Научная статья на тему 'О‘ZBЕK TILIGА DАVLАT TILI MАQОMINING BЕRILISHI ASOSLARI'

О‘ZBЕK TILIGА DАVLАT TILI MАQОMINING BЕRILISHI ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
til / o‘zbek tili / ona tili / “ikkinchi ona til” / til siyosati / tilar muchiti / davlat tili / milliy til / “Davlat tili haqida” gi Qonun.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Djamolov Jumaboy Xisenovich

Maqolda o‘zbek tiliga davlat maqomi asoslari, o‘zbek tilining O‘zbekiston Respublikasi davlat tili, o‘zbek xalqining milliy tiliga ailanishi sotsiolinguistik nuqtayi nazardan tadqiq qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «О‘ZBЕK TILIGА DАVLАT TILI MАQОMINING BЕRILISHI ASOSLARI»

O'ZBEK TILIGA DAVLAT TILI MAQOMINING BERILISHI

ASOSLARI

Djamolov Jumaboy Xisenovich

Farg'ona davlat universiteti dotsenti https://doi.org/10.5281/zenodo.13943746

Annotatsiya. Maqolda o'zbek tiliga davlat maqomi asoslari, o'zbek tilining O'zbekiston Respublikasi davlat tili, o'zbek xalqining milliy tiliga ailanishi sotsiolinguistik nuqtayi nazardan tadqiq qilingan.

Kalit so'zlar: til, o'zbek tili, ona tili, "ikkinchi ona til", til siyosati, tilar muchiti, davlat tili, milliy til, "Davlat tili haqida" gi Qonun.

Аннотация. С социолингвистической точки зрения изучаются основы государственного статуса узбекского языка, трансформация узбекского языка в государственный язык Республики Узбекистан, национальный язык узбекского народа.

Ключевые слова: язык, узбекский язык, родной язык, «второй родной язык», языковая политика, многообразие языков, государственный язык, национальный язык, Закон «О государственном языке».

Abstract. The basis of the state status of the Uzbek language, the transformation of the Uzbek language into the state language of the Republic of Uzbekistan, and the national language of the Uzbek people are studied from a sociolinguistic point of view.

Keywords: language, Uzbek language, mother tongue, "second mother tongue", language policy, diversity of languages, state language, national language, Law "On State Language".

Ma'lumki, har bir xalq va millatning mavjudligi uning tili bilan chambarchas bog'liq bo'lib, dunyodagi aksariyat xalqlar o'z tili bilan tanilib, ajralib turadi. O'zbek tili turkiy tillar oilasidagi eng qadimiy tillardan biri sifatida o'zining taraqqiyot bosqichlarini bosib o'tdi va bugungi kungacha yetib keldi. Tilshunoslik manbalarida o'zbek tili tarixi jamiyatning siyosiy voqeliklari va ijtimoiy hayotiga qarab uch davrga bo'linadi: l.Turk adabiy tilining qadimgi davri (VII-XIII asrlar). 2.O'zbek tilining oldingi davri (XIII-XIV asrlardan to ХХ asr boshlarigacha). 3.Hozirgi o'zbek adabiy tili (ХХ asr boshidan hozirgi kungacha)1.

Yusuf Xos Hojibning "Qudatg'u bilig'" (XI asr), Mahmud Koshg'ariyning "Devonu lug'oti-t-turk" (XI asr), Ahmad Yugnakiyning "Hibbat ul-haqoyiq" (XII asr), Ahmad Yassaviyning "Devoni hikmat" (XII asr) asari va boshqa bir qancha yozma yodgorliklar o'zbek tilining uzoq o'tmishidan dalolat beradi. O'zbek adabiy tilining shakllanishida mumtoz o'zbek adabiyotining asoschisi Mir Alisher Navoiyning o'rni beqiyos. Navoiy o'zining rang-barang she'rlari va "Muhokamat ul-lug'atayn" asari bilan turkiy tilning fors tilidan kam emasligini isbotlay oldi2

Sobiq sho'rolar davrida o'zbek tili ham boshqa milliy tillar kabi ko'plab imkoniyatlaridan, jumladan, ijtimoiy vazifalaridan ham mahrum bo'ldi, chunki qo'llanish doirasi nihoyatda cheklangan edi. Sho'rolar davlatining asosiy maqsadi yagona davlat, yagona millat va yagona tilni yaratish edi. Ma'lumki, xalqlarni yo'q qilish uchun ularni tilidan, tarixiy xotiralaridan ajratishning o'zi kifoya edi, bu davrda rus shovinizmi ta'sirida rus tili yuqori mavqega ega edi. O'zbekistonda uning qo'llanish doirasi yetarlicha kengaytirildiki, bu xalqning

1 MyxTopoB А., Сянякулсв У. Узбек ядябий тили тярихи. - Тсшкснт: Укитувчи, 1995. - 23 б.

2 Aлишeр Нявoий. MyxpKaMaT ул-луеятяйн. - TraKeffr: Укитувчи, 2006. - 15 б.

ko'plab noroziliklariga sabab bo'lsa ham, davr siyosatidan qo'rquv va hadik tufayli hech kim til siyosatiga qarshi chiqishga jur'at eta olmas edi. Zero, til siyosatiga qarshi chiqqanlar "millatchi" tamg'asi ostida jazolanishini yaxshi bilishgan: 30 yil davom etgan Stalin qatag'oni zamonida millat so'zini aytishning o'zi xavfli edi. Ko'plab ziyolilar "millatchi" tamg'asi ostida qatag'on qurboniga aylandilar. O'sha davrlarda o'z ona tilida gapirishga xijolat bo'lgan ota-onalar o'zbek maktablarida o'qiganlarning "kelajagi yo'q" deb hisoblab, farzandlarini rus maktablariga berishardi. Bu davrda minglab kitoblar yoqib yuborilgan, suvga tashlangan yoki ko'milgan3. Bu hol o'zbek xalqining ma'naviy hayotida milliy qadriyatlarni, jumladan, milliy tilni to'liq tiklash uchun ma'lum bir tarixiy davrni taqozo etardi.

O'tgan asrning 80-yillari o'rtalarida O'zbekistonda ham demokratik islohotlar va oshkoralik siyosati boshlandi. Natijada xalq o'z xohishini erkin bildirishi, o'z haq-huquqlarini talab qilishi mumkin bo'ldi. Buning natijasi o'laroq, O'zbekistonda istiqlol sari tashlangan ilk qadam sifatida o'zbek tili davlat maqomiga ega bo'ldi. Sho'rolar davrida Respublika Markaziy Qo'mitasidan tortib, maktablar, qishloqlardagi o'z-o'zini boshqarish fuqarolar yig'inlarini rus tilida o'tkazish shu darajada rivojlandiki, hatto eng oddiy hujjat - ariza va ma'lumotnomalar ham rus tilida yozilar edi. Mustabidlik davrida milliy ma'naviyat, o'zlikni anglash, milliy o'zlikni izdan chiqarish uchun siyosat mashinasi bor kuchi bilan safarbar etildi, "ona tili" tushunchasi ham qo'llanilmasdi. Muomalaga mantiqsiz "ikkinchi ona tili" atamasi kirib keldi4.

Ulug' adib Erkin Vohidov ta'biri bilan aytganda, "70 yil ichida buyukligi "Devoni lug'oti-t-turk" da o'z ifodasini topgan, "Muhokamat ul-lug'atayn"da ta'rif etilgan til boy bo'lish o'rniga yanada qasshoqlashib ketdi. Arabizm va forsizmga qarshi chiqishlar natijasida omma Navoiy, Fuzuliy, Ogahiy, Mashrabdan uzoqlashib, ularning asarlarini o'qib, tushunmaydigan darajaga yetdi. Tilimiz bir kishining hayoti davomida "ishchi va dehqon" tiliga aylandi"5. Mamlakatdagi faol tillarning nomutanosibligini quyidagi iqtibosda ham juda aniq kuzatish mumkin: "Bir til binolarning old qismidan ariza qog'ozlarigacha porlaydi, ikkinchisi esa oshxona tiliga va uy xo'jaligi tiliga aylandi"6. Ya'ni o'zbek tili ijtimoiy vazifalaridan shunday mahrum qilindiki, natijada uning ko'cha va o'zaro muloqot tilidan boshqa ehtiyoji qolmadi. O'zbek tilining so'z boyligi keraksiz ravishda ruscha so'zlar bilan iqtibos yoki tarjima qilindi va shu yo'l bilan tilning lug'at boyligi "boyidi", bu aslida o'zbek tilini noto'g'ri qo'llashdan boshqa narsa emas edi. Quyidagi iqtibosdan rus tilining o'zbek tiliga ta'sirini sezish mumkin: "O'zbek teatrida o'zbek spektakli qo'yilmoqda. Direktorning ovozini eshitasiz: CTon! Что за ерунда! Он говорить "севаман", панимаешь, Гуличка, "се-ва-ман!" Значить любить. А сенда нето. Давай, бошидан начали"7.

Rus tilining kuchli ta'siri ostida o'zbek tili ana shunday qurama holga kelib qoldi va bu jarayon davom etaversa, hatto o'zbek tilining yo'qolib ketishiga ham shubha yo'q edi. Bunday vaziyat o'sha davr rahbariyatining maqsadiga xizmat qildi. Bu yo'nalishdagi sa'y-harakatlarning barchasi rus bo'lmagan xalqlarning rus tilini ikkinchi ona tili sifatida qabul qilishiga qaratilgan edi va shunday ham bo'ldi. Ushbu statistik ma'lumotlarga e'tibor qaratiladigan bo'lsa, o'sha davrdagi til siyosatida rus tilining fan sohasida qay darajada qo'llanilganligini va o'zbek tilining fan tili qatoridan chiqarilganligini ko'rishimiz mumkin:

3 Х,ошимов Уткир. Муряккяб, яммо зярур муяммсщяр // Адябиёт вя сянъят яз янвяри, 1989. - №13.

4 Мяхмудов Н. Тил. - Тошкант: Ёзувчи, 1998. - 24 б.

5 Вохидов Э. Суз лятофяти. -Тошкгнт: Узбакистон, 2018. - 188 б.

6 Х,ожиавя Ойдин. Рухимизгя ёнгин тушмясин // Адябиёт вя сянъят, 3 мярт 1989. - .№10.

7 Тохир Мялик. Пойдгвор //Адябиёт вя сянъят, 10 мярт 1989. - №11.

O'zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix institutida ilmiy asarlarning 80 foizi rus tilida, chet tilida 16 foizi, o'zbek tilida 4 foizi yozilgan8.

O'zbek tiliga bo'lgan bunday salbiy munosabat xalqning o'z ruhiy va ma'naviy erkinligi uchun ovozini baland ko'tarishiga olib keldi. Shu munosabat bilan o'ziga ishongan millat yoshlari 1988-yil 3-dekabrda Toshkent shahridagi talabalar shaharchasida "Ona tilimiz go'zal va mazmunli bo'lsin", "Tilimiz va merosimiz qabristonga aylanmasin", "Turg'un davrning illatlari yo'qolsin" kabi shiorlar bilan chiqdilar. Bu mitingda Alisher Navoiy tavallud topgan kunni milliy til kuni sifatida nishonlash, oliy texnika, tibbiyot muassasalarida o'zbek tilida dars o'tish, ona tilini toza saqlash, o'zbek tilini davlat tiliga aylantirish kabi talablar ilgari surildi. "Ana shu voqeadan so'ng o'zbek tilining ahamiyati ortib, uni jonlantirish uchun nashrlarda turli maqolalar e'lon qilina boshlandi9. Aynan shunday tadbir 1989-yil 19-martda Toshkent shahrida tashkillanib, unda o'zbek tiliga davlat maqomini berish, milliy qadriyatlarni muhofaza qilish, milliy an'ana va tillarni rivojlantirish, milliy markazlarini tashkil etish masalalari ko'tarilgan.

O'zbek tiliga davlat maqomi berilishi masalasiga nafaqat yurtimiz yoshlari, talaba-yoshlar, ziyolilar, balki oddiy xalq, turli kasb egalari ham alohida qiziqish bildirdilar. Masalan, Toshkentdagi tikuvchilik fabrikasi ishchilarining yozishicha, "fabrikamizda asosan viloyatlardan kelgan yoshlar mehnat qiladi. Biz o'zimizni O'zbekiston poytaxtida emas, begona yurtda, musofirdek his qilamiz. Nega yurtimizda ona tilimizda gapirishga haqqimiz yo'q? Uchrashuvlar rus tilida o'tkaziladi..."10.

Bunday sa'y-harakatlarning barchasi demokratik g'oyalarni yuzaga kelishi bilan bog'liq bo'lib, o'sha davr hokimiyati ham nizolarning oldini olish maqsadida davr siyosatiga mos keladigan tarzda hal etish choralarini ko'rishga, aholi ehtiyojlarini qondirishga majbur bo'ldilar11.

Bu masalani hal qilish, ya'ni o'zbek tiliga davlat tili maqomini berish ham o'sha davrdagi O'zbekiston rahbarlari uchun qiyin vazifa edi. Milliy tilning davlat maqomiga ega bo'lishi muammoning bir tomoni bo'lsa, ikkinchi tomondan, millatlar o'rtasidagi ziddiyatlarning paydo bo'lishi ularni ham tashvishga soldi. Chunki 1989-yil Boltiqbo'yi respublikalarida, jumladan, Tojikistonda sodir bo'lgan voqealar ham mamlakatning til siyosati bilan bog'liq edi. Fikrimizcha, o'hsa paytdagi O'zbekiston rahbarining (R.Nishonov) taklifi bilan milliy tillarni qo'llab-quvvatlash maqsadida 1989-yil mart oyida O'zbekiston Markaziy Qo'mitasida ideologiya komissiyasi qoshida til muammolarini o'rganish guruhi tashkil etildi. Mart oyi holatiga ko'ra, komissiyaga 900 dan ortiq xatlar kelib tushgan bo'lib, ularning bir qismi jamoaviy tarzda yozilgan. Xatlarda oxirgi o'n yillikdagi o'zbek tilining muassasa va korxonalarda, maishiy xizmat ko'rsatish, ta'lim, fan va madaniyat, aloqa va transport sohalarida ijtimoiy vazifalari cheklanganligi, mahalliy milliy tildan foydalanilmayotgani ifodalangan. Ayni paytda o'zbek tilining ijtimoiy hayotdagi o'rnini oshirish bo'yicha takliflar ilgari surilib, birinchi navbatda, o'zbek tiliga davlat maqomi berilishi talab qilingan. Yana bir guruh esa rus va o'zbek tillariga davlat maqomi berish taklifi bilan chiqqan12.

Munozaralar kundan-kunga avj olganidan keyin mamlakat aholisi, jumladan, o'zbekistonliklar ham uning o'z vaqtida hal etilishini talab qila boshladi. Markaziy Kengashning sentyabrda bo'lib o'tgan plenumida bu masala ko'rib chiqilib, 1989-yil 20-sentyabrda "Harakat dasturi" qabul qilinib, unga ko'ra, "millat nomiga ega bo'lgan ittifoq va avtonom respublikalar,

8 Акрямйв Акмял. Миллий тилляр рявняки // Адябиёт вя сянъят, 20 янвяр 1989. - №4.

9 Tcra6oeB йлим. Дявлят тили: тугилиш яюби // Ижйд стаями, 2018. - №6.

10 Mуминoв М. вя бoшкaлaр. Taaжжуб //Адябиёт вя сянъят, 3 мярти 1989. - .№10.

11 Эгямкугов Б. АС ax6opora //Адябиёт вя сянъят, 24 мярти1989. - №13.

12 Узбекистан Мяркязий Кoмпaртия KoMmera идeoлoгия кoмиссиясидa //Адябиёт вя сянъят, 17 мярт 1989. №12.

ularning milliy tili mos keladimi yoki yo'qmi, davlat maqomiga ega bo'lish-bo'lmasligini respublikalarning o'zlari hal qiladi. Tilning davlat maqomi boshqa tillarni yoqtirmaslikka olib kelmasligi kerak"13.

Mamlakatning til siyosatida milliy tillar holatini barqarorlashtirish va millatlar o'rtasidagi nizolarning oldini olishga qaratilgan bunday qarorning qabul qilinishi, qaram respublikalar rahbarlarini ushbu masalani hal qilishda mustaqil bo'lishga undaydi. O'zbek tilini davlat tili sifatida qabul qilish masalasiga O'zbekistonda istiqomat qilayotgan boshqa xalq va millat vakillari, jumladan, ruslar qanday munosabatda bo'ldilar, degan savol tug'ilishi tabiiy. Albatta, O'zbekistondagi14, uning markazidagi ba'zi rusiyzabon ziyoyilar buni sirtdan qo'llab-quvvatlagandek ko'ringanlari bilan, ammo ular buni xohlamadilar yoki ikki tillilik masalasini ilgari surdilar. Lekin bu yerda yashovchi, o'zbek noni va tuzini totib ko'rgan ba'zi ruslar xayrixohlik bildirganliklarni ham ta'kidlash zarur. "Adabiyot va san'at" gazetasi muxbiri Ibrohim G'ofurovning Bekobod tumani aholisi bilan suhbati bu masalani yanada yorqinroq ko'rsatib turibdi: "Turmat Kusherov, rusiyzabon hisobchi: Men ikkitillilik, hattoki uch tillilikni ham qonuniylashtirishni talab qilaman. Nataliya Zvonova, rusiyzabon aloqa xodimi: Men respublika miqyosida bir tillilik tarafdori emasman. Ko'pgina sohalarda, jumladan, aloqada rus tilidan foydalanamiz. Aholi bu sohada o'zbek tilidan foydalanishni o'rganmagan. Shu bois ishimizda muammolar ko'p. Shu sababdan men ikki tillilik tarafdoriman. Andrey Li, koreys: Biz tumanimizda milliy tilimizni yaxshi bilmaymiz. Biz oxiratimizni unutdik. Milliy bayramimizda koreys tilida shior yozadigan odam topa olmadik. Shuning uchun men ikki tillilikni qo'llab-quvvatlayman"15.

Bunday fikrlar ikki tillilikni asosan rus bo'lganlar yoki "rus bo'lib qolgan o'zbeklar" qo'llab-quvvatlagan degan xulosaga olib keladi. Tohir Malik bu borada shunday yozadi: "Ikki tillilik tarafdorlari O'zbekistonning ko'p millatliligini bahona qiladilar. Birinchidan, ular ona tilini yaxshi bilishmaydi. O'zbek tili davlat tili bo'lsa, ularning o'z ona tilida so'zlash yoki yozish qobiliyati yo'qligi fosh bo'ladi... Har bir xalqning madaniyati uning tilida namoyon bo'ladi. Afsuski, Madaniyat vazirligida ishlaganimda o'zbek yozuv mashinkasi yo'q edi, hatto o'zbekcha yozib, teradigan odam ham topilmasdi16".

O'zbekiston olimlaridan biri "Men ikki tillilikni qanday tushunaman" maqolasida o'zbek tili bilan bir qatorda rus tili ham faol bo'lishi kerak, degan fikrni bildirgan edi: "O'zbekiston SSRda o'zbek tilini davlat tili deb e'lon qilish kerak, rus tili esa qonuniy jihatdan nafaqat xalqlar o'rtasidagi muloqot vositasi, balki ish yuritish tili sifatida qolishi kerak"17.

Bu yo'nalishdagi muhokamalar "Davlat tili to'g'risida"gi Qonun qabul qilingunga qadar davom etdi. Tahlil va tadqiqot natijalari o'zbek tilining davlat maqomiga ega bo'lish jarayoni muhokamasi ikki bosqichli ekanligini ko'rsatdi:

1. Muhokama boshidan "Til haqida"gi Qonun loyihasigacha.

2. "Til haqida"gi Qonun loyihasi atrofidagi munozaralar.

1988-1989-yillardagi til munozaralarida muhim o'rin tutgan va davlat siyosatining biryoqlama til siyosati muhokama qilingan eng muhim maqolalarda milliy tillar va tillar jamiyatining holatiga haqiqiy baho berililib, o'zbek tilining davlat maqomiga ega bo'lishi haqida yozilgan maqolalar aholi tomonidan juda yaxshi kutib olingan va ulardan eng muhimlari sifatida

13 КПСС хярякят дястури //Адябиёт вя сянъят, 24 сснтябр 1989, №223.

14 Языковяя ситуяция в coBpeMeHHoM тaджикистaнe: состоян^, oco6eHHocra и псрспсктивы рязвития - стряниця 3 http://p.120-bal.ru/doc/10325/index.html?page=3

15 Faфypoв И. Тил хурмяти // Адябиёт вя сянъят, 25 явгуст 1989. - N° 35.

16 Тохир Ыялик. Пoйдeвop // Адябиёт вя сянъят,10 мярт 1989. - №11.

17 Пулятов Тимур. MeH иккитилликни кяндяй тушунямян // Адябиёт вя сянъят, 21 aпpeл 1989. - №17.

"Sovet O'zbekistoni" gazetasi muxbirlarining tilshunos olimlar bilan "Tilni bilgan dilga yo'l topar", O'tkir Hoshimovning "Murakkab, ammo zarur muammolar", L.Xodakovaning "O'zbekcha gapiray", Akmal Akramovning "Milliy tillar ravnaqi", Abdullo Oripovning "Elga ayon haqiqat", Mirzo Kenjaboyevning "Til erki - el erki", Oydin Hojiyevaning "Ruhimizga yong'in tushmasin", Ismat Xushevning "Taajjub", R.Raupovning "To'siqlar olib tashlandi", Tohir Malikning "Poydevor", Odil Yoqubovning "Xalq dilidagi gap", Norboy Xudoyberganovning "Dardning davosini izlash", Bobomurod Daminovning "Til ravnaqi", Chingiz Aytmatovning "Uyg'onish saboqlari", E.Yusupovning "Qayta qurish: milliy tillar ravnaqi", Miraziz Mirtojiyevning "Terminologiyamiz sofligi uchun" (fan nomzodi), Ochil Tog'ayevning "Tilga shifo kerak" (professor), Haydar Muhammadning "Tillar tengligi uchun", N.Mahmudovning "Qayta qurish va morfologiyaning ayrim masalalari", Renat Doniyorovning "Terminlarni tartibga solish - muhim hayotiy masalalardan biri", G'ani Abdurahmonovning "Tilshunoslikning etnogenezi va o'zbek tilining shakllanishi haqida", Shodi Karimovning "Qayta qurish o'zbek tili taqdirida", H.Karimovning "Ism va familiyalar to'g'ri yozilsin", Y.Xoldorovning "Intonatsiya va punktuatsiya" kabi maqolalarini misol qilib keltirish mumkin. Bu davrdagi til va zamon bilan bog'liq bo'lgan maqolalarni ikki qismga bo'lish mumkin:

1. Publisistik maqolalar.

2. Tilshunoslikka oid maqolalar.

O'zbek tiliga davlat tili maqomini berish to'g'risidagi munozaralarning ikkinchi bosqichi bevosita "Davlat tili to'g'risida"gi Qonun loyihasi bilan bog'liq bo'lib, uning birinchi tahriri O'zbekiston Oliy Kengashi Prezidiumining maydagi qarori bilan 1989-yil 18-mayda e'lon qilingan edi. Loyiha "O'zbekiston SSRning tillar haqida"gi Qonuni loyihasi" deb nomlangan. Ushbu loyiha XI bob va 39 ta moddadan iborat edi. Oliy Kengash qarori bilan loyihani muhokama qilish uchun ikki oy muhlat berildi. Shu davrda ishchi komissiyaga 14 mingdan ortiq xat kelib tushdi. Ushbu xatlar 800 ming kishi tomonidan imzolangan. Ularda 3 millionga yaqin fikr-mulohazalar keltirilgan18.

Bunchalik ko'p maktublar, turli fikr-mulohazalar yuborilishiga sabab, avvalo, tillar jamiyatida har bir xalq o'zining lingvistik holatini yaxshilashga harakat qilgan bo'lsa, ikkinchidan, mamlakatdagi til siyosati ko'pmillatli jamiyatning xalqlari uchun ahamiyati katta ekanligidan dalolat beradi. Shuni ta'kidlash kerakki, til loyihasining birinchi versiyasida ko'plab xatolarga yo'l qo'yilganligi sababli, aholi ularni tuzatishni talab qilgan. Masalan, Qonunning nomiga e'tibor qarataylik, u "Tillar to'g'risida"gi Qonun" deb nomlanadi. Bu jamiyatda barcha tillar teng huquqli ekanligini anglatardi va qonunning mazmuni ana shu maqsadga qaratilgan edi. Davlat tili siyosati nuqtayi nazaridan, ruslar hali hokimiyat tepasida turgan paytda rus tilining hukmronlik doirasidan chiqib ketishini istamagan, qonunning bunday nomlanishi shundan dalolat berar edi. Qonun loyihasi muhokamasi haqida shuni aytish mumkinki, taniqli olimlar, tilshunoslar, huquqshunoslar, tarixchilar va boshqalardan tortib oddiy qishloq ahligacha davriy matbuot orqali mazkur loyihaga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish yuzasidan o'z fikr-mulohazalarini bildirishganki, ularning eng muhim jihatlarini ta'kidlash joiz.

Yozuvchi Mashrab Boboyev "Muhim tuzatishlar" maqolasida shunday yozadi: "Qonun nomi tillar haqida emas, til haqida bo'lishi kerak, birinchi moddaning mazmuni 9-, 10-, 11-moddalarga to'g'ri keladi. Lekin ushbu moddalarda boshqa tillardan ham foydalanish mumkinligi qayd etilgan. 13-, 14-, 15-, 21-moddalar 1-modda mazmuniga zid keladi. Chunki bu

18 Юсупoв Э. Уз.ССР йлий Севсти миллaтлaрaрo мунoсибaтлaр вя интeрнaтсиoнaл тяркиби шмиссияси ряиси. "Гил сиёсятидя ижтимoий aдoлaт учун // Сoвeт Узбeкистoни, 15 oктябрь 1989. - № 237.

moddalarda o'zbek va rus tillarini teng qo'llash haqida so'z boradi"19. Bu haqda yozuvchi Erkin Vohidov shunday fikr yuritadi: "Loyiha bizda hujjatlashtirish tili shakllanmaganligini ko'rsatadi. Bu davlat tilining asosiy shartlaridan biri bo'lsa-da, "boshqaruv organlarining hujjatlari o'zbek tilida qabul qilinadi, keyin esa rus tiliga tarjima qilinadi" deyilishiga qaramay, loyihaning dastlab rus tilida yozilgani, keyin esa o'zbek tiliga tarjima qilingani ma'lum. Ba'zi jumlalarni ruscha matnni o'qib chiqib, keyin tushundim"20.

Bu holat tilshunos olim Muhammadjon Qodirovning fikrlari ham e'tiborga loyiq: "Biz O'zbekiston SSRda tillar haqidagi qonunni emas, yagona davlat tili to'g'risidagi qonunni kutgan edik. Ushbu loyiha respublikada mavjud ikki til siyosatini huquqiy jihatdan mustahkamlashga qaratilgan"21.

Xalq kutgan yana bir muhim jihat - bu hujjatlarning tili edi. 13-moddada "Hujjatlar o'zbek va rus tillarida yoziladi", deyilgan. Agar bu modda o'zgartirishlarsiz qabul qilinsa, mamlakatning til siyosatida hech narsa o'zgarmas edi, chunki avvalgidek barcha idora, muassasa va korxonalarda hujjatlar rus tilida yozilar edi.

Loyiha muhokamasi chog'ida aholining diqqat-e'tibori ajdodlar alifbosi yoki eski o'zbek yozuvini qayta tiklash masalasiga qaratildi va bu bejiz emas edi. Chunki bu alifboning qayta tiklanishi o'zbek xalqini o'z asliyatiga, shu xatda yozilgan ma'naviy merosiga, diniga yaqinlashtirardi. Loyihaning 24-moddasida ana shu maqsad ko'zda tutilgan va bu aholi tomonidan juda yaxshi qabul qilindi.

Shunday qilib, ikki oy mobaynida davom etgan "O'zbekiston SSR tillar qonuni loyihasi"ning qayta ko'rib chiqilishidan maqsad o'zbek tilining chinakam davlat maqomiga munosib ekanligini isbotlashdan iborat edi. Bu doirada "Adabiyot va san'at" gazetasida e'lon qilingan maqolalarga H.Ismatulloyevning "Ona tilimizga g'amxo'rlik", Y.Abdulloyevning "Mukammal bo'lsin", J.Ma'rupovning "Umrboqiy bo'lsin", T.Eshbekovning "Oqilona hal etaylik", Botir Norzodaning "Muqobil loyiha zarur", B. Qosimovning "Til tenglik oyinasi", Aziz Saidning "Imtiyozsiz davlat tili bo'la oladimi?", AS muxbirlarining yozuvchilar bilan suhbatining "Qonunda til ifodalansin", Vladimir Zolotuxinning "Davom etayotgan buyuk inqilob", A.Zunnunovning "Qonun xalq orzusini ifodalaydimi?", Sh.Shomansurovning "Qonun hayotga mosmi?", Ibrohim Karimovning "Shoshma-shosharlikka yo'l qo'ymaslik kerak", Muxtor Xudayqul Jaloyiriyning "Ismi-sharifingiz nima?", Ibrohim G'ofurovning "Miqyos va nufuz", Asqad Muxtorning "Til xalqning borligi-yo'qligi", Nusratullo Jumayevning "Til huquqi - el huquqi", Alibek Rustamovning "Til muxtasar va jome' bo'lishi zarur" kabi yuzlab maqolalarini misol qilib keltirish mumkin.

Ruscha gazetalarda chop etilgan ayrim maqolalarda o'zbek tilining davlat maqomiga ega bo'lish jarayoni til siyosati va davlat siyosati, shuningdek, millatlar o'rtasidagi ziddiyat sifatida ko'rsatilgan maqolalarga duch kelamiz. Xususan, V.Yegoshinning "Hamma narsani o'z nomi bilan ataylik", V.Berezovskiyning "Bir-birimizni anglamaymizmi?" ("^abAa Востокя", 1989-yil 25-iyul) maqolalarida davlat tili masalasi ko'rib chiqilib, bu masalaning "sun'iy muammo" ekanligi va bu yomon oqibatlarga olib kelishi mumkinligi ta'kidlanadi.

Xulosa qilib aytganda, uzoq muhokama va bahs-munozaralardan so'ng 31- moddadan iborat "O'zbekiston Respublikasining "Davlat tili haqida"gi Qonuni" deb nomlangan birinchi loyiha tahrir qilinib, 30 moddadan iborat yangi tahriri tayyorlandi hamda O'zbekiston Oliy Kengashining 1989-yil 21-oktyabrda bo'lib o'tgan o'n birinchi sessiyasida qabul qilindi. Sessiya

19 Бoбoeв M. Ыухим Tузaтишлap //Адябиёт вя сянъят, 30 июнь 1989. - № 27.

20 Вохидов Э. y^ema сяломгя yзбeкчя ялик булсин //Адябиёт вя сянъят, 7 июль 1989. - №28.

21 Кодиров M. Конун мохиятини якс эттириш //Адябиёт вя сянъят, 7 июль1989. - №28.

qaroriga ko'ra, 4-, 7-, 8-moddalar ijrosiga 8 yil, 5- va 24-moddalar uchun 3 yil, 16-moddaning ijrosi esa 1991-1992-o'quv yilidan kuchga kirishi belgilandi. O'zbekiston SSR Konstitutsiyasiga 75-modda qo'shildi, uning mazmuni quyidagicha edi: "O'zbekiston SSRning davlat tili o'zbek tilidir"22.

Bu mavzuni o'rganish va o'zbek tilining yaqin tarixini ko'rib chiqish, o'zbek millatining ajdodlardan meros bo'lib qolgan tilni kelajak avlodga yanada go'zal va toza yetkazishga undaydi. Milliy tillar, jumladan, 70 yil davomida o'zbek tiliga sho'rolar davrida yetkazilgan zararni qoplash uchun kamida bir avlodning umri o'tishi tabiiy holdir. O'zbekistonda "Davlat tili haqida"gi Qonunning qabul qilinishi esa hozirgi o'zbek adabiy tili taraqqiyotining yangi davri uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratdi. Axborot va globallashuv asri bo'lgan zamonaviy davrda tillarning o'zaro ta'siri kundan-kunga kuchayib bormoqda. Endi jahon tillari siyosati maydoniga chiqish istagidagi o'zbek tili ham "tillar muhorabalari"ga bardosh bera olishi kerak. Bunday muhorabalarda tilning bardoshliligi mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotiga, bu tilda so'zlashuvchi insonlar tafakkuri va ma'naviyatining yuksalishiga bog'liqdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Myxтopoв A., Caнaкyлoв У. Y^eK aдaбий тили тapиxи. - Toшкeнт: укитувчи, 1995. -160 б.

2. Aлишep Haвoий. Myxoкaмaт yл-лyFaтaйн. - Toшкeнт: укитувчи, 2006. - 85 б.

3. X,oшимoв Утк^. Mypaккaб, aммo зapyp мyaммoлap // Aдaбиëт вa caнъaт aз янвapи, 1989. - №13.

4. Max,мyдoв Н. Tan. - Toшкeнт: ёзувчи, 1998. - 98 б.

5. Вox,идoв Э. Cуз лaтoфaти. -Toшкeнт: Узбeкиcтoн, 2018. - 188 б.

6. Языкoвaя cитyaция в coвpeмeннoм тaджикиcтaнe: cocтoяниe, ocoбeннocти и nepcneCTrabi paзвития - cтpaницa 3 http://p.120-bal.ru/doc/10325/index.html?page=3

7. X,oжиeвa Oйдин. Рухимизга ëнFин тyшмacин // Aдaбиëт вa caнъaт, 3 мapт 1989. -№10.

8. Tox^p Maлик. Пoйдeвop //Aдaбиëт вa caнъaт, 10 мapт 1989. - №11.

9. Aкpaмoв Aкмaл. Mиллий тиллap paвнaки // Aдaбиëт вa caнъaт, 20 янвap 1989. - №4.

10. Toшбoeв Oлим. Дaвлaт тили: тyFилиш aзoби // Ижoд oлaми, 2018. - №6.

11. Myминoв M. вa бoшкaлap. Taaжжyб //Aдaбиëт вa caнъaт, 3 мapти 1989. - №10.

12. Эгaмкyлoв Б. AC axбopoти //Aдaбиëт вa caнъaт, 24 мapти1989. - №13.

13. Узбeкиcтoн Mapкaзий Koмпapтия Koмитeти идeoлoгия кoмиccияcидa //Aдaбиëт вa caнъaт, 17 мapт 1989. №12.

14. KnCC xapaкaт дacтypи //Aдaбиëт вa caнъaт, 24 ceнтябp 1989, №223.

15. Faфypoв И. Tил xypмaти // Aдaбиëт вa caнъaт, 25 aвгycт 1989. - № 35.

16. Tox^ Maлик. Пoйдeвop // Aдaбиëт вa caнъaт,10 мapт 1989. - №11.

17. Пyлaтoв Tимyp. MeH иккитилликни кaндaй тyшyнaмaн // Aдaбиëт вa caнъaт, 21 aпpeл 1989. - №17.

18. Юcyпoв Э. Уз.CCP Oлий Coвeти миллaтлapapo мyнocибaтлap вa интepнaтcиoнaл тapкиби кoмиccияcи paиcи. Tил cиëcaтидa ижтимoий aдoлaт учун // Coвeт Узбeкиcтoни, 15 oктябpь 1989. - № 237.

19. Бoбoeв M. Myxим Tyзaтишлap //Aдaбиëт вa caнъaт, 30 июнь 1989. - № 27.

22 Coвeт Узбeкиcтoни, 24 oктябpь 1989. - № 244.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.