Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON REPUBLIKASIDA TO‘LOVGA QOBILIYATSIZLIK(BANKROTLIK) TIZIMIDA QONUNCHILIK ASOSINING TASHKIL TOPISH VA RIVOJLANISHI BOSQICHLARI TAHLILI'

O‘ZBEKISTON REPUBLIKASIDA TO‘LOVGA QOBILIYATSIZLIK(BANKROTLIK) TIZIMIDA QONUNCHILIK ASOSINING TASHKIL TOPISH VA RIVOJLANISHI BOSQICHLARI TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
12
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
To’lovga qobiliyatsizlik / bankrotlik / bozor iqtisodiyoti / tugatish taomili / sanatsiya / tashqi boshqaruv / kelishuv bitimi

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Husainova Sabina Abduqayum Qizi, Husainova Sabina Abduqayum Qizi

Ushbu tatqiqotning maqsadi O’zekiston Respublikasida to’lovga qobiliyatsizlik(bankrotlik) insititutining huquqiy asoslarini rivojlantirish uchun qonunchilikka kiritilgan asosiy o’zgartishlarni tahlil qilish va ularning samaradorlik darajasini o’rganishdir.Maqolada tadqiqot maqsadini aniq ifoda etish uchun tarixiy-huquqiy hamda qiyosiy taqqoslash metodikalaridan foydalanilgan.Annotation. The purpose of this research is to study the effective means of analyzing and evaluating legislative data for the development of the legal framework of the institution of insolvency(bankruptcy) in the Republic of Uzbekistan. Historical-legal and comparative comparison methods are used in the article to clearly express the purpose of the research

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON REPUBLIKASIDA TO‘LOVGA QOBILIYATSIZLIK(BANKROTLIK) TIZIMIDA QONUNCHILIK ASOSINING TASHKIL TOPISH VA RIVOJLANISHI BOSQICHLARI TAHLILI»

ARTICLE INFO

O'ZBEKISTON REPUBLIKASIDA TO'LOVGA QOBILIYATSIZLIK(BANKROTLIK) TIZIMIDA QONUNCHILIK ASOSINING TASHKIL TOPISH VA RIVOJLANISHI BOSQICHLARI TAHLILI.

Husainova Sabina Abduqayum qizi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro beznis huquqi

yo'nalishi magistranti O'zbekiston Respublikasi ,100007 Toshkent shahri,Mustaqillik shoh

ko'chasi 54

Tel.:+998975878108 ; email:husainovasabina1808@gmail.com Husainova Sabina Abduqayum qizi

Master's student of the direction International business law University of World Economy and Diplomacy 100007, Republic of Uzbekistan, Tashkent, Mustakillik ave., 54 phone.:+998975878108 ; e-mail:husainovasabina1808@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.13928290

ABSTRACT

Qabul qilindi: 05- Oktyabr 2024 yil Ma'qullandi: 08- Oktyabr 2024 yil Nashr qilindi: 14- Oktyabr 2024 yil

KEYWORDS

To'lovga

qobiliyatsizlik,bankrotlik , ,bozor iqtisodiyoti, tugatish taomili,sanatsiya, tashqi boshqaruv,kelishuv bitimi..

Ushbu tatqiqotning maqsadi O'zekiston Respublikasida to'lovga qobiliyatsizlik(bankrotlik) insititutining huquqiy asoslarini rivojlantirish uchun qonunchilikka kiritilgan asosiy o'zgartishlarni tahlil qilish va ularning samaradorlik darajasini o'rganishdir.Maqolada tadqiqot maqsadini aniq ifoda etish uchun tarixiy-huquqiy hamda qiyosiy taqqoslash metodikalaridan foydalanilgan. Annotation. The purpose of this research is to study the effective means of analyzing and evaluating legislative data for the development of the legal framework of the institution of insolvency(bankruptcy) in the Republic of Uzbekistan. Historical-legal and comparative comparison methods are used in the article to clearly express the purpose of the research.

Dunyo miqyosida to'lovga qobiliyatsizlikka doir ko'rib chiqilayotgan ishlar ro'yxati har yili bir necha foizga oshib bormoqda,shu qatorda O'zbekiston Respublikasida tadbirkorlik subyektlarining bankrotligiga doir birinchi instansiya sudida ko'rilgan ishlar soni 2022-yilda 8996 tani tashkil etgan holda,2023-yilga kelib ushbu ko'rilgan ishlar miqdori 14,6 foizga oshib, 13104 tani tashkil etgan.Mavjud statistik ko'rsatgichlar respublikamizda to'lovga qobiliyatsizik tizimini doimiy takomillashtirib borish zaruratini keltirib chiqaradi.Tizimni takomillashtirishni esa uning rivojlanish bosqichlarini tahlil qilish,qonun hujjatlariga kiritilgan o'zgarishlarning tahlilisiz tassavvur etib bo'lmaydi.

1991-yilga qadar respublikamizda to'lovga qobiliyatsizlik(bankrotlik) instituti fuqarolik va tadbirkorlik huquqiy munosabatlarida qo'llanilmas edi va bu sohadagi ayrim ishlar ma'muriy vositalar bilan hal etilar edi. O'zbekiston Respublikasi iqtisodiy va siyosiy mustaqillikka erishganidan so'ng bozor munosabatlari keng joriy etila boshladi ammo mustaqillikning dastlabki yillarida respublikamizda to'lovga qobiliyatsiz huquq tizimi deyarli amal qilmagan edi. Buning sababi esa hali davlat mulki to'liq xususiylashishga ulgurmaganligi bo'lib,

Page 165

Volume 2, Issue 10, October 2024

korxonalarning to'lovga qobiliyatsizligi va bankrotlik masalalarini tartibga solishga ehtiyoj bo'lmagan. Biroq,bozor iqtisodiyotiga o'tishning o'ziga xos yo'nalishi va talabi davlatga qarashli bo'lgan mulkni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish ishlarini tezlashtirish edi. Mulk xususiylashib mulkdorlar sinfi hosil bo'lishi bilan sekin-astalik bilan ko'p korxonalar va tashkilotlar muvaffaqiyatli faoliyat yuritdi. Ba'zilari esa ma'lum sabablarga ko'ra bozorda o'z salohiyatini namoyish eta olmadi. Oqibatda, korxonalarda iqtisodiy nochorlik ya'ni to'lovga qobiliyatsizlik muammolari vujudga kela boshladi. Va o'z-o'zidan to'lovga qobiliyatsizlik(bankrotlik) institutiga ehtiyoj sezildi.

Umuman olganda Respublikamizda to'lovga qobiliyatsizlik(bankrotlik) huquqi insititutining yaratilishi o'ziga xos tarixiga ega, ushbu jarayon dastlab 1994-yilda bankrotlik to'g'risidagi ilk qonunning qabul qilinishi asosida boshlandi. O'tgan davr mobaynida bu borada sezilarli ishlar olib borildi va muhim natijalarga erishildi. Eng muhimi ushbu munosabatlarni tartibga solishning qonunchilik bazasi shakllantirildi.Kuzatuvlar asosida to'lovga qobiliyatsizlik(bankortlik) insititutining rivojlanish davrini shartli ravishda uch bosqichga(2022-yilda "To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida"gi qonunning qabul qilinguniga qadar respublikamizda bankrotlik tizimida qonunchilik asoslarining rivojlanish tarixi tatqiqotchi olimlar tomonidan 2 bosqichga bo'lib o'rganilgan) bo'lishimiz mumkindir: Birinchi bosqich mustaqillikdan keyingi 1991-yildan 2003-yilga qadar daavom etgan muddat bo'lib bu vaqt oralig'ida dastlab 1994-yilda bankrot tog'risidagi ilk qonun hujjati qabul qilindi va keyinchalik 1998-yilda unga yangi to'ldirishlar kiritilib yangi tahrirda qabul qilindi. 1994-yilda qabul qilingan dastlabki qonun hujjati 35 moddadan iborat edi,xolos va qonun amaliyoti bo'yicha mazkur yilda bironta ham bankrotlik ishi ko'rilmadi. 1995-yilda Vazirlar Mahkamasining maxsus qarori asosida qonunning amaliyotiga doir ishlar biroz jadallashdi va ushbu yilda jami 47 ta bankrotlik holati bo'yicha ishlar ko'rib chiqildi. 1994-yilda qabul qilingan "Bankrotlik to'g'risida"gi qonuning ta'rifida qonunning asosiy vazifasi kreditorlarning da'volarini qondirish maqsadida xo'jalik yuritish subyektlari bo'lmish yuridik va jismoniy shaxslarni bankrot bo'lgan deb e'tirof etish shartlari va tartibini belgilab berishdan iboratligi haqida yozilgan bo'lsada,qonunda jismoniy shaxslarning bankrotligini tartibga solishga doir yetarli darajadagi aniq normalar mavjud emas edi.

Qonunning 1-moddasida ta'rifiga ko'ra, "xo'jalik yuritish subyektining bankrot bo'lishi deyilganda qarzdorning majburiyatlari mol-mulkidan oshib ketganligi sababli tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) haq to'lash yuzasidan kreditorlarning talablarini qondirishga qodir emasligi, shu jumladan budjetga va budjetdan tashqari fondlarga majburiy to'lovlarni ta'minlashga qodir emasligi tushuniladi. Kreditorlarning talablarini bajarish muddati boshlangan kundan e'tiboran xo'jalik yuritish subyekti uch oy mobaynida ularni bajar olmayotganligi yoki bajarishga qodir emasligining muqarrarligi sababli uning joriy to'lovlari to'xtatib qo'yilishi xo'jalik yuritish subyekti bankrot bo'lishining tashqi alomati" hisoblanadi. Ushbu moddaning yuridik hamda jismoniy shaxslarning bankrot bo'lishiga bergan ta'rifidan kelib chiqadigan bo'lsak u holda qarzdorning aktivlari qiymati uning bajarishi lozim bo'lgan majburiyatlari qiymatidan kam ekanligi hamda bu to'lovsizlik holatining uch oy muddatdan oshishi xo'jalik yurituv subyektining bankrot deb topilishi bilan yakunlanadi.Ushbu qonun asosida to'lovsizlik prinsipi yotardi va ishlar faqat balance sheet testi to'lovga qobiliyatsizlik asosida qo'zg'atilgan.Balance sheet korxonaning aktivlari,majburiyatlari va aksiyadorlik kapitali haqida ma'lumot beruvchi moliyaviy hisoboti bo'lib u e'lon qilingan muayyan davr

uchun korxonaning moliyaviy vaziyatini ifodalaydi.Korxonaning majburiyatlari qiymati uning aktivlardan oshib ketganda qarzdorning to'lovsizlik holati vujudga keladi hamda unga nisbatan to'lovga qobiliyatsizlik taomillarini qo'llash maqsadga muvofiq emas bu holatda bankrotlikni e'ion qilish doimiy qo'llanilgan taomillarda biri edi.

1998- va 2003-yillardagi O'zbekiston Respublikasining "Bankrotlik to'g'risida"gi qonun hujjatlaridan esa bu tartib chiqarib tashlangan.Amalda kuchda bo'lgan "To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida"gi qonunchilikda Balance sheet testi doimiy to'lovga qobiliyatsizlik sifatida aks ettirildi.

1994-yilda kuchga kirgan qonunda to'lovga qobiliyatsiz qarzdorga nisbatan iqtisodiy nochor iborasi ishlatilib,bankrot deb topilgunga qadar korxonaning iqitisodiy-huquqiy vaziyatini ifodalashda keng foydalanib kelingan edi. Ushbu tartib keyinchalik bankrotlik hamda iqitisodiy nochorlik atamalarining yuridik adabiyotlarda hamda qonun hujjatlarida sinonim sifatida qo'llanilishi asosida davom etdi,xususan 1998-yilgi "Bankrotlik to'g'risida"gi qonunning 2-moddasi birinchi qismida,asosiy tushunchalar qatorida "bankrotlik"(iqtisodiy nochorlik) — xo'jalik sudi tomonidan e'tirof etilgan yoki qarzdor ixtiyoriy ravishda tugatilayotganida uning o'zi e'lon qilgan qarzdorning pul majburiyatlari bo'yicha kreditorlar talablarini to'la hajmda qondirishga qodir emasligi, shu jumladan budjetga va budjetdan tashqari fondlarga soliqlar, yig'imlar va boshqa majburiy to'lovlarni ta'minlashga qodir emasligi shaklida ta'riflangan.Shuningdek, bankrotlikka berilgan ushbu ta'rif shakl va mazmunan 2003-yilda kuchga kirgan yangi tahrirdagi qonun matnida ham deyarli o'zgarishsiz qoldirilgan edi .

Qonun, suddan tashqarida qo'llanuvchi tartib-taomillar hamda ish yurituvini tartibga soluvchi protsessual normalar va nihoyat bankrot qarzdorni tugatish va yoki u bilan kelishuv bitimini tuzish tartibini belgilovchi bir qator daastlabki modda va normalar to'plamidan tashkil topganiga qaramay,bozor iqtisodiyoti tizimida jadal rivojlanib borayotgan milliy iqtisodiyotda xo'jalik yurituv subyektlari hamda kreditorlarga tegishli mulk huquqini himoya qilish,sog'lom raqobat muhitini ta'minlash,rentabelligi past bo'lgan korxonalar faoliyatini qayta ixtisoslashtirish, modernizatsiyalash va yoki tugatish kabi vazifalarni amalga oshirish uchun yetarli darajada xizmat qilmadi.Bunga asosiy sabab esa Lopaeva fikriga ko'ra, qonun chiqaruvchi to'lovga qobiliyatsizlik jarayoni har bir bosqichi uchun maxsus individual tartibga solish mexanizmlarini ishlab chiqish o'rniga ularni yagona umumiy normalar vositasida tartibga solishga uringanligida edi. Shu bilan birga rivojlangan davlatlar tajribasidan ma'lumki jismoniy shaxslar,yakka tartibdagi tadbirkor hamda unitar korxonlar, shaharni tashkil etuvchi korxona va boshqa turdagi yuridik shaxslarning to'lovga qobiliyatsizligini tartibga solishda aynan bir xil usuldagi yondashuvlardan foydalanish o'zini oqlamaydi.Natijada, "Bankrotlik to'g'risida"gi dastlabki qonunni yangi tahrirda ishlab chiqish zarurati tabiiy ravishda vujudga keldi.1998-yil 28-avgust sanasidan boshlab 668-I-sonli O'zbekiston Respublikasining "Bankrotlik to'g'risida"gi qonuni kuchga kirdi.Mazkur qonun hajmi 1994-yilda qabul qilingan qonun hajmining qariyb to'rt barovariga teng bo'lib jami 133 ta moddalar jamlanmasidan iborat edi.Dastlabki qonundan farqli o'laroq mazkur qonun 3-moddasida bankrotlik alomatlarini yuridik shaxslar hamda jismoniy shaxslar misolida alohida belgilab bergan edi.Unga ko'ra, yuridik shaxsning pul majburiyatlari bo'yicha kreditorlar talablarini qondirishga va (yoki) majburiy to'lovlarni to'lash majburiyatini bajarishga qodir emasligi, agar tegishli majburiyatlar va (yoki) to'lov majburiyati yuzaga kelgan kundan

e'tiboran olti oy davomida qarzdor tomonidan bajarilmagan bo'lsa, uning bankrotlik alomati deb e'tirof etiladi.Shuningdek,jismoniy shaxsning (tadbirkorlik faoliyatini yuridik shaxs tashkil etmagan holda amalga oshirayotgan shaxsning) pul mablag'lari bo'yicha kreditorlar talablarini qondirishga va (yoki) majburiy to'lovlarni to'lash majburiyatini bajarishga qodir emasligi, agar tegishli majburiyatlar va (yoki) to'lov majburiyati ularni bajarish sanasi boshlangan paytdan e'tiboran uch oy davomida qarzdor tomonidan bajarilmagan bo'lsa, agar majburiyatlarning summasi unga tegishli mol-mulkning qiymatidan oshib ketgan bo'lsa, uning bankrotlik alomati deb e'tirof etiladi.Ushbu moddani tahlil qiladigan bo'lsak,uning yutug'i qarzdor yuridik hamda jismoniy shaxslarning to'lovga qobiliyatsizlik belgilarini aniq muddatlar asosida farqlab olish imkonini beradi,ammo yuridik va jismoniy shaxslarning majburiyatlar miqdoriga nisbatan aniq mezonli o'lchovning belgilanmaganligi bir qancha noqulayliklarni keltirib chiqaradi.Sababi,to'lovga qobiliyatsizlik hamda bankrotlik iqtisodiy xarakterga ega jarayondir,demak yuridik hamda jismoniy shaxslar faoliyat ko'rsatishi mobaynida kreditorlar hamda davlat oldidagi pul majburiyatlari va majburiy to'lovlarni amalga oshirishni bir necha oyga kechiktirishi mumkin,ammo shunga qaramay umumiy qarz miqdori qarzdorning aktivlarining atiga bir necha foiz qismini tashkil qilishi ham mumkin.Bunga o'xshash vaziyatlarda qarzni boshqa qonuniy usullar yordamida undirishni amalga oshirish mumkin bo'lib,bunday holatlarda kreditorlar tomonidan qarzdorga nisbatan bankrotlikka oid ish yurituvining qo'zg'atilishi ortiqcha ovvoragarchiliklarni keltirib chiqaradi.

Shuningdek,1998-yilgi bankrotlik to'g'risidagi qonun sudgacha sanatsiya qilish,qarzdorni ixtiyoriy ravishda bankrot deb e'lon qilish,bankrotlik to'g'risidagi ishlarni xo'jalik sudida ko'rish,tashqi boshqaruv,kelishuv bitimi shuningdek qarzdor yuridik shaxslarning ayrim toifalari bankrotligi xususiyatlari,jismoniy shaxsning bankrotligi hamda bankrotlik taomilini soddalashtirishni amalga oshiruvchi hamda tartibga soluvchi normalar jamlanmasidan tashkil topgan edi.Tashqi boshqaruv hamda sudgacha sanatsiya qilish taomillariga doir normalarning qonun tarkibiga kiritilishi orqali qarzdor yuridik shaxsni sog'lomlashtirish hamda to'lov qobiliyatini tiklashning huquqiy asoslari yaratildi.

Qonunning 20-moddasiga ko'ra sudgacha sanatsiya qarzdorning bankrtoligiga doir ish yuritish qo'zg'atilguniga qadar bankrotlikning oldini olish maqsadida qarzdorning muassislari hamda mol-mulki egasi tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Sudgacha sanatsiya qilishning asosiy chora-tadbirlari sifatida quyidagilar belgilangan edi:

qarzdorlikni o'zaro hisobga olishni tashkil etish; to'lash muddati o'tkazib yuborilgan qarzlarni to'liq yoki qisman sotib olish; ishlab chiqarishni raqobatbardosh mahsulot chiqarishga moslab qayta ixtisoslashtirish;chetdan yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish;xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash;qarzdorning to'lov qobiliyati tiklanishi va faoliyatini davom ettirishidan manfaatdor bo'lgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan moliyaviy yordam ko'rsatish;qarzdorning faoliyatni davom ettirishi uchun qarzdor bilan kreditor (kreditorlar) o'rtasida kreditorlarga to'lanadigan to'lovlar muddatini kechiktirish va (yoki) uni bo'lib-bo'lib to'lash yoki qarzlardan siylov berish to'g'risidagi ahdlashuvga erishishga qaratilgan kelishuv;majburiy to'lovlarni to'lash va davlat kreditlarini qaytarishni sanatsiya muddatiga kechiktirish;qarzdor-yuridik shaxsni qayta tashkil etish va boshqa turdagi chora tadbirlar.Shuningdek sudgacha sanatsiya qilishni o'tkazish uchun minimum o'n ikki oydan maksimum yigirma to'rt oygacha bo'lgan muddat belgilandi.

Mazkur qonun 5-bobiga binoan tashqi boshqaruv kreditorlar yig'ilishining qarori,qarzdor mol-mulki egasi yoki bankrotlik bo'yicha davlat organlarining arizasi asosida xo'jalik(iqtisodiy) sud tomonidan joriy qilingan. Qarzdorning to'lov qobiliyatini tiklashda sudgacha sanatsiyalash taomilidan farqli ravishda tashqi boshqaruv tartib-taomili qo'llanilishi oqibatida qarzdorning rahbari vazifalaridan chetlashtirilib, boshqaruv organlari vakolatlari tugatilar,qarzdorning ishlarini boshqarish tashqi boshqaruvchi zimmasiga yuklanar edi.Tashqi boshqaruv tartib-taomili qo'llash muddati sudgacha sanatsiyalashni amalga oshirish bilan aynan bir xil o'n ikki oydan yigirma to'rt oygacha etib belgilandi. 1994-yilda qabul qilingan qonun tarkibidan tugatishga doir ish yurituvida kelishuv bitimini tuzishga doir bir necha normalar o'rin olgan bo'lsada,bu noramlar kelishuv bitimini tuzishning zaruratlari hamda ahamiyatini to'la ifodalay olmadi,shuningdek qonunan qarzdor hamda kreditorlar o'rtasida kelishuv bitimini faqatgina tugatishga doir tartib-taomil doirasidagina tuzish mumkinligi bu tartibdan bankrotlikka doir ish yurituvida amalda foydalanish imkoniyatlarini sezilarli tarzda chegaralagan edi.Qonunning 1988-yilgi navbatdagi tahririda kelishuv bitimiga doir normalar bir qadar takomillashtirildi.Xususan qonunga binoan,xo'jalik sudi tomonidan bankrotlik to'g'risidagi ish yurituvining har qanday bosqichida qarzdorlar va kreditorlar o'rtasida kelishuv bitimini tuzishga haqli deb belgilandi.Shuningdek qonunda kelishuv bitimining tuzish tartibi,shakli va mazmuni,kelishuv bitimining sud tomonidan tasdiqlanishi va yoki rad etilishining shartlari hamda oqibatlari,kelishuv bitimining haqiqiy emasligi va so'ngida kelishuv bitimining bajarilmaslik oqibatlari ham maxsus normalar asosida belgilab qo'yilgan edi.

Bu davrda to'lovga qobiliyatsizlik insititutini tartibga solishda Prezident farmonlari hamda va Vazirlar mahkamasining qarorlaridan ham foydalanildi.O'z navbatida,1998-yil 4-martda qabul qilingan "Xo'jalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy nochorligi va shartnoma mohiyatlarini bajarilishi uchun mansabdor shaxslarning jaobgarligini kuchaytirish to'g'risida"gi,hamda 1999-yil 23-iyuldagi "Korxonalar bankrtoligi va sanatsiyasi mexanizmini takomillashtirish to'g'risida"gi Prezident Farmonlari bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 26-iyuldagi 362-sonli "Korxonalarning bankrotligi to'g'risidagi qonunchilikni amalga oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar haqida"gi qarori huquqiy manbalar sifatida xizmat qildi. Shuningdek, "Bankrotlik to'g'risida"gi qonunni bir yo'sinda qo'llanilishini ta'minlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Oliy xo'jalik sudi Plenumi tomonidan 1999-yil 16-iyulda O'zbekiston Respublikasi "Bankrotlik to'g'risida"gi qonunini xo'jalik sudlari tomonidan qo'llashning ayrim masalalari to'g'risida"gi,Oliy xo'jalik sudi Rayosatining 2000- yil 29-fevradagi "Bankrot deb e'tirof etilgan korxonalarni tugatishga doir ish yuritishni amalga oshirish bo'yicha sud amaliyotini umumlashtirish" to'g'risidagi qarorlari ushbu munosabatlarni tartibga solishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Ikkinchi bosqich.2003-yil 24-aprelda O'zbeksiton Respublikasining "Bankrotlik to'g'risida"gi yangi tahrirdagi qonunining qabul qilinishi to'lovga qobiliyatsizlik(bankrotlik) insititutining rivojlanishida ikkinchi bosqichni boshlab berdi.Qonun qarzdorlarning to'lov qobiliyatini tiklashni maqsad qilib qo'ygan ko'plab yangi normalarni o'zida mujassamlashtirdi. Qonunga ikkita yangi bob kiritildi va ular yangi bankrotlik taomillarini o'zida ifoda etdi: kuzatuv va sud sanatsiyasi, shuningdek, barcha bankrotlik taomillari sud boshqaruvchilari tomonidan amalga oshirilishi, sud boshqaruvchilari sud tomonidan tayinlanishi va nazorat qilinishi belgilandi.Shuningdek,qonunning 4-moddasida qarzdor yuridik shaxs,shaharni tashkil etuvchi

korxona hamda yakka tartibdagi tadbirkor(yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo'qotgan jismoniy shaxs)larning bankrotlik alomatlaridan biri bo'lgan qarz majburiyatlari hajmiga bazaviy hisoblash miqdorini birlik miqdor sifatida kiritilish asosida aniqlik kiritildi.Unga ko'ra, qarzdor yuridik shaxsga nisbatan jami talablar bazaviy hisoblash miqdorining kamida uch yuz baravarini tashkil etsa, qarzdor shaharni tashkil etuvchi korxona hamda unga tenglashtirilgan korxonaga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining kamida besh ming baravarini tashkil etsa, qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorga yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo'qotgan jismoniy shaxsga nisbatan esa bazaviy hisoblash miqdorining kamida yigirma barovarini tashkil etsa, qarzdorning bankrotlik alomatlari hisoblanar edi. Ushbu qonun amalda bo'lgan davrda yurtimizda bankrotlik institutini chuqurroq o'rganish maqsadida chet ellik mutaxassislar va olimlar bilan yaqindan hamkorlik o'rnatilib, ularning bu boradagi tajribasi va amaliyoti o'rganildi. 2007 yilda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) bilan birgalikda O'zbekiston Respublikasi Oliy xo'jalik sudi hamkorligida "Bankrotlik to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasining Qonuniga sharh tayyorlandi. Bu amaliy hamkorlik Respublikamiz Bankrotlik institutining nazariy- amaliy sohadagi muammolarini hal bo'lishiga va takomillashishiga sabab bo'ldi.Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 24-oktabrda O'zbekiston Respublikasining "Bankrotlik to'g'risida"gi qonuniga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish haqida 594-sonli qonuni qabul qilindi.Natijada qonunchilikka bir qator tuzatishlar kiritildi. Xususan, bankrotlik alomati bo'lgan qarzdorga qo'yiladigan jami talablar miqdori yuridik shaxslarga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravaridan 300 baravariga; maqomini yo'qotgan yakka tartibdagi tadbirkor yoki jismoniy shaxsga nisbatan 30 baravaridan 20 baravariga kamaytirildi.Davlat oldidagi pul majburiyatlari bo'yicha qarzi bo'lgan davlat ulushiga ega tashkilotlarni bankrot deb tan olish to'g'risidagi ariza bilan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (bankrotlik to'g'risidagi ishlar bo'yicha davlat organi) ham murojaat qilishi mumkinligi tasdiqlandi.Bir turdagi kreditorlar tushunchasi kiritildi. Iqtisodiy sud tomonidan bankrotlik to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqish tezlashtirildi. Bunga ajratilgan muddat 2 oydan 1 oygacha qisqartirildi (qarzdorni bankrot deb topish to'g'risidagi ariza ish yurituviga qabul qilinganligi haqidagi ajrim chiqarilgan sanadan boshlab, tahr. izohi). Biroq ishlarning ko'rib chiqilishi, ilgarigidek, 2 oydan oshmaydigan muddatga uzaytirilishi mumkin (istisno holatlarda, tahr. izohi). Bunda korxonaning rahbariga yoki muassislariga (ishtirokchilariga) yoxud mulkdoriga nisbatan korxonani bankrotlikka olib kelgan harakatlari (harakatsizligi) uchun jinoyat ishi qo'zg'atilgan taqdirda bankrotlik to'g'risidagi ishni yuritish jinoyat ishlari bo'yicha sud tomonidan qo'zg'atilgan jinoyat ishi bo'yicha qaror qabul qilinguniga qadar to'xtatib turiladi.

Qonunda nazarda tutilgan alohida taomillarga taalluqli bir qator o'zgartirishlar kiritildi. Xususan, sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruvni bankrotlik taomili sifatida emas balki to'lov qobiliyatini tiklash taomili sifatida qo'llanilishi belgilandi.Ular iqtisodiy sud tomonidan qo'llanilishi uchun birinchi va ikkinchi guruhdagi har bir kreditorlarning ko'pchilik ovozi talab etiladi. Iltimosnomalar qanoatlashtirilgan taqdirda, muvaqqat va sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi lavozimiga nomzodlar sud boshqaruvchilari kasbiy birlashmalari tomonidan ham kiritilishi mumkin. Muvaqqat va sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi kreditorga qarzdorning moliyaviy ahvoli va (yoki) o'z faoliyati to'g'risidagi axborotni 10 kunlik muddatda taqdim etishi majburiyati kiritildi.Shuningdek sud sanatsiyasi ko'pi bilan 24oy muddatga joriy etilishi to'grisidagi o'zgartirishlar kiritilgan edi.

Uchinchi bosqich.2022-yil 14-aprelida "Bankrotlik to'g'risidagi "qonun o'z kuchini yo'qotib va uning o'rniga shu sanadan boshlab "To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi"qonun hujjati kuchga kirishi bilan ushbu insititut shakllanishida uchinchi bosqich boshlandi.Endilikda qarzdorga nisbatan bankrotlik taomili asosida emas balki to'lovga qobiliyatsizlik taomili asosida ish qo'zg'atila boshlandi. "Bankrotlik" va "To'lovga qobiliyatsizlik" atamalari ba'zi manbalarda sinonim so'zlar sifatida foydalanilsada ular qarzdorning iqtisodiy vaziyatining turli bosqichlarini ifodalaydi.To'lovga qobiliyatsizlik tushunchasi bankrotlik tushunchasidan bir qadar kengroq tushunchadir.Umuman olganda, to'lovga qobiliyatsizlik bu yuridik va jismoniy shaxslar foaliyatida bir bosqich sifatida, belgilangan muddatga qadar o'zining pul majburuyitlari va majburiy to'lovlarini to'liq yoki qisman bajara olmasligik holatida ekanligini ifodalaydi. To'lovga qobiliyatsizlik holati sud tomonidan ish qo'zg'atilishidan oldin paydo bo'ladi va bu holat qarzdor bankrot deb topilib, davlat ro'yxatidan chiqarilguncha yoki qarzdor to'lov qobiliyati tiklanguncha saqlanib turadi. Bankrotlik jarayon sifatida qarzdor mol-mulkini sotishdan tushgan pul mablag'lari orqali kreditorlar talablarini qanoatlantirishda ifodalanadi va shu tarzda to'lovga qobiliyatsizlik bartaraf qilinadi. Bankrot deb topilgan barcha qarzdorlar to'lovga qobiliyatsiz hisoblansa, to'lovga qobiliyatsiz qarzdorlarning barchasi ham bankrot deb topilmasligi mumkin Sodda qilib aytganda bankrotlik bu to'lovga qobiliyatsizlikning doir qo'zg'atilgan ishning oqibatlaridan biri bo'lib,to'lovga qobiliyatsizlik doimiy ravishda ham bankrotlik bilan yakunlanavermaydi qarzdorning to'lovsizlik holati bartaraf etilishi va qarzdor o'z faoliyatini davom ettirib ketish ehtimoli doim mavjuddir.

Qarzdorga nisbatan bankrotlik to'g'risidagi ishning qo'zg'atilishiga asos bo'luvchi alomatlar mavjud bo'lganidek,to'lovga qobiliyatsizlikning ham o'z alomatlari mavjuddir hamda ular maxsus normalar bilan yangi qonunda belgilab qo'yildi.Qarzdorga nisbatan to'lovga qobiliyatsizlikka doir ish yurituvi ikki turdagi to'lovga qobiliyatsizlikdan birining alomatlari aniqlangan holda qo'zg'atiladi.Qonunning 5-moddasida to'lovga qobiliyatsilikning alomatlari sifatida:vaqtincha to'lovga qobiliyatsizlik- agar tegishli majburiyatlar yuzaga kelgan sanadan e'tiboran uch oy ichida qarzdor tomonidan bajarilmagan bo'lsa, shaharni tashkil etuvchi korxona hamda unga tenglashtirilgan korxonalar tomonidan esa olti oy ichida bajarilmasa, sudga murojaat etish sanasida qarzdorning pul majburiyatlari bo'yicha kreditorlar talablarini qanoatlantirishga va (yoki) soliqlar hamda yig'imlar bo'yicha o'z majburiyatlarini bajarishga qodir emasligi hamda doimiy to'lovga qobiliyatsizlik — agar sudga ariza berish sanasidagi va ariza berilgan yilning boshidagi hisobot davrida, agarda ariza yilning birinchi choragida berilgan bo'lsa, o'tgan yilning boshidagi hisobot davrida qarzdorning majburiyatlari uning aktivlari qiymatidan oshib ketgan bo'lsa,ushbu alomatlar yuzaga kelganda qarzdor,qarzdorning rahbari yoki kreditorlar tomonidan sudga qarzdorga nisbatan to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ish ochishni so'rab ariza berishi mumkinligi belgilab qo'yildi.Shuningdek, qonunga muvofiq qarzdorga nisbatan to'lovga qobiliyatsizlikning boshqa tartib-taomili qo'llanilishi kerak bo'lgan hollardandan tashqari holatda,kuzatuv tartib-taomili sud qarzdor — yuridik shaxsga nisbatan to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida ish qo'zg'atish haqidagi arizani ish yuritishga qabul qilgan sanadan e'tiboran joriy etiladi.

Qonunchilikka kiritilgan yana bir muhim o'zgartirishlardan biri bu endilikda jismoniy shaxslarga nisbatan ham to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ishning qo'zg'atilishi va ularning bankrot deb topilishi bo'ldi.Unga muvofiq qarzdor jismoniy shaxsning pul majburiyatlari

bo'yicha kreditorlar talablarini qanoatlantirishga va (yoki) soliqlar hamda yig'imlar bo'yicha o'z majburiyatini to'liq hajmda bajarishga qodir emasligi, agar tegishli majburiyatlar va (yoki) to'lov majburiyatlari yuzaga kelgan kundan e'tiboran uch oy ichida qarzdor jismoniy shaxs tomonidan bajarilmagan hamda qarzdor jismoniy shaxsga nisbatan talablar bazaviy hisoblash miqdorining kamida ikki yuz barobarini tashkil etsa, ushbu alomatlar qarzdor jismoniy shaxsning to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ish qo'zg'atishini so'rab sudga murojaat etishiga asos bo'la oladi.Bunga qadar jismoniy shaxslar bilan bog'liq bo'lgan sud ishlari fuqorolik sudlarida ko'rilgan bo'lsada,endilikda jismoniy shaxslarning to'lovga qobiliyatsizligi doir ishlar iqtisodiy sudlar tomonidan ko'rib chiqiladi.

Xulosa qilib aytilganda, so'ngi o'ttiz yil mobaynida respublikamizda to'lovga qobiliyatsizlik tizimini shakllantirish bir necha bosqichlarda amalga oshirildi,milliy qonunchiligimizda to'lovga qobiliyatsizlik tizimining bankrotlik hamda sanatsiyalash subinsititutlarining jamlanmasi sifatidagi tan olinib,huquq insituti sifatida shakllanib borish jarayoni "To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida"gi qonunning qabul qilinishi asosida yanada jadallashdi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasining "To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida"gi Qonuni // lex.uz.

2. O'zbekiston Respublikasining "Bankrotlik to'g'risida"gi Qonuni // lex.uz.

3. Xudaybergenov B.B.To'lovga qobiliyatsizlikni huquqiy tartibga solishning o'ziga xos xususiyatlari: sanatsiya va bankrotlik:yur.fan.dok.diss.Toshkent,2023.-B.21.

4. O'zbekiston Respublikasining "Bankrotlik to'g'risida"gi qonuniga sharhlar / Mualliflar jamoasi: M.KAzimov, N.V. Lopayeva, Z.S.Umarov va boshq.; JICA. - T.: "Sharq" nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyoti, 2007. - 640b

5. Do'stov.U.N.Xo'jalik yuritvchi subyektlarning bankrotligi.Toshkent:TDYI nashriyoti,2009.11-bet.

6. Лопаева Н.В.Правовые последствия признания юридического лица банкротом:канд.юрид.наук. ...дис.Ташкент,2006.-Б.9

7. Отахонов Ф.Х,., Ибратова Ф.Б. Хужалик судларида банкротлик ишларини куришнинг узига хос хусусиятлари. Монография. - Т.: ТДЮИ нашриёти, 2013. - Б. 22.

8. Azizov.X. Bankrotlikni huquqiy tartibga solish.Toshkent:TDYU nashriyoti.2018.-190 bet

9.https://lex.uz/docs/-955375?ONDATE=10.06.2003%2000#-958940 [bankrotlik (iqtisodiy nochorlik) - xo'jalik sudi tomonidan e'tirof etilgan, qarzdorning pul majburiyatlari bo'yicha kreditorlar talablarini to'la hajmda qondirishga va (yoki) majburiy to'lovlar bo'yicha o'z majburiyatini to'la hajmda bajarishga qodir emasligi;]

Volume 2, Issue 10, October 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.