Научная статья на тему 'O‘ZBEK–XITOY QO‘SHMA EKSPEDITSIYASINING FARG‘ONA VODIYSIDAGI ARXEOLOGIK TADQIQOT NATIJALARI'

O‘ZBEK–XITOY QO‘SHMA EKSPEDITSIYASINING FARG‘ONA VODIYSIDAGI ARXEOLOGIK TADQIQOT NATIJALARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
56
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O‘zbek-xitoy / XIFA / Mingtepa / arxeologiya / Dju Yangshi / Lui Tao / Loyan arxeologiya instituti / B. Matboboyev / G.P. Ivanov / B.M. Abdullayev / X. Raxmanov / X. Xoshimov. / Uzbek-Chinese / XIFA / Mingtepa / archeology / Zhu Yangshi / Lui Tao / Loyan Institute of Archeology / B. Matboboev / G.P. Ivanov / B.M. Abdullayev / H. Rakhmanov / H. Hoshimov.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Turdixo‘jayeva, Mahliyo

O‘zbekiston-Xitoy xalqaro-madaniy aloqalari turli sohalarda jadallashib bormoqda, xususan, arxeologiya yo‘nalishida olib borilayotgan hamkorlik o‘zining foydali natijalari bilan ajralib turadi. Maqolada XIFA qoshidagi Arxeologiya instituti va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Arxeologiya instituti bilan birgalikda tashkil etilgan arxeologik ekspeditsiya natijalari haqida fikrlar keltirilgan. Farg‘ona vodiysining arxeologik o‘rganilishida SUJA TEAM jamosi faoliyatidagi yutuqlar keltirilgan. Shuningdek, o‘zaro hamkorlik doirasida Mingtepa qadimiy shahri qoldiqlaridagi qazish ishlari natijalari tahlil etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

RESULTS OF THE ARCHAEOLOGICAL RESEARCH OF THE JOINT UZBEK-CHINESE EXPEDITION IN THE FERGANA VALLEY

Uzbekistan-China international-cultural relations are gaining momentum in various fields, in particular, cooperation in the field of archeology is distinguished by its beneficial results. The article contains opinions about the results of the archaeological expedition organized jointly with the Institute of Archeology under the KhIFA and the Institute of Archeology of the Academy of Sciences of the Republic of Uzbekistan. Achievements of SUJA TEAM's activities in the archaeological study of Fergana Valley are presented. Also, within the framework of mutual cooperation, the results of excavations in the remains of the ancient city of Mingtepa were analyzed.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK–XITOY QO‘SHMA EKSPEDITSIYASINING FARG‘ONA VODIYSIDAGI ARXEOLOGIK TADQIQOT NATIJALARI»

historical, cultural, scientific and Q ISSN 2181"1784

economic relations" SJIF 2023: 6.131 | ASI Factor = 1.7

O'ZBEK-XITOY QO'SHMA EKSPEDITSIYASINING FARG'ONA VODIYSIDAGI ARXEOLOGIK TADQIQOT NATIJALARI

d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2023-21-515-518

Turdixo'jayeva Mahliyo

TDSHU tayanch doktoranti

Annotatsiya. O'zbekiston-Xitoy xalqaro-madaniy aloqalari turli sohalarda jadallashib bormoqda, xususan, arxeologiya yo'nalishida olib borilayotgan hamkorlik o 'zining foydali natijalari bilan ajralib turadi. Maqolada XIFA qoshidagi Arxeologiya instituti va O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Arxeologiya instituti bilan birgalikda tashkil etilgan arxeologik ekspeditsiya natijalari haqida fikrlar keltirilgan. Farg'ona vodiysining arxeologik o'rganilishida SUJA TEAM jamosi faoliyatidagi yutuqlar keltirilgan. Shuningdek, o 'zaro hamkorlik doirasida Mingtepa qadimiy shahri qoldiqlaridagi qazish ishlari natijalari tahlil etilgan.

Kalit so'zlar: O'zbek-xitoy, XIFA, Mingtepa, arxeologiya, Dju Yangshi, Lui Tao, Loyan arxeologiya instituti, B. Matboboyev, G.P. Ivanov, B.M. Abdullayev, X. Raxmanov, X. Xoshimov.

Abstract. Uzbekistan-China international-cultural relations are gaining momentum in various fields, in particular, cooperation in the field of archeology is distinguished by its beneficial results. The article contains opinions about the results of the archaeological expedition organized jointly with the Institute of Archeology under the KhIFA and the Institute of Archeology of the Academy of Sciences of the Republic of Uzbekistan. Achievements of SUJA TEAM's activities in the archaeological study of Fergana Valley are presented. Also, within the framework of mutual cooperation, the results of excavations in the remains of the ancient city of Mingtepa were analyzed.

Key words: Uzbek-Chinese, XIFA, Mingtepa, archeology, Zhu Yangshi, Lui Tao, Loyan Institute of Archeology, B. Matboboev, G.P. Ivanov, B.M. Abdullayev, H. Rakhmanov, H. Hoshimov.

Bugungi kunda O'zbekiston-Xitoy xalqaro-madaniy aloqalari kengayib, borayotganligi barchamizga ayon. Turli sohalar qatori arxeologiya sohasida ham hamkorlik kundan kunga kuchayib bormoqda.

Xitoyliklardan ushbu ekspeditsiyada Dju Yangshi-Xitoy Ijtimoiy fanlar akademiyasi, Pekin arxeologiya instituti direktor o'rinbosari, professori, Lui Tao -Xitoy Ijtimoiy fanlar akademiyasi, Loyan arxeologiya instituti bo'lim boshlig'i, professori, Xe Suli - Xitoy Ijtimoiy fanlar akademiyasi, Sian arxeologiya instituti katta ilmiy xodimi, professori, Vang Shangyan-Xitoy Ijtimoiy fanlar akademiyasi, Loyan arxeologiya instituti texnik xodimlar, xamyurtlarimizdan esa ekspedisiya

historical, cultural, scientific and Q ISSN 2181"1784

economic relations" SJIF 2023: 6.131 | ASI Factor = 1.7

rahbari sifatida B. Matboboyev, shuningdek, Samarqand arxeologiya instituti ilmiy xodimlari G.P. Ivanov, B.M. Abdullayev, X. Raxmanov, X. Xoshimovlar arxeologiya tadqiqotlarida ishtirok etishgan. [A.Yarkulov2023:B.69-73] Matboboyevning so'zlariga ko'ra 2013-yil Xitoy Respublikasining Sian shahri universitetida qadimda Farg'ona vodiysi tevaragidagi 70 dan ziyod shaharlarning biri bo'lgan. Mingtepa haqida qilgan ma'ruzalaridan so'ng xitoylik hamkasblarining qiziqishlari aynan shu ma'ruzadan keyin yanada ortib, hamkorlik qilish istagini bildirdilar. XIFA qoshidagi Arxeologiya instituti vakili Chju Yanshining so'zlariga ko'ra, o'zbek arxeologlari shaharchaning yer ustidagi tadqiqotlar bilan yaxshi tanish bo'lsa, xitoylik arxeologlar uning yer osti qismidagi qazilmalar borasida kuchlidir. Shu bois tomonlar ana shunday qoniqarli natijalarga erishishga muvaffaq bo'lishdi.

2011-yili O'zbek va Xitoy fanlar akademiyalari qadimiy Mingtepani o'rganish bo'yicha besh yillik arxeologik ekspeditsiya tashkil etish uchun hamkorlik bitimini imzoladilar. 2012-yildan buyon ikki mamlakat olimlarining hamkorligi davom etib kelmoqda. Mingtepa miloddan avval VI-V asrlarda Farg'ona vodiysi xududidagi Dovon (Davan) mamlakatining poytaxti Ershining keyinchalik nomlanishi ekanligini ushbu ekspeditsiya keng e'tirof etganligini bilamiz. Ular 2000-yildan ziyod vaqt avval Mingtepa Farg'ona vodiysidagi eng yirik to'laqonli qasr-shahar bo'lganligini isbotladilar. Ablat Xo'jayev 2013-yil nashr etilgan kitobining Ershi qayerga to'g'ri keladi nomli qismida Ershi bu poytaxt degan fikrga qarshi boradi va o'zining fikrini xitoy manbalari orqali izohlaydi. [A. Хужаев 2013:Б.140]

O'zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi o'rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish dasturi doirasida O'zbekiston Respublikasi FA va Xitoy Xalq Respublikasi Ijtimoiy FA o'rtasidagi ikki tomonlama shartnoma asosida O'zbekiston-Xitoy xalqaro qo'shma arxeologik kompleks ekspedisiyasi Andijon viloyati Marhamat tumanidagi Mingtepa shahar harobasida ilmiy qazishma ishlari olib borgan.[Mar6a6aeB Б., Жу Янши и других. 2017]

Mingtepa shahar xarobasining salohiyati va bugungacha saqlanib qolgan xolatiga e'tibor qaratsak, O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Arxeologiya institutining Xitoy Xalq Respublikasi Ijtimoiy Fanlar Akademiyasi instituti bilan 2012-yildan beri olib borayotgan arxeologik qazishma ishlari natijasi bo'yicha olimlarning xulosasiga ko'ra undagi tepaliklar 64 ta bo'lib xozirgi kunda 52 tasi saqlanib qolgan. Ekspedisiya tomonidan Qadimgi Farg'onaning markaziy shaharlaridan bo'lgan Mingtepa shahar xarobasi o'rganilgan.

Ikkinchi ilmiy hamkorlik 2014-yilda XXR Sian Shimoliy-g'arbiy universiteti bilan hamkorlikda boshlangan. Arxeologiya tadqiqotlarida Xitoyning Shimoliy G'arbiy Universiteti professorlari Vang Szyan Sin, Lyang Sao Xui, doktorant Tang Yungpin, Xitoy fanlar akademiyasi Umurtqalilar paleontologiyasi va paleoantropologiya instituti professori Jou Singlar qatnashishgan. O'zbekiston tomonidan Samarqand arxeologiya instituti ilmiy xodimlari A.E. Berdimuradov, M.

historical, cultural, scientific and Q ISSN 2181"1784

economic relations" SJIF 2023: 6.131 | ASI Factor = 1.7

Xasanov, U. Raxmonov, N. Nasriddinov, T. Annayev, N. Kambarov, S. Xamdamov, S. Xo'jamovlar ishtirok etishgan.

2016-yilda Mingtepa aholi punktida O'zbekiston-Xitoy ekspedisiyasi tomonidan arxeologik ishlar davom ettiriladi. Arxeologik ishlar natijasida qadimiy shaharning stratigrafiyasi, tuzilishi va istehkom tizimi, qadimgi aholining hunarmandchiligi, san'ati haqida yangi materiallar qo'lga kiritildi. Xususan, Mingtepa mudofaa tizimi bo'yicha mutlaqo yangi ma'lumotlar olindi. 2016-yilda ikkinchi (tashqi) shahar devorining bir qismi, shuningdek, g'arbiy va janubiy darvozalar qayd etilgan. Birinchi marta shaharning g'arbiy darvozalarida istehkomlar majmuasi topilgan. Qadim zamonlarda bunday murakkab tuzilmalar darvoza oldida edi. Darvozaning ikki tomonida joylashgan to'rtburchak yoki o'q shaklidagi teshiklari bo'lgan uzun minoralar bilan mustahkamlangan darvozali mudofaa devorlari qadimgi O'rta Osiyo shaharlari, shuningdek, Xitoyning Luoyang, Changan va boshqalarga xos xususiyatdir. [Матбабаев Б.Х., Джу Янгши и другие 2018].

2017-yilgi hamkorlik doirasidagi qazuv ishlari O'zbekiston va Xitoy arxeologlaridan iborat guruh Farg'ona vodiysining janubi-sharqida joylashgan Mingtepa qadimiy shahri qoldiqlarini qazish vaqtida ahamiyatli kashfiyot qilishdi. Yangilikka ko'ra ikki mamlakat arxeologlari bu yerda 2012-yildan buyon besh marta qazish ishlarini olib borishgani tufayli qazilma ishlari olib borilgan maydon 500x800 metrdan 2100x1300 metrga kengaygan. Va bu hududdan to'laqonli qasr shahar bo'lganligini isbotlovchi topilmalar topilgan. XIFA qoshidagi Arxeologiya instituti vakili Chju Yanshining e'tirof etishicha, o'zbek arxeologlari shaharning yer ustidagi tadqiqotlari bilan yaxshi tanish bo'lsa, xitoylik arxeologlar uning yer osti qismidagi qazilmalar borasida kuchlidir. Shu bois tomonlar ana shunday qoniqarli natijalarga erishishga muvaffaq bo'lishdi.

2017-yilda olib borilgan ishlar natijasida mudofaa devorlari va minoraning A -A1 chizig'i bo'ylab deyarli to'liq me'moriy qismini olish mumkin bo'ldi. Natijada ma'lum bo'ldiki, mudofaa devorining ikkita chizig'i va minora bitta reja asosida va deyarli bir vaqtda qurilgan. Ularning ostidagi platformada turli qismlar uchun turli vaqtlarda qurilganligi haqida hech qanday dalil yo'q. Platformaning sharqiy tomonidagi binolarni qurish muddatiga kelsak, bu masala hali aniqlanmagan. Shunday bo'lsada, Mingtepa qadimgi Farg'onaning poytaxt shahri - Ershining xarobalaridir, - degan to'fikrga kelingan. Ammo bu masalada ham hali turli xil qarashlar va ilmiy farazlar mavjud.

Ushbu hamkorlik doirasida o'tkazilgan "Chang'andan Vandugacha: O'zbekiston-Xitoy qo'shma ekspeditsiyasining qazishma ishlari natijalari" nomli ko'rgazma faoliyati ham o'zining samarasini berdi. 2019-yil 22-yanvarda O'zbekiston tarixi davlat muzeyida O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mazkur ko'rgazmada Xitoy Xalq Respublikasi Ijtimoiy fanlar akademiyasi Arxeologiya instituti va O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Arxeologik

historical, cultural, scientific and Q ISSN 2181"1784

economic relations" SJIF 2023: 6.131 | ASI Factor = 1.7

tadqiqotlar instituti xodimlari bilan hamkorlikda Andijon viloyatidagi Mingtepa yodgorligida olib borilgan qazishma ishlarining ilmiy natijalari o'z aksini topgan.

O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Arxeologiya institutining Xitoy Xalq Respublikasi Ijtimoiy Fanlar Akademiyasi instituti bilan 2012-yildan beri olib borayotgan arxeologik qazishma ishlari natijalari samarali deb aytishimiz mumkin. Arxeologiya yo'nalishi doirasida amalga oshirilayotgan hamkorlik faoliyati natijasida erishilgan ilmiy yutuqlar keyingi yillarda yorqin ko'zga tashlandi va albatta bu hamkorlik vodiyning qolgan kichik arxeologik yodgorliklarida ham amalga oshirilishini kutib qolamiz.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Yarkulov A. O'zbekiston-Xitoy qo'shma ekspedisiyasining ayrim natijalari haqida // Урта Осиё тарихи ва археологияси. № 8 -T.,2023

2. Хужаев A Фаргона тарихига оид маълумотлар. Ф-2013.

3. Матбабаев Б., Жу Янши и других. Отчет Узбекско-Китайской совместной археологической экспедиции о работах на городище Мингтепа в 2016 году. — С.,2017.

4. Матбабаев Б.Х., Джу Янгши и другие Археологические работы на городище Мингтепа в Ферганской долине.//Археологические исследования в Узбекистане 2015-2017 года, Вып 11, -С., 2018.

5. Матбабаев Б.Х., Янгши Ж.Археологические исследования узбекско китайской экспедиции на городище Мингтепа в 2014 г .//Археология Узбекистана. № 1, Т.,2010.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.