Научная статья на тему 'O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI TOMONIDAN RATIFIKATSIYA QILINGAN, BIMT TOMONIDAN BOSHQARILADIGAN XALQARO SHARTNOMA VA KONVENSIYALARNING INTELLEKTUAL MULKNI TARTIBGA SOLISHDAGI AHAMIYATI'

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI TOMONIDAN RATIFIKATSIYA QILINGAN, BIMT TOMONIDAN BOSHQARILADIGAN XALQARO SHARTNOMA VA KONVENSIYALARNING INTELLEKTUAL MULKNI TARTIBGA SOLISHDAGI AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
962
101
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
intellektual mulk / mualliflik huquqi / implementatsiya / patent huquqi / tovar belgisi / geografik ko’rsatkich / ixtiro / foydali model / sanoat namunasi / fonogramma. / intellectual property / copyright / implementation / patent law / trademark / geographical indication / invention / industrial design / phonogram.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Xoliqova, Gavhar Ramazon Qizi

Maqolada BIMT tomonidan boshqariladigan xalqaro shartnoma va konvensiyalar qabul qilinishining tarixiy zaruriyati va nazariy-huquqiy asoslari haqida so’z boradi. O’zbekston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan BIMT tomonidan boshqariladigan xalqaro shartnoma va konvensiyalarning keltiriladi. BIMT xalqaro shartnoma va konvensiyalarining tasnifi keltiriladi. Ularning asosiy mazmuni yoritib o’tiladi, intellektual mulkka oid ushbu hujjatlardagi asosiy huquqiy terminlar sharhlanadi. BIMT tomonidan boshqariladigan xalqaro shartnoma va konvensiyalarga a’zo mamlakatlar huquq va majburiyatlari oid ma’lumotlar keltiriladi. Intellektual mulk huquqiga doir masalarni tartibga solishda BIMT tomonidan chiqarilgan xalqaro hujjatlarning o’rni va ahamiyati.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPORTANCE OF WIPOADMINISTERED TREATIES AND CONVENTIONS RATIFIED BY THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN IN THE REGULATION OF INTELLECTUAL PROPERTY

The article deals with the historical necessity and theoretical and legal basis for the adoption of international treaties and conventions regulated by WIPO. International treaties and conventions administered by WIPO, ratified by the Republic of Uzbekistan. The classification of international treaties and conventions of WIPO is given. Their main content is explained, the main legal terms of these documents on intellectual property are explained. Information on the rights and obligations of states parties to international treaties and conventions administered by WIPO. The role and significance of international documents issued by WIPO in the regulation of intellectual property rights.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI TOMONIDAN RATIFIKATSIYA QILINGAN, BIMT TOMONIDAN BOSHQARILADIGAN XALQARO SHARTNOMA VA KONVENSIYALARNING INTELLEKTUAL MULKNI TARTIBGA SOLISHDAGI AHAMIYATI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI TOMONIDAN RATIFIKATSIYA

QILINGAN, BIMT TOMONIDAN BOSHQARILADIGAN XALQARO SHARTNOMA VA KONVENSIYALARNING INTELLEKTUAL MULKNI TARTIBGA SOLISHDAGI AHAMIYATI

Xoliqova Gavhar Ramazon qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti Intellektual mulk va axborot texnologiyalari huquqi yo'nalishi magistranti Gavharkholiqova@gmail .com +998977838644

ANNOTATSIYA

Maqolada BIMT tomonidan boshqariladigan xalqaro shartnoma va konvensiyalar qabul qilinishining tarixiy zaruriyati va nazariy-huquqiy asoslari haqida so 'z boradi. O 'zbekston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan BIMT tomonidan boshqariladigan xalqaro shartnoma va konvensiyalarning keltiriladi. BIMT xalqaro shartnoma va konvensiyalarining tasnifi keltiriladi. Ularning asosiy mazmuni yoritib o 'tiladi, intellektual mulkka oid ushbu hujjatlardagi asosiy huquqiy terminlar sharhlanadi. BIMT tomonidan boshqariladigan xalqaro shartnoma va konvensiyalarga a'zo mamlakatlar huquq va majburiyatlari oid ma'lumotlar keltiriladi. Intellektual mulk huquqiga doir masalarni tartibga solishda BIMT tomonidan chiqarilgan xalqaro hujjatlarning o 'rni va ahamiyati.

Kalit so'zlar: intellektual mulk, mualliflik huquqi, implementatsiya, patent huquqi, tovar belgisi, geografik ko'rsatkich,ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, fonogramma.

ЗНАЧЕНИЕ МЕЖДУНАРОДНЫХ ДОГОВОРОВ И КОНВЕНЦИЙ, РАТИФИЦИРОВАННЫХ РЕСПУБЛИКОЙ УЗБЕКИСТАН, ВЫПОЛНЯЮЩИХ АДМИНИСТРАТИВНУЮ ФУНКЦИЮ ВОИС, В РЕГУЛИРОВАНИИ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНОЙ СОБСТВЕННОСТИ

В статье рассматривается историческая необходимость и теоретико-правовая основа принятия международных договоров и конвенций, регулируемых ВОИС. Международные договоры и конвенции, регулируемые

Халикова Гавхар

Ташкентский государственный юридический университет Магистр права интеллектуальной собственности и информационных

технологий

АННОТАЦИЯ

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ВОИС, ратифицированные Республикой Узбекистан. Дана классификация международных договоров и конвенций ВОИС. Объясняется их основное содержание, разъясняются основные юридические термины этих документов об интеллектуальной собственности. Информация о правах и обязанностях государств-участников международных договоров и конвенций, административные функции которых выполняет ВОИС. Роль и значение международных документов, выпущенных ВОИС, в регулировании прав интеллектуальной собственности.

Ключевые слова: интеллектуальная собственность, авторское право, реализация, патентное право, товарный знак, географическое указание, изобретение, полезная модель, промышленный образец, фонограмма.

IMPORTANCE OF WIPO- ADMINISTERED TREATIES AND CONVENTIONS RATIFIED BY THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN IN THE REGULATION OF INTELLECTUAL PROPERTY

Gavkhar Khalikova

Tashkent State Law University Master in Intellectual Property Law and Information Technology

The article deals with the historical necessity and theoretical and legal basis for the adoption of international treaties and conventions regulated by WIPO. International treaties and conventions administered by WIPO, ratified by the Republic of Uzbekistan. The classification of international treaties and conventions of WIPO is given. Their main content is explained, the main legal terms of these documents on intellectual property are explained. Information on the rights and obligations of states parties to international treaties and conventions administered by WIPO. The role and significance of international documents issued by WIPO in the regulation of intellectual property rights.

Keywords: intellectual property, copyright, implementation, patent law, trademark, geographical indication, invention, industrial design, phonogram.

Bugungi kunga kelib intellektual mulk sohasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga solish nafaqat ayni bir davlat, balki jahon miqiyosidagi dolzarb masalalardan bin sifatida ko'riladi. Chunki jahonda internet tarmoqlarining shiddat bilan rivojlanib, insonlar hayotini barcha jabhalariga kirib borishi intellektual mulkning omma orasida

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4/2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

keng tarqalishiga qanchalik ko'maklashsa, un himoya qilishni shunchalik murakkablashtirmoqda. Ma'lumki intellektual mulk bu- inson aqliy faoliyatining mahsulidir. 1967-yil 14-iyulda Butun jahon intellektual mulk tashkilotini ta'sis etish to'g'ridagi konvensiyaning 2-moddasiga ko'ra intellektual mulk huquqi quyidagilarni o'z ichiga oladi:

adabiy, badiiy va ilmiy asarlar,

artistlarning ijro faoliyati, ovoz yozish, radio va televideniye ko'rsatuvlari, inson faoliyatining barcha sohalaridagi ixtirolar, ilmiy kashfiyotlar, sanoat namunalari,

tovar belgilari, xizmat ko'rsatish belgilari, firma nomlari va tijorat belgilari, nohalol raqobatga qarshi himoya,

sanoat, ilmiy, adabiy va badiiy sohalarda intellektual faoliyat bilan bog'liq boshqa barcha huquqlar.

Yuqorida sanalganlardan ko'rib turibmizki, intellektual mulk insoniyat taraqqiyotining qadimgi davrlaridan boshlab yaratilgan. Ammo uning huquqiy himoyasi amalga oshirish 19 asrga kelib alohida ahamiyat kasb etdi. Mulkiy munosbatlarning rivojlanishi va tartibga solinishi intellektaul mulk atamasining shakllananishi va ularning alohida muhofaza tizimi shakllantirilishiga olib keldi.

Intellektual mulk fuqarolar va yuridik shaxslar o'rtasidagi munosabatlarga ham, davlatlararo munosabatlarga ham o'z ta'sirini o'tkazadi. Natijalarga bo'lgan huquqlar, intellektual faoliyat faoliyat eksteritoriallikka ega emas. Ya'ni maxsus xalqaro shartnomalar mavjud bo'lmaganda, bir davlat hududida tan olingan huquqlar boshqa davlat hududida mavjud bo'lmaydi. Bugungi kunda intellectual mulk sohasidagi munosabatlarni xalqaro darajada tartibga solishda BIMT asosiy o'rin egallaydi. Hozirda unga dunyoning 193 ta davlati a'zo hisoblanadi va ularning soni yildan yilga ortib bormoqda.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Hozirda Butun jahon intellectual mulk tashkiloti intellektual mulkka oid 26 ta shartnoma va konvensiyalarda boshqaruvchilik funksiyasini amalaga oshiradi. Ushbu hujjatlarni shartli ravishda 3 turga ajratish mumkin. Bular:

- intellektual mulk himoyasi

- global himoya tizimi

- klassifikatsiyaga oid hujjatlar.1

1 https://www.wipo.int

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Hozirgi kunda O'zbekiston Respublikasi BIMT tomonidan boshqariladigan 16 ta xalqaro hujjatni ratifikatsiya qilgan. Ushbu xalqaro hujjatlarning har bir intellektual mulk sohasidagi milliy qonunchilikni shakllantirishda alohida ahamiyatda ega hisoblanadi. Quyida ularning mazmuni bilan tanishib chiqamiz.

Sanoat namunalarini himoya qilish bo'yicha Parij konvensiyasi (1883).

1883-yilda Sanoat mulkini himoya qilish bo'yicha Parij konvensiyasi qabul qilindi. Hozirda ushbu shartnomaga 176 ta davlat a'zodir. Mazkur xalqaro shartnoma boshqa mamlakatlarda mualliflarning intellektual ijod mahsullarini himoya qilishni ta'minlashga qaratilgan birinchi keng ko'lamli chora bo'ldi.

Parij konvensiyasi patentlar, tovar belgilari, sanoat namunalari, foydali modellar, firma nomlari, geografik ko'rsatkichlar (tovar kelib chiqishi ko'rsatkichlari va tovar kelib chiqqan joy nomlari) va adolatsiz raqobatni chek qo'yishga doir masalalarni tartibga soladi. Ushbu xalqaro hujjat mualliflarga o'z intellektual asarlarini boshqa mamlakatlarda himoya qilishda yordam berishga qaratilgan birinchi qadam bo'ldi. Konvensiyaning asosiy qoidalari uch toifaga bo'lingan: milliy rejim, ustuvorlik huquqi, umumiy qoidalar.

Parij konvensiyasining 1-moddasiga ko'ra sanoat mulki tushunchasi keng ma'noda talqin qilinadi va sanoat, savdo, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi, qazib olish sanoati, barcha mahsulotlar sanoati shular sirasiga kiritiladi.2

Adabiy va san'at asarlarini himoya qilish to'g'risidagi Bern konvensiyasi. Bern konventsiyasi asarlar va ular mualliflarining huquqlarini himoya qilish bilan bog'liqdir. Ushbu konvensiya fransuz yozuvchisi Viktor Gyugo va uning Xalqaro adabiyot va san'at uyushmasi tomonidan uyushtirilgan kompaniya natijasida qabul qilingan. Konvensiya mualliflarga o'z asarlariga nisbatan nazorat qilish va xalqaro darajada gonorarlarni qo'lga kiritish imkoniyatini bergan.

U uchta asosiy printsipga asoslanadi va himoyaning minimal darajasini belgilovchi bir qator qoidalarni, shuningdek, ulardan foydalanishni istagan rivojlanayotgan mamlakatlar uchun mo'ljallangan maxsus qoidalarni o'z ichiga oladi.

Uchta asosiy tamoyillar quyidagilardan iborat:

1. Milliy rejim

2. Avtomatik tarzda himoya

3. Himoya, asar kelib chiqqan mamlakatda himoya mavjudligiga bog'liq

2 Вожжов Р. А. ПРОМЫШЛЕННАЯ СОБСТВЕННОСТЬ В МЕЖДУНАРОДНОМ ПРАВЕ //ИННОВАЦИОННАЯ НАУКА: ПРОШЛОЕ, НАСТОЯЩЕЕ, БУДУЩЕЕ. - 2016. - С. 36.

649

emas.

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4/2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

Ushbu prinsiplar jahonning ko'plab mamlakatlariga mualliflik huquqini himoya qilish yangi xalqaro tizimini yaratish, milliy qonunchilikni xalqaro normalarga muvofoqlashtirish, axborot va texnologik almashinuv, xalqaro savdo bilan shug'ullanish uchun keng imkoniyat berdi3

Fonogramma ishlab chiqaruvchilarni ularning fonogrammalarini ruxsatsiz takrorlashdan himoya qilish to'g'risidagi Jeneva konventsiyasi (1971)

Konventsiya ahdlashuvchi davlatlarning har birining boshqa ahdlashuvchi davlat fuqarosi bo'lgan fonogramma ishlab chiqaruvchisi manfaatlarini ushbu ishlab chiqaruvchining roziligisiz ularning dublikatlarini yaratish, ishlab chiqarish yoki olib kirish aholiga tarqatish maqsadida amalga oshirilgan hollarda bunday dublikatlarni olib kirishdan, shuningdek bunday dublikatlarni aholiga tarqatishdan himoya qilish majburiyatini nazarda tutadi.4

"Fonogramma" atamasi shakli (disk, plyonka va boshqalar)dan qat'i nazar, sof akustik yozuvni (ya'ni, masalan, kino yoki videokassetali saundtreklarni o'z ichiga olmaydi) anglatadi.

Tovar belgilari to'g'risidagi qonun shartnomasining (TLT) asosiy qoidalari (1994)

Tovar belgilari to'g'risidagi shartnomaning (TLT) asosiy maqsadi milliy va mintaqaviy tovar belgilarini ro'yxatga olish tartib-qoidalarini birlashtirish va tartibga solishdan iborat. Bunga ushbu tartib-qoidalarning ayrim elementlarini soddalashtirish va uyg'unlashtirish, bir vaqtning o'zida bir nechta davlatlarda tovar belgisini topshirish va ro'yxatdan o'tkazish tartib-qoidalarini soddaroq va oldindan aytib bo'ladigan qilish orqali erishiladi.

TLT qoidalarining aksariyati talabnoma beruvchining tovar belgisi idorasi bilan o'zaro hamkorligi jarayoniga taalluqlidir, uni quyidagi uchta asosiy bosqichga bo'lish mumkin: ro'yxatdan o'tkazish uchun ariza berish, ro'yxatdan o'tgandan keyingi o'zgartirishlar va ro'yxatdan o'tishni uzaytirish. Bosqichlarning har biriga taalluqli qoidalar dastur yoki ma'lum bir dastur uchun barcha talablarni iloji boricha aniq qilib belgilab beradigan tarzda tuzilgan.

BIMT mualliflik huquqi shartnomasining (WCT) asosiy qoidalari (1996)

3 Захарова И. А. и др. Бернская конвенция об охране литературных и художественных произведений и часть четвертая Гражданского кодекса РФ: сравнительный анализ //Исторические, философские, политические и юридические науки, культурология и искусствоведение. Вопросы теории и практики. - 2012. - №. 7-1. - С. 8084.

4 Приходченко Р. И. АУДИОЗАПИСИ И ФОНОГРАММЫ КАК ОБЪЕКТЫ ОХРАНЫ МЕЖДУНАРОДНОГО И НАЦИОНАЛЬНОГО АВТОРСКОГО ПРАВА //ТРАДИЦИОННАЯ И ИННОВАЦИОННАЯ НАУКА: ИСТОРИЯ, СОВРЕМЕННОЕ. - 2020. - С. 169.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

BIMT Mualliflik huquqi shartnomasi (WCT) Bern konventsiyasiga muvofiq asarlar va ularning mualliflarining raqamli muhitda huquqlarini himoya qilish bilan bog'liq maxsus kelishuvdir. Har qanday Ahdlashuvchi Tomon (hatto u Bern konventsiyasi bilan bog'lanmagan bo'lsa ham) Adabiy va san'at asarlarini himoya qilish to'g'risidagi Bern konventsiyasining (1886) 1971 yildagi (Parij qonuni) qonunining mazmuniy qoidalari bilan bog'lanadi.

Mualliflarga berilgan huquqlarga kelsak , Bern konventsiyasi tomonidan e'tirof etilgan huquqlarga qo'shimcha ravishda Shartnoma shuningdek: tarqatish huquqi, ijara huquqini va jamoatchilikka kengroq aloqa huquqini beradi.

Patent huquqi shartnomasining (PLT) asosiy qoidalari

Patent huquqi to'g'risidagi Shartnoma (PLT) milliy va mintaqaviy patent talabnomalari va patentlariga nisbatan qo'llaniladigan rasmiy tartib-qoidalarni uyg'unlashtirish va soddalashtirishga qaratilgan va shu bilan ushbu tartib-qoidalarni foydalanuvchilarga qulayroq qilishdir.5

PLT ahdlashuvchi tomon idorasi tomonidan qo'llanilishi mumkin bo'lgan talablarning maksimal ro'yxatini nazarda tutadi. Bu shuni anglatadiki, ahdlashuvchi tomon talabnoma beruvchilar va huquq egalari nuqtai nazaridan unchalik qat'iy bo'lmagan talablarni qo'yishi mumkin, biroq Shartnoma qoidalari milliy idora ariza beruvchilarga yoki ariza beruvchilarga qo'yishi mumkin bo'lgan maksimal talablarni o'z ichiga olganligi sababli majburiy hisoblanadi.

Tovar belgilari huquqi to'g'risidagi Singapur shartnomasining asosiy qoidalari (2006)

Singapur shartnomasining maqsadi tovar belgilarini ro'yxatga olish bo'yicha ma'muriy tartib-qoidalarni uyg'unlashtirish uchun zamonaviy va dinamik xalqaro huquqiy va me'yoriy bazani yaratishdan iborat. Singapur shartnomasi 1994-yildagi Tovar belgilari to'g'risidagi shartnomaga (TLT) asoslanadi, ammo Singapur shartnomasi ko'lami kengroq bo'lib, kommunikatsiya texnologiyalaridagi eng so'nggi ishlanmalarga imkon beradi. Singapur shartnomasi tegishli Ahdlashuvchi Tomon qonunlariga muvofiq ro'yxatdan o'tkazilishi lozim bo'lgan barcha turdagi belgilarga nisbatan qo'llaniladi. Ahdlashuvchi tomonlar ariza beruvchilar va ularning idoralari o'rtasida yozishmalar shaklini tanlashda erkindir (shu jumladan elektron yozishmalar yoki elektron uzatish vositalaridan foydalangan holda yozishmalar).

TLT dan farqli o'laroq, Singapur shartnomasi Ahdlashuvchi Tomon qonunlariga muvofiq ro'yxatdan o'tkazilishi mumkin bo'lgan barcha belgilarga nisbatan

5 Мамедова Н. И. ОСОБЕННОСТИ ПРАВОВОГО РЕГУЛИРОВАНИЯ МЕЖДУНАРОДНОЙ ЗАЩИТЫ ПАТЕНТНЫХ ПРАВ //Прикарпатський юридичний вкник. - 2021. - №. 2. - С. 107-113.

651

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

qo'llaniladi. Uning eng muhim xususiyati shundaki, u tovar belgilari to'g'risidagi qonunchilikka oid birinchi xalqaro hujjat bo'lib, noan'anaviy belgilarni aniq tan oladi. Shartnoma barcha turdagi belgilarga, jumladan gologrammalar, uch o'lchamli belgilar, rang belgilari, joylashuv va joylashish belgilari, harakat belgilari va tovush, hid yoki teginish belgilari kabi noan'anaviy vizual belgilarga nisbatan qo'llaniladi.

Ko'zi ojiz, ko'rishda nuqsoni bo'lgan va bosma axborotni idrok etishda boshqa jihatdan qobiliyati cheklangan shaxslarning nashr etilgan asarlardan foydalanishini yengillashtirish to'g'risidagi Marokash shartnomasi

2013 yil 27 iyunda Marrakesh shahrida qabul qilingan Marrakesh shartnomasi BIMT tomonidan boshqariladigan xalqaro mualliflik huquqi shartnomalari tizimining bir qismidir. Ko'zi ojiz, ko'zi ojiz yoki bosma nogironligi bo'lgan shaxslar uchun nashr etilgan asarlarga kirishni osonlashtirish bo'yicha Marrakesh shartnomasi (MTA) BIMT tomonidan boshqariladigan mualliflik huquqi bo'yicha xalqaro shartnomalarga eng so'nggi qo'shimcha hisoblanadi.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Marrakesh shartnomasi kuchli gumanitar va ijtimoiy o'lchovga ega va uning asosiy maqsadi ko'zi ojiz, ko'rish qobiliyati zaif shaxslarning manfaati uchun majburiy cheklovlar va istisnolar to'plamini o'rnatishdir.6

Tovar kelib chiqqan joy nomlarini himoya qilish va ularni xalqaro ro'yxatga olish to'g'risidagi Lissabon kelishuvining asosiy qoidalari (1958).

Lissabon kelishuvi tovar kelib chiqqan joy nomlarini himoya qilishni nazarda tutadi. Ya'ni, "mamlakat, mintaqa yoki hududning geografik nomi, bu mamlakat, mintaqa yoki hududda ishlab chiqarilgan va sifati va xususiyatlari faqat yoki asosan geografik muhitga, shu jumladan tabiiy va insoniy omillarga bog'liq bo'lgan mahsulotni belgilashga xizmat qiladi" ( 2-modda). Bunday nomlar ahdlashuvchi davlatning vakolatli organining iltimosiga binoan Jenevadagi BIMT Xalqaro byurosi tomonidan ro'yxatga olinadi.

Lissabon kelishuvi faqat ishlab chiqarilgan joy nomlariga nisbatan qo'llaniladi, bu ularning kelib chiqish joyi bilan ayniqsa chambarchas bog'liq bo'lgan mahsulotlar uchun mo'ljallangan geografik ko'rsatkichning alohida turi.

Butunjahon intellektual mulk tashkiloti Lissabon tizimini takomillashtirish bo'yicha uning ishtirokchilari doirasini kengaytirish faoliyatini olib bormoqda. Lissabon kelishuviga tovar kelib chiqqan joy nomlari bo'yicha o'zgartirishlar kiritish

6 Николсон Д. Договор в интересах слабовидящих людей и проект договора по ограничениям и исключениям в авторском праве для библиотек и архивов: что это означает для развивающихся стран //Научные и технические библиотеки. - 2014. - №. 9. - С. 45-55.

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4/2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

va ularni xalqaro ro'yxatga olish asosida geografik ko'rsatkichlarni himoya qilish qoidalarikiritilgan7

Belgilarni xalqaro ro'yxatga olish to'g'risida Madrid Protokoli

Belgilarni xalqaro ro'yxatga olish Madrid tizimi ikkita shartnoma bilan tartibga solinadi:

• 1891 yilda tuzilgan Madrid kelishuvi

• 1989 yilda Madrid tizimiga ko'proq moslashuvchanlikni berish va uni ba'zi mamlakatlarning milliy qonunchiligiga va Bitimga qo'shila olmagan hukumatlararo tashkilotlarning normalariga muvofiqlashtirish maqsadida tuzilgan ushbu Bitimga Protokol.

Madrid tizimida ishtirok etuvchi davlatlar va tashkilotlar birgalikda "Ahdlashuvchi tomonlar" deb ataladi. Tizim belgilangan ahdlashuvchi tomonlarning har birida amal qiladigan xalqaro ro'yxatdan o'tish orqali, belgini ko'plab mamlakatlarda himoya qilish imkonini beradi.

1883 yilgi Parij konventsiyasidan farqli o'laroq, 1891 yil Madrid kelishuvi tovar belgisini xalqaro ro'yxatga olish tartibi o'rnatilgan. Bunday ro'yxatga olish Xalqaro intellektual mulk byurosi tomonidan amalga oshiriladi.8

Patent kooperatsiyasi shartnomasi (PCT)

Patent kooperatsiyasi to'g'risidagi shartnoma (PCT) "xalqaro" patent talabnomasini topshirish orqali bir vaqtning o'zida turli mamlakatlarning har birida ixtiro uchun patent himoyasini_ olish imkonini beradi. Bunday ariza har qanday PCT ahdlashuvchi davlat fuqarosi yoki shunday davlatda yashovchi shaxs tomonidan berilishi mumkin. Odatda, talabnoma beruvchi fuqarosi yoki rezidenti bo'lgan Ahdlashuvchi Davlatning milliy patent idorasiga yoki talabnoma beruvchining xohishiga ko'ra Jenevadagi BIMT Xalqaro byurosiga topshirilishi mumkin.

Sanoat namunalarining xalqaro tasnifini o'rnatish to'g'risidagi Lokarno kelishuvi

Lokarno shartnomasi 1968 yilda tuzilgan va 1979 yilda o'zgartirilgan. Shartnoma sanoat namunalari uchun tasnifni o'rnatdi ( Lokarno tasnifi).

Ahdlashuvchi davlatlarning vakolatli organlari sanoat namunalarini saqlash yoki ro'yxatdan o'tkazish to'g'risidagi rasmiy hujjatlar va nashrlarda sanoat namunalari

7 Шахназарова Элен Ашотовна Особенности международно-правовой охраны наименований мест происхождения товаров и географических указаний в свете принятия Женевского акта Лиссабонского соглашения 20 мая 2015 г // Журнал российского права. 2016. №11 (239).

8 Вожжов Р. А. ПРОМЫШЛЕННАЯ СОБСТВЕННОСТЬ В МЕЖДУНАРОДНОМ ПРАВЕ //ИННОВАЦИОННАЯ НАУКА: ПРОШЛОЕ, НАСТОЯЩЕЕ, БУДУЩЕЕ. - 2016. - С. 36.

653

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

sotilgan tovarlar tegishli bo'lgan Tasniflash sinflari va kichik sinflarining raqamlarini ko'rsatadi.

Shartnomada, shuningdek, Ittifoqning barcha a'zolari vakillik qiladigan Ekspertlar qo'mitasi tashkil etildi. Qo'mitaning asosiy vazifasi klassifikatsiyani davriy qayta ko'rib chiqishdan iborat.

Bitimga erkin qo'shilish huquqi sanoat mulkini himoya qilish bo'yicha Parij konventsiyasiga (1883) a'zo davlatlarga beriladi. Ratifikatsiya yorliqlari yoki qo'shilish to'g'risidagi hujjatlar BIMT Bosh direktoriga saqlash uchun topshirilishi kerak.

Belgilarni ro'yxatdan o'tkazish maqsadlari uchun tovarlar va xizmatlarning xalqaro tasnifi to'g'risida Nitssa kelishuvi

Nitstsa kelishuvi tovar belgilari va xizmat ko'rsatish belgilarini ro'yxatdan o'tkazish maqsadida tovarlar va xizmatlar tasnifini belgilaydi ( Nitstsa tasnifi ). Har bir ro'yxatga olish munosabati bilan Ahdlashuvchi Davlatlarning Tovar belgilari idoralari rasmiy hujjatlar va nashrlarda ushbu belgi ro'yxatga olingan tovarlar yoki xizmatlar tegishli bo'lgan Tasniflash sinf raqamlarini ko'rsatadi.

Shartnomada, shuningdek, Ittifoqning barcha a'zolari vakillik qiladigan Ekspertlar qo'mitasi tashkil etildi. Qo'mitaning asosiy vazifasi klassifikatsiyani davriy qayta ko'rib chiqishdan iborat.

Xalqaro patent tasnifi bo'yicha Strasburg kelishuvi

Strasburg kelishuvi xalqaro patent tasnifini (IPC) o'rnatadi , u butun texnologiya sohasini taxminan 80 ming sarlavhadan iborat sakkizta bo'limga ajratadi. Tasniflash "san'at darajasi"ni aniqlash jarayonida patent hujjatlarini qidirish uchun mutlaqo zarurdir.9 Bunday qidiruv patent beruvchi organlar, potentsial ixtirochilar, ilmiy-tadqiqot muassasalari va texnologiyani qo'llash yoki yaratish bilan shug'ullanadigan har qanday shaxs uchun zarurdir.

Tegishli IPC indekslari har yili 2 million donadan ortiq miqdorda chiqariladigan patent hujjatlarida (nashr etilgan patent talabnomalari va berilgan patentlar) qo'llaniladi. Tegishli indekslar patent hujjatlariga ularni nashr etuvchi milliy yoki hududiy sanoat mulki idoralari tomonidan beriladi. PCT ilovalari uchun IPC raqamlari Xalqaro qidiruv organi tomonidan tayinlanadi.

Patent protsessual maqsadlarda mikroorganizmlar depozitini xalqaro tan olish to'g'risidagi Budapesht shartnomasining asosiy qoidalari

9 Claus P., Hansson B. The international patent classification //World Patent Information. - 1980. - T. 2. - №. 1. - C.

13-20.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Shartnomaning asosiy xususiyati shundan iboratki, patent protsedurasi maqsadlarida mikroorganizmlarni saqlashga ruxsat beruvchi yoki talab qiluvchi ahdlashuvchi davlat mikroorganizmni saqlash bo'yicha har qanday "xalqaro depozitariy organ"da shunday maqsadlarda saqlashni bu organ ushbu davlatda joylashganligi yoki boshqa davlatda joylashganligidan qat'iy nazar tan olishi kerak.

Patent berishning sharti ixtironi oshkor qilishdir. Odatda ixtironing oshkor etilishi yozma tavsif yordamida amalga oshiriladi. Agar ixtiro mikroorganizmga yoki undan foydalanishga taalluqli bo'lsa, yozma tavsif yordamida oshkor qilish mumkin emas va faqat mikroorganizm namunasini ixtisoslashtirilgan muassasaga saqlash yo'li bilan amalga oshirilishi mumkin. Amalda "mikroorganizm" atamasi keng ma'noda talqin qilinadi va biologik materialni o'z ichiga oladi, uning depoziti oshkor qilish uchun zarur bo'lgan, xususan, oziq-ovqat va farmatsevtika sohasidagi ixtirolarga nisbatan.

Shartnomada "xalqaro depozitariy organ" deb atalgan organ mikroorganizmlarni saqlashni ta'minlashga qodir bo'lgan ilmiy muassasa - odatda "madaniyat kolleksiyasi" hisoblanadi. Bunday muassasa o'zi hududida joylashgan ahdlashuvchi davlat tomonidan BIMT Bosh direktoriga mazkur muassasa shartnomada belgilangan muayyan talablarga javob berishi va bajarishda davom etishi to'g'risida kafolatlar berish orqali "depozitariy xalqaro organ" maqomini oladi. 2020-yil 28-iyul holatiga ko'ra, 48 ta shunday organ mavjud.

BIMT Ijrolar va fonogrammalar (WPPT) shartnomasi (1996)

BIMT Ijrolar va fonogrammalar to'g'risidagi Shartnoma (WPPT) ikki guruh benefitsiarlarining, ayniqsa raqamli muhitda huquqlarini ko'rib chiqadi: (i) ijrochilar (aktyorlar, qo'shiqchilar, musiqachilar va boshqalar) va (ii) fonogramma ishlab chiqaruvchilari (jismoniy yoki yuridik shaxslar).

Shartnoma ijrochilarga fonogrammalarda qayd etilgan ijrolariga mulkiy huquqlarni beradi: takrorlash huquqi, tarqatish huquqi, ijara huquqi va taqdim etish huquqi.

Shartnoma shuningdek, ijrochilarga nomulkiy huquqlarni , ya'ni ularni ijrochi sifatida aniqlashni talab qilish huquqini va ijrochining obro'siga putur etkazishi mumkin bo'lgan ijroning har qanday buzilishi, buzilishi yoki boshqa o'zgarishiga qarshi chiqish huquqini beradi.

Fonogramma ishlab chiqaruvchilarga kelsak, shartnoma ularga o'z fonogrammalariga nisbatan mulkiy huquqlarni beradi: ko'paytirish huquqi, tarqatish huquqi, ijaraga olish huquqi va taqdim etish huquqiga ega.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

O'zbekiston Respublikasi tomonida bugungi kunda imzolangan BIMT tomonida boshqariladigan xalqaro shartnoma va konvensiyalar yuqoridagilar hisoblandi.

O'zbekistonning intellektual mulk sohasidagi muhim xalqaro shartnomalarga qo'shilishi orqali tadbirkorlik uchun qulay muhit yaratilishi xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda ham muhim omil sanaladi. Mamlakatning investitsion jozibadorligining eng asosiy shartlaridan biri, bu - intellektual mulk himoyasi ta'minlangani bilan belgilanadi.

Milliy qonunchilikka intellektual mulk sohasida umume'tirof etilgan xalqaro standartlarni implementatsiya qilish intellektual mulk huquqini ta'minlashning muhim bosqichi sanaladi.

Bugungi kunda O'zbekistonda intellektual mulk huquqi muhofazasini ta'minlash doirasida xalqaro me'yorlar talablaridan kelib chiqib, intellektual mulk sohasining barcha yo'nalishlarini qamrab olishga qaratilgan intellektual mulk sohasini rivojlantirish milliy strategiyasini ishlab chiqish ishlari olib borilmoqda.

Xulosa qilib aytganda, intellektual mulk sohasiga doir xalqaro shartnomalarni qabul qilinishi mamlakat xalqaro hamjamiyatdagi imijini, intellektual mulk sohasining iqtisodiyotdagi o'rnini oshirishga, intellektual mulk huquqi himoyasini ta'minlash orqali yosh tadqiqotchi-izlanuvchilarni qo'llab-quvvatlash va intellektual salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.

REFERENCES

1. Вожжов Р. А. Промышленная собственность в международном праве //Инновационная наука: Прошлое, настоящее, будущее. - 2016. - С. 36.

2. Захарова И. А. и др. Бернская конвенция об охране литературных и художественных произведений и часть четвертая Гражданского кодекса РФ: сравнительный анализ //Исторические, философские, политические и юридические науки, культурология и искусствоведение. Вопросы теории и практики. - 2012. - №. 7-1. - С. 80-84.

3. Приходченко Р. И. Аудиозаписи и фонограммы как объекты охраны международного и национального авторского права //традиционная и инновационная наука: история, современное. - 2020. - с. 169.

4. Мамедова Н. И. Особенности правового регулирования международной защиты патентных прав //Прикарпатський юридичний вюник. - 2021. - №. 2. -

XULOSA

С. 107-113

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

5. Николсон Д. Договор в интересах слабовидящих людей и проект договора по ограничениям и исключениям в авторском праве для библиотек и архивов: что это означает для развивающихся стран //Научные и технические библиотеки. - 2014. - №. 9. - С. 45-55.

6. Шахназарова Элен Ашотовна Особенности международно-правовой охраны наименований мест происхождения товаров и географических указаний в свете принятия Женевского акта Лиссабонского соглашения 20 мая 2015 г // Журнал российского права. 2016. №11 (239).

7. Claus P., Hansson B. The international patent classification //World Patent Information. - 1980. - Т. 2. - №. 1. - С. 13-20.

8. Кривошеев А. В. Имплементация норм договора ВОИС об авторском праве и договора ВОИС по исполнениям и фонограммам в части технических средств защиты объектов авторского права и смежных прав //Вестник Российского университета дружбы народов. Серия: Юридические науки. - 2009. - №. 4. - С.

1. Adabiy va san'at asarlarini himoya qilish to'g'risidagi Bern konvensiyasi 1886, Parij akti 1971 y.

2. Patent protsessual maqsadlarda mikroorganizmlar depozitini xalqaro tan olish to'g'risidagi Budapesht shartnomasi 1977 y.

3. Sanoat namunalarining xalqaro tasnifini o'rnatish to'g'risidagi Lokarno kelishuvi 1968 y.

4. Belgilarni xalqaro ro'yxatga olish to'g'risida Madrid Protokoli 1989 y.

5. Belgilarni ro'yxatdan o'tkazish maqsadlari uchun tovarlar va xizmatlarning xalqaro tasnifi to'g'risida Nitssa kelishuvi 1957 y.

6. Sanoat namunalarini himoya qilish bo'yicha Parij konvensiyasi 1883 y.

7. Patent kooperatsiyasi shartnomasi, Vashington 1970 y.

8. Patent huquqi shartnomasining (PLT) asosiy qoidalari 2000 y.

9. Xalqaro patent tasnifi bo'yicha Strasburg kelishuvi 1971 y.

10. Tovar belgilari huquqi to'g'risidagi Singapur shartnomasi 2006 y.

11. Tovar belgilari to'g'risidagi qonun shartnomasi 1994 y.

12. Butunjahon intellektual mulk tashkilotining mualliflik huquqi bo'yicha shartnomasi (Jeneva, 1996 yil 20 dekabr)

13. Butunjahon intellektual mulk tashkilotining ijrolar va fonogrammalar bo'yicha shartnomasi (Jeneva, 1996 yil 20 dekabr)

48-56.

Xalqaro hujjatlar

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

14. Fonogramma tayyorlovchilarning manfaatlarini ularning fonogrammalari noqonuniy takrorlanishidan muhofaza qilish to'g'risida konvensiya (Jeneva, 1971y)

15. Ko'zi ojiz, ko'rishda nuqsoni bo'lgan va bosma axborotni idrok etishda boshqa jihatdan qobiliyati cheklangan shaxslarning nashr etilgan asarlardan foydalanishini yengillashtirish to'g'risidagi Marokash shartnomasi 2013 y.

Internet saytlar

1. https://www.lex.uz

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

2. https : //www.ima.uz

3. https : //www.wipo .int

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.