International scientific journal "Interpretation and researches"
Volume 2 issue 18 (40) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA GENDER TENGLIGI
Hazratqulova Shahlo Toyir qizi
Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali "Iqtisodiyot" yo'nalishi 2-bosqich talabasi
hazratqulovashahlo61 @gmail.com O'zbekiston Respublikasida gender tengligi
Annotatsiya: Tezisda O'zbekistonda ayol va erkaklarning huquqiy jihatdan tengligi ko'rsatib o'tiladi. Ya'ni har bir ayol erkaklarga bo'lgan barcha huquqlardan keng miqyosda foydalanadi. Jamiyatda erkaklar va ayollar o'rtasidagi teng huquqlarga erishishni nazarda tutadigan tu-shuncha va boshqa munosabatlar.
Kalit so'zlar: "Gender tengligi", "patriarxal" tizim, "gender tengsizligi", huquq, qonun, postulat, kontseptsiya, fiziologik, stereotip, sotsiologiya, psixika, reabilitatsiya.
O'zbekiston Respublikasida gender tengligi - gender tengligi va jinsiy tenglik aniqrog' qilib aytganda; erkaklar va ayollar o'rtasidagi tenglik - bu oilada va jamiyatda erkaklar va ayollar o'rtasida teng huquqlarga erishishni nazarda tutadigan tushuncha va boshqa qonuniy muno-sabatlar.Ba'zi tadqiqotchilarning fikriga ko'ra gender tengligi -bu patriarxal tizimdan keyingi ijtimoiy - jinsiy munosabatlarning keyingi bosqichi.Gender tengligi tamoyili insonning shaxs sifatida paydo bo'lishiga to'sqinlik qiladigan barcha ijtimoiy to'siqlarni o'rganish va yo'q qilish, shuningdek,hayotning barcha sohalarida erkaklar va ayollar shaxsiyatini anglash uchun teng ijtimoiy imkoniyatlarni yaratishdan iborat. O'zbekistonda gender tengligi ko'rsatkichi 2019-yil-dan boshlab qatnashishni boshladi. 2019-holatiga bo'yicha O'zbekistonda gender tengligi ko'rsatkichi ro'yxatdagi 189 mamlakat ichida 62-o'rinni egallaydi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Aholishunoslik bo'yicha (UNFPA) ekspertlarning fikriga ko'ra O'zbekistonda 100000 dan ayol gender tengsizligi tufayli vafot etishi va 15-19 yoshdagi har ming o'spirin qiz uchun tug'ish ko'rsatkichi 23,8 ni tashkil qiladi3. Gender tengligi ko'rsatkichi ro'yxati bo'yicha 62-o'rinda O'zbekiston bilan bir qatorda Kosta-Rika va Urugvay ham 0,288 ko'rsatkichi bilan qayd etilgan. O'rta Osiyo davlatlari o'rtasida Qozog'iston 44-chi, Qirg'iziston 82-o'rinda, Tojikiston 70-o'rinlarni egallashgan, Turkmanistonda esa bu ro'yxatdan hech qanday ma'lumot ko'rsatilmagan4 O'zbekistonda 2019-yil 2-sentabrda 562- sonli O'zbekiston Respublikasi "Xotin -qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida"gi Qonuni qabul qilingan.5 O'zbekistonda gender tengligi bo'yicha Komissiya 2019-yildan boshlab ish yuritib kelinmoqda. Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbaeva O'zbekiston Respublikasi gender tenglikni taminlash
masalalari bo'yicha komissiyasining raisi hisoblanadi. Norvegiyada teng imkoniyatlar loyihalarni moliyalashtiradigan Shimoliy Gender tengligi instituti (1970-yilda Shimoliy Vazirlar kengashi ko'magida tashkil etilgan )
mavjud. Gender tengligiga kontseptsiyani tanqid qiluvchilar asosiy postulatlarni keltirib, tenglik tushunchasi hamma uchun teng imkoniyatlar berish deb ta'kidlaydilar. Gender tengligi kontseptsiyasini tanqid qiluvchilar buni deyarli imkonsiz deb bilishadi, chunki "erkak va ayol bir biridan farq qiladi va nafaqat fiziologik baloni ruhiy jihatdan ham " 7 va shuning uchun "tenglik" haqida gap borganda "hech qanday gap bo'lishi mumkin emas", chunki jamiyat erkaklarni ayollar sevadigan ishlariga majbur qilsa ( do'konlarga borish, kiyim-kechak sotib olish, yuzlarini kosmetika bilan bezash, bolalarga g'amxo'rlik qilish, uyni shinam qilish ) ular baxtli bo'lolmaydi. Ayol, o'z navbatida, jamiyat faqat uni erkaklar ishini bajarishga majbur qilsa: baxtli bo'lmaydi: "o'tin kesish, mashinalarni tamirlash, buldozer haydash" .Biroq gender tengligi nazariyasining tarafdorlari, bu fikr ko'p avlodlar davomida patriarxal ta'lim va insonlarning ilmga qarshi nazariyalar, stereotiplar, va jamoatchilik fikrlarini idrok etishga katta ta'sirga ega deb ta'kidlaydilar. Ba'zi sotsiologlarning fikriga ko'ra zamonaviy jamiyatda psixika, xulq-atvor motivlari va fikrlash uslubi jinsga bog'liq degan fikr hukmronlik qilmoqda.
Tenglik tushunchasi tanqid qiluvchilar, umuman tushunchani mohiyatini tan olsalar-da, unga yana bir ta'rif berishdi: Gender tengligi-bu ayolning ayol sifatida, erkak esa erkak sifatida rivojlanish imkoniyatdir8.
2015-yilda Pokiston Birlashgan Millatlar Tashkilotining Gender tengligi va ayollarning huquqlarini kengaytirish bo'yicha bo'limi tomonidan hisobot tayyorlanadi9. Bu hisobot "BMT-ayollar" deb tanilgan. Hisobotning markaziy masalalaridan biri ayollarni ish bilan ta'minlash masalasi edi. Hisobot mualliflarining fikriga ko'ra, oliy ma'lumotli ayollar soni tarixiy maksimal darajaga yetganiga qaramay, ularning ish bilan ta'minlanish holati achinarli ko'rinishga ega. Universitetlarni imtiyozli diplom bilan tugatgan yosh qizlar, ayniqsa tibbiyot va matematika kabi fanlardan yosh yigitlarni ortda qolidirishlariga qaramay, ish topa olmaydilar. Hatto ish topishda muvaffaq bo'lganlar ham har doim ham ijtimoiy ijtimoiy ishonchsizlik tufayli o'zlarini ishonchli his qila olmaydilar. Ushbu masala rivojlanayotgan mamlakatlarda ayniqsa dolzarb bo'lib, ularda ayollarning 75 foiz ish o'rinlari, ish beruvchi tomonidan qonuniy majburiyatlari himoyalanmaganini tashkil etadi.
Hisobotda ta'kidlanganidek, rivojlangan mamlakatlarda gender tengligi holati ham ideal darajada uzoq emas. Masalan Shvetsiya va Fransiyada ayollar erkaklarnikiga nisbatan maoshlaridagi farq 31 foizga kam, Germaniyada 49 foizga kamroq Turkiyada esa 75 foizga Hisobot mualliflarining fikriga ko'ra, gender
tengsizligiga qarshi kurashning asosiy choralari butun dunyo bo'ylab ayollarni yaxshi ish joylari bilan ta'minlash huquqi kerak. BMT ma'lumotlariga ko'ra, erkalar va ayollar ish haqidagi farq o'rtacha 37,8 foizni tashkil etadi (bu ko'rsatkich mamlakatlar bo'yicha juda katta farq qiladi - Buyuk Britaniyada 18,1 foizdan Angolada 59,6 foizgacha10
Fursatdan foydalanib, Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil iyun oyidagi Oliy Majlis Senatidagi nutqidan iqtibos keltirishni o'rinli deb bilaman."Men kishilarimizning onggida paydo bo'lgan stereotip ko'p o'ylantiradi. Odatda biz ayollarni birinchi o'rinda ona, oila qo'rg'onining qo'riqchisi sifatida hurmat qilamiz. Bu, shubhasiz, to'g'ri. Ammo bugungi kunda har bir ayol oddiy kuzatuvchi yoki oddiy uydagi qorovul emas balki, mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik o'zgarishlarning faol va tashabbuskor ishtirokchisi ham bo'lishi kerak".
Gender tengligi bo'yicha institutsional choralarga kelsak, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Senati tarkibida ayollar huquqlarini ta'minlash va kamsitishlarning har qanday shakliga barham berish bo'yicha milliy qonunchilikda xalqaro standartlarni uyg'unlashtirish bilan shug'ullanuvchi yanci Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo'mitasi tashkil qilingan. Bundan tashqari mehnatga oid huquqlarining kafolatlari va qo'llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish, uydagi zo'ravonlik qurbonlariga yordam berish maqsadida Zo'rlik ishlatishdan jabr ko'rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o'z joniga qasd qilishning oldini olish respublika markazi va Xotin-qizlar tadbirkorligi markazi Hukumat huzuridagi "Oila" ilmiy-amaliy tadqiqot markazi kabi yangi tuzilmalar tashkil topdi.
Xulosa qilib aytish kerakki, qabul qilingan normativ-me'yoriy hujjatlar va amaliy chora-tadbirlar O'zbekistonning gender siyosati sohasidagi muhim qadamidir va u qonunchilik hamda amaliyotning xalqaro me'yor va standartlariga to'liq mos keladi, shu bilan birga, ularning bir qismi BMTning inson huquqlari bo'yicha idoralari tavsiyalariga asoslangan.
Foydalangan adabiyotlar:
1. Kalabixina Irina Yevgenevna kandidat ekonomicheskix nauk dotsent kafedri narodonaseleniya ekonomicheskogo fakulteta MGU.
2. Kalabixina I.Ye. Kratkiy ponyatiyniy slovar po gendernim isslodovaniyam // Sotsialniy pol: ekonomicheskoe i demograficheskoe povedenie
Uchebnometodicheskie materiali po kursu.M., 1998.
3. Gender tenglik bo'yicha butunjahon statistikasi.
4. Gender tengligi ko'rsatkichi ro'yxati.
5. https://lex.uz/docs/-4494849 Xotin- qizlar teng huquq kafolatlari to'g'risidagi O'RQ-562 02.09.2019
6. Gender tenglik komissiyasi haqidagi rasmiy saytning "Komissiyasi haqida" sahifasi 2021.04.14da asl nusxadan arxivlandi 2021.04.14
7. Savelev S. V. intervyu: ot vesa mozga zavisit besh v ob^estve 8. Aleftina Posternak Ravenstvo mujchin i jen^in. Ye^yo odna
utopiya? (Wayback Machine saytida 2011-10-18 sanasida arxivlangan) // Internetgazeta "Yediniy mir" 08.03.2010
9. Tsentr novostey OON-OON o pravax jen^in: do polnogo gendernogo ravenstva ernyo ochen daleko
10. Perez 2020.