Научная статья на тему 'ADABIYOTSHUNOSLIKDA ADABIY SIYOSATNING YUZAGA KELISHI'

ADABIYOTSHUNOSLIKDA ADABIY SIYOSATNING YUZAGA KELISHI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
317
52
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
adabiyotshunoslik / adabiy siyosat / ingliz adabiy siyosati / fransuz adabiyotshunosligi / nemis adabiy siyosati / siyosatshunoslar / literary criticism / literary policy / English literary policy / French literary criticism / German literary policy / political scientists

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Oygul Mamatsalayevna Matkurbanova

Ushbu ilmiy maqolada adabiy siyosatning adabiyotshunoslikda shakllanishi, rivojlanishi haqida so„z boradi. Adabiy siyosatning mazmun mohiyati dunyo adabiyotshunos va siyosatshunoslari tomonidan izohlanadi. Hozirgi kunda o„zbek adabiyotshunosligida adabiy siyosatning ahamiyati ko„rsatiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ESTABLISHMENT OF LITERARY POLICY IN LITERATURE

This scientific article deals with the formation and development of literary policy in literature. The essence of the content of literary policy is explained by world literary critics and political scientists. The importance of literary policy in Uzbek literature today.

Текст научной работы на тему «ADABIYOTSHUNOSLIKDA ADABIY SIYOSATNING YUZAGA KELISHI»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454

Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-256-261

ADABIYOTSHUNOSLIKDA ADABIY SIYOSATNING YUZAGA KELISHI

Oygul Mamatsalayevna Matkurbanova

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti filologiya fanlari bo'yicha (Phd) mustaqil izlanuvchisi E-mail: matkurbonova93@mail.ru

ANNOTATSIYA

Ushbu ilmiy maqolada adabiy siyosatning adabiyotshunoslikda shakllanishi, rivojlanishi haqida so'z boradi. Adabiy siyosatning mazmun mohiyati dunyo adabiyotshunos va siyosatshunoslari tomonidan izohlanadi. Hozirgi kunda o'zbek adabiyotshunosligida adabiy siyosatning ahamiyati ko'rsatiladi.

Kalit so'zlar: adabiyotshunoslik, adabiy siyosat, ingliz adabiy siyosati, fransuz adabiyotshunosligi , nemis adabiy siyosati, siyosatshunoslar

THE ESTABLISHMENT OF LITERARY POLICY IN LITERATURE

ABSTRACT

This scientific article deals with the formation and development of literary policy in literature. The essence of the content of literary policy is explained by world literary critics and political scientists. The importance of literary policy in Uzbek literature today.

Keywords: literary criticism, literary policy, English literary policy, French literary criticism, German literary policy, political scientists

KIRISH

Adabiyot - inson ichki olamini, ruhiyatini aks ettiruvchi ko'ngil ko'zgusi, ko'zdagi va qalbdagi ma'nolarning aks-sadosidir. Ushbu aks-sadoning inson kamolotiga qay darajada zarurligini anglash uchun o'zbek xalqning vatanparvar jadid shoiri Cho'lponning quyidagi so'zlarini keltirish yetarlidir: "Adabiyot chin ma'nosi ila o'lgan, so'ngan qaralgan, o'chgan, yarador ko'ngilga ruh bermak uchun, faqat vujudimizga emas, qonlarimizga qadar singishgan qora balchiqlarni tozalaydirg'on o'tkur yurak kirlarini yuvadurg'on toza ma'rifat suvi, xiralashgan oynalarimizni yorug' va ravshan qiladirg'on, chang va tuprog'lar to'lgan ko'zlarimizni artub tozalaydirg'on buloq suvi bo'lganlikdan bizga g'oyat kerakdir"[1]. Ko'rinadiki,

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454

Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-256-261

adabiyot inson kamolotida muhim ahamiyat kasb etadi, u nafaqat inson ongiga, balki qalbiga yetib boradi. Unga ko'zlangan maqsad ila ta'sir qiladi, tafakkur qilishga undaydi, dunyoqarashini boyitadi, shijoatini oshiradi yoki aks ta'sir ko'rsatadi. Aynan tafakkuri keng, zehnli insonlar davlat siyosatini amalga oshirishda muhim o'rinni egallaydi. Shu rakursdan qaraganda ma'lum bo'ladiki, adabiyot inson orqali siyosatga ta'sir qiladi, matematik til bilan aytganda, bir nuqtada kesishadi. Shuning uchun ham ta'siri "atomdan kuchli" (A.Qahhor) bo'lgan adabiyotdan har qanday davrda ham davlat siyosatini, mafkurasini ommaga targ'ib qilishda foylalanilgan. Davlat shu maqsadda o'z adabiy siyosatini shakllantirgan va amalga oshirgan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI

Avvalo, adabiy siyosat o'zi nima, nima uchun adabiyotga adabiy siyosat kerak?, - degan savollarni aniqlab olish zarur. Adabiy siyosat dastavval siyosat va adabiyotning o'zaro munosabatlarida namoyon bo'ladi. "Siyosat va adabiyot. Savol chalkash, ular o'rtasidagi munosabatlar muammoli, tushunarsiz, noaniq. Ammo, aynan shu murakkabliklar ushbu muammoni shu qadar jozibali va e'tiborga loyiq qiladi"[2]. XX asr venger adabiy tanqidchisi Georgiy Lukach tomonidan berilgan ushbu mulohaza juda to'gri bayon etilgan. Chunki siyosat va adabiyot o'rtasidagi munosabatlar haqiqatdan ham adabiyotshunos olimlar o'rtasida bir qadar chalkashliklar va muammoli vaziyatlarni yuzaga chiqargan. Kimlardir adabiy siyosatni qo'llab, ijobiy baholashgan bo'l-sa, kimlardir adabiy siyosatga norozi kayfiyat ila munosabat bildirishgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Adabiy siyosat haqida fikr yuritilar ekan, bu istiloh o'zbek adabiyoti tarixida muhim ahamiyat kasb etgan bo'lsa-da, ammo ilmiy istiloh sifatida tadqiq etilmagan, monografik ko'lamda ish qilinmagan, nazariy darsliklarga kiritilmagan. Dunyo adabiyotshunosligida esa adabiy siyosat bo'yicha yetarlicha ilmiy ishlar mavjud bo'lib, bu haqda siyosatshunos va adabiyotshunoslar tomonidan turlicha fikrlar qayd etilgan. Quyida esa biz bu atama haqida, uning adabiyot va siyosat o'rtasidagi munosabatda yuzaga kelishi, dastavval adabiyot va siyosatning uzviy bo g'liqligiga oid fikrlar bilan tanishamiz:

Bu haqda turkiyalik siyosatchi Feyzullah Kiyiklik shunday ta'rif beradi: "Siyosat - bu hukmronlik qilish san'ati. Siyosatchi yozuvchiga ta'sir qila olmaydi, lekin adabiyotshunos asarlari va g'oyalari bilan siyosatchiga ta'sir qilishi

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-256-261

mumkin"[3]. Shuningdek, Feyzullah Kiyiklik siyosat uchun adabiyotni qurbon qilmaslikka chaqiradi. Chunki adabiyotning oliy maqsadi bu - yaxshi odamlarni tarbiyalashdir. Siyosat nafaqat hayotning ajralmas qismi, balki ko'pincha uning o'zgarishini belgilaydigan xamirturush, adabiyot esa hayotning xronometri va barometri bo'lganligi sababli, adabiyot va siyosat shunchaki chambarchas bog'liq bo'lishi mumkin emas, - deydi "Литература и политика" ("Adabiyot va siyosat") maqolasida rossiyalik adabiyotshunos Valeriy Belov. U siyosatni hayotning ajralmas qismi deb belgilaydi, adabiyotni esa hayotga, insonga siyosatdan ko'ra zarurroq ekanligini hayotning asosiy mezoni bo'lgan xronometr va barometrga qiyoslagan holda ta'kidlaydi. Insonga, jamiyatimizga adabiyotning siyosatdan ko'ra kuchliroq ta'sirini italiyalik yozuvchi Italo Kalvinoning ushbu fikri orqali yaqqol anglashimiz mumkin: "Adabiyot, eng avvalo, siyosatga ovozi yo'qqa ovoz berganda ham, ismi yo'qqa ism berganda ham, ayniqsa, siyosiy til cheklab qo'yadigan yoki cheklab qo'yishga moyil qiladigan hamma narsaga kerak... Adabiyot siyosatdan ko'ra ko'proq eshitadigan quloqqa o'xshaydi; Adabiyot siyosatning ko'ra oladigan xromatik o'lchovidan tashqarini idrok eta oladigan ko'zga o'xshaydi"[4].

Yuqoridagi fikrlardan aniq bo'ladi-ki, jamiyatga uni tashkil etadigan inson ruhiyatiga siyosatdan ko'ra adabiyot kuchli ta'sir etar ekan. Buni yaxshi anglagan hukmron tabaqalar aynan adabiyotdan o'zlari ko'zlagan siyosatlarini amalga oshirishda foylanishgan, ya'ni adabiyot sohasida adabiy siyosatni shakllantirishgan. Jahon adabiyoti tarixidan ma'lumki, dastlab adabiy siyosat XVI asrda Yevropada vujudga keldi va qo'llanila boshlandi. Bu haqda rus adabiy tanqidchisi Yevgeniy Abdullayev "Зачем нужна литературная политика?" ("Nimaga "adabiy siyosat" kerak?") maqolasida batafsil yoritadi. Maqolada ingliz adabiy tanqidiy asarlarda ko'pincha adabiy siyosat (literary policy), shuningdek, adabiyotda siyosat (policy on literature) va adabiyot siyosati (literature policy) tarzida uchrashi aytiladi. Fransuz adabiy asarlarida esa bu istiloh (politique litteraire) inglizlardan oldinroq paydo bo'lgani va kam ishlatilgani ko'rsatiladi. Dastlab, 1826-yilda Fransiya qirolligiga norozi kayfiyatda yozilgan "Le précurseurs (MM. de Chateaubriand, de Villfle, Bellart, et cie) ou Le premier coup de tocsin de la contre-revolution." ("O'tmishdoshlar (MM. de Chateaubriand, de Villfle, Bellart va boshqalar.") yoki birinchi aksilinqilob to'lqini) asarida Chateaubriandning jurnalistikasiga nisbatan "adabiy siyosat fraksiyasi (la politique litteraire de la fraction) tarzida uchraydi. Bu istiloh 1850-yil Tokvilning "Ordre ancien et révolution" ("Eski tartib va inqilob") asarida qo'llanilgandan keyin mashhur bo'ladi. Politique litteraire deganda Tokvil

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454

Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-256-261

fransuz inqilobi arafasida adabiyotning siyosiylashuvini nazarda tutgan. U yozuvchilarning siyosat bilan bo'gliq masalalar bilan tinimsiz shug'ullanganlari va adabiy siyosat o'sha davrning barcha asarlarida birqadar namoyon bo'lganligini bayon etadi.

Umuman olganda, fransuz adabiyotidagi "politique litteraire" ma'nosi ingliz adabiyotidagi "literary policy" bilan bir xil bo'lib, adabiyot sohasidagi davlat siyosatini ham, alohida yozuvchilar va adabiy institutlarning strategiyasini ham o'z ichiga oladi. Nemis adabiyotida esa "Literaturpolitik" asosan nemis adabiyoti tarixini romantizm davridan 1980-yillargacha, birinchi navbatda Uchinchi Reyx va GDR, shuningdek Sovet Rossiyasi davriga oid tadqiqotlarda qo'llaniladi. Zamonaviy adabiy jarayonga nisbatan esa bu atama ishlatilmaydi.

Nemis adabiy siyosatida asarlari va siyosiy faoliyati samimiyligi tufayli "millatning vijdoni" bo'lgan yozuvchi Geynrix Boll asosiy o'rinni egallaydi. U yozuvchining siyosatga aralashishga majbur ekanligiga, adabiyot jamiyat shakllanishining nihoyatda muhim elementi ekanligiga hamda o'z asarlari bilan u yoki bu darajada dunyoni o'zgartirishiga ishonadi. Siyosiy jarayonda adabiyot ahlining vijdonan harakat qilishini yoqlaydi. Adabiyot va siyosatni ayro holda tasavvur etmaydi.

Ko'rishimiz mumkinki, adabiyotshunoslikda adabiy siyosat istilohi dastavval fransuz, ingliz va nemis adabiyotida shakllanib, bu kunga qadar adabiyot sohasida davr muhitiga ko'ra o'zgarmoqda va turli yo'nalishlarda namoyon bo'lmoqda. O'zbek adabiyotshunosligida esa garchi adabiy siyosat istilohi alohida qayd etilmagan bo'lsa-da, bu jarayon vujudga kelgan va hozirgi kunga qadar, adabiyotning asl mohiyatiga uyg'un ravishda davom etmoqda.

Istiqlol yillarida hayotimizning barcha sohalari qatori milliy adabiyotimizning yangilanishi va yuksalish jarayoniga ko'tarilishi uchun davlat tomonidan salmoqli ishlar olib borildi. Avvalo, o'zbek milliy adabiyotining boy tarixiy merosini chuqur o'rganish, kelajak avlodga haqqoniy yetkazish ko'zda tutildi. Bilamizki, asrlar davomida o'zbek milliy adabiyoti turli chig'iriqlardan o'tib sayqallandi, boyidi va taasufki, ayrim davrlarda toptaldi, ezildi. Ayniqsa tarix guvohlik beradi-ki, o'tgan asr davomida o'zbek adabiyoti Sobiq Ittifoqning zo'ravon siyosatida mafkura quroliga aylantirildi. Adabiyot ahlining sotsializm g'alabasi va uning kelajagi uchun xizmat qilishi belgilab qo'yildi. Badiiy asarlarning deyarli barchasi siyosiy-mafkuraviy g'oyalarga xizmat qildi.

Mustaqillik sharofati bilan adabiyotshunoslarga mustabid tuzum davrida

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454

Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-256-261

o'zbek adabiy merosini keng ilmiy tadqiq etib, xolis va shaffof baholashga imkoniyat yaratildi. Shu davrdan boshlab, nomlari ilgari qoralangan yozuvchi va shoirlarimiz nomi ulug'landi, asarlari haqiqat yuzini ko'rdi. Ba'zi asarlar qaytadan nashr etildi, adabiyotshunoslikka yangicha tushunchalar kiritildi.Ayniqsa, ijod va so'z erkinligining ta'minlanishi qalam ahliga kuchli shijoat, ilhom bag'ishladi.

Bugungi kunda Yangi O'zbekistonimizda ham adabiy siyosatga alohida e'tibor qaratilgan. Milliy adabiyotimiz rivojini yangi bosqichga ko'tarish bo'yicha keng ko'lamli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasining "Do'rmon" ijod uyi va poliklinikasi tubdan rekonstruktsiya qilindi. Uyushma qoshida "Ijod" jamoat fondi tuzildi. Poytaxtimizda Adiblar xiyoboni barpo etildi, Yozuvchilar uyushmasi uchun yangi bino qurilib, hududlarda ulug' adiblarimiz nomlari bilan atalgan ijod maktablari, madaniyat va istirohat bog'lari bunyod qilinmoqda. Adabiyotimiz atoqli namoyandalarining yubiley sanalari munosib nishonlanmoqda, iste'dodli yoshlarni tarbiyalash, ularni qo'llab-quvvatlash maqsadida turli ijodiy anjumanlar o'tkazilmoqda. Yosh shoir va yozuvchilarning birinchi kitoblari davlat hisobidan ko'p ming nusxalarda nashr etilib, ta'lim maskanlari va kutubxonalarga yetkazib berilmoqda. Shuningdek, ma'naviyatimizni, milliy adabiyotimizni yanada rivojlantirish maqsadida keyingi paytda bir qancha muhim hujjatlar, jumladan, kitobxonlik madaniyatini oshirish, madaniyat va san'at sohasini takomillashtirish, hududlarda ulug' san'atkorlarimiz nomi bilan ataladigan ijodiy maktab va markazlar tashkil etish tug'risidagi qaror va farmoyishlar ham qabul qilinib hayotga tadbiq etilmoqda.

XULOSA

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, adabiy siyosat adabiyotshunoslikda adabiyot paydo kelgan davrlarda adabiy atama sifatida qo'llanilmagan bo'lsa-da, ammo asl mohiyati ila o'sha vaqtdan boshlab yuzaga kelgan. Buni qadimgi yunon faylasufi Aflotunning "Davlat" asarida adabiyotning tarbiyaviy imkonlaridan qanday foylanish kerak, kimga, nimani va qanday o'qitish kerak degan masala keng qo'yilganida ko'rishimiz mumkin. Sharq xalqlarida ham yosh avlodni tarbiyalashda badiiy adabiyotdan unumli foydalanilgan. Ya'ni adabiy siyosatning o'sha davrdagi bir yo'nalishi bu tarbiya bo'lgan. Adabiy siyosat adabiyotshunoslikda atama sifatida esa ilk bor Yevropada qo'llanilgan bo'lsa ham, hozirgi kunga qadar mohiyati yuzasidan jarayon sifatida barcha xalqlar adabiyotida davrlar o'tib, siyosiy tuzumlar ta'siri asosida o'zgarib, takomillashib kelmoqda.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-256-261

Demak, yuqoridagi fikrlardan ma'lum bo'ladiki, adabiy siyosat adabiyotni rivojlanishiga, badiiy adabiyotning inson kamolotidagi vazifasini bajarishda zamin yaratadi.

REFERENCES

1.Чулпон. Адабиёт надир // Узбек адабий танвдди (Антология) - Т., "Turon-Iqbol". 2011, 29-бет.

2.Aбдуллаев, Е.В. Зачем нужна "литературная политика". - Вопросы литературы, 2017, № 1, C.7-40

3.https://www.izdiham.com/siyaset-ve-edebiyat-iliskisini-unlu-siyasetci-yazar-ve-sairlere-sorduk/

4. https://www.3ammagazine.com/3am/literature-and-politics/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.