Научная статья на тему 'SUD SANATSIYASI TAOMILINI QO‘LLASH SAMARADORLIGINI OSHIRISH ZARURAT'

SUD SANATSIYASI TAOMILINI QO‘LLASH SAMARADORLIGINI OSHIRISH ZARURAT Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
11
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
Ключевые слова
to’lovga qobiliyatsizlik / sud sanatsiyasi / kreditorlar / kreditorlar qo’mitasi / qarz ta’minoti.

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Husainova Sabina Abduqayum Qizi

Ushbu tadqiqotning maqsadi to’lovga qobiliyatsizlik tizimida sud sanatsiyasi taomilining amalda qo’llanish samaradorligini oshirishga qaratilgan bo’lib,qonun tarkibidagi mavjud normalarni takomilashtirish uchun takliflar ishlab chiqishdan iboratdir

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SUD SANATSIYASI TAOMILINI QO‘LLASH SAMARADORLIGINI OSHIRISH ZARURAT»

SUD SANATSIYASI TAOMILINI QO'LLASH SAMARADORLIGINI OSHIRISH ZARURATI

Husainova Sabina Abduqayum qizi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro beznis huquqi yo'nalishi magistranti

O'zbekiston Respublikasi ,100007 Toshkent shahri,Mustaqillik shoh ko'chasi 54 Tel.:+998975878108 email:[email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.13924566

ARTICLE INFO

Qabul qilindi: 01- Oktyabr 2024 yil Ma'qullandi: 05- Oktyabr 2024 yil Nashr qilindi: 12- Oktyabr 2024 yil

KEYWORDS

to'lovga qobiliya tsizlik,sud

sana tsiyasi,kreditorlar, kreditorlar qo'mitasi,qarz ta'minoti.

ABSTRACT

Ushbu tadqiqotning maqsadi to'lovga qobiliyatsizlik tizimida sud sanatsiyasi taomilining amalda qo'llanish samaradorligini oshirishga qaratilgan bo'lib,qonun tarkibidagi mavjud normalarni takomilashtirish uchun takliflar ishlab chiqishdan iboratdir.

Davlat iqtisodiyotiga ishlab chiqarishi past, zarar ko'rib ishlayotgan korxonalarni bankrot deb topish ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Biroq turli obyektiv sabablarga ko'ra kreditorlar talablarini qanoatlantira olmayotgan, o'zining to'lov qobiliyatini vaqtincha yo'qotgan korxonalar ham mavjud va odatda bunday korxonalar bankrot deb topilmasdan sanatsiya qilinadi.Sanatsiyalash orqali korxonalarning rentabelligi tiklanadi hamda ushbu korxonalar iqtisodiy foydalilik faoliyatini davom ettiradi.

Sanatsiya (lot. sanatio - davolanish, qarzdor tashkilotlarni sog'lomlashtirish) - qarzdor tashkilotlarga davlat yoki boshqa tashkilotlar tomonidan moliyaviy yordam berishi bo'lib, qarzdor tashkilotlarning jamoalari qarz beruvchilar va qarzdor tashkilotlar sanatsiyada qatnashish huquqiga ega.

Sanatsiya- bankrotlikni oldini olish yoki korxona raqobatbardoshligini oshirish maqsadida o'tkaziladigan chora-tadbirlar tizimi.

Respublika bo'ylab iqtisodiy sudlar tomonidan 2021-yilda 9994 ta,2022-yilda 8996 ta va 2023-yilda 13093ta bankrotlik hamda to'lovga qobiliyatsizlikka doir ish ko'rilgan bo'lib,bu vaqt davomida 2021-yilda atiga 1dona,2022-yilda 9ta hamda 2023-yilda 4 nafar holatda to'lovga qobiliyatsiz qarzdorga nisbatan sud sanatsiyasi qo'llanilgan. Ushbu statistik ko'rsatgichlar qarzdorni sog'lomlashtirishga qaratilgan yana bir tartib-taomilga doir jarayonni hamda ushbu jarayonni tartibga soluvchi normalarni tahlil qilish hamda ularni takomillashtirish uchun takliflar ishlab chiqish zaruratini yuzaga keltiradi. "To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida"gi qonunning 93-moddasida sud sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish to'g'risidagi iltimosnoma asosida sudga murojaat etish tartibi belgilab qo'yilgan bo'lib,unga ko'ra :

"Kuzatuv tartib-taomili jarayonida qarzdor, qarzdorning muassislari (ishtirokchilari) yoki qarzdor mol-mulkining egasi, shuningdek uchinchi shaxs (shaxslar) sud sanatsiyasi tartib-

taomilini joriy etish haqida sudga murojaat qilish to'g'risidagi iltimosnoma bilan kreditorlarning birinchi yig'ilishiga yoxud sud sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish haqidagi iltimosnoma bilan bevosita sudga murojaat qilishga haqlidir.

Qarzdorning sud sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish to'g'risidagi iltimosnomasiga sud sanatsiyasi tartib-taomilining taklif qilinayotgan muddati va qarzni to'lash jadvali ko'rsatilgan holda qarzdorning sud sanatsiyasi rejasi ilova qilinishi kerak.

Sud sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish haqida sudga murojaat etish to'g'risidagi iltimosnoma bilan kreditorlarning yig'ilishiga murojaat qilgan shaxslar mazkur iltimosnomani va unga ilova qilinadigan hujjatlarni kreditorlarga bu hujjatlar bilan tanishish imkoniyatini berish maqsadida kreditorlarning yig'ilishi o'tkaziladigan sanaga kamida ikki hafta qolganida muvaqqat boshqaruvchiga taqdim etishi shart.

Qarzdor muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining sud sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish haqidagi iltimosnomasiga sud sanatsiyasining rejasi, qarzni to'lash jadvali, qarzdorning muassislari (ishtirokchilari) umumiy yig'ilishining bayonnomasi ilova qilinishi kerak. Mazkur umumiy yig'ilishning bayonnomasida sud sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish uchun ovoz bergan muassislar (ishtirokchilar) ro'yxati hamda bu shaxslar tomonidan qarzni to'lash jadvalining bajarilishini ta'minlashga oid hujjatlar ko'rsatilishi kerak." - Ushbu moddaga asosan sud sanatsiyasiga doir taklifning dastlab kreditorlar tasdig'idan o'tishi zaruriyatdir,demak kreditor hamda qarzdorning muasisslari yoki rahbarlari o'rtasida muzokaralar muvaqqat boshqaruvchining nazorati ostida dastlabki kreditorlar yig'ilishi o'tkazilguniga qadar olib borilishi maqsadga muofiqdir.Ammo bu yerda yuzaga keluvchi yagona muammo bu kreditorlar qo'mitasining hali tayinlanmaganligi bois muzokaralarni har bir kreditorlar bilan individual tarzda olib borishga tog'ri kelinishidadir.Ushbu muzokaralar to'g'risida sud uchun hisobotlar tayyorlanishi zaruriy emas ularning asosiy xususiyati jarayon samaradorligini oshrish uchun qo'llaniluvchi kichik amaliy yondashuvlar sifatida qabul qilish mumkin.

"To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida"gi qonunning 94-moddasi 5-qismiga binoan, qarzdorga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida tegishli bo'lgan mol-mulk, shu jumladan mulkiy huquqlar qarzdorning qarzni to'lash jadvalini bajarish ta'minotining predmeti bo'lishi mumkin emas.Ushbu qoidaga ikki xil yondashuv asosida fikr bildirishimiz mumkindir.Birinchi yondashuvga ko'ra qarzdorning mulk huquqi hamda ashyoviy huquqi asosidagi tegishli mol-mulki uning qarzlarni to'lashi uchun mustahkam ta'minot bo'la olmaydi bunga sabab qarzdor o'z mulkini tasarruf etishi natijasida,shuningdek 4-guruh kreditorlarining ijro hujjatlari asosida ushbu ta'minot mulki undiruv obyektiga aylanishi mumkin.

Ikkinchi yondashuv ko'ra esa ushbu holatda qarzdor ashyoviy hamda mulkiy huquq asosida egalik qiluvchi mulkining biror (deylik umumiy mulkining uchdan bir) qismini qarzlarni uzish jadvali ta'minoti tarkibiga kiritishi amalda qo'llash uchun arzirli tanlovdir.Sababi sanatsiyalash mazmuni bevosita majburiyatlarni uchinchi shaxslar tomonidan bajarilishini o'z ichiga oladi.Amaliyotda ushbu uchinchi shaxslar qarzdor oldida pul majburiyatiga ega bo'lib,ular ushbu majburiyatlar tufayli qarzdorning qarzlarni to'lash jadvali uchun ta'minot sifatida o'z aktivlarini taqdim etadilar .Ammo barcha qarzdorlar ham o'z qarzdorlariga ega emas shu sababli to'lovga qobiliyatsiz deb topilgan korxona kreditorlar talablari reyistriga kiritilgan jami majburiyatlari miqdoridan yigirma foizga ortiq bo'lgan qarzni uzish ta'minoti bo'lgan mol-mulk qiymatini to'liqligicha uchinchi shaxslar hisobidan to'plashi oson

kechmaydi.Bu holatda qarzdorning uchinchi shaxslar tomonidan taqdim etilishi kerak bo'lgan mol-mulk ta'minotinining bir qismini o'z aktivlari hisobiga to'ldirishi asosida sud-sanatsiyasi tartib-taomilini boshlash mumkin.Ushbu mulohazalarga asoslanib,to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi qonun 94-moddasi 4-qismiga quyidagicha o'zgartirish kirtilishini taklif etiladi: Qarzdorga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida tegishli bo'lgan mol-mulk, shu jumladan mulkiy huquqlar qarzdorning qarzni to'lash jadvalini bajarish ta'minotining predmeti sifatida ta'minotning tarkibida uning qirq foizidan ortiq qismini tashkil etishi mumkin emas.

Ushbu vaziyatda qarzdor o'z mulkiy hamda ashyoviy huquqlarini qarzni to'lash jadvali uchun ta'minot predmetiga aylantirishini ta'minlash uchun qonun bir necha qo'shimcha o'zgatirishlar kiritilishi zarur.Xususan,to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi qonunning 79-moddasiga binoan kuzatuv tartib-taomili joriy etilgan kundan e'tiboran mulkiy undiruvlar bo'yicha ijro hujjatlarini ijro etish to'xtatib turiladi, bundan ish haqi bo'yicha, mualliflik shartnomalari bo'yicha haqlarni, alimentlarni to'lash bo'yicha qarzdorlikni undirish haqidagi, shuningdek hayotga yoki sog'liqqa yetkazilgan zararning o'rnini qoplash va ma'naviy ziyonni kompensatsiya qilish to'g'risidagi, sud tomonidan to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida ish qo'zg'atish haqidagi ariza ish yuritishga qabul qilingan paytga qadar qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari asosida berilgan ijro etish mustasno.Ushbu moddaga binoan 4-guruh kreditolarining talablari ulardagi mavjud sudning ijro qarorlari asosida navbatsiz va ishning tugallanmasidan burun qanoatlanitrilishi mumkindir.Ushbu qoida sud sanatsiyasi jarayonida ham amal qilishi ta'qiqlanmaganligi sababli 4-guruh kreditorlarining ijro hujjatlari asosida undiruvni qarzdor mulkiga qaratishi qarzdorning sanatsiyalash jarayonida qarzlarni to'lab borish rejasiga ta'sir ko'rsatadi.Sud sanatsiyasi bilan jarayonini aniq tashkil etish maqsadida 4-guruh kreditorlariga nisbatan to'lovlar amalga oshirilishi tartibga solinishi zarur.Masalan tugatishga doir ish olib borish jarayonidagi kabi qarzlarni to'lash jadvalida birinchi navbatda (4-guruh kreditorlari): ish haqi to'lash uchun pul mablag'lari berilishini nazarda tutuvchi to'lov (ijro) hujjatlari bo'yicha, alimentlar undirish to'g'risidagi talablarni qanoatlantirish uchun qarzdorning yagona hisobvarag'idan pul mablag'larini o'tkazishni yoki berishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari bo'yicha, mualliflik shartnomalariga ko'ra haq to'lash bo'yicha, qarzdorning mehnatga oid munosabatlardan va ularga tenglashtirilgan huquqiy munosabatlardan kelib chiquvchi to'lovlar hamda talablar bo'yicha majburiyatlari teng darajada bajarilishini ta'minlaydigan talablar, shuningdek fuqarolarning jinoyat yoki ma'muriy huquqbuzarlik oqibatida o'z mol-mulkiga yetkazilgan zararning o'rnini qoplashga doir talablari qanoatlantirilishini belgilab qo'yish sud sanatsiyasi jarayonini barcha chora-tadbirlar reja asosida bajarilib,sanatsiya maqsadiga erishilishni ta'minlaydi.

Foydalanilgan adaiyotlar:

1.0'zbekiston Respublikasining "To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida"gi Qonuni // lex.uz. 2.O'zbekiston Respublikasining "Bankrotlik to'g'risida"gi Qonuni // lex.uz.

3. https://stat.sud.uz/iib.html

4.Xudaybergenov B.B.To'lovga qobiliyatsizlikni huquqiy tartibga solishning o'ziga xos xususiyatlari: sanatsiya va bankrotlik:yur.fan.dok.diss.Toshkent,2023.-390.

5.Большой энциклопедический словарь. 2-е изд.,М.:Большая Российская энциклопедия. - СПБ.: Норинт,1997.-С .240

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH IF = 5.441 ,

б.Сарбаш С. Исполнение договорного обязательства третьим лицом // Хозяйство и право. 2003. №3. - С.5.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.