Научная статья на тему 'GENDER TENGLIGI'

GENDER TENGLIGI Текст научной статьи по специальности «Социологические науки»

CC BY
38
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
gender tengligi / jamiyat / gender statistikasi / zoravonlik / bezorilik / siyosat / saylov / jinsiy tenglik.

Аннотация научной статьи по социологическим наукам, автор научной работы — Ahmadjonova Sh.Ya., Mamatkarimova H.Sh.

ushbu maqola orqali xotin qizlarning huquq va erkinliklari mustahkamlab qo'yilgan qarorlar bilan,jamiyatda ayollarga bolgan munosabatlar hamda davlat boshqaruvida ayollarning orni va ro'li bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «GENDER TENGLIGI»

Ahmadjonova Sh. Ya.

Andijon viloyatyuridik texnikumi mutaxasislik fani o 'qituvchisi 3-darajali yurist

Mamatkarimova H.Sh.

Andijon viloyat yuridik texnikumi Sudhuquqiy faoliyatyo'nalishi 1-bosqich o'quvchisi

GENDER TENGLIGI

Annotasiya: ushbu maqola orqali xotin qizlarning huquq va erkinliklari mustahkamlab qo'yilgan qarorlar bilanjamiyatda ayollarga bolgan munosabatlar hamda davlat boshqaruvida ayollarning orni va ro'li bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

Kalit sozlar: gender tengligi, jamiyat, gender statistikasi, zoravonlik, bezorilik, siyosat, saylov, jinsiy tenglik.

Ahmadjonova Sh. Ya. Andijan regional legal technical school specialist subject teacher, 3rd level lawyer Mamatkarimova H.Sh. student of the 1st stage of judicial legal activity Andijan regional legal technical school

GENDER EQUALITY

Annotation: in this article, you can identify women with decisions that strengthen women's rights and freedoms, relationships with women in society, and the role and role of women inpublic administration

Keywords: society, gender ststistics, violence, bullying, politics, election, gender equality.

Yillar davomida ayollar zo'rliklar va ta'zyiqlar natijasida qiylanib kelmoqda. Hamma ayollarga ojiza sifatida, hech narsaga kuchi yetmaydi, davlat boshqaruvini ayollar eplay olmaydi deb bilishadi. Ammo bunday davrlar tugadi.Bilamizki bugun butun dunyoda bir jumla keng rivojlanmoqda gender tengligi. Hozirda rivojlanib borayotgan O'zbekistonda ham bu jumlaga e'tibor kuchaytirildi.

Gender tengligini rivojlantirish maqsadida Xotin-qizlar huquqlarini kamsitilishini barcha shakllariga barham berish to'g'risidagi, Xotin qizlarning siyosiy huquqlari to'g'risidagi,Bir xil qiymatga ega bo'lgan mehnat uchun erkaklar va xotin qizlarni rag'batlantirish to'g'risidagi,Onalikni muhofaza qilish to'g'risidagi 2030 yilga qadar mo'jjallangan strategik dasturi ishlab chiqildi.

Bundan tashqari Ilk bor O'zbekiston tarixida 2019-yil 2-sentabrda 562-sonli qarori bilan "Xotinqizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida"gi [1] va "Xotin-qizlarni tazyiq va zoravonlikdan himoya qilish" [2] to'g'risidagi qonunlar qabul qilindi.Ushbu qonunda ayollarga munosib hayot ta'minlab berish, ularni munosib turmush kechirishi uchun qulay bo'lgan ish o'rinlarini yaratib berish,ularni ijtimoiy himoyalash, siyosiy-huquqiy faolligini oshirish, davlat boshqaruvida rahbar ayollar safini kengaytirish,jamiyatda faola qatlamiga aylantirish shuningdek,xotin-qizlar ham erkaklar bilan teng huquq va imkoniyatlarga ega ekanligini ta'kidlab o'tiladi. "Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida"gi qonunning 4- moddasida Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini ta'minlashning asosiy prinsiplari keltirilgan: qonuniylik, demokratizm, xotin qizlar va erkaklarning teng huquqliligi,jins bo'yicha kamsitishga yo'l qoymaslik,ochiqlik va shaffoflik kabi prinsiplarini keltiradi.Demakki bundan ko'rinib turibdiki Demokratik davlatlarda gender tengligi asosiy belgilari sifatida ekan. Shu jumladan,ushbu qonunda ish joyida, turmushida,ta'lim muassasalari ayollarga qilinayotgan tazyiq va zo'ravonliklardan himoya qilish munosabati ham mustahkamlab ketilgan.Bilamizki oilada erkaklar moddiy taminlab beruvchi ayollar esa doimo uy ishlari bilan shugullanuvchi inson hisoblangan.Shu tufayli ayollar ozi hoxlagan kasbni egallay olmagan.So'ngi o'n yillikka nazar tashlasek butun dunyoda gender tengligiga erishish global muammo sifatida qaralmoqda va uni ta'minlanishi uchun muhim vazifalar belgilab ketilmoqda.Bu yuzasidan davlatlar birgalikda ish olib borishmoqda.2000-yil sentyabr oyida BMT a'zo davlatlar sammitida qabul qilingan "Mingyillik" deklaratsiyasida gender tengligini ta'minlash nafaqat qashshoqlik balki ochlikni kamaytirishgashuningdek davlatni rivojlantirishga ko'maklashadi deb ta'kilab ketilgan. [3]"Mingyillik" sammitida 147 davlat rahbarlari ushbu jumlani ma'qullashgan ular qatorida O'zbekiston respublikasining birinchi prezidenti Islom Abduganiyevich Karimov ham shular qatorida edi. Ushbu hujjat butun dunyoda muhim vazifalar qatoridan joy olgan. "Mingyillik" sammitida davlatlar o'zlariga 8 ta maqsadni belgilab olishdi. Uchinchi maqsadga nazar tashlasek "ayollarga nisbatan kamsitishni kamaytirish va gender tengligini ta'minlash " Yuqorida O'zbekiston respublikasi 2030 yilga qadar strategik dastur ishlab chiqqan deb aytib otdim.Ushbu dastur Mingyillik sammitida qatnashgan davlatlar bilan kelishgan holatda gender tengligini taminlash 17ta global maqsadlardan biri sifatida aytilgan.

Dunyo rivojlanib borayotgan sababli ayollar va qizlarga zo'ravonliklar hamda tazyiqlar tobora kamayib bormoqda. Butun dunyoda jinsiy tenglik vujudga kelmoqda hamda mehnat yuzasidan ham jinsiykamsitishlar kamaymoqda. Gender tengligi bo'yicha dunyoda muammolar qolmadi deb ayta olmimiz muammolar barcha hududlarda mavjud ammo yildan yilga ushbu muammolar kamayib bormoqda. Muammolarga barham berish uchun barcha davlat o'rganlari ish olib bormoqda. Shu o'rinda O'zbekiston respublikasida Gender tengligini yuzaga keltirish uchun davlat o'rganlarining fikrlari qanday?degan savol yuzaga keladi.

Davlatimizning uchinchi hokimiyati bo'lgan Sud hokimiyatiga yuzlanadigon bolsek.2020 yil 18 sentyabrda poytaxtimizda O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi, AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) va BMT Taraqqiyot dasturining "O'zbekistonda qonun ustuvorligi yo'lida hamkorlik" qo'shma loyihasi doirasida tashkil etilgan "Gender tenglikni ta'minlashda sud tizimining o'rni" mavzusida amaliy seminar bo'lib o'tdi. Tadbirda gender balansga erishish hamda milliy sud tizimida gender jihatlarni qamrab olgan yo'l xaritasini ishlab chiqish kabi masalalar muhokama qilindi. Gender komponentlarini sud tizimiga joriy qilishda qo'llaniladigan xalqaro andozalar va amaliyot o'rganildi.

Odil sudlovni amalaga oshirishda gender tenglikni ta'minlanishini kafolatlash, gender tenglikni ta'minlash va gender diskriminatsiyani bartaraf etishda sudyalarning o'rni, ayollarning odil sudlovga erishish darajasini oshirish va sud tizimida ayollar ishtirokini yanada ko'paytirish bo'yicha O'zbekiston tajribasi kabi masalalarga alohida urg'u berildi. Seminarda "Ayollarning odil sudlovga erishish darajasini oshirish: eng yaxshi xalqaro tajriba va milliy amaliyot", "Sud tizimida ayol-sudyalar sonini oshirish bo'yicha xorijiy tajribani o'rganib chiqish", "Ayollar huquqlarini ta'minlash va himoya qilish sohasida sudlar faoliyati samaradorligini baholash uchun gender ko'rsatkichlarini ishlab chiqish va joriy etish", shuningdek, "Sudyalarning odob-axloq kodeksi" misolida O'zbekiston qonunchiligida gender-huquqiy ekspertizasini o'tkazish" mavzularida tahliliy tadqiqotlar taqdim qilindi. [4] Shuningdek hokimiyat ustida ayollarning roli ham ortib bormoqda.

Ko'p yillar davomida dunyoning aksariyat mintaqalarida ayollar davlat boshqaruvida turli to'siqlarga uchradi. Hatto 1900-yillarning boshlarida ham siyosatga faqat erkaklar sohasi sifatida qaraldi. [5]Biroq, ayollar harakati va Ikkinchi Jahon urushi kabi madaniyatni o'zgartiruvchi voqealar ayollarning huquqlari va siyosatdagi rollarini asta-sekin oshirdi. [5] Shunga qaramay, ayollarning davlat boshqaruvidagi ishtiroki juda kam.

Hatto bugungi kunda ham dunyoning hech bir davlatida milliy qonun chiqaruvchi organda ayollarning 50% yoki undan yuqoriroq ishtiroki yoq, 73% mamlakatlarda esa 20% dan kam ayollar siyosatda ishtirok etadi. [5] Hukumatda mahalliy darajadan tortib to milliy darajagacha bo'lgan bir necha darajali lavozimlarmavjud. Shunga ko'ra, ayollarning ushbu vakolatlarga ega bo'lishi va munosib bo'lishi ahamiyatlidir. Misol uchun, Hindistonda olib borilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, ayollarning mahalliy kengashlarga keng miqyosli a'zoligi ularning yuqori darajadagi rahbarlik lavozimlarida bo'lishidan ko'ra, samaraliroq. [6]Shu bilan birga, ayollarning manfaatlarini ifodalash va amalga oshirishni ta'minlash uchun davlat hokimiyatining barcha darajalarida ayollarning bo'lishi muhim ahamiyatga ega. [7]Shu orinda Ozbekiston ham rahbar ayollar soni ortib bormoqda.Bunga misol qilib mamlakatimiz se'natini ayol kishi boshqarmoqda shuningdek ko'plab davlat boshqaruvida ayollar rol oynamoqda.

2021-yil mamlakatimiz tarixida milliy parlamentda ayollar soni 32 foizga yetgan. [8] Ushbu korsatkich ikki baravarga ortgan.Bu korsatkich bilan

dunyodagi 190ta davlat parlamenti orasidan 37-o'rinni egallaganmiz. [8] Davlat organlarining samarali va oqilona ishlashi uchun tosqinlik qilishi mumkin bolgan "korrupsiya" tushunchasi mavjud.Korupsiyani oldini olish uchun butun dunyoda ishlar olib borilmoqda..2000-yildagi gender va korruptsiya bo'yicha o'tkazilgan yana bir tadqiqot shuni ko'rsatdiki, ayollar parlamentdagi o'rinlarda va hukumat byurokratiyasidagi yuqori lavozimlarda ko'proq ulushga ega bo'lganda, ya'ni ishchi kuchining katta ulushini ayollar tashkil etganda korruptsiya unchalik jiddiy xavf tug'dirmagan. [9]

Bilamizki har bir inson tug'ilishi va muomila layoqatiga yetganidan song huquqlarga ega boladi. Ammo oldinlari ayollarni bazi huquqlardan foydalanishini cheklab qoyishgan.Birgina misol qilib "saylov huquqi"ni olsek.Saylov huquqi berilgunga qadar ayollar har bir mamlakatda siyosiy hokimiyatni amalga oshirishdan mahrum edilar. Ovoz berish huquqini qo'lga kiritgandan so'ng, ayollar o'zlarining erkak hamkasblariga mutanosib ravishda saylov uchastkalarida qatnashishi va bunga ko'nikishi uchun o'nlab yillar kerak bo'ldi. [10]

Bugungi kunda AQShda ayollar statistik jihatdan erkaklarga qaraganda ko'proq ovoz berishadi [10], bu Skandinaviya mamlakatlari kabi ba'zi mamlakatlarda uchraydi, Hindiston kabi boshqa mamlakatlarda esa aksinch Skandinaviya mamlakatlari davlat lavozimlarida ayollarning eng ko'p vakili bo'lgan davlatlar qatoriga kiradi. [5]

Saylov huquqidan foydalanish ayollarning siyosiy tizimlarida o'z kuchlarini va siyosatdagi o'rinlarinihis qilishdir. Bugungi kunda Saudiya Arabistonidan boshqa qonun chiqaruvchi organga ega bo'lgan barcha mamlakatlarda ayollarga siyosiy huquqlar berilgan. 2006-yilda o'tkazilgan tadqiqot shuni ko'rsatdiki, dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida ayollar saylov va saylanish huquqiga ega bo'lishsa-da, ayollarning o'z siyosiy huquqlaridan foydalanishlaridagi madaniy to'siqlar, jumladan, oilaviy qarshilik va savodsizlik saqlanib qolmoqda. [10]O'zbekistonda Gender tenglik bo'yicha Komissiya 2019-yildan boshlab ish yuritib keladi. Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbaeva O'zbekiston Respublikasi Gender tenglikni taminlash masalalari bo'yicha komissiyasining raisi hisoblanadi. [11] Bu ham gender tengligini rivojidan habar beradi. O'zbekiston ham boshqa davlatlar kabi 2019 yildan buyon gender tengligi ko'rsatkichi ro'yxatida qatnashishni boshladi. Bu ro'yxatda qatnashish ham qonunda gender statistikasi deb belgilab ketilgan.Gender statistikasini shakllantirish uchun vazifalar belgilab ketilgan.Ushbu vazifalar orqali 2019-yil holati boyicha Ozbekistonning gender tengligi korsatkichi ro'yxatdagi 189 mamlakat ichida 62-o'rinni egalladi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamgarmasi (UNFPA) ekspertlarining fikriga kora, Ozbekistondagi har 100 000 dan29 ayol gender tengsizlik tufayli vafot etishi va 15-19 yoshdagi har ming o'spirin qiz uchun tugish ko'rsatkichi 23,8 ni tashkil qiladi. [12] Gender tengligi ko'rsatkichi ro'yxati bo'yicha 62-o'rinda O'zbekiston bilan bir qatorda Kosta-Rika va Urugvay ham 0,288 korsatkichi bilan qayd etilgan. Orta Osiyo davlatlari ortasida Qozogiston

44- chi, Qirgiziston 82-chi, Tojikiston 70-chi o'rinlarni egallashgan, Turkmaniston esa bu ro'yxatda mavjud emas. [13]

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki gender tengligini rivojlantirish bu butun dunyoda davlatning rivojlanishiga sharoit yaratish deganidir. Chunki ayol nafaqat ona balki, jamiyatning asosiy bir bolagidir. Ayollar ham erkin yashashga oqib organib rivojlanishga xaqli. Davlat qachon rivojlanadi? Qachonki fuqarolar davlat rivoji uchun bor kuchi bilan xarakat qilganida. Endi erkaklar xarakat qilsayu ayollar bir chetda qolib ketsa davlat qanday rivojlanadi. Ozbekiston aholisini nafaqat ozbekiston balki dunyo aholisining 50% dan ortiq qismini ayollar tashkil qiladi. bu kuchni togri ishlata bilgan, ayollarning qadr qimmatini,ularning xurmatini oz ornigaqoygan davlat albatta rivojlanadi. Bunga tarixda xam xozirgi zamonda xam misollar tola. Gender tengligini rivojlantirish oz qolimizda uni yaxshi rivojlantira olsek oz oylagan niyatlarmiziga albatta erishamiz.

Foydalanilgan adabiyotlar royxati:

1. https://lex.uz/docs/-4494849

2.https://lex.uz/docs/-4494709?ONDATE=10.12.2021%2000

3. https://www.undp.org/

4.https://www.undp.org/uz/uzbekistan/press-releases/sudyalar-ozbeksiton-sud-tizimida-gendertenglik-tarafdori

5.Paxton, P., & Hughes, M. M. (2007). Women, politics, and power: A global perspective. Pine Forge Press

6.Iyer, L., Mani, A., Mishra, P., & Topalova, P. (2011). The power of political voice: Women'spolitical representatio n and crime in India. Harvard Business School BGIE Unit Working Paper, (11 -092).

7.Reynolds, A. (1999). Women in the Legislatures and Executives of the World. World Politics, 51(4), 547-573.

8.https://www.xabar.uz/uz/infografika/davlat-boshqaruvidagi-top-40 9.Swamy, A., Knack, S., Lee, Y., & Azfar, O. (2003). Gender and corruption. Democracy, Governance and Growth, edited by Stephen Knack, 191-224.

10.Pintor, R. L., & Gratschew, M. (2002). Voter turnout since 1945: a global report.

11.Gender tenglik komissiyasi haqidagi rasmiy saytining „Komissiya haqida" sahifasi, 2021-04- 14da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-04-14

12.Gender tengligi korsatkichi royxati (PDF).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.