Научная статья на тему 'OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QIZIL KITOBIGA KIRITILGAN SAFSAN XURMO (DIOSPYROS LOTUS L.) NING TOSHKENT BOTANIKA BOGʻIGA INTRODUKSIYASI'

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QIZIL KITOBIGA KIRITILGAN SAFSAN XURMO (DIOSPYROS LOTUS L.) NING TOSHKENT BOTANIKA BOGʻIGA INTRODUKSIYASI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
5
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
qizil kitob / diospyros lotus / in-situ / introduksiya / Toshkent Botanika bogʻi / florogenetik / ekspozitsiya / generativ / stimulyator.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Temirov E.E., Raximova N.K., Raxmatillaev M.S.

Maqolada Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan Safsan xurmo (Diospyros lotus L.) turini Toshkent Botanika bogʻiga introduksiyasi va generativ koʻpaytirish boʻyicha dastlabki tadqiqot ishlari haqida maʼlumotlar keltirilgan. Olingan natijalarga koʻra, turni generativ usulda urugʻlaridan koʻpaytirilganda, urugʻ unuvchanligi 88-90% ni tashkil etdi. Kelgusida fenologiyasi hamda bioekologik xususiyatlarini oʻrganish orqali ushbu turni urugʻidan va vegetativ koʻpaytirish texnologiyasi ishlab chiqiladi hamda tabiiy tarqalgan hududlariga ekiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QIZIL KITOBIGA KIRITILGAN SAFSAN XURMO (DIOSPYROS LOTUS L.) NING TOSHKENT BOTANIKA BOGʻIGA INTRODUKSIYASI»

OZBEKISTON RESPUBLIKASI QIZIL KITOBIGA KIRITILGAN SAFSAN XURMO (DIOSPYROS LOTUS L.) NING TOSHKENT BOTANIKA BOGIGA INTRODUKSIYASI

1Temirov E.E., 2Raximova N.K., 3Raxmatillaev M.S.

1,23O'zR FA Botanika instituti huzuridagi akademik F.N. Rusanov nomidagi

Toshkent Botanika bog'i https://doi.org/10.5281/zenodo.14002203

Annotatsiya. Maqolada O'zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan Safsan xurmo (Diospyros lotus L.) turini Toshkent Botanika bog'iga introduksiyasi va generativ ko 'paytirish bo 'yicha dastlabki tadqiqot ishlari haqida ma'lumotlar keltirilgan. Olingan natijalarga ko'ra, turni generativ usulda urug'laridan ko'paytirilganda, urug' unuvchanligi 88-90% ni tashkil etdi. Kelgusida fenologiyasi hamda bioekologik xususiyatlarini o'rganish orqali ushbu turni urug'idan va vegetativ ko'paytirish texnologiyasi ishlab chiqiladi hamda tabiiy tarqalgan hududlariga ekiladi.

Kalit so'zlar: qizil kitob, diospyros lotus, in-situ, introduksiya, Toshkent Botanika bog'i, florogenetik, ekspozitsiya, generativ, stimulyator.

Аннотация. В статье приводятся сведения об интродукции в Ботанический сад и первоначальных исследовательских работах по генеративному размножению вида Diospyros lotus L., занесенного в Красную книгу Республики Узбекистан. По полученным результатам при размножении вида генеративным способом (семенами) всхожесть семян составила 88-90%. В дальнейшем будет разработана технология семенного и вегетативного размножения данного вида, путем изучения его фенологии и биоэкологических особенностей, также будет выращиваться в естественных местах произрастания.

Ключевые слова: красная книга, diospyros lotus, in-situ, интродукция, Ташкентский ботанический сад, флорогенетический, экспозиция, генеративный, стимулятор.

Abstract. The article provides information about the introduction to the Botanical Garden and initial research on generative reproduction of the species Diospyros lotus L., listed in the Red Book of the Republic of Uzbekistan. According to the results obtained, when the species was propagated generatively (by seeds), the germination rate of the seeds was 88-90%. In the future, the technology of seed and vegetative reproduction of this species will be developed, by studying its phenology and bioecological features, it will also be grown in natural places of growth.

Keywords: red book, diospyros lotus, in-situ, introduction, Tashkent Botanical Garden, florogenetic, exposition, generative, stimulator.

Dunyoda biologik xilma-xillikni saqlab qolish, o'simlik olamini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish global muammolardan biri sifatida qaralmoqda. BMT ning "Biologik xilma-xillikni baholash" xalqaro ma'lumotlariga ko'ra, hozirgi kunda o'simlik olami vakillarining 11000 dan ortiq turi muhofazaga muhtoj bo'lib, so'nggi 400 yil davomida ularning 654 turi yer yuzidan yo'qolib ketdi. Shu munosabat bilan, tabiiy floraning noyob va kamayib borayotgan turlarini saqlab qolish yo'llarini ishlab chiqish dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.

Bugungi kunda dunyoda noyob, kamyob va endem o'simlik turlarining sistematikasini o'rganish, ekologiyasini asoslash va ularni muhofaza qilish choralariga alohida e'tibor

qaratilmoqda. Bu o'rinda, o'zinig noyobligi va o'ta manzaraliligi bilan ajralib turuvchi, kelgusida obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirishda keng foydalanish imkonini beruvchi O'zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan turlar alohida ahamiyatga ega. Ushbu turlar Markaziy Osiyo mamlakatlarida tarqalganligi, arealining torligi hamda turlarning biologik xususiyatlarini muhofazalash, introduksiyasini baholash va ko'kalamzorlashtirishda foydalanish istiqbollarini aniqlashni talab etadi.

Atrof-muhitni, o'simliklar olamini muhofaza qilish insoniyat uchun juda katta hayotiy ahamiyatga ega. Insoniyat tabiatdan foydalanar ekan, uning asrlar davomida shakllangan tabiiy manzarasini o'zgartirmoqda, unga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Sanoat tarmoqlari va qishloq xo'jaligining rivojlanib borishi, tabiiy maydonlarning keng miqyosda o'zlashtirilishi ekologik muvozanat buzilishiga olib kelmoqda. Natijada o'simliklarning kamayib ketish xavfi tug'ilmoqda. Bu esa o'simliklar dunyosi genofondining qisqarishiga sabab bo'lmoqda. Har qanday turning yo'qolishi boshqa noxush oqibatlarga olib kelishi aniq. Ta'kidlash joizki, yovvoyi o'simliklar qishloq xo'jaligida ekiladigan madaniy navlarni yaratishda birlamchi asos sifatida muhim ahamiyatga ega.

O'zbekistonda Qizil kitob ilk bor 1979-yilda ta'sis etilgan. "Qizil kitob" ning 2-nashri 1984-yilda chop etilgan bo'lib, unga O'zbekiston florasining yo'qolib ketish xavfi ostida qolgan 163 ta turi kiritilgan. Kitobning 3-nashri 2009-yilda chop etilib, O'zbekiston florasining 324 ta turi kiritidi. Kitobning yangi - 2019-yilgi nashriga o'simliklarning 314 ta turi kiritilgan [1].

O'zR FA Botanika instituti huzuridagi akademik F.N. Rusanov nomidagi Toshkent Botanika bog'ida ham o'simlik dunyosini muhofaza qilish, turlarning kamayib ketishining oldini olish va sabablarini bartaraf etishga, ulardan ilmiy asoslangan holda oqilona va barqaror foydalanish hamda takror ko'paytirilishini ta'minlashga qaratilgan fundamental va amaliy loyihalar olib borilmoqda.

O'zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan manzarali daraxt va buta turlaridan ayrimlari Toshkent Botanika bog'ining Markaziy Osiyo ekspozitsiyasiga introduksiya qilingan. Markaziy Osiyo ekspozitsiyasida hozirgi kunda 31 oila, 70 turkum, 173 turga mansub daraxt va butalarning tirik namunalari saqlanmoqda, shundan 0,7 %ini Qizil kitobga mansub daraxt va buta turlari tashkil etadi. O'zR Qizil kitobiga kiritilgan Safsan xurmoni tabiiy va introduksiya sharoitlaridagi morfologik xususiyatlarini o'rganish, o'sishi va rivojlanishi hamda iqlimlashishini asoslash, introduksiya qilish, ko'paytirish yo'llarini ishlab chiqish, foydalanish samaradorligini baholash muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga egadir. Hozirda Toshkent Botanika bog'ining Markaziy Osiyo ekspozitsiyasida O'zR Qizil kitobiga mansub Safsan xurmo - Diospyros lotus L. tabiiy genofond sifatida saqlanib kelinmoqda. Quyida Diospyros lotus biologiyasi va introduksiyasi haqida qisqacha ma'lumotlar keltirilgan (1-rasm).

1-rasm. O'zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan

Safsan xurmo (Diospyros lotus L.) ning tarqalishi

Ushbu turning tabiiy tarqalish hududi (Native) yashil rangda, introduksiya qilingan hududlar (Introduced) pushti rangda keltirilgan.

Safsan xurmo - Xurmodoshlar (Ebenaceae) oilasi, Xurmo (Diospyros) turkumiga mansub juda kamyob, areali qisqarib borayotgan tur hisoblanadi. Balandligi 15-20 m bo'lgan, ba'zan sharsimon yoki ustunsimon shoxlanish tipiga ega yirik daraxt. Shox-shabbasi keng, qizg'ish-qo'ng'ir rangda. May oyida gullaydi. Mevasi dumaloq, 2,5 sm diametrga ega, og'irligi 3-4 g, gilosga o'xshaydi, avval sariq yoki kulrang bo'lib, so'ng qo'ng'ir rangga kiradi. U urug'idan yaxshi ko'payadi. Ildizidan bachkilaydi, ildiz qalamchasidan ham ko'karadi. Novda qalamcharidan ancha qiyin ildiz oladi. Sovuqqa nisbatan chidamli [2]. Mevasida 2 tadan 8 tagacha urug'lari mavjud. Yirik daraxtlari ochiq sharoitda 80 kg hosil berishi mumkin. Uni mahalliy xalq iste'mol qiladi. Mevalari oktabr oyining oxirida pishib yetiladi. Yaxshi pishib yetilgan mevalarini qayta ishlangan holda murabbo, sharbatlar va vino tayyorlashda ishlatish mumkin. Shuningdek, eng sara mevalari quritilib, non tayyorlashda ishlatiladi. Bundan tashqari, mevalari tarkibida 40% gacha glyukoza va fruktoza mavjud [3]. Daraxt tanasi qo'ng'ir-qora po'stloqli. Barglari mustahkam, qayishsimon, cho'ziq, uzunligi 15 sm. Gullari sarg'ish-qizil, qo'ng'iroqsimon, ikki uyli. Changchili gullari yarimsoyabonga to'plangan, urug'chi gullari yakka-yakka yoki bir nechtadan o'rnashgan. Mevasi - etli rezavor, sharsimon, avvaliga qizg'ish, keyinchalik qo'ng'ir-qoramtir rangga kiradi. May-iyunda gullab, mevasi oktabr-noyabrda pishadi. Ushbu turning tarqalishi O'zbekistonda Surxondaryo viloyati: Hisor tizmasi (To'palang va Sangardak daryolari havzalari, Qo'shtut, Tamshush, Xondiza qishloqlari atroflari)da tarqalgan. MDH da Tojikiston va Kavkazning tog'li hududlarida tabiiy tarqalgan. Dunyo bo'yicha Kichik Osiyo, Eron, Afg'oniston, Xitoy va Yaponiyada, shuningdek, shimoliy-g'arbiy Himoloy tog'larida dengiz sathidan 1000-2000 m balandliklarda uchraydi [4,5,6]. Xurmo o'rmon melioratsiyasi, meva yetishtirish va ko'kalamzorlashtirish uchun qimmatli turdir. O'rta Osiyoda dengiz sathidan 1000-2000 m balandlikda quyi va o'rta tog' qiyaliklarida o'sadi. Ko'pincha suv oqimlari bo'ylab, qirg'oqlarda, daryo vodiylarida va soy bo'yida, daralar va buloqlar yaqinidagi toshli qiyaliklarda o'sadi. Bu subtropik tur hisoblanadi. O'rta Osiyoning tabiiy tog'li muhitini florogenetik tahlil qilishda Safsan xurmo alohida keltirib o'tilgan. Xurmo mevalarining kaloriya tarkibi: 100 gr mevasi 53 kkal ga ega. Ularda C vitamini 61% ni tashkil etib, bu inson immunitetini mustahkamlovchi, organizmdagi virusli va yallig'lanish jarayonlariga qarshi turishga yordam beradi [7,8].

Tog'ning pastki va o'rta qismlaridagi daralarning shag'alli yonbag'irlari, buloqlarning bo'ylarida o'sadi. Kam uchraydi, ba'zan 5-15 tupi birga o'sadi. Urug'idan va vegetativ yo'l bilan (bachkisidan) ko'payadi. Xo'jalik maqsadlari uchun yerlarning o'zlashtirilishi, qurilish hamda o'tin uchun ishlatilishi tufayli kamayib ketmoqda [4].

Diospyros lotus Toshkent Botanika bog'iga 1948-yilda akademik F.N. Rusanov tomonidan olib kelingan va hozirgi kunda Markaziy Osiyo ekspozitsiyasi kolleksiyasida 4 tupi mavjud. O'rta Osiyoda birinchi bo'lib ushbu turni introduksiya sharoitida 1954-yilda T.I. Slavkina o'rgangan. 1964-yilda V.I. Zaprygayeva turni tabiiy sharoitda tadqiq qilish ishlarini olib borgan. Toshkent Botanika bog'ida mazkur turni urug'idan ko'paytirish maqsadida ilmiy-tadqiqot ishlari 2023-2024-yy. olib borildi. Tadqiqot davomida ushbu turni urug'idan ko'paytirish uchun Toshkent Botanika bog'ida mavjud 60-65 yoshli onalik o'simlikning urug'laridan foydalanildi.

Ayni vaqtda Toshkent Botanika bog'i ekspozitsiyalarida Xurmo (Diospyros) turkumining Diospyros grandiflora Regel., Diospyros kaki L., Diospyros virginiana L. kabi turlari va

Diospyros lotus v. kakii Dode formasidan iborat katta yoshli daraxtlari bor. Tajriba o'tkazish uchun tanlangan Diospyros lotus ning Toshkent Botanika bog'i Yevropa-Qrim-Kavkaz va Markaziy Osiyo ekspozitsiyalarida jami 12 tup katta yoshli daraxtlari mavjud. Diospyros lotus ning boshqa turdosh vakillaridan asosiy farqi - mevasi va urug'larining shaklida, ya'ni mevalari boshqa turlarga nisbatan ancha kichik va yumaloq, urug'lari esa mayda va to'q jigarrang tusga ega ekanligidadir.

Tajriba sifatida Diospyros lotus ning urug'larini ekishdan oldin meva va urug'larning biomorfologik ko'rsatkichlari aniqlab olindi. Bunda meva va urug'lar shakli, hajmi hamda og'irligini aniqlash ishlari bajarildi (2-rasm).

2-rasm. Diospyros lotus meva va urug'larining morfologik ko'rstkichlarini aniqlash

Diospyros lotus mevasining bo'yi 2-2,5 sm, eni 1,5-2 sm ni tashkil etdi. 1 dona meva o'rtacha 4,219 gr, 10 dona meva o'rtacha 39,792 gr, 100 dona mevasi esa o'rtacha 423,7 gr ekanligi aniqlandi. Mevasi go'shtdor to'q sariq rangda, xushbo'y xidli qushlarni o'ziga jalb etadi. Pishib yetilgan meva ichida 2 tadan 6 tagacha urug'lari bor. Urug'larining bo'yi 1-1,5 sm, eni 0,5-0,8 mm ni tashkil etadi. 1 dona urug'i o'rtacha 0,184 gr, 10 dona urug'i o'rtacha 1,763 gr, 100 dona mevasi esa o'rtacha 17,508 gr ni tashkil etdi. Urug'lar dastlab sariq rangda bo'lib, to'liq yetilganidan so'ng to'q jigarrang tusga kiradi. Urug' po'stlog'i qattiq, ichki qismi esa yumshoq, oq rangda.

Urug'dan ko'paytirish bo'yicha tajriba ishlari Markaziy Osiyo ekspozitsiyasidan terib olingan va stratifikatsiya qilingan urug'larni ekish uchun bog' hududidan maxsus joy tayyorlab olindi. Tayyorlangan joy quyosh nuri o'rtacha tushadigan yarim soya bo'lib, bunda o'simlik urug'idan unib chiqish vaqtida quyosh nuridan zararlanmasligi bilan asosalanadi.

Urug'lar 2 xil variantda (maxsus plastik idishlar va maydonchada) ochiq grunt sharoitida ekildi. 04.03.2023 da ekilgan urug'larning dastlabki unib chiqish holati 28.03.2023 da havo harorati +28 oC, havoning nisbiy namligi 51% bo'lganda kuzatildi. Urug'larning unib chiqish holati 05.30.2023 ga qadar kuzatildi. 2023 yil 30-may holati bo'yicha plastik idishlarga ekilgan urug'larda unuvchanlik 34,9 %, ochiq grunt sharoitidagi urug' unuvchanlik miqdori esa 80,13% ga teng bo'ldi. Maxsus konteynerlarda 384 ta, ochiq grunt sharoitida 4235 ta, jami 4619 ta nihol undirildi. Urug'larning dala sharoitidagi unuvchanligi 72,34% ni tashkil etdi. Ayni paytda yosh nihollarning umumiy balandligi 8 sm dan 24 sm gacha o'sganligi qayd etildi (3-rasm).

3-rasm. Diospyros lotus ning ikki yillik ko'chati

Turni urug'idan ko'paytirish bo'yicha tajribalar 2024-yil ham davom ettirildi. 2023-yil kuzgi mavsumda terib olingan urug'larni joriy yilda ekish uchun 5 xil variant tanlandi. Bunda 500 dona sog'lom urug'lari 100 donadan ajratildi.

Urug'larni ekish uchun:

1. Nazorat (oddiy suv) variantida 20 soat;

2. Kornevin stimulyatorida 20 soat;

3. Ribav ekstra stimulyatorida 18 soat;

4. Geteroauksin stimulyatorida 16 soat;

5. Yantar kislotasida 14 soat mobaynida ivitildi va ivitilgan urug'lar 20.03.2024 y.da havo harorati +17 °C, havoning nisbiy namligi 54% bo'lganda tajriba maydoniga ekildi. Tayyorlab olingan joy 1x1 m bo'lib, urug'lar 5 qatorga bo'linib, qator oralig'i 10-15 sm ni tashkil etdi. Urug'lar 1,5-2 sm chuqurlikda ekildi va ustidan chirindiga boy tuproq va qum aralashmasi solindi.

2024-yil sentyabr holatiga ko'ra, yosh nihollarining umumiy balandligi 5 sm dan 17 sm gacha o'sganligi qayd etildi. 100 donadan urug'i stimulyatorlar bilan ishlov berilib ekilganda: yantar kislotada 59%; geteroauksinda 46%; Ribav ekstrada 63%; kornevinda 88%; nazorat (oddiy suvda) 75% unib chiqqanligi kuzatildi (4-rasm).

4-rasm. Diospyros lotus ning bir yillik ko'chati

Kelgusida ushbu turning bioekologik xususiyatlari va fenologiyasini o'rganish orqali ularni urug'idan hamda vegetativ ko'paytirish texnologiyasi ishlab chiqiladi. Yuqorida qayd etilgan o'simlik turini ko'paytirib, tabiiy tarqalgan hududlariga ekiladi hamda Respublikamiz

shahar sharoitlarida ko'ngilochar joylarda, ishxona, zavod va fabrikalar hamda aholi yashash joylarida, xiyobonlarda, sayilgohlarda manzaraviy ko'rinish aks ettirib, ko'kalamzorlashtirish uchun tavsiya etiladi.

Adabiyot manbalarini ko'zdan kechirish jarayonida O'zbekistonda ushbu o'simlik ustida ilmiy-tadqiqot ishlari yetarli darajada olib borilmaganligi, shuningdek, o'simlikni atrof-muhit omillariga munosabati hamda morfologik xususiyatlarini aniqlash, o'sishi va rivojlanishi, iqlimlashishini asoslash, introduksiya qilish, ko'paytirish yo'llarini ishlab chiqish hamda foydalanish samaradorligini baholash kabi eng muhim ishlar yaxshi tadqiq qilinmaganligi qayd etildi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Mirzaqulov U., Vakilov S.H. Ugom-Chotqol milliy tabiat bog'i kecha va bugun. - Toshkent, 2021. - B. 64.

2. Qayimov A.K., Berdiyev E.T., Hamroyev H.F., Turdiyev S.A. Dendrologiya //O'quv qo'llanma. - Toshkent, 2015. - B. 202.

3. Бородина Н.А., Некрасов В.И., Некрасова Н.С., Петрова И.П., Плотникова Л.С., Смирнова Н.Г. Деревья и кустарники СССР: Мысль, 1966. - С. 514-515.

4. O'zbekiston Respublikasi Qizil kitobi. - Toshkent: Chinor ENK, 2019. - B. 188.

5. Грубов В.И. Сем. Еbеnасеае //Флора СССР. Т.18. - М.-Л.: АН СССР, 1957. - С. 475483.

6. Закиров К.З. Растительный покров Узбекистана и пути его рационального использования Ташкент: Фан, УзССР, 1984. - С 44-46.

7. Аблаев С.М., Юлдашов Я.Х., Эшанкулов Б.И. Лесные культуры основных древесных и кустарниковых лесных пород Узбекистана //Учебное пособие. - Ташкент, 2009. - C. 57.

8. Камелин Р.В. Флорогенетический анализ естественной горной Средней Азии. - Л.: Наука, 1973. - С. 32-74.

9. https://powo.science.kew.org/taxon/urn:lsid:ipni.org:names:485678-1

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.