Научная статья на тему 'O‘ZBEK XALQ MAQOLLARI VA ULARNI TATBIQ ETISH TAMOYILLARI'

O‘ZBEK XALQ MAQOLLARI VA ULARNI TATBIQ ETISH TAMOYILLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
"qavlun" / "Devoni lug'otit-turk" / "1×1" / masal / sav.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Nilufar Olimjonova, Rayxon Rasulova

Ushbu maqolada o'zbek xalq maqollari tarixi va ularning adabiyot darslaridagi o'rni haqida so'z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK XALQ MAQOLLARI VA ULARNI TATBIQ ETISH TAMOYILLARI»

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hjrchiqdavlat^edagGgika^niversiteti^^^^^^^Za

O'ZBEK XALQ MAQOLLARI VA ULARNI TATBIQ ETISH TAMOYILLARI

Nilufar Olimjonova

Chirchiq davlat pedagogika universiteti o'zbek tili va adabiyoti yo'nalishi talabasi.

Ilmiy rahbar: Rayxon Rasulova

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada o'zbek xalq maqollari tarixi va ulaming adabiyot darslaridagi o'rni haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: "qavlun", "Devoni lug'otit-turk", "1x1", masal, sav.

Xalq og'zaki ijodi har bir xalq madaniyatining ko'rki hisoblanadi. Ma'lum bir xalqning urf-odatlari, ulug' qadriyatlari aynan og'zaki ijod namunalari tufayli ham saqlanib qolmoqda. Xalq og'zaki ijodi insonni ma'naviyatini yuksaltiradi, har doim yaxshilik qilish, hozirjavob, topqir va ziyrak bo'lishga, qadriyatlarni ulug'lash va shu kabi ezgu anallarni bajarishga doimo undaydi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta'kidlaganlaridek: "Ma'naviyati, o'z xalqining tarixi, uning madaniyatini chuqur bilish va tushunib yetishga suyangandagina qudratli kuchga aylanadi".

Xususan, og'zaki ijodning eng faol janrlaridan biri maqollardir. Maqollar xalq orasidan bevosita zikr etiladi, hayotga tatbiq qilinadi.

Maqol — xalq og'zaki ijodi janri; qisqa va lo'nda, obrazli va obrazsiz, grammatik va mantiqiy tugallangan ma'noli, hikmatli, chuqur mazmunli ibora.Muayyan aniq shaklga ega. Maqollarda ajdodlarning hayotiy tajribalari, jamiyatga munosabati, tarixi, ruhiy holati, etik va estetik tuyg'ulari, ijobiy fazilatlari mujassamlashgan. Asrlar mobaynida xalq orasida sayqallanib, ixcham va sodda poetik shaklga kelgan.

Maqollar mavzuviy jihatdan xilma-xil shaklga ega. Vatan va unga muhabbat, ota-onaga hurmat, samimiylik, bilimli va tarbiyali bo'lish va shu kabi mavzulari mavjud.

Maqolning tarixi.

Maqolning kelib chiqishi juda qadimiydir. XI asrda yozilgan Mahmud Koshg'ariyning "Devoni lug'otit-turk" qomusiy asarida ham maqollarning sara namunalari keltirilgan. Lekin ma'lumot o'rnida aytish joizki, Koshg'ariy faqatgina XI asrga tegishli bo'lgan xalq og'zaki ijodi namunalarini keltirmagan, ulardan ayrimlarining tarixi uzoq o'tmishga borib taqaladi.Koshg'ariy ushbu asarida: "Men bu kitobni maxsus alifbe tartibida hikmatli so'zlar, saj'lar, maqollar, qo'shiqlar, rajaz va vasl deb atalgan adabiy parchalar bilan bezadim... Men iste'moldagi so'zlarnigina berdim, iste'moldan chiqqanlarini tashladim... So'ngra men har bir qabilaga mansub so'zlarning yasalish xususiyatlarini va qanday qo'llanishini qisqacha izoqlab ko'rsatish uchun alohida yo'l tutdim. Bu misol tariqasida turklarning tilida qo'llanilib kelgan she'rlaridan, shodlik va motam kunlarida qo'llanadigan hikmatli so'zlaridan, maqollaridan keltirdim"-deya ta'kidlab o'tgan.

50

April 23-24, 2024

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

Yusuf Hos Hojibning "Qutadg'u bilig", Alisher Navoiyning "Xamsa" asarlarida va shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning ijodida maqollarning sara namunalari aks etgan.

Maqol so'zining etimologiyasi.

Maqol so'zi arabcha "qavlun" so'zidan olingan bo'lib "gapirmoq" degan ma'noni anglatadi.

"Devoni lug'otit-turk" asarida " savlashmoq" so'zi berilgan. Buning otalar so'zini eslamoq ma'nosini anglatishi aytiladi. Taxmin qilish mumkinki, bundan ming yil avval ajdodlarimiz maqollarni "sav" deb ataganlar. Keyinchalik Alisher Navoiy ijodida maqol atamasi "masal" tarzida beriladi: masaldurkim-uyqu o'limdir". "Masal" atamasining XX asr boshlarigacha qo'llanib kelingani ma'lum. O'tgan asrning ikkinchi choragida boshlab "maqol" so'zi tez-tez uchray boshlaydi.XX asr yarmidan esa faqat maqol tarzida qo'llandi.

O'zbek xalq maqollari bo'yicha tadqiqot olib borgan olimlar.

Xalq maqollari adabiyotshunos, folklorshunos, tilshunos olimlar tomonidan chuqur o'rganilgan. Olimlar qadimgi shohlardan Abos Safoviy amri bilan maqol va matallarni jamlanganligini e'tirof etishgan. Sh. Jo'rayev, H.Zaripov, B. Sarimsoqov, I.Haqqulov, T. Mirzayev, M.Afzalov va shu kabi olimlar maqollarni jamlash, nashr etish bilan shug'ullangan. Ular tomonidan nashr etilgan bir qancha maqol to'plamlari xalqimiz ko'nglidan joy oldi va tatbiq qilinadi boshlandi.O.Madayev, M. Jo'rayev, T. Sobitova va N. Muxitdinova kabi bir qancha insonlar maqol to'g'risidagi ma'lumotlarni jamlab o'zlarining darsliklariga kiritdi va o'zbek folklorining yuksalishida hissalari katta bo'ldi.

Xalq maqollarini ilm obyekti sifatida o'rganish va to'plash XX asr boshlariga to'g'ri keladi. O'zbek xalq maqollarini to'plash va nashr qilishda missioner N.G.Ostroumovning xizmati katta.

B.A.Soatov o'zbek xalq maqollarining janr xususiyatlari va she'riy xususiyatlarini aniqlagan. X. Sharafiddinova o'zbek xalq maqollarining tuzilishidagi qofiya va uning funksional-uslubiy xususiyatlariga e'tibor qaratgan. I. Begmuratov, R. A. Latipova, E. V. Ivanovalarning ilmiy tadqiqotlarida folklor aloqalari, jumladan maqol va matallar qiyosiy planda ko'rib chiqilgan.

Maqollarning adabiyot darslaridagi o'rni.

Maqollar zamon tanlamaydi. Ularda keltirilgan fikrlar, g'oyalar va hikmatlar o'tgan asrlarda bitilgan bo'lsa-da, hozirgi kunda ham o'z sifatini yo'qotmaydi. Har doim yaxshilik qilishga, faqat ezgu yo'llardan yurishga, bilimli va tarbiyali bo'lishga, Vatan, ota-ona va yaqinlarga bo'lgan muhabbatni oshirishga undaydi va yomon yo'llardan ogohlantiradi. Ushbu xalq og'zaki ijodning " javohir"i hisoblangan maqollar yoshlar ongini o'stirishga va chiroyli nutq so'zlashga ham yordam beradi. Hozirgi kunda adabiyot darslaridagi deyarli barcha asarlarda maqollarga duch kelishimiz tabiiy holat. O'. Hoshimov, A.Qahhor, Oybek, S.Ahmad, A.Muxtor va shu kabi adabiyot darg'alarining bir qancha ijod namunalarida maqollardan maqsadga muvofiq yetarlicha foydalanilgan.

51

April 23-24, 2024

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

Adabiyot darslarini tashkil etishda maqollardan maqsadga muvofiq foydalanishga qaratilgan "1x1" o'quv metodi ham yetarlicha foyda berishi mumkin. "1x1" o'quv metodininig mazmuni.

Ushbu metod o'quvchi yoshlar ongining yuksalishi, mantiqiy fikrlash tezligining oshishi, to'g'ri mulohaza yuritishiga hamda qadriyatlarimizdan biri hisoblangan maqollarni muomalada saqlanib qolishiga yordam berishi uchun asosiy sabablardan biri bo'lishi ko'zda tutilmoqda.

Ushbu metodning aynan "1x1" sifatida nomlanishi uning mazmuniga borib taqaladi: "1ta asarga 1ta maqol". Adabiyot darsida mavjud bo'lgan hikoya, roman yoki qissalardan parchalar yoshlarni doimo ezgulikka yetaklaydi. Aynan ushbu adabiyot darsida mavjud bo'lgan asarlarni o'quvchilar o'qib, o'zlashtiradi.Shundan so'ng o'qituvchi bilan birgalikda ushbu asarda ilgari surilgan g'oya va olgan xulosalariga moslab maqol tanlashadi. Tanlangan maqol maqsadga muvofiq bo'lishi lozim.

Yuqoridagi metod natijasida yo'qolib borayotgan, unutilib ketilayotgan o'zbek xalq maqollari saqlanib qolishi va o'quvchi yoshlarning mutolaa qilgan asarlarini yanada yodda tutishi, mustahkam eslab qolishi ko'zda tutilmoqda.

Xulosa qilib aytganda, maqollar xalqimizning mentalitetini o'zida mujassam etadigan, ma'nan yuksaltiradigan, millatimiz madaniyatini saqlab qoladigan qadriyatimiz namunasidir. Ularni saqlab qolish, hayotga tatbiq qilish esa kelajak avlodga bevosita bog'liq. Muhtaram yurtboshimiz:

-Ona Vatanimizda Uchinchi Renessans poydevorini yaratishga kirishdik. Biz oila, maktabgacha ta'lim, maktab va oliy ta'limni hamda ilmiy-madaniy dargohlarni bo'lg'usi Renessansning eng muhim bo'g'inlari deb hisoblaymiz. Shu sababli ayni ushbu sohalarda tub islohotlarni amalga oshirmoqdamiz. Ishonamanki, mamlakatimiz taraqqiyotining yangi poydevorini yaratishda sizlar singari fidoyi va vatanparvar yoshlarimiz faol ishtirok etib, munosib hissa qo'shadilar,-deya ta'kidlab o'tganlar.

REFERENCES

1. O.Madayev, M. Jo'rayev, T. Sobitova, N. Muxitdinova. O'zbek folklari. O'quv darsligi.-T,: "Zebo print", 2022.

2. https://yuz.uz.news.

3. https://cyberleninka.ru. .Hamroyeva S. Maqollarning mohiyati va xususiyatlari.

4. Adilova F. "Yaxshilik" tushunchasini ifodalovchi maqollar semantikasi.Bitiruv malakaviy ishi.-Toshkent-2018.

5. https://uz.rn.wikipedia.org.

52

April 23-24, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.