Научная статья на тему 'INGLIZ VA O`ZBEK TILLARIDA SEVGI KONSEPTINING LEKSEMALARDA NAMOYON BO`LISHI'

INGLIZ VA O`ZBEK TILLARIDA SEVGI KONSEPTINING LEKSEMALARDA NAMOYON BO`LISHI Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
191
26
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
somatizm / ibora / frazeologizm / frazeologiya / frazeologik birlik.

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Sabohat A’Zamjonovna Yusupova, Nodirabegim Fayzullo Qizi Tursunova, Yasharxon Toshpo’Latovna Ermatova

Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi sevgi konseptli somatik frazeologizmlar va ularning qiyosiy tahlilini ko‘rib chiqilgan. Ingliz va o‘zbek tillaridagi somatik frazeologik birliklarning qiyosiy tahlili bir qancha misollar bilan tahlilga tortilgan. Nazariy ma’lumotlarga munosabat bildirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INGLIZ VA O`ZBEK TILLARIDA SEVGI KONSEPTINING LEKSEMALARDA NAMOYON BO`LISHI»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 1 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

INGLIZ VA OZBEK TILLARIDA SEVGI KONSEPTINING LEKSEMALARDA NAMOYON BOLISHI

Sabohat A'zamjonovna Yusupova

Farg'ona davlat universiteti, ingliz tili kafedrasi katta o'qituvchisi

Nodirabegim Fayzullo qizi Tursunova

Andijon davlat universiteti, ingliz tili fonetikasi kafedrasi o'qituvchisi

Yasharxon Toshpo'latovna Ermatova

Farg'ona davlat universiteti Lingvistika (ingliz tili) yo'nalishi 2-bosqich magistranti

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada ingliz va o'zbek tillaridagi sevgi konseptli somatik frazeologizmlar va ularning qiyosiy tahlilini ko'rib chiqilgan. Ingliz va o'zbek tillaridagi somatik frazeologik birliklarning qiyosiy tahlili bir qancha misollar bilan tahlilga tortilgan. Nazariy ma'lumotlarga munosabat bildirilgan.

Kalit so'zlar: somatizm, ibora, frazeologizm, frazeologiya, frazeologikbirlik.

KIRISH

Jahon tilshunosligida tillarning o'zaro aloqalarini, jumladan, frazeologizmlarni boshqa tillar materiallari bilan qiyoslashda zamonaviy metodologik tamoyillardan foydalanish, insonning ichki va tashqi olami frazeosemantik maydonlarida ishlatiladigan metaforik iboralarning lingvokognitiv tahlili zaruratini aniqlash muhim masalalardan biri hisoblanadi.

ADABIYOTLAR SHARHI

Har bir tilning frazeologizmlarida xalqning barcha o'ziga xosliklari va uning dunyoqarashi aks etadi. V.A.Maslovaning fikricha «tilning frazeologik fondi xalqning madaniyati va mentaliteti haqidagi eng qimmatli manbadir, unda xalqning afsonalari, urf-odatlari, marosimlari,bayramlari, odob-axloqi va hokazolar mujassamlashgan». [2].

Frazeologiyada maxsus somatik frazeologik birliklar guruhi ajratiladi. Bu frazeologik birliklarning " tarkibiy qismi tananing u yoki bu qismini bildiruvchi so'zlar - somatizmlarni o'z ichiga oladi" [1, B. 107]. Somatizm yunoncha "soma" so'zdan olingan bo'lib, "tana" ma'nosini anglatadi. Somatizm, somatik frazeologik birlik yoki somatik komponentli frazeologik birlik deganda imo-ishoralar, yuz ifodalari va inson tanasining psixosomatikasiga tegishli bo'lgan iboralar tushuniladi. "Somatik" atamasi tilshunoslikka eston frazeologik birliklarini tahlil qilganda F.Vakk tomonidan kiritilgan. Jahon tilshunosligida somatik frazeologizmlarni o'rganish XX asrning ikkinchi yarmidan boshlangan. F.Vakk, G.A. Bagautdinova, S.G. Alekseeva, R.M. Vayntraub, R.Yu. Mugu, Ye.V.Nikolina, O.A. Kononova, V.P. Shubina, M.N. Azimova, T.N.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 1 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

Chayko, T.N. Fedulenkova va boshqalarning asarlari somatik frazeologiyani o'rganishga bag'ishlangan.

O'zbek tilshunosligida somatik frazeologizmlarni o'rganish Ya.Pinxasov,

Sh.Rahmatullaev, A.Hojiev, B.Yo'ldoshev, A.Mamatov, A.Isaev, Sh.Abdullaev, Sh.Usmonova kabi olimlar tomonidan amalga oshirilgan [3] Ushbu maqolamizning asosiy maqsadi ingliz va o'zbek tillaridagi Love/Muhabbat konseptli somatik frazeologizmlar va ularning qiyosiytahlilini ko'rib chiqishdir.

TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL

Tadqiqotlarimiz natijasida shuni aniqladikki, ham ingliz, ham o'zbek tilida Love/ Muhabbat konseptini yoritib beruvchi ko'plab somatik frazeologik birliklar mavjud bo'lib, ularkishilarning sevgi, mehr-muhabbatga bo'lgan turlicha o'ziga xos munosabatlarini namoyon etadi.

Zamonaviy ingliz va o'zbek tillarida ko'plab eye-ko'z komponentli somatik frazeologik birliklar mavjud.Ingliz tilida qo'llanadigan quyidagi frazeologizmlar bunga misol bo'la oladi: goo-goo eyes (implies a foolishly sentimental, romantic, or amorous glance); to cast one's eyes on smb.( to desire or covet someone or something, often greedily or selfishly.), have your eye on someone (to be considering trying to start a sexual or romantic relationship with someone), make eyes at somebody/give somebody the eye ( to look at someone in a way that shows you think they are sexually attractive ), make sheep's eyes at somebody (to look at someone in a way that shows you love them).

O'zbek tilida "ko'z" leksemasi ishtirokidagi iboralar ma'lum miqdoriga ega bo'lib, ular quyidagilarni tashkil qiladi: ko'ziga o'tday ko'rinmoq, ko'zining oqu qorasi, ko'z qorachig'i, ko'zining qorachig'i, ko'z ochib ko'rgan[3; B.135-139]. Tilimizda ko'z komponentli ko'z qorachig'i, ko'z(i)ning qorachig'i singari ot hamda ko'z ochib ko'rgan, ko'z qorachig'idek, ko'z qorasidek kabi ravish frazeologizmlar shakllangan.

Ingliz tilida ko'p qo'llanishi bo'yicha ikkinchi o'rinda "head" leksemali frazeologik birliklar turadi: to lose one's head about smb, be/fallhead over heels in love (to love or suddenly start to love someone very much).

Sh.Rahmatullaevning «O'zbek tilining frazeologik lug'ati» da bosh komponentli frazeologik birliklarni o'rganib chiqib, ularning ko'pincha turmush qurish ma'nosida qo'llanilishining guvohi bo'ldik: boshlarini qovushtirmoq, boshlarini biriktirmoq, boshlarini qo'shmoq, bir boshni ikki qilmoq, biryostiqqa bosh qo'ymoq [3; B.39-55]. Yana boshqa frazeologik birliklar boshini aylantirmoq yoki bosh-ko 'zini aylantirmoq birovni maftun qilmoq ma'nosida, boshiga ko'tarmoq birovga mehr-muhabbatini

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 1 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

bildirish, kimgadir yuksak hurmat ko'rsatish ma'nosida ishlatilishi aynan muhabbat konseptli frazeologizmlar guruhiga kiritishga asos bo'la oladi [3; B.45-46].

Ingliz tilida "heart" ya'ni "yurak" leksemasi turli xil ma'noda qo'llaniladi va uning ma'nolaridan biri sevgi, muhabbat sifatida ishlatiladi: lose one's heart - sevib qolmoq, steal somebody's heart - birovning ko'nglini olmoq, affair of the heart -ishqiy sarguzashtlar, somebody^s heart rules their head- aqlini qalbi boshqarishi, win somebody^s heart - sevgisini qozonmoq, a broken heart - sevgidan singan qalb.

Yurak komponentli iboralarning paradigmasida aksariyati fe'l iboralar shakllangan: yuragidan urmoq ,yuragiga qo'l solmoq , yuragini ochmoq. Bunda ot turkumidagi yurak somatizmi jo'nalish, tushum va chiqish kelishigi qo'shimchalarini qabul qilib, frazemalarni shakllantirishga xizmat qiladi. Yuragida o't yonmoq iborasining tarkibidagi o't so'zi - kishi ruhiyatidagi, qalbidagi alanga, olovga teng keladi.

O'zbek tilida Muhabbat konseptini ifodalash uchun tana qismlari komponentlari ishtirokidagi quyidagi frazeologik birlik ham qo'llanadi: jigaridan urmoq (oshiq bo'lmoq) [3; B. 269]. Ingliz tilida esa "jigar" komponentli muhabbatni konseptini ifodalaydigan somatizmlar topilmadi.

Muhabbat haqidagi aksariyat o'zbek va ingliz maqollari qarama-qarshijinslarning bir-biriga bo'lgan hissiy qiziqishini aks ettiradi. "Sevganing qoshingda bo 'lsa, Senga cho 'l - bog'i-eram ", "Suyganing bilan bo 'Isang, qora uy ham ola bargoh ko'rinar", "Love lives in cottages as well as in courts" kabi maqollarini ham ushbu semantik guruhga kiritish mumkin. Bu maqollarda ham hatto kulba ham muhabbat bilan jannatga aylanishi ya'ni qashshoqlik unga to'siq bo'la olmasligi ifodalangan.

Ammo ushbu semantik ma'noga zid bo'lgan ingliz maqollari ham mavjud, masalan, " When poverty comes in at the door, love flies out at the window ", maqolida qashshoqlik tufayli o'zaro sevgi hissi yo'qolishi kuzatiladi. O'zbek tilida ekvivalent qilib berilgan "O 'zi kelgan yor-yor, o 'zi ketar yor-yor" maqolida yorning ketishining sababi moddiy qiyinchilik qilib ko'rsatilmagan. O'zbek maqollarida muhabbat moddiy boylikka bog'liq bo'lmagan, ilohiy bir go'zal tuyg'u bo'lib uning bebaholigi va unga erishish oson emasligi ifodalanganligining guvohi bo'lamiz.

Sof sevgi sotilmas, yo kesakdek otilmas;sevgi bozorda sotilmas; sevgi pulga sotilmas ,ko 'ngilpulga topilmas; muhabbat boylikka boqmas

Quyidagi ingliz maqollarida muhabbatning kuchli his tuyg'u ekanligi tarannum etiladi: Love is blind; Absence makes the heart grow fonder; Faults are thick where love is thin; Love makes the world go round.

Biroq buning aksi muhabbatning kuchsizligini aks ettirgan inglizcha maqollarni ham uchratamiz: Salt water and absence wash away love

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 1 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

Muhabbat haqidagi inglizcha maqollarda yashirin va ochiq taqqoslash mavjud bo'lib, ular maqollarga ijobiy va salbiy baholarni berishi mumkin.

Love is blind, as well as hatred; Hatred is blind, as well as love, ingliz maqollari ochiq taqqoslashni o'z ichiga olgan. Maqollarning bevosita ma'nosi "muhabbat nafrat singari ko'r". Ushbu maqollarda as well as qiyoslash konstruksiyasi sevgi va nafratni taqqoslash uchun ishlatilgan.

Ingliz maqollarida yashirin taqqoslashni ham ko'rish mumkin. Masalan, All is fair in love and war (Sevgida va urushda har qanday chora yaxshi.) maqolining to'g'ridan-to'g'ri ma'nosi shuni anglatadiki, "sevgi va urushda ta'qiqlar yo'q, xohlagan ishni qilim mumkin, sevgi va urushda hamma narsa adolatli» Yashirin taqqoslash ushbu maqolga ijobiy va salbiy baho berishi mumkin. Agar maqoldagi All so'zi ostida yashiringan odamning barcha harakatlari, "hamma yaxshilikka intilsa, tinchlik uchun harakat qilsa" ma'nosi tushunilsa yashirin taqqoslash ushbu maqolga ijobiy baho berishi mumkin. Agar odam, maqolda ko'rsatilganidek, o'z maqsadlariga erishish uchunhamma narsa, har qanday axloqsiz xatti-harakatlar yoki jinoyatlar sodir etishi tushunilsa yashirin taqqoslash ushbu maqolga salbiy baho beradi. XULOSA VA MUNOZARA

Turli tillar frazeologiyasini qiyosiy jihatdan o'rganish esa har ikkala tilning ham tuzilishini chuqur anglab yetish, bu til sohiblari bo'lgan insonlarning fe'li, madaniyati, adabiyoti, tarixi, urf-odatlari to'g'risidagi bilimlarning boyitilishiga xizmat qiladi. O'zbek va ingliz frazeologiyasida somatizmlar bilan bog'liq bo'lgan birliklar salmoqli o'rin tutadi va bu kundalik faoliyat hamda ruhiy kechinmalar jarayonida inson tana a'zolari ishtirokining faolligi bilan izohlanadi.

ADABIYOTLAR ROYXATI

1. Rahmatullaev Sh. O'zbek tilining izohli frazeologik lo'g'ati.T-2018.407b

2. Usmonova Sh.R. O'zbek va turk tillarida somatik iboralar. Filol. fan. nom. diss.. -Toshkent, 2018. - 162 b

3. Maslova V.A. Lingvokulturologiya. 2-nashr. - M.: Akademiya, 2014. - 204 b.

4. Yusupova, S. (2022). H^THMOHH rYPYX,.^AP^A X,YPMAT KATErOPH^CH HOO^A^Am. Science and innovation, 1(B5), 350-352.

5. 13. A'zamjonovna, Y. S. (2022). INGLIZ TILIDA EMOTSIYALARNING GRAMMATIK IFODALANISHI. PEDAGOGS jurnali, 20(2), 65-68.

6. 14. M. Axunova, & S. Yusupova (2022). SON KATEGORIYASINING QO'LLANILISHI VA UNING INGLIZ VA O'ZBEK TILLARIDA QIYOSLANISHI. Science and innovation, 1 (B7), 736-739.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 1 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

7. 15. G. Tolanboyeva, & S. Yusupova (2022). LINGVOKULTUROLOGIYA O'RGANILISH TARIXI. Science and innovation, 1 (B6), 540-543.

8. 16.Юсупова, С. А. (2022, September). УЗБЕК ТИЛИ ТИПОЛОГИЯСИДА Х,УРМАТ КАТЕГОРИЯСИ. In INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE" THE TIME OF SCIENTIFIC PROGRESS" (Vol. 1, No. 1, pp. 1014).

9. 17. Юсупова, С. А. (2022, September). УЗБЕК ТИЛИДА ХУРМАТ ИФОДАЛАШНИНГ ЛИНГВОКУЛЬТУРОЛОГИК ХУСУСИЯТЛАРИ. In INTERNATIONAL SCIENTIFIC CONFERENCE" INNOVATIVE TRENDS IN SCIENCE, PRACTICE AND EDUCATION" (Vol. 1, No. 1, pp. 10-14).

10. 18. Sabohatxon, Y., Zilolaxon, T. Y., & Shaxlo, Y. L. (2022). EXPRESSION OF METAPHOR IN DIFFERENT SYSTEM LANGUAGES. RESEARCH AND EDUCATION, 1(2), 209-212.

11. 19. A'zamjonovna, Y. S. (2022). GARRI POTTER HIKOYASIDA ME'MORCHILIK. O'ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VA ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI, 1(12), 1103-1104.

12. . Maftuna Erkin qizi, J. ., Kamilla Andreyevna, P. ., Sabohat A'zamjonovna, Y., & Farhod Faxriddinovich, U. . (2022). MEDIA DISCOURSE FEATURES. Scientific Impulse, 1(3), 561-565.

13. www.ziyonet.uz

14. www.natlib.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.