ARAB TILIDAN KIRIB KELGAN SO'ZLARDAGI KO'P MA'NOLILIK VA
BIR MA'NOLILIK BELGILARI
O'zbek tilshunosligidagi so'zlarning aksariyati arab va fors tilidan kirib kelgan leksemalardan tashkil topgan. Chunki jamiyat va undagi barcha jabhalar taraqqiy etishi bilan bir qatorda tilashunoslik ham rivojlandi, ham soz boyligi kengayib bordi. Bu hodisaning amalga oshishida arab tilshunosligidan kirib kelgan so'zlarning o'rni beqiyosdir.
Kalit so'zlar: ko'p ma'noli, omonim, sinonim, leksema, sema, sistema.
Most of the words in Uzbek linguistics are made up of lexemes that came from Arabic and Persian, because along with the progress of the society and all aspects of it, philology also developed, and the wealth of music expanded. Words from Arabic linguistics played an incomparable role in the realization of this phenomenon. Keywords: Multi-meaning, homonym, synonym, lexeme, sema, system.
Polisemiya hodisasi tilda salmoqli o'rin tutadi, bu hodisa juda qadimdan olimlar diqqatini o'ziga jalb qilib kelgan. Mashhur leksikograf Mahmud Koshg'ariy "Devonu lug'at-it turk" asarida turkiy polisemantik so'zlarni qayd etadi. Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy ham "Muhokamat ul-lug'atayn" asarida so'z ma'nolariga alohida to'xtalib, ularni ona tilining boyliklaridan biri, deb hisoblaydi. Alisher Navoiy ko'p ma'noli (polisemantik) so'zni omonimdan farqlaydi, shuningdek, bir so'zning ichidagi turli ma'no nozikliklari haqida alohida fikr yuritadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Polisemiya (grekchadan polys — ko'p va sema — belgi ) so'zning ikki va undan ortiq ma'nosi bor, degan ma'noni bildiradi. Ko'p ma'noli so'zlarni tarjima qilishda leksemalarni tanlash qiyin bo'lishi mumkin. Ular ma'no
Raim Inomov
Guliston davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi raimj onsb@mail .ru
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
KIRISH
va so'zning ishlatilishidagi chalkashlikdan kelib chiqadi.
July, 2022
E'tirof etish joizki, terminologik sistemadagi terminlarning salmoqli qismi monosemantik hisoblanadi. Terminning tabiati ham ayni shuni talab qiladi. Turli terminologik sistemalarda qo'llanayotgan quyidagi terminlar shu jihati bilan xarakterlanadi: saylovchi, ko'chirmakash, qarzdor, hissador, daromad, soliq, qo'riqxona, parlament, kansler, kompilyatsiya, konstitutsiya, konsul, tintuv, patent, ombudsman, tergov, jinoyatchi, ishonch yorlig'i, oliy sud va h.k.
Shu bilan birga, u yoki bu sohada qo'llanayotgan ayrim terminlardan bir nechta ma'noni ifodalash uchun foydalanilayotgani ham sir emas. Xususan, tilshunoslikda aksentuatsiya o'zlashmasi 1. So'z yoki gapdagi ma'lum qismlarni urg'u yordamida ajratish; 2. Tilning urg'u sistemasi; 3. Matnda urg'uni belgilash ma'nolarini ifodalash maqsadida ishlatilmoqda.
Leksik-semantik sathda keng ifodasini topgan graduonimik munosabatlar terminlar sistemasida ham tez-tez voqelanadi. Xususan, ushbu munosabat yer sathining gorizontal ko'rinishini anglatuvchi qir-adir-tepa-tog'; dasht-cho'l-biyobon-sahro terminlari orasidagi darajalanishda namoyon bo'lgan.
O'zbek tili terminlarida ham bir ma'noli so'zlar salmoqli. Jumladan, adir, arxipelag, baland-pastlik kabilar.
Ko'rinadiki, tilshunoslikda terminlarning bir ma'noliligi, o'z-o'zidan, monofunktsionalligi haqidagi qarashlar ustuvor. Buni ikki ma'noda tushunish mumkin: termin faqat bir ma'noli bo'ladi; termin muayyan bir sohada bir ma'noda qo'llanadi.
O'zbek ilmiy tilshunosligining tayanch jabhasi bo'lmish - lug'atshunoslik bir necha asrlardan buyon shu fanning asosiy bo'g'ini bo'lib kelmoqda. Shu nuqtayi nazardan, o'zbek tili lug'at tarkibida yuz bergan jiddiy o'zgarishlar, shu munosabat bilan davr talabiga javob beradigan izohli lug'at yaratish zarurati yuzaga keldi. Akademik A.Hojiyev rahbarligida O'zR FA o'zbek tili, adabiyoti va folklori institutining (oldingi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti) bir guruh lug'atshunoslik bilan shug'ullangan olimlar tomonidan 2006 - 2008-yillarda 5 jildli "O'zbek tilining izohli lug'ati" dunyo yuzini ko'rdi.
Ushbu lug'atga 80 mingga yaqin o'zbek adabiy tilida keng iste'molda bo'lgan so'z va so'z birikmalari, fan, san'at, madaniyat va texnika sohalariga oid terminlar, shevalarda qo'llanadigan so'zlar, tarixiy atamalar jamlangan va tahlilga tortilgan. So'zlarning qo'llanilishi o'zbek adabiyoti va matbuotidan olingan misollar bilan dalillangan bo'lib, ushbu izohli lug'at 2020-yilda mutaxassislar va keng o'quvchilar ommasining talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib, O'zR FA O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti bo'lim boshlig'i, f.f.n. Abduvahob Madvaliyev tahriri ostida tuzatilgan holda 3 ming
July, 2022
103
nusxada qayta nashr etildi. Demak, bugungi kunda o'zbek tilining so'z boyligi naqadar keng ekanligi shunday izohlardan ham bilsak bo'ladi, deb o'ylayman.
2006-2008-yillarda chop etilgan "O'zbek tilining izohli lug'ati" besh jilddan iborat bo'lib, bu lug'at shu kungacha chiqarilgan eng keng ko'lamli o'zbekcha izohli lug'atlarning sarasidir. Dastlabki, 1981-yil chop etilgan ikki jildli izohli lug'atga asoslangan holda yaratilganligi ushbu lug'atning yanada mukammal yaratilishiga sabab bo'ldi. Chunki bir vaqtning o'zida so'zlarni bir-biriga chog'ishtirish va yangi so'zlarni kiritish orqali yangicha zeb berildi. O'zbek tilini qaytadan isloh qilish maqsadida kiritilgan lotin yozuvidan ancha keyin tayyorlangan bo'lsa ham, kirill alifbosida chop etilganligiga guvoh bo'lamiz. 2014-yil "O'zbek tilining izohli lug'ati"da berilgan barcha havolalar
o'zbekcha vikilug'atga maxsus bot yordamida qo'shildi.
Tahlil jarayonida o'zbek tilining izohli lug'ati 2-jildiga kiritilgan so'zlar ustida ayrim ilmiy xulosalarni berib o'tdik. Ushbu jildga"Ye" dan "M" harfigacha bo'lgan so'zlar kiritilgan bo'lib, 1040 ta arabcha so'zlar tahlilga tortilgan, ularning har biriga alohida izoh va u so'zlar ishtirok etgan parchalar yoki ayrim gaplardan namunalar keltirish orqali asoslab berilgan. Ishimizning ilmiy asosini keltirish uchun quyidagilariga to'xtalib o'tamiz:
- "Yesir" so'zi arab tilidan tarjima qilingan bo'lib, asl ma'nosi "qul", "asir" so'zlarining ko'pligi sifatida ishlatiladi. Bizda esa bu so'z ko'p hollarda yetim so'zining jufti sifatida qo'llanib kelmoqda. Ammo izohli lug'atda esa yesir so'zi "eri o'lgan, ersiz qolgan xotin; beva, tul" sifatida keltiriladi. Masalan: "Eroniylar el-yurtni talab, erkaklarni qul, ayollarni yesir qilib olib ketayotirlar". Ammo biz uyimizdagi yoshi katta erkak kishilardan "Biz ota-onamizdan erta qolib, yesir o'sganmiz" degan gapni ko'p bora eshitganmiz. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, bu so'z xalq orasida faqatgina ayollarga nisbatan emas, erkaklarga nisbatan ham ishlatilishi ko'rinib turibdi. Tahliliy ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki, bunda "yesir" so'zi "yetim" so'zi bilan sinonim holda qo'llanilishi nutq momentida o'z yechimini topgan.
- "Jamila" so'zi ham arab tilidan tarjima qilinganda "go'zal", "suluv" degani ma'nolarni ifodalab keladi. Bugungi kunda nom leksemasi ostida ishlatilib kelayotgan atoqli otlarda ham "jamila" so'zini qizlar ismi sifatida foydalanilishiga duch kelishimiz mumkin. Ammo uning sifat so'z turkumi holida qo'llanilishi adabiy til me'yorlaridan chiqib ketganligiga guvoh bo'lamiz. Bunga sabab o'tgan arsning boshlaridagi yaratilgan asarlarni misol sifatida keltirish mumkin. Masalan, Abdulla Qodiriyning "Mehrobdan chayon" romanida shunday jumla keltiriladi: "Mirzo Anvar kabi donishmandni yetishtirgan kishi oqila va jamila qiz tarbiya qilmaganmikin, degan andishaga
July, 2022
104
boribdilar". Ko'rinib turibdiki, ushbu so'z ot so'z turkumiga bitishuv yo'li bilan tobelanib sifat so'z turkumi vazifasida kelmoqda.
Arab tilida o'zlashgan yana bir so'zning tarixiy taraqqiyotiga nazar tashlash bilan tahliliy ma'lumotlarni davom ettirishni ma'qul topdik. Masalan, "zomin" so'zining arab tilidan kirib kelgan bo'lib, "kafil" ma'nosini beradi. Ushbu so'z izohli lug'atda "ro'y bergan ko'ngilsiz ishga sababchi, aybdor" deya izoh berilgan. Bizning fikri ojizimizcha, bu arab tilidagi kafil ma'nosidan biroz farq qiladi. Chunki lug'atda kafil so'ziga "kafolat beruvchi" shaxs ma'nosida biror narsa yoki biror kimsa haqida boshqalarni ishontirib, mas'uliyatni, javobgarlikni o'z ustiga oluvchi, kafolat beruvchi shaxs deb ta'rif berilganligi ilmiy asarlardagi misollar orqali asoslab berilgan. Masalan: Men Ergashning yaxshi do'st bo'la olishiga kafilman. Bu so'z ham atoqli ot sifatida ishlatilib, o'rin-joy ma'nosini bildirib kelganligini keyingi misolda ko'rishimiz mumkin. Misol uchun, "Zomin tumanining shimoli, markaziy va sharqiy qismi pasttekislik, janubi-g'arbi qir, adir va tog'lardan iborat". Bundan tashqari, ushbu so'zning birikma holatdagisi ham ishlatilib, barqaror birikmalarni tashkil etadi. Bunday holatda o'z ma'nosidan tashqari boshqa leksik ma'no ifodalovchi so'zlar bilan ham ma'nodoshlik vazifasini bajarib keladi.
MAVJ/a.to'lqin] 1 Suv yuzida shabadadan hosil bo'ladigan jimir-jimir harakat; jimirlash. 2 geogr. Okean yoki dengiz yuzasining to'liq shamolsizlik holatidagi erkin tebranma harakati. З Tovlanish, jilva. 4 maxs. O'ymakorlikda: naqsh yuzasiga baliq tangachalari ko'rinishida tushirilgan to'lqinsimon bezak. 5
ko „chma kam qo „ll. ayn. to'lqin.
ABGOR (a) 1. Holati havas qilarli darajada emas. 2. Yo'lidan adashgan holatini esa qayta tiklashning imkoni yo'q odam bu hayotda juda katta to'siqlardan o'tishi kerak, tabiiyki, bu jarayonda yo'lidan adashishi mumkin, ayni shu jarayonda abgor holatga tushishi mumkin.
AVJ (a) 1. Biror voqea nuqtasi o'zining yuqori nuqtasiga chiqishi, ya'ni imperatorlik yoki shahan shoxlik darajasi. 2. Avj huddi mana shu leksemalar ifodalangan nuqtada ko'rinish beradi. Bundan tashqari bu jarayonga bosqichma bosqich chiqsa ham bo'ladi.
AYYOR (a ) 1. O'z ishiga e'tibor bilan yondashib hatto u boshqalardan bir necha baravar ustun bo'ladi. Bu xususiyat odamni juda ham yomon tarafga burib yuboradi. Masalan, ikki podshoh o'rtasida bu harakatlarni amalga oshirib, o'z umrini zavolga aylantirishi ham mumkin.
ASLAHA (a) Qurollar yig'indisi. Bu tushunchaning mazmuni hozirgi zamonaviy tilimizda deyarli ishlatilmaydi desak mubolag'a bo'lmaydi. Chunki bu leksemani o'rnini bosuvchi
July, 2022
105
leksemalar yuzaga kelib bo'ldi. Shunday ekan bu leksemaga endi arxaiklashish deb qarasak ham bo'ladi. Sabab nima? Aynan aslaha so'zining o'rnini bosuvchi qurol, to'poncha kabi tushunchalar paydo bo'la boshladi va aslaha tushunchasining dovrug'ini biroz yopib qo'ydi. To'g'ri, aslida mana shu yangi tushunchalarning ildizi aslaha. Lekin endi undanda yo^inroq ma'no bemvchi tushuncha^ paydo bo'ldi. 1. Qadimda aslaha barcha qurollarning yig'indisi deb e'tiraf etilgan. Masalan kamon, nayza, sovut, qalqon kabilarni umumlashtirib, to'dalab ko'rsatgan. 2. Hozirgi zamonaviy leksemalarda esa har bir qurolga nisbatdan ayrimliklar saqlangan. Bilamizki, qadimda judda ham ko'p urushlar bo'lgan. Ayni o'sha paytlarda aslaha deganda butun bir qurol yarog'lar nazarda tutilgan.
BO'Z (a) 1. Bu leksema paxtadan tayyorlangan mato tushunchasini bildiradi. Rangi asosan oq rangda bo'lib, turli xildagi buyumlarni asrash maqsadida ba'zan esa odamlarni issiq ob-havodan saqlash maqsadida tayyorlangan buyumni angalatadi. Bu buyumdan, ayniqsa, qishloq hududlarida keng foydalanadi. Sababi qishloqlarda bu buyumga talab katta. Aksincha, shahar hududida talab kamroq. Asosan ovqatlanish va ko'ngilochar joylarga qo'yiladi. Bu leksemaning odam^ ongida asl ma'nosidan biroz uzilishlar bor. Sababi mano taraqqiyotidir. 2. Leksemani asl ma'nosi
bu oq rangdan tayyorlanadigan buyum. Bugungi kunda har qanday quyoshdan saqlovchi buyumlarni bo'z deb ataydilar.
BUHRON (a) 1. Tanglik, chorasizlik degan ma'nolami bildiradi. Bu leksemaning yuzaga kelishiga asosiy sabablardan biri bu ijtimoiy tuzum deb talqin qilsak ham bo'ladi. Birinchidan, bu leksemaning arab tilidan olinganiga e'tibor berish zarnr O'sha davñaráa arablaráa qattiq mush^ bo'lib turgan. Urushlar ortidan mahbuslar ham qo'lga kiritilgan. Ayni shu jarayonda ularga nisbatan qattiq tazyiq o'tkazilgan va ular bu jarayondan chiqib ketishda ko'plab tangliklarga duch kelishgan. 2. Ikkinchi tarafdan ilm ham turtki bo'ldi, desak ham bo'ladi. Ya'ni nima demoqchiman? Deyarli har bir olim va yozuvchi yo'qki, chet davlatga borib ilm o'rganmagan bo'lsa. Ko'pchilik olimlar chetga borib, qiyinchilik bilan ilm olib so'ng tajriba orttirib uni amalda qo'llaganlar. Biroq hech narsa qiyinchiliksiz bo'lmaydi. Shu jarayonda tanglik, chorasizliklarga duch kelishgan. Bu jarayon ushbu leksemaning yuzaga kelishiga ikkinchi poydevor vazifasini o'tab bergan.
VAKIL (a) 1. Ma'nosi Ышг davlat yoki xalqora miqyosdagi shaxs. Ma'lumki, har bir davlat xalqora miqyosda o'zining davlatini tanitishni xohlaydi va shu harakat yo'lida ishlarni amalga oshiradilar. Avvalgi zamonlarda ham bilimli va epchil shaxslarga nisbatan talab ortib borgan. Ularni tarbiyalashga ham talab katta bo'lgan. Shu maqsadda maxsus yopiq maktablar shakllantrilib unda bilimli vakillar yetishtrilgan. Ular elchilik
July, 2022
106
a'loqalarida o'zlarini tashabbuskorligini ko'rsatib, o'z xalqiga katta foyda keltirganlar. 2. Bugungi kunda ham bunday shaxslarga talab katta. Hatto ular xalqaro miqyosdagi vakillarini tayyorlab, ularni ko'plab nufuzli anjumanlarda nutq so'zlattirmoqda. Bundan tashqari ular o'z tashkilotlarini tuzib, alohida yordam ko'rsatishmoqdalar.
VAZIR (a) 1. Ilk o'rta asrlarda, ayniqsa, Yaqin va O'rta Osiyo davlatlarida mamlakat yoki xonlik podshohining eng ishongan vakilidir. Bu vazifadagi shaxs qadimda xon devonxonasining boshlig'i hisoblangan. Chunki asosiy ishlarga qarorlar mana shu joyda qabul qilinar edi. Bu toifadagilar mamalakatni tanazzulga yo'liqtirardi yo davlatning sha'nini yoqoriga ko'tarardi. Shuning uchun ham ular eng ishonchli odamlardan tayinlangan. Aks holda ular dushmanlarga davlat haqidagi bor haqiqatni yetkazib berardilar va katta haq olardilar. 2. Bugungi kunda ham vazirlar o'z faolyatlari bilan mamlakatlarga katta foyda keltirayaptilar. Bu toifadagilarga nisbatan talab ortib mamlakatlarda turli xildagi vazirliklar o'z faoliyatlarini olib borishmoqda.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, o'zbek tilshunosligida so'z boyligining oshib borishi asrlar davomida amalga oshirilgan bo'lib, shevalardan so'z olish, yangi so'zlarning yasalishi orqali, qolaversa, bu ilmiy tahlilda ko'rib o'tganimizdek, boshqa tillardan so'z olish tilshunoslikning rivojlanish bosqichini o'taydi va kelajakda boshqa sohalar qatori tilshunoslikning jabhalari jadal rivojlanib boradi.
REFERENCES
1. Dadaboyev H. O'zbek terminologiyasi. - Toshkent, 2019. - 86 b.
2. Lobanova E. A. Polisemiya kak problema v yazike prava. Sbornik rabot 68-y nauchnoy konferensii studentov i aspirantov Belarusskogo gosudarstvennogo universiteta: v 3-x ch.: ch. 2. - Minsk: BGU, 2011. - S. 123-124.
3. Muxtor A. Opa-singillar. - Toshkent: O'zbekiston SSR davlat nashriyoti, 1955. -523 b.
4. Nurmonov A. O'zbek tilshunosligi tarixi. - Toshkent: O'zbekiston, 2002.
- B. 48.
5. O'zbek tilining izohli lug'ati. V jildli. A.Madvaliyev
- Toshkent: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2006 - 2008.
6. O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. - Toshkent. -2002.
7. Osim M. Karvon yo'llarida. - Toshkent, 1958. - 86 b.
8. Valiyev T. O'zbek tili yo'lsozlik terminlarining struktur-semantikxususiyatlari va leksikografik talqini: F.F.bo'yicha fals. dokt. ... diss, avtor. - Samarqand, 2018. - 52 b.
tahriri ostida.
July, 2022
10l