Научная статья на тему 'O‘ZBEK TILIGA XITOY TILIDAN O‘ZLASHGAN OZIQ-OVQAT NOMLARI TAHLILI'

O‘ZBEK TILIGA XITOY TILIDAN O‘ZLASHGAN OZIQ-OVQAT NOMLARI TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
268
31
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
o‘zlashma so‘zlar / manti / jenshen / lag‘mon / choy / borrowings / manti / ginseng / lagman / tea

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Komilova, Mohitabon

O‘tmishda juda qadim davrlardan xalqlar o‘zaro qo‘shnichilik aloqalarini o‘rnatib hayot kechirishgan. Bu munosabatlar madaniyatning turli jabhalariga, o‘z navbatida, tashqi omillar hisobidan tillarning boyishiga ham ta’sir o‘tkazgan. Shu jumladan, o‘zbek va xitoy xalqlari munosabatlari ham uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Manbalarda Xitoyga Turkistondan ba’zi o‘simlik va daraxtlarning olib ketilib madaniylashtirishgani haqida ma’lumotlar mavjud. Shuningdek, xitoy oshxonasiga oid ba’zi ovqatlar asosan, uyg‘urlar orqali o‘zbek xalqi tomonidan o‘zlashtirilgani ma’lum. Bu jarayonlarning barchasi tilimizning xitoy tilidan olingan so‘zlar hisobiga boyishi uchun ham xizmat qildi. Ushbu maqola tilimizga xitoychadan o‘zlashgan so‘zlarning shakl va ma’no o‘zgarishlariga bag‘ishlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ADAPTED FROM CHINESE INTO UZBEKI ANALYSIS OF FOOD NAMES

In the past, from very ancient times, peoples lived in neighborly relations. These relations affected various aspects of culture, and in turn, the enrichment of languages due to external factors. In addition, the relations between the Uzbek and Chinese peoples go back to the distant past. There is information in the sources that some plants and trees were brought to China from Turkestan and cultivated. It is also known that some dishes of Chinese cuisine were adopted by the Uzbek people mainly through the Uyghurs. All these processes served to enrich our language with words taken from the Chinese language. This article is devoted to changes in form and meaning of words that have been adopted from Chinese.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK TILIGA XITOY TILIDAN O‘ZLASHGAN OZIQ-OVQAT NOMLARI TAHLILI»

"Turfa madaniyatlar, millat, tillarni qiyosiy-tipologik tadqiqotlar orqali anglash 2" 15-xalqaro ilmiy anjuman

3(20), March, 2023

O'ZBEK TILIGA XITOY TILIDAN O'ZLASHGAN OZIQ-OVQAT NOMLARI TAHLILI

d https://doi.org/10.5281/zenodo.8091749

KOMILOVA Mohitabon

Tayanch doktorant, FarDU

ANNOTATSIYA

O'tmishda juda qadim davrlardan xalqlar o'zaro qo'shnichilik aloqalarini o'rnatib hayot kechirishgan. Bu munosabatlar madaniyatning turli jabhalariga, o'z navbatida, tashqi omillar hisobidan tillarning boyishiga ham ta'sir o'tkazgan. Shu jumladan, o'zbek va xitoy xalqlari munosabatlari ham uzoq o 'tmishga borib taqaladi. Manbalarda Xitoyga Turkistondan ba 'zi o 'simlik va daraxtlarning olib ketilib madaniylashtirishgani haqida ma'lumotlar mavjud. Shuningdek, xitoy oshxonasiga oid ba 'zi ovqatlar asosan, uyg 'urlar orqali o 'zbek xalqi tomonidan o 'zlashtirilgani ma 'lum. Bu jarayonlarning barchasi tilimizning xitoy tilidan olingan so 'zlar hisobiga boyishi uchun ham xizmat qildi. Ushbu maqola tilimizga xitoychadan o'zlashgan so'zlarning shakl va ma'no o'zgarishlariga bag 'ishlangan.

Kalit so'zlar: o'zlashma so'zlar, manti, jenshen, lag'mon, choy

АННОТАЦИЯ

Добрососедские отношения между узбекским и китайским народами уходят в далекое прошлое и затронули различные стороны культуры и, в свою очередь, обогащение языков. В источниках есть сведения, что некоторые растения и деревья были привезены в Китай из Туркестана и окультурены. Также известно, что некоторые блюда китайской кухни были заимствованы узбекским народом в основном через уйгуров. Все эти процессы послужили обогащению узбекского языка словами, взятыми из китайского языка. Данная статья посвящена изменениям форм и значениям слов, заимствованных из китайского языка.

Ключевые слова: заимствованные слова, манты, женьшень, лагмон, чай.

ABSTRACT

In the past, from very ancient times, peoples lived in neighborly relations. These relations affected various aspects of culture, and in turn, the enrichment of languages due to external factors. In addition, the relations between the Uzbek and Chinese peoples go back to the distant past. There is information in the sources that some plants and trees were brought to China from Turkestan and cultivated. It is also known that some dishes of Chinese cuisine were adopted by the Uzbek people mainly through the Uyghurs. All these processes served to enrich our language with words taken from the Chinese language. This article is devoted to changes in form and meaning of words that have been adopted from Chinese.

Key words: borrowings, manti, ginseng, lagman, tea

Jahonda hech bir til yo'qki, uning lug'ati faqat o'z so'zlaridan tashkil topgan bo'lsin. Boshqa tillardan olingan so'zlar o'sha tilda yo o'z shaklini qanday bo'lsa, shundayligicha saqlaydi, yoki uning tabiati, grammatik qurilishi, so'z yasalishi, imlo va talaffuz qoidalariga uyg'unlashadi [Aliyev, Sodiqov, 1994: 18]. Muhimi shundaki, chetdan so'z o'zlashtirilishi bu tilning qashshoqligini anglatmaydi. Balki ushbu tilda so'zlashuvchi xalq uchun o'zlashtirilayotgan so'z anglatgan tushuncha ham avval yot bo'lganini anglatishi mumkin.

So'zlarning tildan-tilga o'tishi jamiyatning ma'lum bir ijtimoiy ehtiyoji tufayli yuzaga keladi. O'zlashma so'zlar ushbu ehtiyojni qondiruvchi lisoniy imkoniyat sifatida amalga oshadi. Chetdan so'z olish jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichida har xil shakl va har xil xarakterga ega bo'ladi. Tildagi so'zlar ichki va tashqi omil asosida ko'payadi va bu ko'payish, ma'lum ma'noda til taraqqiyotining rivojini belgilaydi. Chetdan so'z olish millatning, xalqning chet so'z mansub

"Turfa madaniyatlar, millat, tillarni qiyosiy-tipologik tadqiqotlar orqali anglash 2" 15-xalqaro ilmiy anjuman

3(20), March, 2023

bo'lgan til jamoasi bilan iqtisodiy, madaniy, ma'naviy aloqasiga, ular bilan do'stona munosabatiga real ishoradir [Berdialiyev, 2019: 57].

Ma'lumki, Markaziy Osiyo va Xitoy o'rtasidagi madaniy aloqalar qadim davrlarga borib taqaladi. Buyuk Ipak yo'lining vujudga kelishi esa nafaqat iqtisodiy va siyosiy, balki madaniy rivojlanishning ham yangi bosqichini boshlab bergan. Bu esa o'z navbatida til tarixida ham o'z aksini topgan. Ya'ni tillararo so'z almashinuvini yuzaga keltirgan. O'zbek tilshunosligida o'zlashma so'zlarning grammatik xususiyatlari turli aspektlarda o'rganilgan. Ushbu tadqiqotlar tilimizga sharq va g'arb tillaridan kirib o'rnashgan so'zlar xususidadir. Ular orasida o'zbek tiliga xitoy tilidan o'zlashgan so'zlarning lingvistik jarayonlarini ochib berishga qaratilgan tadqiqotlar juda ozdir [Bu haqda batafsil qarang: Komilova, 2022: 372-376].

A.Xodjayev va boshqa olimlarning "O'zbekiston - Xitoy munosabatlari tarixidan" asarida Buyuk Ipak yo'li orqali Turkistondan Xitoyga olib ketilgan o'simlik va taomlarning bir qanchasi sanab o'tilgan. "Masalan, mosh xudou), sedana (^M xumo), sholg'om (^h xuluobu),

oshqovoq xuguo), kashnich (^^M^ xusuy), bodom xutou) kabi o'simliklar shular

jumlasidandir. Odatda Turkiston xalqini xitoylar "xu" deb umumlashtirib ataganligi tufayli ular ushbu mintaqadan olib kelingan o'simliklar nomi oldiga ana shu so'zni qo'shganlar. [Xodjayev, Karimova va boshq., 2022: 26]

A.Madvaliyev tahriri ostidagi izohli lug'atda 17 ta so'z xitoy tiliga mansub deb berilgan. Shulardan 5 tasi oziq-ovqat nomlaridir [O'zbek tilining izohli lug'ati II, IV tomlar, 2008: 80, 493, 503, 539, 581].

1. Jenshen (xit. "odam-ildiz") - Uzoq Sharq va Xitoyda o'sadigan dorivor o'simlik. Jenshen daraxt ildiziga o'xshagan o'simlik bo'lib, Uzoq Sharqning o'rmonzor zonalarida yovvoyi holda o'sadi.

2. Lag'mon (xit. ÎÈM lamian "cho'ziq xamir"). Xamirni cho'zib yoki uzun ingichka kesib tayyorlanadigan, yuziga qayla solib yeyiladigan ovqat. Kumush opam ham shu yerda edilar. Lag'monni uncha xushlamas ekanlar, shekilli, yaxshiyemadilar. A.Qodiriy. O'tgan kunlar.

3. Manti (xit. jj^c mantou Myan-xamir+ti-go'sht) go'sht va piyoz qiymasini xamirga tugib qasqonda pishiriladigan ovqat. Chuchvara nima ekan, Sidiqjon aka, yog'li manti qilib beraman. Xamiriyupqaroq bo'lsinmi, qalinroq? A.Qahhor. Qo'shchinor chiroqlari.

4. Choy (t.f. < xit. cha) 1. Bargi damlab ichiladigan, janubiy o'lkalarda o'suvchi doimiy yashil buta daraxti, buta. Choy plantatsiyalari. 2. Shu o'simlikning quritib maxsus ishlangan, maydalangan, damlab ichiladigan barglari. Ko'k choy. Hind choyi. Seylon choyi. Gruzin choyi. Bir damlam choy. Choy quti. 3. Shu o'simlikning maxsus ishlangan, maydalalngan barglaridan damlangan xushbo'y ichimlik. Hindining ichgani asl choy bo'lar. "Gulnorpari" 4. Shu ichimlik bilan birga ovqatlanish. Choy mahalida goh kulib, goh yig'lamsirab, o'zi, bolalari tog'risida gapirdi. A.Qahhor. Qo'shchinor chiroqlari [Choy so'zi haqida batafsil qarang: Komilova, 2023: 249-253].

5. Shirchoy (forscha+xitoycha - sutli choy) Maromi bilan choy, tuz saryog' va murch solib qaynatilgan sut. Shirchoy ichmoq.

Tilimizda xitoy tilidan o'zlashgan, ammo ushbu lug'atda keltirilmagan ba'zi so'zlar ham mavjud. Quyida ularning ayrimlarini sanab o'tamiz.

Say - turpdan ^ (cai) tayyorlangan salat. Uyg'ur tilida: 1) karam va qisman go'sht aralashtirib tayyorlangan salat; 2) umuman ko'katlardan tayyorlangan gazak. Yana qiyoslang, uyg'ur tilida: sey samsa-ko'k somsa; seyxana - sabzavot saqlanadigan ombor (xit. tsay-toj.xona).

Jusay - ^^ (jusai) xushbo'y, ovqatga soladigan va garnir tarzida iste'mol qilinadigan ko'kat. Uyg'ur tilida jusey - xushbo'y piyoz.

Shiman - xamiri yupqa kesilgan lag'mon. Uyg'ur tilida shimen. Xitoycha Simyan (si-yupqa, myan-kesilgan xamir, ugra); manti - xamir orasiga g'osht yoki qovoq solib tugib parda pishirilgan ovqat [Aliyev, Sodiqov, 1994: 31].

"Turfa madaniyatlar, millat, tillarni qiyosiy-tipologik tadqiqotlar orqali anglash 2" 15-xalqaro ilmiy anjuman

3(20), March, 2023

Manpar - M^ (mianpian) xamirni tasmaga o'xshatib kesilib, so'ng uzib sho'rvasiga solib tayorlanadigan xamir ovqat turi [Aliyev, Sodiqov, 1994: 31].

Xoshan - xamir orasiga qiyma, qovoq, kartoshka solib, o'rab yog'da va ba'zan parda pishiriladigan ovqat turi [Aliyev, Sodiqov, 1994: 31-32].

Yuto - M^í (yóu tazi(yu) yutoza xamirni yoyib, yog' surtib voronka shakliga keltirib, parda pishiriladigan ovqat. Uyg'ur tilida jutoza, xitoycha yutaszi (yu - yog', ta-baland, minora) [Aliyev, Sodiqov, 1994: 32].

Laza - Mí (lazi) yanchilgan garmdorini yog'da qovurib tayyorlangan pasta. Uyg'ur tilida laza - qizil garmdori. Xitoy tilida laszi [Aliyev, Sodiqov, 1994: 32].

Yuqoridagi so'zlarning xitoy tilidagi asli bilan solishtirilganda ularda ham tovush, ham ma'no o'zgarishlari bo'lganini kuzatish mumkin.

Qizig'i shundaki, bu so'zlarning ba'zilari tobora "o'zbekchalashgan". Ayniqsa, taom nomlarini anglatuvchi so'zlar. Jumladan, bugun "Milliy taomlar" brendi ostida faoliyat yuritayotgan yemakxonalarda manti, lag'mon, manpar kabilar o'zbek milliy taomlari ro'yxatida turadi. Xonadonlarimizda ham mazkur ovqatlardan biri tayyorlansa, hech birimiz o'zimizni xitoycha taom tanavvul qilayotgandek his etmaymiz. Albatta, bu hodisa nomi keltirilgan ovqatlarning tayyorlanish texnologiyasi ham o'zgarib ketgani bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Ammo masalaning biz uchun muhim tomoni bugungi kunda ushbu taom nomlarining asli xitoychadan o'zlashganini xayolimizga ham keltirmasligimizdadir. Shuningdek, ushbu so'zlar asli turkiy so'zlar kabi ularga shakl yasovchi (ba'zan so'z yasovchi, masalan, mantichi, mantipaz kabi) qo'shimchalarning muammosiz qo'shilishi bilan bog'liq jarayonlar ham kishi diqqatini tortadi.

Xulosa shuki, har qanday tilga boshqa tillardan o'zlashgan so'zlar ma'lum bir vaqt o'tishi natijasida o'z qatlam so'zlaridek "ko'rina boshlaydi". Bizningcha, tildagi mazkur jarayonda o'sha so'zning shakl va ma'no jihati asl holida saqlanib qolishi yoki o'zgarib ketishi muhimdir. Shuning uchun, ularning etimologiyasi haqida so'z yuritganda nihoyatda ehtiyotkorlik lozim.

Tilimizga xitoy tilidan o'zlashgan oziq-ovqat nomlari lingvomadaniy jarayon mahsuli sifatida ham ahamiyatlidir. Ular o'zbek va xitoy xalqlari madaniy aloqalarining uzoq o'tmishga borib taqalishidan darak beradi,

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Aliyev A., Sodiqov Q. O'zbek adabiy tili tarixidan. Toshkent: "O'zbekiston", 1994. 120 b.

2. Berdialiyev A. O'zbek sinxron sotsiolingvistikasi. - Toshkent, 2019. - 129 b.

3. Komilova M. O'zbek tilshunosligida o'zlashma leksemalarning o'rganilishi tarixi // FarDU. Ilmiy xabarlar, 2022 №6ro - B. 372-376.

4. Komilova M. Choy so'zining tarixi xususida // Namangan davlat universiteti ilmiy axborotnomasi. NamDU, 2023. - B. 249-253.

5. O'zbek tilining izohli lug'ati. II, IV tomlar. A.Madvaliyev tahriri ostida. - Toshkent: "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, 2008. 493-b.

6. Xodjayev A., Karimova N. va boshq. O'zbekiston - Xitoy munosabatlari tarixidan. - Toshkent: "Fan ziyosi", 2022. - 216 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.