Научная статья на тему 'О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI JAXON SAN’AT ARENASIDA'

О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI JAXON SAN’AT ARENASIDA Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
27
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
madaniyat / san’at / milliy mintalitet / hamkorlik / tajriba / aloqa / davlat / malaka / faoliyat

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Shokir Yusupov

Mazkur maqolada О‘zbekiston san’at va madaniyat instituti Janubiy Korea respublikasining bir necha oliy о‘quv yurtlari bilan hamkorlik aloqalari yо‘lga qо‘yilganligi, Janubiy Koreaning Dong-AX mediya va san’at kolleji, Korea Honam Link sanoat tadbirkorligi xamkorligi universiteti, Korea davlat san’at universiteti, Induk-Yuniversiti, Sungshin Yuniversiti, Suncheon Jeil kollejlari bilan tuzilgan memorandumlar asosida pedagok kadrlarni malakasini oshirish talabalarning ana shu universitetlarga borib ta’lim olishlari yо‘lga qо‘yilishi haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI JAXON SAN’AT ARENASIDA»

O'ZBEKISTON DAVLAT SAN'AT VA MADANIYAT INSTITUTI JAXON

SAN'AT ARENASIDA

Shokir Yusupov O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

Annotatsiya: Mazkur maqolada O'zbekiston san'at va madaniyat instituti Janubiy Korea respublikasining bir necha oliy o'quv yurtlari bilan hamkorlik aloqalari yo'lga qo'yilganligi, Janubiy Koreaning Dong-AX mediya va san'at kolleji, Korea Honam Link sanoat tadbirkorligi xamkorligi universiteti, Korea davlat san'at universiteti, Induk-Yuniversiti, Sungshin Yuniversiti, Suncheon Jeil kollejlari bilan tuzilgan memorandumlar asosida pedagok kadrlarni malakasini oshirish talabalarning ana shu universitetlarga borib ta'lim olishlari yo'lga qo'yilishi haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: madaniyat, san'at, milliy mintalitet, hamkorlik, tajriba, aloqa, davlat, malaka, faoliyat

UZBEKISTAN STATE INSTITUTE OF ART AND CULTURE AT THE

WORLD ART ARENA

Shakir Yusupov Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: In this article, the Institute of Art and Culture of Uzbekistan has established cooperation relations with several higher educational institutions of the Republic of South Korea, Dong-AX Media and Art College of South Korea, Korea Honam Link industrial entrepreneurship. cooperation university, Korea State University of Arts, Induk-Yuniversity, Sungshin University, Suncheon Jail College, based on the memorandums, it is thought that the students will go to these universities for training of pedagogical personnel.

Keywords: culture, art, national mentality, cooperation, experience, communication, state, competence, activity

O'zbekiston va Janubiy Korea davlatlari geografik jihatidan bir biridan uzoq joylashgan bo'lsa-da, ularni uzoq yillik do'stlik va manfaatli hamkorlik rishtalari o'zaro bog'lab turadi. Ikki xalqning san'ati, madaniyati, milliy mentoliteti va xalqlarning mexnatsevarligida o'xshashlik, bir biriga yaqinlik mavjud. Vatanimiz mustaqilligini Osiyo tinch okeani mintaqa mamlakatlari ichida birinchilar qatori Janubiy Koreya respublikasi tan olib, 1992-yilning 29-dekabr sanasida ikki davlat o'rtasida diplomatik aloqa o'rnatildi. Shu vaqtgacha bu ikki davlat o'rtasida ijtimoiy

siyosiy, madaniy, marifiy aloqalar o'rnatilib, bugunki kunda u yangi bosqichga ko'tarilmoqda. 2012-yilning oktabr oyida Toshkent shaxrida bo'lib o'tgan forumda poytaxtimizda faoliyat ko'rsatayotgan Inxa instituti rektori Pak Chun Be qo'yidagi fikrlarni bayon qilgan edi. "O'zbekiston bizni xalqaro munosabatlarda ko'p jixatlarda ko'llab-quvvatlab kelmoqda. Buyuk Ipak Yo'lining muxim chorraxasida joylashgan bu mamlakat Sharq va G'arb o'rtasidagi madaniy aloqalarning rivojiga katta xissa qo'shgani, Samarqanddagi tarixiy devor su'ratlarda yaqqol namoyon ko'rinib turibti. Bundan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, bizning o'tmishimiz, ajdodlarimiz o'zbek yeriga bundan 1400-yil ilgari xam kelishgan, ikki davlat o'rtasida muxim aloqalar mavjud bo'lgan"

Xozirgi kunda ikki davlat o'rtasida Fan, ta'lim va madaniyat sohalaridagi hamkorliklar faol rivojlanmoqda. 1992-yildan O'zbekistonda Koreya Respublikasining O'zbekistondagi elchixonasi qoshida koreys ma'rifat markazi faoliyat yuritayotgan bo'lib, unda 1000 dan ortiq kishi har yili koreys tilini o'rganmoqda. Bundan tashqari, koreys tili O'zbekistonning 22 ta maktab va kollejida va 5 ta oliy o'quv yurtida o'qitiladi (uchta oliy o'quv yurtida koreys tiliga ixtisoslashgan kafedra mavjud). Bundan tashqari Seuldagi xorijiy tadqiqotlar Koreys universitetida koreys talabalari koreys tilini o'rganishi mumkin bo'lgan Markaziy Osiyo tadqiqotlari kafedrasi ochilgan. Natijada qo'shma ilmiy loyihalar amalga oshirilmoqda. O'zbekistonning televizion kanallarida Janubiy Koreya kino ijodkorlar suratga olgan ko'plab film va seriallar allaqachon yurtimizda o'z muxlislariga ega bo'lgan. Ulardan "Qish sonatasi", "Egizaklar", "Jumong", "Saroy javoxiri" va boshqa ko'plab filmlarni sanab o'tishimiz mumkin. Ijodiy jamoalar bo'yicha doimo almashinuvaloqalari amalga oshiriladi.

Qisqa vaqt mobaynida ikki davlat o'rtasida ko'plab tibbiyot, sayyoxlik, fan-ta'lim va madaniyat kabi ko'plab soxalarda kelishuvlarga erishildi. Respublikamiz poytaxti Toshkentda Janubiy Koreaning bir necha o'nlab yirik institutlarining filiallari ochildi. O'zaro talabalar almashinuvi, pedagok kadrlarni tayyorlash soxasida ham muhim burilish nuqtasi bo'lmoqda.

O'zbekiston san'at va madaniyat instituti ham Janubiy Koreaning bir necha oliy o'quv yurtlari bilan xamkorlik aloqalarini o'rnatib, san'at va madaniyat soxasida yetarlicha tajribaga ega bo'ldi. Masalan Janubiy Koreaning Dong-AX mediya va san'at kolleji, Korea Honam Link sanoat tadbirkorligi xamkorligi universiteti, Korea davlat san'at universiteti, Induk-Yuniversiti, Sungshin Yuniversiti, Suncheon Jeil Kolledjlari bilan tuzilgan memorandumlar asosida pedagok kadrlarni malakasini oshirish talabalarning ana shu universitetlarga borib ta'lim olishlari yo'lga qo'yilishini yuqori baxolash mumkin. Ushbu san'at oliygoxlari xaqida gapirar ekanmiz, masalan Dong-AX mediya va san'at kolleji Kyongido provinsiyasining Ansun shaxrida joylashgan bo'lib, u asosan media-dizayn soxasida mutaxasislarni tayyorlaydi. Kollejning o'ziga

xos tamonlari shundan iboratki, bu yerda teleradio soxa xodimlarini, ayniqsa texnik xodimlarni tayyorlaydi. Bundan tashqari ekranda aktyorlik mahoratini o'rgatuvchi kafedra maxsus texnik jixozlar bilan ta'minlangan bo'lib, talabalar kamera oldida yoki mikrofon oldida qanday rol ijro etishlari o'rgatiladi. Bundan tashqari Korea milliy san'ati ijrochilari xam tayyorlanadi. Bu kollej bilan O'zDSMIining hamkorligi kelgusida teleradio, kino va teatr soxasidagi kadrlarni yetishtirishda o'zining alohida axamiyatiga ega bo'ladi.

Shunday oliy ta'lim maskanlaridan yana biri Korea davlat san'at universitetidir. Koreya Milliy San'at Universiteti 1993-yilda Koreya Madaniyat, sport va turizm vazirligi tomonidan yagona milliy san'at universiteti sifatida tashkil etilgan bo'lib, u san'atkorlarni tayyorlaydigan yetakchi muassasa bo'lib xizmat qilish va (K-ARTS) hisoblanadi. Seuldagi yagona yirik milliy san'at universiteti, Janubiy KoreY. 1990 yilda Koreya Madaniyat va turizm vazirligi «o'n yillik madaniy rivojlanish loyihasi»ni e'lon qildi va Milliy san'at institutini yaratish ushbu loyihaning muhim sharti edi. 1980-yillarning boshlariga qadar Koreyada o'zining butun o'quv dasturini badiiy ijodga bag'ishlaydigan maxsus universitet yo'q edi. Shu bois, ijodiy izlanishlarini kasbiy ta'lim orqali davom ettirish istagida bo'lgan ko'plab ijodkorlar xorijga ketishdi. 1993 yilda Milliy san'at universitetining tashkil etilganligi to'g'risidagi e'lon Koreyadagi san'atning gullab-yashnashida muhim jarayonlardan biri bo'ldi. Bu Osiyodagi yagona milliy universitet bo'lib, faqat iste'dodli yosh rassomlarni, barcha badiiy janrlarda kasblar uchun tayyorlashga bag'ishlangan. Koreya Milliy San'at Universiteti musiqa, raqs, teatr, kino, televideniye, animatsiya, tasviriy san'at, dizayn, me'morchilik va koreys an'anaviy san'ati kabi san'atning barcha yo'nalishlarini qamrab oladi. Universitet oltita mustaqil, lekin bir-biriga bog'langan maktablardan iborat: musiqa maktabi, drama maktabi, kino, televideniye va multimedia maktabi, raqs maktabi, tasviriy san'at maktabi va koreys an'anaviy san'ati maktabi. K-ARTS istiqbolli yosh talabalar uchun erta bolalik ta'lim dasturini taqdim etuvchi bakalavriat va magistratura dasturlarini taklif etadi. 2003 yil holatiga ko'ra, K-ARTSda taxminan 2600 talaba tahsil oladi va 730 dan ortiq professor va o'qituvchilar zamonaviy studiya va sinflarda dars beradi.

Ana shu aloqalar natijasi o'laroq bugungi kunda O'zDSMI qoshida 2023 yil institut rektor vazifasini bajaruvchi Shermanov Eldor Uralovich tashabbusi bilan Korea madaniyat markazi ochildi. Mazkur markazda korealik pedagoglar, institutning talaba va professor-o'qituvchilariga koreys tilidan saboq berib kelmoqda. Shu bilan birgalikda markaz qoshidagi kutubxonada ko'plab Korea respublikasi san'ati, madaniyati, tarixiga oid kitoblar mavjuddir. Ayniqsa koreys tilini o'rganuvchi talabalar uchun alohida adabiyotlar bilan to'ldirilgan. Ta'lim soxasini yanada rivojlantirish va mukammalashtirish maqsadida O'zDSMI magistraturasida 3 nafar korealik magistr talabalar taxsil olmoqda.

Umuman O'zDSMI professor-o'qituchilari va talaba yoshlari bilan birgalikda 2012 yildan to 2023 yilga qadar Janubiy Koreaning milliy va tarixiy bayramlariga oid bir qator festivallar o'tkazildi. Koreadan kelgan oliy ta'lim vakillari va delegatsiyalari kutib olindi. Ana shu hamkorliklar natijasi o'laroq, institutning "Sahna xarakati" kafedrasida Janubiy Koreyalik professor Xan Alam xonim 3 yil mobaynida talabalarga raqs san'atidan dars berib kelmoqda. Kuni kecha institut o'quv teatri binosida "Ariran dovonidan birga o'tamiz" deb nomlangan konsert namoshiy etildi. Unda Janubiy Koreaning O'zbekistondagi elchixonasi, madaniy markaz vakillari, madaniyat, sport, turizm vazirlik xodimlari ishtirok etishdi. Uch yil mobaynida o'zbek talabalari bilan koreys raqs san'ati borasida ish olib borgan Xan Alam xonim Korea mustaqilligi uchun xarakat mavzuyida raqs nomerlarini ko'rsatdi. Birinchi raqs "Mening sevimli Koreyam" deb nomlangan bo'lib, unda Korea mustaqilligi yo'lida umr yo'ldoshini yo'qotgan ayol taqdiri ko'rsatilgan. Ikkinchi raqsda esa Primorye o'lkasida mustaqilliq uchun kurash aks ettirilgan. Uchinchi raqsda Rossiya xududida yashagan Koreys xalqining poyezd orqali o'z yurtiga deportatsiya qilingani ko'rsatilgan bo'lsa, keyingi raqsda O'zbekistonga kelgan koreys milliati vakillarining xayoti aks ettirilgan. Keying sahnaviy raqsda o'zga yurtlarda yashash uchun umid, xayotning boshlanishi mavzularida raqslar namoish etildi. Ayniqsa "biz yangi yerda yangi xayot boshladik" deb nomlangan raqsda millat dardini yengib o'tishda "Ariran"ning axamiyati qanchalik muxim ekanligi ko'rsatilgan. Koreya xalqi uchun "Ariran" qo'shig'ining qanchalik axamiyatga ega ekanini tomoshabinlar namoyish etilgan konsert davomida anglab olishdi. Shu o'rinda qisqacha "Ariran" xaqida.

"Ariran" - Koreyaning norasmiy madhiyasi xisoblanadi. Bu nafaqat Janubiy Koreya va Shimoliy Koreyadagi eng sevimli qo'shiqdir. 1910 yildan 1945 yilgacha Yaponiyaning Koreyani bosib olishi davrida "Arirang" qarshilik madhiyasiga aylandi. Tarixiy manbalarda keltirilishicha, Koreyalik namoyishchilar 1919-yilda Yaponiya bosqiniga qarshi namoyishda "Ariran" qo'shig'ini kuylashdi. Shundan beri xar yili Janubiy Koreada "Ariran" qo'shiq festivallari o'tkaziladi. Bo'lib o'tgan konsertda O'zDSMIning san'at fakulteti talabalari Soy Mariya, Zoirov Mirzoxid, Abduhalilov Asadbek, Kan Snejanna, Bozorov Feruz, Rustamaliyev Og'abek, Oripova Sabina, Islomova Farangizlar koreys raqs san'atini moxirona namoish etishdi. Bundan tashqari konserda O'zbekistonda faoliyat ko'rsatayotgan madaniyat markazining yosh do'mbirachilari o'ziga xos mahorat bilan ko'ylar ijro etishdi.

Biz xareograf, pedagok Xan Alam bilan suxbatlashgan chog'imizda u institutda o'zbek talabalari bilan muvaffaqiyatli ish olib borayotgani, talantli talabalar nafaqat koreys balki boshqa jaxon raqslarini ham o'zlashtirayotgani dunyo tajribalari ularga singdirilayotganini xayajon bilan so'zlab berdi. Konsertga yig'ilgan barcha institutning professor- o'qituvchilari, talabalar va mehmonlar konsert dasturini yuqori baxolab, ijrochi yoshlarni qarsaklar bilan olqishladi. Bu o'ziga xos xisobot konserti bundan

keyin ham davom etishini ikki xalq o'rtasidagi madaniyat, san'at, ayniqsa raqs san'ati orqali bir birlarini so'zsiz tushunishga olib kelinishi ta'qidlandi.

O'zbekiston va Janubiy Korea munosabatlari xar ikki tomon manfaatlariga mos ravishda mutassil rivojlanib bormoqda. Korealik tadbirkor va ishbilarmonlar va ko'plab san'at axli bu munosabatlarni amaliy qo'llab-quvvatlamoqda. Bunda vatanimizdagi 180 mingdan ziyod nufuzli koreys diasparasi o'zining munosib hissasini qo'shmoqda. O'tgan 80 yil mobaynida xalqimiz o'zining mexmondo'stlik, bag'rikenglik kabi ezgu fazilatlarini namoyon etib, koreys millatiga mansub kishilar bilan axil inoqlikda yashadilar, endilikda ularni yagona vatan, yagona ulug' maqsad birlashtirib turadi degan umiddamiz.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. V.S Xan "Koreya Tarixi". "Baktriya Press" Toshkent-2013.

2. adolatgzt.uz. I.Xamroyev. O'zbekiston-Janubiy Koreya: Manfaatli hamkorlikning yangi saxifalari.

3. World.uz. Koreyskiy natsionalniy universitet iskusstv.

4. Koreyskoye klassicheskoye iskusstvo. Sbornik statey. Izdatelstvo «nauka» glavnaya redaksiya vostochnoy literaturi. Moskva 1972. Sostavitel L. I. KIREYEVA

5. Professor Xan Alam bilan bo'lib o'tgan suxbat.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.