INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT
PROSPECTS"
_April 26, 2024_
O'ZBEK VA INGLIZ ONOMASTIKASIDA ANTROPONIMLARNING O'RGANILISHI
Komilova Muxtaram Xotamjon qizi
Farg'ona davlat universiteti tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11045069
Anotatsiya. Ism berish, o'zbek antroponimiyasi, osmoniy jismlar, tabiat hodisalari va stixiyalari.
Kalit so'zlar: Onomastik, onomastik birlik, onomastik material, antroponim. Аннотация. Именование, узбекская антропонимия, небесные светила, явления природы и стихии.
Ключевые слова: Ономастика, ономастическая единица, ономастический материал, антропоним.
Abstract. Naming, uzbek anthroponymy, heavenly bodies, natural phenomena and elements.
Keywords: Onomastic, onomastic unit, onomastic material, anthroponym.
Onomastik material har qanday rivojlangan til lug'at boyligining katta qismini tashkil etadi. Shunga ko'ra onomastik materialni xuddi tarix, geografiya, astronomiya kabi fanlar singari maxsus o'rganish talab qilinadi. Bunday o'rganish o'rta umumta'lim maktablaridan boshlanishi hamda tizimli ravishda akademik litseylarda va oliy o'quv yurtlarida izchil ravishda davom ettirilishi lozim. Onomastik material bo'yicha dars o'tish o'qituvchidan katta tayyorgarlikni, tilning lug'at tizimida onomastik birliklarning tutgan o'rnini aniq tasavvur etishni talab qiladi. Shuni inobatga olish kerakki, ona tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, chet tillari, geografiya, tarix, astronomiya, biologiya, fizika kabi fanlar mazmun- mundarijasi onomastik materialga boyligi bilan ajralib turadi. Onomastik birliklarni maktab, litsey, oliy o'quv yurtlarida alohida mavzuiy guruhlar, onomastik ko'lam va ko'lamchalar sifatida o'qitish muammolari ham o'zbek onomastikasida maxsus o'rganilishi lozim.[70,71]
Bolaga ism berish qadimiy jarayon bo'lib, kishilar bu masalaga ma'suliyat bilan yondashganlar. Mana shunday jarayonda ma'lum e'tiqod, ishonch, tasavvurlar shakllana borgan hamda har bir davr, ijtimoiy tuzum, xalqlararo munosabatlar, ko'chish jarayonlari ism berishga o'z ta'sirini o'tkazgan.[148]
O'zbek tili antroponimiya tizimida ismlar, ularning paydo bo'lish asoslarini kuzatish ism berishga ma'lum nuqtai nazarlar doimo ta'sir o'tkazib kelganini ko'rsatadi.[148]
O'zbek antroponimiyasida diniy motivlarning paydo bo'lishi, ismlarning shakllanishi va boyishida asosiy omil hisoblanadi. Diniy motivlar tarixiy sharoitlar va hodisalar orqali o'zgarib borsada, diniy e'tiqod motivi chaqaloqqa ism berishda yetuk tasavvurlardan biri bo'lgan.
Bu guruhga kiruvchi nomlarning yuzaga kelishi va berilishi sabablari kishilarning tabiat va tabiat hodisalari haqidagi qadimiy tasavvurlari bilan, ya'ni ba'zi hayvonlarni, o'simliklarni, jonivorlarni, ilohiy deb bilish, ularga sig'inish, ularni totem sifatida e'zozlanishi bilan bog'liqdir. Bunday ismlarning yuzaga kelishining asosiy negizi qadimiy davr kishilarining so'z (nom) ning sehrli kuchiga ishonishi va undan yordam kutishidir.[138]
Ushbu maqolada o'zbek va ingliz ismlarining o'ziga xos xususiyatlarini ism bag'ishlovlar - memorativlar o'xshashlik tomonlarini ko'rib chiqamiz. 1) Osmoniy jismlar nomidan yasalgan ismlar:
O'zbek
Ingliz
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT
PROSPECTS"
April 26, 2024_
Oygul, Oyqiz, Sitora, Oynur, Hilola, Bahrom, Oydin, Oybek
Diana, Luna, Atlas, Jacira
Atlas: Saturnning yana bir yo'ldoshi va yunon mifologiyasida dunyoni ushlab turgan titan. Diana: Bu Rim ma'budasi Luna bilan bog'langan. Diana - oy degan ma'noni anglatuvchi oqlangan ism.
Jacira: Bu Braziliya Tupi tilidan ikki so'zdan kelib chiqqan bo'lib, "asal" va "oy" degan ma'noni anglatadi. Chiroyli kombinatsiya.
2) Tabiat hodisalari va stixiyalari nomidan yasalgan ismlar:
O'zbek Ingliz
Uchqun, Yashin, Toshqin Spark, Hugo
Spark ismi o'g'il bola ismi bo'lib, "porlayotgan zarracha" degan ma'noni anglatadi.
Hugo ismi asosan nemis tilida erkak ismi bo'lib, ongda va ruhda yorqin degan ma'noni anglatadi.
Umuman olganda, o'zbek va ingliz antroponimikasi uzoq tarixiy davrni bosib o'tgan, tilimizning turli taraqqiyot bosqichi haqida ma'lumot beruvchi yo'nalish desak mubolag'a bo'lmaydi. Antroponim yo'nalishi til tarixi, xalq tarixi va xalqlarning o'zaro ijtimoiy- siyosiy va madaniy aloqalari haqida muhim ma'lumotlarni o'zida aks ettiruvchi o'ziga xos onomastik birlik sanaladi.
REFERENCES
1. Йулдошев Б. (2011). Узбек ономастикаси масалалари. Самарканд, (p. 109).
2. Бегматов Э. (2013). In Узбек тили антропонимикаси (pp. 15-16). Тошкент: Фан.
3. Qilichev B. (2023). Onomastika o'quv qo'llanma. In Onomastika. Buxoro.
4. https://www.peanut-app.io/blog/space-baby-names
5. Komilova M.X. (2023). Ingliz va o'zbek antroponimlarining o'xshash va farqli jihatlarining chog'ishtirma tadqiqi. International Journal of Education, Social Science & Humanities. V, pp. 2011-2015. Finland academic research science publishers. doi:10.5281/8003227
6. Komilova M.X. (2023). Ingliz va o'zbek antroponimlarining o'xshash va farqli jihatlarining chog'ishtirma tadqiqi. International Journal of Education, Social Science & Humanities. V, pp. 2011-2015. Finland academic research science publishers. doi:10.5281/8003227
7. Komilova M.X. (2023). Ingliz va o'zbek etnik guruh vakillarining farzandga ism berish motivlari. Pedagogika, 36-41.