TOSHKENT BOTANIKA BOG'IGA INTRODUKSIYA QILINGAN COTONEASTER MEDIK. TURKUMI AYRIM TURLARINING O'SISH VA RIVOJLANISHI.
1Hamrayeva Dilovar Axadovna 2Temirov Eldor Ergashboyevich 3Hamrayev Ulug'bek
Axatovich
1O'zR FA Botanika instituti huzuridagi Toshkent Botanika bog'i kichik ilmiy xodimi 2O'zR FA Botanika instituti huzuridagi Toshkent Botanika bog'i katta ilmiy xodimi, PhD 3mustaqil tadqiqotchi [email protected] [email protected] [email protected]
https://doi.org/10.5281/zenodo.10079799 Аннотация. Maqolada Toshkent Botanika bog'iga introduksiya qilingan va shahar ko'chalariga ko'kalamzorlashtirish uchun tavsiya etilayotgan manzarali butalarning o'sishi va rivojlanishi hamda ularga tashqi muhit omillarining ta'siri to'g'risida ma'lumotlar keltirilgan. Bundan tashqari, ko 'kalamzorlashtirish uchun ya 'ni shahar sharoitlarida yashillik barpo etish uchun biologik chidamli daraxt-buta turlari assortimentini ko'paytirish borasida olib borilayotgan izlanishlar tajriba natijalari tahlil qilingan O'simliklarni mavsumiy rivojlanishini o'rganish maqsadida ularda turli fasllarda rivojlanish bosqichlari ustida kuzatishlar o'tkaziladi. Bu biometrik va fenologik kuzatishlarda o'simlik hayotidagi asosiy o'zgarish davrlari haqidagi ma'lumotlarni olish imkonini beradi. Introdusent o'simliklarni yangi sharoitda o'sishi va rivojlanishi hamda mavsumiy fazalarini o'rganish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi, bu esa ularda dala tajribalarini natijalarini begilashda asosiy vosita sifatida xizmat qiladi. (108 ta so'z) O'rganilgan o'simliklarning bioekologik xususiyatlari o'sish va rivojlanishi, morfologik ko'rsatkichlari, introduktsiya sharoitiga to 'liq moslasha olganligi, bu o'simlikni respublikamizning shaharlarida yetishtirish imkoniyati mavjudligini ko'rsatadi. O'rganishlar yani olib borilgan tadqiqotlar natijasida, bizda ma'lum turlarni tanlash, ularni ko'kalamzorlashtirish va o'rmon plantatsiyalarida ko'chatlar ekish uchun tavsiya qilish uchun asos bo'ladi.(153 ta so'z)
Kalit so'zlar: Toshkent Botanika bog'i, Cotoneaster, introduksiya, fenologiya, o'sish, rivojlanish, manzarali buta.
Аннотация. В статье приведены сведения о росте и развитии декоративных кустарников, интродуцированных в Ташкентском ботаническом саду и рекомендуемых для озеленения улиц города, а также о влиянии на них внешних факторов среды. Кроме того, проанализированы экспериментальные результаты исследований по увеличению ассортимента биологически устойчивых древесно-кустарниковых пород для озеленения, т.е. для озеленения в городских условиях. Это позволяет получить информацию об основных периодах изменения жизни растения в биометрических и фенологических наблюдениях. Изучение роста и развития интродуцированных растений в новых условиях и их сезонных фаз проводится поэтапно, что служит основным инструментом прогнозирования результатов полевых опытов. Тот факт, что биоэкологические характеристики изучаемых растений, их рост и развитие, морфологические показатели смогли полностью адаптироваться к условиям интродукции, указывает на возможность выращивания этого растения в городах нашей республики. В результате исследований мы имеем основание для отбора отдельных видов, рекомендации их для озеленения и высадки саженцев в лесных насаждениях (153 слова).
Ключевые слова: Ташкентский Ботанический сад, Cotoneaster, интродукция, фенология, рост, развития, декоративный кустарник.
Abstract. The article provides information about the growth and development of ornamental shrubs introduced in the Tashkent Botanical Garden and recommendedfor landscaping city streets,
as well as the influence of external environmentalfactors on them. In addition, experimental results of studies on increasing the range of biologically stable tree and shrub species for landscaping were analyzed, i.e. for landscaping in urban environments. This makes it possible to obtain information about the main periods of change in the life ofa plant in biometric andphenological observations. The study of the growth and development of introducedplants in new conditions and their seasonal phases is carried out in stages, which serves as the main tool for predicting the results offield experiments. The fact that the bioecological characteristics of the studiedplants, their growth and development, and morphological indicators were able to fully adapt to the conditions of introduction indicates the possibility of growing this plant in the cities of our republic. As a result of research, we have a basis for selecting individual species, recommending them for landscaping and planting seedlings in forest plantations.
Keywords: Tashkent Botanical Garden, Cotoneaster, introduction, phenology, growth, development of ornamental shrub.
Kirish Bugungi kunda Respublikamizda ko'kalamzorlashtirish obodonlashtirish ishlariga alohida etibor qaratilmoqda. Tuproq-iqlim sharoitlarimizga mos keladigan manzarali daraxt va butalar assortimentlari kengaytirilib, istiqbolli bo'lgan tur va formalar introduktsiya qilinmoqda. Ko'kalamzorlashtirish uchun ya'ni shahar sharoitlarida yashillik barpo etish uchun biologik chidamli daraxt-buta turlari assortimentini ko'paytirish borasida izlanishlar olib borilmoqda. Aholi yashaydigan hududlar, xususan shahar va qishloqlarning ko'rkam bo'lishida manzarali daraxt va butalarning o'rni beqiyosdir. Mamlakatimizning barcha shahar va qishloqlarida yirik hajmdagi qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilayotgan davrda jarayonga mos holda ob'ektlar atrofida ko'kalamzorlashtirish va landshaft dizaynini yaratish lozim. Buning uchun mahalliy sharoitga moslasha oladigan manzarali daraxt hamda buta ko'chatlarini yetishtirish kerak bo'ladi. Mamlakatimizda mavjud ko'kalamzorlashtirish sohasi o'simlik turlari assortimenti cheklangan bo'lib, uni ko'paytirish va yaxshilash muhim. Shaharlarni obodonlashtirishda daraxt va butalar assortimentini to'g'ri tanlash muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga, birinchi navbatda, asosiy qiyinchiliklar tug'diruvchi - mintaqaning noqulay tuproq va iqlim sharoitlarini hisobga olish kerak.
Tadqiqotning metodologiyasi va obyekti Manzarali hamda iqtisodiy ahamiyatga ega bo'lgan keng foydalaniladigan o'simliklar orasida Ra'nodoshlar (Rosaceae Juss.) oilasi alohida ahamiyatga egadir. Rosaceae oilasi daraxt, buta va o'tlardan iborat. Barglari ketma-ket joylashgan. Gullari to'g'ri, asosan, ikki jinsli, yakka yoki ko'pincha to'pgulda o'rnashgan. Changchisi ko'p; meva barglari bitta va ko'p bo'ladi. Mevasi - po'stli, ko'sakcha, olma, danak va boshqa ko'rinishda bo'ladi. 100 ga yaqin turkumi 3000 dan ortiq turi bor. Butun yer sharida asosan, Shimoliy yarim sharning mo'tadil va subtropik hududlarida keng tarqalgan. Rosaceae oilasi o'simliklari ekologik va muhim iqtisodiy ahamiyatga ega: ular juda qimmatli oziq-ovqat, dorivor va texnik o'simliklar bo'lib, ularning ko'pchiligi yuqori darajada manzaralidir va bog'larni ko'kalamzorlashtirishning ajralmas qismidir, shuningdek, o'rmon melioratsiyasida qo'llaniladi [1;2;3].
O'zbekistonda Rosaceae oilasining 38 turkumga mansub 266 ta turlari tarqalgan. Oila 4 ta kenja oilaga ajratilgan: tobulg'ilar, olmagullilar, atirgullilar va olxo'rigullilar. Ular o'z navbatida urug' mevali, danak mevali, rezavor mevali va manzarali o'simliklarga ajratiladi. A.K.Qayimov., E.T.Berdiyev., H.F.Hamroyev., S.A.Turdiyev larning Dendrologiya darsligida Rosaceae oilasi Cotoneaster turkumida 60 ga yaqin tur borligi, ulardan 10 tasi MDH da uchrashi hamda turkum turlari va ulardan ko'kalamzorlashtirishda foydalanish to'g'risida ma'lumotlar keltirilgan [11].
Irg'ay (Cotoneaster) - ra'nodoshlar oilasiga mansub butalar turkumi. Yevropa, Osiyo va Afrikada keng tarqalgan bo'lib, 100 dan ortiq turi bor. O'zbekistonda esa 6 turi ma'lum. Gullari oq, mayda, 5-20 tadan shingilsimon to'plangan. Mevasi ikki danakchali. Cho'l, adirlar va tog'larda toshloq yon bag'irlarida o'sadi. Ayrim turlari manzarali o'simlik sifatida ekiladi. Keyingi yillarda Markaziy Osiyoda, xususan, Respublikamizda ko'plab foydalanilayotgan Cotoneaster turlarning o'sish va rivojlanishi, qurg'oqchilikka, issiqqa, sovuqqa chidamliligini hamda tashqi muhit omillariga chidamliligini aniqlash, ko'paytirish va yetishtirishda samarali usullarni ishlab chiqishni taqozo etmoqda. Shu sababli ham turkum vakillarini introduksiya qilish, introduksiya sharoitida bioekologik xususiyatlarini o'rganish hamda ko'paytirish usullarini takomillashtirish muhim ilmiy ahamiyat kasb etadi[1].
Cotoneaster Medik. turkumining Cotoneaster horizontalis, C. dammeri, C. adpressus turlari hozirgi vaqtda Toshkent Botanika bog'iga introduksiya qilingan bolib, mazkur turlarning o'sishi, rivojlanishi, tashqi muhit omillariga bo'lgan munosabati boyicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Cotoneaster Medik. turkumi ayrim tur va navlarining (Cotoneaster horizontalis, C. dammeri, C. Melanocarpus, C. adpressus, va b.) introduksiyasi, introduksiya sharoitida gullashi, mevalashi novdalarining o'sishi, qishga chidamliligi hamda urug' mahsuldorligi bo'yicha ma'lumotlar A.N. Smirnova, A.N. Punegov, K.S. Zaynullina (2017); A.N. Punegov, A.N. Smirnova, O.V. Skrotskaya (2019) ishlarida keltirilgan [4;5;6;7].
Cotoneaster Medik. turkumi turlarining tabiatda tarqalishi, sitematikasi, introduksiyasi, ulardan foydalanish hamda mavsumiy rivojlanishi bo'yicha ham bir qator ilmiy tadqiqotlar olib borilgan [8;9;10].
Ma'lumki bir organizmning o'sishi va rivojlanishi shu organizm DNKsida joylashgan irsiy axborotga bog'liq. Biroq, o'sishni boshqarishda axborotdan tashqari uni o'rab to'rgan tashqi muhit omillari ham muhim ahamiyatga ega. Ana shunday omillarga yorug'lik, issiqlik va suv kiradi. Genlarning faoliyatiga ta'sir etuvchi ichki omillarga garmonlar va sitoplazma oqsillari kiradi. Tashqi muhit omillari ichki muhitga ham o'z ta'sirini ko'rsatishi mumkin. Har xil tipda o'suvchi to'qimalarni qayta o'tkazish tajribasi shuni ko'rsatganki, to'qimalar bir-biriga ta'sir ko'rsatib ular o'sishni boshqaradi.
O'sish - bu organizm hajmi va og'irligining ortishi hisoblanadi, ya'ni organizmlar bo'yiga, eniga kengayadi va uzayadi. O'simliklarning o'sishi o'simlik tabiatiga (irsiyatiga), tashqi muhit sharoitiga va rivojlanish stadiyalariga (davrlariga) bog'liq bo'ladi. Shuni aytish kerakki, ba'zan sekin o'sishda - rivojlanish tezlashishi yoki tez o'sishda esa rivojlanish sekinlashishi mumkin.
Rivojlanish hujayrada va organlar hosil bo'lishdagi sifat o'zgarishlarida namoyon bo'ladi. Natijada o'simliklarda turli xil hayotiy fazalar bo'lib o'tadi. Organizmlarning yangi tizimi hosil bo'lishida kuzatiladigan fiziologik, bioximik va morfologik o'zgarishlar rivojlanish deyiladi. O'sish va rivojlanish organizmlarning irsiy xususiyatlari bo'lib, ular tashqi muhit bilan uzviy bog'langan bo'ladi,ya'ni biri ikkinchisisiz bo'lmaydi. O'simliklarning o'sishiga tashqi sharoitning juda ko'p omillari ta'sir etadi. Chunki o'simliklarning yaxshi o'sishi uchun yetarli darajada harorat, yorug'lik, namlik; gazlar tarkibi, mineral oziqlanish va boshqalar talab etiladi [12].
O'simliklarning o'sishiga eng faol ta'sir etadigan omillardan biri haroratdir. Ko'pchilik o'simliklarning o'sish tezligi harorat O dan 35°S gacha o'zgarganda Vant-Goff qonuniga bo'ysunadi: Lekin harorat 35-40°S dan oshgandan keyin o'sish tezligi ham pasayadi. Umuman, o'sishga nisbatan haroratning uchta kardinal nuqtasi bor: minimal(eng past), optimal ma'qul, maksimal (eng yuqori). Bu nuqtalar darajasi o'simliklarning turlariga bog'liq. Haroratning
minimal va maksimal nuqtalarida o'sish eng past darajada bo'ladi yoki to'xtaydi, lekin nobud bo'lmaydi. O'sishning to'xtab qolishi uzoqqa cho'zilganda o'simlik kasallikka chalinishi yoki asta-sekin nobud bo'lishi mumkin. Maqbul harorat darajasi o'sishning eng faol bo'lishini ta'minlaydi. O'simliklar haroratga bo'lgan munosabatlari asosida bir necha guruhga bo'linadi: 1) issiqsevar o'simliklar — minimal harorat darajasi 10°Cdan yuqori, 2) maqbul 30-40°C atrofida; 3) sovuqqa chidamli o'simliklar minimal harorat 0 danto 5°C gacha[12].
Yorug'liksiz o'simliklar o'sa olmaydi. Chunki yorug'lik ta'sirida o'simliklarda fotosintez bo'ladi, natijada o'simlik organizmining asosini tashkil etuvchi biopolimerlar va shunga o'xshash organik molekulalar hosil bo'ladi. Biopolimerlarsiz esa hujayralarda yangi tizim hosil bo'lmaydi va o'simliklar massasi ko'paymaydi. Qorong'ulikda unib chiqgan urug'dan hosil bo'lgan maysada organik moddalar to'planmaydi, transpiratsiya ham deyarli bo'lmaydi. Quyosh nuri ko'p tushib turadigan joyda o'suvchi o'simliklar kseromorf tuzilishga ega bo'ladilar. Havo namligining ortishi o'simliklarning o'sishiga ijobiy ta'sir qiladi. O'simliklarning normal rivojlanishi uchun sitoplazma yuqori darajada suvga to'yingan bo'lishi kerak [12].
O'simlik organizmida o'sish jarayonlari, organlar hosil qilish va fiziologik jarayonlarning o'ziga xos xususiyatlari issiqlik sharoitlari, muhit namligi, yorug'lik rejimlari va yog'in miqdori bilan chambarchas bog'liqdir [13].
Introduksiya qilingan o'simliklarni o'rganishda fenologik tadqiqot ishlarini olib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Fenologik kuzatuvlar -o'simliklarda o'sish davrining boshlanishi, turli fazalarga o'tishi hamda bu fazalar oralig'idagi kunlar, foydali haroratlar yig'indisini aniqlashda katta yordam beradi. Shuningdek, fenologik kuzatuvlar o'simliklarda mevalarning shakllanishi, urug' mahsuldorligining oshishi, tashqi omillarga ta'siri va butun vegetatsiya davridagi o'zgarishlarni to'liq o'rganishga yordam beradi [14].
Har bir introdusent o'simliklarni mavsumiy (fasliy) rivojlanish fazalarini va ularni ekologik omillar bilan o'zaro munosabatlarini o'rganish muhim. Chunki, o'simliklarning mavsumiy (fasliy) o'zgarishlarini aniqlanmasdan turib, ularning biologik, ekologik va boshqa xususiyatlarini bilish mumkin emas. O'simliklarni mavsumiy rivojlanishini o'rganish maqsadida ularda turli fasllarda rivojlanish bosqichlari ustida kuzatishlar o'tkaziladi. Bu biometrik va fenologik kuzatishlarda o'simlik hayotidagi asosiy o'zgarish davrlari haqidagi ma'lumotlarni olish imkonini beradi. Introdusent o'simliklarni yangi sharoitda o'sishi va rivojlanishi hamda mavsumiy fazalarini o'rganish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi, bu esa ularda dala tajribalarini natijalarini begilashda asosiy vosita sifatida xizmat qiladi. [15]
Izlanishlar davomida tadqiqot obektlarining vegetatsiya davrida o'sib rivojlanishi, turlarning bir fazadan ikkinchi fazaga o'tishdagi kunlar va ularga zarur bo'lgan foydali haroratlar yig'indisi aniqlandi. Mazkur tur va formalarning hayotiy shakli buta hisoblanib, vegetatsiya davri uzoq kechadi. O'simliklarni o'sish dinamikasi A.A. Molchanov va V.V. Smirnov (1967) metodlaridan foydalanilgan holda olib borildi. Quyida tanlab olingan ilmiy obyektlarning o'sish va rivojlanish fazalariga to'xtalib o'tamiz.
Tadqiqot natijalari va ularning muhokamasi Cotoneaster horizontalis Decne -gorizontal irg'ay. Vatani Xitoy. Barglari mayda, yashil rangda, kuz faslida binafsha rangga kiradi. Mevalari yorqin qizil rangda, sharsimon, diametri 4-5mm, sentyabr oyida pishib yetiladi, dekabr oyigacha shoxlarida saqlanib qoladi. Bu esa o'simlikn iyanada manzarador qilib ko'rsatadi. Qurg'oqchilikka va zararli gazlarga chidamli[1].
Kuzatishlar davomida Cotoneaster horizontalis turining birinchi yilgi o'sish davri 2020 yil 30 apreldan, ikkinchi yilda 2021 yil 2-apreldan, uchinchi yilda 2022 yil 2-martdan, to'rtinchi yilda 2023yil 13- martdan boshlandi. 2023- yil mart oyida havoning o'rtacha harorati kunduzi +20°C, kechasi +12°C ni, havoning nisbiy namligi 60-65%, kunning yorug'ligi 18000 luksni tashkil etganda, o'simliklarda o'sish jarayoni boshlanishi kuzatildi.
2021-yilda Cotoneaster horizontalis turida vegetatsiya davri boshlanishi fevral oyining ikkinchi dekadasiga (12.02) to'g'ri keldi. Fevral oyining uchinchi dekadasida (24.02-27.02) sovuqdan (-5°C) qisman zararlangan o'simlik qisqa muddatda (9.03 200S) qayta tiklandi. Buning uchun 10 kun vaqt va 1350S foydali harorat yig'indisi kerak bo'ldi. Kurtaklarning uyg'onishidan (21.02-27.02), kurtaklarning ochilishigacha (3.03-7.03) bo'lgan vaqt 10-14 kunni tashkil etib, bu davr uchun foydali haroratlar yig'indisi +165+251oS ni tashkil etdi. 2022-2023 yillarda mart oyining ikkinchi dekadasidan (13.03) boshlab yangi novdalarning bo'yiga o'sishi kuzatildi(1-jadval). Jadal o'sishi may-iyun oylariga to'g'ri kelib, balandligi 15-20 smgacha yetdi, bu vaqtda havoning o'rtacha harorati +34+38°C ga (2023), havoning nisbiy namligi 25-28% teng bo'ldi. Iyul-avgust oylarida o'simlik o'sishi jarayoni sekinlashdi. Bu paytda havo harorati +36+39°C ni, havoning nisbiy namligi esa 18-20%, quyosh yorug'ligi 65000-80000 luksni tashkil etishi aniqlandi. O'simlikda o'sishning sekinlagan vaqtida ularda ildiz tiziminig yaxshi rivojlanishi kuzatildi (2-jadval). Novdalarining o'sishi sentyabr oyigacha davom etadi. Butalarda mevalarining hosil bo'lishi may oyining birinchi dekadasida (5.05.23.), pishib yetilishi avgust-sentyabr oylarida kuzatildi. Turning bir vegetatsiya davri davomiyligi 235-240 kunni tashkil etishi ma'lum bo'ldi. Bir yillik o'sish davri uchun foydali haroratlar yig'indisi +5500+5588,4oS ga teng bo'ldi.
Cotoneaster dammeri C.K.Schneid
Cotoneaster dammeri - Dammer irg'ayi Tabiatda Xitoyning Gansu, Guychjou,Xubey hududlarining tog'li joylarida uchraydi. Doim yashil, yuqori manzarali buta. Bo'yi 20-30sm. Toshkent shahri sharoitida esa 35-45sm gacha yetdi. Eniga1,5m gacha yetadi. Barglaring ustki qismi to'q yashil rangda, yaltiroq. Barglari uzunligi1-2 sm, (tajriba maydonida 3sm gacha), eni 0.7-2.2sm. Mevalari yorqin qizil rangda, sharsimon shaklda,6-7mm diametrda. Mevalari bahor fasligacha saqlanib turadi. Sentyabr oyida pishib yetiladi. Sovuqqa chidamli (-230 S)[1].
Mazkur turda kurtaklarning uyg'onishi 2020-2022 yillarda mart oyining ikkinchi dekadasida (12.03-19.03) boshlanib, kurtaklarining ochilishi martning uchinchi dekadasidan (29.03) aprel oyining birinchi dekadasiga qadar (3.04-10.04) davom etdi. Kurtaklarning bo'rtishi 2023- yilda fevral oyining ikkinchi dekadasida boshlangan bo'lsa, 7-martda kurtaklarining ochilishi kuzatildi. Kurtaklarning bo'rtishidan kurtaklarning ochilishigacha bo'lgan muddat 7-10 kunni tashkil etdi. Bu vaqtda havoning o'rtacha harorati 20-22 oS ga teng bo'lib, nisbiy namlik esa 34-38%ni tashkil etdi. Ushbu turda yangi novdalarining bo'yiga o'sishi mart oyining ikkinchi dekadasida (17.03.23), havoning o'rtacha harorati 20-25 oS, nisbiy namlik esa 32-36%ni tashkil etdi. Yangi novdalarning faol o'sishi, asosan, bahor oyiga to'g'ri keldi. O'simlik o'sish davrini oktyabr oyining uchinchi dekadasida yakunlashi kuzatildi. Yillik o'sish mavsumi uchun kerakli bo'lgan foydali haroratlar yig'indisi +5061,7+5219,5oS ga teng bo'lganligi aniqlandi.
Manzarali turlarning o'sib, rivojlanishida, changlanishida, tabiiyki, ekologik omillar muhim o'rin tutadi. Bahorgi kunlik doimiy yomg'irlar chang donalarining yuvilib ketishiga olib kelsa, changlangandan so'ng haroratning yuqori darajada isib ketishi mevalarning shakllanishiga salbiy ta'sir etishi kuzatildi.
Shuningdek, tajriba maydonida turli joylarda soya, yarim soya va quyoshli yerlarda o'sib turgan butalar ham o'rganildi. Ushbu tur quyoshli maydonlarda yaxshi o'sishi, vegetatsiya davrini
ertaroq boshlashi va o'zining manzaralilik xususiyatlarini to'liq saqlashi kuzatildi. Soya yerlarda novdalarning yillik o'sishining sekinlashishi, manzaralilik xususiyatlarining yo'qolishi - ularning tabiiy biologik yorug'sevar butalar ekanligidan dalolat beradi. Qish oylarida ham ushbu turda barglarining rangi keskin o'zgarishi kuzatilmadi. Bu ularning sovuqqa bo'lgan chidamli ta'siri bilan izohlanadi. Katta yoshdagi onalik butalari har yili mavsumiy rivojlanish fazalarini to'liq o'taydi. Demak, olib borgan kuzatishlarimiz natijasi shuni ko'rsatdiki, ushbu turmanzaralilik xususiyatini yil davomida saqlab qoladi.
Cotoneaster adpressus Bois
Cotoneaster adpressus Bois -yotib o'suvchi irg'ay. Tabiatda Xitoyning g'arbiy hududlarida uchraydi.Rosaceae oilasi vakili hisoblanadi. Doim yashil, past bo'yli manzarali buta. Barglari mayda to'q yashil rangda. Gullari oq yoki ochpushti rangda. Mevalari yorqin qizil rangda. Qish faslida ham yorqin rangdagi mevalari saqlanib qoladi. Quyoshli joyda yaxshi o'sib rivojlanadi[1].
Ushbu o'simlik o'zining vegetatsiya davrini mart oyida kurtaklarining uyg'onishi bilan boshlaydi. Bu jarayon 2020-yil mart oyining ikkinchi dekadasiga to'g'ri kelib, bu vaqtda havoning o'rtacha harorati +18+20°C ni tashkil etishi kuzatildi. 2021-yilda fevral oyining birinchi va ikkinchi dekadalari nisbatan issiq (16-18°C) bo'lganligi sababli kurtaklarning bo'rtishi (12.02) 2020-yilga nisbatan 30 kun avval kuzatildi. Lekin fevral oyining uchinchi dekadasida havo haroratining pasayib ketishi (-3-5°C) natijasida yangi paydo bo'lgan kurtaklarning qisman zararlanganligi kuzatildi. O'simlikni qayta tiklanishi mart oyining ikkinchi dekadasiga
(12.03.21)ga to'ri kelganligi qayd etildi. Buning uchun 13kun vaqt va 1770S foydali harorat yig'indisi kerak bo'ldi. Bu vaqtda havoning o'rtacha harorati +18°C ni, nisbiy namlik esa 58-60% ni tashkil etdi.
2022- yilda o'simlikda kurtaklarning bo'rtishi fevral oyining ikkinchi dekadasida
(18.02.22) boshlandi. Kurtaklarning ochilishi fevral oyining uchinchi dekadasida (25.02), o'sish davrini boshlashi esa mart oyining birinchi dekadasida (4.03.), kunlik harorat +20+22oS, oylik o'rtacha harorat +12°C bo'lganda kuzatildi. Kurtaklarning bo'rtishidan o'sishning boshlanishigacha bo'lgan vaqt 18 kunni tashkil etib, bu vaqt uchun foydali haroratlar yig'indisi +231oS ni tashkil etdi.2023- yilda o'simlikda kurtaklarning bo'rtishi fevral oyining uchinchi dekadasida (23.02.23) boshlandi. Kurtaklarning ochilishi mart oyining birinchi dekadasida (7.03) boshlanib, ikkinchi dekadasigacha davom etdi (13.03). O'sish davrini boshlashi esa mart oyining ikkinchi dekadasida (17.03.), kunlik harorat +18+20oS, oylik o'rtacha harorat kunduzi +20°C, kechasi +12°C, havoning nisbiy namligi 53-58% bo'lganda kuzatildi. Kurtaklarning bo'rtishidan o'sishning boshlanishigacha bo'lgan vaqt 23 kunni tashkil etib, bu vaqt uchun foydali haroratlar yig'indisi +412oS ni tashkil etdi.
Mart oyining ikkinchi dekadasidan boshlab sentyabr oyigacha bo'lgan vaqt oralig'ida butalarning o'sish va rivojlanishi kuzatildi.
O'simlik o'sish davrini sentyabr oyida yakunladi. Bu tur uchun yillik o'sish davri o'rtacha 195-200 kunni tashkil etib, bir mavsumda o'simlikning o'sib rivojlanishi uchun kerak bo'ladigan foydali haroratlar yig'indisi +5000 +5200oS ga teng ekanligi aniqlandi.
1-jadval Cotoneaster Medik. turkumi turlarining o'sish ko'rsatkichlari
20 18 16 14 12 10 8 6 4 2 0
-r
Cotoneaster horizontalis Cotoneaster dammeri Cotoneaster adpressus
12345678
Ushbu turlar quyoshli maydonlarda yaxshi o'sishi, vegetatsiya davrini ertaroq boshlashi va o'zining manzaralilik xususiyatlarini to'liq saqlashi kuzatildi.
Xulosa. Introdutsentlarning yaxshi o'sib rivojlanishida ta'sir etuvchi asosiy ekologik omillar - havo harorati, nisbiy namlik, yorug'lik va tuproq namligi ekanligi aniqlandi. O'rganilgan obyektlarda vegetatsiya davomida mavsumiy rivojlanish fazalarining o'zgarishi iqlim omillari bilan bevosita bog'liq ekanligi aniqlandi. O'rganilgan obyektlarni har yili gullashi, urug'l hosil qilishi introduksiya sharoitida iqlim omillarining ularga bo'lgan ta'sirining ijobiyligi va o'simliklarni qulay tuproq sharoitlarda o'sib, rivojlanayotgani bilan izohlanadi. Yillik o'sish davri bir turkumga mansub bo'lgan forma va turlarda bir-biriga yaqin. Ammo, iqlim sharoitining o'zgarishi bilan bir fazadan ikkinchi fazaga o'tishda qisman farqlanadi.
REFERENCES
1. Qayumov A.Q., Berdiyev E.T.(2012) Dendrologiya Toshkent.. Cho'lpon nashriyoti.159-160bet.
2. Muxametova S.V., Eshmeyeva Yu.S., Sidushkina V.A.( 2016) Vsxojest semyan predstaviteley semeystva Rosaceae.Vestnik landshaftnoy arxitekturi. № 7. S. 47-49.
3. Grevsova Anna Terentevna.(1996) Avtoreferatdissertatsii po teme "Kizilniki: rasprostraneniye, sistematika, introduksiya v Ukrainu, ispolzovaniye, oxrana"Yalta
4. Mixaylov Oleg Vladimirovich (2005) Avtoreferat dissertatsii po teme "Perspektivnost introduksii i shirokogo vvedeniya predstaviteley semeystva Rosaceae Juss. v kulturnuyu dendrofloru Saratovskoy oblasti"Bryansk
5. Abdjunusheva T.B.(2022) Rezultati introduksii roda Kizilnik (Cotoneaster Medic.) v «NII Botanicheskiy sad im.E.Gareyeva Natsionalnoy Akademii nauk Kirgizskoy Respubliki». 2-y Mejdunarodniy kongress Injenerov i Uchenix «Turk Duynosu». Antaliya (Tursiya). - S.441-446.
6. Agamirov U.M.(1977.) Kizilnik - Cotoneaster Medic. // Novie drevesnie porodi dlya ozeleneniya Apsherona. Baku: Izd. «Elm»,- S. 40-67.
7. Rusanov F.N.(1965) Opit introduksii vidov roda Cotoneaster Medic. (kizilnikov) v usloviyax Tashkenta // Dendrologiya Uzbekistana. - Tashkent: Izd-vo AN UzSSR, T.I. - C. 255-287.
8. Flinck K. E., Hylmo B.(1962) Cotoneaster Harrysmithii, a New Species from Western China // Bot. Not.: Lund. Vol. 115, F. 4. - P. 29-34.
9. Rehder, A.(1949) Manual of Cultivated Trees and Shrubs. The Macmillan Company, NewYork.
10. Berdiyev.E.T.( 2022.) Manzarali dendrologiya darslik Toshkent-188-189bet.
11. Jumayev J. M., Kholmurodov M. Z., Khalilova K. A. Phenology and growth indicators of honey trees and bushes in Uzbekistan //E3S Web of Conferences. - EDP Sciences, 2021. - Т. 244. - С. 02050.
12. J.X.Xo'jayev (2004) O'simliklar fiziologiyasi Toshkent Mehnat nashriyoti 162-189 b
13. Tursunov H.T., Raximova T.U.(2006) Ekologiya. O'quv qo'llanma. Toshkent. 17-20-bet
14. Kryussman G.( 1986.) Xvoynie porodi. - M.: Lesnaya promishlennost, S. 108-127.
15. B.S. Islomov, M.A. Hasanov (2022) O'simliklar introduksiyasi (Darslik) 66-67 b. SamDU tahririy-nashriyot bo'limi .Samarqand.
16. https://uz.wikipedia.org/