Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN: 2181-1784
educational, natural and social sciences 4(9), Oct., 2024
Research BIB / Index Copernicus www.oriens.uz
IQTISODIY SUDLARDA DAVLAT BOJI TO'LOVLARINI UNDIRISHNING MUAMMOLARI
Jasur Nuriddinov
[email protected] + 998 93 606 21 31
ANNOTATSIYA
Tadqiqot ishida O'zbekiston Respublikasi iqtisodiy sudlarida davlat boji to 'lovlarini undirishning ahamiyati, nazariy-huquqiy asoslari va o 'ziga xos jihatlari, milliy qonunchilikda aks ettirilishi hamda ayrim konseptual masalalar, o'ziga xos jixatlari va chalkashliklar, ularga yechim sifatida taklif-tavsiyalar xususida fikr yuritiladi.
Kalit so 'zlar: sud xarajatlari, pochta xarajatlari, davlat boji.
ABSTRACT
In this article, the importance of the collection of state duty payments in the economic courts of the Republic of Uzbekistan, its theoretical and legal basis and specific aspects, its reflection in the national legislation, as well as some conceptual issues, specific aspects and confusions, as well as suggestions as a solution to them is thought about.
Key words: court costs, postal costs, state duty.
KIRISH
Iqtisodiy sudlarga ariza bilan murojaat qilishda davlat boji to'lovlarini to'lash majburiy bo'lib, to'lamaganlik yoki lozim darajada to'lamaganlik arizalarni qaytarishga sabab bo'ladi. Biroq, ushbu xarajatlarni to'lash tartiblari va miqdorlaridagi chalkashliklar bir qator muammolarni yuzaga keltiradi. Ushbu maqola mazkur muammolarni tadqiq qilishga qaratilgan.
I. Metodologiya
Tadqiqotning metodologik asosini umumiy mantiqiy usullar (tahlil va sintez, dialektik, umumlashtirish, analogiya, mavhumdan konkretga va konkretdan mavhumga o'tish), empirik tadqiqot usullari (taqqoslash, guruhlarga taqsimlash) va alohida ilmiy usullar (formal-yuridik, tarixiy, qiyosiy-huquqiy) hamda ilmiy bilishning boshqa usullaridan foydalanildi.
II. Natijalar
Iqtisodiy sudlarda sud xarajatlarini undirishning huquqiy tabiati tahlil qilinadi. Natijada ushbu ob'ekt bilan bog'liq munosabatlarni huquqiy tartibga soluvchi, qonunchilikni takomillashtirishga yordam beradigan takliflar ishlab chiqiladi.
Research BIB / Index Copernicus
IV. Muhokama qismi
Yuqorida keltirib o'tilganidek, kichik tadbirkorlik sub'yektlari belgilangan davlat boji stavkalarining yarmini to'lash huquqiga egalar. Ya'ni, boshqacha aytganda ular davlat boji to'lovini bir foiz miqdorida, sud buyrug'i berishda esa 0,5 foiz miqdorida davlat boji to'lashlari mumkin.
Tadbirkorlik sub'yektlariga berilgan mazkur imtiyoz ularni qo'llab-quvvatlash uchun xizmat qilsa-da, biroq, qonunchilikda va sud amaliyotida bir qator chalkashliklarni keltirib chiqaradi.
Masalan, kichik tadbirkorlik sub'yektlari belgilangan davlat boji stavkalarining yarmini to'lashi imtiyozmi yoki majburiyat? Ko'p holatlarda tadbirkorlik sub'yektlari sudga ariza taqdim qilishda davlat bojini ikki foiz miqdorida to'laydilar. Sud amaliyotida shunday holatlarda ortiqcha to'langan davlat bojini qaytarib berish holatlari ham, qaytarib bermaslik holatlari ham uchraydi.
Masalan, birinchi holatda Yuqorichirchiq tumanlararo iqtisodiy sudining ish yurituvidagi 4-1105-2302/2308-sonli iqtisodiy ish bo'yicha da'vogar "Jayxun Farmsanoat" MCHJ sudga da'vo arizasi bilan murojaat qilib, javobgar "Istiqlol Farm" MCHJdan 1.219.000 so'm asosiy qarz va 609.500 so'm penya undirishni so'ragan. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligidan olingan ma'lumotga ko'ra, "Jayxun Farmsanoat" MCHJ kichik tadbirkorlik subyekti hisoblansa-da, da'vogar tomonidan 330.000 so'm davlat boji to'langan va sudning qaroriga asosan ortiqcha to'langan 165.000 so'm davlat boji qaytarib berilgan.
Ikkinchi holatda Yuqorichirchiq tumanlararo iqtisodiy sudining ish yurituvidagi 4-1105-2202/1867-sonli iqtisodiy ish bo'yicha da'vogar "Avangard Tosh" MCHJ sudga da'vo arizasi bilan murojaat qilib, javobgar "Muxandis Plyus Loyiha" MCHJ hisobidan 93.945.984 so'm asosiy qarz va 7.929.169 so'm penya, jami 101.875.153 so'm undirishni so'ragan. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligidan olingan ma'lumotga ko'ra da'vogar "Avangard Tosh" MCHJ kichik tadbirkorlik subyekti hisoblansa-da, da'vo bahosining 2 foizi miqdorida 2.037.504 so'm davlat boji to'langan hamda sudning qaroriga ko'ra ortiqcha to'langan davlat boji qaytarib berilmagan. Javobgar hisobidan 2.037.504 so 'm davlat boji da 'vogar hisobiga undirilgan.
Sudlar tomonidan har-xil amaliyot shakllanishining sababi "Davlat boji to'g'risida"gi Qonunda ushbu qoidaning huquqiy tabiati aniq ifoda qilinmaganligidir. Ushbu normani ko'rinishidan ham imperativ, ham dispozitiv huquqiy tabiatga ega norma sifatida tavsiflash va qo'llash mumkin. Ikkala holatda ham sudning harakatlarini noqonuniy deb topib bo'lmaydi. Davlat boji qaytarilgan holatda
Research BIB / Index Copernicus
tadbirkorlik sub'yekti imtiyozdan foydalanmagan sifatida, qaytarilgan holatda esa Qonunda kichik tadbirkorlik sub'yektlari belgilangan davlat boji stavkalarining yarmini to'laydi deb ko'rsatlganligini sabab qilib keltirishimiz mumkin.
Ushbu qoida yuzaga keltiradigan yana bir chalkashliklardan biri da'vogar tadbirkorlik sub'yekti davlat bojini bir foiz miqdorida to'lasa va ishni ko'rish yakuniga ko'ra da'vogar tadbirkorlik sub'yektidan respublika byudjetiga qo'shimcha davlat boji undirilsa, qo'shimcha undirilgan davlat boji bir foiz miqdorida hisoblanishi yoki ikki foiz miqdorida hisoblanishidir. Sud amaliyotida shunday vaziyatlarda qanday chora ko'rish to'g'risida aniqlik yo'qligi sababli turli ikkilanish va chalkashliklarga sabab bo'lmoqda.
Masalan, Yuqorichirchiq tumanlararo iqtisodiy sudining ish yurituvidagi 4-1105-2202/2519-sonli iqtisodiy ish bo'yicha da'vogar "Beryozka-2019" MCHJ sudga da'vo ariza bilan murojaat qilib, javobgar O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi majburiy ijro byurosi Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tuman bo'limidan asossiz undirilgan 6.480.780,50 so'm miqdorida noqonuniy undiruv va 100.000.000 so'm boy berilgan foydani undirishni so'ragan. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligidan olingan ma 'lumotga ko 'ra da'vogar kichik tadbirkorlik subyekti hisoblanib, 6.480.780,50 so'm miqdoridagi da'vo summasi uchun kichik tadbirkorlik subyekti sifatida 150.000 so'm davlat boji to'langan, da'vo talabining qolgan 100.000.000 so'm uchun hisoblangan davlat bojini kechiktirish so 'ralgan. Ariza sud tomonidan ish yuritishga qabul qilinib, da 'vo talabining qanoatlantirilgan qismi bo'yicha 91.050 so'm davlat boji javobgar hisobidan undirilgan, 58.950 so'm davlat boji da'vo talabi asossiz deb topilganligi sababli da'vogar zimmasida qoldirilgan. Da'vo talabining 100.000.000 so'm qismi to'liq asossiz deb topilib da'vogar hisobidan ikki foiz miqdorida, ya'ni, 2.000.000 so 'm miqdorida davlat boji undirilgan. Keyinchalik, sudya o 'z harakatlarini xato deb hisoblab, hal qiluv qaroridagi xatolikni tuzatish to'g'risida ajrim chiqarilib, undiriladigan davlat boji kamaytirilgan.
Sud amaliyotida sudyalarni yana bir o'ylantiradigan masalalardan biri davlat boji to'lanishida hisoblangan davlat boji miqdorining bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan kam bo'lmasligi to'g'risidagi normadir. Ushbu qoida bo'yicha to'langan davlat bojini ishning natijasiga ko'ra taqsimlashda muammolar yuzaga keladi. Masalan, bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida davlat boji to'langan bo'lsa va da'vo summasining bir qismi asossiz deb topilsa, davlat boji summasi da'voning asosli deb topilgan summasidan hisoblanadimi yoki da'vo talablarining qanoatlantirilgan qismining foizi hisoblab chiqarilib bazaviy hisoblash miqdorining o'shancha foizi undiriladimi (deylik da'vo summasi 5 million, shundan
Research BIB / Index Copernicus
2.5 million so'mi asosli deb topilib, bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi undiriladimi yoki 2.5 million so'mning 2 foizimi?). Da'vogar kichik tadbirkorlik sub'yekti bo'lib davlat bojining belgilanganidan yarmi to'lansa hisob-kitob yanada chalkash ko'rinish oladi.
"Davlat boji to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 9-moddasida iqtisodiy sudlarga da'vo ariza taqdim qilishda davlat bojini to'lashdan ozod qilingan shaxslar doirasi keltirilgan. Mazkur moddaning 10-bandida O'zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va uning hududiy organlari, O'zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Bo'sh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi hamda uning hududiy organlari o'z zimmasiga yuklatilgan vakolatlariga muvofiq sudlarga ko'rib chiqish uchun kiritiladigan da'volar va arizalar bo'yicha davlat bojini to'lashdan ozod qilingan.
Moddaning 7-bandida esa O'zbekiston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirligi va uning joylardagi organlari suv to'g'risidagi qonunchilikni buzganlik tufayli davlatga yetkazilgan zararning o'rnini qoplash uchun mablag'larni davlat daromadiga undirish to'g'risidagi da'volar bo'yicha davlat bojini to'lashdan ozod qilingan.
Sud amaliyotida 9-moddada davlat bojini to'lashdan ozod qilingan shaxslar o'z vakolatlari doirasidan chetga chiqib ariza taqdim qilsa, yoki 9-moddada ko'rsatilgan davlat bojini to'lashdan ozod qilish asoslaridan boshqa asoslar bilan da'vo taqdim qilsa imtiyoz qo'llanilishi yoki qo'llanilmasligi borasida chalkashliklar mavjud.
Masalan, Yuqorichirchiq tumanlararo iqtisodiy sudiga Yuqorichirchiq tuman irrigatsiya bo'limi da'vo arizasi bilan murojaat qilib, javobgar "Madina Roza" fermer xo'jaligi hisobidan 2022 yil aprel-sentyabr oylari to 'lovlari uchun 10.648.447 so'm asosiy qarz, 3.705.660 so'm penya undirishni so'ragan. Da'vogar tomonidan davlat boji to 'lanmay, Qonunning 9-moddasi 7-bandiga havola qilgan holda davlat boji to'lashdan ozod ekanligini bildirgan. Lekin, sudning 4-1105-2301/2563-sonli ajrimiga ko 'ra, da 'vo ariza da 'vogar tomonidan davlat boji to 'lanmaganligi sababli qaytarilgan. Ajrimning asoslantiruvchi qismida nizo 2022 yil 2 iyunda suv iste'moli to'g'risida tuzilgan 87-sonli shartnomadan kelib chiqqanligi, ya'ni, nizo shartnoma bo'yicha yuzaga kelgan qarzdorlikni undirishdan kelib chiqqanligi, da'vogar tomonidan keltirilgan davlat boji to'lashdan ozod qilish holati suv to'g'risidagi qonunchilikni buzganlik tufayli davlatga yetkazilgan zararning o 'rnini qoplash uchun mablag'larni davlat daromadiga undirish to'g'risidagi da'volarga nisbatan qo 'llanilishi ko'rsatilgan.
Ikkinchi holatda esa, O'zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi (kreditor) ariza bilan Yuqorichirchiq
Research BIB / Index Copernicus
tumanlararo iqtisodiy sudiga murojaat qilib, "Crystal Oil" MCHJni yuritiladi) to'lovga qobiliyatsizlikning umumiy taomili bo'yicha to'lovga qobiliyatsiz deb topishni so 'ragan. Ishdagi hujjatlarga ko 'ra, da 'vogar kreditor sifatida da 'vo ariza bilan sudga murojaat qilgan va davlat bojini to'lamagan. Bu holatda da'vogar kreditor sifatida, ya 'ni, 9-moddada ko 'rsatilgan vakolatlaridan chetga chiqib da 'vo arizasi taqdim qilayotganligi sababli umumiy tartibda davlat bojini to 'lashi zarur edi. Biroq, ariza davlat boji to 'lovisiz ish yuritishga qabul qilingan hamda davlat boji ishni ko 'rish yakunlari bo 'yicha javobgardan undirilgan.
Davlat bojini hisoblashda ba'zi stavkalar bazaviy hisoblash miqdoriga bog'liq bo'lib, bazaviy hisoblash miqdorlari sudga ariza taqdim qilingan kundagi yoki qaror chiqarilgan kundagi bazaviy hisoblash miqdoridan hisoblab chiqarilishi lozimligi aniq emas. Bu haqida biror normativ hujjatda yoki Plenum qarorida tushuntirish berilmagan. Sudlarda davlat bojini sudga da'vo ariza kelib tushgan kundan hisoblash amaliyoti mavjud. Davlat boji oldindan to'lanmasdan chiqilgan holatlarda sudning hal qiluv qarori chiqarilgan sanaga bazaviy hisoblash miqdori o'zgarsa davlat boji qaysi sanadagi BHM miqdoridan kelib chiqib hisoblanishi aniq emas.
Fuqarolik Kodeksining 245-moddasiga ko'ra, pul majburiyatida u so'mlar bilan chet el valyutasidagi muayyan summaga ekvivalent bo'lgan summada yoki shartli pul birliklari bilan (ekyu, "maxsus qarz olish huquqlari" va boshqalar) to'lanishi lozimligi nazarda tutilishi mumkin. Bunday hollarda so'mlar bilan to'lanishi lozim bo'lgan summa tegishli valyutaning yoki shartli pul birliklarining to'lov kunidagi rasmiy kursi bo'yicha belgilanadi, basharti uni belgilashning boshqacha kursi yoki boshqa sanasi qonunchilikda yoki taraflarning kelishuvida belgilab qo'yilgan bo'lmasa. O'zbekiston Respublikasi hududida majburiyatlar bo'yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish chog'ida chet el valyutasidan, shuningdek chet el valyutasidagi to'lov hujjatlaridan foydalanishga qonunchilikda belgilangan hollar, tartib va shartlar asosida yo'l qo'yiladi.
"Davlat boji to'g'risida"gi Qonunning 17-moddasida mulkiy nizo bo'yicha sudga da'vo arizasi berilganda, da'vo qiymati, shartnoma summasi miqdori chet el valyutasida belgilansa, davlat bojining miqdori harakatlar amalga oshirilgan sanada O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs bo'yicha milliy valyutada belgilanishi va undirilishi belgilangan.
Qonunning 17-moddasida keltirilgan harakatlar amalga oshirilgan sana tushunchasi turlicha tushunilishi mumkin, jumladan, sudga da'vo ariza taqdim qilingan kun yoki hal qiluv qarori qabul qilingan kun sifatida. Sababi protsessual qonunchilikda hal qiluv qarori qabul qilingan kun tushunchasi ko'proq foydalanishda ekanligi sababli harakat amalga oshirilgan kun sifatida da'vo ariza sudga taqdim
Research BIB / Index Copernicus
qilingan kun ma'no jihatdan yaqinroq. Fuqarolik Kodeksining 245-moddasiga asoslanib esa hal qiluv qarori qabul qilingan kun sifatida qo'llash mumkin.
Yana bir noaniqlik da'vo summasi valyutada ko'rsatilgan da'vo arizalar bo'yicha oldindan davlat boji to'lash bilan ham yuzaga keladi. Da'vo ariza taqdim qilingan kundagi kurs bo'yicha to'langan davlat boji sud qarori qabul qilingandan so'ng qayta hisob-kitob qilinishi, qo'shimcha davlat boji undirilishi yoki ortiqcha qismi qaytarib berilishi lozim.
"Davlat boji to'g'risida"gi Qonunning 18-moddasida davlat bojini qaytarish asoslari keltirilgan bo'lib, unda ko'rsatilgan holatlar mavjud bo'lganda davlat boji qaytariladi deyilgan. Lekin, qonunning mazmuniga nazar tashlasak, ushbu qoida faqatgina to'langan davlat bojini qaytarishga nisbatan qo'llash mumkin. Deylik, da'vogar manfaatida palata davlat bojini to'lamasdan chiqqan va ish bo'yicha mediativ kelishuv tuzilib da'vo ko'rmasdan qoldirilgan. Sud ajrimining asoslantiruvchi qismida palata davlat boji to'lamasdan chiqqanligi va 18 -modda ham davlat boji undirilmasligi ko'rsatilganligi sababli ish bo'yicha davlat boji undirilmaydi deb ko'rsatadi. Biroq, 18-moddada faqatgina davlat bojini qaytarish tartibi belgilangan. Ya'ni, 18-modda to'g'ridan-to'g'ri asos bo'lmay, mohiyatan qonun faqatgina analogi bo'yicha qo'llaniladi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2020 yil 19 dekabrdagi 36-sonli "Iqtisodiy ishlar bo'yicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti to'g'risida"gi Plenum qarorining 12-bandida ham ushbu norma faqat qaytarish haqidaligi to'g'risida tushuntirish beriladi:
"Sudlarga tushuntirilsinki, davlat bojini qaytarish asoslari "Davlat boji to'g'risida"gi Qonunning 18-moddasida nazarda tutilgan bo'lib, uning ma'nosiga ko'ra, davlat boji qonunda talab qilinganidan ortiqcha miqdorda to'langan bo'lsa, shu ortiqcha to'langan qismi, boshqa hollarda esa to'liq hajmda qaytariladi."
Masalan, Yuqorichirchiq tumanlararo iqtisodiy sudining ish yurituvidagi 4-1105-2301/2656-sonli iqtisodiy ish bo'yicha O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi Surxandaryo viloyat hududiy boshqarmasi da'vogar "Termez Jayxun Cluster" MCHJ manfaatida sudga da'vo arizasi bilan murojaat qilib, javobgar "G'uzor Tekstil Impeks" MCHJ hisobidan 50.877.488,63 so'm asosiy qarz undirishni so'ragan. Da'vo ariza palata tomonidan taqdim qilinganligi sababli davlat boji to'lanmasdan da'vo bilan chiqilgan. Ishni ko'rish jarayonida tomonlar o'rtasida mediativ kelishuv tuzilganligi sababli da'vo ko'rmasdan qoldirilgan va budjetga davlat boji undirilmagan. Ajrimning davlat bojini undirmaslik to'g'risidagi asoslantiruvchi qismida "Davlat boji to'g'risidagi" 2020 yil 6 yanvardagi O'RQ-600-sonli Qonunining 18-moddasida davlat bojini qaytarish tartibi belgilanganligi,
Research BIB / Index Copernicus
agar taraflar o 'rtasida mediativ kelishuv tuzilgan bo 'lsa, ariza ko 'rmasdan qoldirilgan hollarda ham davlat boji to'liq qaytarilishi kerakligi belgilanganligi, palata a'zolari manfaatida davlat boji to'lamasdan da'vo arizasi bilan sudga murojaat qilish huquqiga egaligi, shuningdek, ishning natijasiga ko'ra ham davlat boji undirilmasligi sababli, sud mazkur ish bo'yicha taraflardan davlat boji undirmaslikni lozim topganligi ko 'rsatilgan.
Davlat boji to'lovlarini tartibga solishda o'ziga xos "oq dog'", taraflarni o'z majburiyatlarini bajarishdan bo'yin tovlashiga imkon beruvchi, sud qarorlarining ijrosini asossiz kechiktirishga imkon beruvchi "tirqish" mavjud. O'zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2020 yil 19 dekabrdagi 36-sonli "Iqtisodiy ishlar bo'yicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti to'g'risida"gi Plenum qarorining 20-bandida tushuntirish berilganki, davlat boji bilan bog'liq masalalar bo'yicha qabul qilingan sud hujjatlari ustidan umumiy asoslarda shikoyat (protest) berilishi mumkin. Bunday shikoyatlar uchun davlat boji to'lanmaydi.
Normativ hujjat bilan tartibga solinishi lozim bo'lgan masala Plenum qarori bilan tartibga solinmoqda va "oq dog'" hamda taraflarni o'z majburiyatlarini bajarishdan bo'yin tovlashiga imkon beruvchi "tirqish"ni vujudga keltirmoqda. Sababi davlat boji katta miqdorda undirilgan ishlarda qabul qilingan sud hujjati ustidan shikoyat qilish moliyaviy sabablar tufayli qiyinlashsa yoki imk onsiz bo'lib qolsa yuqori instansiya sudlariga hal qiluv qarorining davlat boji undiruv qismidan shikoyat qilinishi mumkin bo'ladi. Bu esa, hal qiluv qarorining boshqa qismlari ham ko'rib chiqilishiga sabab bo'ladi. Sababi hal qiluv qarorining davlat boji qismi ustidan shikoyat qilinib, shikoyat davlat bojisiz ish yuritishga qabul qilinsa hal qiluv qarorining faqatgina davlat boji bilan bog'liq qismi ko'rib chiqilmaydi. Hal qiluv qarori to'liq ko'rib chiqilishiga va bekor qilinishiga hech qanday protsessual taqiq
y°'q.
Masalan, IPK 274-moddasiga ko'ra, sud ma'ruzadan keyin sud majlisiga kelgan ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlarini eshitadi, ular apellyatsiya shikoyatida (protestida) ko'rsatilmagan vajlarni keltirishga va qo'shimcha materiall ar taqdim etishga ham haqli.
IPK 276-moddasiga asosan esa, sud ishni apellyatsiya instansiyasida ko'rish chog'ida birinchi instantsiya sudi hal qiluv qarorining qonuniyligini va asosliligini tekshiradi. Sud yangi dalillarni tekshirishi va yangi faktlarni aniqlashi mumkin. Apellyatsiya instansiyasining sudi birinchi nstantsiya sudining hal qiluv qarorini to'liq hajmda tekshirishi shart.
IPK 299-moddasida sud ishni kassatsiya tartibida ko'rish chog'ida birinchi instansiya sudi hal qiluv qarorining qonuniyligi va asosliligini tekshirishi, yangi
Research BIB / Index Copernicus
dalillarni tekshirishi va yangi faktlami aniqlashi mumkinligi, kassatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini to'liq hajmda tekshirishi shartligi belgilangan.
Yoki hal qiluv qarorining boshqa qismlari ko'rib chiqilmasa ham sud qarorining ijrosi kechikishi va qarzdor vaqtdan yutishi mumkin. Bu esa qarzdorning o'z majburiyatlarini bajarishdan bo'yin tovlashiga, "vaqtdan yutish"iga o'ziga xos tirqish bo'lib xizmat qiladi.
Yuqorida ko'rib o'tilgan "oq dog'" va bir vaqtning o'zida "tirqish"ni bartaraf qilish maqsadida bu kabi masalalar normativ hujjat bilan tartibga solinishi lozimligi sababli Plenum qarorining ushbu bandini bekor qilish, yoki qarorning davlat boji undiruvi qismi ustidan shikoyat qilinganda davlat boji to'lanmasligi to'g'risida Qonunda ko'rsatib o'tish hamda davlat boji to'lamasdan qonunni aylanib o'tish holatlariga yo'l qo'ymaslik maqsadida qarorning davlat boji undiruvi qismi ustidan shikoyat qilinganda qarorning boshqa qismlari ko'rib chiqilmasligi to'g'risida norma kiritish lozim.
Sudlarda qanoatlantirilgan da'vo talablariga mos ravoishda davlat boji summasini hisoblab chiqishda kichik hajmdagi davlat boji summalarini hisob-kitob qilish bir qator chalkashliklarga, ijro qilishda ortiqcha sarf-xarajatlarga sabab bo'ladi. Eng kichik hajmdagi davlat boji ham ishni ko'rish yakuniga ko'ra qayta hisob-kitob qilinishi lozim bo'lib, bunday qilinmasa sud qarorining noto'g'ri chiqarilgan deb hisoblanishiga va o'zgartirilishiga sabab bo'ladi.
Masalan, Yuqorichirchiq tumanlararo iqtisodiy sudining ish yurituvidagi 4-1001-2328/47643-sonli iqtisodiy ish bo 'yicha O'zbekiston Savdo-sanoatpalatasi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi da'vogar "Agrobank" ATB manfaatida sudga da'vo arizasi bilan murojaat qilib, javobgar "MY-INSURANCE" aksiyadorlik jamiyati hisobidan ATB "Agrobank" foydasiga 2021 yil 1 apreldagi Tadbirkorlik xavfini sug'urta qilish bo'yicha tuzilgan 13/83/1-0007-sonli bosh sug'urta shartnomasi va shu raqamli sug'urta polisi talablariga asosan 24.200.000 so'm sug'urta tovonini undirishni so'ragan. Palata da'vo ariza bilan chiqqanligi sababli oldindan davlat boji to 'lab chiqilmagan. Sudning yakuniy hal qiluv qaroriga ko 'ra, javobgar "MY-INSURANCE" aksiyadorlik jamiyatidan Respublika budjetiga 483.982 so'm davlat boji, "Agrobank" ATBdan respublika budjetiga 18 so 'm davlat boji undirilgan.
V. Xy^oca
Yuqorida keltirilgan kamchiliklarni qonunchilikka o'zgartirishlar kiritish orqali bartaraf qilish mumkin bo'lib, bu orqali tadbirkorlik sub'ektlarining sud orqali huquq va manfaatlarini himoya qilish osonlashadi. Ortiqcha sarsongarchiliklarning oldi
Research BIB / Index Copernicus
olinib, tadbirkorlik sub'ektlariga qo'shimcha rag'batlar paydo bo'ladi hamda odil sud tizimiga bo'lgan ishonchlari yanada oshadi.
1. Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan belgilangan stavkaning yarmi miqdorida davlat bojini to'lashi bilan bog'liq yuzaga kelayotgan muammoning yechimi "Davlat boji to'g'risida"gi Qonunning ushbu qoidasiga aniqlik kiritilib, kichik tadbirkorlik sub'yektlari belgilangan davlat bojini yarmidan ko'p miqdorda to'laganlarida qanday huquqiy oqibat keltirib chiqarishi to'g'risidagi norma bilan to'ldirilishi lozim. Yoki alternativ tarzda normaning imperativ yoki dispozitiv huquqiy tabiat kasb etishi to'g'risida Plenum qarorida tushuntirish berib o'tilishi lozim.
2. Kichik tadbirkorlik sub'yektlari hisoblanuvchi da'vogarlar davlat boji imtiyozidan foydalanib bir foiz miqdorida davlat boji to'lab chiqqan holatlarda, agar da'vogardan qo'shimcha davlat boji undirilsa, davlat boji bir foiz yoki ikki foiz miqdorida undirilishi to'g'risida norma kiritish lozim. Yoki alternativ tarzda Plenum qarorida mazkur normalarni qanday qo'llanilishi to'g'risida tushuntirish berib o'tish lozim.
3. Bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida to'langan davlat bojini ishni ko'rish natijalari bo'yicha taqsimlashda yuzaga kelayotgan chalkashliklarning oldini olish maqsadida, bunday vaziyatlarda davlat bojini taqsimlashning aniq tartibini ishlab chiqish, qonunchilikda aks ettirish yoki Plenum qarorida tushuntirish berib o'tish lozim.
4. 9-moddada ko'rsatilgan imtiyozlar qaysi holatlarda amal qilishi va qaysi holatlarda qo'llab bo'lmasligi bilan bog'liq chalkashliklarning oldini olish maqsadida normativ hujjatda yoki Plenum qarorida taraflar 9-moddada ko'rsatilgan holatlardan va vakolatlaridan chetga chiqib ariza taqdim qilganlarida sudlar qanday harakat qilishlari lozimligi to'g'risida tushuntirish berilishi lozim.
5. Bazaviy hisoblash miqdoriga bog'lab qo'yilgan davlat boji miqdorlari sudga ariza taqdim qilingan kundagi BHMning miqdoridan kelib chiqilishi to'g'risida norma kiritish lozim.
6. Shunga ko'ra, sudlar amaliyotida chalkashliklarni oldini olish maqsadida qonunning ushbu moddasiga sudlarda harakat amalga oshirilgan kun sifatida qaror qabul qilingan kun tushunilishi lozimligi to'g'risida tushuntirish berilishi yoki qonun normasi bevosita o'zgartirilishi lozim.
7. Sudlar amaliyotida da'vo summasi valyutada ko'rsatilgan da'volar bo'yicha sud xarajatini undirishda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan chalkashliklarni oldini olish maqsadida qonunning 17- moddasiga sudlarda harakat amalga oshirilgan kun sifatida
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
Research BIB / Index Copernicus
qaror qabul qilingan kun yoki sudga da'vo taqdim qilingan kun tushunilishi lozimligi to'g'risida tushuntirish berilishi yoki qonun normasi bevosita o'zgartirilishi lozim.
8. Sudlar tomonidan "Davlat boji to'g'risida"gi Qonunning 18-moddasi analog bo'yicha qo'llanilayotganini inobatga olib, davlat bojini qaytarishga asos bo'luvchi holatlar mavjud bo'lsa va davlat boji da'vo taqdim qilishda oldindan to'lanmagan bo'lsa, davlat bojini qaytarishga asos bo'luvchi holatlar ishni ko'rish yakuniga ko'ra ham davlat bojini undirmaslikka asos bo'lishi to'g'risida norma kiritib o'tish lozim.
9. Sud qarorlarining davlat boji undiruvi qismi ustidan norozi bo'linib shikoyat qilinganda sudyalar tomonidan o'z vakolatlarini suiste'mol qilinishining oldini olish maqsadida qarorning boshqa qismlari ko'rib chiqilmasligi, yoki alternative tarzda sud qarorlarining davlat boji undiruvi qismi ustidan norozi bo'linib shikoyat qilinganda umumiy asoslarda davlat boji to'lanishi kerakligi to'g'risida norma kiritish lozim.
10. Sud xarajatlarini taraflar o'rtasida taqsimlashda, sud qarorlarini ijro qilishda otiqcha sarf-xarajatlarning oldini olish, sudyalarga yengillik yaratish maqsadida kichik hajmdagi davlat boji taraflar o'rtasida taqsimlanmasligi va undirilmasligi to'g'risida norma kiritish lozim.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)
1. Y36eKHCTOH PecnyönHKacHHHHr "^aBnar 6O^H TyrpHCHga"rH ^OHyHn - ^OHyH xy^^araapn MatnyMOTnapn mh^hkh 6a3acn - https://lex.uz/;
2. Y36eKHCTOH PecnyönHKacn HKTHCogHH cygnapnga gaBnar öo^napHHH yHgnpnm MeTogonornacHHHHr y3nra xoc xycycntfraapn, HypnggnHOB ^acyp -https://cyberleninka.ru/article/n/zbekiston-respublikasi-i-tisodiy-sudlarida-davlat-bozhlarini-undirish-metodologiyasining-ziga-hos-hususiyatlari;
3. Y36eKHCTOH PecnyônuKacn H^THCognô cygnapnga gaBnar 6o^h TynoBnapnHH yHgHpnmHHHr y3nra xoc xycycH^raapu, HypnggnHOB ^acyp - https://modernedu-dv.com/index.php/dv/article/download/60/58/117;
4. Y36eKHCTOH PecnyônuKacu HKTHCogHH cygnapnga noHTa Ba внgеoкoн^еpенцaпoкa xapa^araapnHn yнgнpнmнннг y3nra xoc xycycntfraapn, HypnggnHOB ^acyp - https : //www.newj ournal .org/index. php/01 /articl e/view/15579;
5. Cyg xapa^araapn Tapnxn, HypnggnHOB ^acyp -http://pedagoglar.org/index.php/03/article/download/4368/3981/7832;
6. HKracognH cygnapga cyg xapa^araapnHn yHgnpnrn Macananapn, HypnggnHOB ^acyp - https://pedagoglar.org/index.php/04/article/download/4369/3982/7834;
7. HKracOgnö cygnapga cyg xapa^araapnHn yHgnpnrn MacananapnHnHr ncraKSOnnapn, HypnggnHOB ^acyp -https: //www.newj ournal. org/index.php/01 /article/view/15579;