Scientific Journal Impact Factor
0
TIL VA MADANIYAT -XALQLAR DO'STLIGI KO'PRIGIDIR!
Hulkar Rajabova, Gulbahor Qobulova
ANNOTATSIYA
So 'z-inson tafakkuri mahsulidan biri. Zabon, til kishilarni ongli ravishda birini ikkinchisiga bog'lovchi vosita. Inson hayotining ajralmas bir bo'lagi zabon kishini ongsiz jamiyatdan ajratib turadi. Demakki til insoniyat madaniyati bilan bog'liq bo 'lib, uni badiiy obrazlar orqali hamda badiiy timsollarning o 'ziga xosligi bilan kishilik jamiyatining asosini belgilaydi. Tadqiqotda tilning madaniylashuvi, millatlar o'rtasida ko'prik ekanligi, va bu ko'prikni "ommaviy madaniyat"ga aylantirilayotgan til belgilari haqida so 'z yuritiladi.
Kalit so'zlar: til, madaniyat, timsol, milliylik, urf-odat.
The word is a product of human thought. Language is a means of consciously connecting people to one another. Language is an integral part of human life and separates the unconscious from society. This means that language is related to human culture and determines the basis of human society through artistic images and the uniqueness of artistic symbols. The study discusses the civilization of language, the fact that it is a bridge between nations, and the signs of language that make this bridge a "popular culture."
Keywords: language, culture, emblem, nationality, tradition.
Ma'lumki tilda hamma narsa qolipga, qoidaga, normaga solingan. Til jamoa mulki, umuminsoniy hodisa. Til ayrim shaxslarning xohish - irodasiga bog'liq bo'lmagan holda muomala jarayonida o'zgarib, rivojlanib boradi. Buni qarangki, bugungi axborot asrining eng katta muammolaridan biri ham tilning o'z qolipidan chiqib o'zgarib borishi yuzaga kelmoqda. Bunda jamiyatga ham ta'sir qilayotgani tabiiy. Tadqiqotlarimizning ham birlamchi maqsadi internet axborot ba'zalarida ma'no- mantiqsiz, ko'cha so'zlarining uchrab borayotganiga qaratildi. Buni quyidagi bosqichlarda o'rganib chiqildi.
Birinchidan, ko'cha so'zlari, haqorat, so'kish, ma'nosiz so'zlar orqali fikrni ifodalash. Ikkinchidan so'zdagi ayrim harflarni boshqa belgilarga xususan raqamlarga
ABSTRACT
KIRISH
Scientific Journal Impact Factor
O
almashtirilishidir. Uchinchidan so'zni mensimaslik. Boshqa millatga xos so'z bilan birini-ikkinchisiga aralashtirib ishlatish.
To'g'ri zamon va inson vaqt karvonida birlashar ekan taraqqiyotning tezkorlikda rivojlanishi oqibatida ayrim sof o'zbekcha so'zlar o'rnini "kurtoy", yangi lingvistik so'zlar egallayotganiga guvohi bo'lamiz. Yangi texnologiyalarning yangi nomlari bilan kirib kelishi ham so'zimizni boyishida imkon yaratadi. Til madaniyat qadriyatlarini saqlaydi, ayni vaqtda til milliylikning mahsuli, muhim qismi, shuningdek, mavjudki, til madaniyatning o'ziga xos mavjudlik uslubi madaniy kodlarni shakllantirish qurolidir.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Ma'lumki, Facebook hozirgi vaqtda dunyoda eng mashhur ijtimoiy tarmoq sifatida yetakchi o'rinda. Undan keyingi o'rinlarni esa Twitter, Instagram, LinkedIn, Google+, Pinterest, Snapchat, YouTube, Reddit, WhatsApp, Flickr, Weibo egallab kelmoqda. Bundan ularning rivojlanishi til me'yorlarining haddan tashqari buzilishiga shuningdek, milliy mentalitetimizga raxna soluvchi turli ig'volar, g'iybatlar, milliy madaniyatlarning kushandasi bo'lgan - «ommaviy madaniyat» niqobidagi tahdid va boshqa illatlar xavf solishi mumkinligini anglash lozim. Ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlarda havola etiladigan ma'lumotlarni «bezab turgan» g'aliz jumlalar hamda imloviy xatolar o'sha tarmoq foydalanuvchisining saviyasi qay darajada ekanligini ko'rsatib turadi. Bu esa ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarida ham afsuslanish, achinish holatlarini keltirib chiqaradi. Ba'zida esa ijtimoiy tarmoqlar orqali havola etilayotgan asossiz va saviyasiz ma'lumotlarning sanab adog'iga ham etib bo'lmaydi.
Ma'lumot o'rnida, etnolingvistika- bu "tilshunoslikda tilning madaniyatga munosabati, tilning funksiyalashuvi va evolyutsiyasida til, etnik va etnopsixolingvistik faktorlaming ta'sirini o'rganuvchi yo'nalishdir. Avvalo, mentalitet, olamni his etishning g'ayriextiyoriy yo'li, uni bavosita idrok etish va xulq-atvor andazasi sifatida milliy madaniyatning vujudga kelishi va evolyutsiyasining asosiy manbasi, sharoiti va bevosita omili rolini o'ynaydi. Mentalitet, mohiyatan, madaniyatlar kurashi, ular almashinuvining o'zgarmas poydevori xuddi shu mentalitet madaniyatning faollik ko'rsatkichi, milliy madaniy qadriyatlar "tanlash" faktorini boshqaradi. Shunday qilib, aytish mumkinki, etnosning ijtimoiy tafakkurida ikkita qatlam borga o'xshab ko'rinadi: a) mentalitet - ancha teran, tan olinmagan, odam irodasi va istaklari bilan bog'lanmagan qatlam; b) madaniyat - qisman moddiy va ma'naviy faoliyatda namoyon bo'ladigan, qisman uning sub'ekti tomonidan
Scientific Journal Impact Factor
o
reflekslangan, "ishlov berilgan" , "ajratilgan" qatlam. Til nafaqat uni yaratgan xalq, balki boshqa milliy guruhlar, boshqa madaniyat namoyandalari, boshqa til sohiblari tomonidan ham foydalaniladi. Etnik jamiyatning barcha a'zolari yangi tilni egallay boshlagan bilim. Shu vaqtda, avval ona tilida mavjud terminlarning, ijtimoiu etnik va diniy terminologiyaning asta-sekin unutiladi. Madaniyatshunoslik nazariyalarida tilga madaniyatning dementi sifatida muhim o'rin ajratiladi. Odamlar ham klassik, ham an'anaviy madaniyatning boyliklariga faqat til yordamidagina kira oladilar. Bu hol tashkiliy metodologik x atti-harakat rolini o'ynaydi. Yagona til, shuningdek, jamiyatning jipsligini ta'minlaydi. U odamlarga bir-biriga ishonchi yoki bir-biriga noroziligi tufayli o'z harakatlarini muvofiqlashtirishga ko'maklashadi. Bundan tashqari, bitta tilda gaplashuvchi odamlar o'rtasida deyarli avtomatik tarzda o'zaro bir-birini tushunish va hamdardlik yuzaga keladi. Til odamlarning jamiyatda qaror topgan an'analar, kundalik voqealar haqidagi umumiy bilimlarini aks ettiradi. Qisqacha qilib aytganda, til insonlar guruhining birligi, guruhning bir xilligi hissiyotini shakllantirishga yordam beradi. Til har doim xalqning o'ziga xosligini, olamni milliy his etishni hamda milliy madaniyatni o'zida mujassamlantiradi.1
Butun dunyoda kechayotgan globallashuv jarayonlari sotsiolingvistik tadqiqotlarning naqadar zarurligini milliy tillar va ingliz tili ekspansiyasi misolida ayon etib qo'ydi. Milliy tillar lug'at tarkibiga katta miqdordagi inglizcha so'zlarning kirib borishi til siyosatida o'zgarishlar qilish zarurligini ham ko'rsatmoqda. -O'zbekiston Prezidentining 2019-yil 21-oktyabrdagi "O'zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomi va nufuzini tubdan oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoni o'zbek tilining davlat tili sifatida qaddini ro'y-rost tiklashini, ijtimoiy maqomining yana-da barqarorlashuvini ta'minladi. Ana shu farmonning amaliy ifodasi sifatida Vazirlar Mahkamasining qarori bilan O'zbek tili, adabiyoti va folklori institutida sotsiolingvistika bo'limining tashkil etilishi esa davlat tili va jamiyat munosabatlarini o'rganishga yo'naltirilgan tadqiqotlar kengayishi va kuchayishini ta'minladi. Bu bo'lim o'z faoliyatida o'zbek tilining rivojlanishi bilan bog'liq fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni amalga oshirish va kengaytirish, o'zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish borasidagi ilmiy izlanishlarni kuchaytirish, o'zbek tilining yozma matni me'yor va qoidalarini ishlab chiqish, o'zbek tilining izohli lug'atlari, davlat tilida ish yuritish bo'yicha qo'llanma va
1H.Muhammadiyeva "Tilshunoslikka kirish" T.:- 22 6eT
XULOSA
Scientific Journal Impact Factor
0
adabiyotlar tayyorlash, davlat tilini rivojlantirishga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda faol ishtirok etishga alohida e'tibor beradi.
REFERENCES
1. Muhammadiyeva H. "Tilshunoslikka kirish". 2011
2. IRISQULOV M.T. "Tilshunoslikka kirish" 2011
3. MAMATOV A.E. "Zamonaviy lingvistika"
4. Saidov, S. (2021). IBN AL-MUQAFFANING ISLOM TARJIMA SAN'ATIGA QO 'SHGAN HISSASI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 7(1).
5. Jurayev, S. S. O. (2021). ABU ALI IBN SINONING FALSAFIY QARASHLARIDA BAXT-SAODAT MASALASI. Academic research in educational sciences, 2(Special Issue 1).
6. O'G'Li, J. S. S. (2021). ABU ALI IBN SINONING FALSAFIY QARASHLARIDA AXLOQ MASALASI VA UNING BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 7(3), 11-14.
7. Sulaymonov, J. B. (2021). IBN XALDUNNING „MUQADDIMA "ASARIDA JAMIYAT TARAQQIYOTIGA TA'SIR QILUVCHI OMILLAR TALQINI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 7(4), 732-737.