Научная статья на тему 'O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARIDAGI “BOSH/ HEAD” KOMPONENTLI SOMATIK FRAZEMALARNING SEMANTIK DOIRALAR HOSIL QILISHI'

O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARIDAGI “BOSH/ HEAD” KOMPONENTLI SOMATIK FRAZEMALARNING SEMANTIK DOIRALAR HOSIL QILISHI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
128
27
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
frazeologizmlar / frazeologik birikmalar / semantic maydon / paradigmatik tasnif / semantika / lingvokulturologiya / somatizm / frazeologik omonimlik / lisoniy ong. / phraseologisms / phraseological combinations / semantic field / paradigmatic classification / semantics / linguoculturology / somatism / phraseological homonymy / linguistic consciousness.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Abduazizova, Munisa

Frazeologizmlar muayyan obrazni turli predmet, voqea-hodisalarning umumlashma tasavvuri vositasida tasvirlab beradi. Iboralar shaxs, ya’ni so‘zlovchi omili bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, shaxsning tasavvuri, dunyoqarashi, fiziologik va ruhiy holati voqelikni majoziy tasvirlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Madaniyat leksikonga, leksikon esa frazeologizmlar ifodasiga uzviy ta’sir ko‘rsatib turadi. Inson leksikonida boshqa leksik birliklar kabi iboralar ham muayyan umumiy jihatlar asosida paradigmalarga birikadi. Mana shu guruhlanishda mazmuniy ifoda plani yetakchi unsur vazifasini o‘taydi. Maqolada frazeologik birliklarning semantik jihatdan paradigmalar hosil qilishi va bu jarayonning tillarda uchrovchi lingvomadaniy farqlarni ochib berishdagi ahamiyati tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FORMATION OF SEMANTIC CIRCLES OF SOMATIC PHRASES WITH "BOSH/HEAD" COMPONENT IN UZBEKI AND ENGLISH LANGUAGES

Phraseologisms describe a certain image by means of a generalized imagination of various objects and events. Phrases are directly related to the person, i.e. the speaking factor, and the person's imagination, worldview, physiological and mental state play an important role in the figurative representation of reality. Culture has an integral effect on the lexicon, and the lexicon has an integral effect on the expression of phraseology. In the human lexicon, expressions, like other lexical units, are combined into paradigms based on certain common aspects. In this grouping, the meaningful expression plan serves as the leading element. The article analyzes the semantic formation of paradigms of phraseological units and the importance of this process in revealing linguistic and cultural differences found in languages.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARIDAGI “BOSH/ HEAD” KOMPONENTLI SOMATIK FRAZEMALARNING SEMANTIK DOIRALAR HOSIL QILISHI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

O'ZBEK VA INGLIZ TILLARIDAGI "BOSH/ HEAD" KOMPONENTLI SOMATIK FRAZEMALARNING SEMANTIK DOIRALAR HOSIL QILISHI

Munisa Abduazizova

Alisher Navoiy nomidagi ToshDO'TAU magistranti [email protected]

Frazeologizmlar muayyan obrazni turli predmet, voqea-hodisalarning umumlashma tasavvuri vositasida tasvirlab beradi. Iboralar shaxs, ya 'ni so 'zlovchi omili bilan bevosita bog'liq bo'lib, shaxsning tasavvuri, dunyoqarashi, fiziologik va ruhiy holati voqelikni majoziy tasvirlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Madaniyat leksikonga, leksikon esa frazeologizmlar ifodasiga uzviy ta 'sir ko 'rsatib turadi. Inson leksikonida boshqa leksik birliklar kabi iboralar ham muayyan umumiy jihatlar asosida paradigmalarga birikadi. Mana shu guruhlanishda mazmuniy ifoda plani yetakchi unsur vazifasini o'taydi. Maqolada frazeologik birliklarning semantik jihatdan paradigmalar hosil qilishi va bu jarayonning tillarda uchrovchi lingvomadaniy farqlarni ochib berishdagi ahamiyati tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: frazeologizmlar, frazeologik birikmalar,semantic maydon, paradigmatik tasnif, semantika, lingvokulturologiya, somatizm, frazeologik omonimlik, lisoniy ong.

Фразеологизмы описывают определенный образ посредством обобщенного представления о различных предметах и событиях. Фразы имеют непосредственное отношение к человеку, т.е. фактору говорения, а его воображение, мировоззрение, физиологическое и психическое состояние играют важную роль в образном представлении действительности. Культура интегрально влияет на лексику, а лексика интегрально влияет на выражение фразеологии. В человеческом лексиконе выражения, как и другие лексические единицы, объединяются в парадигмы, основанные на определенных общих аспектах. В этой группе осмысленный план выражения выступает в качестве ведущего элемента. В статье анализируется семантическое формирование парадигм фразеологизмов и значение этого процесса в выявлении лингвокультурологических различий, встречающихся в языках.

Ключевые слова: фразеологизмы, фразеологические сочетания, семантическое поле, парадигматическая классификация, семантика, лингвокультурология, соматизм, фразеологическая омонимия, языковое сознание.

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(3), March, 2023

ABSTRACT

Phraseologisms describe a certain image by means of a generalized imagination of various objects and events. Phrases are directly related to the person, i.e. the speaking factor, and the person's imagination, worldview, physiological and mental state play an important role in the figurative representation of reality. Culture has an integral effect on the lexicon, and the lexicon has an integral effect on the expression of phraseology. In the human lexicon, expressions, like other lexical units, are combined into paradigms based on certain common aspects. In this grouping, the meaningful expression plan serves as the leading element. The article analyzes the semantic formation of paradigms of phraseological units and the importance of this process in revealing linguistic and cultural differences found in languages.

Key words: phraseologisms, phraseological combinations, semantic field, paradigmatic classification, semantics, linguoculturology, somatism, phraseological homonymy, linguistic consciousness.

KIRISH

Inson leksikoni tuzilishi xususida turli qarashlar mavjud. Olimlarning aksariyati barcha til sathlariga oid birliklarni, xususan, leksik sathini ham UMIS (umumiylik, mohiyat, imkoniyat, sabab) va AHVO (alohidalik, hodisaviylik, voqelik, oqibat) dialektikasi bo'yicha tahlil qiladilar. Frazeologizmlar ham leksik sath tarkibida o'rganilganligi bois bu nazariyani ularga ham tadbiq etish mumkin. Frazeologizmlarning inson ongida salbiylik, ijobiylik mazmuniga ko'ra yoxud muayyan mavzu aloqadorligi asosida semantik doiralarda birlashishi xususiyatiga ega. Bu jihat individual jarayon sanaladi. Kimdir o'z leksikonida shakliy yaqinlik asosida iboralarni saqlashi ham mumkin. Bu asosan ikkinchi til o'laroq muayyan tilga oid iboralarni yod olganda ko'zga tashlanadi. Ammo asosiy til sifatida tildan foydalanuvchilarda mazmuniy jihatdan iboralarni guruhlash holati nisbatan muqobil variantdir. Iboralarni bu shaklda, ya'ni semantik doiralarga birlashtirib, guruhlab tahlil qilish frazemaning madaniy semaga egaligi yoki ega emasligini aniqlashda ham qo'l keladi. Masalan, "tirnoqqa zor bo'lmoq" iborasi tarkibidagi "tirnoq" somasi sinekdoxa asosida "insonga" ishora qilmoqda. Ibora tarkibidagi soma "farzand" so'zi bilan ongimizda assotsiativ aloqa hosil qilishga ulgurgan va mavzuviy bog'liqlik asosida "farzand" so'zi bilan ayni semantik maydonda birlashadi. "Farzand" va "tirnoq" somasi orasidagi assotsiatsiya boshqa tillarda mavjud emas. Mana shunday lingvomadaniy tafovut semantik doiralar tahlilida yaqqol nomoyon bo'ladi. Quyida "bosh" komponentli iboralarning semantik doiralar hosil qilishi va o'zbek, ingliz

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

tillaridagi somatik iboralaming mazmuniy uyg'unligi, shuningdek tafovutlarini tahlil qilib ko'ramiz.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Somatik frazeologizmlar orasida "bosh" komponentli frazemalar miqdor jihatidan "ko'z" komponentli iboralardan keyingi o'rinda turadi. Tadqiqotimiz davomida o'zbek tilida "bosh" komponentli frazemalar variantlari bilan hisoblaganda 160ta, variantlarsiz 75ta ekanligi aniqlandi. Albatta, bu raqamlar nisbiy bo'lib, sheva va lahjalarda uchrovchi frazeologizmlar hisobiga ko'payishi mumkin. Ingliz tilida ham bu shakldagi iboralar yetakchilik kasb etadi. Izlanishlar davomida ingliz tilida uchrovchi "bosh" komponentli 75ta frazeologizm tahlilga tortildi. Ikki til doirasida "bosh" komponentli frazeologizmlarni qiyosiy tahlil qilish uchun ularning tematik maydonlarini aniqlab olish muhim ahamiyat kasb etadi. Mavzu, mazmun doirasini aniqlashtirib olish orqali iboralarni solishtirish va ularning muqobilligi xususida muayyan bir xulosaga kelish mumkin. Dastlab o'zbek tilida uchrovchi "bosh" komponentli frazeologizmlarni tematik maydonlarga ajratib chiqaylik:

1. Tiriklik va o'lim ma'nolarini ifodalaovchi "bosh" komponentli frazeologizmlar: boshiga yetmoq, boshini yemoq, boshiga balo bo 'lmoq, boshini ko 'tarmoq (tuzalish va unib chiqish);

2. Mental qobiliyatni ifodalovchi "bosh" komponentli frazeologizmlar: boshiga kelmoq, boshidan o 'tmoq, boshi ishlamoq, bosh qotirmoq, boshi shishmoq, boshi g 'ovlab ketmoq;

3. Oila va nikoh munosabatlarini ifodalovchi "bosh" komponentli frazeologizmlar: boshini ikkita qilmoq, bir yostiqqa bosh qo 'ymoq, bosh qovushtirmoq, bosh biriktirmoq, bosh qo'shmoq, boshini bog'lamoq, boshi ochiq, bosh egali bo 'lmoq;

4. Ruhiy va emotsional holatni ifodalovchi "bosh" komponentli frazeologizmlar: boshi ko 'kka yetmoq, boshini quyi egmoq, boshini ham qilmoq, boshini egmoq, boshini aylantirmoq, boshi bilan sho'ng'ib ketmoq, boshi bilan kirib ketmoq, boshini bukmoq;

5. Jismoniy holat va harakatni ifodalovchi "bosh" komponentli frazeologizmlar: bosh ko'tarmoq (qo'zg'almoq, harakatga kelmoq), boshi chiqmaslik, boshini suqmoq, bosh tiqmoq, bosh olib ketmoq, boshidan soqit qilmoq, boshida tosh (yong 'oq, danak) chaqmoq, boshi aylanmoq;

6. Miqdorni ifodalovchi "bosh" komponentli frazeologizmlar: boshdan oshib ketmoq, boshdan ortib yotmoq, boshdan oshib-toshib yotmoq.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

O'zbek xalqining nikohlash marosimi, unashtirish odati bilan bogliq iboralari tarkibida somatik so'zlar faol qatnashadi. Xususan, boshini ikkita qilmoq, bir yostiqqa bosh qo'ymoq, bosh qovushtirmoq, bosh biriktirmoq, boshni qo'shsha qilmoq, boshini bog'lamoq, boshi ochiq, bosh egali bo'lmoq kabi iboralar shular jumlasidan. Milliy qarashlarga ko'ra, inson to'rt muchasining asosi bosh, bosh omonligi tan salomatligidan dalolat bergan. Olqish hamda qarg'ishlarning aksariyatida ham "bosh" bilan bog'liq o'rinlar ko'p uchraydi. "Boshing omon bo'lsin!", "Boshingdan balo arisin!", "Boshing toshdan bo'lsin!" kabi olqishlarda ham sinekdoxa asosida butun mucha mazmuni "bosh" somasi bilan ifodalanganini ko'rish mumkin. Bu kabi o'rinlarda bosh omonligi tiriklik, hayot, jon ma'nolarini akslantirgan. Yuqoridagi nikohlash marosimi bilan bog'liq o'rinda ham "bosh" tirik jon, ruhiyat, vujud ma'nolarini ifodalab, fikr, tushunchani yangi shaklda yetkazib berishga xizmat qilgan. Ingliz tilida «bosh» komponentli iboralarning ko'pchiligi mental qobiliyat, tafakkur qilish, o'ylash bilan bog'liq aqliy jarayonlarni aks ettiradi. Bu tarkibdagi iboralar o'zbek tilida biroz farqli xarakter kasb etadi.

Ingliz tilida "bosh" komponentli frazemalar quyidagi mazmuniy doiralarda birlashadi:

1. Mental faoliyatni ifodalovchi "bosh" komponentli frazeologizmlar: come into one's head (miyyasiga kelmoq), get the head around (tushunmoq, yechim topmoq), use one's head (obdon, yaxshilab o'ylamoq), scratch one's head (keragidan ortiq o'ylash), bang (hammer or knock) something into somebody's head (miyaga urilmoq), keep something in one's head (yodda saqlamoq), turn something over in one's head (bosh qotirmoq, biror narsa haqida o'ylash), beat one's head with something (kengroq, chuqurroq fikrlash), break one's head over something (yaxshilab o'ylab ko'rmoq); To bother one's head about something (boshini toliqtirmoq); to get something out of one's head (boshidan chiqarmoq, unutmoq); to get through one's head (tushunmoq); to make head or tail of something (boshi chiqmoq, yechim topmoq);

2. Mental qobilatni ifodalovchi "bosh" komponentli frazeologizmlar:

a) Ijobiy ma'noda ishlatiladigan: To have a clear head / a good head (boshi/ kallasi yaxshi ishlamoq, tafakkurli odam); to have a level head / keep a cool head / keep one's head (gangib qolmaydigan, to 'g 'ri qaror qabul qila oladigan); hold / keep one's head above water (vaziyatdan chiqmoq); keep something in one's head (yodda saqlamoq, unutmaslik); get it into one's head (yodda saqlamoq), old head on young shoulders (yoshiga nisbatan aqlli, yaxshi fikrlay oladigan);

b) Salbiy ma'noda ishlatiladigan: to have a bad head for something (miyyasida hech narsa yo 'q, boshi bo 'm-bo 'sh bo 'lmoq); soft in the head (boshi bo 'm-bo 'sh

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

bo'lmoq, jinni), have no head for something (hushi joyida bo'lmaslik), touched in the head (aqldan ozgan; biroz aqliy zaif), head case (ruhiy kasal yoki beqaror odam), hummer-headed (past intellektual qobiliyatga egalik), melon head (aqli zaif, jinni),

3. Insonlarga xos xarakterni, xususiyatini ifodalovchi "bosh" komponentli frazeologizmlar: sleepy head (uyquchi yoki dangasa), mop head (qalin sochli), talking head (boshlovchi yoki muxbir), a hot head (miyaga qon ketishi/ jinnilik); a level head (jahldor); a cool head (sovuqqon, hafsalali); go out of one's head (jinni bo'lmoq); go to one's head (maqtovdan dovdirab qolmoq), to head first (o 'ylamasdan ish qilish); swelled head (mag'rur, g'ururli);

4. Shaxsning emotsional holati va jismoniy holatini ifodalovchi somatik frazeologizmlar: to heap coals of fire on something head (voshqa odamda aybdorlik yoki pushaymonlik hissini uyg'otish uchun alohida harakat qilish); to hang one's head (uyatdan boshi egilmoq); bite someone's head off (haqorat qilmoq), butt heads (murosasiz bahslashmoq), do someone's head in (halal bermoq), give someone a big head (xushomad qilmoq), have someone's blood on one's head (kimningdir o 'limiga sabab bo 'lmoq), to lay (put) heads together (muzokaraga kelmoq); to get one's head down (uxlab qolmoq); to stand on one's head (osonlikcha bajarmoq), go to someone's head (ta 'sir o 'tkazish), to hide one's head (uyalmoq).

Ikki til doirasida "bosh" komponenti ishtirok etgan aynan muqobil iboralar ko'p emas. Semantik doiralardagi farqlar ularning mazmuniy nomuqobilligiga sabab bo'lgan. Ingliz tilida "bosh" so'zi asosan mental qobiliyatni, tafakkur jarayonini aks ettirib kelgan. Umumiy hisobda ingliz tilida uchrovchi "bosh" komponenti ishtirok etgan iboralarning 60%i insonga xos mental jarayonlarni akslantirgan. O'zbek tilida esa bu tarkibli iboralar semantikasida madaniy sema ustunroq, xususan, tug'ilish va o'lim, oil ava nikoh munosabatlari kabi aksiolingvistik xarakterdagi iboralar yetakchilik kasb etadi.

REFERENCES

1. Dictionary of English Language and culture. (with color illustrations). Longman Group UK limited. 1992.

2. Macmillan English Dictionary. New York. 2010.

3. Rahmatullayev Sh. O'zbek tilining izohli frazeologik lug'ati. -T.: O'qituvchi,

XULOSA

1978.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.