Научная статья на тему 'O‘ZBEK ZAMONAVIY SHE‘RIYATIDA FOJIAVIYLIK MAVZUSI (Halima Ahmedova, Zebo Mirzo, Nodira Afoqova ijodida )'

O‘ZBEK ZAMONAVIY SHE‘RIYATIDA FOJIAVIYLIK MAVZUSI (Halima Ahmedova, Zebo Mirzo, Nodira Afoqova ijodida ) Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
202
41
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O„zbek she‟riyati / o„zbek ayol shoiralari she‟rlari tahlili / fojiaviylik / lirikada fojiaviyllik / fojiaviylik mavzusi talqini / lirik qahramon / ichki kechinma.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — D.V.Abdusalomova

Maqolada o„zbek ayol shoiralarimiz ijodidagi fojiaviylik ko„lami o„rganilgan va umumiy jihatlari yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK ZAMONAVIY SHE‘RIYATIDA FOJIAVIYLIK MAVZUSI (Halima Ahmedova, Zebo Mirzo, Nodira Afoqova ijodida )»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 8 |August, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-8-35-39

O'ZBEK ZAMONAVIY SHE'RIYATIDA FOJIAVIYLIK MAVZUSI (Halima Ahmedova, Zebo Mirzo, Nodira Afoqova ijodida )

D.V.Abdusalomova

Andijon shahar 13-sonli ixtisoslashgan davlat umumta'lim maktabi ona tili va

adabiyot fani o'qituvchisi E-mail: abdusalomovadurdona0@gmail .com

ANNOTATSIYA

Maqolada o'zbek ayol shoiralarimiz ijodidagi fojiaviylik ko'lami o'rganilgan va umumiy jihatlari yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: O'zbek she'riyati, o'zbek ayol shoiralari she'rlari tahlili, fojiaviylik, lirikada fojiaviyllik, fojiaviylik mavzusi talqini, lirik qahramon, ichki kechinma.

ABSTRACT

The article examines the extent of tragedy in the work of our Uzbek female poets and highlights its general aspects.

Keywords: Uzbek poetry, analysis of poems by Uzbek female poets, tragedy, tragedy in lyrics, interpretation of the theme of tragedy, lyrical hero, inner experience.

KIRISH

Hozirgi kunda o'zbek adabiyoti maydonida ko'plab qalami hissiyot siyohiga qongan, she'rlari muhabbat sharobi mastligidan yaratilgan shoir-u shoiralar ko'p. Halima Ahmedova, Zebo Mirzo, Nodira Afoqova kabi shoiralar ana shunday ijodkorlardan hisoblanadi. Ularning asarlarini o'qir ekansiz beixtiyor she'rlaridagi g'am-alamning dardkashiga aylanasiz, qalbingiz to'rida yashirinib yotgan hissiyotlar jo'shqinlashgandek bo'ladi. Adabiyot ulug' bir bo'ston bo'lsa, she'riyat gulistonida har bulbul o'ziga xos honish aylaydi. H.Ahmedova ijodi o'zining takrorlanmas o'xshatishlarga boyligi, muhabbatni taqdir tuhfasi ekanligiga ishontira olishi bilan she'riyat ixlosmandlarini maftun etadi. Uning she'rlarida o'xshatish, qiyos qo'llanmagan satr yo'qdek. Bu qiyos va o'xshatishlar hali hech qaysi ijodkor asarida qo'llanmagani bilan birgalikda o'zida juda katta ma'no ifodalashi bilan hayratga soladi. Uning har bir satrida o'zgachalikni, hali hech bir asarda uchratilmagan jo'shqinlikni va hissiyot jozibasini ko'rasiz. Bir so'z bilan aytganda, shoira nigohi faqat va faqat qalb atalmish makon tomon qaratilgan. U qalbni "nigoh qiblasi" deb biladi. H.Ahmedova she'rlarida mungli nola, bitmas dard sababchisi hamisha

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 8 |August, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-8-35-39

muhabbatdir. Uning iztirobga yo'g'rilgan she'rlari har qamday "yuragi" bor insonning hislarini junbishga soladi, ularga jo'shqinlik baxsh eta oladi. She'larda asosiy vazifa lirik qahramonga yuklatiladi. U yig'laydi, "oh" chekadi, g'am-alamning girdobida yashaydi ... Halima Ahmad:

Qayg'u daraxtlari gullab bo'ldilar, Yulduzlar to'kildi bargi hazonday. Ufq - ishqdan haydalgan yolg'iz ayolning Sirdosh yuragidan tomchilar qonday, Seni unutaman...1

Daraxtning turi ko'p, uning nomi nima yetishtirishiga ishora qiladi odatda. Qayg'u daraxtlari g'am-alamdan bo'lak nimani yetishtirib berishi mumkin? Tunda osmon yulduzlari bilan go'zal, yulduzga boy osmon muhabbat oshyoniga mengzaladi. Yulduzlari to'kilgani-chi? Xazonrezgi pallasi-kuzning chang-to'zonga botgan, inson ruhiyatiga horg'inlik, tushkunlik bag'ishlovchi oni hisoblanadi. Balki shu sabab she'riyatda kuz yoki xazonrezgi inson umrining og'ir damiga yoki so'nggiga ishora sifatida qo'llanadi. Ijodkor ayni shu ikki vaziyatni- yulduzsiz osmon hamda xazonrezgi paytini she'rning ayni bir bandiga jo eta oladi. Va shu orqali lirik qahramon ruhiyatidagi fojiaviylikka, tushkunlikka ishora qiladi. Zebo Mirzo: Vujudim daraxtin yiqitgan qayg'u

Yoding umididan ingraydi betob. Dardingda

Yuragim oltin qayig'-u, Qalqiydi

bir telba dengizda shitob!.. Bemakon manzillar sargardonida Befarah cho'kadi Umr degan shom.

Ingramoq- so'zi "og'riq-alam ta'sirida mungli , ingroq tovush chiqarmoq" degan ma'noni anglatadi, vujud daraxti esa o'z o'rnida inson qalbiga ishora qiladi. Demakki, lirik qahramonning qalbi og'ir qayg'u iskanjasida nola qilmoqda. Yurak telba dengizda, yor umidida qalqib bormoqda, yashab keladi. Makoni yo 'q, oxiri yetib bo'lmas safarda umr, lirik qahramonning hayoti asta cho'kadi shom kabi.

1 H.Ahmad.Erk darichasi.//Adabiyot va sanat- T:1996.B.3

2 Zebo Mirzo. Ishq.//Akademnashr-T:2011.B. 26

^OzbekJiliningizohlnug^ati.^Ozbekist^

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 8 |August, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-8-35-39

Kunning shom deb atalmish qismi quyoshning hira botishi, va juda tez qorong'ulik girdobiga singib keishi bilan tavsiflanadi. Lirik qahramonimiz hayoti ham asta qorong'ulikka, umidsizlikka singib ketadi. Nodira Afoqova:

Yuragimga tun kirdi bir kun, sevgilim. Manguday u... Men esa nochiz va yolg'iz. Men kim? Qarshisida ojizday o'lim. Quyoshmi osilgan-oyday ziyosiz.

Holimizni bayon aylasam , chida:

Bir zum orom ber, deb singraydi dilim.4

She'rda yozilguvchi bir dard emishki, inson yuragiga tunni olib kirsin, qalbni tamoman qorong'ulik tomon yo'lga solsin. Lirik qahramonimizning bu dardi amnguday tuyulaverishi buni yengish uchun uning nochiz (arzimas, qo'lidan hech ish kelmas) va yolg'iz ekanligi, hattoki bu dard oldida insoniyat nomini eshitsa ham yuragi hapqiruvchi o'lim ham ojiz ekanligi,dil esa bu tushkunlikdan chiqolmay bir on bo'lsa ham tin olmoq uchun yig'I aralash nola chekmoqda, singramoqda. Shoirava shu bilan birga yetuk adabiyotshunos olima Nodira Afoqova lirik qahramon ojizligi va uning qalbidagi tushkunlikni ifoda etmoq uchun mumtoz adabiyotimiz durdonalariga nazar tashlaydi. She'rning ikkinchi satrida qo'llanilgan "nochiz " so'zi Turdi shoirning "Turdiman..." radifli g'azalida Turdi shoirning nechog'li ojiz va notavon ekanligini anglatmoq uchun qo'llangan bo'lsa5, she'rning so'nggi satrida qo'llangan "singramoq " so'zi Hazrat Navoiy "Muhokamat ul-lug'atayn" asarida "yig'lamoq" ning turini ko'rsatish maqsadida keltirib o'tgan so'zlaridan biri hisoblanadi.6 Shoira qalbda tug'yon urayotgan alamli ovoz va yig'i aralash nolani mana shu birgina so'z bilan ifoda etadi. So'zning badiiy kuchi lirik qahramon dardini yuqori nuqtalarda anglatib beradi. So'zni o'rinli joyda qo'llash orqali shoira lirik qahramon dunyosini larzaga solayotgan dardni o'quvchiga mohirona yetkazib bera olgan.

7

Lirik fojielik mungli hissiyotning she'rdagi ifodasi sifatida tavsiflanadi. Inson qalbini qurshab olgan yohud yillar davomida qayta-qayta yashalib yurakning tubiga bir achchiq cho'kim kabi yig'ilib turgan yetib bo'lmas armonlar sabab bo'ladi odatda shu yanglig' she'rlar tug'ilishiga. Inson hissiyotlari, ichki kechimlari ijobiy va salbiy turlarga ajratiladi. " Insonda emotsiya turli narsalardan: xursandlik yoki xafalik,

4 https://kh-davron.uz/kutubxona/uzbek/nodira-afoqova-yangi-sherlar.html

5 B.Toxliyev, B.Karimov, K.Usmonova.Orta talim muassasalarining va o rta talim, kasb-hunar talimi muassasalarining oquvchilari uchun darslik majmua.//"O zbekiston milliy ensiklopediyasi"davlat ilmiy nashriyoti-T:2017 "Adabiyot"

6 https ://ziyouz.uz/matbuot/j adid-matbuoti/abdurauf-fitrat-tilimiz-1919/

7 Suvon Meli.So'zu so,z.//Sharq-T:2017.B.46

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 8 |August, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-8-35-39

huzurlanish yoki behuzurlik, qo'rquv yoki suyunish, g'azablanish va boshqa shakllarda yoqimli va yoqimsiz kechinmalar tarzida yuz beradi"8.Ushbu tabiiy jarayon esa so'z san'atiga ko'chsa nima bo'ladi? Endi u tamomila yangicha xususiyatga kashf etadi. Bir on o'zingizni ezoterik inson sifatida tasavvur qiling, sizda yomon xotira, achchiq alam bor... sizga u nima beradi? Albatta, noxushlik, yoqimsiz tuyg'u bag'ishlaydi. Bir narsa borki, inson ana shu yoqimsiz bo'lgan tuyg'u bilan birga she'r yozadi, uni qalbda his qilib turgan tushkun va alamli hissiyot bilan yaratadi. Biroq yaralmishga o'qiganda, she'ro'z shoiriga ajib bir qoniqish hissini bag'ishlaydi.

XULOSA

Demak, she'r endi badiiy zavq manbaiga aylanadi. O'quvchiga ham, tinglovchiga ham yoqimlilik kasb eta boshlaydi. Lirikada fojiaviylik- insoniyat uchun huzursizlik olib kelguvchi his-tuyg'udan san'at asari yaratilishi hisoblanar ekan. Agar shoir o'zi yozayotgan satrning lazzatini totimas ekan uning badiiy qudrati o'quvchiga ham ta'sir qilmagan bo'lar edi. Shunday ekan, she'riyat hattoki fojialikdan ham yozuvchisiga zavq berar ekan, uning ozmuncha bo'lsa ham alamini yozilgan satr orqali o'z yelkalariga ortib ola biladi. Tushkunlik -tragizmning asosi har davrda turlicha bo'lgan. Bugungi kunga kelib fojia kontsepsiyasining rivojlanish nuqtasi esa romantizm bilan bog'liq va undan o'sib chiqib kelmoqda. Biz ijodini o'ganishga kirishgan shoiralarimiz ijodida esa ayni mana shu-lirik qahramon fojiasi yetakchilik qiladi. Fojia kontsepsiyasining rivojlanishi esa inson ruhiyatining eng inju nuqtasi qalb ishi bilan bog'lanadi. His-tuyg'ular go'zalligi shu sababli ulug'ki, unga nurlar intiladi, soyalar undan hayo qiladilar, chekinadilar, g'mning ham qayg'uning ham oxiri yo'q, ular cheksizlik tomon yastanadilar. She'riyatdagi mavzu hamda undagi ruh bevosita jamiyat hayoti bilan bog'liq, Janubiy koreyalik professor Par Ju Seok ta'biri bilan aytganda, "she'riyatning vazifasi -shaxs va jamiyatning haqiqiy borlig'i uchun yangi kelajak qurishdir".9

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Quronov.D., Adabiyotshunoslikka kirish.T.2004

2. H.Ahmad.Erk darichasi.//G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at- T.1996

3. Zebo Mirzo. Ishq.//Akademnashr-T.2011

4. O'zbek tilining izohli lug'ati.// "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" davlat ilmiy nashriyoti-T.

5. Suvon Meli.So'zu so'z.//Sharq-T.2017

8 Suvon Meli.So'zu so'z.//Sharq-T:2017.B.46

^arkJi^eok.ZamonaYiyshe^riyatdafikrtuzili

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 8 |August, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-8-35-39

6. B.To'xliyev, B.Karimov, K.Usmonova.O'rta ta'lim muassasalarining va o'rta ta'lim, kasb-hunar ta'limi muassasalarining o'quvchilari uchun darslik majmua.//"O'zbekiston milliy ensiklopediyasi"davlat ilmiy nashriyoti-T:2017 "Adabiyot"

7. Park Ji Seok.Zamonaviy she'riyatda fikr tuzilishi.//Minumsa-SK:2012

8. ziyouz.uz

9. kh-davron.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.