Научная статья на тему 'OʻZBEK TILSHUNOSLIGIDA MAQOLLAR VA ULARNING DAVRIYLIGINI ANIQLASH'

OʻZBEK TILSHUNOSLIGIDA MAQOLLAR VA ULARNING DAVRIYLIGINI ANIQLASH Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
maqol / matal / so’z ustasi / hikmatli so’zlar / qadriyat / madaniyat. / proverb / proverb / master of words / wise words / value / culture.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Мadalov, Navruz Ergashevich

Mazkur maqolada o’zbek maqollarining shakllanishi, yondoshuvlari bayon etilgan bo’lib, maqollarning davriyligi ochib berilgan. Maqol xalqlarning madaniyatini, uruf-odatini, tanqidiy yondashuvlarini bayon etuvchi folklordir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DETERMINING PROVERBS AND THEIR PERIODICITY IN UZBEK LINGUISTICS

This article describes the formation and approaches of Uzbek proverbs, and reveals the periodicity of proverbs. A proverb is a folklore that describes the culture, customs, and critical approaches of peoples.

Текст научной работы на тему «OʻZBEK TILSHUNOSLIGIDA MAQOLLAR VA ULARNING DAVRIYLIGINI ANIQLASH»

Research BIB / Index Copernicus

O'ZBEK TILSHUNOSLIGIDA MAQOLLAR VA ULARNING

DAVRIYLIGINI ANIQLASH

Madalov Navruz Ergashevich,

Termiz davlat pedagogika instituti

Gumanitar yo'nalishlarda xorijiy tillar kafedrasi dotsenti v.v.b. (PhD)

E-mail: madalovnavruz2@gmail.com

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada o'zbek maqollarining shakllanishi, yondoshuvlari bayon etilgan bo 'lib, maqollarning davriyligi ochib berilgan. Maqol xalqlarning madaniyatini, uruf-odatini, tanqidiy yondashuvlarini bayon etuvchi folklordir.

Kalit so'zlar: maqol, matal, so'z ustasi, hikmatli so'zlar, qadriyat, madaniyat.

This article describes the formation and approaches of Uzbek proverbs, and reveals the periodicity of proverbs. A proverb is a folklore that describes the culture, customs, and critical approaches of peoples.

Key words: proverb, proverb, master of words, wise words, value, culture.

Paremiologik birlik hisoblanmish maqollar ustida tadqiqot olib borish orqali xalqning qadriyatlari, an'analari kabi muhim jihatlarini o'rganish mumkin. Buni quyida berilgan ta'rif ham tasdiqlashi mumkin. Hikmatli so'zlar, maqollar - hech bir podsho e'lon qilmagan farmon, hech bir raxbar muhrlamagan qonun, hech bir davlat tomonidan bitilmagan konstitutsiyadir. Maqollarni "hayot qomusi", xalq og'zaki ensiklopediyasi, o'ziga xos bir badiiy-tarixiy solnoma deyish mumkin. Ular insonlar aqlini o'tkirlashtiradi, nutqini ravshan va ta'sirchan qiladi, hayotda to'g'ri yo'lni tanlay bilishga, hayotiy jumboqlar va muammolarni to'g'ri yechishga o'rgatadi, turmushning jamiki katta-kichik masalalari xususida qimmatli maslahatlar beradi.

Xalqning vatani, davlati kabi yana bir buyuk, birlamchi boyligi - bu uning tilidir. Aynan til odamlar guruhini bir millat sifatida xalqni - xalq, millatni - millat sifatida biriktiradi. Ta'kidlash joizki, ana shunday til birliklari orqali aks etadigan maqollar xalqning milliy-madaniyatini, tilning jozibador bo'lishi uchun ahamiyatlidir.

Tildagi ma'lum bir mazmuniy munosabat esa nutqda bir necha maqollar yordamida reallashar ekan, turli maqollar vositasida xar xil mazmuniy munosabatning ifoda etilishi esa davriy maqollar guruhini - qatorini yuzaga keltiradi Shu boisdan, ona tili milliy madaniyatning oynasi, uni saqlovchi xazina hamdir. Har bir xalq yashayotgan joyining tabiati, u xalqning iqtisodiy tuzumi, og'zaki ijodiyoti, badiiy adabiyoti, san'ati, fani, urf-odatini o'zida aks ettirib, to'plab,

ABSTRACT

KIRISH

Research BIB / Index Copernicus

avloddan-avlodga yetkazib berish tilning milliy-madaniy mundarijasidir. Ushbu jihatlar tilning harakatdagi birliklarida juda ham aniq namoyon bo'ladi. Shuningdek, maqollar o'z ijodkori bo'lmish xalqning dunyoqarashini, madaniy, maishiy hayotini, tafakkur xazinasini jamlovchi eng kichik og'zaki ijod namunalari sifatida juda qadimiydir.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

M.Koshg'ariy XI asrdayoq turkiy xalqlarning hikmatli iboralaridan juda katta qismini o'zining "Devon"iga kiritib, ularni qanday vaziyatda, qaysi mazmunda qo'llanishini arab tilida izohlagan edi. "Devonu lug'otit turk"da xalq og'zaki ijodiga oid 300 dan ortiq she'riy parchalar, 291 ta maqol va matallar keltiriladi44.

O'zbek xalq maqollarining o'rganilish tarixida venger olimi Xerman Vamberining aloxida o'rni bor. X.Vamberining 1867-yilda Germaniyada chop etilgan "Chig'atoy tili darsligi" xrestomatiya kitobidan xalq ijodi va yozma adabiyot namunalari joy olgan bo'lib, 112 o'zbek maqoli xam asliyatda, xam nemischa tarjimasi bilan keltirilgan45.

N.P.Ostroumovning "Yerli xalqning maqol va topishmoqlari" nomli kitobida 600 dan ortiq xalq maqollari keltiriladi. Mazkur manba xam maqollar tarixini o'rganishda muhim asar hisoblansada, unda keltirilgan maqollarning asliyati taqdim etilmagan. Qolaversa, undagi maqollar mahalliy xalqning o'zidan emas, balki bu yerga kelib o'rnashgan boshqa aholi qatlami orasidan ham yozib olingan.

O'zbek olimlari T.Mirzayev, B.Sarimsoqovlar "O'zbek xalq maqollari" nomli to'plamida "har bir kishining nutqida 800 tagacha maqol borligini, biroq so'ralganda 800 ta maqolni ketma-ket yoddan aytib berish mushkul ekanligini ta'kidlashadi. Ammo faoliyat davomida ularni turli munosabatlarda nutqda ko'p qo'llanishini" qayd etishgan.

O'zbek paremiologik fondi bir necha o'n minglab paremalarni o'z ichiga oladi. Ular lingvistikaning paremiologiya sohasida tadqiq etiladiZ. Masharipova "O'zbek xalq og'zaki ijodi" nomli o'quv qo'llanmasida "O'zbek xalq maqollari mukammal badiiy ijod namunasi sifatida folklorshunos va adabiyotshunoslar tomonidan o'rganilyapti. Zero, miloddan avvalgi IV asrlarda yashagan yunon mutafakkiri Aristotel xalq hikmatlarini yuksak baholar ekan, "barcha kishilarning kuchi ovqatdandir, aqlning kuchi esa hikmatdandir", - deydi.

Bundan 10 asr muqaddam yashagan donishmandlardan biri Unsur al Maoliy Kaykovus esa "Qobusnoma" asarida shunday deydi: "Ey farzand, umidim shuki, sen shu pandlarni qabul qilgaysen. Bu bilan men otalik vazifasini bajo keltirgan bo'lurman. Bilgilki, xalqning rasmi-odati shundayki, yugurib-yelib, qidirib-axtarib,

Research BIB / Index Copernicus

dunyodan biror narsa hosil qiladilar va bu topgan narsalarini o'zlarining yaxshi ko'rgan kishilariga qoldirib ketadilar"48.

"O'zbek tilining izohli lug'ati"da qayd etilishicha, "parema" va "paremiya" atamalari maqol, matal, aforizm ma'nolarida ishlatiluvchi sinonimik, ma'nodosh leksema hisoblanadi.

Shunga ko'ra tadqiqotimizda parema atamasi keng qo'llanildi. Biz tomonimizdan tadqiqotimizda parema termini maqol ma'nosida qo'llanildi. Shunga ko'ra maqolada parema atamasi keng qo'llanildi. Biz tomonimizdan tadqiqotimizda parema termini maqol ma'nosida qo'llanildi.

Ta'kidlash kerak, XX asrga kelib paremiologik birliklarni ustida lingvistik tadqiqotlar olib borish jadallashdi, ya'ni olimlar paremiologik birliklarning to'plamlarini yaratish, yangi materiallar yig'ish va uni oldingisi bilan solishtirish, paremalarning strukturasi, paydo bo'lish tarixi, evolyutsiyasi va ularning xalq mentaliteti bilan bog'liq tomonlarini o'rganib boshlashdi .

Shunday bo'lsa-da, tilshunoslar tomonidan paremalarni lingvistik jihatdan tadqiq qilish yetarlicha emas. Bu borada e'tibor qaratilishi lozim bo'lgan qator masalalar o'z yechimini kutmoqda. Jumladan, xalq maqollarini kontekstual, situativ, strukturasi, semantikasini, stilistik, lingvomadaniy xususiyatlarini ayniqsa, ikki tilli leksik lug'atlarni tuzish vaqti keldi. Yuqorida keltirilgan ishlardan ko'rinib turibdiki, parema va paremiologiya muammolari tilshunoslar tomonidan imkon qadar tadqiq qilingan. Ammo maqollarni lingvistik hodisa bilan o'rganish borasidagi ishlar mavjud emas. Shu bois, biz tadqiqotimizda aynan tabiat hodisalari bilan bog'liq maqollar tahliliga e'tiborimizni qaratdi.

Shuningdek, zamonaviy tilshunoslikda maqollarning davriy qo'llanishiga qarab 4 muhim qismlarga bo'lib o'rganamiz.

Bunda ; 1. qo'llanishdan qolgan yo'ki muomaladan chiqqan maqollar, masalan, savr bo'lmay sayron bo'lmas, sayron bo'lmay ayron bo'lmas maqoli bo'lib bunda leksikadan savr, sayron, ayron leksemalarining kam qo'llanishidir.

2.eskirgan ammo hali muomaladagi maqollar, Misol sifatida; Qishning sovug'ida to'ngandan yozning issig'ida o'lgan yaxshi. To'ngan so'zining omma uchun aniq emasligi asosiy faktordir

3.doimiy dolzarb maqollar, jumladan; Qish qishligini qilmasa, yo'z yo'zligin qilmas, Bu maqolda so'zlarning qo'llanish doimiyligidir.

4. Muomalaga yangi paydo bo'lgan maqollar. Bu qismdagi maqollar zamon talabi va real voqealar ta'sirida nutqimizda paydo bo'ladi. Masalan; Qish o'chog'I tor tur uyingga bor. Bunday tizim maqollari yangi maqollardir.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

Bu tizim orqali maqollami foydalanish davriyligini identifikaciyalash maqollarning aktivlik vaqtini namoyon qiladi.

O'zbek tilshunosligida ham xalq maqollarini, matallarini, aforizmlarni tilshunoslik nuqtai nazaridan tadqiq etish va ularning lug'atlarini tuzish bo'yicha ham muayyan ishlar amalga oshirilgan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Unsur al Maoliy Kaykovus "Qobusnoma""

2. Узбек халк маколлари: [2 томлик]. Масъул мухдррирлар: Т.Мирзаев, Б.Саримсоков.Тот 1.- Тошкент, "Фан", 1987. - 368 б.

3. A Dictionary of American Proverbs Wolfgang Mieder first published, Oxford University Press, 1992. - P. 710

4. The Oxford Concise Dictionary of Proverbs. John Simpson and Jennifer Speake. Third Edition, Oxford University Press, 1998 - P. 364.

5. Паремиология Узбекистана. Выпуск I. Самарканд, 1978; Выпуск II. Самарканд, 1980; Выпуск Ш.Самарканд, 1981.

6. Бакиров П. Номинацентрические пословицы в разносистемных языках (на материале русского, узбекского и казахского языков): Дисс... докт. филол. наук. - Ташкент, 2007. - 287 с.

7. Maxmaraimova Sh. T. Hozirgi o'zbek tili Leksikologiyasi. O'quv qo'llanma.Toshkent, Firdavs-Shoh nashriyoti, 2021. - B.220. 86

8. Margaret D., Jennifer B., Joanna T.Oxford Advanced Learner's Dictionary. Oxford. 9th edition, Oxford University Press, 2015. - P.156 .

9. B.Joanna T.Oxford Advanced Learner's Dictionary. Oxford. 9th edition, Oxford University Press, 2015. - P.158

10. Мадалов Н.Э. "Баъзи табиат хрдисаси билан боглик маколларда шаклий ва маъновий муносабатларнинг ифодаланиши" ТеЮи конференция 2022 18. 12. 310-315 б.

11. Madalov.N.E "Contrastive analyses in full antonyms in the proverbs with the concepт nature'' in English and Uzbek language. Международный журнал. Образование, наука и инновационные идеи в мире.2023.02.24 ст.

12. Madalov.N.E."Expression of conditional synonyms in probers with the concept rain". Журнал. Journal of new century. Issue2.2023/01.

13. Мадалов Н.Э. "Expression of full synonyms in proverbs with the concept snow". Journal of new century. Issue 2.2023/01.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.