Research BIB / Index Copernicus
O'ZBEK TILSHUNOSLIGI VA UNING RIVOJLANISH YO'NALISHLARIGA BIR NAZAR
Turdimurotova Gulnora Nazarovna
Termiz davlat universiteti, o'zbek filologiyasi fakulteti 2-bosqich talabasi gulnoraturdimurodova362@ gmail .com
+998935735121
ANNOTATSIYA
Tilning paydo bo'lishi, uning takomillashuvida odamzotning bu ne'matga ehtiyojida ijtimoiy muhitning, kishilik jamoasining hal qiluvchi muhim omil ekanligi inkor qilib bo'lmaydigan haqiqat hisoblanadi. Ushbu maqolada hozirgi o'zbek adabiy tilida rivojlanayotgan yo'nalishlar va ularning jamiyatdagi o'rni hamda ahamiyati haqida fikryuritilgan.
Kalit so'zlar: O'zbek tilshunosligi, rivojlanayotgan sohalar, kompyuter lingvistikasi, sotsiologizm, terminlar, sotsiolingvistika, globallashuv, til taraqqiyoti.
It is an indisputable fact that the emergence of language and its improvement is a decisive factor of the social environment and the human community in the human need for this blessing. This article discusses the current trends in the Uzbek literary language and their role and importance in society.
Key words: Uzbek linguistics, developing fields, computer linguistics, sociologism, terms, sociolinguistics, globalization, language development.
O'zbek tilshunosligi jamiyatimizda katta o'rinni egallab kelmoqda. Bu yo'nalish o'zbek tilini mukammal o'rganish, undan foydalanish va uning rivojlanishi hamda bu tilga oid ta'lim va tadqiqotlar integratsiyasini o'z ichiga oladi.
Til ijtimoiy hodisa sifatida tabiiy hodisalardan alohida ajralib turadi. Insonning biologik rivojlanishini oladigan bo'lsak, misol sifatida inson jamiyat omilisiz ham nafas oladi, o'sadi va rivojlanishda davom etadi. Bu rivojlanish tabiat qonunlariga to'liq mos keladi, lekin til bunday tabiiy hodisa emas, u ijtimoiy hodisa bo'lib, uning paydo bo'lishi va rivojlanishi uchun shubhasiz, jamiyat ham juda zarur hisoblanadi. Til kishilarning bir-biri bilan aloqa qilish va fikr almashish ehtiyojlari natijasida paydo bo'lganligi to'g'risidagi qarashlar haqiqatga yaqin. Til nasldan naslga, avloddan avlodga o'tadigan irsiy hodisa emas, aksincha, til jamiyat taraqqiyoti mahsuli sanaladi. Bolaning qay tilda so'zlay boshlashi, uni o'rab turgan til muhitiga bog'liq. Masalan, o'zbek farzandi go'dakligidan ruslar orasida tarbiyalansa, u faqat ruscha so'zlab , o'z ona tilini bilmasligi mumkin. Ammo bolaning biologik belgilari:
ABSTRACT
KIRISH
Research BIB / Index Copernicus
yuz tuzilishi, soch rangi va boshqalar o'zgarmagan holatda saqlanib qoladi. Demak, bunga aniq dalil sifatida hind psixologi Rid Sing 1920-yilda bo'ri inidan bolalarini topib olganini keltirish mumkin.Qizchalarning kattasi Kamola o'zini xuddi bo'ridek tutgan. U bo'rilar bilan hayot kechirgan va shuningdek,gapirishnibutunlay bilmagan. Uni odamlashtirish jarayoni judayam sekinlik bilan amalga oshgan. Qizchaning qiliqlari bo'rinikidan farq qilmas edi. Uni tik turishga, ovqatni qo'l bilan ushlab yeyishga o'rgatish juda qiyin kechgan. 1923-yil 10-iyun kuni qizcha birinchi marta boshqalarning ko'magisiz besh daqiqa qaddini rostlagan. Ayniqsa, uning nutq so'zlay olish va gaplarni tushunish borasidagi rivojlanishi katta ahamiyatga ega bo'lgan. U faqat bo'riga o'xshab ovoz chiqara olar edi, xolos. 1926-yilning boshiga kelib, Kamola 30 ga yaqin so'zni o'rgangan. 1929-yil 26-sentabrda u ichterlama bilan og'rib qoladi va ana shu kasallik mobaynida til o'zlashtirishda anchagina rivojlanishga erishgan.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
XX asr boshlarida tilshunoslikda tilni ijtimoiy hodisa sifatida hisoblashga asoslangan sotsiologizm ta'limoti yaratildi va bu ta'limotning asoschilari F.de Sossyur va uning shogirdi Antuan Meyelar hisoblanadi. Ular tilshunoslik yo'nalishiga yangi "sotsiologik lingvistika'' nomini beradilar. Sotsiolingvistika sohasining rivojlanishida A.Meyening ishlari salmoqli o'rin tutadi. Uning ''So'z semantikasining o'zgarishi'' nomli asarida jamiyat hamda til o'rtasidagi bog'lanishlar mavjudligi yaqqol ko'rsatib beriladi.Uning fikricha, ''Til insonlar uchun jamiyatning asosiy mezoni bo'lib, u jamiyatda eng kerakli muomala qurolidir''. Fransuz psixologi A.Meye tilni jamiyatdan tashqarida tasavvur qilinishi mumkin bo'lmagan ijtimoiy fakt deb hisoblaganida, tilsiz inson jamiyatining ham mavjud bo'lmasligini ta'kidladi. A.Meyening fíkricha, tilda yuz beradigan hodisalarni ijtimoiy sharoit yuzaga keltiradi; tildagi o'zgarishlarni esa kishidagi psixologik vafiziologik sabablar emas, balki jamiyatdagi o'zgarishlar belgilaydi. U til faktlarining bir tildan ikkinchisiga o'tishiga sotsiologik pozitsiyadan yondashgan.
O'zbek tilshunosligida tilning ijtimoiy tabiati, jamiyatning til taraqqiyotiga ta'siri masalasiga XX asrning 80-yillarida ''Tilshunoslikka kirish'' o'quv qo'llanmasida alohida to'xtalgan bo'lsa-da, til va jamiyat muammolari ancha oldinroq tahlil qilina boshlangan. Abdurauf Fitrat, Elbek, Botu kabi jadidlarning asarlarida bu masala to'g'risida qaydlar bor. Shuningdek, tilshunos olim S.Mo'minovning ''O'zbek muloqot nutqining ijtimoiy-lisoniy xususiyatlari'' nomli doktorlik dissertatsiyasini sotsiolingvistik sohadagi dastlabki ish sifatida qayd qilish mumkin. Ilmiy-nazariy ma'lumotlar tahlili shuni ko'rsatadiki, sotsiolingvistikada tilning uch vazifasi mavjud: tayanch, etnoijtimoiy va ijtimoiy tarzda tasnif qilinadi.
Research BIB / Index Copernicus
Jahon miqyosida sotsiolingvistika sohasiga ertaroq ahamiyat berib boshlangan. Uning jamiyat va til o'rtasida umumiy o'zgarishlarni o'rganuvchi fan ekanligi va buni tilshunoslikda termin sifatida ilk bor 1952-yilda amerikalik tadqiqotchi hisoblanmish X.Karri tomonidan tatbiq etilgan. Bu ter4min ostidagi tushunchalar, umuman olganda, tilshunoslik sohasining allaqachon paydo bo'lganini anglatish bilan bir qatorda, undan ko'zlangan asosiy maqsad tilning umumbashariy tushuncha ekanligini e'tirof etishdir. Rus tilshunos olimlari ikki xil nomlash sosida o'rganib kelganlar va ''Sotsialnaya lingvistika'' va ''Sotsiolingvistika'' singari atamalar ana o'sha davr ruhi va muhiti bilan bog'liq tarzda hosil qilingan.
O'zbek tilshunosligi rivojlanayotgan yo'nalishlarining muhim xususiyatlari, uning asosiy qismlari va ularning ijtimoiy hayotdagi o'rnining beqiyosligi bilan izohlanad. O'zbek tilshunosligining rivojlanish bosqichlari qadimiy va tarixiy davrlar bilan bog'liq jarayondir. Tilshunoslikka oid asarlar qadim zamonlardan ma'lum bo'lib, so'nggi ikki asr, yani IX-X asrlar uning faol rivojlanish davriga aylandi, natijada ushbu fanning ko'plab sohalari vujudga kela boshladi va shakllanish, rivojlanish bosqichiga yangi izlanishlar hamda o'zbek tilshunos olimlari tomonidan olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlarining mahsuli sifatida namoyon bo'ldi. Albatta, o'zbek tilshunosligining rivojlanishi barcha kishilar uchun umumiy bo'lgan ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-tarixiy rivojlanishning asosiy qonuniyatlariga ham bog'liqdir. Shuning uchun ham biz o'zbek milliy tilshunosligimizning rivojiga nazar tashlar ekanmiz, o'rganar ekanmiz, avvalo hamisha uni diaxronik va sinxronik jihatdan tahlil qilamiz, uning tarixiy rivojlanishi asosida bugungi holatini yoritamiz. Agar biz o'zbek tilshunosligini uning o'tmish tarixi bilan hech qanday aloqasiz tarzda o'rganadigan bo'lsak, munosabat bildiradigan bo'lsak, bu sinxronik jihatdan tavsif berish bo'ladi. Mabodo biz o'zbek tilimizni uning tarixi, o'tmishi bilan, yani O'rta asrlar, X, XI-XII, va XV asrlar bilan taqqoslab tavsif qilsak, bu - diaxronik tavsiflash bo'ladi.
O'zbek milliy tilshunosligimiz fan sifatida bir qancha alohida fanlarni o'z ichiga oladi, ular orasida tilning ichki tuzilishini o'rganuvchi fanlarni va tilning jamiyatdagi faoliyatini o'rganuvchi fanlarni ham ajratib ko'rsatish mumkin. Masalan, fonetika, leksikologiya va grammatika kiradi. Fonetika nutq tovushlari va intonatsiyasini, leksikologiya tilning lug'atini, grammatika so'zlarning tuzilishini (morfologiyasini) va gaplarning tuzilishini (sintaksisini) o'rganadi. Tilning jamiyatdagi faoliyati bilan bog'liq fanlar orasida birinchi navbatda sotsiolingvistika mavjud. Ijtimoiy lingvistika tilshunoslikning ijtimoiy muhitning odamlarning tili va nutqiy xulq-atvoriga ta'sirini o'rganadigan maxsus yo'nalishidir. Ijtimoiy lingvistika odamlarning til birliklaridan qanday foydalanishi bilan qiziqadi: tildan foydalanish xususiyatlariga insonning
Research BIB / Index Copernicus
yoshi, jinsi, ijtimoiy mavqei, ma'lumoti, umumiy madaniy darajasi, yashash joyi va tildan tashqaridagi boshqa omillar ta'sir qiladi. Bugungi kunda tilning kelib chiqishining biologik nazariyalari juda ko'p. Biologik nazariyalar tilning kelib chiqishini inson tanasi - sezgi organlari, nutq apparati va miya evolyutsiyasi bilan izohlaydi. Bu nazariyalarning ijobiy tomoni shundaki, ular tilning paydo bo'lishini tabiatning uzoq davom etgan taraqqiyoti natijasi deb hisoblaydilar. Tilning kelib chiqishining ijtimoiy nazariyalari tilning vujudga kelishini mehnat jarayonida va inson ongining rivojlanishi natijasida vujudga kelgan ijtimoiy ehtiyojlar bilan izohlanadi.
O'zbek tilshunosligining rivojlanayotgan yo'nalishlari uni o'rganish jarayonida quyidagi o'rinlarda namoyon bo'ladi: Dinamik lingvistika, sinxron lingvistika, diaxron lingvistika, intralingvistika, ekstralingvistika, paralingvistika, psixolingvistika, sotsiolingvistika, matematik lingvistika, kompyuter lingvistikasi, kognitiv lingvistika, pragmalingvistika, lingvokulturalogiya. Dinamik lingvistikada asosan, tilni haqiqiy borligida, kommunikativ jarayonlarda o'zining har xil funksiyalarini bajarishda, rivojlanish va taraqqiyot bosqichlarida o'rganadi hamda tadqiq qiladi.
Tilshunoslikda yana bir zamonaviy yo'nalishdagi fan paydo bo'ldiki, u milliy xalqning madaniyati, etnografiyasi va tarixiy-madaniy rivojlanish bosqichlarini lingvistik jihatdan tahlil qilishga hamda o'rganishga xizmat qiladi. Sinxron lingvistika tilning ma'lum bir davri, faoliyat bosqichlarini yoritishga bag'ishlangan bo'ladi. Diaxron lingvistika esa tilning taraqqiyot qonuniyatlari o'rganishi bilan tavsiflanadi.
O'zbek tilshunosligida bugungi kunda shunday bir zamonaviy yo'nalishlar rivojlandiki, bu sohalar o'zining olamshumul izlanish tadqiqotlari bilan fanlar olamida haqiqiy mazmuniga ega bo'lmoqda. Ayniqsa, kompyuter lingvistikasi tilshunoslikka oid muammolarni kompyuter vositasida hal qilishda faolligi bilan, kognitiv lingvistika inson bilimini o'rganuvchi fan sifatida, pragmalingvistika esa lisoniy birliklarning qo'llanilish vaziyatlarini, nutqiy faoliyatlarini sistema sifatida o'rganishi bilan ajralib turadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. O.Azizov ''Tilshunoslikka kirish''T. 1996.
2. Mahmudov N. Til, Toshkent. 1998
3. R. Normurodov. Sotsiolingvistika.Termiz - 2008 yil.
4. Yusupova S.A (2022-yil, sentabr). XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYADA ''ILMIY TARAQQIYOT DAVRI'' (1-jild,1-son,10-14-betlar).