolib ketish arafasida, 80 ming turdagi daraxtlarning bor-yo'g'i 1,0 % ga yaqini potensial foydalanish nuqtayi nazaridan o'rganilgan15.

"Yashil texnologiyalar"ni yaratish va sotish bozorlarini rivojlantirish. Ba'zi hisob-kitoblarga ko'ra, 2025 yilga borib jahondagi ekologik toza asbob-uskunalar bozori 4,4 trln. yevro (taxminan 6 trln. doll.)ga tenglashadi. Ushbu bozorning har yili o'rtacha 30 % ga o'sayotganligi va jahon yalpi ichki mahsulotiga qo'shayotgan hissasi 6-7 % ga qadar ortayotganligi kuzatilmoqda16.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, "Yashil" iqtisodiyotni rivojlantirishda quyidagi vazifalarni hal etish maqsadga muvofiq17:

"Yashil" iqtisodiyot konsepsiyasini mavafaqqiyatli amalga oshirishdagi bosh muammo "Yashil" iqtisodiyot tushunchasini energiya va resurslarni tejaydigan samarali texnologiyalar, muqobil energetikani rivojlantirishga qo'shimcha investitsiyalar yo'naltirish yoki "yashil o'sish" sifatida soddalashtirish hisoblanadi;

• "Yashil" iqtisodiyotga o'tish zarurligini ilmiy asoslashning murakkabligi, ekologik muammolarni progno- zlashning yuqori darajada noaniqligi ushbu konsepsiyani tushunarli, sodda tarzda tushuntirishda qiyin- chiliklar tug'diradi. Jumladan, issiqxona gazlarini atmosferaga chiqarish muddati va darajasini pasayti-rish bo'yicha yagona kelishuv mavjud emas. Issiqxona gazlarini atmosferaga chiqarish hajmi esa ortib bormoqda;

• "Yashil" iqtisodiyot barqaror rivojlanish o'rnini bosa olmaydi, "Yashil" iqtisodiyot barqaror rivojlanishga erishishga xizmat qiluvchi mezon hisoblanadi;

• barqaror rivojlanish iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik komponentlarni yaxlit, o'zaro bog'liqlikda rivojlantir-ishni taqozo etadi;

14 https://www. gazeta.uz/ru/2019/08/12/air-pollution/

15 https://www.un.org/sustainabledevelopment/biodiversity/

16 Порфирев Б. "Зеленая" экономика: реалии, перспективы и пределы роста // Фонд Карнеги за международный мир. - URL : http://carnegieendowment.org/files/WP Porfiriev web.pdf

17 Mualliflar fikri

• "Yashil" iqtisodiyotga o'tish jarayoni har bir mamlakat uchun alohida ahamiyat kasb etib, tabiiy kapital, inson kapitali va mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi kabi xususiyatlarga bevosita bog'liq holda sodir bo'ladi.

Fikrimiz so'ngida shuni aytish joizki, "Yashil" iqtisodiyot bugungi kun uchun nafaqat ishlab chiqarish, qolaversa aholi turmush tarzi uchun ham eng muhim iqtisodiyot hisoblanadi. Uning rivojlanish bosqichlari ham "Yashil" iqtisodiyotning muhimligidan dalolat berib turibdi.

ADABIYOTLAR:

[1] Eason, B. Noble, and I.N. Sneddon, "On certain integrals of Lipschitz-Hankel type involving products of Bessel functions," Phil. Trans. Roy. Soc. London, vol. A247, pp. 529-551, April 1955.

[2] J. Clerk Maxwell, A Treatise on Electricity and Magnetism, 3rd ed., vol. 2. Oxford: Clarendon, 1892, pp.68-73.

[3] I.S. Jacobs and C.P. Bean, "Fine particles, thin films and exchange anisotropy," in Magnetism, vol. III, G.T. Rado and H. Suhl, Eds. New York: Academic, 1963, pp. 271-350.

[4] K. Elissa, "Title of paper if known," unpublished.

[5] R. Nicole, "Title of paper with only first word capitalized," J. Name Stand. Abbrev., in press.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

[6] Y. Yorozu, M. Hirano, K. Oka, and Y. Tagawa, "Electron spectroscopy studies on magneto-optical media and plastic substrate interface," IEEE Transl. J. Magn. Japan, vol. 2, pp. 740-741, August 1987 [Digests 9th Annual Conf. Magnetics Japan, p. 301, 1982].

[7] O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4-oktyabrdagi "2019-2030 yillar davrida O'zbekiston Respublikasi-ning "yashil" iqtisodiyotga o'tish strategiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PQ-4477son qarori.

[8] O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 20-oktyabrdagi "2030 yilgacha bo'lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 841-sonli qarori.

[9] Jonathan M. Harris. Sustainability and Sustainable Development. International Society for Ecological Economics. P. 1.

[10] Глобалный "зеленый" новый курс : доклад УНЕП / УНЕП. - 2009. - март. -42 c - URL:

[11] Декларация Конференции ООН по проблемам окружающей человека среды от 16.06.1972 // Консултант плюс 4012.00.32 2002-2013.

[12] Ващалова Т. В. Экологические основы природоползования. Устойчивое развитие: учебное пособие. -М.: Юрайт, 2020. С. 56.

[13] Иванова Н. И., Левченко Л. В. "Зеленая" экономика: сущност, принципы и перспективы. //Вестник Омского университета. Серия "Экономика". 2017. № 2 (58) С. 20-21.

[14] Корнилов А. М. Зарубежный опыт управления отходами // Вторичное сыре. - URL :

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS ID THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

Tashkent«, may jo« www.in~academy.uz

http ://www. recyclers.ru/mod-ules/section/item.php?itemid=56.

[15] http://web.unep.org/newscentre/smarter-use-resources-can-add-2-trillion-annually-global-economy

[16] Кушнаренко А. Дефицит пресной воды: проблемы и способы решения // The WALL magazine. - URL : http:// thewallmagazine.ru/lack-of-fresh-water/.

[17] Всемирный доклад Организatsiи Объединенных Hatsrn о состоянии водных ресурсов, 2018 г.: Природные решения проблем управления водными ресурсами.

[18] Рабочее резюме http://unesdoc.unesco.org/images/0026/002615/261594r .pdf.

[19] Transport Technologies and Policy Scenarios to 2050. - World Energy Council, 2007. - ISBN 0946121281.

[20] Порфирев Б. "Зеленая" экономика: реалии, перспективы и пределы роста // Фонд Карнеги за международный мир. - URL : ttp://camegieendowment.org/files/WP_Porfinev_web.pd f

[21] 15.Mualliflar fikri.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.