Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
Research BIB / Index Copernicus
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIY SUDLARIDA DAVLAT BOJI TO'LOVLARINI UNDIRISH MASALALARINING ISTIQBOLLARI
Jasur Nuriddinov
+998 93 606 21 31 [email protected]
ANNOTATSIYA
Tadqiqot ishida O 'zbekiston Respublikasi iqtisodiy sudlarida sud xarajatlarini undirishning ahamiyati, nazariy-huquqiy asoslari va o'ziga xos jihatlari, milliy qonunchilikda aks ettirilishi hamda ayrim konseptual masalalar, qonunchilikdagi oq dog'lar, kolliziyalar va chalkashliklar, ularga yechim sifatida taklif-tavsiyalar xususida fikr yuritiladi.
Kalit so'zlar: sud xarajatlari, davlat boji, pochta xarajatlari.
АННОТАЦИЯ
В исследовательской работе рассмотрены значение, теоретико-правовые основы и особенности взыскания судебных издержек в хозяйственных судах Республики Узбекистан, их отражение в национальном законодательстве, а также некоторые концептуальные вопросы, белые пятна, коллизии и неясности в обсуждаются законодательство, а также предложения по их решению.
Ключевые слова: судебные издержки, государственная пошлина, почтовые расходы..
ABSTRACT
The research work examines the importance theoretical-legal foundations and specific aspects of the collection of court costs in the economic courts of the Republic of Uzbekistan, their reflection in the national legislation, and some conceptual issues, white spots, collisions and confusions in the legislation, as well as suggestions as a solution to them, are discussed.
Key words: court costs, court fees, postal costs.
KIRISH
Sud tizimining samaradorligi sudga murojaat qilishda hamma uchun teng imkoniyatlarning yaratilganligi va murojaat qilish uchun ochiqligi kabi fundamental talablar bilan belgilanadi. Sud ishlarini yuritish, sudlarni moddiy jihatdan ta'minlash katta xarajatlarni talab qilib, davlat byudjeti tomonidan har yili ulkan miqdorda pul mablag'lari ajratiladi. Shu bilan birga sudga o'z huquqlarini himoya qilish uchun ariza taqdim qilayotgan shaxslar ham sud ishini yuritish bilan bog'liq xarajatlarni
Research BIB / Index Copernicus
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari to'lashdan ozod qilinmagan. Sud xarajatlarini to'lash prosessual kodekslar bilan belgilangan majburiyat hisoblanib, sudga murojaat qilib huquqlarni himoya qilishning va umuman odil sudlovga bo'lgan huquqni amalga oshirishning shartlaridan biri hisoblanadi. Ma'lumki, hammaga ochiq bo'lgan odil sudlov adolatli sud tizimining o'zgarmas tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi.[1]
Mamlakatdagi qulay investisiyaviy sharoitlardan biri sifatida tadbirkorlik sub'ektlarining o'z huquqlarini sud orqali himoya qila olishining kafolatlanganligi hisoblanadi. Tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan o'z huquq va manfaatlarini iqtisodiy sudlar orqali himoya qilinishida sudga murojaat qilish tartib-taomillarining soddaligi katta ahamiyat kasb etib, bunda sud xarajatlarini to'lash va uni undirishdagi ba'zi noaniqliklar prosessual chalkashliklarni, kolliziyalarni hamda "oq dog'"larni keltirib chiqaradi. Shu sababli ushmu muammolarni tadqiq qilish va yechimi yuzasidan takliflar berish mavzuning dolzarbligini ochib beradi.
I. Metodologiya
Tadqiqotning metodologik asosini umumiy mantiqiy usullar (tahlil va sintez, dialektik, umumlashtirish, analogiya, mavhumdan konkretga va konkretdan mavhumga o'tish), empirik tadqiqot usullari (taqqoslash, guruhlarga taqsimlash) va alohida ilmiy usullar (formal-yuridik, tarixiy, qiyosiy-huquqiy) hamda ilmiy bilishning boshqa usullaridan foydalanildi.
II. Natijalar
Iqtisodiy sudlarda sud xarajatlarini undirishning huquqiy tabiati tahlil qilinadi. Natijada ushbu ob'ekt bilan bog'liq munosabatlarni huquqiy tartibga soluvchi, qonunchilikni takomillashtirishga yordam beradigan takliflar ishlab chiqiladi.
IV. Muhokama qismi
Xorijiy tajribadan ko'rib o'tganimizdek, qonunchilik jihatidan bizga yaqin MDH davlatlarida sud xarajatlarini undirishni tartibga solish masalalarida iqtisodiy sudlarda qo'llashimiz mumkin bo'lgan normalar mavjud bo'lib, ularni milliy qonunchiligimizga implementatsiya qilish tadbirkorlik sub'yektlariga manfaatli bo'lishi mumkin.
Masalan, bizda to'lanadigan va undiriladigan davlat boji miqdorlarining eng yuqori chegarasi o'rnatilmagan. Bu tadbirkorlar, ayniqsa, kichik va o'rta biznes uchun bir qator moliyaviy noqulayliklarni keltirib chiqaradi.
Yuqorida ko'rib o'tganimizdek, Rossiya Federatsiyasida bunday cheklovning miqdori 28.414.781,30 so'mni, Qozog'iston Respublikasida 1.954.187.840,46 so'mni, Qirg'iziston Respublikasida 744.470.954,95 so'mni tashkil qiladi.
Research BIB / Index Copernicus
Bunday cheklovning yo'qligi da'vo summasi qancha ko'p bo'lsa, shuncha ko'p davlat boji undirilishini anglatib, nazariy jihatdan davlat bojining undirilishi mumkin bo'lgan eng yuqori maksimal chegarasi yo'qligini anglatadi.
Masalan, O'zbekiston Respublikasi Oliy Sudiga undirilgan va to'langan davlat bojining eng yuqori miqdorlari to'g'risida axborot berishni so'rab xat bilan murojaat qilingan. Unga ko'ra... Ushbu statistik ma'lumotlarga ko'ra, respublika iqtisodiy sudlarida eng ko 'p miqdorda oldindan to 'langan davlat boji 2.843.552.539,6 so'mni tashkil qiladi.
Ushbu statistik ma'lumot ham undiriladigan davlat bojlari miqdorining maksimal yuqori chegarasining belgilanmasligi korxonalarni moliyaviy qiyin ahvolga solishi mumkinligi, sudga murojaat qilish imkoniyatlarini cheklashini ko'rsatadi. Birinchi bobda tahlil qilib o'tilgan iqtisodiy sudlar tomonidan butun sud tizimiga qilingan xarajatlarning 59 foizi kompensatsiya qilinishiga, davlat boji to'lovlarini "to'lay olish prinsipi"dan chiqishiga sabab bo'luvchi normalardan biri ham shu deb hisoblasak mubolag'a bo'lmaydi.
Shuningdek, birinchi instansiya sudlari tomonidan qabul qilingan sud hujjatlari ustidan yuqori instansiya sudlariga shikoyat qilishda to'lanishi lozim bo'lgan davlat boji miqdori birinchi instansiya sudida to'lanishi lozim bo'lgan summaning 50 foizini tashkil qilishi to'g'risidagi norma ham tadbirkorlik sub'yektlarini moliyaviy jihatdan qiynaydigan normalardan biri hisoblanadi. Qonunchilikka ko'ra, davlat bojining undirilishi mumkin bo'lgan eng yuqori maksimal chegarasining yo'qligi ushbu muammoni yanada chuqurlashtiradi.
Yetarlicha davlat bojining to'lanmasligi shikoyatlarni ish yuritishga qabul qilinmay qaytarilishiga, o'z navbatida esa, bu protsessual muddatlarning o'tkazib yuborilishiga va shikoyat qilish imkoniyatining boy berilishiga sabab bo'ladi.
Masalan, Oliy Sud tomonidan taqdim qilingan statistik ma'lumotlarga ko'ra, 2023 yil davomida respublika iqtisodiy sudlariga jami 14.919 ta apellyatsiya va kassatsiya shikoyatlari kelib tushgan. Shundan, davlat boji va pochta xarajatlari to 'lanmaganligi asosi bilan 1.295 ta apellyatsiya, kassatsiya shikoyatlari qaytarilgan.
Davlat bojini kechiktirib to'lash tartibining qonunchilikda mavjudligi da'vo ariza va shikoyatlarni davlat bojisiz ish yuritishga qabul qilinishini anglatmaydi. Sababi, IPK 113-moddasiga ko'ra, davlat bojini to'lash asoslari va tartibi, uni to'lashni kechiktirish yoki bo'lib-bo'lib to'lash, to'lashdan ozod qilish tartibi, davlat bojini qaytarish tartibi qonunda belgilanadi. "Davlat boji to'g'risida"gi Qonunning 19-moddasiga asosan pul mablag'lari mavjud bo'lmagan va bu xizmat ko'rsatuvchi bank tomonidan tasdiqlangan taqdirda, tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslarga sudning ajrimiga ko'ra davlat bojini kechiktirib
Research BIB / Index Copernicus
to'lashga ruxsat berilishi mumkin. Bank tasdig'ida sudga murojaat qilingan sanadan ko'pi bilan uch kun oldingi sana qayd etilgan bo'lishi kerak.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2020 yil 19 dekabrdagi 36-sonli "Iqtisodiy ishlar bo'yicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti to'g'risida"gi Qarorining 10-11-bandlarida tushuntirish berib o'tilganidek, Qonun bo'yicha sudya davlat bojini to'lashdan to'liq yoki qisman ozod etish huquqiga ega emasligini nazarda tutish lozim. Biroq, da'vogar (arizachi)ning, xususan, tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanayotgan yuridik va jismoniy shaxsning mulkiy ahvolidan kelib chiqib, sudya davlat bojini to'lashni kechiktirish masalasini hal qilishga haqli. Ham yuridik, ham jismoniy shaxsdan davlat foydasiga undiriladigan davlat bojini kechiktirish masalasini hal qilishda, sud ularning bu xarajatlarni qisman yoki bir yo'la to'lashga pul mablag'lari bo'lmaganligini tasdiqlovchi holatlar mavjudligi haqidagi dalillarni tekshirishi lozim. Pul mablag'larining bo'lmaganligi to'g'risidagi bankning tasdig'i sudga murojaat qilingan sanadan ko'pi bilan uch kun oldingi sana bilan qayd etilgan bo'lishi lozim.
Ya'ni, davlat bojini kechiktirib to'lashga sudya tomonidan ruxsat berilishi mumkin, sudya bunga majbur emas. Bu mutlaqo uning vakolati va shu sababli ushbu qoida qonunchilikdagi "oq dog'" hisoblanadi. Shuningdek, ushbu norma bilan bog'langan yana bir normalardan biri yuridik shaxs tomonidan hisob-raqamida pul mablag'lari yo'qligi to'g'risida bank ma'lumotnomasi taqdim qilinishi lozimligidir.
Lekin, sudga hisob-raqamida pul mablag'lari yo'qligi to'g'risida bank ma'lumotnomasi taqdim qilinsa-da, sud shaxsning boshqa banklarda hisob-raqamlari yo'qligi to'g'risida ma'lumotga ega bo'lmaydi. Ushbu kamchilikni bartaraf qilish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2020 yil 19 dekabrdagi 36-sonli "Iqtisodiy ishlar bo'yicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti to'g'risida"gi Qarorining oldingi tahririda bank ma'lumotnomasi bilan birga soliq organlaridan boshqa banklarda pul mablag'lari yo'qligi to'g'risida ma'lumotnoma ham taqdim qilinishi lozimligi belgilangan edi. Biroq, ushbu talab qonun hujjatlarida yo'qligi sababli Plenum qarorining ushbu bandini qonun hujjatlariga zid qilib qo'ydi va ushbu normani qo'llashda turli bir-biriga zid amaliyot vujudga kelishiga sabab qilib qo'ydi. Plenum qarorining ushbu bandi qo'llanilib quyi sudlar tomonidan qaytarilgan arizalar shu Plenum qarorini qabul qilgan Oliy Sudning o'zi tomonidan sudlarning ajrimlari bekor qilinib, ko'rib chiqish uchun ish yuritishga qabul qilish to'g'risida qarorlar chiqarilishi holatlari kuzatildi. Natijada, Plenum qarorining ushbu bandi bekor qilindi.
Masalan, Yuqorichirchiq tumanlararo iqtisodiy sudining ish yurituvidagi 4-1105-2202/287-sonli iqtisodiy ish bo'yicha birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat qilgan va davlat bojini kechiktirish
Research BIB / Index Copernicus
to 'g 'risida iltimosnoma taqdim qilgan. Apellyatsiya shikoyati viloyat sudi tomonidan qaytarilib, ajrimning asoslantiruvchi qismida apellyatsiya shikoyatiga davlat bojini kechiktirish to'g'risidagi iltimosnomani ilova qilgan bo'lsada, biroq, yuridik shaxsning banklarda ochilgan hisobvaraqlarida Kartoteka-2 bo'yicha qarzdorligi mavjudligi to'g'risidagi bank ma'lumotnomasi hamda arizachi hisobda turgan joydagi soliq organining mazkur yuridik shaxsga banklarda ochilgan barcha hisobvaraqlar ro'yxati ko'rsatilgan ma'lumotnomasi ilova qilinmaganligi, bunday holatda, arizachining davlat bojini kechiktirish to'g'risidagi iltimosnomasiga asos qilib keltirgan uning hisobvaraqlarida pul mablag'lari mavjud emasligi to'g'risidagi vajlari o 'z tasdig 'ini topmaganligini keltirgan.
Qo'shni davlatlar qonunchiligidan o'rganishimiz mumkin bo'lgan tajribalardan yana biri bu tomonlar tomonidan vakilga to'langan xarajatlarni sud xarajatlari tarkibiga kiritishdir.
Amaldagi qonunchiligimizga ko'ra, vakilga ko'rsatgan xizmatlari uchun to'langan xarajatlar sud xarajatlari tarkibiga kiritilmagan. Shu sababli, tomonlar vakilga to'langan xarajatlarni moddiy zarar summasi sifatida baholab, da'vo summasiga kiritadilar.
Bu bir qator muammolarni keltirib chiqaradi. Jumladan, vakilga to'langan xarajatlar ham da'vo summasiga kiritilganligi sababli qo'shimcha davlat boji hisoblanadi. Shuningdek, vakil xarajatlari aniq bir statusga ega bo'lmaganligi sababli sudlarda turli amaliyot shakllanib, ba'zi holatlarda qanoatlantirish, ba'zi holatlarda rad etish, ba'zi holatlarda esa bunga asos mavjud bo'lmasa-da, kamaytirish to'g'risida hal qiluv qarorlari qabul qilinmoqda.
Vakilga to'lanadigan xarajatlarni qaytarib undirib olinishiga bo'lgan ishonchning yo'qligi taraflarda vakil xizmati uchun haq to'lashga bo'lgan motivlarni yo'q qiladi.
Masalan, Yuqorichirchiq tumanlararo iqtisodiy sudining ish yurituvidagi 4-1102-2302/4298-sonli iqtisodiy ish bo'yicha da'vogar "Tovoqsoy suv" MCHJning javobgar Bo'stonliq tuman xalq ta'limi bo'limi hisobidan sudda advokat haqi uchun to 'langan 30 000 000 so 'm zararni undirishni so 'ragan. Sudning ish bo 'yicha qabul qilgan yakuniy hal qiluv qarorida advokat va da 'vogar o 'rtasida tuzilgan yuridik xizmat ko'rsatish to'g'risidagi shartnomada da'voning bahosi 166 394 375 so'mni tashkil etgani holda 30 000 000 so 'm zarar undirish so 'ralgan, ya 'ni so 'ralgan zarar miqdori majburiyatning buzish oqibatlariga ochiqdan-ochiq nomutanosib, qolaversa advokat uchun to 'langan 30 000 000 so 'm pul mablag 'ini aynan javobgar tomonidan to'liq qoplab berilishi yuzasidan sababiy bog'liqlik mavjud emas, ulardan tashqari yuridik xizmat ko 'rsatish to 'g 'risidagi bitim da 'vogarning xohshiga ko 'ra tuzilgan.
Research BIB / Index Copernicus
Sudyuqoridagilarni inobatga olib, zarar undirish talabini qisman, ya'ni 6 000 000 so 'm miqdorda qanoatlantirishni, qolgan qismini esa mutanosiblik nuqtai-nazaridan kelib chiqib, asossiz talab etilgan deb hisoblagan.
Yuqoridagi taklif bilan bevosita bog'liq takliflardan biri, advokat tomonidan ko'rsatilgan xizmatlar uchun haq to'lanmagan bo'lsa, uni sudlarga davlat boji to'lamay turib undirish to'g'risida ariza bilan murojaat qilish tartibini joriy qilish lozim. Sababi, advokat tomonidan ko'rsatilgan xizmatlar uchun haq to'lamaslik holatlari keng tarqalgan bo'lib, advokat uni undirish to'g'risida umumiy tartibda davlat boji to'lagan holda da'vo ariza bilan sudga murojaat qiladi. Advokatlik firmalari va byurolari kichik tadbirkorlik sub'yekti hisoblanmasligi sababli ular umumiy da'vo summasining ikki foizi miqdorida davlat boji to'lashga majbur bo'ladilar. Mazkur imtiyozning berilishi advokatlik faoliyatini yuritishni osonlashitirib, mazkur institutni yanada mustahkamlaydi.
Iqtisodiy ish bo'yicha qabul qilingan sud hujjatlaridan nusxa olganlik va dublikat berganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki foizi miqdorida davlat boji undirilishi belgilangan. Ushbu miqdordagi davlat bojini sud hujjatlarining dublikatini olishga nisbatan qo'llab bo'lsa-da, sud hujjatlarining nusxasini olishga nisbatan qo'llab bo'lmaydi. Sababi bugungi kunda ushbu miqdor 6.800 so'mni tashkil qilib nusxa olingan har bir varaq hujjat uchun shuncha miqdorni tashkil qiladi. Amaliyotda suddan tashqarida hujjatlarni chop etish bu miqdordan bir necha baravar arzonligi sababli ish hujjatlari bilan tanishuvchi tomonlar ish materiallarini telefonda rasmga olib tashqarida chop ettirishadi. Ba'zida hammada ham bunday texnik imkoniyatning yo'qligi va yetmaganiga moliyaviy sharoit sababli tomonlarning sarsongarligiga sabab bo'ladi. Sababi yuz betlab ish hujjatlari har bir bet uchun 6.800 dan hisoblaganda ancha summani tashkil qiladi.
Yoki, Qonunda belgilanganidan kamroq miqdorda sud xodimlariga haq berilishi evaziga sud hujjatlaridan nusxa beriladi va shunday tarzda byudjetga tushishi kerak bo'lgan pul mablag'lari o'zlashtirib yuboriladi.
"Davlat boji to'g'risida"gi Qonunning oldingi tahririda ushbu summa eng kam ish haqining 10 foizi miqdorida etib belgilangan bo'lib, muammo bundanda chuqurroq edi. Keyinchalik qonunga o'zgartirishlar bilan ushbu miqdor bazaviy hisoblash miqdorining ikki foiziga tushirilgan. Biroq, bu bilan muammo to'liq hal qilinmagan. Muammoning yechimi, sud hujjatidan dublikat olish uchun davlat bojini o'n foiz miqdorida o'zgarishsiz qoldirilib, nusxa olganlik uchun kamroq miqdor belgilanishi lozim edi.
Qozog'iston Respublikasi iqtisodiy sudlarida xorijiy tajribada ko'rib o'tganimizdek, ish hujjatlaridan 10 varaq nusxa olganlik uchun 7.4 tenge
Research BIB / Index Copernicus
(195.42 so'm) davlat boji to'lanadi. Solishtirish uchun bizda ish hujjatlaridan 10 varaq nusxa olganlik uchun 68.000 so'm davlat boji to'lanadi (347 baravar ko'p). Biroq, QRda ijro hujjatining dublikatini berish uchun bir oylik hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida (488.546,96 so'm) davlat boji to'lanadi.
Yana bir tajribadan biri nomulkiy tusdagi va shartnomani tuzish, o'zgartirish va bekor qilish to'g'risidagi da'vo arizalaridan undiriladigan davlat boji miqdoridir. Ko'rib o'tganimizdek, ushbu miqdor Rossiya Federatsiyasida 852.411,46 so'mni, Qozog'iston Respublikasida 24.427,35 so'mni, Qirg'iziston Respublikasida 148.894,19 so'mni, Tojikiston Respublikasida 85.470,39 so'mni tashkil qiladi.
Bizda, esa ushbu miqdor bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida belgilangan bo'lib, bugungi kun holatiga 3.400.000 so'mni tashkil qiladi. Bu davlat bojini to'lash va undirishda bir qator muammolarni yuzaga keltiradi. Jumladan, undiriladigan davlat boji miqdori kattaligi sababli sudyalar bir tomondan tadbirkorga yordam berish, bir tomondan davlat bojini undirmaslik oqibatida yuzaga keladigan javobgarlikdan qochish maqsadida davlat boji undiriladigan mustaqil da'vo talablarini aniqlashda muammolarga duch keladilar. Bunday muammolar ayniqsa yer bilan bog'liq nizolarda ko'p uchraydi.
Tadbirkorlarga yengillik yaratish maqsadida Oliy Sud Plenumining 2023 yil 20 noyabrdagi "Sudlarda yerga oid nizolarni ko'rishda qonunchilik hujjatlari normalarini qo'llashning ayrim masalalari to'g'risida"gi 28-sonli qarori bilan da'vo arizasida o'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasini qaytarish va uni yaroqli holatga keltirish so'ralganda, ular bitta talab sifatida baholanishi to'g'risida tushuntirish berilgan. Lekin, qurilmalarni buzish va olib chiqib ketish majburiyatini yuklash to'g'risida talab bildirilsa, ikkita da'vo talabi hisoblanadi ba BHMning 20 baravari miqdorida davlat boji to'lanadi.
Korporativ nizolarda ham taraf sifatida ko'pincha fuqarolar qatnashishi sababli ularda kichik tadbirkorlik sub'yekti statusi yo'qligi oqibatida da'vo talablarining har biri bo'yicha bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida davlat boji to'laydilar.
Xorijiy davlatlar tajribasidan o'zlashtirishimiz mumkin bo'lgan yana bir qoidalardan biri bu ish mazmunan ko'rib chiqilmagan holatlarda, ya'ni, da'vo ko'rmasdan qoldirilganda va ish yuritish tugatilganda davlat boji undirilmasligidir. Qonunchiligimizda da'vo ko'rmasdan qoldirilganda va ish yuritish tugatilganda yuqorida ko'rib o'tganimizdek, 18-moddada nazarda tutilgan ba'zi holatlarda davlat boji undirilmaydi.
Taraflarning haqli noroziligiga sabab bo'luvchi holatlardan biri IPK 107-moddasi 9-bandida nazarda tutilgan bo'lib, javobgarga nisbatan to'lovga
Research BIB / Index Copernicus
qobiliyatsizlik to'g'risida ish qo'zg'atilgan bo'lsa va javobgarga nisbatan taqdim etilgan talab qonunga ko'ra to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ish doirasida ko'rilishi lozim bo'lsa da'vo arizasi ko'rmasdan qoldirilishidir.
"To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida"gi O'zbekiston Resoublikasi Qonunining 12-moddasiga ko'ra, to'lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari qo'llanilayotganda barcha kreditorlarning manfaatlarini kreditorlar yig'ilishi yoki kreditorlar qo'mitasi himoya qiladi. Sud qarzdorga nisbatan to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida ish qo'zg'atish haqidagi arizani ish yuritishga qabul qilib olgan kundan e'tiboran kreditorlar qarzdorga o'z talablarini yakka tartibda qanoatlantirish maqsadida murojaat qilishga haqli emas.
Biror korxonaga nisbatan umumiy tartibda to'lovga qobiliyatsizlik to'grisidagi ariza ish yuritishga qabul qilingandan so'ng, kuzatuv taomili joriy qilinib, muvaqqat sud boshqaruvchisi tayinlanadi va u tomonidan biznes jurnallarga korxonaga nisbatan to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ish doirasida kuzatuv taomili joriy qilinganligi to'g'risida e'lon beriladi.1
Korxonaga nisbatan soddalashtirilgan tartibda to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ish qo'zg'atilsa, ish mazmunan ko'rib chiqilib, korxonani to'lovga qobiliyatsiz deb topish to'g'risida hal qiluv qarori chiqqanda tugatish boshqaruvchisining nomzodi tayinlanadi. Shundan so'ngina tugatish boshqaruvchisi tayinlanadi va u tomonidan korxona to'lovga qobiliyatsiz deb topilganligi to'g'risida e'lon beriladi.
Tabiiyki, taraflar bundan bexabar bo'ladilar va da'vo taqdim qilinib, davlat boji o'z zimmalariga tushadi. Ularda ayniqsa korxonaga nisbatan soddalashtirilgan tartibda to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ish qo'zg'atilganda axborot olish bilan bog'liq muammolar yuzaga keladi. Sababi, elektron ma'lumotlar bazasidan bunday ma'lumotlarni olib bo'lmaydi. Sud boshqaruvchilari e'lon beradigan jurnallar bir qancha bo'lib, ularni hammasini doimiy kuzatib borish imkonsizdir.
Shunday holatlarda, da'vo ko'rmasdan qoldirilib, javobgardan o'ziga tegishli pul mablag'larini undira olmagani holda davlat boji ham da'vogar zimmasiga yuklatiladi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Sudi tomonidan taqdim qilingan statistik ma 'lumotlarga ko 'ra 2023 yil davomida 945 ta ish IPK 107-modda 9-bandiga asosan ko 'rmasdan qoldirilgan hamda da 'ogarlar hisobidan jami 9.655.470.418 so'm davlat boji undirilgan. Ushbu statistik ma 'lumotlar ham muammoning naqadar dolzarbligini ko 'rsatib turibdi.
Davlat bojini to'lashda qo'llanilishi mumkin bo'lgan normalardan yana biri bu davlat bojini to'lashni kechiktirishdagi imtiyozni fuqarolarga nisbatan ham
1 736 ga qaralsin
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
Research BIB / Index Copernicus
qo'llanilishi to'g'risidagi normalarni kiritish lozimligidir. Amaldagi qonunchiligimizda davlat boji to'lashda fuqarolarga (aksiyadorlardan tashqari) hech qanday imtiyozlar taqdim qilinmagan. Jumladan, davlat boji to'lovlarini kechiktirish, kichik tadbirkorlik subyektlari singari belgilangan miqdorning yarmini to'lash kabi imtiyozlar ishda fuqaro sifatida qatnashuvchi shaxslarga nisbatan q'llanilishi mumkinligi to'g'risida qonunchiligimizda normalar yo'q.
"Davlat boji to'g'risida"gi Qonunning 19-moddasiga asosan pul mablag'lari mavjud bo'lmagan va bu xizmat ko'rsatuvchi bank tomonidan tasdiqlangan taqdirda, tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslarga sudning ajrimiga ko'ra davlat bojini kechiktirib to'lashga ruxsat berilishi mumkinligi ko'rsatilgan bo'lsa-da, jismoniy shaxslar sifatida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar nazarda tutiladi.
Shuningdek, iqtisodiy sudlarda salmoqli hajmda ko'riladigan korporativ nizolar jamiyatning tadbirkorlik faoliyati bilan emas, balki, ko'proq jamiyat a'zolari o'rtasida jamiyatni boshqarish bilan bog'liq tarzda yuzaga keladigan nizolar hisoblanadi.
Hozirda jismoniy shaxslar kundalik ehtiyojlari tufayli istalgan bankdan istalgancha plastik kartalar olishi mumkinliklari va pul mablag'larini istagancha tasarruf qilishliklari mumkinligi sababli xizmat ko'rsatuvchi bankdan jismoniy shaxslarning hisob-raqamlarida pul mablag'larining mavjud emasligi to'g'risida ma'lumotnoma taqdim qilish foydasiz bo'lib qoladi.
Jismoniy shaxslarning davlat boji to'lovisiz arizani ish yuritishga qabul qilish to'g'risidagi iltimosnomalari amaliyotda turlicha ko'rinishga ega bo'lib bir qator savollarni keltirib chiqaradi.
Kommunal xizmat ko'rsatish sohasi (gaz, elektr, suv, oqova va b.lar) ahamiyati jihatidan mamlakat hayotida muhim o'rinni egallaydi. Kommunal xizmat ko'rsatuvchi tashkilotlar iste'molchilardan qarzdorlikni undirish to'g'risida sudga da'vo ariza kiritishda davlat boji to'lovidan ozod qilinmaganliklari sababli (gaz yetkazib beruvchi tashkilotlardan tashqari) bir qator muammolarga uchraydilar. Davlat boji to'lovisiz sudga ariza kiritish maqsadida savdo-sanoat palatasiga a'zo bo'lish elektr, suv ta'minoti korxonalari uchun odatiy holga aylangan. Palataga a'zolik badali har yil uchun alohida to'lanib, katta miqdorni tashkil qiladi. Bu esa, kommunal xizmat ko'rsatuvchi tashkilotlarga ortiqcha xarajatlarni yuzaga keltirib, xizmatlar sifatiga ta'sir qiladi.
V. Xulosa
1. Undiriladigan davlat bojining eng yuqori chegarasi o'rnatilmaganligi oqibatida iqtisodiy sud ishtirokchilarida kelib chiqadigan moliyaviy muammolarning
Research BIB / Index Copernicus
oldini olish maqsadida xorijiy davlatlar tajribasi misolida davlat bojining undirilishi mumkin bo'lgan eng yuqori chegarasi miqdorini o'rnatish lozim.
2. Iqtisodiy sudlarda vakilga to'langan xarajatlar sud xarajatlari hisoblanmasligi sababli yuzaga kelayotgan muammolarni hal qilish maqsadida, xorijiy davlatlar tajribasida bo'lgani kabi vakil xarajatlarini sud xarajatlari tarkibiga kiritish, vakil xarajatlari haddan tashqari ko'pligi ko'rinib tursa uni sud tomonidan kamaytirish tartibini o'rnatish lozim. Bunday tartibning o'rnatilishi vakil xarajatlarini ham sud xarajatlari tarkibiga kiritilishiga va davlat bojining hisoblanmasligiga, aniq bir statusi belgilanishiga va advokatlik instituti mustahkamlanishiga sabab bo'ladi.
3. Taraflar ishni birinchi instansiya sudida ko'rilganda katta miqdorda davlat boji to'lashi yetarli bo'lib, uni yuqori instansiyalarda shikoyat berilganda takroran undirishning zaruriyati tadbirkorlar manfaati nuqta'yi-nazaridan qaralganda yo'q. Shu sababli, Rossiya Federatsiyasi misolida (apellyatsiya tartibida shikoyat berilganda 426.205,7 so'm davlat boji to'lanadi) sud hujjatlari ustidan yuqori instansiyalarga shikoyat berilganda kichikroq summada qat'iy o'rnatilgan miqdorda davlat boji to'lash tartibini o'rnatish lozim.
4. Davlat bojisiz arizani ish yuritishga qabul qilish bilan bog'liq kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida, xorijiy davlatlar qonunchiligi misolida bo'lgani kabi davlat bojisiz arizani ish yuritishga qabul qilishda bank ma'lumotnomasi taqdim qilish tartibini bekor qilib, shaxsning moliyaviy ahvoli yomonligini belgilovchi aniq bir mezonlarni ishlab chiqish lozim.
5. Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish usullarini kuchaytirish maqsadida korxona to'lovga qobiliyatsiz deb topilganligi sababli da'vo ariza ko'rmasdan qoldirilsa, davlat boji da'vogardan undirilmasligi, yoki to'langan bo'lsa, qaytarib berilishi to'g'risida norma kiritish lozim.
6. Iqtisodiy sud taraflariga qulaylik yaratish maqsadida xorijiy davlatlar tajribasi misolida qonunchilikka o'zgartirish kiritilib, ish hujjatlaridan nusxa olganlik uchun to'lanishi talab qilinadigan davlat boji miqdorini 0,2 foiz miqdorida belgilash, dublikat berish uchun to'lanadigan davlat boji miqdorini esa ko'proq summada o'rnatish lozim.
7. Nomulkiy tusdagi da'vo talablari bo'yicha, shuningdek, shartnoma tuzish, o'zgartirish, bekor qilish to'g'risidagi da'vo talablari bo'yicha undiriladigan davlat boji miqdorini xorijiy davlatlar misolida kamroq miqdorda belgilash lozim.
8. Jismoniy shaxslarning arizalarini davlat boji to'lovisiz ish yuritishga qabul qilish tartibi yo'qligi sababli, qonunchilikka xorijiy davlatlar qonunchiliklari misolida jismoniy shaxslarning arizalarini davlat boji to'lovisiz ish yuritishga qabul qilishning asoslarini (masalan, jismoniy shaxsga ish haqining vaqtida berilmaganligi, uzoq vaqt
Research BIB / Index Copernicus
kasal bo'lib da'volanganligi va h.k) kiritib, imtiyozlarni fuqarolarga nisbatan ham qo'llanilishi tartibini joriy qilish lozim.
"Davlat boji to'g'risida"gi Qonunning 19-moddasi yigirma yettinchi bandini quyidagi ko'rinishda: "Da'vo ariza (ariza) jismoniy shaxsning mulkiy ahvolidan, yuridik shaxsning moliyaviy ahvolidan kelib chiqqan holda, ariza taqdim qilishda davlat bojini to'lay olmaydi deb hisoblansa, quyidagi holatlar mavjud bo'lganda oldindan to 'lanadigan davlat boji to 'lovisiz ish yuritishga qabul qilinadi:
1) texnologik ofat, baxtsiz hodisalar oqibatida zarar yetkazilganda;
2) jismoniy shaxsga o 'z vaqtida ish haqi to 'lanmaganda;
3) ishsiz sifatida ro 'yxatga qo 'yilganda;
4) jismoniy shaxsda og'ir kasallik mavjud bo'lganda va u uch oydan ortiq muddatda da 'volanishda bo 'lganda;
5) yuridik shaxsga yetkazib berilgan tovarlar, ko'rsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlarning haqi to 'lab berilmaganda;
6) yuridik shaxs tomonidan ishlab chiqariladigan, realizatsiya qilinadigan mahsulotlar, ish va xizmatlar mavsumiy xarakterga ega bo 'lsa.
9. Kommunal xizmat ko'rsatuvchi tashkilotlar (suv, elektr, oqova suvlarni qabul qilish) iqtisodiy sudlarga da'vo arizasi bilan murojaat qilganda arizalar oldindan to'lanadigan davlat boji to'lovisiz ish yuritishga qabul qilinishi to'g'risida norma kiritish lozim.
10. Advokatlar tomonidan ko'rsatilgan yuridik xizmat ko'rsatish haqini undirish to'g'risidagi da'volar oldindan to'lanadigan davlat boji to'lovisiz ish yuritishga qabul qilinishi to'g'risida norma kiritish lozim.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. "Пути развития инститyта сyдебных расходов: сравнительно-правовой анализ", Шмотин Кирилл Сергеевич - https : //cyberleninka.ru/article/n/puti-razvitiya-instituta-sudebnyh-rashodov-sravnitelno-pravovoy-analiz;
2. Узбекистон Республикаси иктисодий судларида давлат божларини ундириш методологиясининг узига хос хусусиятлари, Нуриддинов Жасур -https://cyberleninka.ru/article/n/zbekiston-respublikasi-i-tisodiy-sudlarida-davlat-bozhlarini-undirish-metodologiyasining-ziga-hos-hususiyatlari;
3. Узбекистон Республикаси иктисодий судларида давлат божи туловларини ундиришнинг узига хос хусусиятлари, Нуриддинов Жасур - https://modernedu-dv.com/index.php/dv/article/download/60/58/117;
4. Узбекистон Республикаси иктисодий судларида почта ва видеоконференцалока харажатларини ундиришнинг узига хос хусусиятлари, Нуриддинов Жасур - https : //www.newj ournal .org/index. php/01 /article/view/15579;
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
Research BIB / Index Copernicus
5. Cyg xapa^araapn Tapnxn, HypnggnHOB ^acyp -http://pedagoglar.org/index.php/03/article/download/4368/3981/7832;
6. HKTHCogHH cygnapga cyg xapa^araapuHH yHgnpnrn Macananapn, HypnggnHOB ^acyp -https://pedagoglar.org/index.php/04/article/download/4369/3982/7834;
7. H^THCogHH cygnapga cyg xapa^araapnHH yHgnpnrn MacananapnHHHr HCTHKÔonnapn, HypnggHHOB ^acyp -https: //www.newi ournal. org/index.php/01 /article/view/15579;