Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VA BUYUK BRITANIYADA PEDAGOGIK MADANIYAT YO‘NALISHLARI'

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VA BUYUK BRITANIYADA PEDAGOGIK MADANIYAT YO‘NALISHLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
pedagogika / o‘qituvchi / kasbiy madaniyat / madaniyat yo‘nalishlari / etika / san’at / ta’lim. / педагогика / педагог / профессиональная культура / культурные направления / этика / искусство / образование.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — S.M. Umarova

ushbu maqola bugungi kunda yangi O‘zbekistonda ta’lim tizimini isloh qilish uchun tizimda olib borilayotgan yangicha tendensiyalar negizida bo‘lajak pedagog kadrlarning pedagogik mahorati va madaniyatining shakllanishi xususida ba’zi mulohazalar yuritilgan. Maqolada, shuningdek, jahonning iqtisodiy rivojlangan mamlakatlaridan biri bo‘lgan Buyuk Britaniyada pedagogik madaniyat yo‘nalishlari, maktab o‘qituvchilarida kasbiy madaniyatni rivojlantirishning psixologik-pedagogik xususiyatlari va tarkibiy qismlari haqida ma’lumot berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

AREAS OF PEDAGOGICAL CULTURE IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN AND THE UNITED KINGDOM

в данной статье содержатся некоторые комментарии по вопросам формирования педагогического мастерства и культуры будущих педагогических кадров на основе новых тенденций в системе реформирования системы образования в новом Узбекистане. Также в статье приведены сведения о направлениях педагогической культуры, психолого-педагогических особенностях и компонентах развития профессиональной культуры школьных учителей Великобритании, одной из экономически развитых стран мира.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VA BUYUK BRITANIYADA PEDAGOGIK MADANIYAT YO‘NALISHLARI»

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

© S.M. Umarova1^_

1 Buxoro davlat pedagogika instituti, Buxoro, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: ushbu maqola bugungi kunda yangi O'zbekistonda ta'lim tizimini isloh qilish uchun tizimda olib borilayotgan yangicha tendensiyalar negizida bo'lajak pedagog kadrlarning pedagogik mahorati va madaniyatining shakllanishi xususida ba'zi mulohazalar yuritilgan. Maqolada, shuningdek, jahonning iqtisodiy rivojlangan mamlakatlaridan biri bo'lgan Buyuk Britaniyada pedagogik madaniyat yo'nalishlari, maktab o'qituvchilarida kasbiy madaniyatni rivojlantirishning psixologik-pedagogik xususiyatlari va tarkibiy qismlari haqida ma'lumot berilgan.

MAQSAD: jahonning turli davlatlarida o'qituvchilik kasbi, pedagogik madaniyatga oid olingan bilimlarni mustahkamlash va rivojlantirish.

MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiq etilayotgan mavzu doirasida Qiyosiy pedagogika va Komporativistik pedagogika fanlariga oid O'zbekiston Respublikasi hamda Buyuk Britaniyada ta'lim-tarbiya tizimi, pedagogik madaniyat haqidagi to'plangan ilmiy-nazariy ma'lumotlar qiyosiy tahlil qilingan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: ikkita tushunchalar pedagogik etiket va madaniyat keng miqyosda tahlil qilingan, ilmiy-falsafiy bilimlar negizida pedagogika sohasi rivojlanayotgan Sharq mamalakatlaridan biri bo'lgan O'zbekistonda va Yevropaning qadimiy dorilfununlari, har to'rtala mamlakatida turlicha ta'lim tizimiga, yuksak kasbiy madaniyatga ega Buyuk Britaniyada pedagogik tizim haqidagi izlanishlar natijasida yuzaga kelgan mulohazalar va ma'lumotlar muhokama qilingan.

XULOSA: tadqiqot natijalari muhim pedagogik ahamiyatga ega ilmiy maqola va tezislar mualliflari tomonidan juda ko'p murojaat qilingan bo'lib, qiyosiy pedagogikaning g'oyaviy jihatdan rivojlanishiga, pedagogic texnologiya va mahurat uchun yangi yo'nalishlarni ochib berishga qisman xizmat qiladi.

Kalit so'zlar: pedagogika, o'qituvchi, kasbiy madaniyat, madaniyat yo'nalishlari, etika, san'at, ta'lim.

Iqtibos uchun: Umarova S.M. Evtagogika uzluksiz ta'limning abadiy harakat mashinasi sifatida. // Inter education & global study. 2024. №5. B. 56-61.

НАПРАВЛЕНИЯ ПЕДАГОГИЧЕСКОМ КУЛЬТУРЫ В РЕСПУБЛИКЕ УЗБЕКИСТАН И ВЕЛИКОБРИТАНИЯ

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

© С.М. Умарова1Н

1 Бухарский государственный педагогический институт, Бухара, Узбекистан

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: в данной статье содержатся некоторые комментарии по вопросам формирования педагогического мастерства и культуры будущих педагогических кадров на основе новых тенденций в системе реформирования системы образования в новом Узбекистане. Также в статье приведены сведения о направлениях педагогической культуры, психолого-педагогических особенностях и компонентах развития профессиональной культуры школьных учителей Великобритании, одной из экономически развитых стран мира.

ЦЕЛЬ: закреплять и развивать знания об педагогической профессии и педагогической культуре в разных странах мира.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в рамках изучаемой темы были проанализированы сравнительная педагогика и сравнительная педагогика, собраны научно-теоретические данные о системе образования и педагогической культуре Республики Узбекистан и Великобритании.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: два понятия, педагогический этикет и культура, были проанализированы в широком масштабе в Узбекистане, одной из восточных стран, где область педагогики развивается на основе научных и философских знаний, и древней медицины Европы, В каждой из четырех стран обсуждаются разные системы образования, высокопрофессиональные дискуссии и результаты исследований педагогической системы в культурной Великобритании

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: результаты исследования широко упоминаются авторами научных статей и тезисов, имеющих важное педагогическое значение, и частично служат идеологическому развитию сравнительной педагогики, раскрывая новые направления педагогических технологий и знаний.

Ключевые слова: педагогика, педагог, профессиональная культура, культурные направления, этика, искусство, образование.

AREAS OF PEDAGOGICAL CULTURE IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN AND THE UNITED KINGDOM_

© Sitora M. Umarova1®

1Bukhara State Pedagogical Institute, Bukhara, Uzbekistan Annotation

INTRODUCTION: this article contains some comments on the formation of pedagogical skills and culture of future pedagogic personnel on the basis of new trends in the system for reforming the education system in the new Uzbekistan. The article also provides information on the directions of pedagogical culture, the psychological-

Для цитирования: Умарова СМ Эвтагогика как вечный двигатель непрерывного образования. // Inter education & global study. 2024. №5. С. 56-61.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

pedagogical features and components of the development of the professional culture of school teachers in Great Britain, one of the economically developed countries of the world.

AIM: to strengthen and develop knowledge about the teaching profession and pedagogical culture in different countries of the world.

MATERIALS AND METHODS: within the scope of the researched subject, comparative pedagogy and comparative pedagogy, collected scientific-theoretical data on the educational system and pedagogical culture of the Republic of Uzbekistan and Great Britain were analyzed.

DISCUSSION AND RESULTS: two concepts, pedagogical etiquette and culture, were analyzed on a large scale, in Uzbekistan, one of the Eastern countries where the field of pedagogy is developing on the basis of scientific and philosophical knowledge, and the ancient medicine of Europe, in each of the four countries, different educational systems, highly professional Discussions and findings from research into the pedagogic system in cultured Great Britain are discussed.

CONCLUSION: the results of the research have been widely referred to by the authors of scientific articles and theses of important pedagogical importance, and partially serve the ideological development of comparative pedagogy, revealing new directions for pedagogical technology and expertise.

Key words: pedagogy, teacher, professional culture, cultural directions, ethics, art, education.

Ilm-fan va ijtimoiy sohaning barcha yo'nalishlari rivojlanib borayotgan bugungi davrda butun dunyo malakatlarida pedagogika sohasiga katta e'tibor qaratilmoqda. Shu jumladan, O'zbekistonda ham sohani rivojlantirish, pedagogik madaniyatni takomillashtirish, kasbiy madaniyatni o'rganish mavzusi yetakchi o'rinlarda turibdi. G'.G'ofurov, N.Hakimov va B.Aliyevlar o'zlarining "Madaniyat va jamiyat" kitobida "madaniyat" tushunchasining quyidagi o'ziga xosliklarini ta'kidlab o'tishadi: "Madaniyat tushunchasida moddiy va ma'naviy boyliklar hamda inson ruhiy olami ifodalanadi".

Shu bois madaniyat tarkibida uch asosiy qatlam mavjud: insoniyatning muntazam aqliy va jismoniy faol ijodiy faoliyati; moddiy va ma'naviy ne'matlarni ishlab chiqish, iste'mol qilish (foydalanish) va asrash; qadriyatlar, axloqiy tushunchalar, huquqiy amallarni hayotga tadbiq etuvchi ijtimoiy tuzilmalar.

Madaniyat - faol ijodiy faoliyatdir. "Inson faol ijodkorlik orqali rivojlanadi va taraqqiyotga erishadi. Ijodkorlik - inson ma'naviy-ruhiy faoliyatining chegaralarini kengaytiradi. Inson ijodiy ko'nikmalar, aqliy va jismoniy mehnat orqaligina ijodkorlik maqomiga ega bo'ladi"1. Yana bir pedagog olima Oynisa Musurmonovaning ta'kidlashicha esa, "Madaniyat jamiyat taraqqiyoti darajasini xarakterlovchi, ijtimoiy, tarixiy amaliyot jarayonida mujassam

1 Mahkamov U.I. Yuqori sinf talabalarida axloqiy madaniyatni shakllantirishining pedagogik asoslari. Ped.fan. doktori. ... diss. - T.: 1998. -B. 28.

For citation: Umarova S.M. (2024). 'Heautagogy as perpetual motion machine of continuous education', Inter education & global study, (5), pp. 56-61. (In Uzbek).

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

bo'ladigan tizim bo'lib, shaxsning ijtimoiy va ma'naviy mazmunini tashkil etadi. Bunda madaniyat shaxs va uning faoliyati o'rtasidagi o'zaro ta'sirga doir qonuniyatlar, shu jumladan shaxs va jamiyatning borliqqa bo'lgan madaniy munosabatlarining paydo bo'lishi, rivojlanishi, shaxsning talabi, qiziqishi, xohishiga mos ravishda uning madaniy faoliyatini tashkil qilish yo'llari, ma'naviy madaniyatning o'ziga xos xususiyatlari tizimi, shaxsning ma'naviy rivojlanishi va ma'naviy madaniyatini shakllantirish qonuniyatlari majmuidan iborat".2 Yuqoridagi ta'riflardan ma'lum bo'ladiki, madaniyat - bu insonlarning ijodiy faoliyati tufayli yaratilgan moddiy va ma'naviy boyliklar majmuigina bo'lib qolmay, ayni paytda u jamiyat taraqqiyotining darajasini ham ifodalaydi, ya'ni, jamiyatdagi bilim, mezon va qadriyatlarning yig'indisi madaniyatda gavdalanadi.

Maktab o'qituvchilarining kasbiy madaniyatini rivojlantirishda "kasbiy madaniyat" va "kasbiy madaniyatni rivojlantirish" tushunchalariga mualliflik nuqtai nazaridan quyidagicha ta'riflar keltirildi: "Kasbiy madaniyat - bu mutaxassisning kasbiy o'z-o'zini aniqlash, kasbiy motivatsiya, kasbiy yo'nalganlik, kasbiy tajriba va mahoratning yuqori darajada rivojlanganligini belgilab, mustaqillik, erkinlik, ijodiy faollik, qabul qilinayotgan qarorga nisbatan mas'uliyat, o'quvchilarga nisbatan hurmat ko'rsatish hamda samarali pedagogik faoliyatni tashkil etish uchun zarur axloqiy sifat va fazilatlar bilan bog'langan".

Pedagogik madaniyatni rivojlantirish - pedagogik faoliyat rivojining muhim tavsifini o'zida ifoda etib, ta'lim jarayonida pedagogik yondashuv, strategik maqsad va vazifalarni to'g'ri belgilash, qarorlar qabul qilish, ta'lim jarayonini loyihalashtirish, innovatsion pedagogik faoliyatni tashkil etish, ta'limni boshqarish hamda boshqaruv usullari, metodlari va tamoyillaridan samarali foydalanish orqali shaxs faolligini oshirish, o'z - o'zini namoyon etish imkoniyatini kengaytirish, jamiyat talablariga muvofiq faol harakatlanish va samarali muloqot ko'nikmalarini o'zlashtirish, egallagan bilim, ko'nikma va malakalarini amaliyotga tadbiq eta olish qobiliyatidir. Kasbiy madaniyatni rivojlantirish jarayoni insondagi motivlar bilan bevosita bog'liq bo'lib, uning mohiyati - inson xulq-atvorining ichki barqarorligi, harakatga undovchi tushunchada ifodalanadi. Motivatsiya esa "xulq-atvorni psixologik va fiziologik boshqarishning dinamik jarayoni" bo'lib, unga tashabbus, yo'nalganlik, tashkilotchilik, qo'llab-quvvatlash kiradi.3

Shuningdek, pedagogik madaniyatning bir necha qismlari mavjud: intellektual rivojlanish darajasi (eng avvalo, pedagogik tafakkurning rivojlanishi); pedagogik faoliyatning har tomonlama tashkil topishi va darajasi; asosiy kasbiy pedagogik etika, ma'naviy harakter va odob madaniyati; o'zaro munosabat madaniyati; so'zlashuv madaniyati; tashqi ko'rinish madaniyati va boshqalar.4

Yuqoridagi sanab o'tilgan komponentlar mujassam bo'lgan o'qituvchiga albatta, o'z kasbining egasi sifatida qarashimiz mumkin.

2Musurmonova O. Yuqori sinf o'quvchilari ma'naviy madaniyatini shakllantirishning pedagogik asoslari. Ped. fan. dok. ...diss. avtoref. - T.: 1993. -B.48.2.

3Jumayeva G.T. Maktab o'qituvchilarida kasbiy madaniyatni rivojlantirishning pedagogik tizimini takomillashtirish: Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi. - Termiz., 2022. - 30 б.

4Содик,ов \М. Булажак укитувчиларнинг мулокрт маданиятини ривожлантиришнинг самарали йуллари. // Хал к, таълими журнали. (2-сон) - Тошкент, 2020. 2-сон.150Ь.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Agar Buyuk Britaniya misolida pedagogik madaniyat yo'nalishlari ko'riladigan bo'lsa, Britaniya ta'lim yo'nalishlari talabalarning etnik xilma-xilligini hisobga oladi, ularning madaniy o'ziga xosligini anglash va etnosentrik qarashlarni, stereotiplarni yo'q qilishga yordam beradi va ularni rivojlantiradi.5

Qiyosiy professional pedagogika o'z millati va boshqa dunyo xalqlari tarixiga hamda bugungi kun muammolariga jiddiy munosabat hisoblanadi. Yevropa va jahon hamkorligi uchun zarur bo'lgan madaniy xilma-xillik qiymatini tushunishni rivojlantirish bo'yicha Yevropa ta'lim maqsadi amalga oshirildi. Buyuk Britaniyada, Yevropa Ittifoqining boshqa mamlakatlarida bo'lgani kabi, umumbashariy ijodiy ta'limni rivojlantirishga qiziqish ortib bormoqda. Ta'lim muassasalari, madaniyat va boshqa tashkilotlar hamkorligi asosida amalga oshirilayotgan tashabbuslar, loyihalar, dasturlar yaratilmoqda. Buyuk Britaniyada badiiy kengash tuzildi. U ta'lim standartlarini takomillashtirish, ta'lim va ijodiy madaniyat muassasalari o'rtasida doimiy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan. Mahalliy ta'lim bo'limlariga "Ijodkor yoshlar hamkorligi", "Ta'limning yangi rivojlanishi", "O'quv dasturi orqali san'at" bo'limlari yordam beradi.6 Ular yordamida estetik madaniyatni yuksaltirishda madaniyat, san'at va ta'lim muassasalari xodimlarining sa'y-harakatlarini birlashtirishni nazarda tutuvchi innovatsion yondashuvlar joriy etildi. Jumladan, estetik tarbiya bo'yicha o'quv rejalarini taqsimlash doirasida quyidagi dasturlar amalga oshirildi: "Dunyoni bilish va tushunish", "Shaxsiy, ijtimoiy va hissiy rivojlanish", "Ijodiy rivojlanish". Maktabgacha ta'limdan boshlab, o'quvchilar ko'p turdagi ishlarni bajarishga o'rgatiladi. Bular: ijodiy faoliyat, ya'ni klassik san'at, musiqa, qo'shiq, drama, raqs va san'at asarlari. Maktab ta'limida esa ancha qisqartirilib, musiqa, san'at, raqs va drama kabi yagona turlar bilan cheklanadi.

Kun tartibiga fanlar (ijtimoiy fanlar, tillar, adabiyot va hatto fizika, matematika, geografiya, tarix, informatika) kiradi. Zamonaviy ingliz siyosatchilari, pedagoglari, davlat amaldorlari ijodiy madaniy ta'lim salohiyatidan insoniyatning barcha xilma-xilligi va madaniy merosini saqlash va rivojlantirish uchun foydalanish muhimligini tushunadilar.

Ingliz ta'lim muassasalari adabiyotni o'rganish jarayonida talabalarning estetik madaniyatini shakllantirish kontseptsiyasiga katta urg'u beradilar. Adabiyot va san'atning boshqa turlari shaxs va davlat yaratishda ulkan kuch sifatida xorijlik olimlar va pedagoglar tomonidan nafaqat maktab va oliy o'quv yurtlarining o'quv dasturlariga ayrim ijodiy fanlar kiritilmoqda. Ingliz pedagogikasi ta'limni insonparvarlashtiradi, bo'lajak mutaxassislarning ijodiy shaxs sifatida madaniy va estetik kompetentsiyasini o'ziga xos tarzda shakllantiradi, u xilma-xillikni qabul qiladi. O. Shevnyuk (2006) ta'limning fundamental ijodiy xarakter kasb etishini, ijodiy fanlarni o'qitishning integral tamoyili va ta'lim jarayonini estetiklashtirish orqali samaradorlikka erishishini ko'rsatadi. N. Ladyjetsning (1995) "Oliy ta'lim falsafasi va amaliyoti" nomli kitobida ko'rsatilishicha, ingliz oliy o'quv yurtlarida nafaqat mutaxassis, balki madaniyatli shaxs ham tayyorlanadi, ular maxsus bilimlardan tashqari dunyoga keng

5Gibson, R. (1988). The education of feeling. Cambridge: Cambridge Institute of Education.

6Abbs, P. (1989) A is for Aesthetic: essays on creative and aesthetic education. London: Psychology Press.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

qarashga ega bo'lishi kerak.7 Intellektual universitet tushunchasi talabalarning gumanitar bilimlarini, madaniy yutuqlarga qiziqishini, ma'naviyatini rivojlantirishni nazarda tutadi. Umuman olganda, shaxsiyatning hayotini, shuningdek, hayotining barcha sohalarini, o'z iste'dodlarini ijodiy rivojlantirish hayotning maqsadi hisoblanadi. Britaniyalik olimlar inson hayotining barcha sohalari (maishiy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va boshqalar) ijodiy estetik faoliyat elementlarini qamrab olishini va jamiyatning dialektik taraqqiyotining asosini tashkil etishini isbotlaydilar. Zamonaviy dunyoda mavjud bo'lgan istiqbollar, so'nggi jihat XXI asr madaniyatini global integratsiya jarayoni sifatida tushunishga asoslanadi, bunda har bir millatning milliyligini saqlab qolish istagi mavjud qadriyatlari, urf-odatlari va etnik mentaliteti aniqlangan, Buyuk Britaniyaning turli etnik aholisini hisobga olgan holda, uning o'quv dasturlari madaniy yo'nalishga qaratilgan.

Har ikkala davlatlarda ham bugungi kunda keng miqiyosda mutaxassislik va ta'lim jarayonini intellektuallashtirish birlashmasi mavjud bo'lib, bunda o'sib kelayotgan yosh o'quvchilarning estetik madaniyatini shakllantirish muhim o'rin tutadi. Qo'shimcha tarzda shuni aytish mumkinki, o'qituvchilik kasbida faoliyat olib borayotgan shaxslarda umumiy va kasbiy madaniyatning yetarli darajada bo'lishi eng muhim jihatlardan biridir.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Mahkamov U.I. Yuqori kurs talabalarida axloqiy madaniyatni shakllantirishining pedagogik asoslari. Ped.fan. doktori. ... diss. - T.: 1998. -B. 28.

2. Musurmonova O. Yuqori sinf o'quvchilari ma'naviy madaniyatini shakllantirishning pedagogik asoslari. Ped. fan. dok. ...diss. avtoref. - T.: 1993. -B.48.2.

3. Jumayeva G.T. Maktab o'qituvchilarida kasbiy madaniyatni rivojlantirishning pedagogik tizimini takomillashtirish: Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi. - Termiz., 2022. - 30 б.

4. Содиков Х..М. Булажак укитувчиларнинг мулокот маданиятини ривожлантиришнинг самарали йуллари. // Хал к таълими журнали. (2-сон) - Тошкент, 2020. 2-сон.150Ь.

5. Gibson, R. (1988). The education of feeling. Gibson, R. (1988). The education of feeling. Cambridge: Cambridge Institute of Education.

6. Abbs, P. (1989) A is for Aesthetic: essays on creative and aesthetic education. London: Psychology Press.

7. Best, D. (1989). Feeling and reason in arts. London: HarperCollins Publishers Ltd.

8. Ladyzhets, N. S. (1995). Filosofiia i praktika universitetskogo obrazovaniia. Izhevsk: Izd-vo

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO] ^Umarova Sitora Muxlisovna, BuxDPI Pedagogika kafedrasi dotsenti [Умарова Ситора Мухлисовна, доцент кафедры педагогика, БухГПИ], [Sitora M. Umarova, teacher of department Pedagogy, BSPI]; manzil: O'zbekiston, Buxoro, Piridastgir ko'chasi 11-D uy, 7-xonadon [адрес: Бухара, Узбекистан, улица Пиридастгира 11-Д, дом 7., [address: Bukhara, Uzbekistan, Piridastgir street 11-D, house 7]

7 Best, D. (1989). Feeling and reason in arts. London: HarperCollins Publishers Ltd.

Udm. un-ta.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.