Научная статья на тему 'BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARIDA REFLEKSIV MADANIYATNI RIVOJLANTIRISH DOLZARB PEDAGOGIK ZARURIYAT'

BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARIDA REFLEKSIV MADANIYATNI RIVOJLANTIRISH DOLZARB PEDAGOGIK ZARURIYAT Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
257
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
refleksiya / madaniyat / refleksiv madaniyat / qadriyat / psixologiya / pedagogika / kasbiy faoliyat. refleksiya / madaniyat / refleksiv madaniyat / kasbiy faoliyat / falsafa / psixologiya / pedagogika. / reflection / culture / reflexive culture / value / psychology / pedagogy / professional activity. reflection / culture / reflexive culture / professional activity / philosophy / psychology / pedagogy.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ummatqulov, Turdali Mamatqulovich, Mirzaahmedova, Shohsanam Nishonboy Qizi

Ushbu maqolada “refleksiya” va “madaniyat” tushunchalarining mazmuni va moxiyati, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida refleksiv madaniyatni rivojlantirish dolzarb psixologik-pedagogik zaruriyat ekanligi haqida so‘z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DEVELOPMENT OF REFLECTIVE CULTURE IN FUTURE PRIMARY CLASS TEACHERS IS A PEDAGOGICAL NECESSARY

This article talks about the meaning and essence of the concepts of "reflection" and "culture", and the fact that the development of reflexive culture among future primary school teachers is an urgent psychological and pedagogical necessity.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARIDA REFLEKSIV MADANIYATNI RIVOJLANTIRISH DOLZARB PEDAGOGIK ZARURIYAT»

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN:2181-1784

educational, natural and social sciences www.oriens.uz

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(6), June, 2023

BO'LAJAK BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARIDA REFLEKSIV MADANIYATNI RIVOJLANTIRISH DOLZARB PEDAGOGIK ZARURIYAT

Ummatqulov Turdali Mamatqulovich

Farg'ona davlat universiteti dotsenti, p.f.n., Mirzaahmedova Shohsanam Nishonboy qizi

Farg'ona davlat universiteti o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada "refleksiya" va "madaniyat" tushunchalarining mazmuni va moxiyati, bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida refleksiv madaniyatni rivojlantirish dolzarb psixologik-pedagogik zaruriyat ekanligi haqida so 'z yuritilgan.

Kalit so'zlar: refleksiya, madaniyat, refleksiv madaniyat, qadriyat, psixologiya, pedagogika, kasbiy faoliyat. refleksiya, madaniyat, refleksiv madaniyat, kasbiy faoliyat, falsafa, psixologiya, pedagogika.

ABSTRACT

This article talks about the meaning and essence of the concepts of "reflection " and "culture", and the fact that the development of reflexive culture among future primary school teachers is an urgent psychological and pedagogical necessity.

Key words: reflection, culture, reflexive culture, value, psychology, pedagogy, professional activity. reflection, culture, reflexive culture, professional activity, philosophy, psychology, pedagogy.

KIRISH

Respublikamizda boshlang'ich sinf o'qituvchilarini tayyorlashning strategik maqsadlari va ustuvor yo'nalishlarini belgilash, pedagogik ta'lim sohasini rivojlantirish, o'qituvchilik kasbining nufuzi va obro'sini oshirish, yangicha fikrlovchi, mustaqil faoliyat yurita oladigan pedagoglar sifatini oshirish borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda. "Ish beruvchilarning ehtiyojlariga javob beradigan mutaxassisliklar bo'yicha kadrlar tayyorlash hamda oliy ta'lim tizimi faoliyatining sifati va samaradorligini oshirish" kabi ustuvor vazifalar belgilangan. Bunda bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining refleksiv faoliyatida metodik tayyorgarlik darajasini, refleksiv madanyatini rivojlantirishga yo'naltirilgan texnologiyalarni kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Refleksiya - (lotincha "reflixio" - ortga qaytish) bu inson ongi aktlari turlaridan biri, ya'ni ong harakati bo'lib, subyektning o'z (ichki) psixik tuyg'u va holatlarini bilish jarayoni sifatida qaraladi.

Pedagogika ensiklopedik lug'atida refleksiya boshqacha tarzda talqin etiladi. Refleksiya - (lotin tilidan reflexio - ortga nazar) - mulohaza yuritish, o'zini o'zi kuzatish.

Madaniyat tushunchasi pedagogikaning izohli lug'atida esa quyidagicha ifodalanadi: ma'daniyat- jamiyat, ijodiy kuch va qobiliyatlari tarixiy taraqqiyotining muayyan darajasi.

Ilk bor refleksiya tushunchasi qadimgi Yunon falsafasida yuzaga kelgan va insonning o'z ongida kechayotgan mulohazalari haqida, o'zi fikr yuritishi jarayoni, o'z fikrlari mazmunini tahlil qilishga e'tiborini jalb qilishni anglatgan.

Falsafada - inson nazariy faoliyatining shaxsiy xatti - harakatlari va ularning qonunlari yuzasidan mulohaza yuritishga yo'nalgan shakli. O'z xatti - harakatlari va hissiyotlari hamda ularning qonuniyatlarini tushunishga, olam sirlaridan voqmf bo'lishga intilish erta aniqlanmoqda; madaniyatning barcha bosqichlarida inson o'z xatti - harakatlari motivlari to'g'risida fikr yurita boshladi. Shunday bo'lsa-da, bu xatti - harakatlarning aksariyati ongli motivlarga ega emas. Aynan shuning uchun ham oddiy xatti - harakatlar uchun ularning tarixiy kelib chiqishiga tegishli bo'lmagan, ammo mazkur xalqning umumiy bilimlariga asoslangan xulosalarni aks ettiruvchi ikkilamchi izohlar izlanmoqda. Bunday ikkilamchi izohlarning mavjud bo'lishi asosiy antropologik hodisalardan biri bo'lib hisoblanadi. Shu bilan birga, ko'pchilik insonlar dastlab xatti - harakatlarni sodir etadilar, so'ngra esa ularni oqlashga urinadilar. Psixologik lug'atda refleksiya tushunchasi shunday izohlanadi: refleksiya (lot. reflexio -ortga nazar) - subekt tomonidan ichki psixik aktlar va holatlarni anglash jarayoni.

Ilmiy adabiyotlarda refleksiya muammosiga ko'plab yondoshuvlar mavjud.

J.Lokk fikricha, refleksiya - bu aql o'z faoliyatini jalb etadigan kuzatuv"dir.

Qisqacha psixologik lug'atda refleksiya tushunchasi quyidagicha izohlanadi: refleksiya (lot. reflexio - ortga nazar, murojaat) - subekt tomonidan ichki psixik aktlar va holatlarning o'zini o'zi anglash jarayoni. Refleksiya tushunchasi falsafa fanida yuzaga keldi va u individning ongida sodir bo'layotganlar to'g'risida fikrlash jarayoni matnosini bildirgan.

R. Dekart refleksiyani individning barcha tashqi, jismoniy narsalardan yiroqlashib, o'z fikrlari mazmuniga diqqatini qaratish qobiliyati bilan muvofiqlashtirgan. Dj. Lokk sezgi va refleksiyani ajratib, refleksiyani bilimning

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

alohida manbai (sezgi azolariga asoslangan tashqi tomondan farqlanuvchi ichki tajriba) sifatida talqin etgan.

Mazkur qarashlarda insonning o'zi tomonidan his qilinayotgan ong hodisalari to'g'risidagi o'z-o'ziga hisobot berish, shaxsiy psixik holatlarini tahlil qilish qobiliyati noadekvat tarzda o'zgardi. Refleksiya - ortga nazar, yani, insonning o'z fikrlari, xatti - harakatlarining dastlabki holatiga bir necha marotaba murojaat etish, tashqi kuzatuvchi o'rniga tura olish, nima qilayotgani, qanday anglayotgani, shu jumladan o'zini qay tarzda anglayotganini bilish qobiliyatidir. Ammo bu shunchaki subektning o'zini o'zi tushunishi va bilishigina emas, balki atrofdagilarning uni, shaxsiy xususiyatlarini, emotsional reaksiyalari hamda kognitiv (bilish bilan bog'liq bo'lgan) tasavvurlarini qanday bilishlari va tushunishlarini aniqlash hamdir. Hamkorlik faoliyatining predmeti mazkur tasavvurlarning mohiyati sifatida namoyon bo'lganda refleksiyaning alohida shakli - predmetli - refleksiv munosabatlar rivojlanadi.

Refleksiya mexanizm sifatida identifikatsiyaga qaraganda birmuncha kechroq shakllanadi. Bolada identifikatsiyaga nisbatan qobiliyat ancha erta namoyon bo'lsa, refleksiyaning ilk nishonalari maktabgacha yosh davridagi bolada, shaxsning yangi bilimlarni egallash manbai sifatida esa u kichik maktab yoshidagi o'quvchilarda rivojlanadi. Refleksiya chetlanishga, turli holatlarni egallashga yordam beradi, bu o'z navbatida, o'zini o'zi chuqur va to'liq tahlil qilishning imkonini beradi. Kichik maktab yoshi davrida refleksiyaga bo'lgan qobiliyat birmuncha oqsaydi, uning dastlabki asoslarigina rivojlanadi. Kichik maktab yoshi davrining so'nggiga kelib, o'zini o'zi anglash imkoniyatlarini kengaytiruvchi hamda talabalik davrida o'zining yangi "Men"ini, ichki olamini yaratishga asos bo'lib xizmat qiluvchi refleksiv qobiliyatlar ortib boradi.

Refleksiya - bu faqatgina o'zini o'zi tushunish, o'zini o'zi anglash jarayoni emas. U o'z tarkibiga o'zgalarni tushunish va baholash jarayonlarini ham oladi. Refleksiya yordamida o'z ongi, qadriyatlari, qadriyatlar bilan bog'liq fikrlarining atrofdagi kishilar, guruhlar, jamiyat va nihoyat, umuminsoniy fikrlar, munosabatlar bilan muvofiqlashuvi amalga oshadi. Biror narsani tahlil qilish - bu boshdan kechirish, o'z ichki olamidan o'tkazish, baholash hisoblanadi. Har bir insonning refleksiya olami individual, turlicha va boy mazmunga ega. Aynan refleksiyaga bo'lgan qobiliyat insonga xatti - harakatlar, hayot mazmunini va tasavvurlarini shakllantirishga, samarasi past darajada bo'lganlarini bartaraf etishga imkon beradi. Refleksiyaning muhim jihati bo'lib, shaxsiy faollikni shaxsiy qadriyatlar va fikrlar bilan mutanosiblikda boshqarish, faoliyatning o'zgargan vazifalari, maqsadlari va sharoitlari bilan bog'liqlikda yangi mexanizmlarni shakllantirish va ularga o'tishga

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

bo'lgan qobiliyati hisoblanadi. Refleksiya o'tmish to'g'risida mulohaza yuritish va kelajakni ko'ra bilishga xizmat qiladi.

Barcha tariflardagi umumiylik shundan iboratki, refleksiya - bu insonning o'ziga tashqaridan razm solish, xatti - harakatlarini tahlil qilish, zarur bo'lsa ularni o'zgartirishga bo'lgan qobiliyatidir[1 ].

Mualliflar madaniyatning ko'p funksionalligini alohida ta'kidlaydilar, uning ijtimoiy tabiatini, insonparvarlikka yo'naltirilganligini ajratib ko'rsatadilar. Madaniyatning quyidagi turlari tahlil qilinadi:

- tashkillashtiruvchi madaniyat (R.Lavl);

- innovatsion madaniyat (V.I.Dolgova);

- axborot madaniyati (Y.P.Melenteva);

- psixologik madaniyat (N.T.Seleznyova);

- tafakkur madaniyati (O.S.Anisimov).

Madaniyatni keng ko'lamda anglash imkonini beruvchi ta'rif - bu uning ensiklopedik ta'rifidir Madaniyat (lotin. cultura - ishlov berish, tarbiyalash, ta'lim berish, rivojlantirish, e'zozlash) - jamiyat rivojlanishi, inson ijodiy kuchlari va imkoniyatlari rivojlanishining odamlar hayoti va faoliyatini tashkillashtirish turlari va shakllarida, ularning o'zaro munosabatlarida, shuningdek, ular tomonidan yaratilayotgan moddiy va ma'naviy qadriyatlarda ifodalangan muayyan darajasidir.

"Madaniyat" tushunchasi ma'lum tarixiy davrlar, muayyan jamiyatlar, xalqlar va elatlarni, shuningdek, faoliyat va hayotning (mehnat madaniyati, siyosiy madaniyat) o'ziga xos sohalarini ta'riflash uchun qo'llaniladi; nisbatan tor ma'noda esa -odamlarning ma'naviy hayoti sohasidir. U odamlar faoliyatining predmetga oid natijalarini (mashinalar, inshootlar, anglash natijalari, san'at asarlari, ahloq va huquq meyorlari va hokazo), shuningdek, faoliyat davomida (bilimlar, ko'nikmalar, mahoratlar, intellekt darajasi, ma'naviy va estetik rivojlanish, dunyoqarash, odamlar muloqotining shakl va usullari) qo'llaniluvchi inson kuchi va imkoniyatlarini qamrab oladi. Bundan ko'rinib turibdiki, madaniyat - bu insonning ham faoliyatga ham shaxsiyatga oid xususiyatidir. U insonning tafakkuri va o'z-o'ziga bo'lgan munosabati darajasini aks ettiradi[3, 678].

Ko'p mualliflar "madaniyat" tushunchasini uning inson faoliyati bilan genetik aloqasidan tashqariga olib chiqadilar. Ular madaniyatda avvalambor dasturlovchi vazifani ajratib ko'rsatadilar (M.S.Kagan, E.S.Markaryan, V.M.Mejuev).

"Madaniyat - bu odamlar ishlab chiqarayotgan va qanday qilib ishlab chiqarayotgan narsadir" SHu bilan birga ishlab chiqarish ostida odamlarning ijtimoiy-madaniy faoliyati bo'lgan jamiki inson faoliyati majmui tushuniladi. Boshqa ma'noda madaniyat xayolning tushunishga oid apparatini tashkillashtirish meyorlari

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

sifatidagi anglash natijalarini bayon qilishning mantiqiy qonunlarini egallashdan iborat. Qator mualliflar odamlarning ma'lum jamoasi madaniyatining umumiy jihatlarini o'rganadilar.

M.Kubr madaniyatni muayyan odamlar guruhiga xos bo'lgan qadriyatlar, fikrlar, an'analar va xulq-atvor meyorlarini jamoada mavjud tizimi sifatida tushunadi.

Dj.Xoffsted tashkilotdagi madaniyat tushunchasiga funksional ta'rif beradi: "Madaniyat - bu odamlarning bir guruhi a'zolarini boshqasidan ajratib turuvchi inson ongining jamoaviy dasturlanishidir. Bu nuqtai nazardan madaniyat jamoaviy qadriyatlar tizimidir" Freydizmda madaniyat ijtimoiy xulq mexanizmi sifatida namoyon bo'ladi.

Madaniyatga berilgan ta'riflarda kognitiv tarkibiy qismlar (intellekt) ajratib ko'rsatilgan: sababiy-qadriyatga oid tarkibiy qismlar (dunyoqarash, ma'naviy rivojlanish, estetik anglash darajasi). Kommunikativ omilkorlik darajasi ham aniqlangan ("odamlar muloqoti usullari va shakllari").

MUHOKAMA

Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida refleksiv madanyati faoliyati maktab bilan chegaralanmaydigan, balki barcha davlat organlari va nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlikni nazarda tutadi. Bunda talabalar har doim o'z-o'zini tahlil qilib, mamlakatimizda olib borilayotgan islohatlarga hamohang, etiket qoidalariga asoslanib refleksiv madanyatini yanada rivojlantiradilar.

Prezedentimiz ham so'zlagan ko'p nutqlarida yosh avlodni tarbiyalashda ro'li katta ekanligini takidlaydi. Buni natijalarini bo'lajak o'qituvchilarga yaratilayotgan sharoitlardan yaqqol ko'rishimiz mumkin.

Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilari yosh avlodmizni tarbiyalashda hayotda o'z o'rnini topish jarayoniga eng asosiy ro'lni asosiy ro'l o'ynaydigan jamiyatimiz a'zosi hisoblaanadilar. Shuning uchun avvalo talabalarning o'zlari madanyat qoidalariga, jamyatimizda eng avvalgi birinchi o'rinda turishlari kerak deb hisoblayman. Xalqimiz orasida ham shunday ibora bor "bolaning qanday shaxs bo'lib yetishishi, bolani o'qitgan boshlang'ich sinf o'qituvchisining shaxsiga ham ham bog'liqdir" deyishadi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, refleksiv madaniyatni bu kabi tushunish insonning o'z kasbiy shakllanishiga, o'ziga nisbatan noyob shaxs sifatidagi, o'zining boshqalar va madaniyat bilan muloqoti usullariga ijodiy munosabatda bo'lish imkoniyatini izohlab beradi.

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Карпов А. В. Рефлексия в структуре метакогнитивной организации субъекта // Рефлексивные процессы и управление. 2004. № 1.

2. Begmurzayevich, D. B. (2022). BO 'LAJAK BOSHLANG 'ICH SINF O 'QITUVCHILARIDA REFLEKSIV MADANIYATNI RIVOJLANTIRISHNING METODOLOGIK ASOSLARI. INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL, 3(6), 154-160.

3. Begmurzayevich, D. B. (2022). BO 'LAJAK BOSHLANG 'ICH SINF O 'QITUVCHILARIDA REFLEKSIV MADANIYATNI RIVOJLANTIRISH JARAYONLARINI TAKOMILLASHTIRISH.

4. Begmurzayevich, D. B. (2022). O 'QUVCHILARNI INTELLEKTUAL RIVOJLANTIRISHNING METODOLOGIK ASOSLARI. Ijodkor o'qituvchi, 2(20), 52-59.

5. Djalalov, B. B., & Mirzaahmedova, S. N. Q. (2022). BO 'LAJAK BOSHLANG 'ICH SINF O 'QITUVCHILARIDA REFLEKSIV MADANIYATNI RIVOJLANTIRISH JARAYONLARINI TAKOMILLASHTIRISH. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(12), 68-80.

6. Karimova, B. (2019). POSSIBILITIES OF FORMATION OF NATIONAL PRIDE WITH USING KHADITHS IN THE FIRST-YEAR PUPILS OF ORPHANAGES. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 7(11).

7. Karimova, B. K., & Oripova, M. S. (2021). Formation of national pride based on hadiths in primary school children of houses of kindness. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(4), 652-665.

8. Karimova, M. O., & Saidullaeva, A. R. (2020). Pedagogical basis of the use of universal and national values in the spiritual and moral education of children in the family. PalArch's Journal of Archaeology of Egypt/Egyptology, 17(7), 8547-8555.

9. Muhammadjonovna, U. N., Makhmutovna, T. H., & Kurbonovich, M. U. (2020). IPROVING THE MECHANISM OF INCREASING THE SOCIAL ACTIVITY OF YOUNG PEOPLE IN THE DEVELOPMENT OF A DEMOCRATIC AND LEGAL SOCIETY. JCR, 7(12), 3133-3139.

10. Mukhammedovna, U. N., & Oyturaxonovna, I. S. (2019). IMPROVING SOCIAL ACTIVITY OF YOUTH IN UZBEKISTAN AS THE DEMOCRACY AND DEVELOPMENT OF LEGAL SOCIETY. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 7(12).

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

11. SAIDKULOVICH, S. B., & UGLI, T. J. U. The Social Pedagogical Necessity of Developing Students' Aesthetic Culture in the Process of Globalization. International Journal of Innovations in Engineering Research and Technology, <5(1), 75-77.

12. Shermukhammadov, B. (2022). Creativity of a Teacher in an Innovative Educational Environment. Journal of Higher Education Theory and Practice, 22(12),

13. Siddikov, B., & Djalalov, B. (2020, December). MODERNIZATION OF EDUCATION-THE FUTURE INNOVATIVE COMPETENCE OF TEACHERS AS A MAIN FACTOR OF FORMATION. In Конференции.

14. Siddiqov, B. S., & Mexmonaliyev, S. N. (2022). PEDAGOGIK AMALIYOTNING BO 'LAJAK O 'QITUVCHINING KASBIY TAYYORGARLIK FAOLIYATIDA TUTGAN O 'RNI. Academic research in educational sciences, 3(1), 10-16.

15. Tuychiyeva, I., & Jo'Rayeva, S. (2022). OLIY TA'LIM SIFATINI OSHIRISHDA KREDIT-MODUL TIZIMINING AHAMIYATI. Science and innovation, 1(B7), 1349-1354.

16. Ugli, T. J. U. (2022). The role of aesthetic education in the preparation of future fine art teachers for professional activity. Asian Journal of Multidimensional Research, 11(12), 60-64.

17. Umidjon o'g'li, T. J. (2023). KREATIV YONDASHUV ASOSIDA TALABALARNING ESTETIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHDA OILANING ROLI. O'ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VA ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI, 2(18), 1395-1397.

18. Umidjon o'gli, T. J. (2022). BO'LAJAK TASVIRIY SAN'AT O'QITUVCHILARINING ESTETIK MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH MAZMUNI. IJODKOR O'QITUVCHI, 2(23), 473-475.

19. Umidjon o'gli, T. J. (2022). KREATIV YONDASHUV ASOSIDA BO'LAJAK TASVIRIY SAN'AT O'QITUVCHILARINIG ESTETIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH DOLZARB PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA. IJODKOR O'QITUVCHI, 2(23), 480-482.

20. Urinova, N. M., & Abdullaeva, N. (2021). Opportunities to use project-based teaching technology in the development of students' research competence. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 2344-2348.

21. Ахмедов, Б. А. (2020). Сиддиков Бахтиёр Саидкулович, Джалалов Бахромжон Бегмурзаевич МОДЕРНИЗАЦИЯ ОБРАЗОВАНИЯ-ОСНОВНОЙ

127.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

ФАКТОР В ФОРМИРОВАНИИ ИННОВАЦИОННОЙ КОМПЕТЕНЦИИ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ. Academy, 9, 60.

22. Ахмедов, Б. А., Сиддиков, Б. С., & Джалалов, Б. Б. (2020). МОДЕРНИЗАЦИЯ ОБРАЗОВАНИЯ-ОСНОВНОЙ ФАКТОР В ФОРМИРОВАНИИ ИННОВАЦИОННОЙ КОМПЕТЕНЦИИ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ. Academy, (9 (60)), 20-22.

23. Джалалов, Б. Б. (2018). РАЗВИТИЕ ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ КАДРОВ В УСЛОВИЯХ ГЛОБАЛИЗАЦИИ КАК ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ ПРОБЛЕМА.

In INTERNATIONAL SCIENTIFIC REVIEW OF THE PROBLEMS AND PROSPECTS OF MODERN SCIENCE AND EDUCATION (pp. 53-55).

24. Джалалов, Б. Б. (2019). ВАЖНЫЕ АСПЕКТЫ ФОРМИРОВАНИЯ ИННОВАЦИОННЫХ КОМПЕТЕНЦИЙ У БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ. In EUROPEAN RESEARCH: INNOVATION IN SCIENCE, EDUCATION AND TECHNOLOGY (pp. 43-44).

25. Джалалов, Б. Б. (2022). BO 'LAJAK O ' QITUVCHILARNING INNOVATSION KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISHDA SMART-TA'LIMNING IMKONIYATLARI. УЧИТЕЛЬ, 3(4).

26. Уринова, Н. М. (2020). ПЕДАГОГИКА УНИВЕРСИТЕТЛАРИДА БУЛАЖАК УКИТУВЧИЛАРНИ МУЗЕЙ ПЕДАГОГИКАСИ ФАОЛИЯТИГА ТАЙЁРЛАШ БУЙИЧА ХОРИЖИЙ ТАЖРИБАЛАР. ИННОВАЦИИ В ПЕДАГОГИКЕ И ПСИХОЛОГИИ, (SI-2№ 7).

27. Шермухаммадов, Б. (2012). Использование различных методов, форм и средств в воспитании молодежи. Актуальные проблемы современной науки, (5),

80-83.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.