Научная статья на тему 'O‘ZBEK VA QORAQALPOQ TILLARIDAGI QURILISH HAMDA MUHANDISLIKKA OID O‘ZLASHMALAR TALQINI'

O‘ZBEK VA QORAQALPOQ TILLARIDAGI QURILISH HAMDA MUHANDISLIKKA OID O‘ZLASHMALAR TALQINI Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

CC BY
4
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Muqobil / termin / muhandislik / konstruksiya / oval / arka / me’moriy yechim / restovratsiya.

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — Sh.D.Abdullayev

Ushbu maqolada xorijiy tillardan o‘zbek va qoraqalpoq tillariga kirib kelgan qurilish va muhandislikka oid atama va terminlarning qo‘llanilishi, unga mos muqobillarni topish muommolari va ularning yechimlari milliy qadriyatlarimiz bilan uzviy bog‘liqligi haqida fikr mulohazalar misollar orqali yoritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK VA QORAQALPOQ TILLARIDAGI QURILISH HAMDA MUHANDISLIKKA OID O‘ZLASHMALAR TALQINI»

O'ZBEK VA QORAQALPOQ TILLARIDAGI QURILISH HAMDA MUHANDISLIKKA OID O'ZLASHMALAR TALQINI

Sh.D.Abdullayev

f.f.n., Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti

Annotatsiya: Ushbu maqolada xorijiy tillardan o'zbek va qoraqalpoq tillariga kirib kelgan qurilish va muhandislikka oid atama va terminlarning qo'llanilishi, unga mos muqobillarni topish muommolari va ularning yechimlari milliy qadriyatlarimiz bilan uzviy bog'liqligi haqida fikr mulohazalar misollar orqali yoritiladi.

Kalit so'zlar: Muqobil, termin, muhandislik, konstruksiya, oval, arka, me'moriy yechim, restovratsiya.

Abstract: In this article, the use of terms and terms related to construction and engineering, which entered the Uzbek and Karakalpak languages from foreign languages, the problems of finding suitable alternatives and their solutions are inextricably linked with our national values.

Key words: alternative, term, engineering, construction, oval, arch, architectural solution, restoration.

So'ngi yillarda yurtimizda tilga bo'lgan e'tibor davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. Mamlakatimizda "2020-2030" yillarda o'zbek tilini rivojlantirish hamda til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi"ning qabul qilinishi hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni mamlakatda til siyosatini izchil amalga oshirish zamonaviy, yangi ilmiy tadqiqotlar yaratish, nutqiy muloqotni yanada takomillashtirish vazifalarini belgilab berdi. O'zbekiston Respublikasida o'zbek va qoraqapoq tillariga davat tili maqomining berilishi o'zbek va qoraqalpoq tillarining huquqiy maqomini belgiladi, tillarning imkoniyatlaridan keng foydalanishga zamin yaratdi. Tilga ma'naviy-madaniy meros, umummilliy boylik, oliy qadriyat sifatida qarash kabi yondoshuv shakllandi, tillarni milliy ruh va milliy imkoniyatlar asosida ilmiy tadqiq etish harakati kuchaydi, tilning grammatik qonun-qoidalari hodisaning

mazmun va mohiyatini yuzaga chiqarilishiga, voqe bo'lishiga bo'ysindirildi, tillarning ifodalash uslublari takomillashtirildi va rivojlantirildi. Umuman tilga bo'lgan ilmiy-amaliy munosabat o'zgardi. O'zbek va qoraqalpoq tillariga to'g'ridan-to'g'ri murojaat qilish, bir tillik, ikki tillik, uch tillik lug'atlar yuzaga keldi. Bugungi kunda yurtimizda qurilish ishlari jadal rivojlanib bormoqda. Shu bilan birga qurilish, muhandislik va arxitektura sohalariga oid xorijiy tillardan o'zbek va qoraqalpoq tillariga yangi terminlar va iboralar kirib kelmoqda. Bunday terminlarni tilimizda ba'zan muqobil variantini qo'llashimiz mumkin, ba'zan esa muqobili bo'lmagan o'sha atamaning o'zini qo'llashga to'g'ri kelmoqda. Shunday ekan, bu kabi muommolarning yechimini topishda jahon tamadduni hamda dunyo axborot resurslaridan keng foydalanish dolzarb vazifalardan biri bo'lib kelmoqda. Mamlakatimizda davlat tilini yanada rivojlantirish va takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan tadqiqotlarda, haligacha qurilish sohasiga oid terminlarni rus tilida qo'llanilishi hamda o'quv muassasalarimizda ham rus tilida berilishi kuzatildi. Bu esa o'z navbatida bo'lajak mutaxassislarimizga qiyinchiliklar tug'dirib kelmoqda. Bundan ko'rinib turibdiki, biz tilimizning rivoji uchun juda ko'p sohalarda ko'plab islohatlar o'tkazishimiz kerak. Bunga misol tariqasida ingliz tilidagi "concrete" so'zi bizga rus tili orqali "beton" bo'lib kirib kelgan. Afsuski, bu so'zning o'zbekcha yoki qoraqalpoqcha muqobili yo'q. Ingliz tilidan rus tiliga o'zlashgan "concrete" (конкрет, конкретный) so'zi esa bizning tilimizda ham umuman boshqacha ma'no anglatadi, ya'ni juda zo'r degan ma'noda qo'llaniladi. Yana shunday misollardan biri ingliz tilidagi muhandislikda ko'p qo'llaniluvchi "pump" atamasi bizga rus tili orqali "насос"-nasos bo'lib kirib kelgan. Bu so'zni biz "so'rg'ich" deb so'zma-so'z tarjima qilishimiz mumkin, ammo muloqatda esa allaqachon "nasos" bo'lib kirib kelgan va keng qo'llanilmoqda. Aslida bu atama (pump,pumps) bizga mashhur "pumpers" brendi orqali istemolimizga kirib kelgan bolalar tagligining nomi. Qurilishda va me'morchilikda keng qo'llaniladigan atama "Arka" so'zi hammamizga tanish lekin uni o'zbek va qoraqalpoq tillaridagi muqobili "ravoq" yoki "yarim shengber" so'zi borligini hamma ham bilmaydi. Bunday atamalarning o'zbek va qoraqalpoq tillarida ekvivalenti borligiga qaramasdan, hamon rus tilidan

kirib kelgan "арка" atamasining qo'llanilishi, sohaga oid adabiyotlarning asosan rus tilida mavjudligidan dalolat beradi. "YUNESKO" tomonidan Xiva shahri Ichan-Qal'a ansambli, Buxoro shahri markazi, Shahrisabz shahri va Samarqand shahri arxitektura yodgorliklari jahon umuminsoniy qadriyatlari deb e'lon qilinishi, O'zbekiston me'morchiligining qadimdan rivojlangan ekanligini dunyoga tanitdi. Shu tufayli hozirgi kunda dunyoda bu umuminsoniy qadriyatlarga bo'lgan qiziqish keskin ortib bormoqda va rivojlangan mamlakatlar obidalarimizni "restavratsiya" qilish ishlariga investitsiya kiritish istagini bildirmoqdalar. Ushbu jumlada qo'llanilgan "restovratsiya" so'zi inglizcha "restoration" so'zidan olingan bo'lib, bizning tilimizga rus tilidagi "рестоврация" so'zi orqali kirib kelgan. Bu atama asosan san'at asarlarini va me'moriy yodgorliklarni qayta tiklashda keng qo'llaniladi. Bu atamani biz so'zma so'z "qayta tiklash", "qayta duzetuv" deb o'zbek va qoraqalpoq tillariga o'girishimiz mumkin, lekin bu bilan biz "рестоврация" atamasini iste'moldan chiqara olmaymiz. Muhandislikda ko'p qo'llaniladigan "Гайка" atamasi rus tilidan kirib kelgan bo'lib texnika va muhandislik sohalarida juda keng qo'llaniladi. Afsuski hanuzgacha tilimizda uning muqobil varianti mavjud emas. Ingliz tilida esa bu atama "Nut" so'zi bilan ifodalanadi. Ammo "Nut" so'zi asosan yong'oq degan ma'noda qo'llanilishini hisobga olib, tarjimada e'tiborliroq bo'lish talab etiladi. Aks xolda qo'pol xato kelib chiqishi mumkin. Masalan yana bir ko'p qo'llaniladigan ruscha "овал" so'zi, inglizcha "oval", "domalaq" aylana degan ma'noni anglatadi. Me'morchilikda soha mutahassislari tomonidan va bo'lajak mutahassislar bo'lmish talabalar tomonidan ham bu so'z boshqalari kabi keng qo'llaniladi. Bu kabi misollarni M. A. Ahrorqulova, F. E. Qultayevalarning "Building materials and products" nomli uch tillik (Ingliz-Rus-O'zbek) qurilish atamalari lug'atida ko'rishimiz mumkin. Qurilishda eng ko'p ishlatiladigan birgina g'isht so'zini ishtirokida qurilish sohasida u bilan bog'liq bo'lgan juda ko'p terminlarni uchratish mumkin. Misol uchun: Ingliz tilida "Brick", rus tilida "Кирпич", O'zbek va qoraqalpoq tillarida "G'isht", "kerbish" deb tarjima qilinadi, lekin ingliz tilidagi "Brick" so'ziga oid atamalarni o'zbek va qoraqalpoq tillariga so'zma-so'z o'gira olmaymiz: "green brick" atamasini so'zma-so'z tarjima qilsak

"yashil g'isht" deb o'girsak juda katta xatoga yo'l qo'ygan bo'lamiz. Buni biz tilimizda mavjud bo'lgan "xom g'isht" deb o'girsak maqsadga muvofiq bo'ladi. Rus tiliga esa "необожженный кирпич" ("kuydirilmagan g'isht") deb o'giriladi. Bunga yana bir misol qilib, "face brick" atamasini olsak, so'zma-so'z "face-yuz, brick-g'isht" deb tarjima qilinadi lekin asl ma'nosi esa "pardozbop g'isht" nazarda tutiladi, rus tilida "облицовочный кирпич" deb o'giriladi.

Xulosa qilib aytganda, bu kabi ba'zi atamalarning tilimizda muqobil varianti bo'la turib, undan foydalanmayotganimizdan shu ko'rinib turibdiki, bu sohada haligacha yetarlicha tadqiqotlar va izlanishlar olib borilmagan. Biroq, boshqa sohalar singari bu sohaga ham neologizmlarning kirib kelishi tilimizning lug'at boyligi, terminologik bazasining ma'lum miqdorda kengayisha sababchi bo'lmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. "Qurilish va muhandislikka oid terminlar tarjimasining muammo va yechimlari" Kuchiboyev Mansur Abdumurotovich

2. Timirov A.M. English for engineering constructions. Turon nashr,2021.-B.8,74.

3.Samig'ov N.A., To'laganov A.A., Komilov X.X. Bino va inshootlar restavratsiyasi .Toshkent-2002. -B.45. 93

3. Kuchibboyev Mansur. English for engineering communication in constructions faculty. Fan bulog'i nashriyoti, Samarqand-2021.

4.Timirov A.M.English for engineering constructions.(Conversation pratice) Turon nashr, Samarqand-2021.- B.112.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.