Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
O'ZBEK TILIDA FREZEOLOGIZMLARNING AHAMIYATLILIGI
Gulshoda O'tkirbek qizi Pratova
Andijon davlat universiteti Filologiya fakulteti, 2-bosqich talabasi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada o'zbek tilidagi muhim bo'limlardan biri hisoblangan, frezeologiya bo'limi, ya'ni frezeologizmlarning tilimiz uchun muhimliligi o'rganilgan va nazariy ma'lumotlar keltirilgan.
KalitCso'zlar: Frezeologiya, lug'aviy birlik, ibora, semantika, barqaror birikmalar.
KIRISH
Frezeologiya mantiqan lisoniy birlik bo'lib, u tilshunoslikning boshqa bo'limlariga nisbatan yangi bo'lim hisoblanadi. U leksikollogiya bo'limidan XX asrning ikkinchi yarimidan alohida bo'lim sifatida ajralib chiqqan[1].
Frezeologizmlar ham, so'zlar ham lug'aviy birlik hisoblanadi, shunday ekan tilning lug'at boyligi leksika va frezeologik birliklardan iboratdir. Shu o'rinda, frezeologiyani leksikollogiyadan ajralib chiqishiga asos bo'lgan sabablarni keltirib o'tish joiz:
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Leksikologiya tilning lug'at tarkibini (leksikasini), frezeologiya esa, frezeologik birliklar tarkibini o'rganadi. Lug'at tarkibida til birligi so'z bo'lsa, frezeologiya tarkibida frezeologizm til birligidir[2]. Frezeologizmlar birdan ortiq so'zdan tashkil topishi bilan so'z birikmasi yoki gap tipida bo'lsa-da, lekin ular nutq birligi bo'lgan bu birliklardan tamoman farqalanadi va lug'aviuy birlik sifatida so'zlarga ko'proq yaqin turadi, Bundan tashqari, so'zlarga xos bo'lgan bir qancha xususiyatlar frezeologizmlarga ham xosdir.
Yana bir muhim harakterli xususiyatlaridan biri shuki, frezeologizm ba'zi so'z birikmalari va gap singari nutq jarayonida sodir bo'lmaydi, ba'lki ular tilda tayyor holda saqlangan bo'ladi, Bundan ko'rinadiki, frezeologizmlar bir paytning o'zida qisqa vaqt ichida hosil bo'luvchi birliklar emas, ulat davrlar davomida ma'lum hududda yashovchi kishilar, elatlarning turmush sharoitidan kelib chiqqan holda shaklllanadi va har bir davlatning o'ziga, an'anasiga mos va muvofiq keluvchi frezeologizmlari mavjud, bunday birliklar avlodlardan ajdodlarga meros sifatida tayyor holda o'tib kelmoqda. Bu jarayon esa uni alohida bo'lim sifatida o'rganishni taqazo etmay qolmaydi. Uni alohida tilshunoslik yo'nalishi sifatida
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
shakillanishi uchun mashhur rus tilshunosi V.V.Vinogradov nomi bilan bog'liqdir. Sobiq sho'rolar davrida imperiya hududidagi barcha tillarning frezeologiyasi V.V.Vinogradov ta'limoti asosida yuzaga keldi. Jumladan, o'zbek frezeologiyasi ham bundan mustasno emas. O'zbek frezeologiyasing ilmiy asosda chuqur, har tomonlama keng o'rganilishi va takomillashuvida SH.Rahmatullayevning hizmati katta bo'ldi. U o'zining qator ilmiy tadqiqotlari asosida o'zbek frezeologiyasiga asos soldi. Frezeologizmlarni chuqur o'gangan olim V.Vinogradov ta'sirida U.Rahmatullayev frezeologizmlar davrasini ancha toraytiradi va faqat ko'chma ma'noga asoslangan barqaror birikmalarnigina frezeologizmlar tarkibiga kiritadi. U o'zining "Nutqimiz ko'rki" deb nomlangan asarida bunga keng to'xtalib o'tadi[1]. Muallifning xulosasiga ko'ra, nafaqat ko'chma ma'nodagi birikmalar, balki tilda oldindan tayyor birikma holida mavjud bo'ib, nutqqa tayyor holda olib kiriladigon barcha barqaror birikmalar frezeologizmlar tarkibiga kiritila boshlandi. Jumladan, maqol, matal, hikmatli so'zlar ham frezeologizmlar tarkibidan iboratdir[2].
NATIJALAR VA MUHOKAMA Frezeologizmlar deb esa, ikki yoki undan ortiq so'zning o'zaro barqaror birikmasidan tarkib topgan nutqqa tayyor holda olib kiriluvchi faqat ko'chma ma'noda qo'llanuvchi iboralar deb atalishi ma'lum. Asosan, iboralar ma'nosi bir so'zga teng bo'ladi va bitta gap bo'lagi vazifasida kelib, bir so'roqqa javob bo'ladi. Iboralar tarkibidagi so'zlarni almashtirish mumkin emas, ular turg'un birikma sanaladi. Mantiqan olib qaralganda, iboralar ikki xil bo'ladi, yani ma'nosi bir so'zga teng keluvchi iboralar va ma'nosi so'z birikmasiga teng keluvchi iboralar.Misol uchun ma'nosi so'zga teng keluvchi iboralar:
Ko'kka ko'tarmoq - hursand, baxtiyor;
O'g'zi qulog'ida - maqtanmoq;
Kavushini to'g'rilamoq - boplamoq;
O'pkasini cho'pga ilgan - shoshqaloq kabi iboralarni keltirish mumkin. Bunday iboralar gaplarni tasirchanligini yanada oshirishga hizmat qiladi va ularni teranlashtiradi. Aloqa aralashuvidagi maqol, matal, hikmatli so'zlardan foydalanish inson nutqini boyitadi va qanday iboralardan foydalanishi esa, uning saviyasini yaqqol namoyon etadi.
So'z birikmasiga teng keluvchi iboralar:
Tepa sochi tikka bo'lmoq - jahli chiqmoq;
Misi chiqmoq - oshkor bo'moq;
Qulog'i ding bo'lmoq- hushyor bo'lmoq;
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
Kapalagi uchmoq - qo'rqib ketmoq kabi iboralardir. Yuqorida biz ko'rib o'tgan iboralar semantikasi jihatidan, yani ma'nolarining sinonimligi yuzasidan bir so'zga yoki so'z birikmasiga teng keluvchi iboralarga misol bo'la oladi.
Iboralar huddi so'zlar kabi shakl va ma'no munosabatiga ko'ra ham turlarga bo'linadi. Omonim iboralarga misol:
Boshiga ko'tarmoq - a) hurmat qilmoq, b) shovqin qilmoq;
Ko'z yummoq - a) ko'zi yetmaslik biror ish qilishda, b) vafot etmoq;
Sinonim iboralar:
Suvga kirsa quruq chiqmoq = Pixini yorgan Do 'ppisini osmonga otmoq = og 'zining tanobi qochmoq Qildan qiyiq axtarmoq = tirnoq ostidan kir qidirmoq Antonim iboralar:
Ko'kka ko'tarmoq - yerga urmoq
Qovog 'idan qor yog 'moq - boshi osmonga yetmoq
Ichi qora - ko'ngli toza kabi frezeologizmlar jumlsaidandir. Umuman, frezeologik ma'noning hajmi leksik ma'noning hajmiga nisbatan keng va murakkab boladi. Koplab frezeologizm ma'nosi so'zda yo'q komponentda bo'ladi. Masalan: Yoqasini ushlamoq, boshida yong'oq chaqmoq, yer- ko'kka ishonmaslik kabi iboralardir. Demak , bunday frezeologizmlar ma'nosida "o'ta (ortiq) darajada" semasi mavjud. XULOSA
Xulosa qilib aytganda, frezeologizmlarning jamiatdagi, insonlar aloqa aralashuvidagi ahamyatliligi, muhim harakterliligiga ega ekanligini yuqoridagi misollar va nazariy ma'lumotlar orqali keltirib o'tildi. Frezeologiozmlarni fanda alohida bo'lim sifatida o'rganish esa, uni jamiatda tutgan o'rni va fanda shu yuzasidan qilinishi kerak bo'lgan tadqiqotlarga keng yo'l ochadi. Yuqoridagi faktlarning hammasi frezeologizmning sintaktik birlik bo'lgan so'z birikmasidan tubdan farqlanishi, uning lug'aviy birlik ekanini ko'rsatadi. Lug'aviy birlik sifatida esa frezeologizmlar so'zlarga xos bir qator hususiyatlarga ega ekanligini ko'rib o'tildi.
REFERENCES:
1. Nurmonov.A. Tanlangan asarlar. 2- jild.256- bet.
2. Rahmatullayev.U. Nutqimiz ko'rki. Toshkent. 56-bet.
3. Shoabdurahmonov.Sh. Adabiy til qoidalari. 1990. 138- 139- betlar.
4. Shoabdurahmonov.Sh Hozirgi o'zbek adabiy tili. Toshkent. O'qituvchi. 141- bet
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
5. Abdullayeva, O. O. (2021). Abay ijodini o'rganishda savol va topshiriqlar ustida ishlash. Academic research in educational sciences, 2(3), 4-9.
6. Abdullayeva, O. O. (2021). Ibroyim Yusupov ijodi asosida o'quvchilarnmg vatanparvarlik tuyg'ularini o'stirish. Academic research in educational sciences, 2(3), 176-180.
7. Botirboyev, F. P., Abdullayeva, O. O., & Shermatova, U. S. (2021). O'ljas Sulaymonov ijodini o'rganishda savol va topshiriqlar ustida ishlash. Academic research in educational sciences, 2(4), 2013-2018. https://doi.org/10.24411/2181- 1385-202100834
8. Abdullayeva, O. (2021) Badiiy asarlarning inson ruhivatiga ta'siri. Scientific progress, 1(5), (pp. 272-275)
9. Abdullayeva, O. O. Q, (2021). O'zbek tilini o'qitishda zamonaviy texnoloyiyaiaming o'rni. Scientific progress, 1(5)
10. Abdullayeva, O. O. Q. (2021). ADABIYOT DARSLARINI TASHKIL ETISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH. Студенческий вестник, 16(161)
11. Abdullayeva, O. O. Q. (2021). OTLARNING BIRLIK VA KO'PLIKDA QO'LLANILISHINI O'RGATISH. Scientific progress,.2(1)
12. Abdullayeva, O. O. Q. (2021). XALQARO TADQIQOTLAR VA ULARNING ADABIYOT FANIDA TUTGAN O'RNI. Scientific progress,2(1)
13. Ozoda Odiljon qizi Abdullayeva. (2021) O'lmas Umarbekov hayoti va ijodini o'rganishda interfaol metodlar bilan ishlash. Science and education,2(5)
14. Ozoda Odiljon qizi Abdullayeva. (2021) Saida Zunnunova hayoti va ijodini o'rgatishning samarali usullari. Science and education, 2(5)
15. Ozoda Odiljon qizi Abdullayeva. (2021) Said Ahmad hikoyalarini o'rganishda interaktiv metodlar. Science and education, 2(6)
16. Ozoda Odiljon qizi Abdullayeva. (2021) Umumiy o'rta ta'limda ertak o'qitish metodikasi. Scientific progress, 2(2)
17. Ozoda Odiljon qizi Abdullayeva. (2021) Chingiz Aytmatovning "Oq kema" asarini o'qitishda interaktiv usullar. Scientific progress, 2(2)