Научная статья на тему 'O‘ZBEK VA QORAQALPOQ TILLRIDA SOHAGA OID TERMINLARNING GRAMMATIK-STRUKTUR XUSUSIYATLARI (veterinariya terminlari misolida)'

O‘ZBEK VA QORAQALPOQ TILLRIDA SOHAGA OID TERMINLARNING GRAMMATIK-STRUKTUR XUSUSIYATLARI (veterinariya terminlari misolida) Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
o‘zlashma so‘zlar / semantik / morfologik / sintaktik / affiks / veterinariya / termin / ijtimoiy fanlar / qo‘shma so‘zlar.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Sh.Abdullayev

Ushbu maqolada veterinariyaga oid terminlarning yasalish usul va yo‘llari haqida ma’lumot beriladi. Shu bilan birga veterinariya terminologiyasida sodda terminlar asosida ko‘plab yasama terminlar yasalishi haqida fikr yuritiladi va misollar bilan asoslanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK VA QORAQALPOQ TILLRIDA SOHAGA OID TERMINLARNING GRAMMATIK-STRUKTUR XUSUSIYATLARI (veterinariya terminlari misolida)»

O'ZBEK VA QORAQALPOQ TILLRIDA SOHAGA OID TERMINLARNING GRAMMATIK-STRUKTUR XUSUSIYATLARI (veterinariya terminlari misolida)

Sh.Abdullayev

f.f.n., dots. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti

Annotatsiya. Ushbu maqolada veterinariyaga oid terminlarning yasalish usul va yo'llari haqida ma'lumot beriladi. Shu bilan birga veterinariya terminologiyasida sodda terminlar asosida ko'plab yasama terminlar yasalishi haqida fikr yuritiladi va misollar bilan asoslanadi.

Kalit so'zlar: o'zlashma so'zlar, semantik, morfologik, sintaktik, affiks, veterinariya, termin, ijtimoiy fanlar, qo'shma so'zlar.

Abstract. This article provides a brief overview of the formation and construction of veterinary terms. Moreover, the article considers veterinary terminology in terms of justification and construction based on simple terms and examples.

Keywords: adjectives, semantics, morphology, syntax, affixes, veterinary, terminology, social sciences, compound words.

Terminologiyaga bag'ishlangan ishlarning barchasida u yoki bu sohaning muayyan tushunchalarini anglatadigan, asosan, nominativ funksiyani bajaradigan birliklar termin hisoblanadi deb qaraladi. Hozirgi vaqtda terminologiya masalasining o'sib borishi, bir tomondan ilm-fan, qishloq xo'jaligi, iqtisodiyotning dinamik rivojlanishi tufayli yangi tushunchalarning ko'payib borilishi deb qaralsa, ikkinchi tomondan, terminlarning shakllanish jarayoni rivojlanishi va funksiyasi kabi masalalarni chuqurroq o'rganilishi zarurligi bilan izohlanadi. So'z ko'p ma'noga, ya'ni qo'shimcha ma'nolarga ega bo'ladi, lekin termin bunday xususiyatga ega emas. Termin ham so'z, ammo u odatdagi so'zlardan ma'nosining aniqligi, bir ma'noliligi bilan farqlanadi. Termin ma'lum sohada, shu soha vakillari nutqida qo'llaniladi.

Masalan: infeksiya, infeksion kasallik, mutualizm, mikroorganizm, ekzotoksin, parazit, invazion kasalliklar, gelmintoz, qo'zg'atuvchi bakteriya kabi terminlar veterinariya sohasida uchraydi.Terminlar ham so'zlar kabi ichki va tashqi imkoniyatlar asosida hosil qilinadi. Shuning uchun terminlarni sodda, qo'shma, juft turlarga bo'lishdan asosiy maqsad, ularni bir biridan farqlash, ajratishdir. Bu terminlar ko'rinishi jihatidan bir-biridan farq qilsa-da, lekin terminlik xususiyatini yo'qotmaydi. Sodda terminlar tarkibida so'z yasovchi va so'z o'zgartiruvchi affikslarning bor-yo'qligiga qaramay, yolg'iz bir o'zakdan, yoki negizdangina paydo bo'lgan, birgina lug'aviy ma'noli qism bo'lgan so'z hisoblanadi. Masalan, burga, o'choq, agar, zardob, krizis, oila kabi so'zlarni bunga misol tariqasida keltirishimiz mumkin. Yolg'iz o'zakdan hosil bo'lgan terminlar bu tub terminlar hisoblanadi, bularga faqatgina lug'aviy va so'z o'zgartiruvchi qo'shimchalar qo'shilishi natijasida ham hosil bo'lishi mumkin. Masalan aviditet, agamma, agoniya, anabioz, antidote, batilla, bezlar, biopsiya, bubon, vibrios, viruriya, gidroliz, dezobarer, destruksiya, dupleks, ikosayedr, idiosoma, izogametalar, ingibirotlar, iridoviruslar, kapsid, yo 'tal, kaverna, karbunkul, katabolizm, klon, lateks, leykoz, lizis, mallein, migratsiya, mog'orlar, mutatsiya, nukleoid, parez, passaj, piyemiya, popullyatsiya, properdin, retinok, rinit, rozeolalar, sanatsiya, simbioz, sporalar, stress, suspenziya, tenezimlar, tarsduksiya, kabi so'zlar tub terminlarga misol bo'ladi. Sodda yasama terminlar tub terminlarga biror yasovchi affiksning qo'shilishi bilan hosil bo'lgan terminlardir. Masalan: avidlik, antigenlik, bakteriotsiogenlik, bepushtlik, virurentlik, immunlash, kasallik, kaprinlashganlik, kamqonlik, klonlash, konservalash, kruponlash, kulturalash, letallik, leofillash, maleinlash, insidentlik, immunogenlik, darsobvallash, oriqlash, parazitlik, patagenlik, polimorflik, reaktogenlik, regitlik, sterillash, fumigatsiyalash, chidamlilik, enzotiklik, tindalash, dispanserlash kabi so'zlar yasama terminlarga misol bo'la oladi. Demak, yasama terminlar tub terminlardan so'z yasovchi qo'shimchani olishi bilan farqlanadi, bu esa so'zning ma'nosini tubdan o'zgarishiga asos bo'lib xizmat qiladi. Xalq tilida ham ana shunday holat kuzatiladi, chunki har qanday so'z yasovchi qo'shimcha so'zga qo'shilganida yangi ma'no ifodalaydi. Terminlarga ham so'z yasovchi affiksni

qo'shganimizda ulardagi ma'nosiga o'zgarish kirishini kuzatishimiz mumkin. Shu sababli har qanday affiks yasama terminlarni hosil qilish xususiyatiga ega emas. Qo'shma terminlar. Bunday terminlar birdan ortiq o'zak birikuvidan iborat qo'shma so'zlar hisoblanadi. Umuman olganda qo'shmaterminlar ikki va undan ortiq sodda terminlarning birikuvidan tuzilgan terminlar hisoblanadi. Qo'shma terminlar ham qo'shma so'zlardek o'z qatlam so'zlaridan, boshqa til materiallaridan hamda har ikkala manbalarning o'zaro qo'shiluvi natijasida yasaladi. O'zbek va qoraqalpoq tillari materiallari asosida yuzaga kelgan qo'shma terminlar asosan umumiste'moldagi tayyor qo'shma so'zlarning ilmiy termin, yoki nomen sifatida terminologik tizimlarga qabul qilinishidan hosil bo'ladi. Bunday reja asosida qo'llanuvchi leksik birliklar ko'proq xalq tili bilan bo'g'liq holda rivojlangan terminologik sistemalarda tez-tez uchraydi. Masalan, o'z ona tilimizdagi so'zlardan ya'ni materiallardan tuzilgan qo'shma terminlar ayni ruscha terminlarni to'liq kalkalash jarayonida ham yuzaga kelishimumkin. Bizga ma'lumki, o'zbek va qoraqalpoq xalqi qadimdan boshqa xalqlar bilan hamkorlik qilishni yaxshi ko'radigan, qo'shnichilikka e'tibor qilib yashab kelgan. Shu boisdan tilimizda ba'zi so'zlarning arabcha, forscha yoki ruscha-baynalmilal bo'lgan, hatto har ikkala qismi ham muayyan til materialidan yasalgan qo'shma so'zlar va terminlar uchrashi mumkin. Qo'shma terminlar ham qo'shma so'zlar kabi o'z qatlam so'zlaridan, boshqa til materiallaridan hamda har ikkala manbaning o'zaro qo'shilishidan yasaladi. O'zbek va qoraqalpoq tillari materiallari asosida yuzaga kelgan qo'shma terminlar asosan umumiste'moldagi tayyor qo'shma so'zlarning ilmiy termin yoki nomen sifatida terminologik tizimlarga qabul qilinishi mahsulidir. Demak, qo'shma terminlarning komponentlari genetik materialiga ko'ra ikki xil ko'rinishi mavjud: 1) bir tildagi qatlamga mansub so'z birliklaridan hosil etilgan qo'shma terminlar: tabiiy oziqa, umumiy holsizlik, to'qimalar kesmasi, nafas olish zanjiri, yog'larning hazmlanishi 2) turli tillarga mansub so'z birliklaridan hosil etilgan qo'shma terminlar: vitaminsimon moddalar, biologik kod, monoaminodikarbon kislota terminlar o'z va o'zlashma bo'ladi. O'zbek va qoraqalpoq tillariga boshqa tillardan o'tgan terminlar o'zlashma terminlar hisoblanadi. Masalan, butan, kavalent, efir,

kislota kabi terminlar o'zlashma qatlamga mansub bo'lsa; kuchlanish, tuz, eritma, oshqozonosti bezi kabi terminlar o'z qatlamga mansub hisoblanadi. Qo'shma terminlar o'zbek va qoraqalpoq tillarida ot+ot, sifat+ot, son+ot, ot +fe'l shaklidagi formula orqali hosil qilish mumkin. Masalan, ot+ot shaklidagi mikrobiologiya, mikroorganizmlar, mikrosporiya, neyrominidaza, neyrotrop ,koronavirus, immunodifuziya, imminodiagnostika, immunoprofilaktika, yo 'riqnoma, lissoviruslar, ultrafiltrlash, fagoterapiya, fagosiyoz, flaviviruslar, fotobakteriyalar, neyrogen; sifat+ot shakliga qorason, oqqon kabi so'zlarda sifatning otga qo'shilishi natijasida yangi bir ma'noni ifodalovchi so'z hosil qilinadi. Bu kabi misollarni yanada ko'plab keltirishimiz mumkin. Lekin veterinariya terminlarida ot+fe'l shaklidagi qo'shma terminlarni juda ham kam uchratamizJuft terminlar. Juft terminlar ikki so'zning juftlanishi asosida hosil bo'ladi. Biz tadqiqot davomida juft terminlarga kam duch keldik. Agamma-globulinemiya, alfa-virus, andrede-indikator, veterinariya-sanitariya, diffenbax-grefe, differensial-diagnostik, smedi-viruslar kabi so'zlarni juft terminlarga misol tariqasida keltirishimiz mumkin. Kuzatishlardan ma'lum bo'ladiki, besh va undan ortiq tarkibli termin-birikmalar uchramaydi hamda sodda terminlar va termin-birikmalar yetakchi o'rinda bo'lgani holda, qo'shma va juft terminlar miqdori juda kam hajmni tashkil etadi. Mavjud veterinar va lingvistik terminlar tizimidagi murakkab terminlarning aksariyati umumnutqda so'z birikmasi sifatida ham ishlatiladi va ular tarkibidagi har bir lug'aviy ma'noli birlik o'z avtosemantikligini saqlab qoladi. Xulosa shuki, maqolada veterinariya terminlarining grammatik-struktural xususiyatlari o'rganildi. Sohaga oid terminlarning o'z va o'zlashgan qatlami haqida ma'lumot berildi. Terminlar ham so'zlar kabi ichki imkoniyatlar asosida va tashqi imkoniyatlar asosida olinishi mumkinligi veterinariya terminlari misolida o'rganildi. Terminlar yasalishiga alohida e'tibor qaratildi. Sodda, tub, sodda yasama, qo'shma terminlar izohlab berildi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. H.S. Salimov,B.Sayitqulov, I.S.Salimov-Veterinariya mikrobiologiyasi, virusologiyasi, epizootologiyasiga oid izohli lug'at-T. 2013

2. Madvaliyev A O'zbek terminologiyasi va leksikografiyasi masalalari. -Toshkent: O'zME, 2017.

3.Qarshiboyeva. Z.Veterinariya sohasidagi ayrim terminlar imlosi masalasi. "Veterinariya sohasini rivojlantirishda ijtimoiy-gumanitar fanlarning o'rni"mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi.( 2023-yil 7-aprel)

4.Y. Shaymanova. Z. Qarshiboyeva. Rus olimi Samoylovichning sharq tillarini o'rganishga qo'shgan hissasi.Oriental renalssance: Innovative, educational, natural and social sciences... 2022

5.Ergashevna, A. M. (2023). Creative teaching methods for students of non-philological universities. Academia Science Repository, 4(5), 123-126.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.