ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1
O'ZBEK TILINING IZOHLI LUG'ATLARIDAGI TARIXGA OID TERMINLARNING SEMANTIK TUZILISHI, XUSUSIYATLARI
Maqolada o'zbek tilida mavjud tarix sohasiga oid terminlarning tilshunoslikda alohida mikrosistema sifatida o'rganilishi hamda O'zbek tilining izohli lug'atlaridagi tarixga oid terminlarning semantik tuzilishi va uning xususiyatlari yuzasidan fikr va mulohaza yuritiladi.
Kalit so'zlar: O'zbek tilining izohli lug'ati, semantik maydon, mikrosistema, oqsoqol, oqsoch, oliq-soliq.
SEMANTIC STRUCTURE, CHARACTERISTICS OF HISTORICAL TERMS IN THE EXPLANATORY DICTIONARIES OF THE UZBEK
LANGUAGE
The article deals with the study of historical terms in the Uzbek language as a separate microsystem in linguistics, as well as the semantic structure and characteristics of the historical terms in the explanatory dictionaries of the Uzbek
language.
Key words: Explanatory dictionary of the Uzbek language, semantic field, microsystem, elder, lame, tax.
Shu vaqtgacha o'zbek tilining katta hajmda so'z boyligini, tilning adabiy til me'yorlarini, o'zbek tilining qo'llanish holatini ko'rsatib beruvchi izohli lug'atlar ikki marta yaratilgan. 1981 yilda yaratilgan "O'zbek tilining izohli lug'ati" ikki tomdan iborat. Undan farqli ravishda ancha to'ldirilgan va tahrir qilingan holda nashr etilgan 5 jildli O'TIL ham keng foydalanuvchilar uchun o'zbek tili bo'yicha bebaho manba ekani shubhasiz. Hozirgi kunda bu lug'atlar lug'atlar nafaqat tildan foydalanuvchilar uchun, balki tilshunoslik sohasi uchun ham qimmatli material hisoblanadi. Bu kabi lug'atlarning yaratilishi leksikografiya
Xosiyat Abdurasul qizi Abduqahhorova
CHDPU O'zbek tilshunosligi kafedrasi o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
KIRISH
sohasining muhim bir yutug'idir.
May, 2023
MUHOKAMA
O'zbek tilida mavjud tarix sohasiga oid terminlar tilshunoslikda sohaning o'zi kabi alohida mikrosistema sifatida o'rganilmoqda. Bu esa, o'z navbatida tarixiy terminlarning semantik tuzilishida umumiy va farqlovchi jihatlarni aniqlash, terminlarning ifoda planida mavjud imkoniyatlarni tadqiq qilish orqali qonun tilini tashkil etuvchi mazkur terminlarning muayyan semantik guruhlarga o'rinli birlashtirilishi hamda shu asosda huquqiy tushunchalarni nomlash, shuningdek, ularni lug'atda berish mezonlarini belgilash kabi jarayonlarda o'ziga xos ahamiyatga egaligini ko'rsatadi.
Darhaqiqat, so'zlarda sememalarni belgilash yoki ko'p sememali leksema sememalarni farqlash uchun bugungi kungacha asosiy manba vazifasini "O'zbek tilining izohli lug'ati" o'tab kelmoqda. Leksik sathda alohida sistema sifatida qaraladigan tarixga oid leksemalar va ularning ma'noviy tabiati hamda lisoniy qiymati masalasini oydinlashtirish yuzasidan sistema leksemalari semantik tarkibi, tabiati borasida bahs yuritilganda ham O'TILdagi tavsif, talqin va misollar asosiy manba vazifasini o'taydi. Shu sababdan ham O'TILda mavjud tar pometali terminlarning semantik tavsifini tadqiq qilish hamda umumiy xulosalash orqali ushbu terminlarning umumfilologik izohli lug'atda berilishiga doir mezonlarni belgilash muhim.
Tilda tarixiy terminlar ijtimoiy, iqtisodiy, xalqaro munosabatlar, ideografik tushunchalarni ifodalovchi lisoniy butunlikni tashkil qiladi.
"Semantik maydon alohida til sistemasi sifatida murakkab lisoniy strukturaga ega. Maydonning struktur o'zagini barcha paradigmatik guruhlar yig'indisi tashkil etadi. Paradigmatik munosabatlar turli xil xarakterda, u yoki bu mazmuniy belgilari bilan yaqin bo'lgan leksik birliklarning har xil sinflari yordamida namoyon etilishi mumkin. Paradigmatik munosabatlar bir chiziqli emasligi bilan farqlanadi"1, - deydi semantik maydon haqida fikr yuritib tilshunos M.Ergasheva.
Lug'at tarkibining turli sohalarini quyidagicha guruhlarga ajratish taklif qilinadi2:
- semantik maydon;
- leksik-semantik guruh;
- mazmuniy guruh;
- sinonimik qator;
Эргашева М. Оламнинг лисоний манзараси ва семантик майдонларга булиниши. «Молодой ученый». №3.1 (107.1) Филология . Февраль, 2016. - Б.62. 2 Караулов Ю.Н. Общая и русская идеография. - М.: Наука, 1976. - 314 с.
May, 2023
883
- onomaseologik guruh.
Bugungi kunda lison va nutq tushunchalari asosli ravishda farqlanadi. Bu esa
"5
lisoniy qiymat tushunchasi paydo bo'lishiga sabab bo'lgan. Mazkur tushuncha leksik birliklarning semantik xususiyatlarini lison-nutq nuqtai nazariga ko'ra tahlil qilishni taqozo qiladi.
Leksikografik talqinda leksemalarning nutqiy ma'nolariga tayanish lug'atning vazifasidan chetlashishga sabab bo'ladi hamda tuzuvchi leksikografga qiyinchilik tug'diradi, shuningdek, lug'atchilikda o'zini oqlamaydi. Qolaversa, nutqda cheksiz bo'lgan semalarning barchasini qamrab olish imkonsiz. Lekin ta'kidlash kerakki, leksemaning lisoniy mohiyatinigina tavsiflash orqali talqin, izoh amalga oshirilsa, izohli lug'atlarda lug'at maqolalari soni leksema sememalari soni bilan teng qilib qo'yilgan bo'ladi. Bu esa lug'at funksiyasining to'liq ado etilishiga to'sqinlik qiladi. Shuningdek, muayyan terminologik sistemada mavjud birliklarning barchasini izohli lug'atda qamrab olishning iloji yo'q - qaysidir darajada umumxalq tilining mulkiga aylanganlarinigina kiritish mumkin. Qolaversa, izohli lug'atga u yoki bu terminosistemadan qaysi tartibga ko'ra, qancha miqdorda, qanday leksik birliklar tanlanishi va kiritilishiga oid umumqabul qilingan barcha tillar uchun xos, to'g'ri keladigan mezon va me'yorlar mavjud emas. Bunday qoida va mezonlar har bir tilning taraqqiyot darajasi, yaratilishi kerak bo'lgan izohli lug'at hajmi kabilarga ko'ra belgilanadi. Shuning uchun ham izohli lug'at yaratish ishlarida terminning o'ziga xos jihatlarini ko'rsatadi.
SOTSIAL-DEMOKRAT [sotsial + demo - krat] tar. Sotsial-demokratiya tarafdori; sotsial-demokratlar partiyasining a'zosi (q. sotsial-demokratiya).
SOTSIAL-DEMOKRATIK tar. Sotsial - demokratiya va sotsial-demokratga oid. Sotsial-demokratik partiya. Sotsial-demokratik qarashlar.
SOTSIALIZM [fr. socialisme < lot. socialis — ijtimoiy ] 1 tar. Maqsadi va ideali ijtimoiy adolatni, erkinlik va tenglikni amalga oshirishdan iborat bo'lgan, xususiy mulkni ijtimoiy (umumiy) mulkka aylantirish orqali mazkur prinsiplarga erishish mumkin, deb hisoblovchi ta'limot. Sotsializm g'oyasi. Sotsializmda inson xususiy mulkdan tamoman ajratiladi. "O'ZME". 2. 20-asrda bir qator davlatlarda: jamiyat hayotining barcha sohalariga davlatning aralashuvini taqozo etuvchi ijtimoiy-iqtisodiy tuzumning nomi; sobiq SSSRda hukm surgan totalitar tuzum. [Sho'rolar davrida]. Ayrim mamlakatlarga, jumladan, O'zbekistonga nisbatan "kapitalizmni chetlab, sotsializmga o'tish" mumkinligi to'g'risidagi soxta ta'limot ham o'ylab topildi. "O'ZME".
3 Неъматова Г. Узбек тилида усимлик номлари лексемалари: системаси ва бадиий кулланиши: Филол. фан.
May, 2023
884
Yuqoridagi terminlar bitta semalar asosida shakllangan bo'lib, ularning ifodalaydigan ma'nosi bir-biriga bevosita bog'liq. Demak ular bitta mikrosistema atrofida birlashadi.
OQSOQOL I. Soch-soqoli oqargan keksa odam; mo'ysafid. Bu oqsoqol ketsa, o'rniga yoshroq qorasoqol keladi. S. Siyoyev , Yorug'lik.
2 tar. Ilgarigi davrda bir yoki bir necha mahalla yoki qishloqqa boshliq bo'lgan mahalliy amaldor. Hay'at a'zolari yigirma kun qishloq oqsoqolinikida turib, tekshiruv o'tkazdilar. S. Siyoyev, Avaz.
3. Hozirgi kunda: qishloq fuqarolar yig'inlari va shaharlar mahalla qo'mitalari raisi. Uni [mahallani] obod etish, tinchlikxotirjamlikni ta'minlash, katta-kichik tadbirlarga bosh-qosh bo'lish mahalla oqsoqolining zimmasida. Gazetadan.
4. Ko'chma. Guruh yoki sinf boshlig'i. Old qatorda o'tirgan sinf oqsoqolimiz muallimga bir nima dedi. "Yoshlik".
5. Ko'chma. Biror sohada ko'p ishlagan, mehnati singan keksa kishi; rahbar. Ertasiga Qamishkapaga O'zbekiston oqsoqoli Yo'ldosh Oxunboboyev keldi. P. Tursun, O'qituvchi.
6. Keksalarga yoki ulug' kishilarga nisbatan o'z tengqurlari tomonidan ishlatiladigan murojaat shakli.
Bu tar pometali tarixga oid terminda qo'shma so'z sifatida berilgan. U alohida bir mikrosistema sifatida ifodalanadi.
OQSOCH 1 tar. Boylar, zodagonlar oilasida yollanib xizmat qiluvchi ayol, xizmatkor ayol; cho'ri. Xolnisoning onasi Yormozor qishloqlik bir boyning eshigida oqsoch edi. A. Muxtor, Opa-singillar . Oyxola g'oyat xunuk, ozg'in bir kampir bo'lib, Yodgorning hujra oqsochidir. Hamza , Tanlanga n asarlar. 2 sft. O q sochli, sochi o q . Xayriyatki, anavi oqsoch professorning o'zi kelmagani, bo'lmasa, ungayam hurmatim qolmas edi. M. M. Do'st, Lolazor . -Shu g'alvalarni bittagina mayor boshlab yuribdimi ? — deb so'radi oqsoch kishi. «Yoshlik»
OLIQ-SOLIQ 1 tar. Yurtdan, aholidan soliq tariqasida olinadigan, to'pla -naditan pul va b. narsalar. Oliq-soliq to'plash. Qayta unday tekinxo'rlar beva-bechoralarni kemirdilar. Qani, ular oliqsoliq bilan qanoatlansalar ham go'rga edi. Hamza, Tanlanga n asarlar.
2 etn. Qudalar orasida bir-birig a beriladigan narsalar haqidagi muzokara va shu muzokara natijasida yigit tomondan qiz tomonga beriladigan qalin va b. To'ylarimizda oliq-soliqlar, oldi-berdilar borgan sayin ko'payib boryapti. Gazetadan.
Yuqoridagi tarixiy termin esa juft so'zlardan tashkil topgan. Bu terminning birinchi ma'nosi tarix sohasiga oid, ikkinchisi esa etnografiya sohasiga tegishlidir.
May, 2023
885
ISSN: 2181-1Э85 ISI: G,967 I Cite-Factor: G,89 I SIS: 1,9 I ASI: 1,3 I SJIF: 5,771 I UIF: 6,1
Xulosa o'rnida aytish mumkinki, terminlarning amaliy qo'llanishi, uni o'rganish va u bilan tanishish uchun yaratilgan matnlar uchun ham, avvalo, terminning semantik strukturasi, tavsifining chuqurroq tadqiq etilishi tadqiqot maqsadining yuqori samaradorlikda amalga oshishida hal qiluvchi omillardan. Xususan, tarix sohasiga doir terminlarning leksikografik tavsifini yaratishda, uning definisiyasining mukammal bo'lishini ta'minlashda, shuningdek, lug'at uchun muhim bo'lgan sohaga oid terminlarni tanlama yo'l bilan lug'atga kiritish jarayonida mazmuniy tadqiq muhim ahamiyatga ega.
REFERENCES
1. Akobirov, S. F. Til va terminologiya. - Toshkent: 1968. - 203-b.
2. Begmatov, E. Hozirgi o'zbek adabiy tilining leksik qatlamlari. - Toshkent, 1995.
3. Mirtojiyev, M. O'zbek tili semasiologiyasi. - Toshkent: 2007. - 26-b.
4. Ne'matov, H., Rasulov R. O'zbek tili sistem leksikologiyasi asoslari. - Toshkent: O'qituvchi, 1993.
5. Sobirov, A. O'zbek tilining leksik sathini sistemalar sistemasi tamoyili asosida tadqiq etish. - Toshkent: Ma'naviyat, 2004.- 60-b.
6. Tursunov, U., Muxtorov J., Rahmatullayev Sh. Hozirgi o'zbek adabiy tili. -Toshkent: O'qituvchi, 1992.
V. O'zbek tilining izohli lug'ati. 2 tomli. 1-2-tomlar. - Toshkent: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi, 1981. - 715-b.
8. O'zbek tilining izohli lug'ati. Besh jildlik. - T.: 2006
9. Hakimova M. Semasiologiya. O'quv qo'llanma. - Toshkent, 2008
10. Hojiyev, A. Lingvistik terminlarning izohli lug'ati. - Toshkent: O'qituvchi,
11. Madvaliyev, A. Izohli lug'atda terminlarning leksikografik talqiniga doir // O'zbek tili va adabiyoti. - 2009. - №1.- B. 56 - 66.
12. Madvaliyev, A. Termin - terminologik lug'at - izohli lug'at // O'zbek tili va adabiyoti. - 2008.- № 6.- B. 54-67.
XULOSA
200-b.
1985.
May, 2023