Научная статья на тему '“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY DAVLAT DASTURI DOIRASIDA OBODONLASHTIRISH VA KO‘KALAMZORLASHTIRISH ISHLARIGA TAVSIYA ETISH MUMKIN BO‘LGAN AYRIM YUQORI MANZARALI BUTALAR'

“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY DAVLAT DASTURI DOIRASIDA OBODONLASHTIRISH VA KO‘KALAMZORLASHTIRISH ISHLARIGA TAVSIYA ETISH MUMKIN BO‘LGAN AYRIM YUQORI MANZARALI BUTALAR Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
68
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Toshkent Botanika bog‘i / introduksiya / manzarali buta / vegetativ ko‘paytirish / Weigela florida f.Bristol Ruby / Symphoricarpos doorenbosii / Deutzia scabra f.Plena.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Dilovar Hamrayeva

Maqolada yurtimizga xorijdan introduksiya qilingan va Toshkent Botanika bog‘ida ko‘paytirish yo‘lga qo‘yilgan “Yashil makon” umummilliy davlat dasturi doirasida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga tavsiya etish mumkin bo‘lgan ayrim yuqori manzarali butalar tog’risida ma’lumotlar berilgan. Olib borilgan ko‘p yillik tadqiqotlar natijasida Botanika bog‘i uchun yangi o‘simlik turlari introduksiya qilinib,ular vegetativ yo‘l bilan ko‘paytirilgan va natijalar amaliyotga joriy etilib Toshkent shahri ko‘chalariga ekish uchun tavsiya etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY DAVLAT DASTURI DOIRASIDA OBODONLASHTIRISH VA KO‘KALAMZORLASHTIRISH ISHLARIGA TAVSIYA ETISH MUMKIN BO‘LGAN AYRIM YUQORI MANZARALI BUTALAR»

"YASHIL MAKON" UMUMMILLIY DAVLAT DASTURI DOIRASIDA OBODONLASHTIRISH VA KO'KALAMZORLASHTIRISH ISHLARIGA TAVSIYA ETISH MUMKIN BO'LGAN AYRIM YUQORI MANZARALI BUTALAR

Dilovar Hamrayeva

O'zR FA Botanika instituti huzuridagi Toshkent Botanika bog'i kichik ilmiy xodimi.

E-mail:[email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.10656740

Annotasiya. Maqolada yurtimizga xorijdan introduksiya qilingan va Toshkent Botanika bog'ida ko'paytirish yo'lga qo'yilgan "Yashil makon" umummilliy davlat dasturi doirasida obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlariga tavsiya etish mumkin bo'lgan ayrim yuqori manzarali butalar tog'risidama'lumotlar berilgan. Olib borilganko'pyilliktadqiqotlar natijasida Botanika bog'i uchun yangi o'simlik turlari introduksiya qilinib,ular vegetativ yo'l bilan ko'paytirilgan va natijalar amaliyotga joriy etilib Toshkent shahri ko'chalariga ekish uchun tavsiya etilgan.

Kalit so'zlar: Toshkent Botanika bog'i, introduksiya, manzarali buta, vegetativ ko'paytirish, Weigela florida f.Bristol Ruby, Symphoricarpos doorenbosii, Deutzia scabra f.Plena.

Аннотaция. В статье приведены сведения о некоторых высокодекоративных кустарниках, завезенных в нашу страну из-за границы и размножаемых в Ташкентском ботаническом саду, которые могут быть рекомендованы для благоустройства и озеленения в рамках нatsiональной государственной программы «Яшил макон». В результате многолетних исследований для Ботанического сада были интродуцированы новые виды растений, их размножили вегетативно, а результаты были внедрены в практику и рекомендованы для посадки на улицах Ташкента.

Ключевые слова: Ташкентский ботанический сад, интродукция, декоративный кустарник, вегетативное размножение, Weigela florida f.Bristol Ruby, Symphoricarpos doorenbosii, Deutzia scabra f.Plena.

Abstract. The article provides information about some highly ornamental shrubs brought to our country from abroad and propagated in the Tashkent Botanical Garden, which can be recommended for landscaping and landscaping within the framework of the national state program "Green Space". As a result of many years of research, new plant species were introduced for the Botanical Garden, they were propagated vegetatively, and the results were put into practice and recommended for planting on the streets of Tashkent.

Keywords: Tashkent Botanical Garden, introduction, ornamental shrub, vegetative propagation, Weigelafloridaf.Bristol Ruby, Symphoricarpos doorenbosii, Deutzia scabra f.Plena.

Kirish. Yurtimizda olib borilayotgan Inson yashash muhitini optimallashtirish bo'yicha chora-tadbirlar tizimida o'simliklar muhim o'rin tutadi, jumladan aholi turmush sharoitini tubdan yaxshilashga qaratilgan muhim davlat chora-tadbirlaridan biri sifatida obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlari alohida ahamiyatga ega. O'simliklar fotosintez jarayonida karbonat angidridni o'zlashtiradi va havoni kislorod bilan boyitadi. Ko'p turdagi o'simliklar mikroorganizmlarni, o'ldirish va shu bilan yuqumli kasalliklarning oldini olish qobiliyatiga ega bo'lgan fitonsidlar deb ataladigan uchuvchi moddalarni chiqaradi. Bu, ayniqsa, yirik shaharlar uchun juda muhimdir. Sanoat korxonalari va avtotransport vositalaridan chiqadigan zaharli chiqindilarni kamaytirish, havoni turli chang va ifloslantiruvchi moddalardan tozalash, shovqinga qarshi kurashish, mikroiqlimni tartibga solish kabi muammolarni hal etishda ham o'simliklar

muhim rol o'ynaydi. Bundan tashqari, ular kishilarning fiziologik va psixologik holatiga foydali ta'sir ko'rsatadi. Barglarning yashil rangi, yorqin gullar, havoda aromatik moddalar mavjudligi -bularning barchasi markaziy asab tizimiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, insonning hayotiyligi va samaradorligini oshiradi. Shu bois mamlakatimizda aholi punktlarini obodonlashtirish, uy-joy va sanoat qurilishini keng ko'lamli obodonlashtirish ishlarisiz tasavvur etib bo'lmaydi. Shahar va qishloqlarni ko'kalamzorlashtirish davlat tomonidan aholi turmush sharoitini tubdan yaxshilashga qaratilgan jiddiy chora-tadbirlardan biri sifatida qaralmoqda. Shahar va qishloqlarimiz tashqi dizaynida yashil maydonlarning ahamiyatini alohida ta'kidlash lozim. Aholi punktining tashqi ko'rinishi nafaqat binolarning arxitekturasi, ko'cha va maydonlarning tartibi, balki landshaft arxitekturasi va ko'kalamzorlashtirish bilan ham belgilanadi[1; 3-4b., 2; 188-189b].

Yashil hududlar - bu maysazorlar, daraxtlar, butalar va gullarning uyg'unlashuvidir. Yog'ochli o'simliklar assortimentida butalar katta o'rin tutadi. Ular birinchi navbatda tezda hududni bezatadi va darhol ko'chatlarga kerakli hajmni berishga erishiladi. Bundan tashqari, butalarni yetishtirish daraxt yetishtirishga nisbatan ancha arzon hamda ancha kam mehnat talab qiladi. Butalarning shakllanish davri 2-3 yil bo'lsa, undan so'ng ular doimiy joyga ekish uchun ishlatilishi mumkin(o'simlik turiga qarab). Butalarni ko'paytirish oson va ularni doimiy joyga ekishga kam xarajat sarf etiladi. Manzaralilik jihatidan, ko'plab turdagi butalar, ayniqsa uzoq vaqt davomida gullab turadigan turlar, bir qator afzalliklarga ega. Chiroyli gullovchi buta turlari va shakllarining xilma-xilligi, ularning balandligi, gullash davri va davomiyligi, erta bahordan boshlab doimiy ravishda o'zgarib turadigan yorqin ranglari turlicha kompozitsiyalarni yaratishga imkon beradi[3; 3-5b].

Tadqiqotning dolzarbligi. Atrof-muhit sharoitlari o'simliklarning rivojlanishiga katta ta'sir ko'rsatadi. Havo, suv va tuproq harorati, yorug'lik, biotik va antropogen omillar nafaqat o'simliklarni o'stirishda, balki ulardan amaliy ko'kalamzorlashtirishda foydalanishni hal qilishda ham hisobga olinishi kerak. Butalarning uzoq umr ko'rishida atrof-muhit sharoitlari katta rol o'ynaydi. O'simliklarning umr ko'rish davomiyligi noqulay shahar sharoitida havoning chang, tutun va zararli gazlar bilan ifloslanishi, tuproq unumdorligi, tuproqning, suv va havo sharoitlarining yomonlashishi tufayli keskin qisqaradi[4; 31-33b].

Tadqiqot uslubi Tadqiqot ishlarini olib borishda introduksiya jarayonida keng qo'llanilib kelinayotgan klassik hamda zamonaviy metodlardan foydalanildi.

Tadqiqotning maqsadi Ushbu o'simliklarni ko'paytirishni yo'lga qo'yishdan asosiy maqsad respublikamizga xorijdan kirib kelayotgan o'simliklar va o'simliklarni olib kelish uchun sarflanayotgan valyutalar miqdorini kamaytirishdan iborat.

Quyida yurtimizga xorijdan introduksiya qilingan va Toshkent Botanika bog'ida ko'paytirish yo'lga qo'yilgan "Yashil makon" umummilliy davlat dasturi doirasida obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlariga tavsiya etish mumkin bo'lgan ayrim yuqori manzarali butalar tog'risida ma'lumotlar berilgan.

Weigela florida /.Bristol Ruby . Caprifoliaceae- oilasi vakili.Vatani Sharqiy Osiyo mamlakatlari. Chiroyli va qayta gullaydigan (remontant), bargli buta(1-rasm). Yuqori manzarali, ko'paytirish va parvarish qilish qulay.Ular gumusga boy tuproqlarda yaxshi o'sadi va mo'l gullaydi. Qurg'oqchilik paytida ko'p namlikni talab qiladi, shamoldan himoyalangan joylarni afzal ko'rishadi. Qishki va yozgi qalamchalari bilan ko'paytirish mumkin. Qalamchalari bilan ko'paytirisda o'sish stimulyatorlaridan foydalanish yaxshi samara beradi[5; 187-190b.,6; 9941001].

Symphoricarpos doorenbosii . Caprifoliaceae- oilasi vakili.Qor mevali buta eng ajoyib manzarali butalaridan biridir. Chiroyli pushti rezavor mevalar Dorenboza qormevalarga xosdir. Ular sovuq mavsumda bog 'kompozitsiyalarida ajoyib manzara kasb etadi. Ushbu butalar eng chiroyli bog 'butalaridan biri bo'lib, ularning asosiy xususiyati gullash yoki barglari emas, balki rezavor mevalari hisoblanadi. Ushbu buta mevalarini deyarli bahorgacha saqlab turadi. Butalarning balandligi ko'pincha 80 sm-1.5 m bilan cheklanadi. Dorenboza qor mevasi may oyida gullashni boshlaydi va ikki-uch oy davom etadi. Kuz va qishga urg'u berilgan dekorativ kompozitsiyalar yaratish uchun keng qo'llaniladi. Dorenboza qor mevali buta quyoshli joylarda va yarim soyali joylarda ham yaxshi o'sa oladi[7; 202-203b].

Deutzia scabra f.Plena. Hydrangeaceae -oilasi vakili. Sharqiy Osiyo, Himoloy va Meksikada tarqalgan 50 ga yaqin turni o'z ichiga oladi.Chiroyli gullaydigan bargli buta. Yoyilgan yoki tik shaklda, balandligi 0,5 dan 4 m gacha yetadi. Barglari qarama-qarshi joylashgan. Gullari oq yoki pushti rangda, hidsiz. Barcha turdagi tuproqlarda yaxshi o'sadi. Gaz va changga chidamli. Maysazorlarda, bog'larda, maydonlarda, bulvarlarda va hokazolarda guruh va yakka holda ekish mumkin. Deutzia ning dekorativ qiymati uzoq vaqtdan beri amaliy bog'dorchilik tomonidan tan olingan[8; 74-125b].

Spiraeaprunifolia "Plena" - Olxo'ri bargli spireya Plena formasi. Rosaceae- oilasi vakili. U o'z nomini yunoncha "speira" - "egilish" so'zidan olgan. Spiraea turkumi 90 ga yaqin turga ega. Tabiatda Sharqiy Osiyo (Xitoy, Yaponiya, Koreya) da tabiiy holda o'sadi. 1843- yilda madaniylashtirilgan. Bo'yi 2 metr gacha yetadigan barg to'kuvchi manzarali buta. Barglari lansetsimon shaklda, yashil rangda. Gullari oq rangda, qavat- qavatli. Shahar sharoitiga chidamli, tez o'suvchi buta. Spiraea mo'l-ko'l va uzoq vaqt davomida gullaydi.Ularning gullari kichik, ammo ko'p. Gullarning rangi turlicha. Spiraea nisbatan tez o'sadi, yorug'likni yaxshi ko'radi, sovuqqa chidamli, ko'p turlari tutun va gazga chidamli va shahar sharoitlariga yaxshi toqat qiladi[9; 234-b].

Spiraea japonica. Yapon spireyasi -barg to'kuvchi, bo'yi 1 m gacha bo'lgan manzarali buta. Vatani Yaponiya va Xitoy. Barglari lansetsimon, och yashil rangda. Gullari qizil (pushti va oq ranglar ham uchraydi), murakkab soyabonga yig'ilgan. Iyundan sentyabrgacha gullaydi(1-rasm). Spiraea guruh va yakka holda ekilishi mumkin. Ikkinchi marta ham gullashi mumkin lekin doimiy emas. Yorug'sevar, tuproqqa talabchan emas. Shahar sharoitiga chidamli. Yakka holda va guruhlab ekish mumkin. [10; 99-103b].

Olingan natijalar

Tanlangan assortimentlarning Respublikamiz sharoitda ko'paytirish va yetishtirishning optimal usullari ishlab chiqildi hamda ulardan 3-4 yildan boshlab ko'kalamzorlashtirishda keng foydalanish mumkinligi isbotlandi. Tadqiqot ob'ektlarini turli xil sharoitlarda hamda usullarda vegetativ ko'paytirishning optimal muddatlari ishlab chiqildi. Manzarali tur va formalarni vegetativ usulda samarali ko'paytirish orqali ko'kalamzorlashtirishda foydalanish uchun o'simliklarning standart ko'chatlari yetishtirildi. Tadqiqot ob'ektlari hisoblangan yangi tur va formalarni Botanika bog'iga introduksiya qilish orqali bog'ning genofondini boyitish imkonini berdi hamda manzarali o'simliklar sifatida ekib foydalanildi. Manzarali butalarning yangi tur va formalarining introduksiya sharoitida o'sishi va rivojlanishi, gullash dinamikasi, o'simliklarga ekologik omillarning ta'siri aniqlandi.

Tadqiqotning amaliy ahamiyati manzarali butalarni introduksiya qilish, vegetativ usulda tezkor ko'paytirishning optimal muddatlari va samarali stimulyatorlarni aniqlandi hamda obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirishda keng foydalanilmoqda.

Weigela florida f.Bristol Ruby Symphoricarpos doorenbosii

Spiraea japonica Deutzia scabra f.Plena

1-rasm. Ko'kalamzorlashtirishga tavsiya etilayotgan manzarali butalar Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yuqori manzarali butalarning Toshkent Botanika bog'ida introduksiyasi va ko'paytirish agrotexnikasi hamda gullash dinamikasi bo'yicha tadqiq qilishdan olingan natijalar asosida:

Botanika bog'iga yangi turdagi manzarali tur va formalar introduksiya qilinib kolleksiyasini yaratilgan hamda ishlab chiqarish ko'chatxonasi faoliyatiga joriy qilingan (O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2023 yil 21 iyuldagi 4/1255-1537-son ma'lumotnomasi). Natijada Toshkent Botanika bog'i genofondini yangi tur va formalar bilan boyitish imkonini bergan;

O'simliklarni vegetativ ko'paytirish bo'yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Toshkent Davlat o'rmon xo'jaligi faoliyatiga joriy qilingan. (O'zbekiston Respublikasi Toshkent Davlat O'rmon xo'jaligi davlat qo'mitasining 2023 yil 28 sentyabrdagi 350-son ma'lumotnomasi). Natijada viloyatning mos iqlim sharoitida ushbu turlarni yalpi ko'paytirish imkonini bergan;

Turlar va formalarning fenologiyasi va biometriyasiga doir ma'lumotlar Toshkent shahar hokimligi obodonlashtirish bosh boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan (Toshkent shahar obodonlashtirish bosh boshqarmasining 2023 yil 12 dekabrdagi 1-13/2961-son ma'lumotnomasi). Natijada Toshkent shahri ko'chalari yo'l yoqalari uchun mos manzarali butalar turlarini tanlash va ko'kalamzorlashtirish faoliyatining samaradorligini oshirish imkonini bergan.

Tadqiqot natijalari o'rmon xo'jaliklar, milliy tabiat bog'lari va qo'riqxonalar hududlarida tabiatni muhofaza qilish va respublikamizda biologik xilma-xillikni saqlab qolishda katta o'rin tutishi bilan muhim ahamiyatga ega (O'zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi 2023 yil 19 dekabrdagi 03-03/3-8275 sonli ma'lumotnomasi).

Xulosa Manzarali butalarni ko'paytirishning keng tarqalgan usullaridan biri bu vegetative qalamchalari orqali ko'paytirishdir. Manzarali butalarni ko'paytirishda optimal sharoitlarni yaratish zarur hisoblanadi. Qalamchalarning ildiz otish jarayoniga, yashab qolish foiziga, ildiz tizimi rivojlanishiga ta'sir qiluvchi bir qancha omillar mavjud bo'lib, ulardan biri ozuqa maydoni va hajmidir. Vegetativ ko'paytirishda kornevin stimulyatoridan foydalanilganda qalamchalarda ildiz olish ko'rsatkichlari yuqoriligi, ularda kallus hosil bo'lishi hamda dastlabki ildizlarning shakllanishi boshqa variantlarga qaraganda ertaroq ekanligi ushbu stimulyatorning samarali ekanligini ko'rsatadi.Yuqoridagi manzarali tur va formalar shoxlanishi, shakli va yuqori manzaraliligi bilan tavsiflanadi. Mazkur introdusentlar shaharsozlikda manzarali o'simliklar assortimentlarni tanlashda va kompozitsiya guruhini tuzishda muhim omil hisoblanadi.

REFERENCES

1. Печеницин В.П., ЛД. Ёзиев, СД. Абдиназаров, М.Д. Тургунов "Узбекистан шахдрларини кукаламзорлаштириш". - Тошкент: "Фан", 2020. 3-4б

2. Berdiyev.E.T. Manzarali dendrologiya darslik Toshkent-2022. 188-189bet

3. Чаховский A.A., Бурова Э.А и др Красивоцветущие кустарники длya садов и парков. Справочное издание Издателство «Ураджай» 1988.3-5 ст

4. Козлова, Л.Н., Полищук Н.В Рол интродуцентов в реконструкции озеленениya городских улиц / Л.Н. Козлова, Н.В. Полищук // Плодоводство, семеноводство, интродукциya древесных растений: материалы VI Междунар. науч. конф. -Красноyaрск: СибГТУ, 2003. - С. 31-33.

5. Мартынов Л.Г. Вейгелы (Weigela Thunb.) в интродукции на Европейском севере. В сборнике: Биологическое разнообразие. Интродукциya растений. Материалы Шестой Международной научной конференции. 2016. С. 187-190

6. Dilovar A. Khamraeva, Nargiza K. Rakhimova*, Eldor E. Temirov. Vegetative Reproduction through Green Cuttings of the Introduced Form Weigela florida f. "Bristol ruby" (Caprifoliaceae) in the Conditions of the Tashkent Botanical Garden (Uzbekistan). American Journal of Plant SciencesJul. 12, 2021 994-1001p.

7. Брошар Д. "Всё о деревях и кустарниках". Москва 2016 202-203стр.

8. Славкина Т.И. Виды рода Дейциya (Deutzia Thunb. ) интродуцированные Ботаническом садом АН УзССР. Дендрологиya Узбекистана: Родовые комплексы крыжовника, смородины, дейции, каталпы//.Дендрологиya Узбекистана.Т.9. Ташкент:Фан,1978 с.74-125

9. Боговаya И.О. Озеленение населённых мест/ И.О. Боговаya, В.С. Теодоронский. - М.: Агропромиздат, 1990. - 234 с.

10. Куклина, Т.Э. Древесные растениya в озеленении г. Томска / Т. Э. Куклина // Плодоводство, семеноводство, интродукциya древесных растений: материалы VII Междунар. науч. конф. - Красноyaрск: СибГТУ, 2004. - С. 99-103с

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.