Научная статья на тему 'O‘ZBEK TILIDA SHAXS MA’NAVIYATI TUSHUNCHALARINI IFODALOVCHI LEKSEMALAR TASNIFI'

O‘ZBEK TILIDA SHAXS MA’NAVIYATI TUSHUNCHALARINI IFODALOVCHI LEKSEMALAR TASNIFI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

239
22
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
leksema / ma‟naviyat / lug„at / o„zbek milliy tafakkuri / leksikografik dalillar / axloqiy qadriyatlar / “ma‟naviyat” kategoriyasi / leksik kategoriyalar.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Gulbahor Nomozovna Tojiyeva

Ushbu maqolada o„zbek tilida shaxs ma‟naviyati tushunchalarini ifodalovchi leksemalar tahlilga tortilgan. Shaxs ma‟naviyatini anglatuvchi leksemalarning shakl va ma‟no munosabatiga ko„ra turlari, shakliy strukturasi haqida to„xtalib o„tilgan. Shuningdek, izohli lug„atlarda shaxs ma‟naviyatini ifodalovchi leksemalarning tavsifi keltirilgan bo„lib, ularning lug„atlardagi izohi, statistik ma‟lumotlari keltirib o„tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK TILIDA SHAXS MA’NAVIYATI TUSHUNCHALARINI IFODALOVCHI LEKSEMALAR TASNIFI»

O'ZBEK TILIDA SHAXS MA'NAVIYATI TUSHUNCHALARINI IFODALOVCHILEKSEMALAR TASNIFI

Gulbahor Nomozovna Tojiyeva

Qarshi davlat universiteti dotsenti tojiyevagulbakhor@mail. ru

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada o'zbek tilida shaxs ma'naviyati tushunchalarini ifodalovchi leksemalar tahlilga tortilgan. Shaxs ma'naviyatini anglatuvchi leksemalarning shakl va ma'no munosabatiga ko'ra turlari, shakliy strukturasi haqida to'xtalib o'tilgan. Shuningdek, izohli lug'atlarda shaxs ma'naviyatini ifodalovchi leksemalarning tavsifi keltirilgan bo'lib, ularning lug'atlardagi izohi, statistik ma'lumotlari keltirib o'tilgan.

Kalit so'zlar: leksema, ma'naviyat, lug'at, o'zbek milliy tafakkuri, leksikografik dalillar, axloqiy qadriyatlar, "ma'naviyat" kategoriyasi, leksik kategoriyalar.

KIRISH

Ma'naviyat, avvalo, inson ruhiy va aqliy olamini ifodalovchi tushuncha sifatida baholanadi. Insonning ma'naviy yetukligiga qarab uning aqliy salohiyatiga, dunyoqarashiga, hulq-atvoriga, egallagan bilimlarining amaliyotga tatbiqi, ya'ni aqliy ko'nikmalarining atvorida aks etishiga baho berish mumkin. Insonning ruhiy olamining yetukligi u o'zlashtirgan ma'naviy barkamollikka eltuvchi manbaalar bilan tanishganligi va ularda aks etilgan qarashlarning o'zida mujassamlashtirganlik darajasiga qarab baholanadi. Ruhiy va aqliy olamning qanchalik yuksak ekani ma'naviy yetuklikning darajasiga qarab belgilanadi. Ushbu me'zonlar jamiyatdagi shaxslarning ma'naviy salohiyati tahlil qilinishi natijasida shakllangan. "Ma'naviyat" kishilarning axloqiy, diniy, falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy tasavvurlarini o'z ichiga oluvchi keng tushunchadir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

"Ma'naviyat" sistemaviylik tabiatiga ega semantik kategoriya bo'lib, uning mohiyati tarkibiy qismlarini aniqlash yo'li bilan ochiladi. E'tibor beradigan bo'lsak ma'naviyat tushunchasi ostida muomala qilish madaniyati, insof, adolat, vijdon, yolg'on, rost, or-nomus, halol va harom kabi ko'plab tushunchalar birlashib kelib, umumiy ma'naviyat

April, 2023

184

semantik kategoriyasi ostida yaxlidlashadi. Ushbu tushunchalarning har birining mazmun ko'lami mavjud va ular alohida kelganda o'z ma'nosini ifodalash bilan birga ma'naviyatning ma'lum bir semasini o'zida mujassamlashtirib, o'sha maydon ostida ma'naviyatning bir semasini ochishga xizmat qiladi. Shuningdek, ushbu tushunchalarning integral va differensial semalari ham farqlanadi. Misol uchun halol va harom tushunchalarini olganimizda ushbu tushunchalar ma'naviyatning ma'lum bir semasini ifodalab, inson hulqida, ongida aks etishi, ularning mohiyati anglashilishi va ma'nan barkamolligiga olib kelishining ma'lum bir maydonini to'ldirishga xizmat qilib kelishi tushuniladi. Ular mazmun ko'lamidagi salbiylik hamda ijobiylik ottenkalari, xususiyatlari ushbu leksemalarning semantik maydonida farqliliklarni belgilashga olib keladi. Biz bu o'rinda halol va harom tushunchalarining mazmun-mundarijasidagi semantik jihatlarga to'xtalmoqchi emasmiz. Faqatgina lingvistik va leksikografik talqinlarida integral va differensial tafovutlar mavjudligi va ular turlicha asoslanishini ta'kidlamoqchimiz. Biz bu borada ishning keyingi qismlarida to'xtalishimizni inobatga olib ushbu o'rinda keng to'xtalmaymiz.

Aslida ma'naviyat semasi ostida birlashgan tushunchalarning har biriga mustaqil leksik birlik sifatida to'xtaladigan bo'lsak, ushbu tushunchalar inson hulq-atvorini yuksalishiga xizmat qiluvchi birliklar sifatida qaralishi mumkin. Shu bilan bir qatorda ushbu tushunchalarda namoyon bo'luvchi hislatlarning shaxsda aks etishi, ma'naviyat kategoriyasi ostida birlashgan tushunchalar birma-bir mujassamlashishi insonning ma'naviy salohiyatining yuksalib borishiga olib keladi. Shuni ham ta'kidlash joizki, ma'naviyat semantik maydonida birlashgan tushunchalar tizimlilik xususiyatiga ega bo'lib, ular, albatta, biri ikkinchisini taqozo etadi. Shu sababdan ham ular bir-birini to'ldirish barobarida shaxsni ham yetuklikka va ma'naviy barkamollikka eltadi.

Ma'lumki, o'zbek milliy tafakkurida "ma'naviyat" tushunchasi ming yillar davomida barqaror tarzda xalq dunyoqarashining tarkibiy qismi sifatida mustahkam o'rin olgan. O'zbekiston hududida istiqomad qilgan kishilarning katta qismi ma'naviyat tushunchasi ostida birlashgan assotsiatsiyalar asosida insonlar yodida saqlanishi bejiz emas. Tarixga nazar solganimizda, avvalambor, xalq og'zaki ijodi namunalarida ma'naviyatli shaxs sifatida gavdalantirilgan ko'plab qahramonlar yuksak ahamiyat kasb etgan. Savol tug'ilishi mumkin, ma'naviyat xaqida ma'naviyatli shaxs haqida nimadir yozish yoki ma'naviyatni badiyatda ifodalash nimaga borib taqaladi? Bu real hayotda ma'naviyatli kishilar bilan munosabatda bo'lishi natijasida shakllanishi barchamizga ma'lum. Bunday asarlarni mutolaa qilgan xalq

April, 2023

185

vakillarida ma'nan yetuklik yuksalishi tabiiy hisoblanadi. Tariximizda xalq og'zaki ijodi namunarida ta'riflangan ma'nan etolonlik darajasiga olib chiqilgan shaxslar o'quvchini ham ma'nan yetuklikka undaydi. Aytish mumkinki, millatimizda mavjud ma'naviyatlilik ma;nan yetuk kishilarning ko'pligi, ta'sir doirasining yuksak ekani hamda xalqimizning bu jihatga befarq emasligidadir. Badiiy adabiyot namunalarida ham ma'naviyat suvi bilan sug'orilgan g'oyalar, ma'naviy hislatlar bilan to'yintirilgan qahramonlarni ko'plab uchratamiz. Bularning barchasi xalqimiz ongida qator ma'naviyat assotsiatsiyalarini shakllantirgan.

Shunga qaramay, yaqin o'tmishimizda uning rasmiy lisoniy ifodasi mavjud emas, hatto nutqda ham qo'llanmas edi. Shu bois o'tgan asrda yaratilgan qomus va ensiklopedik lug'atlarda uning mohiyatiga tavsif beruvchi talqin va izohlarni ko'rmaymiz. Jumladan, 1981 yilda nashrdan chiqqan 2 jildli "O'zbek tilining izohli lug'ati"da ham ma'naviyat leksemasi berilmagan, biroq unga genetik jihatdan aloqador bo'lgan ma'naviy leksemasining izohlanganligida bir necha mafkuraviy va gnoseologik hamda kognitiv asoslar bor. Lug'atda ma'naviy so'zining ikki ma'nosi va ma'naviyat so'zi keltirilmagan holda ma'nan so'ziga izoh beriladi:

MA'NAVIY (a) 1 Kishining ichki ruhiy hayotiga oid. Ma'naviy ehtiyojlar. Ma'naviy yordam. Yosh sovet o'qituvchisining har bir ishi zag'chako'z do mlaga ma'naviy jihatdan ham, moddiy jihatdan ham zarba edi. P.Tursun, O'qituvchi.

2 ayn. axloqiy Kishining ma'naviy qiyofasi.

MA'NAN [a] rvsh 1 Ma'naviy jihatdan, ruhan. Uning (Yusufbek hojining) har bir ra'yiga Normuhammad qushbegi qonunan majbur bo'lmasa-da, ma'nan bir majburiyat his etar edi. A.Qodiriy, O'tkan kunlar. Ma'nan va jisman ezilgan ...Anvar ...go'yo hushsiz kabi boshini ikki qo'li orasiga olib, sandal ustiga engashdi. A.Qodiriy, Mehrobdan chayon.

2 Ma'no jihatdan, ma'nosiga ko'ra. Ma'nan bir xil so'zlar.

Ushbu leksikografik dalillar ko'rinadiki, istiqlolgacha bo'lgan o'zbek rasmiy leksikonida ma'naviyat leksemasi o'ta passiv darajada bo'lib, ijtimoiy tor qatlam nutqi va tafakkuridagina mavjud edi. Garchi bu leksema qo'llanmasa-da, uning denotati - ya'ni borliqdagi ifodalanmishi mavjud edi. Biz yuqorida ma'naviyat so'zining qo'llanilishiga e'tibor qaratdik. Tarixan ma'naviyat tushunchasi xalqimiz ongida chuqur joy olganligi haqida ham fikrlarni bayon qildik. Aytish mumkinki, rus bosqini davrlarida ma'naviyatga bo'lgan e'tibor sezilarli darajada pasaydi. Ammo qayd etish joizki, XX asr boshlarida qator ijodkorlar tomonidan ma'nan yuksaklikka undovchi ko'plab asrlar dunyo yuzini ko'rdi. Mustamlakachilik yillarida xalqning ta'lim olish

April, 2023

186

darajasi sezilarli darajada pasaydi yoki aholining o'sish ko'rsatkichiga mos ravishda oshirilib borilmadi. Bu esa xalqimiz dunyoqarashida ma'naviyat tushunchasining yetarlicha o'sishiga to'sqinlik qildi. Umuman ushbu leksemaning ma'no talqinlarida o'zgarishlar sodir bo'lib, uning mazmun-mundarijasi kambag'allashtirilib kelindi. Aslida xalq ongida yuksak ahamiyat kasb etishi lozim bo'lgan tushuncha istiqlol yillariga qadar onda-sonda murojaat qilinuvchi birlikka aylantirildi. Manbaalarda berilishi esa yuqorida qayd etilganidek oddiy tushuncha sifatida mohiyati to'la ochilmay aks ettirildi. Shunday bo'lsa-da ushbu tushuncha aholining ma'lum bir qatlami doirasida saqlanib, ularning hayotida o'z mohiyatini yo'qotmay keldi. Keyingi davrlarda ushbu holatlar barham topa boshladi. "Ma'naviyat" umumiy semali til birliklari, uning tarkibiga kiruvchi behad katta miqdordagi lisoniy ifodalar - so'zlar, maqollar, matallar, iboralar ming-ming yillar davomida xalqimiz shuurida sayqallanib, boyib borar, yozma adabiyot, xalq og'zaki ijodida faol qo'llanar edi. Yangi davr izohli lug'atlaridagi quyidagi talqinlar fikrimizning dalilidir:

"MA'NAVIYAT [a. - axloqiy holat; barcha axloqiy narsalar,

xususiyatlar | Insoniyatning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, diniy, axloqiy va sh. k. tasavvurlari va tushunchalari majmui. Ma'naviyat - insonning, xalqning, jamiyatning, davlatning kuch-qudratidir. U yo'q joyda hech qachon baxt-saodat bo'lmaydi. Gazetadan. .. ma'naviyatimizga ta'sir etuvchi jihatlar shunchalik ko'pki, ularni sanab, sanog'iga yeta olmaymiz. Gazetadan. Zero, naqshbandiya ta'limoti - ma'naviyatimiz sarchashmalaridan biri hisoblanadi. Gazetadan. Ajdodlarimiz falsafasi ham ma'naviyatimizdir. Gazetadan. Biz talabalarga Sharq ma'naviyatining jahon sivilizatsiyasida tutgan o'rni haqida o'rgatamiz. Gazetadan.

Modomiki, ma'naviyat insoniyatning ajralmas bo'lagi ekan, insoniyat ma'naviyatsiz mavjud bo'lmas ekan, uni lug'atlarga shunchaki kiritmaslik orqali mahv etib bo'lmaydi.

Ma'naviyat ifodasi o'zbek tilining yangi izohli lug'atlarida o'zgacha talqinlarda, o'zbek milliy psixologiyasini inobatga olgan holda tavsiflanmoqda.

"O'zbek tilining izohli lug'ati" Ma'naviyat leksemasining qo'llanishi

1-jild 1

2-jild 13

3-jild 5

Bu holat ma'naviyat leksemasining o'zbek ijtimoiy ongida qanchalik faol va ustuvor bo'lib borayotganligini ko'rsatadi. Mustaqillik yillarida ushbu tushunchaning

April, 2023

187

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

mundarijasida mohiyatan butunlay yangilanish sodir bo'lganligini ko'rishimiz mumkin. Uzoq davrlardan beri sayqallanib kelayotgan tushuncha qaddini tikladi va talqin tavsifida kengayish yuz berdi.

Bugungi kunda mamlakatimizda milliy dunyoqarashdagi tub o'zgarishlar, insonning o'zini va borliqni idrok etish usulining yangi sifat bosqichiga ko'tarilayotganligi, milliy ma'naviyat va merosga munosabatning yangicha tus olayotganligi, "milliy o'zlik" tushunchasining qadriyat darajasiga ko'tarilayotganligi, taraqqiyotning tayanch hodisasi ifodasi sifatida anglanayotganligi, ma'naviyat hodisasiga munosabatni butkul o'zgartirishni taqozo etmoqda. Albatta, jahon ayvonida munosib mavqe va rutbaga ega bo'lish faqat texnik-texnologik va iqtisodiy omillar bilan emas, balki ma'naviyatni saqlash va rivojlantirish, milliy qadriyatlarni umuminsoniy ideallar bilan mos taraqqiy ettirish asosidagina sodir bo'lishini nafaqat anglab yetish, balki unga amaliy yondashish zarurligini taqozo etmoqda.

Milliy ma'naviy tutumlar haqida faylasuf va tilshunoslar, adabiyotshunos va etnograflar ko'plab nazariy tadqiqotlar yaratishgan. Masalan, L.A.Stepanyuk "C^TeMa 6a30Bbix морaлных сенностей KaK 0CH0Ba HpaBCTBeHHoro стaновлeния личности" nomidagi asarida quyidagi asosiy axloqiy qadriyatlarni sanaydi: добро (ezgulik), совесть (vijdon), долг (burch), ответственност (mas'uliyat), спрaвeдливост (adolat).

P.YE.Matveyev muhim axloqiy qadriyatlar sifatida ezgulik, birlik va ozodlikni ajratadi. A.I.Titarenko "Морaлныe сенности и личност" kitobida inson axloqiy tutumlarini ifodalaydigan дружбa (do'stlik), свободa (ozodlik), любов (sevgi), добро (ezgulik), чест (vijdon) tushunchalarini farqlagan. V.A.Kondrashov esa совесть (vijdon), спрaвeдливост (adolat), единство (birlik) tushunchalarini ajratib ko'rsatgan.

"Mavzuviy falsafiy lug'at"da ezgulik, baxt, adolat, sevgi tayanch axloqiy tushunchalar sifatida belgilangan. E'tibor qilinsa, "ezgulik" giperonimik (uya) tushuncha, u qatordagi boshqa barcha tushunchalarni qamrab olsa-da, ular bilan bir paradigmaga qo'yilgan. Bu holat umumiy va xususiy tushunchani tenglashtirishdan boshqa narsa emas.

Turli lug'at va boshqa manbalar tahlilidan ma'lum bo'ladiki, har qanday tilda quyidagi yaxlit tushunchalarni "ma'naviyat" kategoriyasining tarkibiy qismlari, tayanch ma'naviy tushunchalar sifatida ajratish mumkin:

vijdon;

muhabbat;

farosat;

April, 20231 ©

- fidoyilik;

- axloq;

- nafsni tiyish;

- samimiyat;

- takomillashuv.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Ma'lumki, xalq tili tarixiy taraqqiyot o'zanida qaгoг topgan, qattiq obyektiv qonuniyatlaг tishlaгidan omon chiqqan til. Uning go'zalligi sun'iy ravishda o'matilgan qat'iy meyoгiy qoida^ zanjiгidan ozodligida, hududiy o'ziga xoslikla^a ega, goh behad nozik, gohida anchayin dag'al, dag'alligi ham xalq ibosi va hayoti bilan o'ralganligida. "Adabiy til esa ana shu xalq tilining, aytish mumkinki, yagona ko^kli va komil "faraand^'d^. O'zbek adabiy tili o'zbek xalq tili zaminida tarkib topgan, u xalq tilining tegishli qonuniyatlar asosida mezonlashtirilgan, sayqallangan, oro berilgan shaklidiг. O'zbek adabiy tilining shakllanish asosi ham, boyish va oziqlanish manbai ham ayni shu xalq tilidir. Adabiy tilimizning tanti tirgagi, sinoatli sarchashmasi qamrovi sarhad bilmas xalq tilidir Bugungi o'zbek adabiy tilimizning boyligi va favqulotda ifoda imkonlariga egaligi aslida xalq tilimizning rasoligi va ravonligi bilan izohlanadi".

O'zbek adabiy tilida o'zbek ma'naviyatini ifodalaydigan katta miqdordagi leksik-frazeologik va paremiologik boylik mujassam. Haï Ыг so'z, haг Ыг qo'shimcha, fonetik tovlanish va variants, tilning chayiï mantig'ini namoyon qiluvchi betakror sintaktik qurilmalar xalq ruhiyatini zohir qiladi, xalq ma'naviyatini ko'rinuvchi go'zallikka aylantiradi.

Ma'naviyatga, avvalo, insonga xos o'zgartirib bo'lmaydigan baгqaгoг ichki sifat^ sifatida qaгash holatlaгi ko'proq uchгaydi. Uning mohiyatini ilohiy, hodisasini esa haг biг insondagi rnhiy kuch, tug'ma diyonat, vijdon, insof, iymon deb tushunadilar E'tiboг qiling, ma'naviyat va qadriyat aslida ilohiy hodisa, u oila, millat, xalq, davг qadriyatlari oгqali namoyon bo'ladi.

Ma'naviyat tushunchasi doirasidagi leksik b^lik^ o'z semantik maydoni doiгasida ma'naviyatsizlikni ifodalovchi birliklarni ham qamrab olishini qayd etish joiz. Ayrim olim^ ma'naviyatsizlik ma'naviyatning taгkibiga kiгmaydi va undan tashqarida deb biladilar. Masalan, faylasuf A.Erkayev ana shunday fikrda: "Ma'naviyat insonning ijtimoiy-madaniy mavjudot sifatidagi mohiyatidiï, ya'ni insonning mehr-muravvat, adolat, to'g'rilik, vijdon, o^nomus, vatanpaгvaгlik, go'zallikni sevish va undan zavqlanish, yovuzlikka nafrat, iroda, matonat va shu kabi ko'plab asl

April, 2023

189

insoniy xislatlari va fazilatlarining uzviy birlik, mushtaraklik kasb etgan yaxlitligidir... Ma'naviyat bu shunchaki insoniy xislatlar majmui emas, fazilatlar majmuidir".

Bu holatni boshqa mualliflarning qarashlarida ham ko'ramiz: "Inson ongli faoliyatining, tafakkur salohiyatining har qanday shakli ma'naviyat bo'la olmaydi. Inson ruhiy olamidagi muayyan ijobiy, ijtimoiy ahamiyat kasb eta oladigan fazilatlargina ma'naviyat deb ataladi".

Nutqimizda ma'naviy qashshoq, ma'naviy tubanlik, ma'naviy tanazzul kabi birikmalarning mavjudligi ma'naviyat so'zi salbiy ma'no bildiruvchi atov birliklar bilan birga kelib, ma'naviyatsizlikni ham qamrab olishini ko'rsatadi. Masalan, "O'zbek tilining izohli lug'ati"da bashara leksemasining bir ma'nosi sifatida "3 ko'chma Kishining ma'naviy qiyofasi" ma'nosi ham berilgan va quyidagi misollar bilan dalillangan: Odamlarning "har ikki dunyosi" uchun ham go'yo jonkuyarlik qilgan bu xudo vakili [Zag'chako'z] xurjunini to'ldirib, shaharga borganda, asl basharasini ko'rsatar edi. P.Tursun, O'qituvchi. G'ofir tobora avjiga chiqar, boyning haqiqiy basharasini ochishda davom etar edi. K.Yashin, Hamza.

XULOSA

Xulosa qilib aytish mumkinki, o'zbek adabiy tilida ma'naviy tushunchalarni ifodalovchi leksik birliklar katta qismni tashkil etib, ularda xalqning ma'lum madaniy qarashlari ifodalangan. Mustaqillik yillarida ma'naviy tushunchalarning mazmun-mundarijasida anchagina o'sish sodir bo'lganligini, xalq hayoti va dunyoqarashining ma'naviy yuksalishi sezilarli darajada oshganligini kuzatishimiz mumkin. Shu bilan bog'liq holda ma'naviy tushunchalarni ifodalovchi leksik birliklar mazmunida ham o'sish sodir bo'lib ular anglatgan tushunchalar xalqimiz ongida chuqur o'rin egallay boshladi. Shuningdek, istiqlol yillarida bunday tushunchalarning leksikografik talqinida ham mohiyatan o'zgarishlar ko'zga tashlanib, ularning tavsifi va talqinida ma'nan barkamollikka undovchi jihatlar kengroq aks ettirildi.

REFERENCES

1. Zikrillayev F. Ma'naviyat - aql-idrok mahsuli // "Ishonch", 1995, 28 iyul

2. Matveyev P.YE. Moralniye sennosti: monogr. - Vladimir: Vladim. gos. un-t, 2004. - 190 s.

3. Mahmudov N. Til. - Toshkent: Yozuvchi, 1998. - B .26.

4. Moralniye sennosti i lichnost / pod. red. A.I. Titarenko, B.O. Nikolaicheva. - M.: Izd-vo MGU, 1994. - 175 s.

April, 2023

190

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1

5. Kondrashov V.A. Chelovek v mire moralnix sennostey // http://samlib.ru/k/ kondrashow_w_a/file 1 .shtml

6. Stepanyuk L.A. Sistema bazovix moralnix sennostey kak osnova nravstvennogo stanovleniya lichnosti: metod. rekomendatsii dlya prepodavateley i studentov vuzov / L.A. Stepanyuk. - Magnitogorsk: ucheb. lit., 2007. - S.32.

7. Tematicheskiy filosofskiy slovar / N.A. Nekrasova, S.I. Nekrasov, O. G. Sadikova. - M.: MGU PS (MIIT), 2008. - http://thematic_ philosophical.academic.ru/

8. E^ayev A.P. Ma'naviyat va taraqqiyot. - Toshkent: Ma'naviyat, 2009. - B. 20.

9. Yusupov E., Yusupov O'. Ma'naviy kamolot va jamiyat taraqqiyoti. - Xo'jand: NS, 199б. - B.29.

10. O'zbek tilining izohli lug'ati. - Moskva: Russkiy yazik, 1981. T.II.- 71б b.

11. O'zbek tilining izohli lug'ati, besh jildli, 1-jild. - Toshkent: «O'zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, 2006. - б80 b.

12. «O'zbek tilining izohli lug'ati, besh jildli, 2-jild. - Toshkent: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, 2006. - б72 b.

April, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.