Научная статья на тему 'TURLI SUG‘ORISH SHAROITLARIDA ARTISHOK (CYNARA SCOLYMUS L.) NAVLARI YER USTKI ORGANLARNING O‘SISH VA RIVOJLANISH FAZALARI'

TURLI SUG‘ORISH SHAROITLARIDA ARTISHOK (CYNARA SCOLYMUS L.) NAVLARI YER USTKI ORGANLARNING O‘SISH VA RIVOJLANISH FAZALARI Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

20
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
introduksiya / mikroelementlar / vegetasiya / g‘unchalash / gullash / mevalash / urug‘ / dorivor / yem-xashak / o‘sish / rivojlanish / hosildorlik / интродукция / микроэлементы / вегетация / бутонизация / цветение / плодоношение / семя / лекарственное / корм / рост / развитие / урожай.

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — Eldor Erxonovich Isomov

Inson o‘z hayoti davomida doimiy foydalaniladigan o‘simliklardan tashqari boshqa serhosil, yangi turlar hisobiga oziqa beruvchi o‘simliklarni uzluksiz ko‘paytirib borishi maqsadga muvofiqdir. Ana shunday o‘simliklardan biri, Qoqio‘tdoshlar (Asteraceae) oilasiga mansub artishok (Cynara scolymus L.) hisoblanadi. Hozirgi kunda dunyo aholisi sonining ortishi, o‘z navbatida, oziq-ovqat va dori-darmon mahsulotlariga bo‘lgan talabni yanada oshirmoqda. Artishok navlari O‘zbekiston uchun noan’anaviy bo‘lgan istiqbolli qimmatbaho o‘simlik bo‘lib, undan yashil holida silos, senaj, quruq yem-xashak, oziq-ovqat, farmasevtika sanoati uchun xomashyo va chorva mollariga ozuqa sifatida muhim ahamiyatga egadir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В дополнение к растениям, которые постоянно используются на протяжении всей жизни, людям желательно непрерывно воспроизводить растения, которые обеспечивают питательными веществами другие продуктивные новые виды. Одним из таких растений является артишок (Cynara scolymus L.), который принадлежит к семейству сложноцветных. Сегодня рост населения мира, в свою очередь, увеличивает спрос на продукты питания и лекарства. Артишок перспективное ценное растение, нетрадиционное для Узбекистана, и в своей зеленой форме он важен как силос, сенаж, сухой корм, сырье для пищевой и фармацевтической промышленности, а также как корм для скота.

Текст научной работы на тему «TURLI SUG‘ORISH SHAROITLARIDA ARTISHOK (CYNARA SCOLYMUS L.) NAVLARI YER USTKI ORGANLARNING O‘SISH VA RIVOJLANISH FAZALARI»

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

TURLI SUG'ORISH SHAROITLARIDA ARTISHOK (CYNARA SCOLYMUS L.) NAVLARI YER USTKI ORGANLARNING O'SISH VA RIVOJLANISH

FAZALARI

Eldor Erxonovich Isomov

Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali o'qituvchisi

[email protected]

ANNOTASIYA

Inson o'z hayoti davomida doimiy foydalaniladigan o'simliklardan tashqari boshqa serhosil, yangi turlar hisobiga oziqa beruvchi o'simliklarni uzluksiz ko'paytirib borishi maqsadga muvofiqdir. Ana shunday o'simliklardan biri, Qoqio'tdoshlar (Asteraceae) oilasiga mansub artishok (Cynara scolymus L.) hisoblanadi. Hozirgi kunda dunyo aholisi sonining ortishi, o'z navbatida, oziq-ovqat va dori-darmon mahsulotlariga bo'lgan talabni yanada oshirmoqda. Artishok navlari O'zbekiston uchun noan'anaviy bo'lgan istiqbolli qimmatbaho o'simlik bo'lib, undan yashil holida silos, senaj, quruq yem-xashak, oziq-ovqat, farmasevtika sanoati uchun xomashyo va chorva mollariga ozuqa sifatida muhim ahamiyatga egadir.

Kalit so'zlar: introduksiya, mikroelementlar, vegetasiya, g'unchalash, gullash, mevalash, urug', dorivor, yem-xashak, o'sish, rivojlanish, hosildorlik.

АННОТАЦИЯ

В дополнение к растениям, которые постоянно используются на протяжении всей жизни, людям желательно непрерывно воспроизводить растения, которые обеспечивают питательными веществами другие продуктивные новые виды. Одним из таких растений является артишок (Cynara scolymus L.), который принадлежит к семейству сложноцветных. Сегодня рост населения мира, в свою очередь, увеличивает спрос на продукты питания и лекарства. Артишок - перспективное ценное растение, нетрадиционное для Узбекистана, и в своей зеленой форме он важен как силос, сенаж, сухой корм, сырье для пищевой и фармацевтической промышленности, а также как корм для скота.

Ключевые слова: интродукция, микроэлементы, вегетация, бутонизация, цветение, плодоношение, семя, лекарственное, корм, рост, развитие, урожай.

May 12-13

569

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

ABSTRACT

In addition to plants that are constantly used throughout life, people want to continuously reproduce plants that provide nutrients to other productive new species. One such plant is the artichoke (Cynara scolymus L.), which belongs to the Asteraceae family. Today, the growth of the world's population, in turn, increases the demand for food and medicines. The artichoke is a promising valuable plant, unconventional for Uzbekistan, and in its green form it is important as silage, haylage, dry fodder, raw material for the food and pharmaceutical industries, as well as livestock feed.

Keywords: introduction, micronutrients, vegetation, budding, flowering, fruiting, seed, medicinal, fodder, growth, development, yield.

Kirish: Artishok O'zbekiston uchun noan'anaviy bo'lgan istiqbolli qimmatbaho o'simlik bo'lib, undan yashil holida silos, senaj va quruq yem-xashak sifatida foydalaniladi, hamda oziq-ovqat, farmasevtika sanoati uchun xomashyo va chorva mollariga ozuqa sifatida muhim ahamiyatga egadir. Tajribalarimizda sug'orilgan sharoitda sug'orilmaganga qaraganda o'simlik xomashyosi tarkibida makro-mikroelemetlar miqdor jihatidan farq qilishi ma'lum bo'ldi. Artishokning navlarning gul o'rni tarkibida 86,5% suv, 2,5% azotli moddalar, 1% qand, 2% dekstrin, 1,3% kletchatka va 1,3% kul moddasi mavjud. Savatcha o'rama bargchalarining etli qismida 2,2% qand moddasi to'planadi.

Tadqiqotlarimiz Samarqand viloyati sharoitida Artishok "Imperial, Violetto, Green gold", navlarini o'rganishga bag'ishlangan. Artishok "Imperial, Violetto, Green gold", navlarining ontogenezi virginil (maysa, yuvinel, immatur va voyaga yetgan vegetativ bosqich), generativ (yosh, o'rta va qari) davirlarni o'z ichiga oladi.

Biz o'rganayotgan artishok o'simligining navlari bargi va to'pguli ko'p miqdorda mikroelement, aminokislotalar, vitaminlar va boshqa foydali moddalar mavjud. Keyingi yillarda dori-darmon vositalariga bo'lgan talabni mahalliy xomashyo hisobiga qondirish davri vositalarini respublikamizda ishlab chiqarishni hukumat darajasida e'tibor berilmoqda. Samarqand viloyatining turli iqlim sharoitlarida artishokning navlarining o'sish va rivojlanish xususiyatlarini o'rganish muhim ahamiyatga ega.

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

Artishok navlarining ontogenezi virginil (maysa, yuvinel, immatur va voyaga yetgan vegetativ bosqichlari), generativ (yosh, o'rta va qari), davrlarni o'z ichiga oladi.

Tadqiqot ob'ekti va uslublari

Samarqand viloyati sharoitida introduksiya qilinayotgan artishok "Imperial, Violetto, Green gold" navlarini yer ustki organlarining ontogenezini o'rganish maqsadida Samarqand viloyati Payariq tumanining sug'orilmaydigan va sug'oriladigan sharoyitlarda tajribalar olib borildi. Tuprog'i tipik bo'z tuproq. Sug'orilmaydigan maydonlardagi tajribalar Payariq tumanining o'tloqi bo'z tuptoqlari olib borildi.

Tajribalarda shudgorlangan yer uchastkalari tanlanib, 0,10 ga maydonda olib borildi. Tayyorlangan urug'lar 2020 yilning 5-7 mart kunlari ekildi.

Tikanli artishokning ontogenezini o'rganishda T.A. Rabotnov, L.A. Jukova, Ye.L. Nuximovskiylar tavsiya etgan usullardan foydalanildi.

Tajriba maydonchalariga ekilgan urug'lar unib chiqqach sug'oriladigan va sug'orilmaydigan sharoitlarda bir xilda ishlov berildi.

Artishok "Imperial, Violetto, Green gold" navlarining urug'ining unib chiqishi, o'sish va rivojlanish davomiyligi yil fasllaridagi iqlim sharoitiga ko'ra turlichadir. O'sish sharoitidan qat'iy nazar 2- yildan boshlab uning vegetasiyasi yil bo'yi davom etadi. Erta bahorda bo'ladigan sovuq harorat 12 - 15oC dagina yer ustki qismining sovuq urishi mumkin.

Virginil davri (V). Maysa bosqichi. Artishok "Imperial, Violetto, Green gold" navlari urug'larining unishi yer ustki bo'lib, asosiy ildizchaning paydo bo'lishidan boshlanadi. Bu ildiz 5-6 sm chuqurlikka yetganda gipokotil urug'palla barglarni yer ustiga olib chiqadi. Urug'palla barglar 2 ta etli, bo'yiga cho'zilgan, teskari tuxumsimon, to'q yashil rangli, silliq. Urug'palla barglar sug'oriladigan sharoitda 5256, sug'orilmaydigan sharoitda 42-49 kunni tashkil etib, bargning uzunligi sug'oriladigan sharoitda 4,8±1,2 sm, sug'orilmaydigan sharoitda 3,6±1,3 sm, barg eni mos ravishda 2,4±0,6; 1,7±0,6 sm ga yetdi.

Birinchi barg uzunchoq nashtarsimon bo'lib, chetlari tekis qirqilgan, kumushsimon rangli tukchalar bilan qoplangan. O'simlikning o'sish davrida keyingi paydo bo'lgan barg yaprog'ining chetlari tishsimon qirqilgan. Barglarning paydo bo'lishi o'rtacha 5-6 kunga to'g'ri kelib, bu tur xususiyatlariga bog'liq, lekin o'sish sharoitiga ko'ra ham o'zgaruvchandir.

Tadqiqot natijalari va uning muhokamasi

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

Kuzatishlar natijasida ma'lum bo'ldiki, o'rganilayotgan o'simliklarda har bir navbatdagi barglar, sug'oriladigan sharoitda 2-4 kunga va sug'orilmaydigan sharoitda 5-6 kunda yuzaga keladi.

Sug'oriladigan sharoitdagi o'simliklarning 4-5 barglarining uzunligi 18,3±2,7 sm, eni 9,5±0,7 sm, sug'orilmaydigan sharoitdagi o'simliklarning 3-4 barglarining uzunligi 15,4±2,3 sm, eni 7,6±1,2 sm bo'lganda, urug'palla barglari qurib to'kiladi va maysa bosqichi nihoyasiga yetadi.

Yuvenil bosqichi (J). Bu bosqichga o'tishda artishok navlarining yer ustki va yer ostki organlarida morfologik o'zgarishlar yuz beradi. Dastlab o'simlik barglarining uzunligi sug'oriladigan sharoitda 28,7±2,3,sm sug'orilmaydigan sharoitda 25,1±2,1 sm, barg eni mos ravishda 12,7±1,8; 10,3±2,4 sm ni tashkil etdi.

Yuvenil, immatur va voyaga yetgan vegetativ bosqichlari bir-biridan barg plastinkasining qirqilganlik darajasini murakkablashuvi bilan farq qiladi. Sug'oriladigan sharoitda o'sgan o'simlikda barglar soni 11,2±1,0 ta sug'orilmaydigan sharoitlarda 9,3±1,2 ta barglar hosil qilib, barg plastinkasining chetlari chuqurroq tishsimon qirqilgan. Har bir tishchaning uchida tikanchalar paydo bo'ladi.

Immatur bosqich (Im). Bu bosqichda o'simlikning barglar soni sug'oriladigan sharoitda 27,4±2,7 ta, sug'orilmaydigan sharoitda 23,4±2,4 ta bo'lib, uzunligi sug'oriladigan sharoitda 52,7±2,6 sm sug'orilmaydigan sharoitda 47,2±3,1 sm, barg eni esa mos ravishda 19,3±1,4 sm, va 16,7±2,2 sm ga yetdi. Barg plastinkasi sug'oriladigan sharoitda 12,5±0,4 ta sug'orilmaydigan sharoitda 16,3±1,0 ta bo'lakkacha qirqiladi, bunda qirqilganlik darajasi bargning asosiy tomirigacha yetib boradi. Bu bosqich sug'oriladigan sharoitda 50-55 kun, sug'orilmaydigan sharoitda 45-50 kungacha davom etadi.

Voyaga yetgan vegetativ bosqich (G1). Bu bosqichda artishok navlari barglarining soni sug'oriladigan sharoitda 60,7±5,1 sm sug'orilmaydigan sharoitda 51±6,7 ta bo'lib, uzunligi sug'oriladigan sharoitda 100,1±1,7 sm sug'orilmaydigan sharoitda 75,7±9,3 sm gacha, barg eni mos ravishda 38,4±2,3; 28,3±3,1 sm gacha yetdi. Barg plastinkalari sug'oriladigan sharoitda 23,6±2,4ta sug'orilmaydigan sharoitda 28,3±3,1 ta gacha bo'lakchalargacha qirqiladi. Bu bo'lakchalarning ham chetlari turli daraja va shakllarda qirqilgan bo'ladi. Demak, barglar ikki karra tishsimon qirqilgan. Barg plastinkasi ko'pincha, kumushrang mayda tukchalar bilan qoplangan. Barg plastinkasini barg bandi asosidagi bo'lakchalarining uzunligi

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

sug'oriladigan sharoitda 9,3±2,2 sm sug'orilmaydigan sharoitda 7,7±2,7 sm, o'rta qismidagilari mos ravishda 38,8±3,0; 30,4±2,1 sm, uchki qismidagilari 22,7±2,7 va 14,8±4,3 sm.

Generativ davr (G2). Yosh generativ bosqichda. Artishok "Imperial, Violetto, Green gold" navlarning ikkinchi vegetatsiya yilida o'simliklarning kaudeksidagi 5-6 ta kurtaklardan generativ novdalar shakllanadi. Asosiy generativ novda ortotrop holatda o'sib, birinchi bo'g'imlar oralig'i juda qisqa bo'lganligidan, to'pbarglarni hosil qiladi. May oyining ikkinchi o'n kunligida asosiy novdaning yuqorigi bo'g'imlari tezroq o'sadi, natijada birinchi tartibli novdaning uzunligi sug'oriladigan sharoitda 48,2±1,9 sm sug'orilmaydigan sharoitda 40,4±3,1 sm gacha yetdi. Har bir novdaning yuqorigi yarusidagi barg qo'ltiqlarida yon novdalar paydo bo'lib, ularning har biri savatcha to'pguli bilan tugallanadi.

To'pgullarda gullar akropetal (markazga intiluvchi) tarzda ochila boshlaydi. Yer ustki va yer ostki organlarining faol o'sishi har ikkala sharoitlarda ham bahor faslining oxiri va yoz faslining boshlanishiga to'g'ri keladi.

O'simlik kaudeksdagi kurtaklar bir vaqtda rivojlanadi. May oyining boshlarida bir to'p o'simlikda generativ novdalar shakillanib ularning uzunligi sug'oriladigan sharoitda 17,3±3,3 sm, sug'orilmaydigan sharoitda 10,8±2,7 sm generativ novdalar o'sib, ularning uzunligi sug'oriladigan sharoitda 165,5±5,5 sug'orilmaydigan sharoitda 151,4±6,4 sm. Keyinchalik havo haroratining ko'tarilishi bilan novdalar juda o'sa boshlaydi, may oyining oxiriga kelib, osimliklarning balandligi sug'oriladigan sharoitda 195,7±11,2 sug'orilmaydigan sharoitda 150,2±12,2 sm ga yetadi [jadval].

Artishok navlarining gullash fazasida gul a'zolarining yetilib, gullarning ochilishi, changlanish va urug'lanish jarayonlari bo'lib o'tgandan keyin savatchada urug'lar yetila boshlaydi. Mana shu paytda poya asosidagi to'pbarglari birin-ketin qurib to'kila boshlaydi. Bu vaqtda o'sgan o'simliklar novdalarining uzunligi sug'oriladigan sharoitda 1,8-2 m, sug'orilmaydigan sharoitlarda 1,5-1,8 m bo'lib, 5060 donagacha II-III-IV-tartibdagi yon novdalarni hosil qiladi.

Qari generativ bosqich (G3). Bu o'simlikning 8-9- yiliga to'g'ri kelib, bu vaqtda kaudeksdagi kurtaklardan paydo bo'ladigan generativ novdalar soni sug'oriladigan sharoitda 1-2, sug'orilmaydigan sharoitda esa generativ novdalar xosil bo'lmaydi. Sug'orilmaydigan sharoitga artishok navlari o'simligini qari generativ bosqichga o'tishi 5-6 yillari kuzatiladi [jadval].

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

Artishok navlarining turli sug'orish sharoitlarida yer ustki vegetativ organlarining o'sish va rivojlanishi ko'rsatkichlari.

№ O'rganlar Sug'orilgan Sug'orilmagan

Virginil davr (V)

1 Urug'palla barglar uzunligi, sm 4,8±1,2 3,6±1,3

2 Barglarining eni, sm 2,4±0,6 1,7±0,6

3 4-5 chi barglar uzunligi, sm 18,3±2,7 15,4±2,3

4 4-5 chi barglar uzunligi barglarning eni, sm 9,5±0,7 7,6±1,2

Yuvinil bosqich (Ju)

1 Barglari uzunligi, sm 28,7±2,3 25,1±2,1

2 Barglarning eni, sm 12,7±1,8 10,3±2,4

3 Barglar soni, dona 11,2±1,0 9,3±1,2

Immatur bosqich (Im)

1 Barglar soni, dona 27,4±2,7 23,4±2,4

2 Barglarining uzunligi, sm 52,7±2,6 47,2±3,1

3 Barglarining eni,sm 19,3±1,4 16,7±2,2

4 Barg plastinkasining qirqilganlik darajasi, bo'lakchalar soni, dona 12,5±0,4 16,3±1,0

Voyaga yetgan vegetativ bosqich (G1)

1 Barglar soni, dona 60,7±5,1 51, ±6,7

2 Barglarning uzunligi, sm 100,1±1,7 75,7±9,3

3 Barglarning eni, sm 38,4±2,3 28,3±2,7

4 Barg plastinkasining qirqilganlik darajasi, dona 23,6±2,4 28,3±3,1

5 Barg bandi asosidagi bo'lakchalar uzunligi, sm 9,3±2,2 7,7±2,7

6 O'rta qismidagi bo'lakchalar uzunligi,sm 38,8±3,0 30,4±2,1

7 Uchki qismidagi bo'lakchalar uzunligi, sm 22,7±2,7 14,8±4,3

May 12-13

574

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

Generativ davr (G2)

1 1-tartib novdalar uzunligi, sm 48,2±1,9 40,4±3,1

2 Generativ novdalar soni, dona 9,3±1,5 6,5±0,5

3 Generativ novdalar, bargning uzunligi,sm 17,3±3,3 10,8±2,7

4 Generativ bosqichdagi o'simlikning balandligi, sm 165,5±5,5 151,4±6,4

5 Vegetatsiya oxirida, Generativ bosqichdagi o'simlikning balandligi, sm 195,7±11,2 150,2±12,2

Xulosa

Artishok "Imperial, Violetto, Green gold" navlarining yer ustki organlarining o'sish va rivojlanishi turli sug'orish sharoitlarida bir-biridan keskin farq qilishi kuzatildi. Ikki xil sharoitda o'sgan o'simliklarni kuzatish natijasida ko'pchilik ko'rsatkichlar bo'yicha sug'oriladigan maydonlarda o'sgan o'simlik o'sishligi ko'rindi. Faqat immatur bosqichdagi o'simlikning barg plastinkasini bo'lakchalarga qirqilganlik darajasi yuqori bo'ldi. Bu xolatni o'simlikni qurg'oqchilikka maslanish xususiyati deb izoxlash mumkin. Bundan tashqari, Artishok navlari o'simligini sug'orilmaydigan maydonlari o'sgan. Artishok navlari o'simligini qari vegetativ bosqichga o'tish davri sug'oriladigan maydonda o'sgan.

REFERENCES

1. Абзалов, А. А., Туляганов, Р. Т., Номозова, З. Б., Шодманов, М., & Миррахимова, Т. А. (2014). О зависимости интенсивности биосинтеза биологически активных веществ в тканях артишока колючего от обеспеченности его влагой и минеральным питанием. Фармацевтический журнал, (3), 16-19.

2. Normurodov, X. N., & Nomozova, Z. B. (2001). Artishokning (cynara) Samarqand viloyati sharoitida ba „zi bir biologik xususiyatlari. O „zb biol. jurnal.-Toshkent, (4-B), 41-44.

3. Nomozova, Z. B. (2005). Cynara scolymus L.-stiqbolli o „simlik. Fan yutuqlari va qishloq xo ,jaligini rivojlantirish istiqbollari: Ilmiy-amaliy

anjuman materiallari.

May 12-13

575

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

4. Абзалов, А. А., Белолипов, И. В., Номозова, З. Б., & Исламов, А. М. (2013). Артишок колючий-CYNARA SCOLYMUS L. перспективное растение для Фарминдустрии Узбекистана. Материалы Х международного симпозиума «Новые и нетрадиционные растения и перспективы их использования».-Москва-Пущино, 273-276.

5. Isomov, E. (2023). ARTISHOK "CYNARA SCOLYMUS L." NAVLARNING ONTOGENEZI. Theoretical aspects in the formation of pedagogical sciences, 2(5),

6. Исомов, Э. Э. (2021). ОНТОГЕНЕЗ ГЕНЕРАТИВНЫХ ОРГАНОВ CYNARA SCOLYMUS L. В РАЗЛИЧНЫХ УСЛОВИЯХ ОРОШЕНИЯ. Вестник науки, 5(1 (34)), 191-195.

7. Isomov, E. E., & Nomozova, Z. B. (2022). ARTISHOK NAVLARINING O 'SISH VA RIVOJLANISH FAZALARI. Academic research in educational sciences, (Conference), 244-248.

8. Исомов, Э. Э. (2019). Антэкология и семенная продуктивность CynaraScolymusL в условиях Самаркандской области (Узбекистан). Вестник современных исследований, (2.7), 35-36.

9. Isomov, E. E., & Nomozova, Z. B. (2022). CHEMICAL COMPOSITION OF CYNARA SCOLYMUS L. AT DIFFERENT VEGETATIVE PHASES. Academic research in educational sciences, 3(Speical Issue 1), 75-77.

10. Erkhonovich, I. E., & Toshpulatov, Y. (2022). Influence of Soil Salt on Growth, Development and Seed Productivity of Artichoke Varieties. American Journal of Plant Sciences, 13(5), 557-563.

5-7.

May 12-13

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.