Научная статья на тему 'Janubiy Koreyada ta’lim tizimi va rivojlanish tarixi'

Janubiy Koreyada ta’lim tizimi va rivojlanish tarixi Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
3595
198
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
Koreya / ta’lim tizimi / ta’limning rivojlanishi / Kores tili / xususiy maktablari / koreya-yaponiya urushi

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Najmiddin Nizomiddin O’g’li Kamolov

Maqolada Janubiy Kareyada ta’limniing kelib chiqishi uning rivojlanish tarixi, tarixiy yaponiya-koreya urushidan cheklanishi va ikkinchi jahon urushidan so’ng uning rivojlanishi, IQ darajasi oshishi va uning rivojini haqida ishlari olib boriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Janubiy Koreyada ta’lim tizimi va rivojlanish tarixi»

Janubiy Koreyada ta'lim tizimi va rivojlanish tarixi

Najmiddin Nizomiddin o'g'li Kamolov Alisher Navoiy nomidagi o'zbek tili va adabiyot universituti

Annotatsiya: Maqolada Janubiy Kareyada ta'limniing kelib chiqishi uning rivojlanish tarixi, tarixiy yaponiya-koreya urushidan cheklanishi va ikkinchi jahon urushidan so'ng uning rivojlanishi, IQ darajasi oshishi va uning rivojini haqida ishlari olib boriladi.

Kalit so'zlar: Koreya, ta'lim tizimi, ta'limning rivojlanishi, Kores tili, xususiy maktablari, koreya-yaponiya urushi

Education system and history of development in South Korea

Najmuddin Nizamuddin oglu Kamolov Uzbek Language and Literature University named after Alisher Navoi

Abstract: The article deals with the history of the origin of education in South Korea, its limitations due to the historical Japanese-Korean War and its development after the Second World War, the increase in IQ and its development.

Keywords: Korea, education system, development of education, Korean language, private schools, Korean-Japanese war

Koreyada ta 'lim tizimi qanday kelib chiqishi?

Koreyaning zamonaviy ta'lim tizimi rasman Yaponiya mustamlakasidan ozod bo'lgan 1945-yildan boshlangan. Ammo kengroq qaraydigan bo'lsak, koreyslarda ta'lim tizimi 1894-yilgi islohotlardan keyin yuzaga kelgan, deyish mumkin.[1], [2] 1881-yili Koreyadagi Choson xukumati mamlakat xavfsizligini kuchaytirish maqsadida maxsus armiya tuzadi va g'arbliklar harbiy san'atdan dars bera boshladilar.Bu o'z navbatida chet tili va boshqa fanlar ta'limini yuzaga kelishini ta'minladi. Garchi 1882 yili maxsus qo'shin uchun darslar to'xtab qolgan bo'lsa-da, bir qancha amaliy fanlar darsi davom etaverdi.[1-3] Bu davrda asta-sekinlik bilan Gvangxevon, Bejexakdan, Ixvaxakdan kabi shaxsiy ta'lim muassasalari ham vujudga kelib boshladi va keyinchalik universitetlar uchun asos bo'lib xizmat qildi.[4]

Ta'lim tizimini rivojlanishi

1894-yili shaxsiy bilim maskanlari birlashtirilib, mamlakat ta'lim tizimini boshqaruvchi institut tashkil etildi. Shu bilan birga 1895-yildan boshlang'ich maktablar va maktab uchun kadrlar tayyorlaydigan pedagogika maktablari tuzildi.

Bundan tashqari bir qancha xususiy maktablar ochilib, 1900-yilda ular faoliyatini tartibga solib turadigan «Xususiy maktablar to'g'risidagi qonun» qabul qilindi. 1910-yili Koreya va Yaponiya o'rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq Koreya Yaponiyaning rasman mustamlakasiga aylantirildi. Natijada bu mamlakat ta'lim tizimiga ham katta ta'sir ko'rsatdi. Yapon mustamlakachilari Koreyaning ta'lim tizimini keskin o'zgartirish yo'lidan bordi va xususiy maktablar faoliyati cheklab qo'yildi. Bu davrda 1911-yil 23-avgustda qabul qilingan «1-Choson ta'lim buyrug'i» amal qildi. Unga ko'ra, koreys va yapon fuqarolarining farqli ta'lim siyosati olib borildi. Ya'ni, maxalliy xalq faqat 4 yil mobaynida boshlang'ich ta'lim olar, o'rta va oliy ta'lim berilmas edi. Bu yapon mustamlakachiligining uzoq o'ylangan rejalari qatoriga kirardi. Ammo 1919-yili boshlangan norozilik harakatlari oqibatida Yaponiya xukumati biroz yon berishga majbur bo'ldi va buyruqqa o'zgartirish kiritib, boshlang'ich ta'lim 4 yildan 6 yilga uzaytirildi. 1922-yil 4-fervralda «2-Choson ta'lim buyrug'i» qabul qilindi. Bu buyruqqa ko'ra, ta'lim muddatlari uzaytirildi. Ya'ni, oddiy maktablarda ta'lim 6 yil, ayollar maktablarida esa 5 yil etib belgilandi. Shuningdek, asta-sekinlik bilan universitetlar ham paydo bo'la boshladi. Jumladan, 1924-yili Kyongson Davlat Universiteti ochildi. O'sha yili Xitoy-Yaponiya urushi boshlanishi munosabati bilan mustamlaka Koreyada nazorat yanada kuchaytirildi. [4][5][6]

Kores tilini nima uchun inqirozga yuz tutdi?

Oddiy maktablar va boshlang'ich maktablar, yuqori va o'rta maktablar birlashtirildi. Koreys tili fanlari kamaytirilib, imperiya xalq demokratiyasi fani kiritildi. 1943-yil 3-avgustda «4-Choson ta'lim buyrug'i» imzolandi va yapon mustamlakachiligining ta'lim soxasidagi zo'ravonligi kuchaydi. Jumladan, o'rta va yuqori maktabalarda ta'lim 4 yilgacha kamaytirilib, koreys tili fani dasturdan olib tashlandi. Uning o'rniga yapon tili darslari kiritildi. [5] Koreyani yoppasiga savodsizga aylantirish siyosati natijasi o'laroq, 1944-yilgi Koreya umumiy Arxiv qo'mitasi ma'lumotlariga qaraganda o'sha paytda Koreyaning savodxonlik darajasi bor-yo'g'i 13, 8%ni tashkil etgan. 1945-yili Ikkinchi Jahon urushi bilan birga Koreyadgi Yaponiya mustamlakachiligi ham tugadi. Endilikda Koreada tabiiyki boshqa soxalar qatori ta'lim tizimini o'zgartirish vazifasi turardi. Eng avvalo «Ta'limni rivojlantirish qo'mitasi» tashkil etildi va qo'mita oldiga darsliklar yaratish majburiyati qo'yildi. Ta'lim tizimi tadqiq etilishi davom ettirilib, axloq, etika, texnikaga oid fanlar kiritildi. 1963-yillardan boshlab esa ta'lim tizimida tabiiy va ijtimoiy fanlarga e'tibor kuchaydi. 1981-yili Prezident Chon Du Xvan mamlakatda shaxsiy ta'lim berish va xususiy ta'lim maskanlari faoliyatini qonunan ta'qiqlab qo'ydi. Lekin maktabda mustaqil shug'ullanish uchun imkoniyatlar yaratib berdi. 1992-yilga kelib esa boshlang'ich maktablar faoliyati yanada rivojlanishi uchun xukumat tomonidan bir qancha imtiyozlar yaratildi.

Zamonaviy Koreya ta 'lim tizimi

Zamonaviy Koreya ta'lim tizimida boshlang'ich maktablarning roli muhim. Koreyada boshlang'ich ta'lim uchun o'quv yilida 1 martga qadar 6 yoshdan yuqori bo'lgan bolalar qabul qilinadi. Lekin 5 yoshli bolalar ham o'qishga kirishga xuquqli bo'lib, buning uchun maktab mas'ul shaxsining ruxsatnomasini olishi lozim bo'ladi. [4] O'quv yili esa 1-mart Koreya respublikasida davlat bayrami munosabati bilan 2 martdan boshlanadi. 6 yil davom etadigan boshlang'ich ta'lim majburiy etib belgilangan. Boshlang'ich ta'limda 1 yil ikki semestrga bo'lingan holda olib boriladi. Boshlang'ich ta'limdan keyingi «zinapoya» vazifasini o'rta ta'lim bajaradi. O'rta ta'lim Koreya respublikasida 3 yil davom etadi. O'rta ta'lim ham majburiy bo'lib, bir o'quv yili 1 martdan keyingi yil mart oyiga qadar davom etadi. Darslar 45 daqiqadan etib belgilangan bo'lib, bir yilda 1222 soatni tashkil etadi. [4][5][6] O'rta ta'lim maktablarida davlat tili, axloq, ijtimoiy fan, matematika, jismoniy tarbiya, musiqa, san'at, chet tili kabi 10 ga yaqin fanlar o'qitiladi. Shuningdek, o'rta maktabda o'quvchi uchun tanlov fanlar mavjud. Bular qatoriga axborot, chet tili (ko'pincha nemis, fransuz, ispan, xitoy, yapon, rus, arab tillari) kabilarni kiritish mumkin. O'rta maktab tugatilgach yuqori maktablarda ta'lim davom ettiriladi. Yuqori maktablar bir necha turlarga bo'linadi: davlat yuqori maktablari (Koreya Ta'lim va Texnika fanlari vazirligi, Madaniyat, Jismoniy tarbiya va sayyohlik vazirligi boshqaradi), Umumiy yuqori maktablar (Har bir viloyatdagi yuqori tashkilotlar tomonidan boshqariladi), xususiy yuqori maktablar. Shuningdek, yuqori maktablar o'qitish fanlariga ko'ra ham bir qancha turlarga bo'linadi: umumiy maktablar, ixtisoslashtirilgan maktablar (qishloq xo'jaligi, sanoat, dengiz xo'jaligi, axborot), maxsus maktablar (litsey shaklidagi maktab), texnika maktablari, chet tili maktabi, jismoniy tarbiya maktabi, san'at maktablari. Koreya Respublikasida Ta'lim vazirligi maxsus tashkil etgan yuqori maktablar ham bor. Bular asosan qishloq xo'jaligi, baliqchilik, sanoat, xalqaro tillarga ixtisoslashgan bo'ladi.[7]

IQ reytingida dunyoda yetakchilardan bo 'lish siri nimada?

Bugungi kunda dunyoda ta'limga e'tibor har qachongidanda yuqori. Boisi, davlat kelajagi uchun yoshlarning ilmli bo'lishi o'ta muhim masala. Bunga Janubiy Koreya ta'lim tizimini yaqqol misol qilib keltirish mumkin. Janubiy Koreya ta'lim tizimi dunyodagi eng yaxshilaridan biri hisoblanadi. Buni koreys xalqining o'qish va hisoblash qobiliyati, ya'ni matematikaga oid bilimlari yuqoriligidan ham bilish mumkin. Qolaversa, intellektuallik koeffitsiyenti (ing. intelligence quotient, qisqartma nomi IQ), odamning turli test uslublari asosida aniqlanadigan aqliy rivojlanish ko'rsatkichi, bilim saviyasi bo'yicha dunyoda 2-o'rinda turadi.[6]

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Pedagogika tarixi, A. Zunnunov, "Sharq" nashriyoti, Toshkent-2004, 332-bet

2. Pedagogika tarixidan xrestomiya, "Husanxoljayev M.. Toshkent-1963, 130-

bet.

3. Pedagog va amalyot, Janet Soler, Keti Xoll, Patrisiya Merfi, ingliz tili, SAGE nashri, 2012 yil, 21-iyun, 232-bet

4. Education Fever Society, Politics, and the Pursuit of Schooling in South Korea, University of Hawaii Press nashriyoti, Inglizcha, 30-sentabr, 2002

5. Oltmish yillik Koreya ta'limi, Chong Jae Li, Seul milliy universiteti matbuoti, Koreyscha, 2010-yil

6. Janubiy Koreyaning ta'limdan chiqishi, Vashington universiteti matbuoti, Inglizcha, Adrien Lo, Nensi Abelmann, Su Ah Kvon, Sumi Okazaki, 2017 yil

7. Yaponiya va Koreyada ta'limni qayta baholash, Teylor va Frensis, Inglizcha, 168-bet, Elektron kitob, Xyonjon bog'i, , 2013 yil 18 iyul

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.