Open access journal
www.in-academy.uz
O'ZBEK VA INGLIZ DIPLOMATIK MATNLARINING USLUBIY O'RGANILISHI
Mirzamatova Ziyoda Abdullayevna
Farg'ona viloyati Farg'ona shahar 41-son umumiy o'rta ta'lim maktabi
"Ingliz tili" fani o'qituvchisi M.Mamajonov
Ilmiy rahbar: f.f.f.d.(PhD).Farg'ona davlat universiteti dotsenti
ABSTRACT
Bugungi kunda tilshunoslikda ijtimoiy hayotimizda, ayniqsa davlatning tashqi aloqalarida ko'p qo'llanuvchi diplomatiya so'zining mazmun-mohiyati, kelib chiqish tarixi va tushunchasining ilmiy xususiyatlari tadqiq qilinmoqda. Usbbu maqolada O'zbek va Ingliz tillarida diplomatik matnlarning uslubiy o'rganilishi va asoslari haqida fikr va mulohazalaryuritilgan.
Diplomatiya termini XX asrning o'rtalarida rus tili orqali o'zbek tiliga kirib keldi. Manbalarda u quyidagicha ta'riflanadi. "Diplomatiya - Davlatning tashqi xalqaro siyosatini amalga oshirish, chet mamlakatlar bilan aloqa qilish sohasidagi faoliyati"dir. O'zbek tilining 5 jildlik izohli lug'atida ham ushbu terminning qayd etilgan sharhi aynan keltiriladi.
O'zbek tilshunosligida diplomatik nutq yuzasidan olib borilgan tadqiqotlarda diplomatiya tushunchasini ifodalashda, asosan, mazkur ikki lug'atga asoslaniladi. Ayrim manbalarda ushbu tushuncha yuzasidan, yuqorida qayd etilgan ta'rif asosida, kengroq, mukammalroq fikrlar ham bildiriladi.
Diplomatik hujjatlar lisoniy jihatdan o'ziga xos leksik-uslubiy, morfologik va sintaktik xususiyatlarga ega. Ingliz va o'zbek tillarida diplomatik yozishmalarning kognitiv-diskursiv xususiyatlari, kommunikativ-pragmatik tahlili masalalarining ham qiyosiy planda o'rganilmaganligi ushbu mavzuning dolzarbligini ko'rsatadi. Dunyo hamjamiyatida ingliz tilining xalqaro muloqot tili sifatidagi roli ortib borar ekan, o'zbek hujjatchiligida ham ingliz tilidan so'zlarning o'zlashtirilishi sezilarli darajada ortgan [2]. O'zbek tilida ro'y berayotgan bu hodisa tilshunos tadqiqotchilarning qizg'in bahs va munozaralariga sabab bo'lmoqda. Ana shu jihatdan ushbu mavzu tadqiqotga tortilishi zaruriyatini ko'rsatdi.
Leksik-uslubiy jihatdan diplomatik yozishmalar o'z atamalar tizimiga, qoliplashgan turg'un birikmalariga, sinonim, antonimlar kabi turli ifoda vositalariga ega. Shuni alohida ta'kidlab o'tish kerakki, rasmiy ish uslubi hissiy bo'yoqdor so'zlardan xoli bo'lgani xolda diplomatik yozishmalar hissiy bo'yoqdor so'zlarga boyligi, maqtov so'zlariga egaligi bilan ajralib turadi [5]. Maqtov so'zlari diplomatik yozishmalarining eng asosiy turi bo'lmish nota-bayonotlarning zaruriy qismlaridan biri hisoblanadi. Ularning oz-ko'p qo'llanilashiga qarab ushbu hujjatlar malum bir turlarga ham ajratiladi. Chunonchi, notalarda "Janobi oliylari",
ARTICLE INFO
Received: 13th February 2024 Accepted: 19th February 2024 Online: 20th February 2024
KEY WORDS Diplomatik termin, tashqi aloqa, diplomatiya, elchi, Leksik-uslubiy xususiyat,
Salutation.
Open access journal
www.in-academy.uz
"Hurmatli janob", "Sizga bo'lgan yuksak hurmatimga ishonch bildirgaysiz" kabi hurmat-e'zoz so'zlarining ko'p qo'llanilishi unga do'stonalik, oz qo'llanilishi esa rasmiy tus beradi.
Diplomatik yozishmalarda sinonimik qatorning ko'proq uslubiy neytral so'zlari emas, balki ijobiy hissiy bo'yoqli va kitobiy uslubga xos so'zlari ko'p qo'llaniladi. Chunonchi, bildiraman so'zi o'rnida izhor etaman, vaqt o'rnida fursat, bir marta o'rnida bir bora, mansab o'rnida lavozim, raxmat o'rnida tashakkur, xursand so'zi o'rnida mamnun so'zlari qo'laniladi. Diplomatik protokolda (ayniqsa og'zaki nutqlarda) iboralar ko'chma ma'noda qo'llanuvchi turg'un so'z birikmalari, jumladan bosh ustiga, boshimiz ko'kka yetdi, ko'nglingizni cho'ktirmang bir yoqadan bosh chiqarib, bir tanu bir jon bo'lib iboralar, shuningdek, xalq maqollari, donolar bisotidan olingan aforizmlar keng qo'llaniladi. Bunday turg'un birikmalar nutqqa ko'tarinki ruh berishga, tasirchanlikni oshirishga xizmat qiladi. Qadimda iboralar diplomatik hujjatlarda ayniqsa ko'p qo'llanilar edi. Hozir ham ayrim rasmiy shaxsiy xatlarda tez-tez uchrab turadi.
Diplomatik yozishmalarda ko'pincha I yoki III shaxs nomidan so'zlanadi, shu sababdan gaplarning kesimi I yoki III shaxs shaklida bo'ladi. Shuni alohida qayd qilib o'tish kerakki, diplomatik nutqda passiv konstruksiyalar ko'p qo'llanadi [3]. Xatto bayonni birinchi shaxs tomonidan yoki "biz tomondan qabul qilingan qaror" kabi majhul shaklarda ifodalash xollari ko'p uchraydi. Gap va so'z birikmalarining ko'proq biriktiruvchi bog'lovchilar (ham, va, hamda) yordamida, ergash gapli qo'shma gaplar esa -ki, shuning uchun, shu sababli, shu tufayli, kabi ergashtiruvchi bog'lovchilar, ravishdoshning -b, -ib shakli vositasida bog'lanishi kuzatiladi. Diplomatik yozishmalardan kirish so'z va kirish birikmalar ko'p qo'llanadi.
Morfologik jihatdan kishilik, o'zlik, ko'rsatish olmoshlarining, tuslanmagan fe'l shakllari, ayniksa, harakat nomining -moq shakli, majhul nisbat shakllarining, qo'shma ot kesimlar (hamkorlik qilmoq, umid qilmoq, muyassar bo'lmoq, bekor qilmoq, ma'lum qilmoq, gullab yashnamoq) kabi ko'shma va juft fellarning ko'p ishlatilishini kuzatish mumkin. Bu o'rinda shuni alohida ta'kidlash kerakki, diplomatik yozishmalar ko'tarinki ruhda yozilgani uchun ko'tarinkilikka xizmat qiluvchi grammatik-morfologik shakllar ko'p qo'llanadi. Chunonchi, harakat nomining -moq shakli, fellarning ishonch bildirgaysiz, qabul etgaysiz kabi arxaik va kitobiy shakllarning qo'llanishi va hokazo.
Rasmiy uslubning morfologik xususiyatlari nutqning ma'lum qismlari va ulardan yasalgan so'zlarning takroran ishlatilishidir. Shu sababdan, bir muloqot formulalaridan qayta foydalanmaslik va bir xillikka yo'l qo'ymaslik zarur. Masalan, shaxsning mavqeini bildiruvchi otlar: soliq to'lovchi, ijaraga beruvchi tomon, mulk egasi, guvoh, yetkazib beruvchi; lavozim yoki martabani bildiruvchi otlar: axborot resurs markazi direktori, kotib, leytenant, inspektor; inkor ma'nosida ishlatiladigan otlar: imkonsiz, nomutanosiblik, nomuvofiqlik; bog'lovchilar: asosida, darajada, nisbatan, munosabati bilan, bog'liq holda; infinitiv: tekshirish, faoliyat doirasini aniqlash, yordam ko'rsatish; ikki yoki undan ortiq asosdan tashkil topgan so'zlarning qo'llanilishi: yuqorida qayd etilgan, ish beruvchi, texnik xizmat ko'rsatuvchi, ijaraga beruvchi hisoblanadi.
"Ingliz tilida so'zlashadigan mamlakatlarda diplomatik yozuvning tuzilishi shaxsiy xatlarning tuzilishidan biroz farq qiladi, ammo bu farq ahamiyatsiz. Norasmiy maktubda bo'lgani kabi, diplomatik maktubda ham bir xil qismlar (elementlar) mavjud. Bundan tashqari, unda faqat diplomatik maktubga xos bo'lgan ba'zi elementlar bo'lishi mumkin."
«
Open access journal
www.in-academy.uz
Diplomatik xatining qismlarini sanab o'tamiz:
1. Yuboruvchining manzilini o'z ichiga olgan sarlavha (company letterheading; Sender's address);
2. Xat sanasi (date);
3. Qabul qiluvchining manzili (inside address);
4. Murojaat (Salutation);
5. Xat mazmuniga ishora (subject line);
6. Xatning asosiy matni (body of the letter);
7. Xushmuomalalikning yakuniy formulasi (complimentary close);
8. Yuboruvchining imzosi (signature);
9. Xat muallifi va ijrochining bosh harflari (Identifying initials);
10. Ilovalarni ko'rsatish (Enclosures);
11. P. S., I. E. tugallangan xat uchun postskript (Postscript);
12. Nusxalar mavjudligi to'g'risida bildirishnoma (copies sent Notation).
Shuni ta'kidlash kerakki, yuqorida sanab o'tilgan tarkibiy qismlarning mavjudligi shart emas. Aytaylik, ilovalar bo'lmasa, xatning ushbu bo'limiga ehtiyoj yo'qoladi.
Bugungi kunda ingliz va o'zbek tillarida siyosiy va diplomatik terminologiyani o'rganish katta lingvistik qiziqish uyg'otadi. So'nggi bir necha asrlar davomida dunyoda globallashuv sur'atlarining kuchayishi bilan dunyoning ko'plab mamlakatlarida muzokaralar paytida o'z pozitsiyasini eng aniq ifoda etish uchun o'z tilining siyosiy va diplomatik terminologiyasini takomillashtirish yoki rivojlantirish zaruriyati paydo bo'ldi. Vaqt o'tishi bilan diplomatik va siyosiy leksikonlarda yagona standartlarga eng yaqin bo'lgan variantlar paydo bo'ldi. So'nggi paytlarda sodir bo'lgan ba'zi voqealarda diplomatiya va xalqaro ishlarni olib borish sohasida ba'zi noxush holatlar kuzatilmoqda. Buning sababi shundaki, diplomatiyaning ko'p qirrali fani lingvodidaktikaning murakkabliklariga duch keladi.
Globallashuv sharoitida jahon hamjamiyatiga ta'sir ko'rsatayotganligi sababli, siyosiy va diplomatik terminologiyani o'rganish tobora o'sib bormoqda [4]. Va hatto o'tkazilgan ko'plab ilmiy ishlar ham diplomatik terminologiyada bir qator muammolarni to'liq hal qilishga yordam bermaydi. Shuni ta'kidlash kerakki, bundan tashqari, ingliz va fransuz tillaridan tarjimalar yanada rivojlanishi kerak, chunki hozirda juda tor tadqiqot bazasi mavjud.
Ishtirokchilar xalqaro munosabatlarda nutq amaliyotining tartibga soluvchi normalariga rioya qilishlari kerak, chunki ular ma'lum bir mamlakatning xalqaro munosabatlar sohasidagi mavqeyini e'lon qiladi. Bugungi kunga kelib, diplomatik nutqni o'rganish tobora ko'proq qiziqish uyg'otmoqda va uni lingvistik nuqtai nazardan chuqur o'rganish xalqaro miqyosdagi yangi jihatlarni tan olishga imkon beradi. Shuning uchun ham samarali xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, diplomatik nutqning tarjima va lingvistik xususiyatlarini o'rganish muhim ahamiyatga ega.
Davlatning tashqi siyosatini amalga oshirish bu diplomatik nutqning eng muhim vazifasidir. Shu bilan birga, u juda xilma-xildir: unda huquqiy nutq, siyosiy nutq, iqtisodiy nutq, harbiy nutq, shuningdek ommaviy axborot vositalarining nutqi ham bo'lishi mumkin. Ta'kidlash joizki, o'zbek tilida diplomatiya leksikasini faol rivojlantirish uchun insonning diplomatiya va tashqi davlat munosabatlari bilan bog'liq aqliy faoliyati natijalarini aniqlash mantiqan to'g'ri keladi.
«
Open access journal
www.in-academy.uz
Bugungi kunda tilshunos olimlar hamda tadqiqotchilar o'zbek tilida diplomatiyaning leksik-semantik va uslubiy birliklarini qayta tahlil qilish tendentsiyasi bo'yicha ko'plab nazariy va ilmiy ishlar olib borayotgani tahsinga sazovordir. Umuman olganda, bunday tirishqoq harakatlar ularni saqlashga qaratilganligi bilan ajralib turadi va albatta ular o'zbek tilining sofligi, asl tabiatini tiklash, shuningdek, boshqa tillarning muhim o'rni, leksik birliklarning xususiyatlari, ularning tuzilishi, mazmuni, etimologiyasi va ulardan foydalanishni nazarda tutuvchi ilmiy izlanishlar olib borishni talab etadi.
Venada BMTning diplomatiya va siyosiy leksikonlarni standartlashtirish bo'yicha "diplomatik munosabatlar va immunitet masalalari to'g'risida" konferensiyasida 1961-yil 18-aprelda Vena Konvensiyasi ishlab chiqilganligi ma'lum. 53 moddadan iborat ushbu huquqiy hujjat davlat rahbarlari huzuridagi diplomatik vakolatxonalarning maqomi va vazifalarini belgilaydi [4].
Diplomatik matnlar turli xil rasmiy xatlar va diplomatik hujjatlar to'plamidir. Davlatlar o'rtasidagi munosabatlarni o'rnatish vositasi, davlatning tashqi siyosiy va diplomatik faoliyatining asosiy shakllaridan biri. Davlatlar o'rtasidagi yozishmalar davlat, hukumat rahbari, tashqi ishlar idorasi, turli davlat va jamoat tashkilotlari va muassasalari yoki ularning rahbarlari, diplomatik vakillar va ayrim diplomatlar nomidan amalga oshiriladi. Xatlar, telegrammalar, eslatmalar bo'yicha yozishmalar, shuningdek deklaratsiyalar, chaqiriqlar, axborot agentlarining xabarlari diplomatik yozishmalarning turlari hisoblanadi.
Diplomatik matnlar xalqaro hayot va tashqi siyosat, davlatlar o'rtasidagi ikki tomonlama yoki ko'p tomonlama munosabatlar masalalarini qamrab oladi. Ushbu hujjatlarni tayyorlash davlat va tegishli muassasalarning diplomatik faoliyatining muhim sohasi hisoblanadi. Har qanday diplomatik hujjatni tayyorlash uchun maxsus protokol mavjud. Bu qabul qiluvchiga yozma hurmatning ifodasi. Qoida tariqasida, diplomatik hujjat qabul qilingan ijtimoiy iltifot bilan boshlanadi va tugaydi. Nutq odob-axloq qoidalari biznes yozishmalarida muhim ahamiyatga ega. Yaxshi yozilgan xatlar jo'natuvchida ijobiy taassurot qoldiradi. Ushbu matnlarning tabiati va rivojlanishi ikki yo'nalishda - tarixiy va uslubiy jihatdan o'rganiladi. Tarixiy-uslubiy yo'nalishda nafaqat nutq vositalarining mazmuni, balki ularning turli xil matn turlarida foydalanish qonuni ham o'rganiladi.
References:
1. Sh.M.Mirzyoev O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son Farmoni.
2. Babaxanova D.A. "Официально-деловой стиль современного узбекского литературного языка". Avtoreferat diss.na soiskanie uch. st. kand. filol. nauk. -Tashkent, 1987. 67 bet.
3. Balandina L.A., Davidyan G.R. "Учебные и методические материалы по дисциплине русский язык и культура" - M., 2005. - 4 bet.
4. Valgina N.S. "Теория в тексте". Moskva. 2003: 197 bet. http://yanko.lib.ru/books/language/ru/valgina.teoriya teksta.moskva.logos.2003p173(sl)
5. Vvedenskaya L.A., Pavlova L.G., Kashaeva E.YU. // Русский язык и культура. - Rostov Donu: Feniks, 2006. - 504 bet.