Научная статья на тему 'GENDER TENGLIGI KELIB CHIQISHI VA UNING XALQARO MIQYOSIDAGI AHAMIYATI.'

GENDER TENGLIGI KELIB CHIQISHI VA UNING XALQARO MIQYOSIDAGI AHAMIYATI. Текст научной статьи по специальности «Социологические науки»

CC BY
5
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Ключевые слова
gender / ayollar / jins / intelekt / patriarxal.

Аннотация научной статьи по социологическим наукам, автор научной работы — Davlatjonova Mohidil Ulug’Bek Qizi, Rayimova Farangiz Erkin Qizi

Ushbu maqola orqali O’zbekiston hamda xalqaro doiradagi gender tengligini kelib chiqishi, ahamiyati va ustun tomonlari yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «GENDER TENGLIGI KELIB CHIQISHI VA UNING XALQARO MIQYOSIDAGI AHAMIYATI.»

GENDER TENGLIGI KELIB CHIQISHI VA UNING XALQARO MIQYOSIDAGI

AHAMIYATI.

1Davlatjonova Mohidil Ulug'bek qizi, 2Rayimova Farangiz Erkin qizi

1,2Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.10674347

Annotatsiya: Ushbu maqola orqali O'zbekiston hamda xalqaro doiradagi gender tengligini kelib chiqishi, ahamiyati va ustun tomonlari yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: gender, ayollar,jins,intelekt,patriarxal.

Gender tengligi va jinsiy tenglik, aniqrog'i: erkaklar va ayollar o'rtasidagi tenglik —

bu oilada va jamiyatda erkaklar va ayollar o'rtasida teng huquqlarga erishishni nazarda tutadigan tushuncha va boshqa qonuniy munosabatlar. Ba'zi tadqiqotchilarning fikriga ko'ra , gender tengligi — bu patriarxal tizimdan keyingi ijtimoiy-jinsiy munosabatlarning keyingi bosqichi. Gender tengligi tamoyili insonning shaxs sifatida paydo bo'lishiga to'sqinlik qiladigan barcha ijtimoiy to'siqlarni o'rganish va yo'q qilish, shuningdek, hayotning barcha sohalarida erkaklar va ayollar shaxsiyatini anglash uchun teng ijtimoiy imkoniyatlarni yaratishdan iborat. Biologik jins va ijtimoiy jins differensiyasi 1935-yilda Polineziya orollarida o'smirlarning ijtimoiylashuvini tadqiq etgan amerikalik antropolog Margaret Mid tomonidan tahlil qilingan.

Gender tushunchasi shaxs ijtimoiylashuvi bilan uzviy bog'liq. Insonlar tug'ilishi bilan ijtimoiylashadi, o'zi yashayotgan jamiyatning axloq, fe'l-atvor, xulq me'yorlari, ijtimoiy determinant (lot. determinans -aniqlovchi)larga muvofiq

rivojlanadi, voyaga yetadi va o'zini tutishni o'rganadi. Insonlarga oila, maktab,

professional muhit, ommaviy axborot vositalari, axborot texnologiyalari va madaniy normalar katta ta' sir

ko'rsatadi.

Dunyoda bo'layotgan o'zgarishlar, ayol zotiga nisbatan bo'layotgan zo'ravonlik natijalari hamda ayol intelektining

rivojlanishino hisobg olib gender tenglik masalariga alohida e'tibor qaratildi. Bugungi kunda

ko'plab davlatlarda jins tengligi ta'minlash siyosatning eng birinchi pog'onalaridan joy egallagan.Statistikaga olib qarasak, dunyo bo'ylab ko'pchilik ayollar oilaviy, maishiy va jinsiy zo'rovonliklarga qarshi huquqiy himoyaga muhtoj. Shuningdek, bandlik masalasi ham bir muncha og'riqli nuqtada, dunyoda ba'zi ayolar ham oilani ham farzandini ta'minlashig to'g'ri keladi ammo ularning ishlash jarayonoda ham bir qancha gender tengsizlik mavjud. Jins bo'yicha ish haqida tafovut dunyo miqyosida 23% ni tashkil etadi va qishloq joylarda 40% gacha yetadi. Ayollar dunyo aholisining qariyb yarmini tashkil etsa-da, milliy parlamentlar a'zolarining 18,4% i ayollar hissasiga to'g'ri keladi. Milliy parlamentda ayollarning ulushi o'rtacha 25% dan kam. Dunyo bo'yicha 17 ta davlat yoki hukumat rahbari ayol kishidir. Yevropada yirik kompaniyalarning atigi 3% ini rahbar ayollar boshqaradi [3]. Ayollarga nisbatan zo'rovonlik genderga asoslangan zo'rovonlikning eng jiddiy shakllaridan biridir. Ayollar va qizlar turli xil zo'rovonlik shakllariga duch kelishadi, ya'ni oilaviy zo'rovonlik, jinsiy ta'qiblar, jismoniy, psixologik, iqtisodiy va boshqalar. BMT ma'lumotlariga ko'ra, dunyodagi har beshinchi ayol jismoniy yoki jinsiy zo'rovonlikka uchraydi. Yevropadagi ayollarning 20% dan 50% gacha qismi oilaviy zo'rovonlikdan qiynalishadi. Iqtisodiy tenglikda ham, ya'ni oziq-ovqat mahsulotlarining 50% i xotin-qizlar tomonidan ishlab chiqariladi, ammo ayollarning 1% xususiy mulk egasidir. Dunyo aholisining qashshoq qismining 70% i ayollarga to'g'ri keladi. Qashshoqlashishning eng avvalida ayollar turar ekan bu jamiyatlarning iniroziga olib keladi. Har bir ayolning ehtiyohi, yashash muhitidan kelib chiqib u uchun yetarli shart sharoit bo'lishi eng avvalo uning huquqlari po ymol etilmasligi bugungi davr muammosidir. Hozirgi kunga kelib xalqaro miqyosida bu ko'rsatkichlarni yomon tomonga o'zgarmasligi va gender tenglik masalalariga yanada ko'proq e'tibor qaratish maqsadida ko'plab tashkilotlar, davlatlar o'z faoliytlarini olib bormoqda. Xususan: BMT tomonidan ayollar uchun rasmiy kunlar belgilab qo'yilgan:

1. 11-fevral - Xalqaro ilm-fan bo'yicha ayollar va qizlar kuni.

2. 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni.

3. 9-iyul - Xalqaro zo'ravonlikka qarshi kun.

4. 11-oktabr - Xalqaro qizlar kuni.

5. 15-oktabr - Xalqaro qishloq ayollari kuni.

6. 25-noyabr - Xalqaro ayollarga nisbatan zo'rovonlikni bartaraf etish kuni.

O'zbekistonda ham ushbu masalaga alohida e'tibor qaratilgan. Prezident Shavkat

Mirziyoyev 2019-yil iyun oyida Oliy Majlis Senatida: "Meni kishilarimizning ongida paydo bo'lgan stereotip ko'p o'ylantiradi. Odatda biz ayolni, avvalambor, ona, oila qo'rg'onining qo'riqchisi sifatida hurmat qilamiz. Bu, shubhasiz, to'g'ri. Ammo bugun har bir ayol oddiy kuzatuvchi emas, balki mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik o'zgarishlarning faol va tashabbuskor ishtirokchisi ham bo'lishi kerak", - deb ta'kidlagan. So'nggi yillarda gender tenglikni ta'minlash, ayollarning ijtimoiy va siyosiy hayotdagi rolini oshirish bo'yicha bir necha yo'nalishlarda olib borilmoqda:

• ayollar huquqlari to'g'risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish;

• ayollarni himoya qilishning institutsional asoslarini takomillashtirish;

• aholining gender tenglik va ayollar huquqlari to'g'risida xabardorligini oshirish;

• huquqni qo'llash amaliyotida ularga rioya etilishini ta'minlash uchun mas'ul mansabdor shaxslarni tegishli huquqiy me'yorlar asosida o'qitish. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 46-moddasida "Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar", deb belgilangan.

Demak, gender tengligining ham xalqaro, huquqiy ham konstitutsiyaviy huquqiy asosi kafolatlangan. Gender tengligi ijtimoiy tenglikni ham anglatadi. Abu Ali ibn Sinoning ham oilaviy munosabatlar masalalariga oid qarashlari diqqatga sazovor. Uning "Tadbiri manozil" asarida ayollarning yaxshi xulqli, bilimli, e'tiqodli, uyatchan, sharm-hayoli, jasur, erini qattiq sevadigan, tug'ish va bola tarbiyasi haqida o'ylaydigan, ezma bo'lmagan, eriga itoatkor, xushmuomalali, to'g'ri, kamtar va farosatli, o'z vazifasi va burchini yaxshi biladigan va tejamkor bo'lishi kerakligi haqida fikrlar yuritiladi.

O'zbekiston gender tengligi ko'rsatkichi ro'yxatida 2019-yildan boshlab qatnashishni boshladi. 2019-yil holati bo'yicha O'zbekistonning gender tengligi ko'rsatkichi ro'yxatdagi 189 mamlakat ichida 62-o'rinni egalladi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg'armasi (UNFPA) ekspertlarining fikriga ko'ra,

O'zbekistondagi har 100 000 dan 29 ayol gender tengsizlik tufayli vafot etishi va 15-19 yoshdagi har ming o'spirin qiz uchun tug'ish ko'rsatkichi 23,8 ni tashkil qiladi.*3

Gender tengligi ko'rsatkichi ro'yxati bo'yicha 62-o'rinda O'zbekiston bilan bir qatorda Kosta-Rika va Urugvay ham 0,288 ko'rsatkichi bilan qayd etilgan. O'rta Osiyo davlatlari o'rtasida Qozog'iston 44-chi, Qirg'iziston 82-chi, Tojikiston 70-chi o'rinlarni egallashgan, Turkmanistonda esa bu ro'yxatda hech qanday ma'lumot ko'rsatilmagan.

O'zbekistonda 2019-yil 2-sentabrda 562-sonli O'zbekiston Respublikasi „Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida"gi Qonuni qabul qilingan. O'zbekistonda Gender tenglik bo'yicha Komissiya 2019-yildan boshlab ish yuritib keladi. Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbaeva O'zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta'minlash masalalari bo'yicha komissiyasining raisi hisoblanadi.

Xulosa, Jamiyatda har bir jins vakilining o'z o'rni bor, ularning har birining vazifasi, imkoniyati mavjud. Ba'zi hollarda esa har ikkisining tengsizligi ayniqsa, ayollarning kamsitilishi natijasida ko'plab noxush holatlar namoyon bo'ladi. Jamiyatda har ikki shaxsning ham teng bo'lishi bu ayolning erkak kishidan ustun degani emas faqatgina har ikkisining teng huquqlari borligini isbotlash uchun gender tengligi iborasi jamiyatimizga kirib keldi. Vaholanki har bir ayolning ham o'z kuch irodasi borligi, unga zaif hech bir ishni qilsa olmaydigan shaxs sifatida qaramasligimiz lozim. Ayol bu hayot muvozanatidir. Uning o'rni nafaqat oilada, balki jamiyatda ham aks etadi. Bugun u ham quruvchi ham duradgor ham chegarachidir. Yana bir eng ulug' vazifasi millat farzandlari tarbiyalovchi shaxs. Jamiyatda qancha ular uchun sharoit yaratilar ekan ayollar bu imkoniyatdan samarali foydalana oladi. Gender tengligi ta'minlanishi bu har bir xotin qizlar uchun yana bir ishonch demakdir.

REFERENCE

1. BELARUSIYA DAVLAT UNIVERSITET\PRAVOVIYe GARANTII I RYeALIZATsIYa PRINTsIPOV GYeNDYeRNOGO RAVYeNSTVA\Prakticheskoe posobie\Minsk\Izdatelskiy sentr BGU\2018

2. £ Pol/Gender: sprav. posobie dlya yuristov. Minsk, 2004. S. 11.

3. Slovar gendernix terminov [Elektronniy resurs] / pod red. A. A. Denisovoy; Regio-nalnaya obщestvennaya organizatsiya „Vostok-Zapad: Jenskie Innovatsionnie Proekti". Rejim dostupa: http://www.owl.ru/gender/index.htm. Data dostupa: 09.10.2017; Gendernoe ravenstvo v sfere visshego obrazovaniya: puti i sredstva dostijeniya / I. N. Kandrichina [i dr.]; nauch. red.: V. G. Shadurskiy, L. S. Lukina. Minsk: Yunipak, 2016. S. 6.

4. £ Gender munosabatlar nazariyasi va amali yotiga kirish\Toshkent 2007-yil

5. £ Shtileva, L.V. Faktor pola v obrazovanii: tenderniy podxod i analiz. -M: PYeRSE, 2008. -S. 283-287.

6. 1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 46-moddasi. - Toshkent: "O'zbekiston", 1992.

7. Ибн Сино. "Тадбири манозил". - Душанбе: Ирфон, 1983, 154. - Б. 13-28

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.